Научная статья на тему 'QUYONLAR TOMONIDAN ISTE’MOL QILINGAN OZUQA MODDALARINING BIOLOGIK QIYMATI VA HAZMLANISHINING XUSUSIYATLARI'

QUYONLAR TOMONIDAN ISTE’MOL QILINGAN OZUQA MODDALARINING BIOLOGIK QIYMATI VA HAZMLANISHINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
1131
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
probiotik ozuqa / oqsillar / yog’lar / kletchatka / pepsin / xlorid kislota / fermentlar / hazmlanish koeffisiyenti / gematopoez / kraxmal. / probiotic nutrients / proteins / fats / fiber / pepsin / hydrochloric acid / enzymes / digestibility / hematopoiesis / starch.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Normuhammedova, Feruza Shavkatovna, Namazova, Dilnoza Irzaqulovna

Probiotik ozuqalar organizmning umumiy holatiga, quyonlarning ko’payishi va rivojlanishiga, hayvonlarning gematologik va biokimyoviy holatiga, jigarning morfofunksional holatiga va ekskretor organlarga ijobiy ta’siri etadi. Uning 200 g/l miqdori quyonlarning ratsioniga kiritilishi intensiv texnologiyalar sharoitiga yaxshiroq moslashishga yordam beradi. Organizmning mo’tadil faoliyati ularning o’sish va rivojlanishi hamda turli kasalliklarga chidamliligi oziqlantirishni to’la qimmatli va to’g’ri tashkil qilinishiga bog’liqdir. To’g’ri va tartibli oziqlantirishyaxshi, sifatli teri va go’sht olishning asosi hisoblanadi. Oziqlantirish to’g’ri tashkil qilinsa, o’rganilayotgan har qanday zotning sifat ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Aksincha quyonlarni noto’g’ri va yomon oziqlantirish hattoki eng yaxshi zotlarni ham mahsuldorlik va kasallik sifatlarini ham pasayib ketishiga olib keladi. Hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadigan oziqalar tarkibida, ularning tanasini tashkil qiluvchi barcha elementlarni saqlashi zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOLOGICAL VALUE AND FEATURES OF DIGESTION OF FOODS USED BY RABBITS

The physical condition, type, and age of the rabbits also have a significant effect on the digestion of nutrients. Probiotic nutrients have a positive effect on the general condition of the organism, the reproduction and development of rabbits, the hematological and biochemical state of animals, the morphofunctional state of the liver and excretory organs. Its inclusion in the diet of rabbits in the amount of 200 g/l helps to better adapt to the conditions of intensive technology. The normal functioning of the body depends on their growth and development, as well as resistance to various diseases, the complete organization of nutrition. Proper and regular nutrition is the key to good skin and body shape. Properly organized nutrition will improve the quality of any breed under study. Conversely, improper and poor feeding of rabbits leads to a decrease in productivity and disease qualities of even the best breeds. Foods consumed by animals must contain all the elements that make up their body.

Текст научной работы на тему «QUYONLAR TOMONIDAN ISTE’MOL QILINGAN OZUQA MODDALARINING BIOLOGIK QIYMATI VA HAZMLANISHINING XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

QUYONLAR TOMONIDAN ISTE'MOL QILINGAN OZUQA MODDALARINING BIOLOGIK QIYMATI VA HAZMLANISHINING

Probiotik ozuqalar organizmning umumiy holatiga, quyonlarning ko 'payishi va rivojlanishiga, hayvonlarning gematologik va biokimyoviy holatiga, jigarning morfofunksional holatiga va ekskretor organlarga ijobiy ta 'siri etadi. Uning 200 g/l miqdori quyonlarning ratsioniga kiritilishi intensiv texnologiyalar sharoitiga yaxshiroq moslashishga yordam beradi. Organizmning mo 'tadil faoliyati ularning o'sish va rivojlanishi hamda turli kasalliklarga chidamliligi oziqlantirishni to'la qimmatli va to'g'ri tashkil qilinishiga bog'liqdir. To'g'ri va tartibli oziqlantirish-yaxshi, sifatli teri va go'sht olishning asosi hisoblanadi. Oziqlantirish to'g'ri tashkil qilinsa, o'rganilayotgan har qanday zotning sifat ko'rsatkichlari yaxshilanadi. Aksincha quyonlarni noto 'g 'ri va yomon oziqlantirish hattoki eng yaxshi zotlarni ham mahsuldorlik va kasallik sifatlarini ham pasayib ketishiga olib keladi. Hayvonlar tomonidan iste'mol qilinadigan oziqalar tarkibida, ularning tanasini tashkil qiluvchi barcha elementlarni saqlashi zarur.

