Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSIDA ONA ASALARI YETISHTIRISHNING ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI VA OILA MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI'

FARG‘ONA VODIYSIDA ONA ASALARI YETISHTIRISHNING ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI VA OILA MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
123
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona asalari / tog`li xudud / paxta ekiladigan xudud / uya xarorati / sifatli rom / tuxum / lichinka vazni / kam kuch / energiya / qafascha / kletka gaydar / nukleus / fizologik qarish / sperma zaxirasi / nasil-nasab / duragay / urug`don / zaxar bezi. / queen bee / mountainous area / cotton growing area / hive temperature / quality rum / egg / larval weight / low energy / energy / cage / cell size / nucleus / physiological aging / sperm reserve / progeny / hybrid / testicle / poison gland.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Jamolov, B. Boboyev, Sh O‘ktamjonov

Farg‘ona vodiysi sharoitida ona asalarilar ko`pincha fevral oyining ikkinchi yarmida, ya’ni barqaror iliq kunlar boshlanishi bilan tuxum qo`yishga kirishadi. Keyinchalik salqin xavo tushsa xam ona asalarilar tuxum qo`yishni xech xam to`xtata olmaydi. Bu davrda ona asalarilar bir kunda ko’pi bilan 20-50 ta gacha tuxum qo’yadi. Asalari uyasidagi ochiq nasl joylashgan qismidagi harorat 340 daraja atrofida ushlab turiladi. Shuning uchun ham qishlovdan chiqqan asalari oilalarining bahorda rivojlanish vaqtida asalari uyasidagi haroratni bir me’yorda saqlash uchun uya isitiladi va uning hajmi qiskartiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF BREEDING OF ROYAL BEES IN THE DEVELOPMENT OF BEEKEEPING AND INCREASE OF FAMILY PRODUCTIVITY IN FERGANA VALLEY

In the conditions of Fergana Valley, mother bees often start laying eggs in the second half of February, that is, with the onset of stable warm days. Even if the cool weather comes later, the queen bees will not be able to stop laying eggs. During this period, mother bees lay up to 20-50 eggs in one day. The temperature in the open brood area of the beehive is maintained at around 340 degrees. Therefore, during the development of bee families that have left the colony in the spring, the hive is heated and reduced in size to keep the temperature in the beehive at the same level.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSIDA ONA ASALARI YETISHTIRISHNING ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI VA OILA MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDAGI AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FARG'ONA VODIYSIDA ONA ASALARI YETISHTIRISHNING ASALARICHILIKNI RIVOJLANTIRISHDAGI VA OILA MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDAGI

AHAMIYATI Jamolov Rapiqjon Qushmatovich

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Boboyev Baxromjon Kenjayevich

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi q/x.f.n, dotsent O'ktamjonov Shohruhbek Botirbek o'g'li

Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7219744

Annotatsiya. Farg'ona vodiysi sharoitida ona asalarilar ko'pincha fevral oyining ikkinchi yarmida, ya'ni barqaror iliq kunlar boshlanishi bilan tuxum qoyishga kirishadi. Keyinchalik salqin xavo tushsa xam ona asalarilar tuxum qoyishni xech xam to xtata olmaydi. Bu davrda ona asalarilar bir kunda ko'pi bilan 20-50 ta gacha tuxum qo'yadi. Asalari uyasidagi ochiq nasl joylashgan qismidagi harorat 340 daraja atrofida ushlab turiladi. Shuning uchun ham qishlovdan chiqqan asalari oilalarining bahorda rivojlanish vaqtida asalari uyasidagi haroratni bir me 'yorda saqlash uchun uya isitiladi va uning hajmi qiskartiriladi.

Kalit so'zlar: ona asalari, tog li xudud, paxta ekiladigan xudud, uya xarorati, sifatli rom, tuxum, lichinka vazni, kam kuch, energiya, qafascha, kletka gaydar, nukleus, fizologik qarish, sperma zaxirasi, nasil-nasab, duragay, urug don, zaxar bezi.

