Научная статья на тему 'XIZMAT ITLARINI OZIQLANTIRISH ME’YORLARI HAMDA OZIQA SARFLARINI ENERGETIK QIYMATLARI'

XIZMAT ITLARINI OZIQLANTIRISH ME’YORLARI HAMDA OZIQA SARFLARINI ENERGETIK QIYMATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
862
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
It / ferment / norma / kkal / rasion / oqsil / yog‘ / go‘sht / uglevod / modda / vitamin. / Dog / enzyme / norm / kcal / ration / protein / fat / meat / carbohydrate / substance / vitamin.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Salomov, Komil Abduxolikovich

Itlarning muvozanatli hayot kechirishi va yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lishi ularning to'g'ri ovqatlanishi bilan bevosita bog'liq. To'g'ri ovqatlanish dietaning fiziologik asosli ozuqa moddalariga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek sifatli va izchil ovqatlanishni nazarda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SERVICE DOG FEEDING STANDARDS AND FOOD ENERGY VALUES OF COST

The fact that dogs live a balanced life and have a high performance is directly related to their proper feeding. Proper nutrition means that the diet is based on physiologically grounded levels of nutrient requirements, as well as a quality and consistent diet.

Текст научной работы на тему «XIZMAT ITLARINI OZIQLANTIRISH ME’YORLARI HAMDA OZIQA SARFLARINI ENERGETIK QIYMATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

0

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

UDK:636.314

XIZMAT ITLARINI OZIQLANTIRISH ME'YORLARI HAMDA OZIQA SARFLARINI ENERGETIK QIYMATLARI

Salomov Komil Abduxolikovich

Milliy kinologiya markazi instruktori bojxona xizmati katta leytenanti

Itlarning muvozanatli hayot kechirishi va yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lishi ularning to'g'ri ovqatlanishi bilan bevosita bog'liq. To'g'ri ovqatlanish dietaning fiziologik asosli ozuqa moddalariga bo'lgan ehtiyojini, shuningdek sifatli va izchil ovqatlanishni nazarda tutadi.

Kalit so'zlar. It, ferment, norma, kkal, rasion, oqsil, yog', go'sht, uglevod, modda, vitamin.

The fact that dogs live a balanced life and have a high performance is directly related to their proper feeding. Proper nutrition means that the diet is based on physiologically grounded levels of nutrient requirements, as well as a quality and consistent diet.

Keywords. Dog, enzyme, norm, kcal, ration, protein, fat, meat, carbohydrate, substance, vitamin.

It yirtqich xayvon turkumiga kirib, asosan go'sht iste'mol qiladi. Noto'g'ri oziqlantirish organizmga salbiy ta'sir qilmasligi uchun ovqat xazm qilish tizimining o'ziga xos fiziologik xususiyatlarini xisobga olish zarur. Tana kerakli moddalarni turli kimyoviy - biologik jarayonlarga to'xtovsiz sarflaydi. Organizmi uz faoliyatini davom ettirish uchun sarflanayotgan moddalarning o'rni to'liq qoplanishi shart. Bunday manba vazifasini fermentlar ta'sirida tana kelib tushadigan moddalar bajaradi.

Ozuqa moddalari deb-modda almashinuvi jarayonida it tanasiga singiydigan va itning xayot faoliyatini ta'minlash uchun foydalaniladigan ozuqaning kimyoviy moddalari (oqsil, yog', mineral tuzlar, uglevod, vitaminlar va suv) ga aytiladi.

Ozuqa maxsulotining qimmati itlarnig sog'lig'i va ish qobiliyatini ta'minlash uchun ozuqa moddalari quvvat bo'lgan extiyojini qondirish xususiyati to'yimliligi bilan ajralib turadi. To'yimlilik-uning ozuqa, biologik va energetik qiymatiga bog'liq.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maxsulotning ozuqa qimmati-oqsil, uglevodlar yog'lar,mineral tuz va vitaminlarning miqdoriy tarkibi bilan aniqlanadi.

Ozuqaning biologik qimmati-uning tarkibidagi sifatli oqsillar va yog'larning miqdori bilan belgilanadi. Xayvonot olamiga oid maxsulotlar: go'sht, baliq, sut va sut maxsulotlari- oqsillarga juda boy bo'lgan manbalar sirasiga kiradi. Bu maxsulotlar tarkibidagi oqsillarda o'rnin almashtirib bo'lmaydigan barcha aminokislotalar mavjud bo'lib, oshqozon - ichak yo'lida oson parchalanadi va yaxshi xazm bo'ladi. Oqsillar o'simlik oqsillariga nisbatan biologik jixatdan 1,2 marta qimmatli va samaraliroqdir.

