INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K: 636.96637 02.46.176
QUYONLAR QONINING GEMOTOLOGIK VA BIOKIMYOVIY
TARKIBI
1Xolmatov Anvarjon Xakimjonovich, 2Mamatov Faxriddin Kasimovich, 3Isamuxamedov
Aziz Saidjonovich
1q.x.f.n., dotsent, ChPITI, 2dotsent, ToshDAU, 3muxandis, MChJ "Yunit Alyans"
https://doi.org/10.5281/zenodo.13856367
Annotatsiya. Quyonlar qonining gemotologik va biokimyoviy tarkibini aniqlash orqali to'laqiymatli oziqlantirishda qonning gemotologik, biokimyoviy ko'rsatkichlariga ta'siri tashqi muhitga moslashuvchanlik xususiyatlari maqolada yoritilgan.
Kalit so'zlar: gemotologiya, biokimyoviy, gemoglobin, eritotsitlar, leykotsidlar, gramm, milligram, metr, kalsiy, fosfor, oqsil.
Аннотация. Определение гематологических и биохимических показателей крови кроликов, а также полное питание, освещено в статье, включая влияние на гематологические и биохимические параметры крови, резистентность и адаптивные свойства к внешней среде.
Ключевые слова: гематология, биохимия, гемоглобин, эритроциты, лейкоциты, грамм, миллиграмм, метр, кальций, фосфор, белок.
Abstract. The article discusses the determination of hematological and biochemical composition of rabbit blood and how a complete diet affects the hematological and biochemical parameters of the blood, resistance, and adaptability to the external environment.
Keywords: hematology, biochemical, hemoglobin, erythrocytes, leukocytes, gram, milligram, meter, calcium, phosphorus, protein.
Kirish: Respublikamiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda, qishloq xo'jaligini muhim yo'nalishlaridan biri hisoblangan chorvachilik tarmoqlarida oziqlantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini dunyodagi ilg'or tajribalar hamda zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy qilish, chorvachilik tarmog'ini iqtisodiy samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirishda muhim axamiyat kasb etadi.
Jadal suratlar bilan o'sib kelayotgan respublikamiz aholisini chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, ichki iste'mol bozorlarida go'sht, sut, tuxum, asal va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish xajmini oshirish hamda ularning qayta ishlash, narxlarni barqarorligini ta'minlash eng muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu jumladan, quyonchilik fermalarini tashkil etish, yordamchi xo'jaliklarini rivojlantirishda alohida e'tibor qarayotgani, parxezbop quyon go'shti yetishtirishni ko'paytirish, umumiy ovqatlanish muassasalarini hamda xalqimizni arzon go'sht bilan ta'minlash, respublikamizning moddiy-iqtisodiy ahvolini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Seleksiya-naslchilik ishlarida genetik markerlarni qo'llash hayvonlarning mahsuldorlik va nasldorlik ko'rsatkichlarini erta prognozlash(bashorat qilish) imkonini beradi (X.A.Giyasov, 2022). Hayvonlarning nasl va mahsuldorlik ko'rsatkichlarini erta prognozlashda genetik markerlarni qo'llash ularni genetik pasportlashtirish imkoniyatini beradi. Genetik pasport- bu hayvon DNK-sining elektron bazasi bo'lib, unda hayvonning noyob genetik va immunologik hususiyatlari mahsuldorligi, pushtdorligi va turli kasalliklarga qarshi turish qobiliyati (immuniteti)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
aks ettirilgan bo'ladi. U hayvonlarning xo'jalikka foydali mahsuldorlik ko'rsatkichlarini erta prognozlash imkoniyatini yaratadi (X.A.Giyasov, 2021).
To'la qiymatli oziqlantirish omilining mahsuldorlikka, shu jumladan go'sht mahsuldorligiga ijobiy ta'siri qilishi ko'plab ilmiy manbalarda yoritilgan. Shu nuqtai nazardan,ovqat hazm qilish organlari turlicha tuzilgan qishloq xo'jalik hayvonlarida oziqlantirish omilini mahsuldorlikka ta'sirini o'rganish maqsadida ilmiy manbalarni tahliliy o'rgandik.
