Научная статья на тему 'JAYDARI ZOTLI QO‘CHQORLARNI ICHKI ORGANLARINING O‘SISH KO‘RSATKICHLARI'

JAYDARI ZOTLI QO‘CHQORLARNI ICHKI ORGANLARINING O‘SISH KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qo‘chqorlar / bo‘rdoqilash / so‘yim / ichki organlar / ovqat hazm qilish a’zolari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shoxnazarova Shohnoza Avg‘onovna

Maqolada jaydari zotli qo‘chqorlarni xo‘jalik sharoitida boqish va to‘la qiymatli ratsion asosida bo‘rdoqilashdan keyingi nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAYDARI ZOTLI QO‘CHQORLARNI ICHKI ORGANLARINING O‘SISH KO‘RSATKICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K: 636.084-637.52

JAYDARI ZOTLI QO'CHQORLARNI ICHKI ORGANLARINING O'SISH KO'RSATKICHLARI

Shoxnazarova Shohnoza Avg'onovna

tayanch doktorant, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13855590

Annotatsiya. Maqolada jaydari zotli qo'chqorlarni xo'jalik sharoitida boqish va to'la qiymatli ratsion asosida bo'rdoqilashdan keyingi nazorat so'yimi natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: qo'chqorlar, bo'rdoqilash, so'yim, ichki organlar, ovqat hazm qilish a'zolari.

Аннотация. В статье приводятся данные о результатах контрольного убоя баранов породы джайдара, после откорма дополнительными кормами и содержания в условиях хозяйства.

Ключевые слова: бараны, откорм, убой, внутренние и пищеварительные органиы.

Abstract. The article provides information on the results of control slaughter after fattening of Jaidari rams in farm conditions and on the basis of a full value ration.

Keywords: Rams, fattening, slaughter, internal and digestive organs.

Kirish. Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholini qo'ychilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, xo'jaliklarda sifatli qo'y go'shti ishlab chiqarish, qo'ylarning bo'rdoqilash texnologiyalarini ishlab chiqish, aholining arzon, to'yimli va parhezbop go'shtga bo'lgan talabini to'laroq qondirish hamda qo'ychilik xo'jaliklarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlashni takomillashtirish yo'nalishidagi tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.

Hayvonlarning go'sht mahsuldorligini baholashda hayvon organizmining to'liq shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadigan ba'zi bir organlarning o'sish qonuniyatlarini ham o'rganish muhim. Ichki organlarning rivojlanishi hayvonlarning ko'pgina xo'jalik uchun foydali belgilarini va biologik xususiyatlarining shakllanishini ma'lum darajada belgilaydi. Ushbu tadqiqotlarda chorva mollarini o'sishi, rivojlanishi bilan birga mahsuldorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan asosiysi oziqlantirish me'yori va turi hisoblanadi. Chunki oziqlantirish omili mahsuldorlikka ta'siri o'rganilgan ilmiy manbalar tahlilidan ko'rinib turibdi. Jumladan, D.Parmanovaning (2021) ma'lumotlariga ko'ra, yaylovlardan oqilona foydalanishning asosiy tamoyillari, qorako'l qo'ylarini muvozanatli oziqlantirish, qorako'l qo'ylarini saqlash, efemer yaylovlarning soddalashtirilgan ikki bo'g'inli o'n yillik yaylov almashuvi, soddalashtirilgan to'rt yillik yaylov masalalari bo'yicha tadqiqot ma'lumotlarida keltirishgan. D.Parmanovaning (2022) fikricha, mavsumiy yaylovlar ratsioni va ularning oziqlanishi, qorako'l qo'ylarining boqish normalari, qorako'l qo'ylarining ozuqa moddalariga bo'lgan yillik ehtiyoji (bosh boshiga), turli jins va yoshdagi qorako'l qo'ylarining boqish normasi (bosh/kun), qo'shimcha qo'ylarning turli jins va yosh guruhlari oziqlanish normalari o'rganilgan bo'lib, Tabiiy yaylov o'simliklarining o'z-o'zini yangilash va fitomas hosil qilish xususiyatlari yaylovlarni ozuqa moddalari bilan ta'minlovchi biologik zahiralar manbaiga aylantirishini, yilning davomiyligi 100%, bahor, yoz, kuz va qish fasllari esa foiz sifatida hisoblanadi. Muallif D.Parmanovaning (2022) ta'kidlashicha, tajriba guruhidagi hayvonlar naslida kuchli va o'rtacha kuchli gullarning vazni nazorat guruhiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

nisbatan oshgan, aksincha, bo'sh gullarning vazni kamaygan. Shu bois qo'ychilik salohiyatidan oqilona foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot maqsadi. Qo'chqorlarning go'sht mahsuldorligini oshirishda xo'jalik sharoitida va to'la qiymatli ratsion asosida bo'rdoqilab, nazorat so'yimi o'tkazish va ichki organlarini o'rganishdan iborat.