Kalit so'zlar: probiotik ozuqa, oqsillar, yog'lar, kletchatka, pepsin, xlorid kislota, fermentlar, hazmlanish koeffisiyenti, gematopoez, kraxmal.

Физическое состояние, тип и возраст кроликов также оказывают значительное влияние на усвоение питательных веществ. Пробиотические нутриенты положительно влияют на общее состояние организма, размножение и развитие кроликов, гематологическое и биохимическое состояние животных, морфофункциональное состояние печени и выделительных органов. Включение его в рацион кроликов в количестве 200 г/л помогает лучше адаптироваться к условиям интенсивной техники. От их

XUSUSIYATLARI

Normuhammedova Feruza Shavkatovna

Samarqand davlat universiteti magistranti. Namazova Dilnoza Irzaqulovna Stajyor_tadqiqotchi [email protected]

ANNOTATSIYA

БИОЛОГИЧЕСКАЯ ЦЕННОСТЬ И ХАРАКТЕРИСТИКИ ПИЩЕВАРЕНИЯ ПРОДУКТОВ КРОЛИКОВ

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

роста и развития зависит нормальное функционирование организма, а также устойчивость к различным заболеваниям, полноценная организация питания. Правильное и регулярное питание - залог хорошей кожи и формы тела. Правильно организованное питание улучшит качество любой исследуемой породы. Напротив, неправильное и плохое кормление кроликов приводит к снижению продуктивности и болезнетворных качеств даже лучших пород. Пища, потребляемая животными, должна содержать все элементы, составляющие их тело.

Ключевые слова. пробиотические питательные вещества, белки, жиры, клетчатка, пепсин, соляная кислота, ферменты, усвояемость, кроветворение, крахмал.

ARTICLE TITLE: BIOLOGICAL VALUE AND CHARACTERISTICS OF DIGESTION OF FOODS USED BY RABBITS

ANNOTATION

The physical condition, type, and age of the rabbits also have a significant effect on the digestion of nutrients. Probiotic nutrients have a positive effect on the general condition of the organism, the reproduction and development of rabbits, the hematological and biochemical state of animals, the morphofunctional state of the liver and excretory organs. Its inclusion in the diet of rabbits in the amount of200 g/l helps to better adapt to the conditions of intensive technology. The normal functioning of the body depends on their growth and development, as well as resistance to various diseases, the complete organization of nutrition. Proper and regular nutrition is the key to good skin and body shape. Properly organized nutrition will improve the quality of any breed under study. Conversely, improper and poor feeding of rabbits leads to a decrease in productivity and disease qualities of even the best breeds. Foods consumed by animals must contain all the elements that make up their body.

Keywords. probiotic nutrients, proteins, fats, fiber, pepsin, hydrochloric acid, enzymes, digestibility, hematopoiesis, starch.

Hozirgi kunda butun dunyoda aholi sonining jadallik bilan ortayotganligi bois, mavjud go'sht zahiralaridan (qoramol, qo'y-echki va boshq.) oziq-ovqat sifatida keng ko'lamda foydalanish hayvonlar sonining keskin kamayishiga olib kelmoqda. Parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik aholini sifatli go'sht va go'sht mahsulotlari

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bilan barqaror ta'minlashda asosiy zahira manbalari hisoblanadi. Shu bois, quyonlarni ekstremal sharoitlarda parvarishlash va oziqlantirishning qulay sharoitlarini aniqlash, ularning mahsuldorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish orqali go'sht tanqisligi muammosini ijobiy hal qilinishiga erishish mumkinligi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Organizmda tinimsiz ravishda kechayotgan moddalar almashinuvi va energetik jarayonlar uchun doimiy ravishda to'yimli moddalar xarajatlarini talab qiladi. Organizmning ichki imkoniyatlari chegaralanganligi bois hayvonlarning hayot faoliyatini, salomatliligini va mahsulotlarini sifatini saqlab turish uchun tashqi muhitdan ozuqalar tarkibida to'yimli moddalar tushib turish zarur. Oziqalarning asosiy komponentlarini oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral moddalar, suv tashkil etadi. Bu komponentlar nativ (o'zgarmagan) holda hayvonlar tomonidan faqatgina suv, erigan mineral tuzlar va vitaminlargina o'zlashtiriladi. Oqsillar, yog'lar va uglevodlar (polisaxaridlar) yuqori molekulyar birikmalar shaklida taqdim qilingan, chunki ular hayvonlar menbranasi teshiklaridan o'tmaydi, ular dastlab nisbatan oddiy molekulalargacha qayta ishlanishi zarur. Erimaydigan mineralli tuzlar va vitaminlar ovqat hazmi jarayonlarida eriydigan shaklga aylanadi.

