Научная статья на тему 'TO‘LA QIYMATLI OZIQLANTIRISH – YUQORI MAHSULDORLIK GAROVI'

TO‘LA QIYMATLI OZIQLANTIRISH – YUQORI MAHSULDORLIK GAROVI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

200
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sigir / qoramol / “Hamid chorvachilik vohasi” / sigir / Estoniya qizil zoti / ratsion / to„la qiymatli / ozuqa birligi / quruq nodda / hazmlanuvchi protein / klechatka / makro va mikroelementlar / vitaminlar / karotin va hakazo. / cow / cattle / Hamid Livestock Oasis / cow / Estonian red breed / ration / complete value / feed unit / dry meal / digestible protein / rought feed / macro and micronutrients / vitamins / carotene and so on.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Mavsuma Bolibekovna Xolbekova, Shavkat Kuziboyevich Amirov, Oybek Zulfikorovich Javxarov

Maqolada, sigirlarni to„laqiymatli oziqlantirishning ahamiyati haqida ma‟lumotlar yoritilgan. Ratsionlarni shakllantirishda asosan xo„jalikda yetishtirilgan ozuqalardan foydalanilgan. Sigirlarni oziqlantirishda xo„jalikda qishki va yozgi ratsionlar qo„llanilgan. Ratsion tahlili bo„yicha uni to„yimligida asosiy qismni suvli yoki shirali ozuqalar tashkil etganligi bois, sigirlarni suvli yoki shirali tipda oziqlantirish deb xulosa qilingan. Ratsionga kiritilgan ozuqalarning kimyoviy tarkibi va sigirlar uchun ratsion tuzish va balanslashtirishda A.P. Kalashnikovning qo'llanmasidan foydalanilgan. Qishgi ratsionda qand moddasini miqdori biroz kam miqdorda bo„lishi kuzatilgan. Uni bartaraf etish maqsadida sigirlar ratsionida qand moddasini miqdorini oshirish uchun xashaki sabzidan foydalanish tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article contains information about the importance of adequate feeding of cows. Feeds grown on the farm were mainly used in the formulation of rations. Winter and summer rations were used for feeding cows. Based on the analysis of the diet, it was concluded that cows should be fed with water or juice type, since the main part of its nutrition is made up of watery or juicy feeds. A.P. in the composition and balancing of the chemical composition of the feeds included in the diet and rations for cows. Kalashnikov's manual was used. It was observed that the amount of sugar in the winter diet is slightly less. In order to eliminate it, it is recommended to use carrots to increase the amount of sugar in the diet of cows.

Текст научной работы на тему «TO‘LA QIYMATLI OZIQLANTIRISH – YUQORI MAHSULDORLIK GAROVI»

TO'LA QIYMATLI OZIQLANTIRISH - YUQORI MAHSULDORLIK

GAROVI

Mavsuma Bolibekovna Xolbekova

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti, tayanch doktorant

Shavkat Kuziboyevich Amirov

ToshDAU, Samarqand filiali q.x.f.n.,dotsent - ilmiy rahbar

Oybek Zulfikorovich Javxarov

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti, qishloq xo'jalik

fanlari falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

Maqolada, sigirlarni to'laqiymatli oziqlantirishning ahamiyati haqida ma'lumotlar yoritilgan. Ratsionlarni shakllantirishda asosan xo'jalikda yetishtirilgan ozuqalardan foydalanilgan. Sigirlarni oziqlantirishda xo'jalikda qishki va yozgi ratsionlar qo'llanilgan. Ratsion tahlili bo'yicha uni to'yimligida asosiy qismni suvli yoki shirali ozuqalar tashkil etganligi bois, sigirlarni suvli yoki shirali tipda oziqlantirish deb xulosa qilingan. Ratsionga kiritilgan ozuqalarning kimyoviy tarkibi va sigirlar uchun ratsion tuzish va balanslashtirishda A.P. Kalashnikovning qo'llanmasidan foydalanilgan. Qishgi ratsionda qand moddasini miqdori biroz kam miqdorda bo'lishi kuzatilgan. Uni bartaraf etish maqsadida sigirlar ratsionida qand moddasini miqdorini oshirish uchun xashaki sabzidan foydalanish tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: Sigir, qoramol, "Hamid chorvachilik vohasi", sigir, Estoniya qizil zoti, ratsion, to'la qiymatli, ozuqa birligi, quruq nodda, hazmlanuvchi protein, klechatka, makro va mikroelementlar, vitaminlar, karotin va hakazo.