Rasion asosida to'g'ri oziqlantirish - itning sog'lig'i, o'sish sur'ati, rivojlanishi, gavda bichimi, vazniga ijobiy ta'sir etib, xal qiluvchi axamiyat kasb etadi. U it kuchi va ish qobiliyatini saqlashning muxim omilidir.

Itlarning bir maromda xayot kechirishi va ish qobiliyatining yuqoriligi ularni to'g'ri oziqlantirishga bevosida bog'liq. To'g'ri oziqlantirish deganda- oziqlantirish tartibiga rioya qilgan xolda, to'yimli moddalarga bo'lgan extiyojning fiziologik jixatdan asoslangan me'yorlari xamda sifatli va muvofiqlashtirilgan rasion bo'yicha oziqlantirish (jadval-1) jinsi, yoshi va o'rta va katta zotli itlar uchun maxsus jadval asosida xisoblash dasturiga binoan amalga oshiriladi.

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi DBK hisobidagi xizmat itlarini oziqlantirish

rasioni

/r Mahsulotlar nomi Mikdori ( sutkada bir itga grammda)

Katta yoshdagi itlar 4 oylikkacha bo'lgan kuchuk bolalari

Go'sht mahsulotlari 400 200

Krupa 600 300

Sabzovotlar 300 100

Xayvon yogi 13 10

Osh tuzi 14 10

Sut - 500

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Suyak uni 15 10

Yuqoridagi jadval asosida xizmat itlarini kunlik oziqaga bo'lgan talabini rasión asosida to'laqonli yoshi, jinsi va rasión asosida to'laqonli me'yorini matematik usulda tez va oson xisoblash dasturi bo'lib qo'shimcha tarzda omborxonada qolgan mahsulotlarni necha kunga yetishi haqida xam ma'lumotga ega bo'lish imkoniyatiga ega bo'linadi.

Oziqlantirish qoidalarini buzish-amaliy mashg'ulot (dressirovka) va ulardan foydalanish sifatini keskin pasaytirib yuboradi. Ko'p xollarda og'ir kasalliklarga chalinish, ozib ketishga, ba'zida esa itni nobud bo'lishiga olib keladi. Tanada kechayotgan jarayonlarning bir maromda bo'lishi asosan, ularni oziqlantirish sifatiga bog'liq. To'g'ri oziqlantirishni tashkil qilish-faqat itlarnig to'yimli moddalarga bo'lgan fiziologik extiyojini xisobga olgan xolda, berilayotgan ozuqaning miqdori va sifati tartibga solingandagina mumkin bo'ladi. Itlarni kam oziqlantirish xam, keragidan ortiq oziqlantirish xam zarar keltiradi, jinsiy xujayralar, xomilaning embrional rivojlanishi va nasl sifatiga salbiy ta'sir qiladi.

Oqsil itlarga tanadagi ishdan chiqqan to'qimalarni yangilash xamda emizikli urg'ochi itlarning sutida oqsil xosil qilish uchun kerak. Rasionda oqsil yetishmasligi kuchuklar o'sishi va rivojlanishining sekinlashuvi, urchish funksiyasining buzilishi, ozuqadagi to'yimli moddalarning qiyinlik bilan xazm bo'lishi, organizmning kasalliklarga qarshi kurashining pasayishiga olib keladi. Rasiondagi ortiqcha oqsil xam itga zarar keltiradi. Oqsillarga bo'lgan extiyojning eng maqbul miqdori quyidagicha: 1 kg tirik vazn uchun katta yoshli itlarga 4,5 gramm , kuchukchalarga 9,0 gramm. Xizmat itlari o'rtacha ish bajarganda oqsilga bo'lgan extiyoj taxminan 30 foiz ga ortadi. Katta yoshli urg'ochi itlar bo'g'oz, emizakli bo'lsa yoki erkak itlar va boshqalarning ish xajmi keskin oshsa, oqsillarga bo'lgan talab xam ortib boradi.

