INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K: 636.084-033.3
JAYDARI ZOTIGA MANSUB QO'CHQORLARNING TURLI YOSH DAVRLARI BO'YICHA TIRIK VAZN KO'RSATKICHLARI
Shoxnazarova Shohnoza Avg'onovna
tayanch doktorant, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institute https://doi.org/10.5281/zenodo.13855604
Annotatsiya. Maqolada Jaydari zotli qo'chqorlarning turli yoshdagi tirik vazn ko'rsatkichlari to'g'risida tajriba ma'lumotlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: qo'chqorlar, o'sish, rivojlanish, tirik vazn, oziqlantirish, ratsion.
Аннотация. В статые приведены сведения опытов живого веса баранчиков разного возраста джайдарьинской породы.
Ключевые слова: баранчики, рост, развитие, живой вес, кормление, рацион.
Abstract. The article provides information on experiments on the live weight of rams of different ages of the Jaidarya breed.
Keywords: rams, growth, development, live weight, feeding, ration.
Kirish. Ma'lumki qo'ylarning o'sish tezligi bilan ular hayotining barcha davrlaridagi mahsuldorligi o'rtasida yuqori bog'liqlik mavjud. Shu boisdan qo'ylarni oziqlantirish va o'sish, rivojlanish jadalligi qo'ylarni kelgusida oziqlantirish hamda ulardan keng foydalanish talablariga javob berishi lozim. O'sish sur'atini oshirish orqali xo'jaliklarda qo'y go'shti yetishtirish tezlashtirilib, ozuqaning mahsulotga aylanish jarayonining samaradorligi oshiriladi, o'sish tezligi o'z navbatida hayvonlarning erta jinsiy yetilishiga, ularning keyingi davrda yuqori mahsuldorligi esa o'stirish harajatlarining kamayishiga olib keladi. Tanada yog', muskul va suyak to'qimalari turli yoshda, turli jins, zotga va oziqlantirishga bog'liq holda turli jadallikda o'sadi va rivojlanadi. Hayvonlarning o'sish va rivojlanish darajasiga qarab tanada go'shtdorlik shakllanadi. Ushbu holatlarni inobatga olish go'sht yetishtirishda yuqori samara beradi. Chunki oziqlantirish omili o'sish, rivojlanish va mahsuldorlikka ta'siri o'rganilgan ilmiy manbalar tahlilidan ko'rinib turibdi. Jumladan, D.Parmanovaning (2021) ma'lumotlariga ko'ra, yaylovlardan oqilona foydalanishning asosiy tamoyillari, qorako'l qo'ylarini muvozanatli oziqlantirish, qorako'l qo'ylarini saqlash, efemer yaylovlarning soddalashtirilgan ikki bo'g'inli o'n yillik yaylov almashuvi, soddalashtirilgan to'rt yillik yaylov masalalari bo'yicha tadqiqot ma'lumotlarida keltirishgan. D.Parmanovaning (2022) fikricha, mavsumiy yaylovlar ratsioni va ularning oziqlanishi, qorako'l qo'ylarining boqish normalari, qorako'l qo'ylarining ozuqa moddalariga bo'lgan yillik ehtiyoji (bosh boshiga), turli jins va yoshdagi qorako'l qo'ylarining boqish normasi (bosh/kun), qo'shimcha qo'ylarning turli jins va yosh guruhlari oziqlanish normalari o'rganilgan bo'lib, Tabiiy yaylov o'simliklarining o'z-o'zini yangilash va fitomas hosil qilish xususiyatlari yaylovlarni ozuqa moddalari bilan ta'minlovchi biologik zahiralar manbaiga aylantirishini, yilning davomiyligi 100%, bahor, yoz, kuz va qish fasllari esa foiz sifatida hisoblanadi. Muallif D.Parmanovaning (2022) ta'kidlashicha, tajriba guruhidagi hayvonlar naslida kuchli va o'rtacha kuchli gullarning vazni nazorat guruhiga nisbatan oshgan, aksincha, bo'sh gullarning vazni kamaygan. Shu bois qo'ychilik salohiyatidan oqilona foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Material va metodlar. Ilmiy tadqiqotlar 2022-2024 yillarda Farg'ona viloyati Quva tumani "QUVONCHBEK ZOHIDJON FERMASI" MChJ (qo'yning jaydari zoti bo'yicha naslchilik xo'jaligi)da amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot uchun jaydari zotli erkak qo'zilar olinib, nazorat va tajriba guruhi shakllantirildi. Tadqiqotda qo'zilarni tarozida tortish tug'ilgandan to 18 oylik yosh davrigacha amalga oshirildi.
Ilmiy tadqiqotni bajarishda Yeroxinning "Qo'ylarning tirik vazn ko'rsatkichlarini o'rganish", tana qismlari va tana indekslari zootexniyada umum qabul qilingan uslubda aniqlandi.
