INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
CHET ELDAN OLIB KELINGAN NASLLI QORAMOLLAR BILAN ISHLASHGA
DOIR TAVSIYALAR 1Usmonov Odiljon Kamilovich, 2Boboyev Bahromjon Kenjayevich, 3Mahammadaliyev
Mahmudjon Botirjon o'g'li
1Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.n.,dotsent 2Farg'ona davlat universiteti, q.x.f.n.,dotsent 3Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002147
Annotatsiya. Ushbu maqolada chet eldan olib kelinadigan naslli qoramollarni tashish vaqtidagi amalga oshiriladigan tadbirlar va karantin vaqtida to'g'ri saqlash, oziqlantirish qoidalari keltirilgan.
Kalit so'zlar: golshtin, eksport, karantin, boks, stress, transportda tashish
Mavzuning dorzabligi. Respublikamiz xududiga jumladan barcha viloyatlarga so'ngi yillardan horijiy davlatlar: Germaniya, Avstriya, Chexiya, Slovakiya, Fransiya, Vengriya, Gollandiya davlatlaridan juda ko'p qoramollar keltirilmoqda. Ularning asosiy qismini sut yo'nalishidagi Golshtin zoti tashkil etadi. Keltirilgan qoramollarning ota-ona avlodlari yuqori mahsuldorlik ko'rsatkichlariga ega. Ulardan olingan avlodlar genetik potensialidagi mahsuldorligini yuzaga chiqarish uchun mavjud xo'jalikdagi tabiiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishi zarur. Zamonaviy qora-ola va qizil-ola golshtin friz zoti, dunyoda eng mahsuldor sog'in sigir zoti hisoblanadi. Shu sababli, sut-go'sht va sut beradigan odatdagi sigirlardan farq qiladigan boqish va saqlash tizimlarini talab qiladi. Ushbu zotdagi buzoq va yosh mollarni bog'lamasdan saqlash maqadga muvofiq, g'o'najinlarni eksport qiluvchi mamlakatlarda aksariyat xollarda bog'lamasdan boqadilar.
1-rasm Hayvonlarni karantin vaqtida bog'lamasdan saqlash.
Yozda hayvonlarni yaylovlarda, qishda esa keng molxonalarda saqlashadi. Shu sababli chetdan keltirilgan naslli g'o'najinlar o'zimizda ham bog'lamasdan karantin vaqtida ham, undan keyin ham saqlanishi kerak. O'zining mamlakatida bog'lanmasdan katta bo'lgan hayvonni qisqa muddatga bo'lsa ham bog'lab turish mumkin emas. Chunki u bog'langanda stressga tushadi. G'o'najinlar buzoqlagandan so'ng buzoqlari 1-2 haftalik yoshida shoxsizlantirish hamda kelajakda muammolar chiqmasligi uchun yelinda paydo bo'lgan ortiqcha rudimentlarni ham olib
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
tashlash juda muhimdir. G'o'najinlarni qochirish odatda ularning 13-15 oylik davrida o'tkaziladi. Bu davrga kelib hayvonning tirik vazni 350-400 kg ga yetadi, ularni qochirish esa sun'iy yo'l bilan amalga oshiriladi. Qochirish to'g'risidagi ma'lumotlar doimo hayvonga taaluqli hujjatlarda ko'rsatilishi lozim.
2-rasm Sigirlarni bo'g'ozligini ultratovush bilan tekshirish.
Xo'jalik podasini to'ldirishdan ortib qolgan g'o'najinlarni tirik vazni sotish vaqtida 400500 kg bo'ladi. Tug'dirish vaqtida esa vazni 600 kg ga yetishi kerak.