Ozuqaning energetik qimmati yoki kaloriyaliligi biokimyoviy oksidlanish jarayonida ajraladigan oqsil, uglevod va yog'larda mavjud bo'lgan quvvatlar miqdoridan tashkil topgan. quvvat (energiya) ichki a'zolarning ishlashi. Muskullar va xarakat tonusi, shuningdek, tananing muayyan xaroratini saqlash va boshqalar uchun zarur. Quvvat-oqsil, yog' va uglevodlar xisobidan ishlab chiqariladi xamda oziqlantirishning umumiy darajasini belgilaydi va kilodjoulda ifodalangan umumiy (ya'ni) quvvatning miqdori bilan tavsiflanadi. Shu narsa aniqlanganki, tanadagi bir gramm oqsil oksidlangan: 16,7 kdj: 1 gramm yog'dan-37,7 kdj va 1 gramm uglevoddan-15,7 kdj quvvat ajraladi: 4,186 kdj 1kal quvvatga teng. Quvvatga bo'lgan

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

extiyoj it vazniga, atrof-muxit xarorati, jun qatlamining xolati, jinsi, yoshi, tana tuzilishi, muskullarning ishi, itning fiziologik xolatiga va bo'g'oz urg'ochi itlar ga bog'liq. Ularning quvvatga bo'lgan bir kecha-kunduz extiyoji yozda pasayadi, qish faslida esa, o'rtacha 15 foizga ko'payadi. Shu bois erkak itlar urg'ochilar, katta yoshli va kichik yoshdagilar, ozg'in muskulli itlar va xomsemiz itlar, jaxldor itlar sovuq aloqa qilayotgan erkak va urg'ochilarga, bo'g'oz va emizakli urg'ochi itlarga berilayotgan ovqatning kaloriyasini oshirish lozim. (2-jadval) Bajarilayotgan ishlar og'irlashgan sari-quvvatga bo'lgan extiyoj xam ortib boradi.

2-jadval

Ozuqalarni to'yimlilik darajasi kilokalloriya (kkal) xisobida. (bir boshga

sutkasiga)

/r Ozuqa nomi 100 grda Kkal. o'rta yoshli kunlik meyor Kkal katta yoshli kunlik meyor Kkal

sechka (guruchli) 344,0 0,075 258 0,15 516

yachnevaya/arpa 354,0 0,075 265,5 0,15 531

j o'xori 328,0 0 0

bug'doy 335,0 0 0

Go'sht 274,0 0,112 306,88 0,14 383,6

subprodukti 241,0 0,12 289,2 0,15 361,5

Sabzi 35,0 0,015 5,25 0,025 8,75

piyoz 47,0 0,01 4,7 0,02 9,4

Lavlagi 43,0 0,015 6,45 0,02 8,6

0 Karam 27,0 0,02 5,4 0,03 8,1

1 Tuz 0,0 0,005 0 0,008 0

2 Sut 59,0 0 0

3 kartoshka 77,0 0,02 15,4 0,025 19,25

sholg'om 32,0 0,02 6,4 0,03 9,6

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

4

5 suxoy korm Shappi 350,0 0,1 350 0,2 700

6 Tuxum 158,0 0 0

7 suxoy korm Starter 0,0 0 0

8 suxoy korm PAPPY 0,0 0 0

Jami 1513,2 2555,8

Masalan, itlar bajarayotgan o'rtacha ish quvvati sarfini 20 dan 30 foiz ga oshiradi. Ishga sarflanayotgan quvvat miqdori-itning tayyorgarlik darajasi va nasliga bog'liq. Rasiondagi quvvatning yetishmasligi uning ozib ketishi, keragidan ortig'i esa semirib ketishiga sabab bo'ladi

Uglevodlar. Uglevodlar (qand, kraxmal, kletchatka va boshqalar) - tanadagi quvvatning muxim manbai bo'lib xizmat qiladi. Chunonchi, kletchatka ichaklarning kerilishi va siqilishiga yordam beradi. Uglevodlarga bo'lgan eng maqbul extiyoj quyidagicha: 1 kg. tirik vaznga katta yoshli itlar uchun-10gr., shu jumladan, kletchatka-1 gr., kuchuklar uchun-15,8 gr., shuningdek, kletchatka-1,5 gr. Katta yoshli itlarning uglevodlarga bo'lgan extiyoji -rasiondagi yog'ga nisbatan teskari proporsiyani tashkil etadi. qand va kraxmalni keragidan ortiqcha berish-ularni semirtirib yuboradi.

Yog'larga. Yog'larning oziqlantirishdagi axamiyati-tana xujayralari tarkibiga kiruvchi xayotiy zarur yog' kislotalarining mavjudligi va yuqori kaloriyaliligi bilan belgilanadi. Katta yoshli itlarnig yog'larga bo'lgan eng maqbul extiyoji 1 kg tirik vazniga 1,32 gr.ni, kuchuklar uchun-2,64 gr.ni tashkil etadi. Itlar rasionida yog'larning yetishmasligi oqibatida o'sishning sekinlashuvi, urchish funksiyasining buzilishi, gipovitaminoz, teri kasalliklari dermatitlar, giperkeratoz, po'st tashlash, sho'ralash, junning depigmentatsiyasi va boshqalar kuzatiladi. YoG'larning rasionda keragidan ortiq bo'lishi xam zararlidir.