ЗНАЧЕНИЕ РАЗВЕДЕНИЯ КОРОЛЕВСКИХ ПЧЕЛ В РАЗВИТИИ ПЧЕЛОВОДСТВА И ПОВЫШЕНИИ ПРОДУКТИВНОСТИ СЕМЬИ В

ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

Аннотация. В условиях Ферганской долины пчелиные матки чаще приступают к откладке яиц во второй половине февраля, то есть с наступлением устойчивых теплых дней. Даже если прохладная погода наступит позже, пчелиные матки не смогут перестать откладывать яйца. В этот период пчеломатки откладывают до 20-50 яиц за сутки. Температура в открытой расплодной зоне улья поддерживается на отметке 340 градусов. Поэтому в период развития пчелиных семей, покинувших семью весной, улей обогревают и уменьшают в размерах, чтобы поддерживать температуру в улье на одном уровне.

Ключевые слова: пчелиная матка, горная местность, район выращивания хлопчатника, температура улья, качественный ром, яйцо, масса личинки, низкая энергия, энергия, клетка, размер клетки, ядро, физиологическое старение, запас спермы, потомство, гибрид, яичко, ядовитая железа. .

THE SIGNIFICANCE OF BREEDING OF ROYAL BEES IN THE DEVELOPMENT OF BEEKEEPING AND INCREASE OF FAMILY PRODUCTIVITY IN FERGANA

VALLEY

Abstract. In the conditions of Fergana Valley, mother bees often start laying eggs in the second half of February, that is, with the onset of stable warm days. Even if the cool weather comes later, the queen bees will not be able to stop laying eggs. During this period, mother bees lay up to 20-50 eggs in one day. The temperature in the open brood area of the beehive is maintained at around 340 degrees. Therefore, during the development of bee families that have

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

left the colony in the spring, the hive is heated and reduced in size to keep the temperature in the beehive at the same level.

Keywords: queen bee, mountainous area, cotton growing area, hive temperature, quality rum, egg, larval weight, low energy, energy, cage, cell size, nucleus, physiological aging, sperm reserve, progeny, hybrid, testicle, poison gland.

KIRISH

Asalari oilasining mahsuldorligi va xayotchanligi oiladagi ona asalari sifatiga bog'lik. Shuning uchun ham fermer xo'jaliklar va havaskor asalarichilikda asalari oilalarining mahsuldorligi, har yili oila o'sishi va o'limi, asalarichining mehnat unumdorligi va asalarizorning rentabellik darajasi, asalari oilasining qanday darajada ona asalari bilan ta'minlanganligiga bog'lik bo'ladi.

Farg'ona vodiysining tog li sharoitlarida ona asalarilar 6-7 oy, paxta ekiladigan zonalarda esa 9 oygacha tuxum qo'yadi. SHuning uchun ham paxta ekiladigan zonalarda har yili va tog'li zonalarda esa har ikki yilda ona asalarilar almashtiriladi. Ona asalarilarning ayrimlarining ikkinchi mavsumda tuxum qo'yish qobiliyati 10-25 % gacha pasayadi, gohida esa qishlov vaqtida ularning ko'pi nobud bo'ladi.

Farg'ona vodiysi sharoitida ona asalarilar kopincha fevral oyining ikkinchi yarmida, ya'ni barqaror iliq kunlar boshlanishi bilan tuxum qo'yishga kirishadi. Keyinchalik salqin xavo tushsa xam ona asalarilar tuxum qo'yishni xech xam to'xtata olmaydi. Bu davrda ona asalarilar bir kunda ko'pi bilan 20-50 ta gacha tuxum qo'yadi. Asalari uyasidagi ochiq nasl joylashgan qismidagi harorat 340 daraja atrofida ushlab turiladi. Shuning uchun ham qishlovdan chiqqan asalari oilalarining bahorda rivojlanish vaqtida asalari uyasidagi haroratni bir me'yorda saqlash uchun uya isitiladi va uning hajmi qiskartiriladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ona asalari tuxum qo'yishi uchun uyaning markaziga bo'sh, sifatli romlar qo'yiladi va xar 4-5 kunda oiladagi ozuqa asal, hamda ona asalari qanday tuxum qo'yayotganligi tekshirib ko'riladi.

Asalari oilasining mahsuldorligi oilanng kuchiga bog'lik bo'ladi. Bu o'z navbatida ona asalarining sifatiga va kelib chiqishiga uzviy bog'lik. Ona asalarining serpushtligi ularning tuxumdoni va tuxum naychalarning rivojlash darajasiga bog'liq bo'ladi. Ona asalari tuxumdondagi tuxum naychalari soni qancha ko'p bo'lsa, ular shuncha serpusht bo'lib ko'ptuxum ko'yadi, tuxum naychalari soni kam bo'lsa shuncha kam tuxum ko'yadi Bunday sifatsiz ona asalarilarni darhol yaroqsizga chiqarib tashlanadi.