Hayvonlarni tanlash, transportda tashish tadbirlarini amalga oshirish ya'ni qon olish, vaksinatsiya va xokazo tadbirlar hayvon uchun stress xisoblanadi. Xaridor fermasiga yetib kelguncha hayvonlar vaznini 40-50 kg yo'qotishi mumkin. Chunki transportda 7-8 kunlab tashish jarayoni ularning jismoniy ahvolini ancha zaiflashtiradi. Hayvonlarni tashish sharoitlari qulayligiga, o'tlash uchun muntazam ravishda to'xtalishga, yo'lda mo'l ovqat va suv berilishi kerak. Transportda tashish vaqtida ularda jaroxatlanish xatto homila tushishi ham yuz berishi mumkin. Shuning uchun ham g'o'najinlar yangi joyga kelgan zaxoti ularga eng qulay saqlash sharoitlarini ta'minlashga etibor berish kerak. Hayvonlarni transportda tashish ular uchun jiddiy jismoniy zo'riqish hisoblanadi, shu sababli g'o'najinlar yangi joyga keltirilgndan so'ng dastlabki kunlar davomida mushak og'rig'ini his qilishadi. Yuqorida aytilgan salbiy oqibatlar natijasida chetdan keltirilgan sigirlarda birinchi sut berish davrida sut mahsuldorligi o'rtcha ko'rsatkichlari eksportchi mamlakatdagi shunga o'xshash ko'rsatkichlardan biroz past bo'lishi mumkin, ammo ikkinchi sut berish davrida ularni saqlash va boqish sharoitlari optimal bo'lganda huddi keltirilgan mamlakatda erishilgan ko'rsatkichlarga erishiliadi. Hayvonlar keltirilgandan so'ng eng muhim ishlardan birinchisi karantin davridir. Yangi keltirilgan g'o'najinlarni dam olish uchun bokslarda yoki chuqur to'shamada saqlash hayvonlarni saqlashning eng optimal shakllaridan biri hisoblanadi. Har bir g'o'najinga ozuqa stoli uzunligi kamida 0,75 m va dam olish uchun kamida 6,5 m.kv joy to'g'ri kelishi kerak, xamda yaxshi to'shama solish kerak bo'ladi.
1-jadval
G'o'najin va sigirlar uchun boksning optimal o'lchamlari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Hayvonning tirik vazni, kg Boks uzunligi, sm Boks kengligi, sm
135-180 117-132 76
180-315 132-175 86
315-410 175-190 97
410-500 190-213 107
500-600 213-228 117
600-725 228-244 122
Ushbu ma'lumot 2002- yildagi AQSH ning Penselvaniya Universiteti tadqiqotlari natijalariga ko'ra olingan.
3-rasm Sigirlarni bog'lamasdan boksda saqlash.
Yana asosiy tadbirlardan eng muhimi g'o'najinlar keltirilgandan so'ng karantin danrini o'tashi shart, ya'ni dastlabki to'rt kun davomida hayvonlarni sifatli quruq beda yoki xar hil o'tlar pichani bilan boqish, toza suv bilan sug'orish kerak. Pichanni hayvonlarga istagancha berish, oxurni kuniga 2-3 marotaba to'ldirish kerak. Bir boshga xisoblaganda pichan miqdori bu davrda kuniga 8-10 kg ni tashkil etadi. Beshinchi kundan o'n kungacha sifatli beda yoki arlash o'tlar pichanini istagancha berishni davom ettirib, 10 kg makkajo'xori silosi, 12 kg senaj va 1,5-2,0 kg konsentrat oziqa berishni boshlash kerak. O'n kundan to karantin davrining oxirigacha esa 10-15 kg makkajo'xori silosi, 12 kg senaj va 3-4 kg konsentrat oziqa hamda vitamin va mineral qo'shilmalaridan iborat oziqa aralashmasi bilan aralashtirilgan 5-6 kg maydalangan pichan (bir bosh xisobiga) berib borish lozim.
Yuqorida qayd etilgan barcha tadbirlar o'z vaqtida o'tkazilganda fermerlar, chorvachilik bilan shug'ullanayotgan korxonalar xamda aholi qo'lidagi zotdor qoramollardan uzoq va samarali foydalanishga erishilmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 28 martdagi "
O'zbekiston RespublikasiVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi faolyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-4254-sonli rçapop«
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
2. O'zbekiston Respublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-yanvardagi "Chorvachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'isida"gi PQ-4576-sonli qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Naslchilik xo'jaliklari maqomining berilishi tartibi to'g'risida"gi 2020 yil 19 fevral kungi 100-sonli qarori.
4. Xamdamov X.A. va boshqalar. Qoramolchilikka faol investitsiyaning asosiy mezonlari. (Sut va go'sht yo'nalishidagi qoramolchilik fermalarini samarali boshqarish bo'yicha qo'llanma). Toshkent - 2020 yil. 5-20 bet.
5. Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Yuqori samarali gidroponik texnologiyasi asosida chorva ozuqasini ishlab chiqarish uskunalari va oziqlantirish usullari. Journal of new century innovations 2022 y. 127-131 bet
6. Boboyev B, Baxriddinov F, Urokov B. Chorvachilikni yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish istiqbollari. Journal of new century
7. U.Nosirov, O.Usmonov, M.Mirxamidov "Fermer bo'laman" Tosjkent- "Mehnat"- 2002 y.
8. Основа современного производцтва молока методическое рекомендации профессора Н.М.Костромахина