Научная статья на тему 'SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGIGA BOQISH USULLARINING TA’SIRI'

SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGIGA BOQISH USULLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1239
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ratsion / suvli / ildiz / oqsil / uglevodlar / kazein / albumin / laktatsiya. / diet / juicy / root vegetable / protein / carbohydrates / casein / albumin / lactation.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ergashev, Alisher Anvarjonovich, Iskandarov, Hasan Qurbon O‘G‘Li

Mazkur maqolada oziqlantirish usullari orqali sigirning sut mahsuldorligiga ta'siri bo'yicha tadqiqot o’tkazildi. Har qanday amaliy ishning samarasi uning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi yoki foydasizligida namoyon bo'ladi. Uning qanchalik foydali ekanligi rentabellik ko'rsatkichlarida aks etadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF FEEDING METHODS ON MILK PRODUCTION OF COWS

A study was conducted on the effect of feeding methods on cow milk yield. The effect of any practical work is manifested in its economic feasibility or uselessness. How useful it is reflected in the costeffectiveness indicators

Текст научной работы на тему «SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGIGA BOQISH USULLARINING TA’SIRI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGIGA BOQISH USULLARINING

TA'SIRI

Ergashev Alisher Anvarjonovich Iskandarov Hasan Qurbon o'g'li

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada oziqlantirish usullari orqali sigirning sut mahsuldorligiga ta'siri bo'yicha tadqiqot o'tkazildi. Har qanday amaliy ishning samarasi uning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi yoki foydasizligida namoyon bo'ladi. Uning qanchalik foydali ekanligi rentabellikko'rsatkichlarida aks etadi

Kalitso'zlar: ratsion, suvli, ildiz, oqsil, uglevodlar, kazein, albumin, laktatsiya.

АННОТАЦИЯ

Было проведено исследование влияния методов кормления на удой коровего молока. Эффект от любой практической работы проявляется в ее экономической селесообразности или бесполезности. Насколко это полезно, отражается в показателях рентабельности

Ключевые слова: рацион, сочный, корнеплод, белок, углеводы, казеин, албумин, лактация.

ABSTRACT

A study was conducted on the effect of feeding methods on cow milk yield. The effect of any practical work is manifested in its economic feasibility or uselessness. How useful it is reflected in the costeffectiveness indicators

Key words: diet, juicy, root vegetable, protein, carbohydrates, casein, albumin, lactation.

KIRISH

Respublikamizda iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida qariyib 25 yildan buyon barcha ichki imkoniyatlarni to'la ishga solib kelmoqda. Hozirgi kunda agrar sohaning muhim tarmog'i bo'lgan chorvachilikni rivojlantirishga hukumatimiz ham juda katta e'tibor bermoqda. Ichki iste'mol bozorida go'sht, sut, tuxum va boshqa chorvachilik mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish bo'yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida, chorvachilik mahsulotlari (sut, go'sht va tuxum) ishlab chiqarishni yanada ko'paytirish, ularning sifatini yaxshilash, tannarxini arzonlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bozor

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

iqtisodiyoti sharoitida bozomi tannarxi arzon bo'lgan asosiy chorvachilik mahsulotlari bilan boyitish, bularning barchasi chorvadorlar va fermer xo'jaliklarining oldida turgan asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlarini ko'plab ishlab chiqarishga birgina hayvonlarning bosh sonini oshirish bilan emas, balki ularning haqiqiy mahsuldorligini ko'paytirish hisobiga erishish mumkin [1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sigirlarning sut mahsuldorligi. Sut bezlarida ozuqalarning to'yimli moddalaridan sut hosil bo'ladi. Sut bezi laktatsiya davrida jadal su'ratda ishlaydi. Yelinda 1 kg sut hosil bo'lishi uchun sut bezidan 500-600 litrgacha qon oqib o'tadi. Sutning tarkibiy qismi ozuqaning to'yimli moddalaridan va qonning tarkibidan keskin farq qiladi.

Sigir sutida qon plazmasiga nisbatan qand moddasi 90 marta, yog' esa 18-20 marta ko'p bo'ladi. Ma'lumki, qandda kazein uchramaydi. Sigir suti kalsiy hamda fosfor moddalariga boy bo'ladi. Ozuqalarda sut qandi, sut yog'i, kazein va sut albumini ham bo'lmaydi. Bu esa ozuqalar to'yimli moddalarini qonga tushib, tubdan qayta ishlanishidan dalolat beradi.