ABSTRACT

The article contains information about the importance of adequate feeding of cows. Feeds grown on the farm were mainly used in the formulation of rations. Winter and summer rations were used for feeding cows. Based on the analysis of the diet, it was concluded that cows should be fed with water or juice type, since the main part of its nutrition is made up of watery or juicy feeds. A.P. in the composition and balancing of the chemical composition of the feeds included in the diet and rations for cows. Kalashnikov's

April, 2023

221

manual was used. It was observed that the amount of sugar in the winter diet is slightly less. In order to eliminate it, it is recommended to use carrots to increase the amount of sugar in the diet of cows.

Keywords: cow, cattle, Hamid Livestock Oasis, cow, Estonian red breed, ration, complete value, feed unit, dry meal, digestible protein, rought feed, macro and micronutrients, vitamins, carotene and so on.

KIRISH

Chorvachilik amaliyoti shuni ko'rsatadiki, xo'jaliklarda naslchilik ishi tadbiri hayvonlarni oziqlantirishni to'laqiymatli va yuqori darajada tashkillashtirish yo'li bilan birgalikda olib borilsa, mahsuldorlikni oshirish bo'yicha taraqqiyotga keng yo'l ochib beradi.

Sutdor sigirlarning samaradorligi o'simlik dunyosi ozuqalarini sutga jadal aylantirish xususiyati bilan belgilanadi. Sigirlarni sog'lomligi, sut mahsuldorligi, podani takror ishlab chiqarish xususiyati sifatli ozuqa va ratsional oziqlantirish bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Xo'jaliklarda mukammal tarzda ozuqa bazasi shakllantirilmas ekan, mahsulot ishlab chiqarishda ko'zlangan natijaga erishib bo'lmaydi, natijada iqtisodiy zarar ko'riladi. Sigirlarning genetik potensialidagi yuqori mahsuldorlikni yuzaga chiqarish faqatgina, xo'jalikda ozuqa bazasini mustahkam darajada shakllantirish bilan amalga oshiriladi. Xo'jaliklarda oziqa bazasi yaxshilanmas ekan, sigirlarning sut mahsuldorligi mavjud darajada qoladi yoki aksincha pasayishi kuzatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Malakali kadrlar va ilg'orlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, sigirlarni sog'lomligini saqlab qolish, genetik patensialidagi sut mahsuldorlikni ruyobga chiqarish, podani takror ishlab chiqarish xususiyatlarini me'yorda ta'minlash, ilmiy asosda tuzilgan to'laqiymatli va muvozanatlashgan ratsionlarda oziqlantirish va saqlash sharoitlarini to'g'ri tashkil etish orqali ta'minlanadi [1;2;4;6;8;9].

Sigirlar uzoq muddat muvozanatlashmagan ratsionlarda oziqlantirilganda, aksariyat qismi kasallanadi, ba'zilari qayta tiklanmas salbiy holatlarga duchor bo'ladi. Sutdor sigirlarning genetik imkoniyatini yuzaga chiqarishga; ratsionda 50 foizi almashinuvchi energiyaga, 25 foizi proteinga, 25 foizi vitamin va mineral moddalar bilan ta'minlanganligiga bog'liqdir. Sigirlarni to'laqiymatli oziqlantirishda biologik faol moddalardan foydalanish ham muhim sanaladi. Bunda ilmiy asoslangan holda me'yoriy ratsionlar tuzishda, sigirlarni energiya, yog', mineral moddalar va vitaminlarga

April, 2023

222

ISSN: 2l8l-l385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: l,9 j ASI: l,3 j SJIF: 5,77l j UIF: 6,l

bo'lgan ehtiyoji hisobga olinib, dag'al, suvli va konsentrat ozuqalardan optimal nisbatda foydalanish maqsad qilib quyiladi. Ratsionda xo'jalikni o'zida yetishtirilgan ozuqalardan samarali foydalanish muhim bo'lib, bu tadbir qo'llanilgandagina bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun to'yimli moddalar sarfi tejaladi. Mahsulot tannarxi arzonlashadi [3;5;7].

