INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UDK:636.082; 638.04
SIMMENTAL BUQACHALARNING KOMPENSATSION
XUSUSIYATLARI
K.I.Xidirov
ChPITI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13857084
Annotasiya. O'zbekiston Respublikasi sharoitida ilk marotaba yuqori sifatli go'sht mahsuloti olish maqsadida buqalarni intensiv oziqlantirish va kompensasion qobiliyatlarini ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Tajriba boshida I guruh buqachalarining tirik vazni II va III guruh tajribadagi buqachalaridan mos ravishda 16% va 35,3% yuqori bo'lgan. II guruh buqachalarning 10-15% oshirilgan rasion to'yimligida oziqlantirish 15 oylik yoshida I guruh buqachalardan 0,2% (0,8 kg) va 18 oyligida 1,2% (6,1 kg) oshgan va yetishmagan tirik vaznni to'liq qoplagan. III-guruh buqachalarini 20-25% to'yimliligi oshirilgan rasionlarda oziqlantirishga qaramay tirik vaznini ortda qolishni qoplay olmadi, lekin 9,1% ( 43,4 kg) qisqartirdi.
Kalit so'zlar: buqachalar, o'sish, tirik vazn, to'yimlik darajasi, kunlik o'sish, kompensasiya.
Аннотация. Впервые в условиях Республики Узбекистан разработаны научные основы интенсивного кормления и компенсаторных способностей бычков с целью получения мясной продукции высокого качества. В начале опыта живая масса быков I группы были на 16% и 35,3% выше, чем у бычков II и III группы соответственно. Бычки II группы, скармливаемые с повышенным на 10-15% рационом, повышали сытость на 0,2% (0,8 кг) бычков I группы в возрасте 15 месяцев и на 1,2% (6,1 кг) в возрасте 18 месяцев. Несмотря на скармливание быкам III группы рационов с повышенным содержанием питательных веществ на 20-25%, живую массу компенсировать не удалось, а снизили на 9,1% (43,4 кг).
Ключевые слова: бычки, рост, живая масса, уровень сытости, суточный прирост, компенсация.
Abstract. Scientific substantiation of compensatory abilities of steers at intensive growing for meat has been developed, using increased level of feeding. Experimental steers of II and III groups at the beginning of the experiment were 16% and 35,3% inferior in live weight to the control group, respectively. Increase in nutritiousness of the diet of steers of group II by 10-15% allowed to reduce the lag in the following periods of growing and by the age of 15 months to completely eliminate the lag and at the end of the experiment to be ahead by 1.2% (6.1 kg). Group III steers, despite the increase in feeding intensity by 20-25%, could not completely cover the lag in live weight by the end of the experiment, but reduced it to 9.1% (43.4 kg).
Keywords: Steers, growth, live weight, nutritional level, daily gain, compensation.
O'zbekistonda qoramol go'shti ishlab chiqarish darajasi hali ham aholini extiyojini to'liq qondirmaydi. Shu bilan birga, chorvachilikning potensial imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmaydi. Ko'p chorva ho'jaliklarida o'sib borayotgan va bo'rdoqidagi qoramollarning o'rtacha kunlik o'sishi 350-400 g va so'yim oldidagi tirik vazni 350-400 kg dan oshmasligi kuzatilmoqda.
Chorva ozuqasidan unumli foydalanish hazmlanishni yaxshilash, mahsuldorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb yetadi. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunovlar ta'kidlashlaricha qoramolllarni Koreyaning TMR texnologiyasi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
bilan boqish ozuqa samaradorligini oshirish va shu bilan birga mahsuldorlikni oshirishga olib keladi. Yilqichilikda toylarning o'sishi va rivojlanishini yaxshilash uchun to'la qiymatli oziqlantirish, rasionga makroelementlarni qo'shish hamda mikrovitaminlar, minerallar, uglevodlar va oqsillar bilan boyitilgan ozuqaviy qo'shimchalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Sh.Jabborov, B.D.Allashov va L.Tagayevalar (2024) ishida vinochilik sanoatining ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo'shimchalarini Qorabair zotli otlar rasionida qo'llash, ularning o'sib riojlanishiga ijobiy ta'siri etishi keltirib o'tilgan. Chorvachilikda mahsuldorlik ko'rsatkichlarini yaxshilashda, iqtisodiy samaradorlikka erishishda, umuman ushbu sohani rivojlanishida ozuqa bazasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ozuqa bazasi yaxshi bo'lishi uchun mavjud yerlardan imkon qadar samarali foydalanish zarur bo'ladi. Buning uchun har bir tuproq iqlim sharoitlariga mos ozuqabop ekin turi va navlarini to'g'ri tanlab ekish eng muhim vazifalardan sanaladi. Albatta buning uchun ozuqabop ekinlarda muntazam raishda seleksiya va urug'chilik ishlarini olib borish talab etiladi. B.D.Allashov, S.G'.Jamolovlar tadqiqotlarida kuzgi va bahorgi ozuqabop ekinlarda seleksiya va urug'chilik ishlari olib borilgan yangi tizma yaratilgan hamda yuqori avlod urug'lar yetishtirilgan.