Sut qandi qon plazmasida uchraydigan glyukozadan hosil bo'ladi. Sut oqsillari aminokislotalar, oqsillar va qonning polipeptidlaridan sintezlanadi. Sut yog'i asosan qon plazmasining neytral fosfatidlari va uchuvchi yog' kislotalaridan hosil bo'lai. Vitamin va mineral moddalar qonda sutga o'zgarmagan holda o'tadi [2].

Sut - bu sut emizuvchi hayvonlarning sut bezlari ishlab chiqaradigan mahsulot bo'lib, u birinchi navbatda yangi tug'ilgan buzoqlarga asosiy oziqa bo'lib hizmat qiladi. Uning tarkibida yosh organizmning normal o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha oziqa modalari mavjud. Sut tarkibida inson organizmi uchun zarur bo'lgan yog', oqsil, uglevod, qand, vitaminlar, mineral moddalar va makro va mikroelementlar kabi barcha moddalar bo'ladi. 1 litr sutning quvvati taxminan 670 Kkal ga teng. Sut har xil ta'mli va yaxshi saqlanishi bilan farq qiladigan oziqa mahsulotlarni tayyorlash uchun qimmatbaho xom-ashyo bo'lib hizmat qiladi. Sut mahsulotlarining chiqindilari sut qandi, laktozalar, albumin, kazein va boshqa moddalar tayyorlash uchun foydalaniladi. Hayvonlarning tuqqanidan keyin dastlabki kunlari (7-10 kungacha) sut bezlari ajratadigan suti og'iz suti deyiladi. [2],[3].

Og'iz suti normal sutdan tashqi ko'rinishi, kimyoviy tarkibi va yangi tug'ilgan bolalari organizmiga fiziologik ta'sir qilishi bilan farq qiladi. Sigirlardan sog'ilgan og'iz suti tarkibida 26-33% quruq modda, shu jumladan ko'p miqdorda oqsil, albumin va globulin bo'ladi. Og'iz suti o'ziga xos xidli va tuzli, ta'mi bo'lgan

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

sarg'ish (ba'zan och qo'ng'ir rangda) quyuq, yopishqoq va yelimsimon suyuq likdir.

[4].

1-jadval

Sigir suti va og'iz sutining kimyoviy tarkibi,%

T/r Tarkibiy qismi Sut Og'iz suti

O'rtacha O'zgarish ehtimoli Birinchi sog'ishda o'rtacha O'zgarish ehtimoli

1. Sut 87,5 83-89 73,72 66,41-76,10

2. Yog' 3,8 3,0-5,0 6,25 5,10-6,50

3. Oqsil 3,3 2,7-3,7 14,91 14,90-22,50

4. Sut qandi 4,7 4,3-5,3 4,00 4,00-4,51

5. Kul 0,7 0,6-0,8 1,12 1,01-1,30

Jami quruq moddalar: 12,5 11-17 26-28 23,90-33,59

Sermahsul qoramollarni maqsadga muvofiq oziqlantirishni tashkil etish hayvonlarni energiyaga va sutni hosil qilish hamda ularni qayta ishlab chiqarish funksiyalari va salomatligini normal saqlab turish uchun zarur bo'lgan to'yimli biologik aktiv moddalarga bo'lgan extiyojiga asoslangan bo'lishi zarur. Sigir laktatsiya davrida 4000-6000 kg sut berganda sut bilan 144-220 kg oqsil, 150-300 kg yog', 200-300 kg laktoza 6-9 kg kalsiy va 4,5-7,0 kg fosfor ajratib chiqaradi. Bu esa organizmda moddalar almashinuv jarayonlarini kuchayishiga olib keladi va hayvonlarni oziqalantirishni to'g'ri tashkil etishni talab qiladi. [4],[5].

Sigirlarni to'yimli moddalarga bo'lgan ehtiyoji ularning mahsulorlik darajasiga, fiziologik xolatiga, yoshiga va boshqa omillarga qarab o'zgaradi.

Bu maxsus oziqlantirish sxemasi 4 qismdan iborat.

1.Tug'riqxonada oziqlantirish (I-sex) -to'g'riqxonada sog'in sigirlarni oziqlantirishga alohida e'tibor beriladi. To'qqandan keyin 1-2 kun davomida 0,5 kg bug'doy kepagini 10 l suvga aralashtirilib atala qilib beriladi. Bunda qisman dukkakli va bashoqlilar paxoli beriladi. 3-4 kunlarida esa pichanlar miqdori oshirilib, 0,5 kg gacha kuchli ozuqalar beriladi. 5-6 kunlari ratsionga ildizmevali ozuqalardan qo'shilsa, 7 kuni silos ham qisman qo'shib bkriladi. 8-9 kunlari to'lliq ratsionga o'tkazilib, sigirning holati nazorat qilinadi va 10 kundan boshlab 2-sxemaga o'tkaziladi.