Asalari oilasida ona asalari rom katakchalarining bir tomoniga yuzlab tuxum qo'ygach, keyin romning ikkinchi tomoniga o'tadi va oldingi tomonidagi katakchalariga nisbat simmetrik holda tuxum qo'yishga kirishadi. Shu tariqa butun rom bo'ylab tuxum qo'yib bo'lgandan keyin boshqa romga o'tadi. Ona asalari bunday usulda tuxum qo'yishiga asosiy sabab shuki, oiladagi yopiq nasl ichidagi g'umbakchalar o'z vaznining kamayishi hisobiga juda kup issiqlik chiqaradi. Masalan, asalari g'umbakchasi ( 12 kun ichida uning vazmi 295 mg dan 104 mg gacha kamayadi, ya'ni 12 kun ichida bitta romdagi yopiq asalari nasli 3600 kla kolloriya issiqlik ajratib chiqaradi. (Esnov1981) Shuning uchun ona asalarilar o'zlari uchib ketmasligi uchun romlarga yoyilibroq tuxum qo'yishga harakat qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Respublikamiz viloyatlaridagi asalarichilar har yili sifatsiz ona asalarilarini yaroqsizga chiqarib, o'rnini sifatli ona ari bilan to ldirib to asal yig'ish mavsumigacha asalari oilasini kuchaytirib yangi asalari shaxobchalari tashkil etib ko'p asal hosili olishga erishmoqdalar.

Respublikamiz viloyatlaridagi ana shunday miqdordagi asalari oilasining va qo'shni Respublikalardagi asalarichilarni ertangi ona asalarilar bilan ta'minlash maqsadida ko'pgina asalarichilik fermer xo'jaliklarida ertangi ona asalari yetishtirish tadbiri choralarini ko'rish, yetishtirilgan ona asalari sifatini yaxshilash lozim. SHuning uchun ham Farg'ona vodiysi janubida joylashgan yirik asalarichilik xo'jaliklarini ertangi ona asalari yetishtirishga ixtisoslashtirish va uning miqdorini ko'paytirish va qo'shni Respublikalarga sifatli ona arilarni sotish muxim iqtisodiy rol uynaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ona asalari yoshi va sifatini oila mahsuldorligiga ta'siri.

Asalari oilasini sifati va mahsuldorligi ona asalariga to liq bog'lik bo'ladi. Ona asalari qancha sifatli va mahsuldor bo'lsa, oilada qo'yilgan tuxumidan rivojlanayotgan yangi avlodning o'sishi ham shunday bo'ladi. Shuning uchun ham asalarichilar har doim ham asalarilarda yosh va sifatli ona asalari bo'lishiga intiladilar.

Ba'zi bir asalarichilar ona asalarini har yili almashtirishadi, ba'zilar esa har ikki yilda uni almashtirishni afzal ko'radilar. Shuni ham unutmaslik kerakki, ba'zi bir joylarda ob-havo sharoitini hisobga olib yoz qisqa muddat davom etadi, masalan shimoliy zonalarda va tog'li sharoitlarda bahor kech boshlanib, qish tez kirib keladi, natijada ona asalari 5-6 oy tuxum qo'yadi xolos. Bu davrda ular kam kuch, energiya sarflaydi hamda sperma zaxirasi hali tugamagan bo'ladi.

Farg'ona vodiysining janubiy paxtachilik zonalarda bahor juda erta va qish kech boshlanadi. Bunday davrda ona asalarilar 8-9 oy davomida tuxum qo'yib tez charchaydi, hamda undagi sperma zaxirasi tugash arafasida bo'ladi.

Xuddi shunday asalari oilasi kuchsiz bo'lsa ham, shunday holatni kuzatish munkin. Bu davrda ona asalari har qancha urinmasin, ona asalarini oziqlantirishda tuxum qo'yish uchun katakchalar xozirlash va lichinkalarni boqishda asalari soni yetishmaganligi uchun ona asalari tuxum qo'yishni biroz cheklaydi, natijada yil davomida ona asalari atigi 85-115 mingta tuxum kuyib, o'zining fiziologik qarish yoshini kechiktiradi va kelgusi yilga ham kuch saqlaydi, yoki aksincha, ona asalarilarda faol davr uzoq davom etib, ular yil davomida 180-200 mingdan ziyod tuxum qo'ysa, bunday holatda ona asalari organizmi tez charchaydi va fiziologik qarish tez boshlanadi.