Sigirlarni to'laqiymatli oziqlantirish quyidagilarga asoslanadi: sigirlarni yuqori sifatli ozuqalar bilan oziqlantirish; ularni energiya, uglevod, protein, yog', mineral moddalar va vitaminlarga talabini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan va takomillashtirilgan, detallashtirilgan ratsionlar tuzish, me'yor asosida tuzilgan ratsionlarda oziqlantirishda dag'al, shirali va konsentrat ozuqalardan optimal nisbatlarda samarali foydalanish.

SHuni yoddan chiqarmaslik kerakki, to'yimli moddalar bilan sigirlarni zaruridan ortiqcha miqdorda oziqlantirish, ularning organizmda to'yimli moddalarni o'zlashtirish darajasini pasaytiradi, natijada to'yimli moddalar axlat bilan chiqindiga chiqarib yuboriladi, oqibatda iste'molchilarga yetkazib beriladigan sut mahsulotlarining tan narxi asossiz ravishda oshib ketadi.

Estoniya qizil zotli sigirlarning tirik vazni, sut mahsuldorlik ko'rsatkichlariga asoslangan holda xo'jalikda yetishtirilgan ozuqalardan foydalanib, ularga me'yor bo'yicha qishki va yozgi ratsionlar ishlab chiqish.

Tadqiqot ob'ekti sifatida "Hamid chorvachilik vohasi" fermer xo'jaligida urchitilayotgan Estoniya qizil zotli sigirlar belgilandi. Sigirlarni tirik vazni ertalab, oziqlantirilmasdan va sug'orilmasdan tarozida tortish yo'li bilan aniqlandi. Ularni sut mahsuldorligi nazorat sog'imi o'tkazish orqali, sutini tarkibidagi yog' laktan -1,4 asbobida aniqlandi. Ozuqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash va sigirlarga me'yor asosida ratsion tuzishda A.P Kalashnikovning "CHorva hayvonlarini oziqlantirish norma va ratsionlari" (2003) qo'llanmasidan foydalanildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Pastdarg'om tumanidagi " Hamid chorvachilik vohasi" fermer xo'jaligining ekin maydonlarida chorva hayvonlari uchun bug'doy, beda, xashaki lavlagi kabi ozuqalar ekiladi va ular yig'ishtirib olinib, g'aramlanadi va shu asosda ozuqa bazasi shakllantiriladi. Makkajo'xori doni bilan birgalikda o'rilib, transheyada silos tayyorlansa, bedadan ozuqa sifatida pichan hamda senaj tayyorlanadi. Konsentrat ozuqalarning bir qismi xo'jalikda ishlab chiqarilib, qolgan qismi chetdan xarid qilinadi. Xo'jalikda bug'doy yig'ishtirib olingandan so'ng,

somoni press holatida g'aramlanadi. Urchitilayotgan qoramollar

April, 2023

bosh soniga yetarli holda xo'jalikda ozuqa bazasi yaratilganligiga guvoh bo'ldik.

Tajribadagi sigirlarning tug'ish davri yanvar oyining oxiri va fevral oyining boshlariga to'g'ri keldi. SHu bois, sigirlarni xo'jalikda laktatsiyasining dastlabki uch oyi mobaynida qishki va yetti oyi yozgi ratsionda oziqlantirishga to'g'ri keldi.

1 -jadval

Tirik vazni 450 kg, kualik sog'im 14 kg, sutini yog'i 4,2 bo'lgan sigirlar ucliuii qishki ratsiou.

№ OZUQA TURI Ozuqa miqdori Ornqi birligi Almash.. Energiya Quruq modda Ha.zm. protein Xom kletchatka AEM Qand Na CI Ca P Karotin