Jumladan, I.Xafizov, B.Qahramonov, S.Isamuxammedov., A.Xafizov (2022) ma'lumotlariga ko'ra, oziqlantirish omili qishloq xo'jalik hayvonlarini mahsuldorligi oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, beda o'simligi, makkajo'xori va oraliq ekinlardan tayyorlangan pichan, silos hamda senaj asosiy ozuqalardan hisoblanadi. I.Xafizov,U.Kuchchiev, A.Xafizovlarning (2009) xulosasiga ko'ra, to'la qiymatli oziqlantirish imkoniyatlarini yaratish sigirlarning sut mahsuldorligini va pushtdorlik xususiyatlarini oshiradi.Soha olimlari A. Nurmatov, I.Xafizov (2024), I.Xafizov, A.Xafizov (2024), I.Xafizov, O.Kuchchiev, A.Xafizov (2024) fikrlariga ko'ra, otlarga maqbul oziqlantirish sharoitini yaratish, ularni nasl va ishchanlik xususiyatlarini yaxshilaydi. A.Nurmatov, I.Xafizov, Sh.Jabborov, L.Tagaevalarning(2024) xulosasiga ko'ra, toylarni onasidan ajratilgandan keyin jadal o'sitirishda asosiy ratsion tarkibiga biologik faol qo'shimchalarni kiritish afzalligi isbotlangan. A.Nurmatov, I.Xafizov, AXafizov, D.Karibaeva (2024), I.Xafizov (2023), I.Xafizov, A.Xafizovning (2024) fikriga ko'ra, otlarni erta bahordan kech kuzgacha yaylov sharoitida boqishni tashkil qilish ozuqalarni iqtisod qilish imkonini beradi.
D.Parmanovaning (2021), yaylovlardan oqilona foydalanishning asosiy tamoyillari, qorako'l qo'ylarini muvozanatli oziqlantirish, qorako'l qo'ylarini saqlash, efemer yaylovlarning soddalashtirilgan ikki bo'g'inli o'n yillik yaylov almashuvi, soddalashtirilgan to'rt yillik yaylov masalalari bo'yicha tadqiqot ma'lumotlarida keltirishgan. D.Parmanovaning (2022), mavsumiy yaylovlar ratsioni va ularning oziqlanishi, qorako'l qo'ylarining boqish normalari, qorako'l qo'ylarining ozuqa moddalariga bo'lgan yillik ehtiyoji (bosh boshiga), turli jins va yoshdagi qorako'l qo'ylarining boqish normasi (bosh/kun), qo'shimcha qo'ylarning turli jins va yosh guruhlari oziqlanish normalari o'rganilgan bo'lib, tabiiy yaylov o'simliklarining o'z-o'zini yangilash va fitomas hosil qilish xususiyatlari yaylovlarni ozuqa moddalari bilan ta'minlovchi biologik zahiralar manbaiga aylantirishini, yilning davomiyligi 100%, bahor, yoz, kuz va qish fasllari esa foiz sifatida hisoblanadi. Har genotipli qo'ylarning go'sht mahsuldorligini oshirishda jadal texnologiya asosida xo'jalikda noan'anaviy usulda tayyorlangan to'la qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirilgan. Har bir guruhning tirik vazn, kg tarozida tortib o'lchash natijasida yuqori tirik vazn olganligini Z.Hakimov, D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalar (2022), tadqiqot ma'lumotlarida keltirishgan. D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalar (2022), Edilbay va Jaydari zotiga mansub qo'ylarni go'sht mahsuldorligini oshirishda Best Mega Mix to'la qiymatli ozuqadan foydalanib yuqori samaradorlikka erishishgan. Qo'chqorchalarning go'sht mahsuldorligini oshirishda nazorat guruhini xo'jalik sharoitida mavjud oziqalar bilan oziqlantirib, tajriba guruhini esa to'la qonli ratsion asosida oziqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tajriba guruhidagi qo'chqorchalarni nazorat guruhidagi qo'chqorchalarga nisbatan to'la qiymatli ratsion asosida oziqlantirish natijasida go'sht-yog' mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha ustun bo'lishi D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalar (2023) isbotlangan. Muallif D.Parmanovaning (2022), tajriba guruhidagi hayvonlar naslida kuchli va o'rtacha kuchli gullarning vazni nazorat guruhiga nisbatan oshgan, aksincha, bo'sh gullarning vazni kamaygan. Shu bois qo'ychilik salohiyatidan oqilona foydalanish tarmoqni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. D.Parmanova (2021), qoraqalpoq sur
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
qorako'l qo'chqorlari naslidan olingan jun sifati tavsifini o'rganishganda, podadagi barra teri xususiyatlari va rivojlanishi jihatidan bir xil umumiy xususiyatlarga ega bo'lsada, konstitutsiya yoki nasld xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Soha olimlari D.Parmanova, F.Aliqulovlar (2021), naslli qo'zilarni olish usullari bo'yicha xo'jalikning yarimdoirasimon qalamgul tipiga ixtisoslashganligini hisobga olgan holda, yarimdoirasimon qalamgul tipi bo'yicha gomogen juftlash natijasida gul tipi va sinfi bo'yicha yuqori mahsuldor hisoblangan elita (22,8%) va I sinfga (57,1) mansub naslli qo'chqorlar olinishi xo'jalikda yuqori sifatli naslli qo'zilar olish imkonini berishini, gul tipi va sinfi bo'yicha geterogen juftlash usulidan foydalanilganda seleksiya ishlarining keyingi bosqichlarida sifati pastroq bo'lgan belgilarning yuzaga chiqishi hisobiga olinadigan avlodlar sifatining pasayishiga olib kelishini aniqlashgan.
