INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K 636.5.033
BROYLER JO'JALARINI BOQISHDA BIOLOGIK FAOL OZUQAVIY QO'SHIMCHA BO'LGAN "BAVMENZAYM" PREPARATIDAN FOYDALANISH OLINGAN NATIJALAR
To'laganova Zilola Kamoliddin qizi
ChPITI, ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.13859252 Annotatsiya. Ushbu maqolada, broyler jo'jalarini boqishda biologik faol ozuqaviy qo'shimcha bo'lgan "BAVMENZAYM"preparatidan foydalanishdan olingan tajriba natijalari, jo'jalarning o'sish rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligi, tirik vazni to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: ROSS 308, o'sish va rivojlanish, sutkalik o'sish, kross, broyler, start, rost, finish, tirik vazn, biopreparat, oziqlantirish,
Аннотация. В статье представлены экспериментальные результаты применения биологически активной пищевой добавки «БАВМЕНЗАЙМ» у цыплят-бройлеров, динамики роста, устойчивости к болезням и живой массы цыплят.
Ключевые слова: РОСС 308, рост и развитие, суточный прирост, кросс, бройлер, старт, рост, финиш, живая масса, биопрепарат, кормление,
Abstract. The article presents the experimental results of the use of the biologically active food additive "BAVMENZAIM" in broiler chickens, growth dynamics, resistance to diseases and live weight of chickens.
Keywords: ROSS 308, growth and development, daily gain, cross, broiler, start, growth, finish, live weight, biopreparation, feeding,
Kirish. Hozirgi vaqtga kelib parrandachilik chorvachilikning eng yuqori mahsuldor tarmoqlaridan biri bo'lib qolmoqda. Parrandalar tez ko'payish, intensiv o'sish va sermahsuldorligi bilan katta ahamiyatga egadir. Parrandalar orasida aynan tovuq go'shti va tuxumiga bo'lgan talab boshqa turdagi parranda go'sht va tuxumidan yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Parranda go'shti, ta'mi va mazasi bilan baholanadi. Parranda go'shtini tarkibi boshqa so'yiladigan hayvonlar go'shtiga nisbatan dag'al biriktiruvchi to'qimalar kamligi, muskul to'qimasining nozikligi, eng muhim jihati esa odam organizimida yengil va tez hazm bo'lishi bilan ajralib turadi.
So'ngi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini oshirish va aholining chorva mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish maqsadida bir necha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-sonli "Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlarida, mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, hamda aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligi ko'rsatib o'tilgan. 2019 yil 23-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan Strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5358-sonli farmoni, 2021 yil 3-martdagi "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora tadbirlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
to'g'risida"gi PF-5017 sonli farmoni. Shuningdek parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida Prezidentimizning 2021 yil 14 iyunda PQ-5146-sonli qarorida parrandachilik tarmoqlarini, ayniqsa xonaki parrandachilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan. Bugungi kunda jahonda ekologik toza organik oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish muhim sohalardan biriga aylanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategyasi» to'g'risidagi farmonida 8,2 mlrd dona tuxum va 468,4 ming tonna parranda go'shti ishlab chiqarish. Parrandachilik yo'nalishida naslchilik xo'jaliklari sonini 50 taga va inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 265 mln donaga yetkazish hamda aholi xonadonlariga 11,1 mln bosh parranda tarqatishni yo'lga qo'yish kabi maqsadlar qo'yilgan bo'lib, bu borada ko'pgina ishlar bajarib kelinmoqda.