Kg mDj kg g S S g G g g mg

Ozuqa me'vori 12 133 14,1 1100 3670 1620 1080 84 84 60 565

1 Somort 3 0,66 14,73 2,547 27 1053 1104 9 9,9 2,7 15

2 Beda pichaxii 3 1,32 20,16 2,49 303 759 990 60 51 6,6 147

3 Silos 25 5 58,5 6,25 350 1875 2975 200 35 15 1000

4 Senaj 2 0,7 8,38 0,9 142 254 296 38 21,8 2 80

5 Xashaki lavlagi 5 0,85 10,75 0,6 45 45 435 200 2 2,5 0,5

6 Bug'doy kepagi 3 2,25 26,55 2,55 291 264 1578 120 6 28,8 2,6

7 Makkajo'xori yoimasi 1 1,33 12,8 0,85 73 38 653 40 0,5 5,2 0,8

8 Osh tuzi 0,084 84

Jami 12,11 151,87 16,187 1231 4288 8031 667 84 126 62,8 1245,9

1 - jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tuzilgan ratsion to'yimliligi sigirning ehtiyoj talabiga to'liq javob beradi. Ratsionning to'yimligi 12,11 ozuqa birligini tashkil qildi. Ratsionning to'yimliligi bo'yicha dag'al ozuqalar 2,68 ozuqa birligi yoki 22,1 % ni , suvli yoki shirador ozuqalar 5,85 ozuqa birligi yoki 48,3 % ni , konsentrat ozuqalar 3,58 ozuqa birligi yoki 29,6 % ni tashkil etgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, ratsionda to'yimlilik bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich, suvli yoki shirali ozuqalar ulushiga to'g'ri kelgan, shu sababli ratsionni suvli yoki shirali oziqlantirish tipida deyish mumkin.

Ratsionda me'yordan ozuqa birligi +0,11 yoki 8,34% ga, almashinuvchi energiya 13,87 mDj yoki 10% ga , quruq modda miqdori 2,08 kg yoki 14,8 % ni hazmlanuvchi protein miqdori 31 g yoki 2,58 % ga , xom klechatka 618 g yoki 16,8 % ga , kalsiy 42,2 g yoki 50,2 % ga, fosfor 2,8 g yoki 4,7 % ga, karotin miqdori 680,9 mg yoki 120,5% ga yuqori ko'rsatkichda bo'ldi. Ammo, qand miqdori me'yordan 413 g yoki 38,2 % ga kam ko'rsatkichni tashkil qildi.

Ko'rinib turibdiki ratsionning quruq moddasiga nisbatan qand miqdori 3,9 % ni tashkil etmoqda. Quruq moddaga nisbatan qandning miqdori me'yor bo'yicha o'rtacha 5 % ni tashkil etishi lozim bo'lib, bu ijobiy samara beradi. Bunday me'yor ratsiondagi neytral detergent tolalarini o'zlashtirilishini ta'minlashga ko'mak berib, mikrob oqsillarini ko'payishini va samarasini oshiradi. Siydikda mochevina azotini chiqib ketishini oldini oladi, azotning o'zlashtirilishiga ijobiy ta'sir qiladi. Ratsionda qand moddasini past miqdorda bo'lishi, organizmda karotin moddasini o'zlashtirilishini pasaytiradi,

April, 2023

224

ayniqsa bo'g'ozlikning so'nggi davrlarida bu salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin, buzoqlarda esa dispepsiyaga olib kelishi kuzatiladi. Ushbu kamchilikni tuzatish uchun xo'jalik rahbariyatiga ratsionga xashaki sabzidan kiritishni tavsiya qildik. Quruq modda tarkibida xom klechatka miqdori 26 % ni tashkil etdi. Ratsion tarkibida qand protein nisbati 1:0,51 ni, kalsiy fosfor nisbati 2:1 ni tashkil etib, me'yor darajasida deyish mumkin. Har 100 kg tirik vazniga to'g'ri keladigan quruq modda miqdori 3,6 kg ga teng bo'ldi.

Xo'jalikda qoramollar qishki va yozgi ratsionda oziqlantirilganligi bois, biz tajribadagi sigirlarga yozgi ratsion shakllantirishga harakat qildik. Yoz faslida bahorning oxiridan to kech kuzgacha ko'k makkajo'xori, ko'k bedadan sigirlarni oziqlantirishda foydalaniladi. Ko'k o'tlarning tarkibida klechatka miqdori kam bo'ladi, bu holat sigirlarning katta qornidagi mikroblar muhitini keskin o'zgartirib, ichketar kasalligiga olib keladi, sigirlarning sut mahsuldorligi pasayib, sutning sanitariya-gigiena ko'rsatkichlari yomonlashadi. Ushbu salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida biz, ratsionga ma'lum miqdorda somon ozuqasini kiritdik. Somon arzon ozuqa bo'lganligi bois, sutning tannarxini arzon bo'lishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

2 - j ad val.

Tirik vazni 450 kg, kuniik sog4m 14 kg, sutini yog'i 4,2 <!« bo'lgan sigiilar uchun yozgi ratsion.

