Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA PARVARISHLANAYOTGAN ERKAK ASALARILARNING YOSHIGA QARAB SPERMA URUG‘INI YETILISHI VA O‘ZGARIB TURISHI'

FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA PARVARISHLANAYOTGAN ERKAK ASALARILARNING YOSHIGA QARAB SPERMA URUG‘INI YETILISHI VA O‘ZGARIB TURISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
39
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkak asalari / sperma urug‘i / konsistentsiya / zichligi / genetik / informatsiya / shprits / sellktsiya / izalyator / kremniy. / male bee / sperm seed / consistency / density / genetic / information / syringe / selection / insulator / silicon.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Jamolov, O To‘raev, B. Abduvaliyev

Maqolada Farg‘ona viloyati sharoitida parvarishlanayotgan erkak asalarilarni yetilish davrlari, undagi sperma urug‘ini hosil bo‘lishi, sperma hosil bo‘lishini uning yoshiga qarab o‘zgarib turishi va uning rangini (konsistentsiyani) farqlanib turishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MATURATION AND CHANGES OF SPERM DEPENDING ON THE AGE OF MALE BEES RAISED IN THE CONDITIONS OF FERGANA REGION

In the article, the maturation periods of male bees in the conditions of Fergana region, the formation of sperm seeds in them, changes in sperm formation depending on its age, and differences in its color (consistency) are discussed. data is provided.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYATI SHAROITIDA PARVARISHLANAYOTGAN ERKAK ASALARILARNING YOSHIGA QARAB SPERMA URUG‘INI YETILISHI VA O‘ZGARIB TURISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FARG'ONA VILOYATI SHAROITIDA PARVARISHLANAYOTGAN ERKAK ASALARILARNING YOSHIGA QARAB SPERMA URUG'INI YETILISHI VA

O'ZGARIB TURISHI Jamolov R. Q.

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi To'raev O. S.

C.H.P.I.T.I. Asalarichilik bo'limi mudiri, q.x.f.n. Abduvaliyev B.

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7442031

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona viloyati sharoitida parvarishlanayotgan erkak asalarilarni yetilish davrlari, undagi sperma urug'ini hosil bo'lishi, sperma hosil bo'lishini uning yoshiga qarab o 'zgarib turishi va uning rangini (konsistentsiyani) farqlanib turishi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: erkak asalari, sperma urug'i, konsistentsiya, zichligi, genetik, informatsiya, shprits, sellktsiya, izalyator, kremniy.

СОЗРЕВАНИЕ И ИЗМЕНЕНИЯ СПЕРМЫ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВОЗРАСТА САМЦОВ ПЧЕЛ, ВЫРАЩЕННЫХ В УСЛОВИЯХ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. В статье обсуждаются сроки созревания пчел-самцов в условиях Ферганской области, образование у них спермиев, изменения образования спермы в зависимости от ее возраста, различия в ее окраске (консистенции). .

Ключевые слова: пчела-самец, сперматозоиды, консистенция, плотность, генетика, информация, шприц, отбор, изолятор, кремний.

MATURATION AND CHANGES OF SPERM DEPENDING ON THE AGE OF MALE BEES RAISED IN THE CONDITIONS OF FERGANA REGION

Abstract. In the article, the maturation periods of male bees in the conditions of Fergana region, the formation of sperm seeds in them, changes in sperm formation depending on its age, and differences in its color (consistency) are discussed. data is provided.

Keywords: male bee, sperm seed, consistency, density, genetic, information, syringe, selection, insulator, silicon.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligning boshqa tarmoqlari singari, uning asosiy sohasi hisoblangan asalarichilikni rivojlantirish borasida xam, bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, asalarichilik sohasini barqaror rivojlanishiga xuquqiy asos bo'lgan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 3327-sonli qarori, bu borada muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shu qaror asosida, asalarichilik tarmog'i jadal rivojlana boshlandi, qaror asosida asalari oilasi 2021 yilning ohiriga kelib, ularing soni 1140000 oilaga oshib ketdi. Oila mahsuldorligi esa ekologik jihatdan yaxshilanib bormoqda [1].