Vitaminlar. A vitamini (retinol)-baliq moyi, sut maxsulotlari, tuxum sarig'i, sabzavotlar va baliq jigarida bo'ladi. Ushbu vitamin ko'rish quvvatini oshiradi, modda almashinuvini osonlashtiradi, o'sishni tezlashtiradi, tananing yuqumli kasalliklarga bo'lgan qarshiligini oshiradi.

Scientific Journal Impact Factor

0

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

S vitamini (askarbin kislotasi)- karam, kartoshka, ko'katlar, ozuqa xamirturishlari, jigar tarkibida uchraydi, tananing yuqumli kasalliklarga bo'lgan qarshiligini oshiradi, oqsil va uglevodli moddalar almashinuvini ta'minlaydi.

V1 vitamini (aneyrin)- javdar va bug'doy unidan yopilgan non, suli yormasi, go'sht, sabzavot, xamirturushlar tarkibida bo'ladi. Tanadagi uglevodlarning to'liq oksidlanishiga ko'maklashadi, asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

V2 vitamini (riboflavin)- xamirturushda, javdar va bug'doy non, kartoshka, karam, go'sht, suli yormasida bo'ladi, o'sish jarayonini tezlashtiradi, to'qimalarni yangilaydi, ozuqaning xazm bo'lishini yaxshilaydi.

D vitamini (ergokalsiferol)- baliq moyi, sut, jigar tarkibida mavjud, bu vitamin yetishmaganda- skelet suyaklari yumshab, qiyshayadi.

RR vitamini (nikotin kislotasi)- javdar non, suli yormasi, go'sht, baliq, kartoshka tarkibida bo'ladi, tanadagi modda almashinuvida ishtirok etadi.

Suv. Itlar suvsizlikka ochlikka nisbatan bardosh bera olmaydilar, juda qiynaladilar. Katta yoshli itlarning ichimlik suvga bo'lgan extiyoji 1 kg tirik vazniga -40ml.ni, kuchukchalar uchun-80-120 ml.ni tashkil etadi. Suvga bo'lgan extiyoj oziqlantirish xususiyati, yil fasli, bajarilayotgan ishlar va boshqalarga bog'liq. Katta xajmdagi ishlar bajarilganda va yozda unga bo'lgan extiyoj keskin ortadi. Beriladigan ichimlik suvi toza, tiniq, xidsiz, iliqroq bo'lishi shart. Iflos suv yuqumli kasalliklar manbai bo'lgani sababli itlarning ko'lmak suv, kichik suv xovuzlar, shuningdek, axoli yashaydigan joylardan oqib o'tuvchi ariq, daryo suvlaridan ichirish man etiladi.

Ozuqa maxsulotlari. Oziqlantirish uchun ularga asosan go'sht, kalla-pocha, ichak-chavaq, yormalar, non, kartoshka va sabzavotlar beriladi. Bundan tashqari, kuchukchalar va emizikli urg'ochi itlar- tuxum, sut va tvorog bilan boqiladi.

Go'sht eng to'yimli ozuqa xisoblanadi. Aksariyat xollarda mol va qo'y go'shtlarinig past navlaridan foydalaniladi. Xom go'sht qaynatilganidan foydaliroqdir. Yaxshisiz yog'siz go'sht berish zarur, chunki yog'li go'sht oshqozon -ichak yo'liga salbiy ta'sir qiladi.

Ozuqa rasionidagi go'shtning namunaviy me'yori: katta yoshli xizmat itlari uchun- 400 gr., 2 oygacha bo'lgan kuchukchalar uchun-50 -200 gr., 2-4 oylik kuchukchalar uchun 200-400 gr., 4-6 oyliklar uchun 400-500 gr., 6 oylikdan 1 yoshgacha bo'lganlar uchun 500-600 gr. ni tashkil qiladi.