"Parrandasanoat" uyushmasidan olingan ma'lumotlariga ko'ra, yurtimizda sohaga alohida e'tibor qaratilayotganligi bois ijobiy o'zgarishlar qo'lga kiritilmoqda. Parrandalar bosh soni yildan-yilga oshib, etishtirilayotgan parhez mahsulotlari hajmi ham ko'payib bormoqda. O'tkazilgan tahlillar so'ngi 3 yilda parrandachilik mahsulotlariga bo'lgan extiyojning ortganligi bilan bir vaqtda narxlarning ham oshib borganligini ko'rsatmoqda. Masalan, aholining 2023 yilda tuxum iste'moliga bo'lgan yillik talabi 7,6 mlrd. donani tashkil etib, 2021 yilga nisbatan o'sish 104 foizni, shuningdek ichki iste'mol bozorlarida iste'mol tuxumining ulgurji narxi mos ravishda 850-1400 so'mni (+550 so'm, yoki 164%) tashkil etgan. Parranda go'shtiga bo'lgan yillik iste'mol talab 2023 yilda 544 ming tonnani (2021 yilda 522 ming tonna) yoki o'sish 104 foizni tashkil etib, mahsulot ulgurji narxi tegishli ravishda 16 000 - 26 000 so'm (+10 000 so'm, 162%) bo'lgan. Bugungi kunda respublika aholisining parranda go'shtiga bo'lgan ehtiyoji 82 foizga va iste'mol tuxumi bilan 108 foizga ta'minlangan.
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo'jaligi parrandalarni boqishga mo'ljallangan binosiga bir kunlik 70 bosh go'sht yo'nalishidagi R0SS-308 broyler jo'jalar keltirildi. Xona harorati jo'jalarga moslashtirildi. Xona harorati bir kunlik jo'jalar uchun 34-35 0C tashkil qildi, bu harorat jo'jalar 5 kunlik bo'lguncha shu xolatda ushlab turildi. Bu harorat jo'jalar kunlik yoshi oshib borishi bilan kamaytirib borildi. 35 kunlik yoshida xona harorati 23-26 0C darajani tashkil etdi. Xona namligi kunlik jo'jalar uchun 70 % ni tashkil qildi, kunlik yoshi oshib borishi bilan harorat pasaytirilgani sari namlik ham o'zgarib bordi jo'jalarning 35 kunlik yoshida namlik 50 % ni tashkil etdi.
1-rasm. Ross 308 broyler jo'jalarining 8 kunlik yoshida oziqlanish jarayoni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Jo'jalarni oziqlantirishda mahsus sutkalik jo'jalar uchun start yemi 14 kunlik yoshigacha berildi uning tarkibida barcha jo'ja organizmi uchun zarur bo'lgan premikslar, oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar mavjud. 1 kunlik har bir bosh jo'ja uchun 13 grammdan ozuqa o'lchanib berildi. Jo'jalarga 1 kunligidan boshlab to 14 kunlik yoshigacha "start", 15 kunlik yoshidan 24 kunlik yoshigacha "rost" 25 kunlikdan 35 kunlikgacha "finish" yem turi berib borildi. Kunlik yoshiga qarab yem miqdori oshirib borildi. Tajriba xo'jaligida boqilayotgan broyler jo'jalari 15 kunlik yoshida 35 boshdan saralab olinib, tajriba va nazorat guruhiga ajratildi. Bunda tajriba guruhidagi jo'jalar uchun O'zFA Mikrobiologiya instituti "Mikroorganizmlar fermentlari" laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan "BAVMENZAM" biologik hafvsiz ozuqaviy qo'shimchasini 10 kun davomida 1 litr suvga 100 ml hisobida aralashtirib berildi. Nazorat va tajriba guruhi bir xilda boqib borildi. "BAVMENZAM" biologik hafvsiz ozuqaviy qo'shimchasini jo'jalar organizmiga yaxshi ta'sir ko'rsatdi. Bunda tajribadagi jo'jalarning o'sish rivojlanishi vazn ortishi nazorat guruhi jo'jalaridan ancha sezilarli darajada yuqori bo'ldi. Oziqlanish jarayoni jadal em iste'moli ko'p. Ovqat hazm bo'lish jarayoni tezlashdi. Kasalliklarga chalinish va nobud bo'lish jarayoni kuzatilmadi (1-jadvalda jo'jalarning saqlanish foizi keltirilgan).