Ona asalari balog'at yoshiga yetgandan so'ng, u tabiiy sharoitda erkak asalari bilan faqatgina ochiq havoda uchrashib, urug'lanib qaytadi. Uning ana shu xususiyatini nazorat qilib bo'lmasligi uchun, asalarichilikda selektsiya-naslchilik ishlarini olib borishni ancha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qiyinlashtiradi. Shu maqsadda, ona asalarini sun'iy usulda urug'lantirish maqsadida ko'p miqdorda ertangi sog'lom erkak asalari yetishtirish maqsadga muvofiqdir.

Huddi shunday, Yevropa mamakatlarida shu maqsadda ko'plab erkak asalarilar yetishtiradilar [2,4]. Shuningdek, Rossiyada bu ishlar keng yo'lga q'yilgan [3,4].

O'zbekiston sharoitida ona asalarini sun'iy usulda urug'lantirish ishlari ilk bora o'tkazilganligi sababli, erta bahordan boshlab erkak asalari yetishtirishda alohida e'tibor berilmoqda va erkak asalari yetishtirishning innovatsion texnologyasi ishlab chiqildi hamda joriy etildi [6].

Natijada asalari oilasida erkak asalarilar ham, xuddi ona asalarilardek, oilada genetik strukturani tashkil etishda roli beqiyosdir. Shuning uchun ham, ularni oilada bo'lib turishi, katta ahamiyatga ega.

Asalari oilasida erkak asalari muhim rol o'ynaydi. Xususan, respublikamizda ona asalari yetishtiradigan naslchilik xo'jaliklarida, ertangi erkak asalarilarning bo'lishi katta ahamiyatga ega. Bunday xo'jaliklarda ona asalarilarni urug'lantirishda, ko'p miqdorda erkak asalarilarning bo'lishi talab etiladi. Ona asalari sun'iy usulda urug'lantirish ishlari ham respublikamizda ilk bora boshlab yuborildi.

Erkak asalarining umumiy ko 'rinishi

Tadqiqot o'tkazish uslubi. Farg'ona davlat universitetining "Asalarichilik va dorivor o'simliklar yetishtirish ilmiy inovatsion markazi" unitary korxonasining asalarichilik xo'jaligida 2022 yilda sun'iy usulda ona asalarini urug'lantirishda ertangi erkak asalari yetishtirishning eng oddiy va hammabop usullari tashkil etildi.

Tadqiqotlar o'tkazish davrida o'tgan yilning kuz faslidan boshlab eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 20 ta asalari oilasi tanlab olindi va ular ikki guruxga 10 tadan, tajriba va nazorat guruxlariga bo'lindi.

Dekabr oyidan mart oyigacha tajriba guruxidagi asalari oilalarini qo'shimcha oziqlantirish uchun 0,5 kg.dan kandi (shakar uni, asal va soya urug'i kukuni qo'shilgan hamirsimon ozuqa) berib borildi. Nazorat guruxiga esa qo'shimcha ozuqalar berilmadi.

2022 yilning mart oyining dastlabki kunlaridan boshlab, barcha tajriba guruhidagi asalari oilalaridagi ramkalar soni qisqartirildi, asalari uyasi yaxshi isitildi va asalarilarni oziqlantirish ishlari boshlab yuborildi.

Tajriba guruxidagi asalari oilalarining o'rta qismida, erkak asalari katakchalari ko'p bo'lgan, ikki dona asalari romi qo'yildi va bunday oilalar erkak asalari yetishtiriladigan tarbiyalovchi oilalar hisoblanib, ular erta bahorda shakar sharbati (1:1 nisbatda) bilan birga (1 litr shakar sharbati - 40 mg) soya suti bilan oziqlantirib, kun ora 250 mg.dan berib borildi. Nazoratdagi guruhga esa erta bahorda faqatgina shakar sharbatidan (1-1 nisbatda) oziqlantirib, kunora 250 mgr miqdorida berib borildi. Bu guruxga boshqa xil qo'shimcha ozuqalar berilmadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Olingan barcha raqamli ma'lumotlar biometrik varriatsion statistika usulida qayta ishlandi [5].