Chorvachilikda go'sht, tuxum, baliq mahsulotlari bilan bir qatorda aholi xonadonlarida quyon go'shti yetishtirish alohida ahamiyatga ega. Quyonning tanasi kichik bo'lsada, beradigan mahsuloti inson uchun juda foydali ekanligini eslatib o'tmoqchimiz. Quyon go'shti sog'liq uchun foydali bo'lib, boshqa go'shtlardan ta'mi va parxez xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yangi muzlatilgan quyon go'shtidan barcha mavsumlarda foydalanish imkonini beradi.
Tajribamizning asosiy vazifalaridan biri Toshkent shahar Yunusobod tumani YaTT "Isaev G'ulomqodir" xonadonida quyonlar qonining gemotologik va bioximik tarkibining ko'rsatkichlarga qarab tashqi muhitga moslashuvchanligi, to'la qiymatli oziqlantirishning qonning gemotologik, biokimyoviy ko'rsatkichlariga hamda, rezistentligi (chidamlilik darajasi) tashqi muxitga moslasha olishishiga baho berish mumkin. Quyidagi jadvalda olingan natijalar ko'rsatilgan.
1-jadval
Quyonlar qonining gemotologik ko'rsatkichlari
Ko'rsatkichlar Nazorat Tajriba Nisbiy farqi, %
Gemoglobin , g/l 90,56 105,5 16,49
Eritrotsitlar 7,85 8,34 6,24
Leykotsidlar 6,43 6,98 9,06
Qon organizmda moddalar almashuvida muhim rol o'ynaydi. Shundan kelib chiqib tadqiqotlarimizdagi quyonlarni qon tahlilini o'rganish muhim va dolzarb hisoblanadi.
Jadvalni tahlil qilganimizda qondagi gemoglobin miqdori nazorat guruhiga nisbatan to'laqiymatli ratsion asosida boqilgan tajriba guruxidagi quyonlarda 16,49 % yuqori ekanligi kuzatilgan. Qondagi eritrotsit va leykotsitlar miqdori esa ikkala guruhlarda unchalik katta o'zgarishlar sezilmaganligini ko'rdik. Barcha gemotologik ko'rsatkichlar fiziologik me'yorda ekanligi aniqlandi.
To'laqiymatli ratsion asosida boqilgan quyonlarning qonining bioximik ko'rsatkichlari o'rganish asosida ular organizmida kechayotgan moddalar va moddalar almashinuviga baho berish mumkin. Tajribadagi quyonlar guruxi qonining tarkibidagi umumiy oqsil miqdorining nazorat guruxiga nisbatan o'rtacha 10,1% ortiqcha bo'lganligi aniqlandi. Qonning meneral moddalar bo'yicha tarkibi guruxlar o'rtasida katta farq sezilmadi. Kalsiy va fosforni bir biriga bo'lgan nisbati xo'jalik ratsioni asosida boqilgan quyonlarda 1,061%, to'laqiymatli ratsion bilan boqilgan tajriba guruxi quyonlarida esa 2,021% nisbatda ekanligi aniqlandi.
Shunday qilib, tajribadagi quyonlar qonida oqsil va mineral moddalar almashinuvi jarayoni nazorat guruxi quyonlarga nisbatan faol ekanligi ko'rinib turibdi, bu esa quyonlar organizmida moddalar almashinuvi va xayotchanligi ijobiy tomonga o'zgarishidan dalolat beradi.
2-jadval
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
Quyonlarning qonining bioximik ko'rsatkichlari
Ko'rsatkichlar Nazorat guruxi Tajriba guruxi
Umumiy oqsil, % 96,06±16,23 106,22±18,57
Kalsiy, mg/% 11,52±1,31 15,06±1,37
Fosfor, mg/% 7,10±0,131 7,43±0,25
Kalsiy, fosfor nisbati 1,06/1 2,02/1
Karotin, mg/% 0,86±0,06 0,90±0,117
To'laqiymatli ratsion asosida quyonlarni boqilganda ularning immuniteti oshib boradi va urg'ochi quyonlarda pushtdorlik (bola berish) hususiyatlari ortib boradi.