METODLAR VA O'RGANILISH DARAJASI

Oziqalar to'yimli moddalarining hazmlanishi darajasini aniqlash uchun, quyonlarga berilgan ozuqalar va ular ajratgan moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari laboratoriyada tahlil qilinadi. Iste'mol qilingan ozuqalar tarkibidagi umumiy to'yimli moddalar miqdoridan foizlarda qayd qilingan hazmlangan moddalarning miqdori oziqalarning hazmlanishi koeffisenti sifatida qayd qilinadi. Masalan, quyonga 100 gramm pichan berilgan bo'lsa, uning 20 % ni suv tashkil qiladi. Demak, oziqalar tarkibida 80 gramm quruq modda saqlangan. Tezak shaklida 32 gramm quruq modda ajralib chiqqan [7,11]. Bu esa iste'mol qilingan pichan tarkibidagi 80 gramm quruq moddadan quyon organizmi tomonidan 48 gramm, ya'ni 60 % quruq moddaga nisbatan hazmlangan. Demak, ushbu 60 %, mazkur iste'mol qilingan oziqa tarkibidagi quruq moddaning hazmlanish koeffisentini tashkil qiladi. Xuddi shu yo'l bilan quyonlarga berilgan boshqa oziqalarning ham hazmlanish koeffitsentlari tajribalar yordamida aniqlangan. Oziqalarning hazmlanish koeffisenti tajribadagi hayvonlarning holatiga va oziqalarning sifatiga bog'liq holda o'zgarishi mumkin [16].

Quyonlar oziqalarning tarkibidagi to'yimli moddalarning hazmlanish qobiliyati bo'yicha boshqa turdagi qishloq xo'jalik hayvonlaridan farq qiladi. Masalan quyonlar

cho'chqalarga nisbatan oziqa klechatkasi va yog'ni yaxshi hazmlasa, azotsiz ekstrakt

382

Scientific Journal Impact Factor

moddalarni yomon hazm qiladi. Quyonlar pichanlar tarkibidagi barcha to'yimli moddalarni qo'ylarga nisbatan yomon hazmlaydi [17].

Quyonlar ratsioniga klechatkaga boy, dag'allashgan oziqalarning qo'shilishi, ular organizmida kechayotgan hazm jarayonlariga tormozlovchi ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu esa ratsion tarkibidagi barcha to'yimli moddalarning hazmlan ishiga va o'zlashtirilishiga ta'sir ko'rsatadi [14,16].

Oziqalarning hazmlanish koeffisentining oshishida, hayvonlar ishtahasining ahamiyati juda katta. Oziqalarning hidi, ta'mi, ularning tayyorlanish texnikasi, o'z vaqtida oziqlantirish ishtahaning yaxshilanishini ta'min etadi hamda oziqalarning o'zlashtirilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi [1,9,17].

Turli oziqalarning to'yimliligi ratsion tarkibiga qarab o'zgarib turadi, ya'ni turli oziqalarning bir-biriga bo'lgan nisbatiga qarab o'zgaradi. Quyonlar bir kamerali murakkab funksiyali me'dalarga ega va ko'r ichak juda yaxshi rivojlangan, lekin dag'al oziqalarni (hattoki quritilgan no'xat va boshqa donlar) hazmlash qobiliyati kavshovchi hayvonlarnikidan bir muncha past. Quyonlarni oziqlantirish quyonchilikning ushbu jihatlarini ham hisobga olish zarurdir [3,15].

K.N.Pupinina ratsion tarkibidagi har xil o'tlar pichan va arpaning hazmlanishini aniqlash bo'yicha tajribalar o'tkazdi. U kishinining xulosasiga ko'ra, quyonlarni oziqlantirishda faqat bitta pichandan foydalanish, ratsion tarkibidagi klechatkaning hazmlanishi koeffisenti ancha past bo'lganligi sababli yaxshi samara bermaydi. Quyonlarga suvli somoni oziqlantirilganda juda yomon hazmlanadi[8].

Qator tajribalarda aniqlanishicha turli oziqalardan iborat ratsion bilan oziqlantirilganda, ratsion tarkibidagi klechatkaning miqdori kamayadi, suli somonida esa, to'yimli moddalarning umumiy miqdori bor-yo'g'i 23% ni tashkil etadi. Quyonlar o'zlarining yuqori darajada jadal o'sishi, serpushtligi va tez yetishuvchanligi bilan ajralib turadi. Shu bois ular yetarli miqdorgacha to'yimli va mineral moddalarga va vitaminlarga ehtiyoj sezadilar. To'g'ri oziqlantirish deganda, kam miqdorda ozuqa xarajatlari hisobiga yuqori darajadagi mahsulot birligiga ega bo'lish va quyonlarni yaxshi salomatlik holatini ta'minlaydigan oziqlantirish tushuniladi [2,17].

