Научная статья на тему 'URG’OCHI QORAMOLLAR PODASINI YARATISHDA BIOTEXNOLOGIYA YUTUQLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI'

URG’OCHI QORAMOLLAR PODASINI YARATISHDA BIOTEXNOLOGIYA YUTUQLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
60
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chorvachilik / qoramol / seleksiya / homila / naslchilik / biotexnologiya / sigir / buzoq / sun’iy urug‘lantirish.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Xolmatov Anvarjon Xakimjonovich, Hasanov Humoyun Toychi Ogli, Giyosov Husanjon Akbarovich

Ushbu maqolada республика aholisi tomonidan keng miqyosda parvarishlanayotgan qora-ola zotli sigirlarni urg’ochi jinsga ajratilgan urug‘lar bilan sun’iy uruglantirib, urg‘ochi buzoqlar olish bo'yicha amalga oshirilayotgan tajriba natijalari bayon etilgan. Bir jinsli urug‘lar bilan qochirilgan sigirlarning tirik vazni, urug‘lanish xususiyati, bo’g’ozlikni UZD apparatida aniqlash, нфтпш tug‘ulgan buzoqning tirik vazni va o‘sish va rivojlanishi ko‘rsatgichlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URG’OCHI QORAMOLLAR PODASINI YARATISHDA BIOTEXNOLOGIYA YUTUQLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI»

URG'OCHI QORAMOLLAR PODASINI YARATISHDA BIOTEXNOLOGIYA

YUTUQLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI 1Xolmatov Anvarjon Xakimjonovich, 2Hasanov Humoyun To'ychi o'g'li, 3Giyosov

Husanjon Akbarovich

1Q.x.f.n., dotsent.

2Tayanch doktorant 3Q.x.fn., katta ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo. 8357850

Annotatsiya. Ushbu maqolada республика aholisi tomonidan keng miqyosda parvarishlanayotgan qora-ola zotli sigirlarni urg'ochi jinsga ajratilgan urug'lar bilan sun'iy uruglantirib, urg'ochi buzoqlar olish bo'yicha amalga oshirilayotgan tajriba natijalari bayon etilgan. Bir jinsli urug'lar bilan qochirilgan sigirlarning tirik vazni, urug'lanish xususiyati, bo'g'ozlikni UZD apparatida aniqlash, нфтпш tug'ulgan buzoqning tirik vazni va o'sish va rivojlanishi ko'rsatgichlari keltirilgan.

Kalitso'zlar: Chorvachilik, qoramol, seleksiya, homila, naslchilik, biotexnologiya, sigir,

buzoq, sun'iy urug'lantirish.

Аннотация. В этой статье изложены результаты опыта проведенные на коровах черно-пестрой породы, которые были искусственно осеменены семенами разделенному по полу и получению от них только тёлочек. Приведены показатели живой массы коров, коэффициент оплодотворяемости и проверка стельности коров аппаратом УЗД, живая масса, рост и развитие новорожденных телят.

Ключевые слова:. Животноводство. крупный рогатый скот, селекция, плод, селекция, биотехнология, корова, теленок, искусственное осеменение.

Abstract. In this article, the efficiency of obtaining female calves by insemination with female seeds of the Black-Ola cattle breed cows, which are kept on a large scale by the population of our country, is presented. The live weight of cows bred with same-sex seeds, the characteristics of seed retention, and growth indicators were studied.

Keywords: Animal husbandry, cattle, selection, fetus, breeding, biotechnology, cow, calf, artificial insemination.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasining aholisini chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash, oziq-ovqat hafsizligini barqaror ushlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. Soha mahsulotlariga bo'lgan talab va extiyojlari yil sayin ortib bormoqda. Bu ushbu soha samaradorligini yanada oshirish dolzarb hisoblanadi.

Sifatli ozuqalardan va sof ekologik chorva mahsulotlarini yetishtirishda, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollariga ilmiy asosda ularning fziologik holatini hisobga olib, balanslashtirilgan energetik va to'la qiymatli ratsionlar bilan oziqlantirish dolzarb hisoblanadi. Buning uchun sifatli ozuqa yetishtirishda ekin maydonlaridan oqilona ilmiy yondashib, ozuqabop ekinlar miqdorini ko'paytirish, takror va oraliq ekinlarni o'z vaqtida ekish, qishlov uchun senaj, silos, xashaki lavlagi, dag'al ozuqalardan sifatli beda pichani, bug'doy somoni va boshqa turdagi ozuqalarni jamg'arish muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda naslchilik xo'jaliklarida urchitilayotgan qoramol zotlari ichida maxalliy zotli qoramollar naslini yaxshilash, qisqa davrda mahsuldorligi yuqori bo'lgan qoramollar podasini yaratish muhim axamiyat kasb etadi.