Tadqiqot usullari. Tadqiqot uchun jaydari zotli erkak qo'zilar olinib, nazorat va tajriba guruhi shakllantiriladi. Tadqiqotdagi barcha hayvonlarni asrash va oziqlantirish, sharoitlari, mahsuldorlik ko'rsatkichlari, fiziologik holati va tirik vaznini hisobga olgan holda amalga oshirildi.

Oziqlantirishning go'sht mahsuldorligiga ta'siri, qo'chqorlarni bo'rdoqilashda oziqlantirish texnologiyasi qo'chqorlarga berilgan ozuqalar ratsionining to'yimlililigini o'rganishda (A.A.Veniaminov)ning "Qo'ylarning mahsuldorligini o'rganish" bo'yicha metodik tavsiyalar, oziqlantirishda asosiy ozuqaviy va energiya moddalarni hisoblashdan foydalaniladi.

Qo'ylarning go'sht sifatini aniqlash uchun bo'rdoqilangandan so'ng butun Rossiya Chorvachilik ilmiy-tadqiqot usulida tirik vazni va semizlik darajasi bo'yicha bir xil va o'z guruhi uchun tirik har bir guruhdan uch boshdan o'rtacha ko'rsatkichlarga ega qo'ylarda Gost 7595-81. (Qo'y va echkilarni go'sht sifatini baholash) bo'yicha o'rganiladi.

So'yishda so'yim chiqimi, nimta go'shti, ichki yog' vazni, go'shtning morfologik tarkibi aniqlanadi. So'yim chiqimi so'yim vaznini so'yim oldi tirik vazniga nisbatining foizlardagi ifodasi bilan aniqlanadi. Go'shtning morfologik tarkibi go'shtni nimtalash yo'li bilan aniqlanadi.

Olingan ma'lumotlar dala daftariga qayd qilinib boriladi. Birlamchi ma'lumotlar Microsoft Excel 2007 kompyuter dasturi yordamida (A.A.Ploxinskiyning) "Zootexniklar uchun biometriya bo'yicha qo'llanma", "O'rtacha arifmetik qiymat (X) uning xatosi (Sx) usullarida foydalangan holda qayta ishlanadi.

Tadqiqot natijalari. Ma'lumki, hayvon organizmining turli organ va to'qimalari postnatal rivojlanishining turli bosqichlarida har xil jadallikda o'sadi va rivojlanadi, ma'lum bosqichda ba'zi bir organlar tez, boshqa birlari sekin o'sadi va aksincha bo'ladi. Tadqiqotda jaydari zotiga mansub qo'chqorchalar ichki organlarining o'sishi o'rganildi. (1-2-jadval).

Ichki organlar o'sishining intensivligini tavsiflash uchun absolyut vazndan tashqari nisbiy ko'rsatkichdan (%, tirik og'irligiga nisbatan) ham foydalanildi.

1-jadval

Jaydari zotiga mansub nazorat va tajriba guruhidagi qo'chqorlar ichki a'zolar vaznining mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar 6 oylik davrida

Nazorat Tajriba

Yurak kg 0,20 0,25

Tirik vazniga nisbatan, % 0,56 0,59

O'pka traxeya bilan kg 0,60 0,75

Tirik vazniga nisbatan, % 1,6 1,8

Jigar kg 0,60 0,70

Tirik vazniga nisbatan, % 1,6 1,7

Taloq kg 0,10 0,12

Tirik vazniga nisbatan, % 0,29 0,30

Buyrak kg 0,11 0,13

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Tirik vazniga nisbatan, % 0,30 0,31

Jadval ma'lumotlariga ko'ra qo'chqorlar yuragining vazni 0,20-0,25 kg atrofida bo'lib, barcha yosh davrlarida yurak vazni bo'yicha tajriba guruhi nazorat guruhidan yuqori ko'rsatgichga ega bo'lgan. Uning tirik vazniga bo'lgan nisbiy vazni 0,56-0,59 foiz atrofida bo'lgan.

Barcha guruhlardagi qo'zilar o'pka traxeyasining vazni 0,60-0,75 kg, jigarining vazni 0,600,70 talog'ining vazni 0,10-0,12 kg, buyragining vazni 0,11-0,13 kg atrofida bo'lgan.