Oziqlantirish to'g'ri tashkil qilinsa, o'rganilayotgan har qanday zotni sifat ko'rsatkichlari yaxshilanadi.

Ma'lumki, organizmning muhim tarkibiy qismi bo'lib oqsil hisoblanadi, c hunki oqsilsiz organizm rivojlanishi va hayot kechirishi mumkin emas.

Oqsillar organizm to'qimalari tarkibiga kiradi va boshqa to'yimli moddalar bilan almashtirilmaydi. Shu bois, ratsion tuzilayotgan paytda uning tarkibidagi oqsilni

Scientific Journal Impact Factor

hisobga olish jiddiy e'tibor berish talab etiladi. Ratsion tarkibidagi oqsil miqdorini kamayishi hayvonlar organizmini oriqlab ketishiga va turli kasalliklarga chalinishiga olib keladi. Ovqat hazm qilish jarayonida oqsillar tarkibiy qismlariga-aminokislotalargacha parchalanadi. Aminokislotalarning 30 ga yaqin xili ma'lum. Quyonlar tomonidan sut, ko'k o'tlar, pichan uni, baliq va suyak uni kabi hayvonot dunyosi oziqalarning to'la qimmatli oqsillarini juda yaxshi o'zlashtiradilar. Turli ozuqalar turlicha oqsil miqdoriga ega. Masalan kunjara va shrotlarda 30-45% gacha oqsil, dukkakli donda 30 % gacha saqlanadi. Oqsillar miqdori boshoqlilar donida 812 %, sabzavot va ildizmevalarda 0,5-10 % gacha hayvonot dunyosi oziqalarida oqsillar ko'p go'sht uni va quritilgan qonda protein 70-90 % saqlanadi[9].

Iste'mol qilingan oziqalar tarkibidagi yog'lar quyonlar organizmi tarkibiga kiradi. Ular mo'tadil hayot faoliyati va ko'payish uchun energiya va issiqlik manbai hisoblanadi, ular tarkibida almashtirib bo'lmaydigan yog' kislotalarini saqlaydi. O'simlik dunyosi yog'lari quyonlarning jun qoplamini rivojlanishiga uning yaltiroqligiga va mo'ynaning elastikligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, kanopli, kungaboqar soya donlarida 40% gacha yog' saqlaydi, suli va makkajo'xorida kam miqdorda 5-8 % gacha saqlanadi. Dukkakli o'tlar, javdar va bug'doyda yog' 1-2% saqlanadi[8,16].

Quyonlar organizmida uglevodlar qonda uzum qandi, shaklida va jigarda glikogen shaklida bo'ladi. Uglevodlar yoki azotsiz ekstrakt moddalar-issiqlik energiya manbai hisoblanadi. Organizmda uglevodlardan yog'lar ham hosil bo'lish mumkin. Shular orasida kraxmal va qand quyonlarni oziqlantirishda bir muncha yuqori ahamiyatga ega. Odatda kraxmal urug'liklar, ildiz va tuganaklarda saqlanadi. Suli va makkajo'xori donining quruq massasidagi kraxmalning miqdori 70% gacha bo'ladigan bo'lsa, kartoshka tuganaklarida 20% ga yaqin, qand asosan ildizmevalarda, qand lavlagi, sabzi, qovoq, tarvuzlarda ko'p bo'ladi.

Klechatkani ham uglevodlar qatoriga kiritadi. O'simliklar oziqalarining quruq moddasi tarkibida 80 % gacha saqlanadi. Eng ko'p miqdorda somonda 43 % gacha, bug'doy va arpa qobig'ida va o'simliklar poyasida ko'p saqlanadi. Ildizmevalarda klechatka juda kam. Quyonlar organizmida uglevodlar glikogen shaklida (tirik vaznning 2 % miqdorida) saqlanadi[11,14]

Quyonlar organizmida vitaminlar, moddalar almashinuvi jarayonining asosida yotuvchi kimyoviy reaksiyalarning boshqarilishida ishtirok etadi. Ular oziqalar tarkibidagi to'yimli moddalar: oqsillar, yog'lar va uglevodlarning organizmi tomonidan o'zlashtirilishini tezlashtiruvchi sifatida ta'sir ko'rsatuvchi katalizatorlar rolini bajaradigan fermentlar tizimi tarkibiga kiradi. Quyonlar organizmi uchun eng

Scientific Journal Impact Factor

ahamiyatli vitaminlar organizmda sintezlanganligi bois, unchalik ahamiyat kasb etmaydi[5].