Qoramol go'shti ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyasi hayvonning biologik va genetik imkoniyatlaridan maksimal foydalanish prinsipiga asoslangan. Ammo, respublikaning muayyan xududlarida ma'lum bir issiq iqlimli hududlarida boqiladigan simmental zotli qoramollarning samarali mahsuldorlik sifatini takomillashtirish esa dolzarb masalalardan bo'lib qolmoqda.
Tadqiqotlarda har birida 11 boshdan iborat 3 guruh 7 oylik simmental zotiga mansub buqachalar tanlab olingan. I guruhga (nazorat) tirik vazni 203,0 kg, II guruhga-170,0 kg va III guruhga-150,0 kg tirik vaznga ega bo'lgan buqachalardan tashkil qilingan. Buqachalarni oziqlantirish A.P.Kalashnikov (M,2003) me'yorlariga muvofiq amalga oshirildi. Barcha guruhlarda vitamin va mineral ozuqalardan foydalanildi, I-guruhga nisbatan II-guruh buqachalarining rasion to'yimliligi 10-15%, III-guruhga -20-25% ga oshirish orqali amalga oshirildi.
Tajriba buqachalarni o'sish va rivojlanishi, eksteryer ko'rsatkichlari, tirik vazn o'sish dinamikasi, mutloq, nisbiy va o'rtacha kunlik tirik vazn o'sishi, kompensasiya darajasi, so'yim ko'rsatkichlari, nimta go'shti sifati va go'sht shakllanishi bo'yicha turli darajadagi oziqlanish ta'sirining natijalarini ko'rsatilgan. Ushbu omillar asosida o'sish va rivojlanishdan orqada qolgan buqachalarning go'sht mahsuldorligini oshirish usullari ishlab chiqildi va ilmiy asoslangan. 1-jadvalda buqachalarning o'sishi davrlar bo'yicha tirik vazn o'zgarish dinamikasi keltirilgan.
1- jadval
Tajriba buqachalarning tirik vazn o'sishi dinamikasi, kg (X ±S* )
Yosh, oy Guruhlar
I II III
Tajriba boshida 203,0+7,5 170,6+8,8 150,0+7,2
9 266,6+9,9 248,0+10,4 218,7+8,4
12 340,7+9,3 335,0+10,6 297,5+9,9
15 425,7+11,1 426,5+10,9 383,5+10,5
18 517,3+11,2 523,4+11,8 473,9+9,9
1-jadval ma'lumotiga ko'ra tajriba boshida I guruh buqachalar tirik vazn bo'yicha, tengqurlari II guruh buqachalaridan 32,4 kg (R>0,999) va II guruhdan 53,0 kg-ga ustunlik qilgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Tajriba guruhidagi buqachalarni oziqlantirish rasionlar to'yimliligini II guruhdagi buqachalarni 10-15%, III guruhdagilarni 20-25%-ga oshirish, davrlar bo'yicha tirik vazn o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Jumladan II guruh buqachalari 15 oylik yoshiga kelib I guruh buqachalar ko'rsatkichidan 0,8 kg va 18 oylik yoshida 6,1 kg-ga yuqori bo'ldi (R>0,99). III guruhdagi buqachalar tirik vazn ko'rsatkichi bo'yicha I va II guruh tengdoshlaridan ortda qolgan. Tajriba boshida ularning tirik vazni 50,3 va 20,6 kg-ga (R>0,999), 9 oyligida- 47,9 va 29,3 kg (R>0,999), 12 oyligida 45 va 37,5 kg (R>0,999), 15 oyligida 42,2 va 43 kg (R>0,999), 18 oyligida 43,4 va 49,5 kg (R>0,999) kam bo'lganligi kuzatildi. Mol go'shti ishlab chiqarishda mutloq o'sish darajasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, kunlik o'rtacha o'sishda ifodalanadi (2-jadval). Jadvaldan ko'rinib turibdiki, kundalik o'rtacha o'sish va turli guruhlardagi buqachalarning mutloq o'sish darajasi turli ko'rsatkichga ega.
2-jadval
Tajriba buqachalarining tirik vaznini mutloq va o'rtacha kunlik o'sishi, (X ±S X )
Yosh, Guruhlar
I II III
°y mutloq kunlik mutloq kunlik mutloq kunlik
o'sish, kg o'sish, g o'sish, kg o'sish, g o'sish, kg o'sish, g
7-9 63,3±2,11 703±17,4 75,4±2,02 837±17,9 68,7±3,02 763±10,8
10-12 74,1±2,41 823±18,47 87,0±1,15 966±24,8 78,8±1,81 876±19,4
13-15 85,0±1,51 944±25,6 91,5±1,44 1016±21,5 86,0±0,90 956±26,7
16-18 91,5±1,21 1016±24,6 96,9±0,87 1076±30,7 90,4±0,60 1004±25,7
7-18 314,3 861 350,8 961 323,9 887
II guruh buqachalari I va III guruh tengdoshlaridan ma'lum yosh davrlarida o'rganilayotgan ko'rsatkich bo'yicha ustun keldi. 7 oydan 15 oygacha bo'lgan davrda (o'sish davri) ular 31,5 va 20,3 kg-ga (R> 0,999) va 115 va 74 g. o'rtacha kunlik o'sish va bo'rdoqilash davrida (16-18 oy) 5,4-6,6 kg va 59-73 g. tengdoshlari I va III guruhlardan yuqori bo'ldi. Ayniqsa, sezilarli ustunlik o'sishning ohirgi bosqichida (R> 0,999) bo'ldi.