Tadqiqot o'tkazish natijalari. Nazoratdagi va tajriba guruxlardagi erkak asalari yeishtiradigan tarbiyalovchi oilalarini, birinchi bor mart oyining dastlabki kunida nazoratdan o'tkazildi va shundan so'ng har 14 kunda (erkak asalari nasli 14 kunda yetiladi) erkak asalari naslini yetilishini nazorat qilish, doimiy ravishda o'tkazib turildi. Erkak asalari naslini tajriba va nazorat guruhlarida yetilishi davrlari quyidagi 1-jadvalda ko'rsatilgan.

1-jadval R

ETarbiyalovchi asalari oilalarida erkak asalarilar soni

(o'rtacha 1 ta asalari oilasida)

T/r Guruxlar Tarbiyalangan erkak asalari miqdori Jami tarbiyalangan erkak asalari nasli % hisobida

mart aprel may iyun iyul

1 Nazorat guruxi 140 198 264 298 240 1140 171,4

2 Tajriba guruxi 309 518 880 1004 741 3452 239,8

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinayaptiki, tajriba guruhida erkak asalari yetishtirish nazorat guruxiga nisbatan 14 kun oldin yetishib chiqganligi hamda mart-avgust oylarida, ya'ni olti oy davomida har bitta oila 3452 ta erkak asalari nasli tarbiyalandi yoki bu nazorat guruxidagi oilalarga nisbatan 239,8 % ga ko'pdir.

Erkak asalari sifatini, uning katakchalardan chaqishi bilan, bir kunlik davrdagi vazni ko'rsatkichi, oyma-oy aniq o'lchaydigan elektron dala tarozisida o'lchash yo'li bilan amalga oshirildi.

Quyidagi 2-jadvalda erkak asalarilarning o'rtacha tirik vaznini o'zgarib turishi ko'rsatilgan.

2-jadval

Erkak asalarining o 'rtacha tirik vaznini o 'zgarib turishi

Guruhlar o'lchangan vaqti n lim M±m

Nazorat guruxi mart 10 190-254 227,8±0,04

aprel 10 219-274 246,9±0,09

May 10 209-265 234,7±0,11

iyun 10 209-261 231,7±0,21

iyul 10 209-261 227,6±0,05

Tajriba guruxi mart 10 195-261 233,1±0,19

aprel 10 208-298 263,5±0,31

May 10 209-272 253,7±0,23

iyun 10 210-270 251,6±0,18

iyul 10 210-269 248,5±0,09

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2-jadvalda erkak asalarilarning vazni oylar davomida o'zgarib turishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinayaptiki, eng og'ir vaznli erkak asalari, tajriba guruxlarida aprel oyida 263,5±0,31 mg bo'lib, ularning vazni keyingi oylarda ancha miqdorda yengillashib (248,5±0,09 mg) borishi kuzatilgan, hatto tarbiyalovchi oilalarga berilgan qo'shimcha ozuqalar ham, ularning vazniga yetarlicha ta'sir etmagan. Erkak asalarilarning og'irligi ishonchli ravishda, faqatgina aprel oyida yetshtirilganlarda, ijobiy natijalar olingan.

Shunday qilib, eng og'ir vaznli erkak asalarilarni aprel oyida yetshtirilishi aniqlandi, tajribadagi asalari oilalarida mart oyida 309 ta, aprel oyida 518 ta, may oyida 880 ta va iyun oyida esa 1004 ta erkak asalari nasli yetishtirilgan bo'lsa, ularning vazn ko'rsatkichi ham xuddi shunday mutanosib ravishda 233,1; 263,5; 253,7; 251,6 mg atrofida o'zgarib turganligi aniqlandi.

O'tkazilgan tajribalardan shunday xulosalar qilish mumkinki, erta bahordan boshlab, ko'p miqdorda jismonan sog'lom yetilgan, erkak asalari yetishtirish maqsadida asalarichilik fermer va naslchilik xo'jaliklarida erta bahordan boshlab, har bir tarbiyalovchi erkak asalari oilalariga 1-2 tadan erkak asalari katakchalari bo'lgan ramkalardan berish va ularni 1 litr shakar sharbatiga (1:1 nisbatda) 40 mg soya suti qo'shimchasi bilan kunora oziqlantirib turish tavsiya etiladi.