Mineral moddalar orasida quyonlar uchun kalsiy va fosfor juda muhim ahamiyatga ega. Ular quyonlar organizmidagi barcha mineral moddalarning 65-70% tashkil etadi. Ularning o'zlashtirilishiga esa ratsion tarkibidagi D-vitamin ijobiy tasir ko'rsatadi[4]. Quyonlar ratsionida kaltsiy yetishmaganida serpushtlilik pasayadi, quyonchalarning hayotchanligi pasayadi, oziqalardan foydalanish darajasi kamayadi, oziqalardan foydalanish darajasi yomonlashadi, suyak hosil bo'lish jarayoni yosh quyonlarda buziladi[15].

Quyonlar uchun kalsiyning manbai bo'lib, dukkakli o'simliklar, sut, baliq va go'sht va suyak uni hisoblanadi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda kaltsiy qon ivishida ham faol ishtirok etadi. Quyonlar sutida kaltsiy ko'p. Quyonlar uchun kaltsiy manbai sifatiga oziqalarga bur yoki suyak unida har kuni erkak quyonlarga 5 g dan, o'sayotgan yosh quyonlar uchun 1-2 g dan qo'shib berish kerak[8].

Fosfor organizmni tashkil qiluvchi hujayralar yadrosining tarkibiga kiradi, yog'lar almashinuvida va ovqat hazmida ishtirok etadi. Fosfor yetishmaganida hayvonlarning umumiy holati yomonlashadi. Mahsuldorligi pasayadi. Kepaklar, pichan, o'tlar, go'sht-suyak va baliq unlari fosforning manbai hisoblanadi. Quyonlar ratsionidagi umumiy kaltsiyning miqdorining 60-70% miqdorida fosfor ularning ehtiyojini to'liq qondiradi. Shunday nisbatda berilganda ularning haqaqiy nisbati 2:1,0 (yoki 1,5) ni tashkil etadi. Emadigan quyonchalar kaltsiy va fosforning 80-90 % ni onasini sutidan o'zlashtiradilar[7,9]

TADQIQOT NATIJALARI

Organizmning har qanday tashqi yoki ichki ta'sirotchilarning ta'siriga to'qima, organ va a'zolarning qo'zg'alishi bilan javob qaytarishi, qon tarkibining morfofiziologik-biokimyoviy va immunologik o'zgarishilari natijasida namoyon bo'ladi. Chunki qon asab tizimidan so'ng organizmdagi barcha to'qima, organ va a'zolarni bir-biriga o'zaro bog'lanishini va organizmning yaxlitligini ta'minlovchi tizim hisoblanadi. SHu boisdan, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, quyonlar organizmiga tashqi muhitning ekologik noqulay omillarini ta'sirini, qonning tarkibini, morfo-biokimyoviy jihatlarini o'rganish orqali tahlil qildik.

Qon plazmasi tarkibidagi biokimyoviy birikmalardan oqsillarni ozuqaviy va iqlimiy omillar, ya'ni to'la qimmatli va qimmatsiz oziqlantirilgan quyonlar organizmida yuz beradigan morfologik ko'rsatkichlarning o'zgarishini o'rganish, muammoni ijobiy echimini topishga amaliy yordam beradi deb hisoblaymiz.

Scientific Journal Impact Factor

Olib borilgan tadqiqotlardan quyidagicha fikr-mulohazalarni keltirish mumkin. Quyonchilikni yanada rivojlanishini ta'minlash uchun parhez quyon go'shti yetishtirish bo'yicha shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklari rahbarlariga quyon go'shtining kimyoviy tarkibi va iste'mol qiluvchilarga esa norma asosida va normasiz oziqlantirilgan quyonlar go'shtining fizik va kimyoviy xususiyatlari haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar berish talab etiladi. Shu bois, qo'yilgan maqsadga erishish uchun mamlakatimiz hududida keng tarqalgan shinshilla zotli quyonlar organizmining o'sish va rivojlanishiga va ayrim metabolik jarayonlarning kechishiga norma asosida va normasiz oziqlantirishlarning ta'sirini o'rgandik.