2. Sigirlarning sut berish qobiliyatini aniqlash (razdoy) va qochirish sexi (II-sex) deb yuritiladi. Bu sexda sog'in sigirlar 2-3 oy saqlanadi. Sigirlarning sut berish qobiliyati 1-2 oydan keyin aniqlanadi, uning uchun yelinlari iliq suv bilan

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

yuvilib (masaj) qo'shimcha avans ozuqa beriladi. Balans ozuqa avval 2-3 kg ozuqa birligida, keyinchalik 1 kg ozuqa birligidan qo'shimcha berib boriladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi avvalgi xolati bilan bir xilda bulguncha avns ozuqa berilganda sut miqdori ko'paymasa, ratsiondagi ozuqani kamaytirib ham ko'paytirish mumkin. Bu usul bilan sigirlarga qolgan ozuqa berish kerakligi aniqlanadi va davolash muolajalari davom etkazilib, tuzalgandan keyin 3-sexga o'tkaziladi. Agar sigir shu 2 oy davomida ko'yga kelmagan bo'lsa, veterinariya tadbirchoralarini qo'llab to'qqandan keyin 3 oygacha qochirishga harakat qilinmaydi.

3. Sut ishlab chiqarish sexi (III-sex) bunda sigirlar maxsus tuzilgan ratsion asosida oziqlantirilib, sigirlarning sut berishi nazorat qilinadi.

4. Qurg'oqchilik davri sigirlar (IV-sex) buzoqlarning 7 oyligidan boshlab qurg'oqchilik, ya'ni sutdan chiqqan bug'oz sigirlar guruhiga o'tkazilib oziqlantirilishi ham alohida tashkil etiladi.

Sut bezlarida-yelinda sut hosil bo'lishi murakkab sekretor jarayon hisoblanib, 1 kg sut hosil bo'lishi uchun sut bezlaridan 500-600 litr qon aylanib o'tadi. Sut bilan qonning tarkibidagi ozuqa moddalar bir-biridan tarkibi va miqdori jihatidan butunlay farq qiladi. Sigir sutining tarkibida qon plazmasiga qaraganda 90 barobar ko'p qant, 18-20 barobar yog' va ko'p miqdorda kalsiy va fosfor moddalari uchraydi. Bu xol qonning tarkibidagi moddalarning sut bezlarida butunlay qayta ishlanishi natijasida sut hosil bo'lishidan darak beradi. Sigir sutining serqaymoq bo'lishida ratsion tarkibidagi yog'ning ahamiyati birinchi o'rinda turadi. Ana shuni hisobga olib, sog'in sigirlar ratsionida sut yog'ining miqdori e'tiborga olinadi. Sut tarkibidan ajralib chiqadigan yog'ning qolgan 35-40% yuqorida eslatilgan protein va uglevodlarning parchalanishi oqibatida sut bezlarida hosil bo'ladi. Sog'in sigirlar ratsionida to'yimli moddalarning yetarli bo'lishiga e'tibor beriladi. Sigirlar ratsionidagi har 1 kg ozuqa birligiga quyidagi miqdorda makroelementlar berish tavsiya etiladi. Osh tuzi 6,5-7,5 g, kalsiy 6,5-7,4 g, fosfor 4,5-5,5 g, magniy 2,4-1,5 g, kaliy 8,1-6,7 g va oltingugurt 2,8-2,1 g.

Naslchilik fermer xo'jaligida sog'in sigirlarni qish va yoz davrlarida oziqlantirish ratsionlari quyidagicha tuzilgan.