Erkak asalari yoshini sperma hosil bo'lishiga ta'siri. Ona asalarini tabiiy yo'l bilan va sun'iy usulda urug'lantirish sharoitida erkak asalarilarni roli juda beqiyosdir. Chorvachilikdagi boshqa xayvonlaridan farqli o'laraq, ona asalari hayoti davomida bir marotaba, bir necha erkak aslari bilan qo'shilib, urug'lanib qaytadi. Erkak asalari esa bitta ona asalari bilan faqatgina bir bora uchrashib, hayotdan ko'z yumadi. Urug'langan ona asalari esa urg'ochi va erkak nasllarni davomchisi bo'lib hisoblanadi.

Shuning uchun ham ona asalari shu zotga xos bo'lgan barcha genetik informatsiyalarni butun avlodga yetkazuvchi vosita hisoblanadi.

Tadqiqot o'tkazish maqsadida biz eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan va barcha xo'jalik foydali xususiyatlari yuqori bo'lgan asalari oilalarini tanlab oldik va ulardan sifatli erkak asalarilar yetishtirdik.

Otalik asalari oilalarini tanlashda, ularni ona asalari bilan qarindosh emasligi va qatiy ravishda selektsiya ishlariga rioya etgan holda ishlar bajarildi. Barcha tanlab olingan asalari oilalari karpat zotiga mansub edi. Ma'lum yoshdagi erkak asalarilarni yetishtirishda erkak asalari nasli bo'lgan asalari romlarini maxsus izolyatorlarga joylashtirdik va erkak asalarini yetilib chiqishi bilan ularning bir kunlik vazni elektron torozilarda o'lchab chiqildi va maxsus ranglarda bo'yab chiqildi. Bu usulda ularni adashmay topib olishga va ular bilan, tadqiqot ishlarini o'tkazishda imkoniyatlar yaratildi.

Erkak asalari sperma urug'ini olish uchun maxsus xona (laboratoriya) tayyorlandi. xonada harorat 25-280S atrofida va xavo namligi 80% miqdorida saqlab turildi.

Erkak asalari spermasini baholash uchun kremniy rangdagilar bilan birga qoramtir-kremniy rangdagilari tanlab olindi. Har bitta eakak asalarilarning o'rtacha sperma suyuqligi 1,1-1,7mm3 atrofida o'zgarib turdi.

Bitta erkak asalarining sperma suyuqligini yoshiga qarab o'rtacha miqdori quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3-jadvalR

Bitta erkak asalarining sperma suyuqligini yoshiga qarab o'rtacha miqdori (mm3)

Erkak asalari yoshi (kun) Erkak asalari olindi (dona) Sperma suyuqligi (mm3)

lim M±m Cv,1

10-16 20 0,8-1,4 1,1 0,15

17-18 23 1,5-1,9 1,7 0,18

20-22 26 1,3-1,7 1,5 0,16

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinyaptiki, erkak asalarilarning 10-16 kunlik yoshida sperma suyuqligi 1,1 mm3 atrofida b'lsa, 17-18 kunlik yoshida 1,7 mm3 va 20-22 kunlik yoshida esa 1,5 mm3 atrofida o'zgarib turgan. 17-18 kunlik yoshidagi erkak asalarilarda 10-16 kunlik erkak asalarilarda sperma suyuqligi 0,6 mm3 va 20-22 kunlik yoshdagilarda esa 10-16 kunlik yoshdaglarga nisbattan 0,2 mm3 ga ko'p bo'lgan yoki bu 154,5 va 113,3%-ni tashkil etadi.

Olingan bu ma'lumotlarimiz Gulov A.N. va boshqalar (2015), Gulov A.N., Borodachev A.V. Zemyankina J.A. va boshqalarning (2016), tadqiqotlari natijalariga o'xshashlik tomonlari bor. Tadqiqotchilarning xulosa qilishlaricha, erkak asalarilarning sperma suyuqligi uning yoshiga qarab o'zgarib turishi hamda erkak asalari yetishtiriladigan tarbiyalovchi asalari oilalarini erta bahordan boshlab oqsilli ozuqalar bilan oziqlantirib turishini taklif etadilar.

