Научная статья на тему 'GOLSHTIN ZOTLI 1-AVLOD TANALARNING PUSHTDORLIK KO‘RSATKICHLARI'

GOLSHTIN ZOTLI 1-AVLOD TANALARNING PUSHTDORLIK KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Daniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli qoramollar / 1-avlodlar urg‘ochi g‘unajinlar / pushtdorlik / ko‘rsatkichlari.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Sh.B.Tursunboyev, X A. G‘iyosov, Sh.Sh.Jabborov

Maqolada Daniya seleksiyasiga mansub голштин зотли 1-avlod urg‘ochi tanalarining pushtdorlik ko‘rsatkichlari o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GOLSHTIN ZOTLI 1-AVLOD TANALARNING PUSHTDORLIK KO‘RSATKICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K:636.234/082.11

GOLSHTIN ZOTLI 1-AVLOD TANALARNING PUSHTDORLIK

KO'RSATKICHLARI

1Sh.B.Tursunboyev, 2X.A.G'iyosov, 3Sh.Sh.Jabborov

1Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti, 2q.x.f.n.,k.i.x Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti "Qoramolchilik" bo'limi boshlig'i, 3q.x.f.f.d. (PhD), k.i.x Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti "Parrandachilik va

quyonchilik" bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.13856336

Annotatsiya. Maqolada Daniya seleksiyasiga mansub голштин зотли 1-avlod urg'ochi tanalarining pushtdorlik ko'rsatkichlari o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Daniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli qoramollar, 1-avlodlar urg'ochig'unajinlar, pushtdorlik, ko'rsatkichlari.

Аннотация. В статье представлены и проанализированы результаты научных исследований по изучению показателей воспроизводительной способности телок 1-го поколения голштинской породы датской сеleksiи.

Ключевые слова: Голштинская порода, телки 1-го поколения, воспроизводительная способность, показатели.

Abctract. The article presents and analyzes the results of scientific research on the reproductive ability of 1st generation heifers of the Holstein breed of Danish selection.

Keywords: Holstein cattle of Danish selection, 1st generation female heifers, fertility, indicators.

Kirish Qishloq xo'jalik xayvonlarining mahsuldorlik va pushdorlik xususiyatlarini yaxshilash ularning yuqori sut mahsuldorligini va podani qayta to'ldirishda muhim o'rin egallaydi. Qishloq xo'jalik hayvonlarini irsiy imkoniyatilarini to'la yuzaga chiqarishda oziqlantirish tipiga hamda to'yimliligiga bog'liqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlarning o'tkazilgan tadqiqot natijalari bilan isbotlaymiz. I.Xafizov, B.Qahramonov, S.Isamuxammedov., A.Xafizovning (2022) ma'lumotlariga ko'ra, oziqlantirish omili qishloq xo'jalik hayvonlarini mahsuldorligi oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, beda o'simligi, makkajo'xori va oraliq ekinlardan tayyorlangan pichan, silos hamda senaj asosiy ozuqalardan hisoblanadi. A.Nurmatov, I.Xafizov, Sh.Jabborov, L.Tagaevalarning(2024) xulosasiga ko'ra, qorabayir zotli toylarni onasidan ajratilgandan keyin jadal o'sitirishda asosiy ratsion tarkibiga biologik faol qo'shimchalarni kiritish afzalligi isbotlangan. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunovlar ta'kidlashlaricha qoramolllarni Koreyaning TMR texnologiyasi bilan boqish ozuqa samaradorligini oshirish bilan birga mahsuldorlikni oshirishda alohida ahamiyatga ega.

Soha olimlari S.Mavlonov, U.Soatov, A.Xolmatov, A.Amirov va U. Irgashevlarning (2021) takidlashlaricha, to'la qiymatli oziqlantirish sharoitlari qishloq xo'jalik hayvonlarini, shu jumladan otlarni kasalliklarga chidamli bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi. I.Xafizov,U.Kuchchiev, A.Xafizovlarning (2009) xulosasiga ko'ra, to'la qiymatli oziqlantirish imkoniyatlarini yaratish sigirlarning pushtdorlik xususiyatlarini yaxshilaydi.