Shuning uchun ham Farg'ona vodiysi sharoitida asalari oilasi erta bahordan to kech kuzgacha 8-9 oy davomida ishlaganligi uchun ulardagi ona asalari har yili almashtiriladi, bu usul ilg'or asalarichilarning ko'p yillik ish tajribalarida ko'p o'rganilgan va sinovdan o'tgan.

Farg'ona viloyatida ilg'or asalarichilari har yili ona asalarini almashtirishga erishadilar (Suyarqulov, 2002). Natijada, ana shunday ona asalarisi almashtirilgan oilalarda ko'p mikdorda nasl yetishtirib, yangi shaxobchalar tashkil etib, ko'plab asallari paketlari yetishtirmoqdalar, natijada bunday oilalarda ko'ch ajralib chiqish holatlari bo'lmagan va asalari oilalari boshqa ikki yillik ona asalarili oilalariga nisbatan 25-30 % ko'p asal mahsuloti to'plagan. SHuning uchun ham Farg'onalik asalarichilar asalarizorda faqatgina bir yillik ona asalarilarni saqlashni tavsiya etadilar. Bunday taklifni boshqa viloyat asalarichilari ham ko'plab quvvatlamoqdalar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Asalari oilasi mahsuldorligini oshirishda va nafaqat uning yoshi, balki ona asalari sifati va u qanday sharoitda yetishtirilganligi hamda asalari zoti ham katta ahamiyatga.

1: Mahsuldor ona asalarining sifati, belgilari quyidagilardan iborat.

A). Yetishtirilgan Ona asalarining qaysi zotga mansubligi, (nasl-nasab, duragayligi va hokazolar). Bunday ona asalarilar o'z irsiy belgilarini o'z avlodiga berib, har qanday ob-havo sharoitida va asal yig'imi mavsumida ham yuqori darajada mahsuldorlikni belgilab beradi.

B). Ona asalarini rivojlanish darajasi uning ko'p miqdorda tuxum qo'yishini ta'minlanish xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Asalari oilasidagi kam mahsulli ona asalarilar oilani asosiy asal yig'imigacha rivojlanishini umuman ta'minlay ololmaydi.

Ona asalarilarni tuxum qo'yish imkoniyatlari, uning tuxumdonlarini rivojlanish darajasiga va tuxumdonlaridagi tuxum naychalarini sifatiga bog'liq. Ammo, ona asalarining bunday belgilari bir vaqtning o'zida chiqarilgan har xil ona asalarilarda ham bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Masalan: bir xil asalari oilasida ko'ch ajratish oldidan qo'yilgan onadonlardagi ona asalarilarni vazni xam o'zgaruvchan bo'lib, IIO dan 230 mg gacha bo'ladi, uning tuxumdonlaridagi tuxum naychalarini soni ham 90 dan 200 tagacha farq qilib turadi.

Ona asalarining sifati uning yetishtirish davridagi rivojlanish xususiyatlariga, ya'ni ona asalarining 4-б kunligigacha bo'lgan davrda oziqlanishiga bog'liq bo'ladi. Xozirgi davrda ona asalari yetishtirishda xuddi ana shu xususiyatlarga e'tibor berish va ona asalari sifatini oshirish tajribalari o'tkazilmoqda. O'zbekistonda ko'p yillik o'tkazgan ilmiy tajribalarida K. Raxmatov (I967) shunday hulosaga keladiki, aprel va may oylarida yetishtirilgan ona asalarilar bitta tuxumdonidagi tuxum naychalari mart, iyun, iyulb oylariga yetishtirilganlarga nisbatan ancha ko'p, ya'ni aprelda yetishtirganlardan II5-I85 ta yoki o'rtacha I57,8 tani tashkil etgan bo'lsa, may oyida yetishtirilganlarda esa II0-I85 tani yoki o'rtacha I62 ta tuxum naychalarini tashkil etgan.

