Научная статья на тему 'CHORVACHILIK VA PARRANDACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TOMONIDAN OXIRGI YILLARDA ERISHILGAN ENG MUHIM YUTUQLAR'

CHORVACHILIK VA PARRANDACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TOMONIDAN OXIRGI YILLARDA ERISHILGAN ENG MUHIM YUTUQLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bushuyev / seleksiya / jaydari / aqchasoy / minimikser / xonaki parranda / biosensor / embrion.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nurmatov A’zamjon Akbarovich

Maqolada institutda oxirgi yillarda erishilgan yutuqlar va xorijiy innovasion texnologiyalar hamda ularni ishlab chiqarishga joriy qilish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHORVACHILIK VA PARRANDACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TOMONIDAN OXIRGI YILLARDA ERISHILGAN ENG MUHIM YUTUQLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

CHORVACHILIK VA PARRANDACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TOMONIDAN OXIRGI YILLARDA ERISHILGAN ENG MUHIM YUTUQLAR

Nurmatov A'zamjon Akbarovich

q.x.f.n. katta ilmiy xodim, institut direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.13847490

Annotatsiya. Maqolada institutda oxirgi yillarda erishilgan yutuqlar va xorijiy innovasion texnologiyalar hamda ularni ishlab chiqarishgajoriy qilish bo 'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Bushuyev, seleksiya, jaydari, aqchasoy, minimikser, xonaki parranda, biosensor, embrion.

Аннотация. В статье представлены сведения о достижениях института за последние годы и зарубежных инновационных технологиях и внедрении их в производство

Ключевые слова: Бушуев, селекция, джайдара, акчасой, минимиксер, одомашенная птица, биосенсор, эмбрион.

Abstract. The article provides information about the achievements of the institute in recent years and foreign innovative technologies and their implementation in production.

Keywords: Bushuev, selection, jaidara, akchasoy, minimixer, domesticated bird, biosensor, embryo.

Chorvachilik qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan bo'lib, aholini oziq-ovqat. kiyim-kechak va ishchi kuchi bilan ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Chorvachilikni ilm-fansiz rivojlantirib bo'lmayda, shu sababli respublikamizda chorvachilikning barcha tarmoqlari bo'yicha institutimiz olimlari tomonidan ilmiy-tadqiqotlar olib boriladi va olingan natijalar ishlab chiqarishga joriy qilinadi.

Qoramolchilik yo'nalishida: Qoramollar genotipini o'rganish, ularning nasl va mahsuldorlik ko'rsatkichlarini oldindan aniqlash imkonini beradigan, genom seleksiyasi natijasida qoramollarni erta tanlash va saralash poda mahsuldorligini 50% gacha oshirish imkonin bemvchi genetik pasportlashtirish bo'yicha tadqiqotlar yo'lga qo'yildi. Ushbu tadqiqotlar O'zbekistonda ilk bor Bushuyev zotiga mansub buqa genetik taxlil qilindi va genetik f pasporti yaratildi. DNK tahlillari xalqaro genetik bazaga kiritildi. Kelgusida ushbu ma'lumotlarga tayangan xolda ushbu buqa urug'idan tug'ilgan buzoqlarni nasl va mahsuldorlik ko'rsatkichlarini oldindan bashorat qilish va tez fursatda poda tarkibini yaxshilish mumkin bo'ladi.

Qo'ychilik yo'nalishida: Jaydari zotli sermahsul qo'ylarning "Aqchasoy" zavod tipi yaratildi. Respublikamizning tog' va tog'oldi hududlarida hisor zotli naslli qo'chqorlardan foydalanib, jaydari zotli qo'ylarni zavod chatishtirish usulida, go'sht-yog' yo'nalishidagi jaydari zotli qo'ylarni takomillashtirish maqsadida yaratilgan. Aqchasoy tipiga xos qo'chqorlarning tirik vazni 90-120 kg dan 160-180 kg gacha bo'ladi, jaydari zotli qo'chqorlardan ancha yirik (jaydari zotli qo'chqorlar- 70-90 kg). shuningdek, qo'ylarning yangi "Avjazsoy" tipi yaratilib, patent olish uchun intellektual mulk agentligiga xujjatlar taqdim etilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Qo'ychilik seleksiyasida qo'llanilgan zotlarning mahsuldorlik yo'nalishi - dag'al junli qo'ylar ya'ni mahalliy jaydari qo'ylar, saraja, hisor va jaydara zotlari ishtirokida "Farg'ona-Rishton- Dasht" tipi yaratildi. Yangi tipdagi qo'ylarning asosiy mahsuldorlik xususiyatlari, eksteryer, konstitusiyasi, qayta urchish xususiyatlari va hayotchanligi uzoq muddat urchitishda o'zgarmasdan qoladi. Mazkur tipga mansub qo'chqorlarining tirik vazni 100-110 kg-ni, sovliqlarniki 55-60 kg, yangi tug'ilgan qo'zilarning erkaklari 4,7-5,2 kg, urg'ochilari 4,0-4,3 kg, onasidan ajratish davrida o'z navbatida 32 - 34 va 28-30 kg-ni tashkil etadi. "Farg'ona-Rishton-Dasht" zavod tipiga xos qo'ylari jun yo'nalishi dag'al junli qo'ylarga xos bo'lib, jun tarkibida qiltiq (20-30%), oraliq (30-40%) va tivit (50-30%) tolalardan tashkil topgan.