Bo'rdoqiga boqilayotgan quyonlarni to'la qimmatli ratsion asosida jadal usulda boqilganda, ularning tez semirishi va go'shtining tarkibidagi to'yimli moddalar miqdorini yuqori bo'lishiga olib keladi.
Xulosa
Qondagi gemoglobin miqdori nazorat guruhiga nisbatan to'laqiymatli ratsion asosida boqilgan tajriba guruxidagi quyonlarda o'rtacha 16,49 % yuqori bo'ldi.
Qondagi eritrotsit va leykotsitlar miqdori esa ikkala guruhlarda unchalik katta o'zgarishlar sezilmaganligini ko'rdik. Barcha gemotologik ko'rsatkichlar fiziologik me'yorda ekanligi aniqlandi.
Tajribadagi quyonlar guruxi qonining tarkibidagi umumiy oqsil miqdorining nazorat guruxiga nisbatan o'rtacha 10,1% ortiqcha bo'lgandi.
Kalsiy va fosforni bir biriga bo'lgan nisbati xo'jalik ratsioni asosida boqilgan quyonlarda 1,061%, to'laqiymatli ratsion bilan boqilgan tajriba guruxi quyonlarida esa 2,021% nisbatda ekanligi aniqlandi.
REFERENCES
1. Икромов Т. Узбекистонда куёнчиликни ривожлантириш. - Т.: Фан, 1983.
2. Манина И.С., Леонтрюк С.В. Как разводить кроликов. -М.Колос. 1984.
3. Манина И.С. Кролиководства. - М.Колос. 2000
4. Сысоев В.С., Александров В.Н. - Кролиководство. М. 1985.
5. Тинаев Н.Н. - Продукция кролиководства - М. Колос. 1988
6. Холматов А.Х. - ^уёнчилик укув кулланма "Тасвир" нашриёти Тошкент 2021й, 51-55 бет.
7. Гиясов Х.А. "О проекте молекулярно-генетические исследования Бушууевской породы Узбекистана" Ж. "Техника и технологии в животноводстве" №4(48) 2022. М. ISSN 2713-2064.
8. G'iyosov X.A. "Qoramollarning elektron bazasi yaratiladi", O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi J., 2021 yil 9-soni, 20 bet.
9. I.Hafizov1, A. Hafizov2*, Y. Karimova1 and K. Ergashev.The effects of living the weight of different genotype to figure faol storage technologies. E3S Web of Conferencts Voiume 563, 03090 (2024) International Conference on Environmental Science, Technology and Engineering ICTSTE 2024, Beijing, China, 2024/10/14, 1-5, E3S Web of Conferencts Voiume 563, 03090 (2024) International Conference on Environmental Science, Technology and Engineering ICTSTE 2024.
10. Nurmatov A.A., Jabborov Sh.Sh., Xafizov I.I., Tagaeva L.X. Qorabayir zotli toylarning o'sish rivojlanishini jadallashtirishning ilg'or texnologiyasi. Toshkent davlat agrar universiteti
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS"
_SEPTEMBER 26-27, 2024_
hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari., 2024/5/30, Toshkent, ToshDAU, 200-206b.
11. Xafizov I.I., Hafizov A.I.Otlarni yaylov sharoitida saqlashning afzalligi va unga bo'lgan talablar. Özbekistonning janubiy hududlarida qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning muammo va istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari., 2024/5/17, Qarshi-2024, TIQXMMI, 400-403b.
12. Xafizov I.I., Hafizov A.I.Otlarning qadimiy ajdodlarining o'ziga xos xususiyatlari. Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari., 2024/5/30, Toshkent, ToshDAU, 133-138 b.
13. Xafizov I.I., Kuchchiev O.R., Hafizov A.I.Evolyusiya jarayonida ot fenotipidagi katta va kichik mutatsion o'zgarishlarning uzluksiz namoyon bo'lishi. Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari., 2024/5/30, Toshkent, ToshDAU, 139-144b.
14. Xafizov I.I., Xafizov A.I. Yosh toylarning o'sish rivojlanishiga maqbul oziqlantirish va saqlash texnologiyasining ta'siri.Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda 2024-yil 26-27-sentabr kunlari o'tkazilgan "Chorvachilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, zamonaviy usullari va rivojlantirish istiqbollari" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari., /Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti./ 26-27-sentabr, 2024-yil, Toshkent.