Xuddi shunday tuxum naychalarning uzunligi ham aprelb va may oylarida ancha farq qilgan, ya'ni aprel oyida uning uzunligi 3,40 mm.ni tashkil etgan bo'lsa, may oyida esa 3,23 mm. ni tashkil etgan. Qolgan oylarda esa bu ko'rsatgich ancha past bo'lgan.

Shuningdek A. Kraxotining (I968) o'tkazgan tajribalarida mahalliy zotdagi ona asalarilardagi tuxumdonlarida o'rtacha I98,6 ta tuxum naychalari borligini aniqlagan.

Farg'ona vodiysida yetishtirilayotgan ona asalarilarning qorin xalqalaridagi uchinchi tergitlarining hajmi tekshirib ko'rilganda (K. Raxmatov, I967y) aprel oyida yetishtirilgan ona asalarilarda I2,2 mm.ni tashkil etgan bo'lsa, qolgan oylarda yetishtirilgan ona asalarilarda esa bu ko'rsatgich ancha past bo'lgan.

V) Ona asalarining qanot qismi xam asosiy sifat kursatgichlaridan biri hisoblanadi. Ona asalarida qanot hajmi qancha keng bo'lsa, ular erkak asalari bilan xavoda urchish vaqtida katta ahamiyatga ega, chunki u toza havoda ko'plab erkak asalarilar bilan urchish vaqtida ularni kuchli va keng qanotlari bilan olib uchishiga to'g'ri keladi.

K. Raxmatovning (I967) ko'p yillik tajribalariga ko'ra, boshqa oylarga nisbatan ancha ko'p qanot kengligi, aprelb oyida 9,2I mm, moy oyida 9,39 mm ni tashkil etgan.

2. Ona asalarining ekstyeryer va interver ko'rsatgichlari.

Ona asalarilarning asosiy xususiyatlari uning a'zolarini rivojlanish darajasiga, xamda uning tuxum qo'yuvchi a'zolariga bog'liq bo'ladi.

A) Ona asalari tuxumdonidagi tuxum naychalari soni katta ahamiyatga ega bo' lib, bunda ona asalarning tuxum qo'yishga qodirlik imkoniyatlari aniqlab olinadi. Ona asalarining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tuxumdonidagi tuxum naychalarining soni bilan uning kunlik tuxum qo'yish o'rtasida mustaxkam o'zaro bog'liqlik mavjuddir.

B). Ona asalarining urug'don diametri uning jinsiy a'zolari rivojlanganlik darajasini belgilaydi. Urug'don sharsimon shaklga ega bo'lib, uning devorlari mustahkam va anik ko'rinadigan bo'ladi. Ona asalari tuxumdonining hajmi 0,7-0,9 mm ni tashkil etadi.

V). Ona asalari qornidagi tergit va sternitlarning hajm kengligi, unda jinsiy a'zolarini joylanish sig'imi va tuxumdonlarining o'lchamga bog'liq.

G). Ona asalari zahar bezlarini uzunligi. Ona asalari garchand nishlarini ishlatmasada, lekin ularda katta zaxar bezlari, boshqa ishchi asalarilarga nisbatan ancha uzun va yaxshi rivojlangan. Sermahsul ona asalarilar, kammaxsul ona asalarilarga nisbatan katta zahar bezlari yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ona asalari zahar bezlarini uzunligi bilan, uning kunlik o'rtacha tuxum qo'yishi o'rtasida yuqori darajadagi ijobiy o'zaro bog'liqlik mavjud. (Sultonov R, I980). Bular ona asalarining zahar bezlari ham tuxum ko'yishida ishtirok etishini va uning urug'ligi esa ona asalarini sifat ko'rsatgichlarini belgilaydi.

D). Ona asalarining xajmi uning asosiy sifat ko'rsatgichlarini va kelgusida undan foydalanish maqsadini belgilab beradi. Uning vazn og'irligi jinsiy a'zolarining rivojlanganlik ko'rsatgichlarining yig'indisi bo'lib hisoblanadi. Ona asalarining vazni dastlabki 2-3 kunlik davrida ancha og'ir bo'ladi, yoshi ulg'aygan sari ichaklaridagi ahlatlarning tashqariga chiqarishi natijasida, uning tana hajmi ancha kichrayib boradi.

P. Oganesyanning (I978) tekshirishlarida eng yaxshi hajmli ona asalari aprel oyidagisi bo'lib, uning vazn og'irligi o'rtacha I93,5 mg ni tashkil etgan.