Respublikamizda sanoatbop jun yetishtirish maqsadida yarim mayin jun yo'nalishidagi go'shtdor-jundor qo'ylarning genofondi saqlandi va ko'paytirilmoqda. 2019 yilgacha bu qo'ylarning bosh soni Ohangaron tumanida 100 bosh atrofida bo'lgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib esa bu qo'ylar 5000 boshdan oshdi.

Institut olimlari tomonidan ilk bor xorijdan naslli qo'chqorlarning muzlatilgan urug'lari olib kelindi va tajriba tariqasida O'zbekistonning go'shtdor-serjun sovliqlarida sun'iy urug'lantirish joriy etildi.

Echkichilik yo'nalishida: Namangan viloyatida jundor angor zotli echkilarning jun mahsuldorligini oshirish maqsadida angor zotli №JF 77990 va №JF 77159 nasldor takalardan foydalanib seleksiya ishlari olib borilgan va 2 ta "Chust" va "Dasht" liniyalari yaratildi.

Angor zotldi echkilar genofondini saqlab qolish imkoniyatini kengaytirish maqsadida naslli taka va echkilar Namangan viloyati Pop va Kosonsoy tumanlari, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi echkichilik xo'jaliklariga yetkazib berildi.

Qizilqum cho'l yaylov sharoitida mahalliy echkilarni go'sht yo'nalishidagi bursk zotli takalar bilan chatishtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Birinchi bo'g'in duragay uloqlari olindi va ularni o'rtacha tirik vazni 3,0 kg-ni tashkil qildi.

Hozirgi kunda Turkiyadan 1000 bosh naslli echkilar olib kelingan bo'lib, ularning mahalliy sharoitga moslashishini o'rganish ishlari olib borilmoqda va seleksiya ishlari yo'lga qo'yildi.

Institutimiz Farg'ona viloyatining Quva tumanida joylashgan "QUVONCHBEK ZOHIDJON FERMASI" MChJ bilan hamkorlikda qo'ylarni jadal bo'rdoqilashda noan'anaviy usulda tayyorlangan "Best Mega Mix" to'la qiymatli omixta em ishlab chiqarilib, Respublikamizning bir kator xo'jaliklariga joriy qilindi. D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalar tomonidan Edilbay va Jaydari zotiga mansub qo'ylarni go'sht mahsuldorligini oshirishda "Best Mega Mix" to'la qiymatli ozuqadan foydalanib yuqori samaradorlikka erishishgan.

Yilqichilikyo'nalishida: Oxirgi yillarda qorabayir zotli otlarning Kopqon liniyasi, Kross va Bonna genealogik guruhlari yaratildi. Uzum sanoati qoldiqlaridan tayyorlangan biologik faol qo'shimchalar toylarning o'sish va rivojlanishini jadallashtirishi ilmiy jixatdan asoslab berildi. Nasldor va sport otlari uchun sun'iy (madaniy) yaylovlarni o'rganish, levadalar barpo etish va otlarni boqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida xo'jalikda mavjud yaylovlarni botanik tarkibi tahlil qilindi va madaniy yaylovlar yaratildi. Otlarni boqishda levada to'siqlarning parametrlari va otlarni saqlashning texnologik usuli ishlab chiqildi.