2-jadval

Sog'in sigirlarni qish davrida oziqlantirish ratsioni

T/r Yem-xashak turlari Ozuqa tarkibida mavjud

miq-doi ozuqa bir gi hazmla-nuvchi oqs kal-siy fos-for karo-tii

O'lchov birligi kg kg g g g mg

1. Beda pichani 1,0 0,44 101 14 2,1 20

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1/2), Jan., 2023

2. Bug'doy somoni 10,0 2,0 180 56 16 -

3. Makkajo'xori silosi 15,0 3,15 180 22,5 7,5 210

4. Beda senaji 8,0 2,8 464 69 8,0 168

5. Qizilcha 6,0 0,84 60 2,4 3,0 -

6. Bug'doy bardasi 10,0 0,6 230 26,3 4,8 -

7. Paxta kunjara 2,0 2,3 662 5,6 3,2 -

8. Bug'doy kepagi 1,0 0,71 126 1,8 10,1 4

9. Osh tuzi 0,50 - - - - -

Jami: 53,0 12,84 2003 198 55 402

Ushbu jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, sog'in sigirlar uchun bir kunlik jami ozuqa sarfi 53,0 kg bo'lib, unda dag'al ozuqalar miqdori 21% ni, shirali ozuqalar miqdori 73% ni va konsetrat (kuchli) ozuqalar miqdori esa 6% ni tashkil etadi. Ratsionning umumiy to'yimliligi 12,84 ozuqa birligiga teng bo'lib, beda pichani 1 kilogramm berilgani xolda to'yimliligi 0,44 ozuqa biriligiga teng bo'lgan. Bug'doy somoni bug'doy bardasi bilan aralashtirilib berilganda, miqdori 20,0 kg bo'lgan bo'lsa, to'yimliligi 2,6 kg ozuqa birligini tashkil etgan. Qoramollarga bir kunda 15,0 kg makkajo'xori silosi, 8,0 kg beda senaji va 6,0 kg qizilcha beriladi va ularning to'yimliligi tegishlicha 3,15; 2,8 va 0,84 ozuqa birligini tashkil etadi. Xo'jalikda qoramollarni ozuqlantirishda kuchli ozuqalardan paxta kunjarasi (2,0 kg, to'yimliligi 2,3 kg ozuqa birligi) va bug'doy kepagi (1,0 kg, to'yimliligi 0,71 kg ozuqa birligi) dan foydalanib kelingan. Ratsiondagi barcha ozuqalar tarkibidagi hazmlanuvchi protein 2003 g, kalsiy 198 g, fosfor 55 g va karotin 402 mg ni tashkil etgan. Xo'jalikdagi sog'in sigirlar uchun yozgi ozuqlantirish ratsioni quyidagicha tuzilgan.

3-jadval

Sog'in sigirlarni yoz davrida oziqlantirish ratsioni

T/r Yem-xashak turlari Ozuqa tarkibida mavjud

miq-dori ozuqa birli-gi hazm-lanuvchi oqsil kal-siy fos-for karo-tin

O'lchov birligi kg kg g g g mg

1. Ko'k beda 40 6,8 1600 188 28 560

2. Bug'doy somoni 10 2,0 180 56 16 -

3. Bug'doy bardasi 10 0,6 230 26,3 4,8 -

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1/2), Jan., 2023

4. Paxta kunjara 2 2,3 662 5,6 3,2 -

5. Bug'doy kepagi 1 0,71 126 1,8 10,1 4

6. Osh tuzi 0,50 - - - - -

Jami: 63 12,41 2798 278 62,1 564

Yuqoridagi jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, sog'in sigirlar uchun bir kunlik jami ozuqa sarf 63,0 kg bo'lib, unda dag'al ozuqalar miqdori 16% ni, shirali ozuqalar miqdori 63% ni va konsetrat (kuchli) ozuqalar miqdori esa 6% ni tashkil etgan. Ratsionning umumiy to'yimliligi 12,41 kg ozuqa birligiga teng bo'lib, ko'k beda 40,0 kg berilgani xolda to'yimliligi 6,8 kg ozuqa biriligiga teng bo'lgan. Bug'doy somoni bug'doy bardasi bilan aralashtirilib berilganda, miqdori 20,0 kilogramm bo'lgan bo'lsa, to'yimliligi 2,6 kg ozuqa birligini tashkil etgan. Xo'jalikda yoz davrida ham qoramollarni oziqlantirishda kuchli ozuqalardan paxta kunjarasi (2 kg, to'yimliligi 2,3 kg ozuqa birligi) va bug'doy kepagi (1,0 kg, to'yimliligi 0,71 kg ozuqa birligi) dan foydalanib kelingan. Ratsiondagi barcha ozuqalar tarkibidagi hazmlanuvchi protein 2798 g, kalsiy 178 g, fosfor 62,1 g va karotin 564 mg ni tashkil etgan. Xo'jalikda urchitilayotgan qoramollarning yillik oziqaga bo'lgan talabi quyidagi jadvalda ko'rsatib o'tilgan.