Ona asalarining hajmi asalari oilasida asal yigishda ham birmuncha ta'sir etadi.

Xar xil xajmdagi ona asalarilarning tasnifi (G.Taranov ma'lumotlari bo'yicha).

Ona asalari xajmi. Xar bir tuxumdondagi tuxum naychalarining soni (dona) Asal yigimidan oldin oiladagi nasl mikdori (ming dona) Oilaning asal to'plashi (kg)

Eng katta I70 28,4 27,6

Kata I65 25,4 25,5

Urtacha I62 24,3 25,3

O'rtadan past I47 23,3 24,4

Kichik I09 22,5 I9,2

Ona asa arining sifati ona asalarilarni yetishtirish davridagi oziqlantirishga, havo

haroratiga va uya namligiga bevosita bog'lik bo'ladi.

3. Asalari onadonlardan foydalanish va ularni ona asalari sifatiga ta'siri.

Tabiiy sharoitda har bir asalari oilasi uch xil holatda, ya'ni asalari oilasi ko'ch ajratish uchun tayyorgarlik chog'ida, oilada sifatsiz, nuqsonli ona asalari bo'lganida va oilada to'satdan ona asalari olib qolganda yoki asalarichi tomonidan u olib qo'yilgan taqdirda, onadonlar ko'rib, yangi ona asalari yetishtiradi.

A). Ko^ch onadonlari. Asalari oilasi ko'ch ajratish oldidan har doim ko'p miqdorda ko'ch onadonlari kuradi. Bu onadonlarning miqdori asalari zotiga bog'liq. Masalan, o'rta rus zotli asalarilar 25-30 ta gacha, kulrang tog' Kavkaz asalari I0-20 tagacha, sariq Kavkaz zotli asalarilar esa 80 tagacha ko'ch onadonlari kurishi mumkin. SHuni inobatga olib ko'ch ajratadigan asalari oilalaridan juda ko'p miqdorda sifatli onadonlarni olib, boshqa asalari oilalariga berish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUHOKAMA

Birinchi asalari ko'chi uchganda albatta u eski ona asalari bilan uchib chiqadi. Ko'ch onadonlaridan 9-chi kundan so'ng yangi ona asalari yetishib chiqadi. Ana shu yetilgan, sifatli koch onadonlaridan foydalanish uchun, ularning ostidan oxistalik bilan kesib olinadi va Titov qafaschalariga solinadi va qafaschaning ostki tomonidan oxirchasiga bir tomchi ozuka asal yoki kandi ozuqasi solinadi. Qafaschalardagi onadonlar asalari oilasidagi romlar oraligida terib qo'yiladi.

Oldindan tayyorlabqo'yilgan asalari shaxobchalari nukleuslar yoki ona asalarisi bo'lmagan oilalarga to'g'ridan-to'g'ri bunday onadonlarni berish mumkin. Lekin shuni yodda tutish kerakki, onadonlar beriladigan asalari oilasida albatta yopiq nasl bolishi lozim, aks xolda onadonlardan chiqqan ona asalarilarni boqishga yosh asalarilar bo'lmay qolishi mumkin.

Ko'ch onadonlaridan foydalanish maqsadida eng kuchli, mahsuldor, kasalliklarga chidamli, sog'lom va qishlovga chidamli asalari oilalarini tanlash lozim. Ertangi ona asalarilar yetishtirish maqsadida, ko'ch onadonlaridan foydalanish mumkin. Buning uchun kuchli asalari oilasini tanlab, asalari uyasi qisqartiriladi, ortiqcha romlar olib qo'yiladi, romlar o'rtasidagi yo'lakchalar qisqartiriladi va uya isitiladi. Xamda daladan shira kelmay qolgan taqdirda rag'batlanturuvchi sharbatlar berib turiladi. XULOSA

Ko'ch onadonlaridan foydalanish va usulni qo'llashning o'ziga yarasha ba'zi bir jiddiy kamchiliklari bor.

- asalarizorda ko'ch ajralib chiqishga yo'l qo'yiladi, bu esa ba'zi bir qiyinchiliklarni olib keladi, ya'ni asal xosili kam yig'iladi, ko'ch ushlashga, oiladagi ko'p onadonlarni qidirib topish va ularni kesishga ko'p vaqt ketadi.