I.Xafizovning (2023) fikriga ko'ra, seleksiya-naslchilik ishlarini to'g'ri tashkil qilish, yangi texnologiyadan foydalanish tarmoqni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Parrandachilik yo'nalishida: institutimiz olimlari tomonidan kurkalarning maxsuldorligini oshirish, broyler jo'jalarining go'shtini sifati va maxsuldorpligini oshirish, Afrika

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

va Rossiya seleksiyasiga mansub tuyaqushlarni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga xonaki parrandalarning yangi krosslarini yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar yo'lga qo'yildi va xozirda honaki parrandalarning ota-onalik galalari parvarish qilinib ularning otalangan tuxumlari va inkubatordan chiqqan jo'jalari axoliga tarqatilmoqda.

Z.K.To'laganova, M.A.Yaxyayeva, Z.R.Axmedovalarning tadqiqotlarida broyler jo'jalarining go'sht mahsuldorligiga ferment, oqsil va vitaminlarga boy mikrobiologik -"BAVMENZAYM" - biologik havfsiz ozuqaviy qo'shimchasidan foydalanib, 15-35 kunlik boqish davrlarida yuqori natijaga erishilgan.

Asalarichilik yo'nalishida: O'zbekiston sharoitida asalari oilasini mahsuldorligini oshirishda intensiv bog'lardan foydalanish texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqotlar natijasida Bulung'ur tumanidagi "Samarqand garden plast" qo'shma korxonasida gilos mevalari hajmi 33,4%-ga, hosildorligi 29,8 %-ga oshdi. Shuningdek, Jomboy tumanidagi, "Maroqand meva sabzavot" MChJ xo'jaligidagi olma mevalari hajmi 29,8 %-ga, hosildorligi 32,4 %-ga oshdi. Tadqiqotlarda meva zichligi, kislotalik darajasi va qand miqdori oshganligi aniqlandi.

Mahalliy populyasiyadagi asalarilarni nasl va maxsuldorlik ko'rsatkichlarini yaxshilash maqsadada asalarilarning maxsuldorligi yuqori bo'lgan yangi liniyasi yaratildi va unga patent olindi. Ona asalarilarni sun'iy usulda urug'lantirish va sun'iy usulda ona asalari yetishtirish texnologiyalari takomillashtirildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Institut olimlari tomonidan sut tarkibidagi antibiotik moddalarini aniqlovchi biosensor yaratildi. Biosensor oq kukunsimon modda bulib suvda eruvchan xossaga ega. U o'z lyuminessent xossasini suvda eritilganda namoyon etadi. Biosensor orqali nafaqat antibiotik moddani sifat tarkibi balki uning miqdorini ham aniqlash mumkin.

Ozuqabop ekinlar yo'nalishida: Chorvachilikda asosiy ozuqa ekinlardan biri bo'lgan makkajo'xorining don va silos uchun yetishtirishga mo'ljallangan vegetasiya davri 110-115 kunni, don hosildorligi 100-120 s/ga, silos hosildorligi 500-600 s/ga ni tashkil etadigan yangi "0'zbekiston-2018" navi yaratildi, hamda Respublika bo'yicha sug'oriladigan yerlarda asosiy muddatlarda don uchun ekishda istiqbolli nav deb topildi va 2019 yildan Davlat reyestriga kiritildi. Kuzgi oraliq ekin sifatida ekish uchun javdarning respublikamizda yagona bo'lgan "Shalola" navi yaratildi. Uning tupi tik o'sadi, baland, keng, ro'vagi yig'iq, kulrang - ko'kimtir, uzunligi 25-30 sm. Doni ko'kimtir rangda. Hosildorligi don uchun: 30-35 s/ga. Ko'k massa uchun: 250-300 s/ga. Nav yaxshi barglangan. Yotib qolishga bardoshliligi o'rtacha. Mexanizmlar bilan o'rib olishga yaroqli. 2019 yildan Toshkent viloyati bo'yicha sug'oriladigan yerlarda kuzgi muddatlarda ekish uchun istiqbolli nav deb topilgan va Davlat Reyestriga kiritildi.

2023 yilda kuzgi oraliq ekin sifatida ekish uchun mo'ljallangan don hosildorligi bo'yicha "O'zbekiston keng bargli" naviga nisbatan 3-5 s/ga yuqori bo'lgan sulining yangi navi, tritikalening "Kumushsimon prag" naviga nisbatan don hosildorligi 5-6 s/ga yuqori bo'lgan yangi navlari yaratilib, Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga 8 ta nav sinash uchastkalariga berildi. B.D.Allashov, M.X.Zulfiqorov, F.Toreyevlar tomonidan sulining "O'zbekiston keng bargli", javdarning "Shalola", tritikalening "Kumushsimon Prag" va makkajo'xori "0'zbekiston-2018" navlari bilan turli xil me'yorlarda aralash holda yetishtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Quyonchilik yo'nalishida: Quyonlarni jadal yetishtirishda akselerasion texnologiya ishlab chiqilmoqda. Akselerasion texnologiyasi yil davomida optimal sharoitda quyonlarni tug'dirish hisobiga go'sht mahsuldorligini oshirishga va sifatli mo'yna olishga yordam beradi. Go'sht

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

yo'nalishidagi quyonlarning mahalliy duragaylarini yaratish bo'yicha tadqiqot ishlari yo'lga qo'yilgan.

Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi Kopia markazi bilan hamkorlik

Qoramollarning sut va go'sht mahsuldorligini oshirishda Janubiy Koreyaning TMR oziqlantirish texnologiyasi aholi honadonlarida joriy qilindi. Aholi honadonlarida TMR texnologiyasini joriy qilish natijasida:

oramollarning sut mahsuldorligini 30% ga,

osh mollarning o'sishi 30% ga;

horvadorlar daromadi 30% ga oshdi;

zuqalar sarfini 30% ga kamaydi.

Texnologiyani yo'lga qo'yilishi davomida kichik fermer xo'jaliklari va aholi honadonlari uchun TMR ozuqasini tayorlovchi 4,5 va 1,2 m3 hajmli minimikser texnikalari yaratildi.

Janubiy Koreyaning TOP-10 taligiga kiruvchi golshtin zotli yuqori maxsuldor naslli buqa urug'lari olib kelinib, 14 ta fermer xo'jaliklarida sun'iy urug'lantirish ishlari amalga oshirildi va birinchi avlod Fi avlodlar olinmoqda. Buzoqlarning tirik vazni xo'jalikdagi tengqurlariga nisbatan 10-15 % yuqori bo'lmoqda. Kelgusida Koreya buqalari urug'idan tug'ilgan buzoqlar sertifikasiyalanadi va golshtin zotli qoramollarning yuqorimaxsuldor yangi liniya va tiplari yaratiladi.

2023 yil AQSh va Janubiy Koreyadan yuqori mahsuldor Golshtin zotli sigirlardan olingan embrionlar olib kelindi va Toshkent viloyatining 3 ta fermer xo'jaligida embrion transplantasiyasi amalga oshirildi va bugungi kunga kelib, ulardan sog'lom buzoqlar olinmoqdi. Ushbu texnologiya natijasida kelgusida respublikamizda bir laktasiyada 10 000 kg-dan yuqori sut maxsuldorligiga ega sigirlar guruhlari yaratiladi. Embrion transplantasiyasining afzalliklari shundan iboratki, yuqori mahsuldor qoramollar importi harajatlarini oldi olinadi, yuqori mahsuldor qoramollar podalarini yaratish jarayonlarini tezlashadi va naslchilik ishlarida zootexniya xisobini yuritish osonlashadi.

Xulosa: Chorvachilik sohasi oxirgi yillarda jadallik bilan rivojlanmoqda, shu sababli respublikamizda ilg'or fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tezda joriy qilish muhim hisoblanadi. Respublikamizda chorvachilikni rivojlantirishda genetik, seleksiya va biotexnologiya yo'nalishlarida tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish orqali qisqa muddatlarda yuqori natijalarga erishiladi.

REFERENCES

1. Allashov B.D., Zulfikarov M.X., Toreev F.. Effective agrotechnology for cultivation of forage crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012159

2. Гиёсов Х.А. "^орамолларнинг электрон базаси яратилади", Узбекистан ^ишлок хужалиги Ж., 2021 йил 9-сони, 20 бет.

3. To'laganova Z.K., Yaxyayeva M.A., Axmedova Z.R. Fermentativ faol "BAVMENZAYM" biopereparatini jo'jalarning go'sht mahsuldorligini oshirishga tasirini o'rganish. ISSN: 21813337 | scientists.uz International scientific journal science and innovation issue dedicated to the 80th anniversary of the academy of sciences of the Republic of Uzbekistan. 984-989 p.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

4. Parmanova D., Shoxnazarova Sh. Qo'ylarni go'sht mahsuldorligini oshirishda "Best Mega Mix" to'la qiymatli ozuqadan foydalanish samaradorligi. Agrotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnal. 2022, 834-837.

5. Hafizov I.I. Qorabayir zot otlari genofondining genetik xilma-xilligi. j."O'zbekiston qishloq xo'jaligi" jurnali, "AGRO ILM" ilova, Toshkent, 2023, maxsus son (3) (96), 45-47 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.