Import qilingan va jinsga ajratilgan urug'lar bilan kuyga kelgan sigirlarni sun'iy urug'lantirilganda 95-96% urg'ochi buzoqlar olish ko'zda tutiladi, hamda nasldorlik va mahsuldorlik hususiyatlarini takomillashtirib, qisqa vaqt davomida yuqori mahsuldorlikga ega bo'lgan naslli qoramollar podasi yaratishga erishiladi.

Mamlakatimizga chetdan keltirilgan mahsuldor qoramol zotlari mahalliy qoramollarning nasl sifatini yaxshilashda samarali xisoblanadi, ammo doimiy ravishda chetdan mol olib kelish, uni sharoitga moslashtirgungacha ancha vaqt va mablag' sarflanadi. Qolaversa bugungi kunda O'zbekistonda 13 mln qoramol bo'lib ularning 4,6 millioni sigirlarni tashkil qiladi. Respublika bo'yicha har bir sigirdan sog'ib olinayotgan sut o'rtacha 2300 kg bo'lib, jami qoramollarning 93 foizi aholi xonadonlariga to'g'ri keladi. Aholi xonadonlaridagi sigirlarning 80 foizga yaqini mahalliy zotga mansub bo'lib, ularning sut maxsuldorligi o'rtacha, 1500-1600 kg-ga to'g'ri keladi. Ko'pchilik aholi xonadonlari qoramollarni ozuqaga bo'lgan talabini to'la qondira olmasligi, qoramollarni oziqlantirish parvarishlar va naslchilik ishlarida bilimlarini yetishmasligi qoamollarning maxsuldorligiga asosiy sabablardan hisoblanadi.

Tajriba olib borish joyi: Tajribalar Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo'jaligida olib boriladi.

Tajriba xo'jaligi Toshkent viloyati, Qibray tumani "Shalola" M.F.Y., "Sharshara" ko'chasida joylashgan.

NATIJALAR

Tajriba xo'jaligida "O'zbekiston hududida parvarishlanayotgan qora-ola zotli sigirlarni jinsga ajratilgan urug'lar bilan qochirish orqali, urg'ochi qoramol podasini oz fursatda yaratish" mavzusi bo'yicha sigir va tanalar tanlab olindi.

Har birida 9 boshdan 2 ta guruh sigirlar tanlab olinib tajriba guruhlari shakllantirildi. Bunda 1ta nazorat guruhi hamda 1 ta tajriba guruhi tashkil etildi.

Tajriba o'tkazish uchun nazorat va tajriba guruhlari shakillantirildi. Kuyga kelgan sigirlarni jinsga ajratilgan urug'lar bilan sun'iy qochirish olib borildi.

Har oyda bir marotaba sog'im nazorati o'tkazildi va sifat ko'rsatkichlari aniqlandi. Olingan natijalar biometrik usulda tahlil qilindi.

Sigirlarni tana indekslarini aniqlash maqsadida ularning tirik vazni va tana o'lchamlari olindi. Olingan natijalar biometrik usulda tahlil qilindi. (1-jadval)

1-jadval

Nazorat va tajriba xo'jaligidagi sigirlarning tana o'lchamlari va tirik vazni ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar G U R U X L A R

nazorat n=9 tajriba n=9

X±Sx Cv % X±Sx Cv %

Tirik vazni kg. 326.67±5.56 16.50 339.07±9.05 27.15

Yag'irin balandligi, sm. 121.22±0.67 2.00 123.44±1.35 4.04

Gavda. qiya uzunligi,sm 126.67±2.87 8.62 134.00±0.38 1.15

Ko'krak aylanasi, sm 144.33±2.41 7.23 146.11±3.51 10.54

Dumg'aza balandligi,sm 137.22±0.67 2.00 140.89±1.71 5.13

Ko'krak chuqurligi , sm 56.89±3.40 10.21 61.44±0.84 2.52

Ko'krak kengligi,sm 33.67±1.02 3.06 36.89±0.84 2.52

O'tirgich suyagi,sm 39.00±0.84 2.52 40.00±17.94 2.08

Pocha aylanasi,sm 84.00±0.19 0.58 17.94±0.19 0.18

Tajribadagi sigirlarni tirik vazni elektron tarozida tortildi, tana o'lchamlari o'lchov lentasi, sirkul va leptn tayog'idan foydalanildi. Sog'in sigirlarning o'rtacha tirik vazni nazorat guruxiga nisbatan 13 kg yuqori ekanligi aniqlandi.