4-jadval

Naslchilik fermer xo'jaligidagi qoramollarni yillik oziqaga bo'lgan talabi

T/r Yem-xashak turlari Boqila-digan hayvon-lar soni Boqish davri Kunlik ozuqa sarfi Jami ozuqa sarfi Ozuqa tarkibida mavjud

Ozuqa birligi Hazmla-nuvchi oqsil

O'lchov birligi bosh kun kg s kg kg

1. Yog'li sut 35 365 5 639 4345,2 42174

2. Ko'k beda 325 155 78 53235 958230 207616,5

3. Makkajo'xori silosi 325 155 25 12594 251880 17631,6

4. Beda senaji 285 155 20 10075 352625 71532,5

5. Qizilcha 285 155 12 5301 53010 9541,8

6. Beda pichani 285 155 10 4418 1944 44180

7. Bug'doy somoni 325 365 55 65244 13048,8 32622

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

8. Paxta sheluxasi 40 365 6 876 19272 1401,6

9. Bug'doy bardasi 325 365 60 71175 427050 163702,5

10. Paxta kunjarasi 325 365 8 9490 1043900 302731

11. Bug'doy kepagi 325 365 10 11863 842273 149473,8

12. Omixta yem 35 365 4 511 49056 5621

Jami: 4016634 1048228,3

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, yil davomida buzoqlar uchun ichiriladigan yog'li sut miqdori har bir boshga 5,0 kg dan hisoblanganda 639 s sut talab qilinadi. Dag'al ozuqalardan beda pichani har bir boshga 10,0 kg dan sarflanganda jami 4418 s, bug'doy somoni o'rtacha 55,0 kg dan sarflansa, jami 65244 s, paxta sheluxasi 6,0 kg dan jami 876 s dag'al ozuqalar talab qilinadi. Shirali ozuqalardan makkajo'xori silosi har bir boshga 25,0 kg dan sarflansa, jami 12594 s, beda senaji 20,0 kg dan jami 10075 s, qizilcha 12,0 kg dan jami 5301 s, bug'doy bardasi 60,0 kg dan jami 71175 s, jami shirali ozuqalardan 99145 s talab qilinadi.

Shuningdek konsentrat (kuchli) ozuqalardan paxta kunjarasi har bir boshga 8,0 kg dan hisoblaganda jami 9490 s, bug'doy kepagi 10 kg dan jami 11863 s va buzoqlar uchun omixta yem 4,0 kg dan jami 511 s, jami kuchli ozuqalardan 21864 s talab qilinadi. Yoz mavsumida ozuqlantirish uchun xo'jalikda ko'k bedadan foydalaniladi, bu ozuqa har bir bosh hayvonga o'rtacha 78,0 kg dan sarflansa, jami mavsum davomiga 53235 s talab qilinadi. Fermer xo'jaligining yillik ozuqaga bo'lgan talabi 245421 s ni tashkil etadi. Jami ozuqaning umumiy to'yimliligi 4016634 kg ozuqa birligiga teng bo'lib, undagi jami hazmlanuvchi protein miqdori 1048228,3 kg ni tashkil qiladi.

XULOSA

Sigirlarning sut mahsuldorligiga boqish usullarining ta'sirini o'rganish mavzusi bo'yicha o'tkazilgan tajriba-kuzatuv ishlari natijasiga ko'ra quyidagilarni hulosa qilish mumkin:

Sigirlarni qo'shimcha oziqalar kiritilib, to'yimliligi oshirilgan ozuqa ratsioni asosida oziqlanlantirish, sigirlarni to'g'ri asrash va parvarish qilish (bog'lamasdan boqish) hisobiga ularning sut mahsuldorligi va kunlik sog'ib olingan sut miqdori rejalashtirilgan ratsion asosida boqilgan sigirlarning sut mahsuldorligi oddiyroq usullarda boqishga nisbatan yuqori bo'ladi.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoevning "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5017-son Qarori Toshkent sh., 2021 yil 3 mart,

2. U.N.Nosirov. "Qoramolchilik" Oliy o'quv yurtlari uchun darslik, T.: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2001, 384b.

3. Н.И. Владимиров, Л.Н. Черемнякова, В.Г. Лунисын, А.П. Косарев, А.С. Попеляев, «Кормление селскохозяйственных животных» Учебное пособие, Барнаул Издателство АГАУ,2008

4. R. Hamroqulov "Qishloq xo'jalik hayvonlarini ozuqlantirish" Darslik 2011 y.Toshkent.

5. A.P.Kalashnikov "Chorvachilikda oziq normalari va ratsionlari" O'quv qo'llanma Toshkent "Mehnat" 1985 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.