Научная статья на тему 'TAJRIBADAGI BO‘G‘OZ SOVLIQLARNI PARVARISHLASH, OZIQLANTIRISH VA ULARNING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI'

TAJRIBADAGI BO‘G‘OZ SOVLIQLARNI PARVARISHLASH, OZIQLANTIRISH VA ULARNING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘g‘oz sovliqlar / saqlash / parvarishlash / oziqlantirish / tirik vazn / ratsion / ozuqa sarfi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shoxnazarova Shohnoza Avg‘onovna

Maqolada jaydari zotli bo‘g‘oz sovliqlarni parvarishlash, saqlash, oziqlantirish hamda tirik vazn ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAJRIBADAGI BO‘G‘OZ SOVLIQLARNI PARVARISHLASH, OZIQLANTIRISH VA ULARNING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K: 636. 083.1-08.003

TAJRIBADAGI BO'G'OZ SOVLIQLARNI PARVARISHLASH, OZIQLANTIRISH VA ULARNING TIRIK VAZN KO'RSATKICHLARI

Shoxnazarova Shohnoza Avg'onovna

tayanch doktorant, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13859242

Annotatsiya. Maqolada jaydari zotli bo'g'oz sovliqlarni parvarishlash, saqlash, oziqlantirish hamda tirik vazn ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: bo'g'oz sovliqlar, saqlash, parvarishlash, oziqlantirish, tirik vazn, ratsion, ozuqa sarfi.

Аннотация. В статье приведены сведения о выращивании, содержании, кормления и живого веса суягных маток джайдарьинской породы овец.

Ключевые слова: суягные овцематки, содержание, ухаживание, кормление, вес, рацион, расход кормов. Abstract. The article provides information on the cultivation, maintenance, feeding and live weight of the pregnant sheep of the Jaidarya breed.

Keywords: pregnant sheep, content, save, feeding, weight, ration, feed consumption.

Kirish. Qo'ychilik, fermerlik faoliyatining an'anaviy turi sifatida egalariga katta foyda va tabiiy mahsulotlar olish imkonini beradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun fermer ishni qayerdan boshlashni, hayvonlarni saqlash uchun xonani to'g'ri tashkil qilishni, parvarishlashni va eng muhimi, qo'ylarning to'la qiymatli ratsion asosida oziqlantirish ularning faol o'sishi uchun qanday bo'lishi kerakligini bilishi zarur. Respublikamiz chorvachilik sohasida qo'ychilik muhim o'rin tutadi va mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan go'shtning ma'lum bir qismi shu tarmoqqa to'g'ri keladi, shu bois qo'ychilikni ilmiy asosda rivojlantirish, mahaliy sharoitga mos zotdor qo'ylarni me'yor darajasida parvarishlash, to'la qiymatli oziqlantirish hamda qo'y go'shti yetishtirishning hajmini ko'paytirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarda chorva mollarini o'sishi, rivojlanishi bilan birga mahsuldorligiga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan asosiysi oziqlantirish me'yori va turi hisoblanadi. Chunki oziqlantirish omili mahsuldorlikka ta'siri o'rganilgan ilmiy manbalar tahlilidan ko'rinib turibdi. Jumladan, D.Parmanovaning (2021) ma'lumotlariga ko'ra, yaylovlardan oqilona foydalanishning asosiy tamoyillari, qorako'l qo'ylarini muvozanatli oziqlantirish, qorako'l qo'ylarini saqlash, efemer yaylovlarning soddalashtirilgan ikki bo'g'inli o'n yillik yaylov almashuvi, soddalashtirilgan to'rt yillik yaylov masalalari bo'yicha tadqiqot ma'lumotlarida keltirishgan. D.Parmanovaning (2022) fikricha, mavsumiy yaylovlar ratsioni va ularning oziqlanishi, qorako'l qo'ylarining boqish normalari, qorako'l qo'ylarining ozuqa moddalariga bo'lgan yillik ehtiyoji (bosh boshiga), turli jins va yoshdagi qorako'l qo'ylarining boqish normasi (bosh/kun), qo'shimcha qo'ylarning turli jins va yosh guruhlari oziqlanish normalari o'rganilgan bo'lib, Tabiiy yaylov o'simliklarining o'z-o'zini yangilash va fitomas hosil qilish xususiyatlari yaylovlarni ozuqa moddalari bilan ta'minlovchi biologik zahiralar manbaiga aylantirishini, yilning davomiyligi 100%, bahor, yoz, kuz va qish fasllari esa foiz sifatida hisoblanadi. Muallif D.Parmanovaning (2022) ta'kidlashicha, tajriba guruhidagi hayvonlar naslida kuchli va o'rtacha kuchli gullarning vazni nazorat guruhiga nisbatan oshgan, aksincha, bo'sh gullarning vazni kamaygan. Shu bois qo'ychilik salohiyatidan oqilona foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. D.Parmanovaning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

