Научная статья на тему 'PARRANDACHILIKDA NASLCHILIK ISHLARINI TASHKIL ETISH'

PARRANDACHILIKDA NASLCHILIK ISHLARINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1169
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kurka / bedana / g‘oz / o‘rdak / tuyaqush / kaklik / zot / liniya / kross / tuxum / parranda go‘shti va bonitirovka. / turkey / quail / goose / duck / ostrich / sparrow / pedigree / line / cross / egg / poultry and bonitirovka.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ergashev, A.A., Xolbo‘tayev, I. R., Ilesova, B.P.

Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik parrandalarini urchitish usullari va ularni chatishtirish, parrandalarni nasldorlik, mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirish, shuningdek parrandachilikda naslchilik ishlarini to‘g‘ri tashkil etish xo‘jalikning samaradorligini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF BREEDING IN POULTRY

This article describes the methods of breeding poultry and their crossbreeding,improving the quality of breeding and productivity of poultry,as well as the proper organization of breeding work in poultry to increase the efficiency of the farm.

Текст научной работы на тему «PARRANDACHILIKDA NASLCHILIK ISHLARINI TASHKIL ETISH»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

PARRANDACHILIKDA NASLCHILIK ISHLARINI TASHKIL ETISH

Ergashev A.A.

SamVMI Toshkent filiali assistenti

Xolbo'tayev I.R.

SamVMI Toshkent filiali magistr Ilesova B.P.

SamVMI Toshkent filiali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qishloq xojalik parrandalarini urchitish usullari va ularni chatishtirish, parrandalarni nasldorlik, mahsuldorlik sifatlarini takomillashtirish, shuningdek parrandachilikda naslchilik ishlarini to'g'ri tashkil etish xo'jalikning samaradorligini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar nazarda tutilgan.

Kalit so'zlar: kurka, bedana, g'oz, o'rdak, tuyaqush, kaklik, zot, liniya, kross, tuxum, parranda go 'shti va bonitirovka.

ABSTRACT

This article describes the methods of breeding poultry and their crossbreeding,improving the quality of breeding and productivity of poultry,as well as the proper organization of breeding work in poultry to increase the efficiency of the farm.

Keywords: turkey, quail, goose, duck, ostrich, sparrow, pedigree, line, cross, egg, poultry and bonitirovka.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны методы разведения птицы и их скрещивания,повышение качества разведения и продуктивности птицы, а также правильная организация племенной работы в птицеводстве для повышения эффективности хозяйства.

Ключевые слова: индейка, перепел, гусь, утка, страус, воробей, родословная, линия, кросс, яйцо, домашняя птица и бонитировка.

KIRISH

Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, sohani yanada jadal rivojlantirishga, jumladan

zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya

332

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga to'sqinlik qilayotgan qator muammolar mavjud. Xususan:

birinchidan, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi past, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor mahsulotlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda, shuningdek parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash tizimi yo'lga qo'yilmayapti;

ikkinchidan, parrandachilik sohasida, asosan, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolinmoqda, boshqa parranda turlari (kurka, bedana, g'oz, o'rdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirishni ommalashtirish choralari ko'rilmayapti;

uchinchidan, parranda kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etilmaganligi oqibatida parrandalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalib bormoqda;

to'rtinchidan, sohada malakali kadrlar tayyorlash, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublariga o'qitish, soha mutaxassislarida innovatsion yondashuvlar hamda ko'nikmalar shakllantirish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlariga yetarlicha e'tibor qaratilmayapti;

beshinchidan, parranda ozuqa bazasini yaratish, import o'rnini bosuvchi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari talab darajasida yo'lga qo'yilmagan;

oltinchidan, parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografíyasini kengaytirish, shu orqali eksport hajmini keskin oshirish choralari ko'rilmagan;

yettinchidan, sohaga to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni kiritish bo'yicha tajriba yetarli emas, bu borada yetakchi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yo'lga qo'yilmayapti.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Parrandalar seleksiya manbai bo'lib hizmat qiladi. Parrandalarning mahsuldorligini oshirishda naslchilik ishlarini ahamiyati juda katta. Parrandachilik sohasi bo'yicha O'zbekiston, MDH va xorijiy mamlakatlarda naslchilik ishlari rivojlanib bormoqda. Naslli parrandalar bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklar naslchilik ishlarini yuritadi. Bunda yuqori darajadagi naslchilik xizmatini tashkil qilish talab qilishadi. Shuning uchun "Naslchilik" haqida qonun qabul qilingan va uning ahamiyati muximdir. Naslchilik va oddiy parrandachilik xo'jaliklarida naslchilik ishlari turli usul va shakllarda amalga oshiriladi. Naslchilik ishlarining nazariy asoslari (o'zgaruvchanlik, irsiyatlik, seleksiya belgilari o'zaro bog'liqligi va takrorlanishi) hisoblanadi. Parrandachilikda ham tanlashning turlari va shakllari muxim ahamiyatga ega. Tuxum va go'sht yo'nalishidagi parrandalarni bonitirovka