Tajriba guruhi hayvonlari tomonidan ma'lum darajada to'yimli moddalarning ko'p iste'mol qilinishi oshqozon ichaklar tizimidagi hazm jarayonlarini kechishiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Natijada, tajriba guruhi hayvonlari tomonidan hazmlangan to'yimli moddalarning miqdori o'zaro mos holda nazorat guruhiga nisbatan 8,3%, 17,1% va 9,7% ga yuqori bo'lishi qayd etildi. Qiyoslanayotgan tajriba guruhi hayvonlari organizmidagi moddalar almashinuvining ma'lum darajada nazorat guruhi hayvonlaridagiga nisbatan yuqori bo'lishi ularning bir kecha-kunduzlik o'sish dinamikasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. O'rtacha kunlik o'sish tajriba guruhida 8,7 g ni tashkil etgan bo'lsa, nazorat guruhida bu ko'rsatkich 12,1% ga past ekanligi aniqlandi. Tadqiqot ishlarimizda ko'zlangan maqsadga erishish uchun, muvozanat tajribalaridan keyin, solishtirilayotgan guruhlarning har biridan 5 boshdan quyonlar, tajribalarda foydalanilgan usullar bo'yicha so'yildi, tanasi qismlarga bo'linib go'shtining kimyoviy tarkibi va ayrim fizik-kimyoviy xususiyatlari o'rganildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, norma asosida oziqlantirilgan tajriba guruhi hayvonlari go'shtining kimyoviy tarkibi, nazorat guruhi hayvonlarinikiga nisbatan tuyimli moddalarga ancha boy bo'lishi aniqlandi.

Quyon go'shtining oziqaviylik qiymatini baholashda, eng qulay mezon bo'lib, gavdaning bo'laklarga bo'lish va har bir bo'lagining go'sht massasini suyagidan ajratib olinganidan keyin, uning kimyoviy tarkibini o'rganish hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib terisidan tozalangan quyon gavdasi chanoq-son, kurak-elka, bel-dumg'oza, buyin-kukrak qismlarga va uzun tolali muskullarga bo'lindi. Solishtirilayotgan guruhlar quyonlarining go'shti mos holda nazorat guruhida 77.89 ± 0.46 % va 84,45±0.89% ni tashkil qilgan bo'lsa, suyaklar miqdori 22,11±0,67% va 15,55±0,43 % ni tashkil qilishi aniqlandi. Gavdaning qismlari orasida eng ko'p suyak massasi bo'yin - kukrak qismida bo'lishi aniqlandi, bu ko'rsatkich nazorat guruhida 23,14±0,49% va tajriba guruhida 19,06±0,72% ni tashkil etdi. «Go'sht indeksi» bo'yicha quyonlar gavdasi qismlari sifatining

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

to'lig'icha izohlash mumkin emas, shu bois quyonlar gavdasi qismlarining kimyoviy tarkibi o'rganildi.

Quyon go'shti sifatini aniqlashda muhim tavsiflovchi omil bo'lib, oqsil sifatli ko'rsatkich va uning energetik qiymati hisoblanadi. O'rganilgan guruhlar orasida yuqori oqsil - sifatli ko'rsatkichga uzun tolali muskullar va chanoq-son qismlarga ega bo'lishi aniqlandi va bu ko'rsatkichlar o'rtacha 6,7 va 6,2 ga teng bo'lish bilan birga yana yetarlicha yuqori energetik qiymatga ega ekanligini ham ta'kidlashimiz (140,31 kkal) lozim. Tajriba davomida oziqlantirishni quyonlarning bir kecha kunduzlik o'sishi va rivojlanishiga ta'siri bilan bir qatorda, quyonlar go'shtining kimyoviy tarkibi ham o'rganildi. Biz olib borgan tadqiqotlarimizda va ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda quyidagicha statistik ma'lumotlarni tahlil qildik

Quyonlar go'shtining kimyoviy tarkibi va biologik qiymati (100g mahsulotga nisbatan/g), (M±m, n=5)

I jadval

Yosh/ kun Ko'rsatkichlar Guruhlar

Nazorat Tajriba

60 Suv 73,9±1,35 74,9±1,28

Oqsil 19,1±0,35 17,9±0,76

Yog' 6,1±0,07 6,2±0,13

Kul 1,1±0,07 1,0±0.04

Energitik qiymati 166,0±2,02 161,0±2,00

120 Suv 70,1±1,09 70,3±1,15

Oqsil 19,9±0,93 19,7±0,89

Yog' 8,9±0,28 8,4±0,36

Kul 1,0±0,07 1,0±0,08

Energitik qiymati 197,0±2,09 187,0±2,85

180 Suv 64,4±1,40 66 ,5±1,41

Oqsil 19,2±0,63 19,6±0,83

Yog' 15,4±0,56 12,6±0,58

Kul 0,9±0,07 0,9±0,04

Energitik qiymati 255,0±2,30 231,0±2,07

Biz yuqorida keltirib o'tganimiz kabi quyonlar yetilib borgan sari ularning energetik qiymati ortib boradi.

Scientific Journal Impact Factor

Go'shtning tarkibidagi oqsilning ulushi nazoratda 19,1% gacha, tajribada 17,9 % ekanligi aniqlandi. Quyon go'shtining qoldiq tarkibi, ya'ni kulning tarkibi nazoratda 1,1 % gacha, tajribada 1,0 % qoldiq moddalar tashkil etdi.