Yag'irin balandligi nazorat guruxiga nisbatan 2,22 sm. yuqori bo'ldi. Tajribadagi sigirlarningo'rtacha gavda qiya uzunligi 7.33 sm. yuqori, ko'krak aylanasi 1.78 sm., dumg'aza balandligi 3.67 sm., ko'krak chuqurligi 4.55 sm. ustun ekanligi aniqlandi.

Ko'krak kengligi tajriba guruxiga nisbatan 4.55 sm. nazorat guruxdagi sigirlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Tajriba guruxidagi sigirlarning o'rtacha o'tirgich suyagini sirkul yordamida o'lchaganimizda 0.15 sm. bo'lib farq unchalik sezilmadi, pocha aylanasi esa 0.6 sm. bo'ldi.

Tajribadagi sigirlarni sun'iy urug'lantirish: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot inistituti tajriba xo'jaligidagi tajribadagi sigirlarni sun'iy qochirish uchun tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Biotexnologiya usulida jinsga ajratilgan urug'lardan foydalanib, mahsuldorligi past bo'lgan qora-ola zotli qoramollarni parvarishlash, saqlash va sut mahsuldorligini oshirish maqsadida tajribadagi kuyga kelgan sigirlarni Toshkent viloyati "Chorva nasl xizmat MChJ" korxonasidan olib kelingan naslli "VELVET" tizimidagi jinsga ajratilgan AQSh golshtin buqa urug'lari olib kelindi. Sun'iy qochirilgan sigirlardan 2023 yilning birinchi yarmida urg'ochi buzoqlar olishga erishiladi, bu esa naslli qoramollar podasini yaratilishiga imkon beradi.

Golshtin zotli buqaning tizimdagi "VELVET" jinsga ajiratilgan urug'idan sun'iy qochirilgan sigirlar ro'yxati (tajriba guruxi). 2-jadval

T/r ID № Sun'iy urug'lantirilg an vaqti Naslli buqaning jinsga ajiratilgan urug'I (XX) Taxminiy tug'ulish vaqti. 1 oydan so'ng Uzd apparatida tekshirilga nda

11 26092 10.04.2022 Amerika golshtini "VELVET" tizimi 1 6.0 1.2023 +

22 26355 10.04.2022 15.01.2023 +

33 26359 10.04.2022 16.01.2023 +

44 26357 18.04.2022 23.01.2023 +

55 26074 22.04.2022 28.01.2023 +

56 26374 22.04.2022 28.01.2023 +

77 19293 05.05.2022 08.02.2023 +

78 19296 05.05.2022 08.02.2023 +

99 19298 08.05.2022 11.02.2023 +

Jadvaldan ko'rinib turibdiki 2022 yil aprel va may oylarida jinsga ajratilgan amerika golshtini "VELVET" tizimidagi naslli buqaning jinsga ajiratilgan urg'ochi urug'i bilan sigirlar sun'iy urug'lantirildi.

Nazorat guruhida esa CROSS 208 HO 10262 tizimdagi golshtin tizimli jinsga ajiratilmagan urug'lar bilan qochirildi.

3-jadval

Golshtin zotli buqaning CROSS 208 HO 10262 tizimdagi jinsga ajiratilmagan urug'idan sun'iy qochirilgan sigirlar ro'yxati (nazorat guruxi)

Tt/r

ID №

Sun'iy

Naslli buqa | Taxminiy

1

oydan

urug'lantirilg an vaqti urug'I (XX-XY) tug'ulish vaqti so'ng Uzd apparatida tekshirilgand a

1 1 61257 22.04.2022 CROSS 208 HO 10262 03.01.2023 +

22 61246 22.04.2022 u 03.01.2023 +

33 61254 27.04.2022 Ci 12.01.2023 +

44 61259 27.04.2022 Ci 1.01.2023 +

55 62161 27.04.2022 Ci 27.01.2023 +

66 19344 27.05.2022 Ci 26.02.2023 -

77 26471 18.04.2022 Ci 17.01.2023 +

88 26472 22.04.2022 Ci 22.01.2023 +

99 26469 22.05.2022 Ci 23.02.2023 -

Quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdiki № 19344 va 26469 ID raqamli tajribadagi sigirlar CROSS 208 HO 10262 buqa urug'i bilan qayta otalantirildi.

Tajribadagi qora-ola zotli sigirlarni kuyga kelganlarini sun'iy urug'lantirilganda faqat urg'ochi buzoqlar olinib, tanalarning bosh soni ortadi. Pirovardida qisqa davr ichida mahsuldorligi yaxshilangan qoramollar podasi yaratilishiga imkoniyat yaratiladi.