15. Xafizov I.I.Biyalarni sut mahsuldorligi va uni aniqlash usullari. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda 2024-yil 26-27-sentabr kunlari o'tkazilgan "Chorvachilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, zamonaviy usullari va rivojlantirish istiqbollari" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari., /Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti./ 26-27-sentabr, 2024-yil, Toshkent.
16. Xafizov I.I.Qorabayir zot otlari genofondining genetik xilma-xilligi. "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" jurnali, "AGRO ILM" ilova, maxsus son (3) (96), Toshkent, 2023, 45-47 b.
17. Xafizov I.I.Yilqichilikda biyalarni qochirishni tashkil qilishning ilmiy asoslari. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda 2024-yil 26-27-sentabr kunlari o'tkazilgan "Chorvachilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, zamonaviy usullari va rivojlantirish istiqbollari" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari., /Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti./ 26-27-sentabr, 2024-yil, Toshkent.
18. Нурматов А., Хафизов И. Карабаирская порода лошадей-«золотой фонд» Узбекистана. Ж. Вестник Ошского государственного университета. Сельское хозяйство: агрономия, ветеринария и зоотехния., 2024/6/28, №7, -С.212-218.
19. Нурматов А.А., Хафизов И.И., Хафизов А.И., Карибаева Д.К. Скороспелость жеребят карабаирский породы и их помесей с фризской породой. Актуальные вопросы совершенствование технологии производства и переработки продукции сельского хозяйства. Мосоловские чтения. Материалы международной научно-практической
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS"
_SEPTEMBER 26-27, 2024_
конференции. Марийский НИИС/Х-фил. Фед. аг.науч.ц.р Сев.-Вос. им.Н.В.Руницкого. мат.конф., № XXVI., г. Йошкар-ола, 2024, -С. 486-490.
20. Хафизов И.И., Кахраманов Б., Исамухамедов С.Ш., Хафизов А.И. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы международной конференции "Эффективные методы управления селекционно-племенным процессом в табунном коневодстве". Министерства науки и вышего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет. Казахстан, Павлодар, 2022, -С.124-128.
21. Хафизов И.И., Хафизов А.И. Карабаирская порода лошадей отлича-ются особой выносливостью и безграничной силой. Международной научно-практической конференции на тему «Актуальные проблемы, современные методы и перспективы развития животноводства», состоялся 26-27 сентября 2024 года в Научно-исследовательском институте животноводства и птицеводства в сотрудничестве с международным научным журналом «Science and innovation». 26-27-сентябрья, 2024 год, Ташкент.
22. Хафизов И.И., Хафизов А.И. Содержания молодняка лошадей по технологии «конюшня-пастбище» является перспективным. Международной научно-практической конференции на тему «Актуальные проблемы, современные методы и перспективы развития животноводства», состоялся 26-27 сентября 2024 года в Научно-исследовательском институте животноводства и птицеводства в сотрудничестве с международным научным журналом «Science and innovation». 26-27-сентябрья, 2024 год, Ташкент.
23. D.M.Parmanova. Rational use of different types of feeddings in the feeding of Karakol sheep. ACADEMICIA: : An International Multidisciplinary Research Journal-2021, 190-193 b.
24. D.M.Parmanova. Qoraqalpoq sur qorako'l zotli qo'ylardan olingan naslning jun tolasining sifati. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2021, № 10. 5153 b.
25. D.Parmanova. Pattern of flower location and strength in korakalpok sur breed rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 73-75.
26. D.Parmanova. Storage and fedding of karakalpok sheep in desert and semi-desert pastures rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 19-23.
27. D.Parmanova, F.Aliqulov. Qorako'lchilikda qoraqalapoq sur naslli qo'zilarni olish usullari. Scientific progress journal, 2021. 436-440.
28. D.Parmanova, Sh. Shoxnazarova. Qo'ylarni go'sht mahsuldorligini oshirishda "Best Mega Mix" to'la qiymatli ozuqadan foydalanish samaradorligi. Agrotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnal. 2022, 834-837.
29. D.Parmanova, Sh.Shoxnazarova. Jaydari zotli qo'chqorchalarni jadal o'stirish va ularning go'sht mahsuldorligi. Актуалные проблемы пустынного живодноводства, экологии и создания пастбищных агрофитотсенозов. 2023, 266-269 б.
30. Z.Hakimov, D.Parmanova, Sh.Shoxnazarova. Har xil genotipli qo'ylarni jadal bo'rdoqilashda "Best Mega Mix" to'la qiymatli ozuqadan foydalanish samaradorligi. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2022. 76-80 b.