Quruq ozuqalar: Ular pedegri, chappi kabilardir. Quruq ozuqalar tarkibida asosan quyidagi zarur moddalar: oqsil, yog', mineral tuzlar, uglevod, vitaminlar, suv, aminakislotalar, baliq xamda suyak unlaridan tashkil topadi. Ular juda foydali, sarf qilingan quvvat urnini qoplaydi, ishtaxa bilan iste'mol qilinadi. Xozirgi kunda ushbu

Scientific Journal Impact Factor

o

VOLUME 1 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

ozuqalarning tan narxi yuqoriligi e'tiborga olinib, ko'pgina nasldor itlar bilan shug'ullanadigan klublar, xamda kinologiya soxasiga oid pitomniklarda itlarga berilmaydi. Ular o'rniga go'shtdan tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlantiriladi. U bilan xizmat itlari bilan xizmat safarlarida, tog' u dashtlar, cho'llarda sharoitda itlarni oziqlantirish juda qulay. MKM da asosan go'shtdan ozuqalar. Quruq ozuqalar esa faqat favqulodda xolatlar xizmat safarlarida ishlatiladi.

Suyaklar: Uzoq vaqtdavomida suyak bermaslik it skletining umumiy zaiflashuviga olib keladi.

Sut va tvorog: kuchukchalar, bo'g'oz va emizikli urg'ochi itlar xamda kasal, ozib - to'zib ketgan itlar uchun juda qimmatli ozuqa xisoblanadi.

Kuchukchalar, bo'g'oz va emizikli urg'ochi, kasal va urchish davrida erkak itlar tuxum bilan boqiladi.

Mol yog'lari: (mol yog'i, omuxta yog') yilning sovuq oylarida, rasionga qo'shimcha ravishda bir kecha-kunduz 20-30 gr.dan beriladi.

Bug'doy, tariq, ko'k, arpa, guruch yormalari ozuqa rasionining asosini tashkil etadi.

Sabzavotlar: (sabzi, lavlagi,kartoshka, karam) vitaminlar, tez xazm bo'luvchi uglevodlar, mineral moddalar, organik kislotalar va kletchatkalarning manbaidir.

Ozuqa qo'shimchalari-xamirturush, vitaminli preparatlar, suyak uni, osh tuzi va boshqalar xam vitaminlar, mineral moddalarga boydir. Ozuqa xamirturushlari, pivo achitqilarida «V» guruxi vitaminlari mavjud bo'lib, ular bir kecha-kunduz, urchish davrida esa erkak itlarga 20-30 gr.dan, kuchuklarga 5-10 gr.dan beriladi.

Itlar rasion bo'yicha oziqlantiriladi. Rasion - bu itlarning to'yimli moddalarga bo'lgan extiyoji fiziologik me'yorini ta'minlovchi ozuqa maxsulotlarining bir kunlik to'yimlilik madalarni tashkil etadi.

Bunga go'sht maxsulotlari, yorma va sabzavotlarning almashinuvi natijasida erishiladi. Agar itlar o'rtacha to'lalikka ega bo'lib, vazni o'zgarmasa rasion to'g'ri tuzilgan xisoblanadi. Aksincha itlar ozib ketsa - ozuqa yetishmagan, semirsa-rasiondagi ozuqalar me'yoridan oshib ketgan bo'ladi. Oziqlantirish me'yori talablariga qat'iy rioya qilish - sifatli oziqlantirishning asosiy shartidir. Itlar ishtaxasini kuzatib borish zarur, chunki ozuqani ishtaxa bilan yemaslik-rasion noto'g'ri tuzilganligidan dalolat beradi. Tayyorlangan ovqatlar xilma - xil, mazali bo'lishi va xushbo'y xid taratishi lozim. Bu to'yimli moddalarning tez xazm bo'lishini ta'minlaydi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

VOLUME 1 I ISSUE 7 ISSN 21s1-17s4 SJIF 2021: 5.423

Ozuqa sho'rva - bo'tqa xolida tayyorlanadi. Tarqatishdan oldin uni 30 - 35 gradusgacha sovutish zarur. Xar bir itga 2 tadan 5 litrli idish ajratiladi: biri ozuqa, ikkinchisi esa suv uchun mo'ljallanadi. Xar gal ovqatlanishdan keyin idish yuviladi, ikkinchi idishdagi ichimlik suvi esa har kuni almashtiriladi.

Yuqorida ta'rif etilgan oziqa tayyorlash usuli ko'p yillardan buyon amaliyotda foydalanib kelinib o'zining samarasini berib kelmoqda.

REFERENCES

1. "Kinologiya asoslari" Toshkent, 2018 y.

2. Зубко В.Н. "Служебное собаководство". Москва, 1987 г.

3. Ерасулимский Е.Л. "Итларни экстерери ва унинг бахрлаш". Москва, 2002.

4. Флерова Н. Итлар ва уларнинг сочлари гамхурлик. - М. Вербиер. 1994.

5. Стекольников А.А."Озиклантириш ва ит ва мушук касалликлари": кулланма. - СПб: Публишер "Лан", 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.