3- jadval
1 kg tirik vazn o'stirishga sarflangan ozuqa miqdori
Ko'rsatkichlar Guruhlar
I II III
Olingan tirik vazn, kg 313,9 350,8 323,9
Jami sarflangan ozuqa birligi, kg 2654,5 2894,2 3021,7
Jami sarflangan hazmlanuvchi protein, kg 287,6 313,5 331,0
1 kg tirik vazn o'stirishga sarflandi
Ozuqa birligi, kg 8,46 8,25 9,33
Xazmlanuvchi protein, g 916 894 1022
Tajribadagi buqachalardan olingan tirik vaznini ozuqa bilan qoplash co'rsatkichlari
zootexniya fanida muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
3- jadval ma'lumotlarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, 1 kg tirik vazn olish uchun eng kam ozuqa sarfi II guruh buqachalarida kuzatilgan bo'lib, bu ko'rsatkich I va III guruh buqachalaridan 2,5% va 13,1% ozuqa birligi, 22 g va 128 g hazmlanuvchi protein kamroq sarflangan. Shunday qilib, II guruh buqachalari o'sish va rivojlanish uchun rasion to'yimli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
moddalarini yaxshiroq o'zlashtirgan. Bizning tadqiqotlarda tajriba guruhidagi buqachalarni kompensasion o'sish qobiliyati o'rganildi.
1-rasmni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, tajriba boshida I guruh buqachalarining tirik vazni II va III guruh tajribadagi buqachalaridan mos ravishda 16% va 35,3% yuqori bo'lgan. II guruh buqachalarning 10-15% oshirilgan rasion to'yimligida oziqlantirish 15 oylik yoshida I guruh buqachalardan 0,2% (0,8 kg) va 18 oyligida 1,2% (6,1 kg) oshgan va yetishmagan tirik vaznni to'liq qoplagan.
7-9 10-12 13-15 16-18
1-rasm. Tajriba buqachalarning kompensasion o'sishi, %
III-guruh buqachalarini 20-25% to'yimliligi oshirilgan rasionlarda oziqlantirishga qaramay tirik vaznini ortda qolishni qoplay olmadi, lekin 9,1% ( 43,4 kg) qisqartirdi.
Xulosa. Respublikamizda yetakchi zotlardan bo'lgan simmental zotli buqachalarning kompensasion o'sishi, rivojlanishi va go'sht mahsuldorligiga intensiv o'sishning ta'sirini bilish va go'sht mahsuldorligini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari organizmning ma'lum bir dastur bo'yicha rivojlanishini boshqarishga imkon beradi, bu nafaqat hayvonlarning samaradorligini oshirishga, balki sifatli go'sht mahsulotini yetishtirishda, go'shtning ozuqaviy qiymatini yaxshilashga imkon beradi.
REFERENCES
1. Akmalxanov Sh.A. Chorva mollarini yil yordami bilan bir hil oziqish afzalligi. Zooveterinar J.-Toshkent, 2010 .-No3.
2. Anichkina, O. Go'shtli chorvachilikni tashkil etish va ixtisoslashtirish samaradorligi.Sut va go'shtli chorvachilik. -2004,-№5.
3. Б.Д.Аллашов, Д.О.Рахмонов, А.П.Безверхов. Использование сафлора в качестве нетрадиционной кормовой культуры. Ж.// Главный агроном. Россия № 6. 2019. 2019:6.
4. Amerxanov X.A. Go'shtli chorvachilik nazariyasi va amaliyoti. - M.; 2004.
5. Bakharev V.A. Shimoliy Trans-Uraldagi Charoleis va Aubrac zotlarining iqlimiylashuvining dastlabki bosqichida iqtisodiy va biologik xususiyatlari: Dissertatsiya konspekti. dis. samimiy. s.-x. Fanlar - Novosibirsk: 2005 yil.
6. Buravov A. Janubiy Uralda yetishtiriladigan Simmental qoramollarining go'sht mahsuldorligi salohiyati // Sut va go'shtli chorvachilik. 2011. No 1.
7. Жабборов Ш., Аллашов Б.,.Тагаева Л. Технология интенсивного вырaщивания жеребят карабаирской породы в условиях Узбекистана. Вестник Ошского государственного
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
университета. Сельское хозяйство: агрономия, ветеринария и зоотехния. 2024/6/28.№ 2 (7), с-288-296
8. Ikromov T.X., Xidirov I.X. Buzoqlarni boqish "ШЬе^Шп" nashriyot; Toshkent, 1984 yil.
9. Nurmatov A.A., B.D.Allashov, Sh.Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunov. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020/12/1. 614 (1), 012161
10. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, F.Toreev. Effective agrotechnology for cultivation of forage crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012159
11. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160