- ko'ch onadonlaridan ona asalarilarni chiqish vaqtini xisoblab bolmaydi, shuning uchun asalari uyasini ko'p marotaba ochib-yopishga tug'ri keladi.

- ko'pgina hollarda ko'ch onadonlaridan chiqqan ona asalarilar keraksiz vaqtda kechroq chiqadi, natijada yangi asalari shaxobchalari tashkil etishga xojat qolmaydi.

- xamma ko'ch onadonlaridan ham hamma vaqt yaxshi sifatli ona asalarilar yetishib chiqmaydi. Bu davrda onadonlardan chiqqan ona asalarilar bir-biridan keskin farq qiladi, biri yirik bo'lsa, ikkinchisi yomon yoki kichik bo'ladi.

REFERENCES

1. Буренин Н. Л, Котова Г.Н. Справочник попчеловодеству Москва Агропромиздат 1983 год.

2. Исамухамедов А.И. Никадамбоев Х.К. Асаларичиликни ривожлантириш асослари. Тошкент «Шарк» нашриёти, 2013.

3. Крахотин Н.Ф. Узбекистонда асаларичилик. Тошкент "Мехнат" нашриёти, 1991.

4. Крахотин Н.Ф, Ражабов А.П, Еськов. Е.К Механизация печеловодства и пасечный инвентарь Тошкент «Мехнат» 1989 год.

5. ^ахрамонов Б., Исамухамедов А., Балласов У., Эргашев С., Тураев О.С. Шахсий ёрдамчи, дехдон ва фермер хужаликларида асалари оилаларини парваришлаш. Тошкент, 2009.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Никадамбоев Х. К. Возраст личинок и продолжительность развития свишевых маток. «Сборник научных трудов института пчеловодетва» Рыбное 1980 год, Вытуск 67, стр 80-86.

7. Нуждин А.С. и дуригие Учебник пчеловода, Москва. «Колос», 1984.

1. Тураев О. С. 2006. Технология содержание пчелиных семей в хлопкосиощей зон Бухарского области Автореферат канд диссертации.

8. Тураев О. С. Асалари оиласини бокиш технологияси. «Узбекистон кишлок хужалиги» журнали. 1992, № 8-9; 16-17 бет.

9. Тураев О. Умаров К. Бухоро вилоятида асалари захри олиш технологияси. "^ишлок хужалигида экологик муаммолар" халкаро илмий-амалий анжуман материаллари туплами. Бухоро, 2003, 430-431 бетлар.

10. Тураев О., Умаров К., Махмудов Б. Бухоро вилоятида асаларизорлардаги сантарик холат тугрисида. Кишлок хужалигида экологик муаммолар халкаро илмий-амалий анжуман материаллари туплами. Бухоро-2003, 432-434 бетлар.

11. Шеметков М.Ф, Смирнова Н. И, Коговой М.М. Совети пчеловоду. Мицен Ураджой 1983 год.

12. Бобоев, Бахромжон Кенжаевич, Фаёзиддин Бахриддинович Бахриддинов, and Ботир Сайфиддинович Уроков. "Ю^ОРИ САМАРАЛИ ГИДРОПОНИК ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ЧОРВА ОЗУ^АСИНИ ИШЛАБ ЧЩАРИШ УСКУНАЛАРИ ВА ОЗЩЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ." (2022): 128-132.

13. Юн М, Муратов И. Развитие отрасли пчеловодства в условиях жаркого климата, Ташкент, 1987, стр. 8-12.

14. Яковлов А.С. Лебедов В.И. Приемы подсадки маток в пчелиные семьи. Рекомендания НИИ пчеловодство, Рыбное, 1986

15. Бобоев, Бахромжон Кенжаевич, Фаёзиддин Бахриддинович Бахриддинов, and Ботир Сайфиддинович Уроков. "МУСТА^КАМ ОЗУ^А БАЗАСИНИ ЯРАТИШ-ЧОРВАЧИЛИК СОХДСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ГАРОВИДИР." (2022): 137-140.

16. Ямалтдинов Ш. Пчели Узбекистана. Ж. "Пчеловодества", 1986, № 4, стр

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17. Бобоев, Бахромжон Кенжаевич, Фаёзиддин Бахриддинович Бахриддинов, and Ботир Сайфиддинович Уроков. "ЧОРВАЧИЛИКНИ ЯНГИ ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ." (2022): 133-136.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.