Go'sht tarkibining energetik qiymati 65 kunlik quyon zotlarida 100 gr go'shtga nisbatan nazoratda 166 /kkal gacha, tajribada 161 /kkal ni tashkil etdi.

Jadval bo'yicha keltirilgan anolog quyonlarni ulg'ayib borishiga ko'ra tahlil qiladigan bo'lsak 135 kunlik quyon zotlarida go'sht tarkibidagi suvning miqdori nazoratda 70,1 % gacha, tajribada 70,3 % gacha kamayishi kuzatildi.

Aksincha, go'shtning biologik qiymatini oshirishdagi asosiy komponent hisoblanuvchi oqsilning ulushi nazoratda 19,9 % gacha, kulrang velikanda 19,7 %, gacha ortishi aniqlandi.

Yog'ning miqdori yosh 135 kunlik quyonlarda nazoratda 8,9% gacha, tajribada 8,4% ni tashkil etdi.

Quyon go'shtining qoldiq tarkibi nazoratda 1,0 % gacha, tajribada 1,0 % ni qoldiq moddalar tashkil etadi.

Yosh 135 kunlik quyon zotlarida 100 gr go'shtga nisbatan energitik qiymati nazoratda 197 /kkal gacha, tajribada 187 /kkal ni tashkil etadi.

Quyon zotlari go'shtining kimyoviy tarkibi va biologik qiymati 135 kunlik quyonlarda 65 kunlikka nisbatab olinganda quyidagicha o'zgarib borilgani tahlil qilindi. Suv va qoldiq kulning miqdori kamayib borgan, oqsil, yog', energetik qiymati nisbatan ortib borgan. Jadvalga asoslangan holda bir xil sharoitda saqlangan va bir xildagi ratsionlar bilan boqilgan quyonlar organizmidagi o'sish, rivojlanish jarayonlarining ko'rsatkichlari bilan bir qatorda go'shtni tashkil qiluvchi komponentlarining ulushi 270 kunlikda zotlar bo'yicha yuqoridagi tarzda boyishi va saqlanib qolishi aniqlandi. Shuni keltirib o'tish mumkinki bir xil tarkibdagi ratsionlar bilan oziqlantirilgan quyon zotlari go'shtining kimyoviy tarkibi va biologik qiymati 270 kunlik quyonlarda 65-135 kunlikka nisbatab olinganda quyidagich o'zgarib borilgani tahlil qilindi. Suv va qoldiq kulning miqdori kamyib borgan, oqsil, yog', energitik qiymati nisbatan ortib borgan. Quyonlar tana vaznini ortib borishi bilan oqsil va yog'ning miqdorini oshishi natijasida go'shtning energetik qiymati ham o'sib borishiga olib keldi.

1. Quyonlarning fiziologik holati probiotik ozuqa qo'shimchasidan foydalanilganda tananing moslashish qobiliyatining o'sishi bilan tavsiflanadi, bu yurak urishi va nafas olish tezligining pasayishi bilan namoyon bo'ladi.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. Probiotik ozuqa qo'shimchasini 200 g/t miqdorda ozuqlangan quyonlar organizmida metabolik jarayonlar faollashtirildi, bu oqsilning umumiy miqdorini 12,9% ga, glyukoza - 23,73% ga, oshirdi.

3. Probiotik ozuqalar gematopoezni faollashtiradi, bu periferik qonda qizil qon tanachalari sonining 12,3% ga, oq qon hujayralari 25,2% ga, trombotsitlar 9,47% ga, gemoglobin 26,24% ga ko'payishi bilan namoyon bo'ladi.

4. Probiotik ozuq qo'shimchasidan foydalanish buyraklarning funksional holatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, bu siydikning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan dalolat beradi.

5. Probiotik qo'shimchalar quyon go'shtining energiya qiymatini uning biologik qiymatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan 2,4 foizga oshirishga yordam beradi.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Александров, В. А. Разведение кроликов и нутрий. Приусадебное хозяйство. -М.:ЭКСМО - Пресс, ЛИК -Пресс, 2001. 197 с.( Alexandrov, V. A. Breeding of rabbits and nutria. Household economy. - M.: EKSMO-Press, LIK-Press, 2001. 197 p.)

2. Вагин, Е.А. Кролиководство в личных хозяйствах. -М.: Моск. Рабочий, 1991.-202 с.( Vagin, E. A. Rabbit breeding in private farms. - M.: Moscow. Worker, 1991. -202 p.)

3. Есенбаева, К.С. Физиологические особенности кроликов. Учебное пособие. Тюмень. 2004. -74 с.( Esenbayeva, K. S. Physiological features of rabbits. Training manual. Tyumen. 2004. -74 p.)