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilish, shuningdek nasldor xo'rozlarni avlodlari sifatiga qarab baholash, maqsadli juftlash juda muxim hisoblanadi. Bunda juftlashning xillari va shakllari, shuningdek inbriding va geterozisdan foydalaniladi. Parrandachilikda naslchilik ishlarini olib borishda katta masshtabli seleksiyani qo'llash, gala va zot bo'yicha naslchilik ishlarini rejalashtirish, EHMdan naslchilik ishlarida foydalanish, naslchilik hujjatlarini yuritish, ko'rgazmalarni tashkil qilish, seleksiya yutuqlari, zotlarni, liniyalarni va krosslarni takomillashtirish, dunyo genofondidan foydalanish parrandachilik seleksiyasida ilmiy-texnika ravnaqining asosiy yo'nalishlari muxim ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo'jalik parrandalarini urchitish usullari va ularni cha-tishtirish, parrandalarni nasldorlik, mahsuldorlik sifatlarini takomil-lashtirish, shuningdek parrandachilikda naslchilik ishlarini to'g'ri tashkil etish xo'jalikning samaradorligini oshirishda muxim hisoblanadi.

Parrandalarning pushtdorligi. Qishloq xo'jalik hayvonlarining pushtdorligi ko'pincha ularning mahsuldorligini belgilaydi. Har xil tur va zot hayvonlar pushtdorligi bo'yicha farqlanadi: qo'ylardan yilda odatda bir qo'zi, romanov, shimoliy qisqa dumli qo'y zotlaridan-ikkitadan, ayrim paytda oltitagacha qo'zi olinadi.

Qoramollardan yilda bir marta, ba'zan ikki, ayrim paytlarda sigirlar to'rttadan ham buzoq tug'adi.

Cho'chqalar yuqori pushtdorlikka ega. Bir tuqqanida 20 va undan ham ko'p bola tuqqan vaziyatlar bo'lgan.

Ilg'or xo'jaliklar 100 bosh sigirdan 100-105 buzoq, 100 ona qo'ydan 135-150 bosh mayin junli zotdor qo'zilar olinadi.

Hayvonlar pushtdorligi nafaqat irsiy xususiyatlarga, balki tashkiliy-zootexnikaviy tadbirlarga ham bog'liq: birinchi marta qochirish yoshi, ona mollarni tuqqanidan so'ng qochirish vaqti, oziqlantirish darajasi va boshqa omillar.

Parrandalarni bonitirovka qilish. Parrandachilikda ham barcha parranda turlarini bonitirovkadan o'tkazish seleksiya-naslchilik ishining asosi hisoblanadi. Parrandalarni boni-tirovkadan o'tkazishda fermer xo'jaligi mutaxassislari, tuman Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasining "Chorvachilik" bo'limi xodimlari tarkibidan maxsus komissiya tuzilib, belgilangan muddat ichida amalga oshiriladi.

Parrandalarni nasldorlik va mahsuldorlik sifatlari bo'yicha baholash bonitirovka deyiladi. Parrandachilikda bonitirovka ulardan foydalanishga qarab yakka tartibda va guruhli o'tkazilishi mumkin. Bonitirovkani o'tkazishdan maqsad parrandalar sinfini aniqlashdan iborat bo'lib, bu olingan mahsulotning narxi bilan bog'liqdir. Sinflar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

parrandalar naslining sifati va yakka mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha baholash ma'lumotlari asosida o'rnatiladi. Seleksion genetik stansiyalar, daha tajriba stansiya -lari, ilmiy-tadqiqot va o'quv muassasalari, naslchilik zavodlari, reproduk-tor xo'jaliklarning parrandalari bonitirovkadan o'tkaziladi.

Tovuqlar bonitirovkasi. Tuxum yo'nalishidagi tovuqlar 40 haftalik yoshigacha ona tovuqlarning ko'rsatkichlari bo'yicha, bu yoshga erishganda e sa mahsuldorligi bo'yicha, yoshidan oshgan tovuqlar esa 72 haftalik hayoti davomidagi mahusldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha bonitirovka qilinadi. Tuxum yo'nalishidagi tovuqlarining u yoki bu sinfini belgilash uchun minimal darajada talablar tuzilgan.

Urug' qatorli tovuqlar bonitirovkasini duragay nasllarning xo'jalik foydali sinflari bo'yicha ham bajarish mumkin. Bu xoldagi talablar tovuqlarning tuxum mahsuldorligini 4-5 % ga, tuxumdan jo'ja ochib chiqishni 1-2% ga, saqlanishini 23% ga oshiradi.