Xulosa. Erkak aslarilari jinsiy jihatdan 12-15 kunlik yoshda yetilishi aniqlandi. Erkak asalarining sperma suyuqligi, uning yoshiga qarab o'zgarib borishi va 30 kunlik yoshdagi erkak asalarilarga ancha miqdorda ko'payib, uning rangi kremniysimon va ancha quyuqlashganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabrdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yana rivojlantirish chora-tadbirlari to'risida"gi PQ-3327-sonli qarori. "Qishloq xayoti" gazetasi. 2017 yil 17 oktyabr.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. J. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 24-26.

3. Gulov A.N., Borodachev A.V. Kachestvo spermi i otsenka ottsovskix semeney. J. "Pchelovodstvo", 2016, №10, sr. 25-26.

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Fargona "Classik", 2022.

5. Zemyankina J.A., Lya^enko N.V., Yurina N.A. Virashivanie i soxranenie trutney dlya instrumentalnogo osemeneniya. J. "Pchelovodstvo", 201, №9, str. 6-8.

6. Jamolov R., Boboyev B., O'Ktamjonov S. Farg 'ona vodiysida ona asalari yetishtirishning asalarichilikni rivojlantirishdagi va oila mahsuldorligini oshirishdagi ahamiyati //Science and innovation. - 2022. - t. 1. - №. d7. - c. 43-49.

7. Merkureva Ye.K. Biometriya v selektsii i genetike selskoxozyaystvennix jivotnix. Moskva, "Kolos", 1983.

8. Kushmatovich, J. R., Safarovich, T. O., Rustamovna, J. D., Pardaevich, A. T. (2022). The effect of artificial insemination of queen bees in the fergana valley on its ovulation. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(6), 1-5.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

9. Jamolov, R., Azizov, r., O'ktamova, Z. (2022). Asalari oilalarining tinch yo 'l bilan ona asalarini almashtirishi va ona asalari sifatiga ta'sir etuvchi omillar. science and innovation, 1(d7), 229-233.

10. T'raev O.S., Mavlanov S.I., Kaxramonov B.K. va boshq. O'zbekiston sharoitida ona asalarini sun'iy usulda urug'lantirish afzalliklari. "Respublika chorvachiligini rivojlantirish istiqbollari" mavzusdagi ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. Toshkent, 2019, 251-255 betlar.

11. Zokirova, S. K., Jamolov, R. K., Boboyev, B., & Kodirova, N. (2021). Determination of the agrophysical properties of the soil. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 1083-1085.

12. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., & Xolmatova, M. A. (2022). ASALARICHILIK VA UNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 644-649.

13. Jamolov, R., Tolipova, X., & Oxunova, D. (2022). O 'ZBEKISTON IQLIM SHAROITIDA ASALARILARNING VORROATOZ KANA KASALLIGI VA UNGA QARSHI KURASHISH USULLARI. Science and innovation, 1(D7), 50-55.

14. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., & Xolmatova, M. A. (2022). ASALARILAR OILASINING YASHASH TARZI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 666-671.

15. Jamolov, R., Abdullayeva, G., Haydarova, N., & Teshaboyev, N. (2021, July). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES. In Konfapen^u.

16. Kushmatovich, J. R., Safarovich, T. O., Rustamovna, J. D., & Pardaevich, A. T. (2022). The effect of artificial insemination of queen bees in the fergana valley on its ovulation. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(6), 1-5.

17. Qoshmatovich, J. R. (2022). TECHNOLOGY OF FEEDING FAMILIES OF BEES IN DIFFERENT TYPES OF HOUSEHOLDS IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(3), 295-301.

18. Kushmatovich, J. R. (2022). THE ROLE OF BEE POLLINATION IN UZBEKISTAN AND ITS ROLE IN INCREASING PRODUCTIVITY. PEDAGOGS jurnali, 12(2), 176-179.

19. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Konfapen^u.

20. Abdurahimova, M., Nazirjonov, U., & Muhammadjonov, R. (2022). DORIVOR ECHINACEA PURPUREA O 'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN HALQ TABOBATIDA FOYALANISH. Science and innovation, 1(D6), 197-201.

21. Abdurahimova, M., Tursunaliyev, S., & Botirova, G. (2022). HEALING PROPERTIES OF MEDICINAL WHITE AND BLACK (SESAME) SESAME. Science and Innovation, 1(7), 100-104.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.