4. Калугин, Ю.А. Кормление кроликов. М.: Агропромиздат, 1985. - 95 с. (Kalugin, Yu. A. Feeding rabbits. M.: Agropromizdat, 1985. - 95 p.)

5. Калугин, Ю.А. Физиологическое значение капрофагии зайцеобразных и грызунов -Зоол. журн. 1974, т. 53, вып. 12. -С. 128 (Kalugin, Yu. A. Physiological significance of coprophagia of hares and rodents-Zool. journal. 1974, vol. 53, vol. 12.

6. Калугин, Ю.А. Физиологическое питание кроликов. -М.: Колос, 1980, -174 с. (Kalugin, Yu. A. Physiological nutrition of rabbits. - M.: Kolos, 1980, -174 p.)

7. С.А. Луговская [и др.] Лабораторная гематология / -М: Юнимед-пресс, 2002.- 115с (S. A. Lugovskaya [et al.] Laboratory hematology / - M: Unimed-press, 2002. - 115c)

- p. 128)

Scientific Journal Impact Factor

8. Лысов, В.Ф. Основы физиологии и этологии животных. М.: КолосС, 2004. -248с. (Lysov, V. F. Fundamentals of animal physiology and ethology. Moscow: KolosS, 2004. - 248p)

9. Пищевая химия /А.П. Нечаев [и др.]. -СПб.: ГИОРД, 2004. -640 с. (Food chemistry /A. P. Nechaev [et al.]. - St. Petersburg: GIORD, 2004. -640 p.)

10. Позняковский, В.М. Экспертиза мяса и мясных продуктов. Качество и безопасность /В.М. Позняковский. —Новосибирск: Сиб. унив. изд-во, 2005. -526 с. (Poznyakovsky, V. M. Examination of meat and meat products. Quality and safety /V. M. Poznyakovsky. - Novosibirsk: Sib. univ. publishing house, 2005. -526

11. Рахимкулов, Д.Р. Органический селен в рационах коров // Зоотехния. -2007. - №11. С. 10-11. (Rakhimkulov, D. R. Organic selenium in the rations of cows / / Zootechniya. -2007. - No. 11. pp. 10-11.)

12. Рахманов А.И, Домашняя звероферма. Содержание и разведение кроликов и пушных зверей а приусадебном участке. -М.: 2001.-160 с. (Rakhmanov A. I., Domestic animal farm. Maintenance and breeding of rabbits and fur-bearing animals in the infield. - M.: 2001. -160 p.)

13. Рубцов, В.В. Современные селеноорганические препараты// Журнал «Птицеводство». -М.: -2006. -№8,-с. 14-15 114 (Rubtsov, V. V. Modern selenium-organic preparations/ / Journal "Poultry farming". - M.: -2006. - No. 8, - pp. 14-15 114)

14. Сурай, П. Органический селен: преимущества для животных и человека / Сборник докладов 17-го Европейского, Ближневосточного и Африканского лекционного тура компании «Оллтек». 2000.-С.67-91 (Suray, P. Organic selenium: benefits for animals and humans / Collection of reports of the 17th European, Middle Eastern and African lecture tour of the Alltech company. 2000. - p. 67-91)

15. Хаитов Р.М., Назаров Ш.Н., Исходов А.Т. Иммунология. - Тошкент. Ибн Сино. 1996. 70-78 б (Khaitov R. M., Nazarov G. N., Iskhakov A. T. Immunology. -Tashkent. Ibn Sino, 1996. 70-78 p)

16. Холбеков М.Е. Влияние высокой температуры и нейропептида деморфина на процесси физиологической адаптации белых крыс // автореф. дис. канд. биол. наук. -Таджик. гос. нац. ун-т. - Душанбе. 2002. - С. 22. (Kholbekov M. E. The influence of high temperature and the neuropeptide dermorphin on the processes of physiological adaptation of white rats. biol. nauk. - Tajik. state. national. un-T. -Dushanbe. 2002 - - p. 22.)

p.)

Scientific Journal Impact Factor

17. Худайберидиев, М.Д., Аманекова А.Ш., Султанов Ф.Ф. Температура тела, концентрация кальция, натрия и глюкозы в плазме при адаптации человека к высокой температуре // Физиология человека. 1990. -Т.16, №4. - С. 125-129. (Khudaiberdiev, M. D., Mankova A. Sh., Sultanov F. F. Body temperature, concentration of calcium, sodium and glucose in plasma during human adaptation to high temperature // Human Physiology. 1990. - Vol. 16, No. 4. - pp. 125-129.)

18. Yan You, E.Zhao, Yong Qi. Pathophysiological factors underlying heat store // Med Hypotheses. - 2006. - Vol. 67, №3. - P.609-617.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.