(2021) xulosasiga ko'ra, qoraqalpoq sur qorako'l qo'chqorlari naslidan olingan jun sifati tavsifini o'rganishganda, podadagi barra teri xususiyatlari va rivojlanishi jihatidan bir xil umumiy xususiyatlarga ega bo'lsada, konstitutsiya yoki nasld xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Soha olimlari D.Parmanova, F.Aliqulovlarning ta'kidlashicha, (2021) naslli qo'zilarni olish usullari bo'yicha xo'jalikning yarimdoirasimon qalamgul tipiga ixtisoslashganligini hisobga olgan holda, yarimdoirasimon qalamgul tipi bo'yicha gomogen juftlash natijasida gul tipi va sinfi bo'yicha yuqori mahsuldor hisoblangan elita (22,8%) va I sinfga (57,1) mansub naslli qo'chqorlar olinishi xo'jalikda yuqori sifatli naslli qo'zilar olish imkonini berishini, gul tipi va sinfi bo'yicha geterogen juftlash usulidan foydalanilganda seleksiya ishlarining keyingi bosqichlarida sifati pastroq bo'lgan belgilarning yuzaga chiqishi hisobiga olinadigan avlodlar sifatining pasayishiga olib kelishini aniqlashgan.

Tajribadagi bo'g'oz sovliqlarni parvarishlash va oziqlantirish. Qishda va erta bahorda tug'ishda qo'yxonalarga alohida e'tibor qilindi, bunda yelvizakdan, namlikdan saqlash va qo'yxonalarni yorug'ligiga e'tibor qaratildi. Bo'g'oz qo'ylar tug'ishiga 2-3 kun qolganda qo'yxona atrofida boqildi va tuqqanlari shu zahoti qo'yxona ichiga kiritildi, tug'ishi gumon bo'lgan qo'ylarni kechasi qo'yxona ichidagi kataklarda saqlandi. Qo'yxona ichidagi kataklarda har bir ona qo'y uchun 1,5-2,0 m/kv joy ajratildi. Bo'g'oz qo'ylarni kataklarga joylashtirishda ayniqsa, birinchi tug'umi bo'lgan ona qo'ylar alohida katakchalarda saqlandi, qo'zilar tug'ilgandan 15-20 kundan keyin, boshqa umumiy yangi tuqqan ona qo'ylar bo'limiga o'tkazildi, sovliqlar qo'zilari bilan guruh qilindi.

Bug'oz sovliqlarga katta e'tibor berildi. Tug'ish mavsumida bo'g'oz va yangi tuqqan ona qo'ylarni oziqlantirish ishlarini qat'iy reja asosida olib borildi. Ularni qo'yxonada boqib, ertalab va kechqurun qo'shimcha omuxta yemlar, mineral ozuqa va tuzlar bilan oziqlantirildi.

Qo'zilarning shakllanishi va imbrional o'sishi bo'g'oz sovliqlar holatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqligini hisobga olgan holda tajribamizdagi sovliqlarning bo'g'ozligini ikkinchi davri (60 kun) va sut berish ( emizikli 135 kun) davri uchun jami ozuqalar sarfi keltirilgan 1-jadval.

1-jadval

Tajribadagi ona qo'ylarni jami ozuqa sarfi, kg

Ko'rsatkichlar Bo'g'oz qo'ylar (bo'g'ozlikni II-davri) Ona qo'ylarning emizikli davri

Ratsion tarkibi:

Beda pichani 3000 -

Turli o'tlar pichani 4800 13500

Beda o'ti - 27000

Senaj (turli o'tlar) 6000 -

Makkajo'xori yormasi 2700 5400

Bug'doy yormasi - 5400

Bug'doy kepagi 600 -

Osh tuzi 84 189

Dinatri fosfat 150 337,5

Ratsion tarkibida:

Oziqa birligi 9240 25650

Almashinuv energiya, MDj 117240 319005

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Quruq modda 12132 28350

Hazmlanuvchi protein 966 2999,7

Ca 122,4 245,7

P 76,2 170,37

Karotin 0,372 1,61

Jadval ma'lumotari ko'ra, bo'g'oz sovliqlarni bo'g'ozligining II davri (60 kun) mobaynida nazorat va tajriba guruhlari bo'g'oz qo'ylar (bo'g'ozligining II davri-60 kun) mobaynida iste'mol qilgan ozuqalarining tarkibidagi to'yimli moddalar miqdori 117240 (MDj) almashinuv energiyasi, 12132 kg quruq modda, 966 kg hazmlanuvchi protien, 122,4 kalsiy, 76,2 kg fosfor va 0,372 kg karotin iste'mol qilgan.

Ona qo'ylarning sut berish (emizikli-135 kun) davri uchun nazorat va tajriba guruhlari iste'mol qilgan ozuqalaridagi bu ko'rsatkich miqdori 319005 (MDj) almashinuv energiyasi, 28350 kg quruq modda, 2999,7 kg hazmlanuvchi protien, 245,7 kalsiy, 170,37 kg fosfor va 1,61kg karotin iste'mol qilgan.