Olingan ma'lumotlar dala daftariga qayd qilinib borildi. Birlamchi ma'lumotlar Microsoft Excel 2007 kompyuter dasturi yordamida (A.A.Ploxinskiyning) "Zootexniklar uchun biometriya bo'yicha qo'llanma", "O'rtacha arifmetik qiymat (X) uning xatosi (Sx) usullarida foydalangan holda qayta ishlandi.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Qo'ylarning o'sish surati zoti, oziqlanishi va parvarishi kabi omillarga qarab o'zgaradi. Tajribadagi qo'zilar hayotining birinchi oylarida tez o'sishni boshdan kechiradi. Tadqiqotdagi qo'ylarning turli yosh davrlaridagi tirik vazn ko'rsatkichlarini o'rganish borasida tadqiqot ishlari olib borilib, tajribadagi qo'chqorlar tirik vaznining yosh davrlari bo'yicha o'zgarish 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Nazorat va tajriba guruhidagi qo'chqorlar tirik vaznini yosh bo'yicha o'zgarishi, kg
O'sish davrlari n Guruhlar
Nazorat Tajriba
M±m Cv M±m Cv
Tug'ilganda 50 4,8±0,10 15,4 5,1±0,10* 15,0
21 kunlikda 50 8,9±0,11 10,4 11,0±0,13*** 9,0
4,5-5 oylikda 50 31,9±0,24 5,32 33,8±0,32*** 6,8
6 oylikda 50 36,9±0,35 6,5 40,2±0,41*** 7,1
8 oylikda 47 43,6±0,17 2,75 48,4±0,32*** 4,52
12 oylikda 47 50,7±0,18 2,4 63,1±0,36*** 3,9
18 oylikda 44 74,4±0,24 2,1 97,8±0,28*** 1,9
Eslatma: *P<0,05; ***P<0,001;
1-jadval malumotlaridan ko'rinishicha, nazorat guruhidagi qo'zilar tug'ilganda o'rtacha 4,8 kg, tajriba guruhi esa 5,1 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi qo'chqorchalarga nisbatan 0,3 kg ga (P<0,05) yuqori bo'lib, 21 kunlik yoshida tajriba guruhidagi qo'chqorchalar o'rtacha 11,0 kg ni tashkil qilib, nazorat guruhidagi qo'chqorchalarga nisbatan 2,1 kg ga (P<0,001) yuqori bo'lganligi namoyon bo'ldi. Onasidan ajratilgandan keyin qo'zilarda o'sish jadalligi biroz pasayishi ko'zatilib, o'rtacha tirik vazn tajriba guruhidagi qo'chqorchalarda 33,8 kg bo'lib, nazorat guruhiga nisbatan 1,9 kg (P<0,001) yuqoriligi aniqlandi. Shu bilan birga 4,5-5 oylikda nazorat guruhidagi qo'zilar esa xo'jalikda mavjud ozuqalar bilan oziqlantirilib, tajriba guruhidagi qo'zilar "Best Mega Mix" to'la qiymatli ratsion asosida oziqlantirishdan keyin 6 oylik yosh davrida tajriba guruhidagi qo'chqorchalarning o'rtacha tirik vazni 40,2 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi qo'chqorchalarga nisbatan 3,3 kg ga (P<0,001) yuqori bo'lishi aniqlandi. 8 oylik yosh davrida tajriba guruhidagi qo'chqorchalar o'rtacha 48,4 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi qo'chqorchalarga nisbatan 4,8 kg (P<0,001) yuqoriligi namoyon bo'ldi. 12 oylikda tajriba
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
guruhidagi qo'chqorlarning o'rtacha tirik vazni 63,1 kg ni tashkil etib, nazorat guruhidagi qo'chqorlarga nisbatan 12,4 kg (P<0,001) yuqori bo'lishi aniqlandi.
Qo'chqorlar 18 oylik yosh davrida o'rtacha o'sish ko'rsatkichi tahlil qilinganda, tajriba guruhidagi qo'chqorlarning o'rtacha tirik vazni 97,8 kg, bo'lib nazorat guruhidagi qo'chqorlarga nisbatan 23,4 kg ga (P<0,001) yuqori bo'lishi aniqlanildi.
Xulosa. Tadqiqot davomida olib borilgan o'rganish natijalaridan ma'lum bo'ldiki, tajriba guruhidagi qo'chqorlarning to'la qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirish natijasida nazorat guruhidagi qo'chqorlardan yuqori tirik vaznga ega bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.
REFERENCES
1. D.M.Parmanova. Pattern of flower location and strength in korakalpok sur breed rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 73-75.
2. D.M.Parmanova. Rational use of different types of feeddings in the feeding of Karakol sheep. ACADEMICIA: : An International Multidisciplinary Research Journal-2021, 190-193 б.
3. D.M.Parmanova. Storage and fedding of karakalpok sheep in desert and semi-desert pastures rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 19-23.
4. Fayzullayev O.B. Go'sht yo'nalishidagi qo'chqorchalarni o'sish-rivojlantirishda bug'doy maysasi bilan oziqlantirishning ahamiyati. "Chorvachilik va naslchilik ishi" Toshkent-2023. Maxsus son-2, 239-240 b.
5. Kalashnikov A.P., Kleymenov N.I. Chorvachilikda oziq normalari va ratsionlari. Toshkent-"Mehnat"-1988. 350 b.
6. Ro'zimurodov R.R. Turli muddatda tug'ilgan qo'zilarning o'sish va rivojlanish xususiyatlari. Chorvachilik va naslchilik ishi. Toshkent-2019 № 6. 22-23 b.
7. Xidirov K.X. Qo'ychilik. O'quv- uslubiy qo'llanma. Toshkent-2021. 66 b.
8. Лакин Г.Ф. Биометрия. -М.: Высшая школа, 1968, -284 с. Изучение мясной продуктивности овес. Методические рекомендатсии. М. 1978. с-43.
9. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.