1-jadval
Jo'jalarning hayotchangligi 15 kunlik yoshidan boshlab 35 boshdan jo'jalar guruhlarga ajratilganda
Yoshi, kunlik Nazorat guruhi n=35 Tajriba guruhi n=35 Nazorat o'lim soni, ta Tajriba o'lim soni, ta
15 35 35
16 35 35
17 35 35
18 35 35
19 35 35
20 35 35
21 35 35
22 35 35
23 35 35
24 35 35
25 34 35 1
26 kunlikdan to 35 kunlikgacha 34 35
Hayotchangligi, % 99 100 jami: 1 jami: 0
Nazorat guruhi jo'jalarida 25 kunlik yoshida 1 ta o'lim bo'lgan 35 kunlik yoshigacha guruhda o'lim bo'lmadi va saqlanish 99 % ni tashkil etdi. Tajriba guruhida esa nobud bo'lish xolati kuzatilmadi va saqlanish 100 % ni tashkil qildi.
Sutkalik jo'jalarning o'rtacha vazni tortib aniqlandi, o'rtacha vazni 40,6 grammdan to'g'ri keldi. Jo'janing o'rtacha vazni 1 kunlik, 9 kunlik, 15 kunlik 21 kunlik, 27 kunlik va 35 kunlik yoshigacha o'lchab borildi. So'ngi vazn o'lchashda nazorat guruhi jo'jalarining o'rtacha vazni 2076 grammni, tajriba guruhi jo'jalarining og'irligi 2314 grammni tashkil qildi. Tajriba guruhi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
jo'jalari kross standartidan 201 gramm, nazorat guruhi jo'jalaridan esa 238 gramm ko'proq vaznga ega bo'lganini ko'rishimiz mumkin.
2-3-rasmlar. Ross 308 broyler jo'jalarini tarozida 35 kunlik yoshida o'lchab ko'rilgandagi tirik vazni
2-jadval
Tajriba bo'yicha jo'jalarini o'rtacha tirik vazn ortib borishi jadalligi, g (n=70)
Yoshi, kun ROSS 308 kross standarti, g Nazorat guruhi, g n=35 Tajriba guruhi, g n=35
1 56 40,6 40,6
9 251 202,8 202,8
15 527 430 430 (15 kunlik yoshidan boshlab 25 kunlik yoshigacha 1 l suviga 100 ml "BAVMENZAM" qo'shib berildi)
21 916 873,1 974,2
27 1393 1520 1721,2
35 2113 2776 2995
2-jadvaldagi ma'lumotlardan kelib chiqib, tajribalar natijasida shuni aytish mumkinki, "BAVMENZAM" biologik ozuqaviy qo'shimchasini jo'jalar ratsionida qo'llash orqali ularning hayotchangligi nazorat guruhida 99 % ni tajriba guruhida esa 100% ni tashkil etdi. Kasalliklarga chalinmadi. Jo'jalarning 35 kunlikdagi yakuniy tirik vazni nazorat guruhida 2776 gramm, tajriba guruhida bo'lsa 2995 grammdan iborat bo'ldi.
Xulosa. Tajriba guruhidagi byorler jo'jalarini boqishda biologik xavfsiz faol ozuqaviy qo'shimcha "BAVMENZAM" biopreparatidan foydalanilganda jo'jalarning yemni yaxshi hazm qilishi, vazni ortib borishi, yashovchangli va so'yim natijalari nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo'lishi aniqlandi.
REFERENCES
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS"
_SEPTEMBER 26-27, 2024_
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2021 yil 3-martdagi PQ-5017-sonli "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.
2. Б.Д.Аллашов, Д.О.Рахмонов, А.П.Безверхов. Использование сафлора в качестве нетрадиционной кормовой культуры. Ж.// Главный агроном. Россия № 6. 2019. 2019:6.
3. Azimov D.S. "Texnologiya obogasheniya zavodskix kormov v ptitsevodcheskom xozyaystve" J.Selskoe xozyaystvo Uzbekistana" №5 1997 god s.10-11.
4. Ezerskaya A., Zaxarov S., Tarasov N. "Preparati lizina v kormax dlya broylerov". J. "Ptitsevodstvo". №2. 2002 y.
5. Hamroqulov R., Karibaev K. «Qishloq xo'jaligi hayvonlarini oziqlantirish» Toshkent. 1999 y.
6. Islomxo'jayev S.S., Boboyev K.X. "Parrandachilikdan amaliy mashg'ulotlar". Toshkent. O'zbekiston nashriyoti, 1996, 78-79 b.
7. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunov. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020/12/1. 614 (1), 012161 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012161