2-jadval

Jaydari zotiga mansub nazorat va tajriba guruhidagi qo'chqorlar ovqat hazm qilish a'zolari ko'rsatkichlarining o'zgarishi

Ko'rsatkichlar 6 oylik davrida

Nazorat Tajriba

Ichi bo'shatilmagan oshqozon kg 5,5 6,2

So'yim oldi vazniga nisbatan, % 14,7 14,8

Ichi bo'shatilgan oshqozon kg 1,3 1,4

So'yim oldi vazniga nisbatan, % 3,6 3,5

Katta qorin vazni kg 0,74 0,79

So'yim oldi vazniga nisbatan, % 57,0 56,7

Shirdon vazni kg 0,26 0,28

So'yim oldi vazniga nisbatan, % 19,9 20,0

To'rqorin vazni kg 0,13 0,14

So'yim oldi vazniga nisbatan, % 9,8 9,9

Qatqorin vazni kg 0,17 0,19

So'yim oldi vazniga nisbatan, % 13,3 13,4

Ichaklar ingichka qismining uzun igi, m 30,0 30,5

Ichaklar yo'g'on qismining uzunligi, m 6,1 6,5

Jadval ma'lumotlarining tahlilidan ma'lum bo'lishicha, o'rganilgan yosh davrlarida ichi bo'shatilmagan oshqozonning umumiy vazni 5,5-6,2 kg atrofida bo'lib tirik vazniga nisbatan 14,714,8 foizni tashkil etgan. Ushbu ko'rsatkichlar tajriba guruhidagi barcha yosh davrlarida nazorat guruhi ko'rsatkichlaridan yuqori bo'lgan.

Ichi bushatilgan oshqozonning mazkur yosh davrlaridagi umumiy mutlaq vazni 1,3-1,4 kg atrofida bo'lib tirik vazniga nisbatan 3,5-3,6 foizni tashkil etgan. Qo'ylar oshqozoni to'rt kamerali bo'lib, uning 57,0-56,7 % qismini katta qorin, 19,9-20,0 % qismini shirdon, 9,8-9,9 % qismini to'rqorin va 13,3-13,4 % qatqorin tashkil etdi.

Qo'chqorlar ichaklarining ingichka va yo'g'on qismlarining uzayishi kuzatildi. Ichaklar ingichka qismining uzayishi tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 0,5 metr uzunlikni tashkil etdi. Ichaklar yo'g'on qismining uzunligi tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 0,4 metr uzunlikni tashkil etdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Xulosa. Xulosa qilib aytish mumkinki, shu jumladan qo'zilar ovqat hazm qilish a'zolarining rivojlanishiga boshqa omillar bilan birga oziqlantirish darajasi ta'sir ko'rsatadi. Ushbu farqlanishlarni aniqlash rivojlanish ko'rsatkichlariga ta'sir etib, hayvonlar mahsuldorligini boshqarish imkonini beradi.

Tajriba guruhidagi qo'chqorlarni to'yimli ratsion asosida oziqlantirilganda, nazorat guruhidagi qo'chqorlarga nisbatan ichki organlari va ovqat hazm qilish a'zolarining yaxshi o'sishi va rivojlanishini ta'minladi.

REFERENCES

1. D.M.Parmanova. Pattern of flower location and strength in korakalpok sur breed rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 73-75.

2. D.M.Parmanova. Rational use of different types of feeddings in the feeding of Karakol sheep. ACADEMICIA: : An International Multidisciplinary Research Journal-2021, 190-193 б.

3. D.M.Parmanova. Storage and fedding of karakalpok sheep in desert and semi-desert pastures rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 19-23.

4. Kalashnikov A.P., Kleymenov N.I. Chorvachilikda oziq normalari va ratsionlari. Toshkent-"Mehnat"-1988. 175 b.

5. Ro'ziboev N.R., Shayusupov B.B., O'ralov N.N., Xasanov S.G'. O'zbekistonda qo'ylarni parvarishlash, oziqlantirish va naslchilik ishlari bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent-2019. 20 b.

6. Ro'ziev R.I., Aripxodjaeva G.K., Sidiq-Xodjaev R.T., Xidirov K.I. Yalovi bo'lmagan fermer xo'jaliklardagi qo'chqorchalarni bo'rdoqilashda beda va duragay ozuqaning o'rni. J. "Zooveterinariya", № 1, 2017, 36-37 b.

7. Вениаминов А.А. и др. Методичкие рекомендации по изучеию мясную продуктивность овец. М. ВАСХНИЛ. 1978. 45 стр.

8. Лакин Г.Ф. Биометрия. -М.: Висшая школа, 1968, -284 с. Изучений мясной продуктивности овец. Методический рекомендатсии. М. 1978. с-43.

9. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.

10. Тайшин В.А. Лхасаранов Б.Б. Шабанова Р.Г.. «Основные признаки отбора аборигенных бурятских овец». Овцы, козы, шерстное дело. 2010, № 1. 12-13 стр.

11. Юлдашбаев Ю.А., Арилов А.Н., Неговора В.Ф., Бачаев Б.Ц. «Курдючное овцеводство - фактор увеличение мясных ресурсов Калмыкии». Зоотехния-2010. № 5. 12-13 стр.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.