Qoramolchilikda ularning pushtdorlik ko'rsatkichlarini o'zgarishlarini o'rganib borish, muhim ahamiyat kasb etadi. Asrash sharoitning holati, ozuqa ratsioninin g to'la qiymatliligi va boshqa sabablar bo'lishi mumkin.

Biz nazorat guruhidagi sigirlarni xo'jalikda qabul qilingan texnologiya asosida davom ettirdik. Tajriba guruhidagi sigirlarni esa, qish faslida yopiq binolarda asradik. Bahor va yoz fasllarida esa asrash sharoitlari yaratilib, yozning issiq kunlari quyosh nuridan asrovchi yayrash maydonlari usti quyosh nurini to'suvchi baland ayvonlarda saqlandi. Bunda tajriba guruhidagi sigirlarning asrash sharoitining sut mahsuldorligiga va uning sifatiga ta'siri hamda pushtdorlik xususiyatlariga ta'siri ham o'rganilmoqda.

Undan tashqari, tajriba guruhlaridagi bo'g'ozligi aniq bo'lmagan sigirlarni bir kunda bir necha marotaba faol matsion qildirib jinsiy moyillik vaqtini kuzatish ishlari olib borildi.

Kuyga kelgan sigirlar ajratilib sun'iy urug'lantirish uchun ajratilgan maxsus joylarga olib kelib bog'landi, shu yerda sigirlarni sun'iy urug'lantirish amalga oshirildi.

UZD apparatida sigirlarning bo'g'ozliligini erta aniqlash: Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot institutining aprel va may oyida dunyo bo'yicha 1-o'ntalikka kiritilgan CROSS 208 HO 10262 tizimdagi golshtin urug'i bilan tajribadagi sigirlarni sun'iy urug'lantirilgan edik. 2022 yil 29-may kuni tajribadagi otalangan sigirlarni SIUI CTS-8800 rusumidagi "UZD" apparatida sigirlarni bo'g'ozligini erta aniqlash maqsadida barcha sun'iy qochirilgan sigirlarni bo'g'ozliligini aniqlashga erishdik.

1-rasm. "UZI" apparatida embrionning ko'rinishi.

Tajribadagi bo'g'oz sigirlarni tug'dirish (avlod olish): Bo'g'oz sigirlar tug'ishiga 10 kun qolganda tug'ruq bo'limiga o'tkazildi. Ular guruhlab bog'lamasdan bino ichida yayrash maydonida va ayvon tagida saqlandi. Sigirlar sog'in sigirlar ratsioni bo'yicha boqildi, faqat tug'ishiga 10-14 kun qolganida ratsiondan sut haydovchi shirali ozuqalar keskin kamaytirildi.

Sigirlar tug'ishiga 1-2 kun qolganda mahsus tayyorlangan xona (boks) ga o'tkazildi. Xonaning poliga somondan to'shama qilindi va barcha zaruriy chora tadbirlar ko'rib qo'yildi.

Tajribadagi 2 bosh sigir to'lg'oq payitida charchab qolgani munosabati bilan akusherning yordami ko'rsatildi, qolgan bo'g'oz sigirlarning tug'ish jarayoni normal o'tdi. Sigirlar tug'ib bo'lgandan keyin uning tanasidagi iflosliklar tozalandi. Tashqi jinsiy a'zolar yuvilib, dizinfeksiya qilindi. Sigirning yelini iliq suv bilan (37-38 os) yuvildi va dastlabki sut alohida idishga sog'ib olindi, shundan keyin buzoqni emishga qo'yildi.

MUHOKAMA

Tajribadagi urg'ochi yosh buzoqlarni o'sish va rivojlanishi

Tajriba xo'jaligida urg'ochi yosh buzoqlar asosiy podani to'ldirish maqsadida parvarishlanmoqda. Urg'ochi buzoqlarni parvarishlash holatiga ularning o'sishi va rivojlanishi sifatlariga bog'liq holda podadagi sigirlar ta'mirlanadi. tajribaga olingan yosh buzoqlarni saqlash, oziqlantirish va parvarishlash texnologiya jarayonlar shakllangan. Parvarishlash jarayonidagi ijobiy va salbiy holatlar ularning o'sishi o'z ta'sirini ko'rsatganligini ko'rish mumkin.

Tajribadagi urg'ochi buzoqlarni o'sish va rivojlanishini quyidagi jadvalda keltirilgan. 4-jadval

Tajribadagi urg'ochi buzoqlarni o'sishi va rivojlanishi quyidagi jadvalda keltirildi.