Sovliqlarni bo'g'ozlik davrida to'laqiymatli oziqlantirish, ularning serpushtligi va mahsuldorligini oshirishda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, bo'g'ozlikning ikkinchi yarmida bo'g'oz qo'ylarni yaxshi oziqlantirish hal qiluvchi rol o'ynaydi. Aynan bo'g'ozlikning ikkinchi yarmida homilaning miqdor va sifat jihatdan jadal o'sish davri hisoblanadi.

Bu davrda ona qo'ylarning fiziologik talablarini hisobga olgan holda oziqlantirish orqali ularning semizligini oshirishga hamda tug'iladigan qo'zilarning o'sishi va rivojlanishini yaxshilashga erishish mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tajriba uchun xo'jalikda bo'g'ozlikning ikkinchi davridagi urg'ochi qo'ylar tanlab olindi va ularning ozuqaga bo'lgan talabini inobatga olgan holda xo'jalik ratsioni strukturasi ishlab chiqildi (1-rasm).

Bo'g'ozlikning ikkinchi davrida ona qo'ylar to'la qiymatli oziqlantirilganda, ular mushaklarida va yumshoq to'qimalarida ma'lum miqdordagi to'yimli moddalarni zaxira qilib, emizish davrida energiya almashinuvlarini va mahsuldorlikni ta'minlashda foydalanish xususiyatiga ega va shu maqsadda ular ratsioni tarkibida konsentrat ozuqalar ulushi 55 % etib belgilandi.

Emizikli ona qo'ylar ratsioni bo'g'oz qo'ylar ratsionidan farqli ravishda, dag'al va shirali ozuqalar miqdorini oshirish mumkin. Shirali ozuqalar emizikli davrda ona qo'ylarning sut mahsuldorligini oshirsa, sifatli pichanlardan iborat dag'al ozuqalar kletchatka miqdori bilan bir qatorda oqsilga bo'lgan talabini ham qondiradi.

Tadqiqot davomida jaydari zotiga mansub ona qo'ylarning qochirimgacha va qo'zilagandan keyingi tirik vazn ko'rsatkichlarining dinamikasi o'rganildi. Tadqiqotdan olingan ona qo'ylarning tirik vazn natijalari 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Tajribadagi sovliqlarning tirik vazni, kg

Guruhlar n Qochirimgacha tirik vazn, kg Qo'zilagandan tirik vazn, kg keyingi Tirik vaznini yo'qotish

M±m Limit M±m limit kg %

Nazorat 50 53,2±0,37 49,0-57,2 40,4±0,27 39,3-46,0 12,8 24,0

Tajriba 50 55,4±0,38*** 51,3-59,5 45,0±0,38*** 41,3-49,0 10,4 1 8, 7

Eslatma: P<0,001

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

2-jadval malumotlariga ko'ra, har ikkala guruhlardagi jaydari zotiga mansub sovliqlar qishdan chiqib, ya'ni ular bo'g'ozlik davridan to tuqqunga qadar nazorat guruhidagi sovliqlar o'rtacha 12,8 kg dan tajriba guruhidagi sovliqlar o'rtacha 10,4 kg gacha tirik vaznini yo'qotgan (P<0,001), shu bilan birga nazorat guruhidagi bo'g'oz sovliqlari tajriba guruhidagi bo'g'oz sovliqlarga nisbatan 5,3% ko'proq tirik vazn yo'qotgan.

Xulosa. Tajribadagi qo'zilarning embironal, o'sishi va rivojlanishi uchun tajribadagi bo'g'oz sovliqlarni ratsion asosida to'la qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirishni ijobiy ta'sir qilganligini ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. D.M.Parmanova. Pattern of flower location and strength in korakalpok sur breed rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 73-75.

2. D.M.Parmanova. Qoraqalpoq sur qorako'l zotli qo'ylardan olingan naslning jun tolasining sifati. ACADEMICIA: : An International Multidisciplinary Research Journal-2021, № 10. 51-53 b.

3. D.M.Parmanova. Rational use of different types of feeddings in the feeding of Karakol sheep. ACADEMICIA: : An International Multidisciplinary Research Journal-2021, 190-193 б.

4. D.M.Parmanova. Storage and fedding of karakalpok sheep in desert and semi-desert pastures rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 19-23.

5. D.Parmanova, F.Aliqulov. Qorako'lchilikda qoraqalapoq sur naslli qo'zilarni olish usullari. Scientific progress journal, 2021. 436-440.

6. Kalashnikov A.P., Kleymenov N.I. Chorvachilikda oziq normalari va ratsionlari. Toshkent-"Mehnat"-1988. 350 b.

7. Ro'ziboev N.R., Shayusupov B.B., O'ralov N.N., Xasanov S.G'. O'zbekistonda qo'ylarni parvarishlash, oziqlantirish va naslchilik ishlari bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent-2019. 20 b.

8. Xidirov K.X. Qo'ychilik. O'quv- uslubiy qo'llanma. Toshkent-2021. 66 b.

9. Лакин Г.Ф. Биометрия. -М.: Высшая школа, 1968, -284 с. Изучение мясной продуктивности овес. Методические рекомендатсии. М. 1978. с-43.

10. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.