№ OZUQA TURI Ozuqa miqdori Ozuqa birii gi Almash. Energiya Quruq modda Hazm. protein Xom kletchat. AEM Qandlar Na CI Ca P Karotin

Kg mD] kg g g S g g S g mg

Ozuqa me'yori 11 127 13,3 1100 3590 6554 990 76 76 54 495

1 Somon 4 0,88 19,64 3,396 36 1404 1472 12 13,2 3,6 20

2 Ko'k makkajo'xori 25 5,25 58,5 6,225 275 1375 3775 1000 30 20 1400

3 Ko'k beda 8 1,68 20,48 2,24 304 648 888 120 37,6 5,6 400

4 Arpa yoimasi o,s 0,92 8,4 0,68 68 39,2 510,4 33,6 1,6 3,12 0,32

5 Bug'doy kepagi 2 1,5 17,7 1,7 194 176 1052 94 4 19,2 5,2

6 Makkajo'xori yoimasi 0,6 0,798 7,68 0,51 43,8 22,8 391,8 24 0,3 3,12 0,48

7 Na CI 0,076 76

8 DAF 0,15 180

Ja m i 11,028 132,4 14,751 1100,8 3665 8089,2 1283,6 55 86,7 54,64 1826

Yoz faslida sigirlar ratsionida suvli ozuqalarning miqdori oshganligi bois, sut miqdorining ko'payganligiga guvoh bo'ldik. SHu bois ratsion 14 kg kunlik sut miqdoridan kelib chiqib tuzildi. Ammo, sut tarkibidagi yog' miqdori biroz pasayganini tajribalarda kuzatdik.

2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, to'yimliligi bo'yicha ratsion tarkibida suvli ozuqalar 6,93 ozuqa birligini yoki 62,8 % ni tashkil etib, ratsion suvli yoki shirali tipda deyishga asos bo'ldi. Ratsionning to'yimliligi bo'yicha dag'al ozuqalar 0,88 ozuqa birligi yoki 8 % ni, konsentrat oziqalar esa 3,22 ozuqa birligi yoki 29,2 % ni tashkil

April, 2023

225

qildi. Ratsion tarkibida har 100 kg tirik vaznga to'g'ri keladigan quruq modda miqdori 3,28 kg ga teng bo'ldi. Ratsionda ozuqa birligi me'yorga nisbatan 0,028 oziqa birligiga yoki 0,25 % ga , almashinuvchi energiya 5.4 mDj yoki 4,2 % ga, quruq modda 1,45 kg yoki 10,9 % ga , xom klechatka 75 grammm yoki 2,1 % ga, azotsiz ekstraktiv modda 1535,2 gramm yoki 23,4 % ga, qand miqdori 293,6 gramm yoki 29,6 % ga, kalsiy 10,7 gramm yoki 14,08 % ga , karotin 1331 mg yoki 269 % ga ko'p ekanligi ma'lum bo'ldi.

Ratsionda hazmlanuvchi protein, fosfor miqdorlarida me'yorga nisbatan katta farq kuzatilmadi. Ratsionda proteinni miqdorini muvozanatlashtirish maqsadida DAF dan (150 gramm) qo'shib berildi. Sigirlar oxurida osh tuzi doimiy ravishda ta'minlandi. Biz tajribadagi sigirlarga laktatsiya davomida sarflangan jami oziqalar miqdorini aniqladik. Olingan natijalar umumlashtirilib, quyidagi jadvalda keltirdik.

3-jadval

Laktatsiya davomida sigirlarga sarflangan ozuqalar va to'yimli m odd alar, (o'rtacha 1 boshga)

№ Ozuqa turi 5= CO ■ ■ SI G! N O [x G! N O P1 E bp U != u < CP E E O* Hazm protein, kg CO M a _:= u ' E o X op < CO ' s c op rjl op op < J >

1 S onion 2100 462 10311 1783 18,9 737,1 772,8 6,3 6,9 : 89 10:5

2 Beda pichani 270 118,8 2,95 224,1 27,27 68,31 89,1 5,4 3,24 0:594 13:2

3 Silos 2250 450 5265 562,5 31,5 168,7 267,7 18 3:1 1:3 90

4 Senaj 180 63 754,2 81 12,8 22,8 26,6 3,4 1:9 0:18 7:2

5 Xashaki lavlagi 450 76,5 967,5 54 4,05 4,05 39,1 18 0:18 0:225 0:045

5 Arpa yoimasi 168 196,56 1764 142,8 14,2 8,2 107,1 7,056 0:336 0:65 0:06

6 Makka yoimasi 480 638,4 6144 408 35,04 18,2 313,4 19,2 0:24 2:5 0:384

7 Bug'doy kepagi 1500 1125 13,275 1275 145,5 132 789 60 3 14:4 3:9

8 Ko'k makka jo'xori 5250 1102,5 12285 1307 57,7 288,7 792,7 210 6:3 4:2 294

9 Ko'k beda 1680 352,8 4300,8 470,4 63,8 136,08 186,4 25,2 7:9 1:2 84

Jami xxxxx 4585,56 41807, 725 6307,8 410,76 1584,14 3 83,9 372,556 33:096 27:139 503:289