Nazorat guruxi Tajriba guruxi

№ ID. № Tug'ilgandagi tirik vazni, kg ut ol s & g M h, s m m a r g h, s is "o nl ID № Tug'ilgandagi tirik vazni, kg ut ol s & g M h, s m m a r g h, s is "o nl

1-oyligida 2-oyligida is "o o lt % ku a h O a m Q jinsi 1-oyligida 2-oyligida is o' o lt % ku a h O a atr' o jinsi

1 05253 28 42 60 74 530 ? 05 23 9 32 43, 0 62 75 550 ?

2 05249 30 43,5 61 74, 5 510 ? 05 32 7 31 44, 5 62, 5 76 530 ?

3 1244 29 42,5 60,5 74 520 â 05 21 9 30 43, 5 61, 5 75 520 ?

4 05252 29 42,5 60,5 73, 5 520 ? 05 22 4 29 42, 5 60 74 530 ?

5 05250 28 42 60 74 530 â 05 24 2 29 42, 5 60 75 540 ?

6 05251 29,5 43 60,5 72, 5 520 ? 05 23 7 30 43, 5 61, 5 73,5 560 ?

7 05254 31 44,5 61,5 75 510 â 05 24 1 32 44, 5 62 76,5 540 ?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8 05248 28 42 60 74 530 ? 05 23 9 32 43, 0 62 75 550 ?

9 05256 29 42,5 60,5 74 520 â 05 24 3 32 44, 5 62 76,5 540 â

Jami: 261, 5 384, 5 544, 5 66 5,5 469 0 Ja mi 277 391 ,5 553 ,5 676, 5 4860

O'rtac ha 29,2 42,7 60,5 74 520 O' rta ch a 30,7 43, 2 61, 3 75 540

XULOSA

Sigirlarning bo'g'ozlik davrida va tuqqandan keyin ham, ularni asrash, boqish va oziqlantirish sharoitlarini o'z vaqtida birga olib borilsa sigirlarning servis davri qisqaradi, o'z vaqtida urug'lantirib otalantiriladi va pushtdorligi yaxshilanadi.

Bo'g'oz mollarni bo'g'ozliligini 28 kunda UZI apparatida erta aniqlash yaxshi natija beradi va iqtisodiy samaradorlikga erishiladi.

Sigirlarni suniy urug'lantirishda 18 oyligidan 28 oyligigacha davrda qochirish urug'larni ushlab qolishi yuqori davr hisoblanib, katta yoshli sigirlarda bu ko'rsatgich pastroq bo'lishi kuzatildi.

Jinsiy gomozigota hujayralari XX xromasomalilari XY xromasomali jinsiy xujayralarga nisbatan 4% yengilroq hisoblanib, urug'larni ajratib olishda 90 % natijaga erishish mumkin.

Bir jinsli urug'lar bilan urug'lantirish kelgusida buzoqlarni reja asosida ko'paytirishga katta yordam beradi.

Qisqa muddatda urg'ochi qoramollar bosh sonini oshirib, sut ishlab chiqarishga ta'sir etish mumkin.

O'zbekiston hududida parvarishlashga moslashgan qora-ola zotli qoramollar aholi

xonadonlariga ko'p miqdorda parvarishlanib, bir jinsli urug'lar bilan urug'lantirish oqali aholi

daromadini oshirishga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Akmalxanov Sh.A. Meropriyatiya po razdoyu korov v fermerskix i individualnbix xozyaystvax. J. «Zooveterinariya» №4, 2010, s.27-29.

2. Akmalxanov Sh.A. ,Jumadullaev B.X., Yuldoshev D.Q., Komilov A.A., Imankulova K.A., Gulmatova N.A. Qoramollarni asrash, oziqlantirish va pushtdorlik xususiyatlarini yaxshilash bo'yicha "Tavsiyanoma"- Toshkent-2020

3. Ashirov M. E. Sutdor qoramollar seleksiyasi. Monografiya, T., «Navruz», 2017y, 356-380 bet.

4. LeonovaM. A., KolosovA. Yu., RadyukA. V. vaboshqalar. J. "Molodoy uchenbiy" - M. 2013y. - № 12 (59). - 612-614 betlar.

5. Nurmatov A.A. "Respublikada chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, 2019 y. 5 b.

6. Nosirov U.N., Maqsudov I. va Dostmuhamedova. Bo'g'oz sigilarni parvarishlash va tug'ishga tayyorlash. J. "Zooveterinariya" №12, 2014 y. 29-31 betlar.

7. www.natual-techna.com . https://www.natual-techna.com/en/reproduction/ruminant/insemination-cow-sexed-semen

8. https://www.agric.wa.gov.au/genetics-selection/artificial-breeding-beef-cattle

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.