Go'sht yo'nalishidagi tovuqlar 34 haftalik yoshigacha ona tovuqlarning ko'rsatkichlari hamda tirik vazni va haftalik yoshigacha saqlanishi bo'yicha bonitirovkadan o'tkaziladi. Ana shu yoshga yetgan go'sht yo'nalishidagi tovuqlar tirik vazni va mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha baholanadi. Tovuqlarni u yoki bu sinfga ajratish uchun maxsus talablar ishlab chiqilgan.

Jo'jalar tirik vazni 7 haftaligida emas, balki 8 haftalik yoshida aniqlangan xollarda bu ko'rsatkich maxsus talablar bo'yicha birlamchi urug' qator xo'rozlari va broyler jo'jalari mahsuldorligini 12% ga, tovuqlar mahsuldorligini esa 10% ga oshiradi. Xo'roz urug' qatorlari va broyler parrandalar go'shtdor tana shakllariga ega bo'lishlari kerak. Podadan chiqarilgan va nobud bo'lgan parrandalarning miqdori sinov davrida (60 haftalik hayotida) 35% dan oshmasligi kerak. Xo'roz va ona tovuq podalaridagi parrandalarni baholashda har bir guruhdagi 10% dan kam bo'lmagan jo'jalarning vazni alohida tortilishi kerak.

Kurkalarni bonitirovka qilish. Kurka jo'jalari ona tovuqlarning mahsuldorlik ko'rsatkichlari hamda tirik vazni, go'shtdorlik shakli va saqlanishi bo'yicha bonitirovka qilinadi. 12 haftalik va undan katta yoshdagi kurkalar mahsuldorligi bo'yicha bonitirovkadan o'tkaziladi.

O'rdaklarni bonitirovka qilish. O'rdak jo'jalari boshqa parrandalar singari ona o'rdakning tuxumdorligi, tirik vazni va saqlanishi bo'yicha bonitirovkadan o'tkaziladi. 12 oylik va undan katta yoshdagi o'rdaklar mahsuldorligi bo'yicha bonitirovka qilinadi.

G'ozlarni bonitirovka qilish. G'oz jo'jalari ona g'ozlarning mahsuldorlik ko'rsatkachlari, haftalik yoshida tirik vazni va saqlanishi bo'yicha bonitirovkadan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'tkaziladi. Bir yoshdan oshgan va qari g'ozlar tirik vazni va saqlanishi (8 yoki 9 hafta), tuxumdorligi va tuxumdan jo'ja ochib chiqishi bo'yicha bonitirovka qilinadi. Tuxumdorligi va tuxumdan jo'ja ochib chiqish ko'rsatkichlari bonitirovka qilinadigan yil uchun hisobga olinadi. Ayrim sinflarning umumiy sinfi asosiy va qo'shimcha belgilar bo'yicha aniqlanadi. Bu holda dastlab asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha olgan sinfi hisobga olinadi.

Parrandachilik sohasini rivojlantirish bo'yicha quyodagilarni ustuvor vazifalar etib belgilash maqsadga muvofiq bo'ladi.

- raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini yetarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish;

- ilg'or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klastyerlarini tashkil qilish, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;

sohaga faol investitsiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qo'shilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish;

- ilmiy-diagnostika laboratoriyalar tashkil qilish orqali parrandalar orasida kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish choralarini ko'rish;

ozuqa bazasini kengaytirish, import o'rnini bosuvchi ozuqa va vitaminlarni ishlab chiqarish;

- parrandachilik sohasida yuqori malakali mutaxassislarga bo'lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta'minlash

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.06.2021 yildagi PQ-5146-son Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash.

2. Islomxo'jayev S.S., Boboyev K.X., G'ulomov K. Parrandachilikdan amaliy mashg'ulotlar. O'quv qo'llanma. O'zbekiston nashriyoti. Toshkent, 1996 yil.

3. Мажидов М.М., Рустамов Э.Х. (Агалик-Лонманн-Парранда. Открытое Акционерное Общество СП Узбекистан-Германия). Несушки руководство по содержанию. 2011 год

4. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, "O'zbekiston" NMIU, 2017 yil.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. "O'zbekiston,J NMIU, 2017 yil.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2017

7. Raxmatillayev P.E., Nurmuxammedov X.N. Tuxum yo'nalishidagi tovuqlarni parvarishlash. Toshkent, 2013 yil.

8. Raxmatillayev P.E., Nurmuxammedov X.N. Broyler jo'jalarini yetishtirish. Toshkent, 2013 yil.

9. Raxmatillayev P.E., Nurmuxammedov X.N. Broyler jo'jalarini yetishtirish. Toshkent, 2013 yil.

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.