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, bir bosh sigirga 4585,56 ozuqa birligi sarflangan. Jami sarflangan ozuqa birligining 643,8 kg yoki 14 foizi dag'al oziqalar hisobiga to'g'ri kelgan bo'lsa, suvli yoki shirali oziqalar ulushiga 1981,8 oziqa birligini yoki 43,2 foizni, konsentrat oziqalar esa 1959,9 kg yoki 42,8 % ga to'g'ri keldi. Ushbu ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, sigirlar xo'jalikda oziqalar bilan yaxshi ta'minlangan deb xulosa qilish mumkin.

XULOSA

Shunday qilib, Pastdarg'om tumanidagi "Hamid chorvachilik vohasi" fermer xo'jaligidagi sigirlarni oziqlantirishda

April, 2023

226

asosan o'zida yetishtirilgan ozuqalardan foydalanilmoqda. Konsentrat oziqalarning bir qismi xo'jalikda ishlab chiqarilmoqda. Sigirlar xo'jalikda yil fasllari davomida qishki va yozgi ratsionda oziqlantiriladi. Qishki ratsion strukturasini to'yimliligi bo'yicha dag'al oziqalar 22,1; suvli oziqalar 48,3 va konsentrat oziqalar 29,6 foizni, yozgi ratsion esa tegishlicha 8; 62,8 va 29,2 foizni tashkil etib, sigirlar ozuqalar bilan yetarlicha ta'minlangan. Qishki ratsionga xashaki sabzi kiritish tavsiya etiladi, bu qand miqdori va qand protein nisbatini muvozanatlashuvini ta'minlab, sigirlar organizmida karotin moddasini o'zlashtirilishiga ijobiy ta'sir etadi va podani takror ishlab chiqarish xususiyatini me'yorda kechishiga sabab bo'ladi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Жавхаров, О. З., Амиров, Ш. К., Эгамбердиева, З. К. (2020). СоFин сигирлар рационида аминокислота - витаминли озукавий аралашмадан фойдаланишнинг самарадорлиги. Инновационные подходы в современной науке. Сборник статьей по материалам XXXIII Международной научно-практической конференции. Москва 2020.с.141-152.

2. Морозова С.А. Кормление коров: Методы, нормы и рационы. Саграда.биз. 23.12.2023.

3. Райхман А.Я. Эффективность использование злаково бобового сена и сенажа в рационах лактируюших коров. Актуальные проблемы развития животноводства: сб.науч.трудов УОБГСХА. Вып.10.-Горки, 2016.с-356-357.

4. Савченко С.Ф. Энергетические добавки в рационе. Организация полноценного кормления коров //Молока и корма.-2006.№1, с-21-22.

5. Самане Азарпаджух. Сочетание крахмала и сахара в рационе кормящих коров. Портал промышленного скотоводства. 03.01.2023

6. Сизова Ю.В. Эффективность использования кормовых класса в кормление молочных коров. Международный научный журнал "Символ науки" № 8. 2015. с-66-68.

7. Ш. Н. Мадрахимов, Ш. К. Амиров, Э. Д. Нурбаев, Дж. Р. Садщов, МамарежабГулямович Каримов, & С. X. Бегматов (2022). КОРАБАЙИР ЗОТЛИ НАСЛЛИ АЙFИРЛАРНИНГ ЭКСТЕРЬЕР ХУСУСИЯТЛАРИ. Academicresearchineducationalsciences, 4 (Issue 1), 122-130.

8. Bakhtiyarovna, Suyunova Z., and Amirov S. Kuzibaevich. "The Importance of Microclimate Indicators in the Dairy." International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, no. 1, 2020, pp. 1-6.

9. Kholbekova, M. B., &Amirov, S. K. (2022). IMPORTANCE OF MICROCLIMATE INDICATORS IN THE COWSHED. Current approachesandnewresearchinmodernsciences, 1(4), 63-66.

April, 2023

227

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.