Mavzuning dolzaribligi. Keyingi yillarda respublikamizning bir qator viloyatlarida rivojlangan davlatlar andozasi asosida zamonaviy chorvachilik komplekslari qurib foydalanishga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

topshirildi. Daniya seleksiyasiga mansub va jinsga ajratilgan uruglar bilan sun'iy uruglantirilib O'zbekistonga birinchi marta keltirilgan golshtin zotli qoramollarni respublikamizning issiq iqlimi va oziqlantirish hamda saqlash sharoitlariga moslashtirish, ulardan olingan 1-avlod urgochi buzoqlarning xo'jalikka foydali seleksiya belgilarini namoyon bo'lishini aniqlash bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shuning uchun bu mavzu dolzarb hisoblanadi

Maqsad va vazifalar. Tadqiqotning maqsadi O'zbekistonga Daniya davlatidan keltirilgan va turli liniyalarga mansub golshtin zotli qoramollardan olingan 1-avlod urg'ochi tanalarning mahsuldorlik va pushdorlik ko'rsatkichlarini o'rganishdan iborat.

Turli liniyalarga mansub urg'ochi tanalarning quyidagi pushdorlik ko'rsatkichlarini o'rganish:

-birinchi otalanishdagi tirik vazni va yoshi;

- qochirish indeksini;

- servis davrining davomiyligi

-bo'gozlik davrining davomiyligini o'rganish va tahlil etish;

- bo'gozligini UTT apparati yordamida erta aniqlash samaradorligi;

Tadqiqot usullari. Urg'ochi tanalarning mahsuldorlik va pushdorlik ko'rsatkichlari zootexniyada umumiy qabul qilingan uslublarda aniqlandi.

Tadqiqot uchun Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi "Sulton" fermer xo'jaligida 45 bosh turli liniyaga mansub 1-avlod urg'ochi buzoqlar tanlab olinib, ular bir xil sharoitda parvarislandi. Tanalarning tirik vazni 375-385 kg ga etganda sun'iy yruglantirildi.

Xo'jaligida mollarni sun'iy urug'lantirishga kata e'tibor beriladi. Kuyga kelgan mollar kunu-tun rektoservikal usulda sun'iy urug'lantirildi.

Keyingi yillarda sigir va tanalarning bo'g'ozligini aniqlashda turli innovatsion usullardan foydalanish o'z samarasini ko'rsatmoqda. Biz ham mazkur fermer xo'jaligida o'tkazilayotgan tajribamizda sun'iy urug'lantirilganiga 35 kun va undan ko'p (60 kungacha) bo'lgan tanalarning bo'g'ozligi "UTT" apparati yordamida erta aniqlab borildi.

1-pacM. YTT annapani ëpaaMHfla TaHaiapHHHr 6yF03inrHHH amiKiaw.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Tadqiqotning natijalari. Urg'ochi tanalarning pushtdorlik xususiyatlari ulardan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lib hisoblanadi. Tadqiqotlarimizda Daniya seleksiyasidagi turli liniyalarga mansub 1-avlod urg'ochi tanalarning pushtdorlik ko'rsatkichlarini o'rganish natijalari quydagi jadvalda keltirilgan (1-jadvalda).

1-jadval

Daniya seleksiyasidagi turli liniyalarga mansub 1-avlod urg'ochi tanalarning pushdorlik ko'rsatkichlari

Ko'rsatkichlar Guruhlar

1-tajriba "Oman Justi" liniyasi n = 15 2-tajriba "Ha Manfred" liniyasi n = 15 3-tajriba "Arlinda" liniyasi n = 15

X±Sx Cv, % X±Sx Cv, % X±Sx Cv, %

Birinchi qochirishdagi tirik vazni va yoshi, kg/ oy 385±1,25 14-15 2,38 375±1,45 14-15 2,12 376±1,15 14-15 2,26

Birinchi qochirishdan otalanish darajasi, % 80,3 - 72,7 - 70,5 -

Qochirish indeksi 1,66 - 1,46 - 1,53 -

Bo'g'ozlik davrining davomiyligi, kun 285,0±0,44 0,38 282,0±0,27 0,30 283,7±0,32 0,32

Servis davri, kun 70±10,8 1,77 72±11,6 1,92 79±17,0 1,87

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, barcha guruhlardagi g'unajinlar yaxshi pushtdorlik ko'rsatkichlarini namayon etgan. Ayniqsa, ularning 14-15 oylik yoshida 375-385 kg tirik vaznga yetganda sun'iy urug'langani ahamiyatli.

G'unajinlarlarning birinchi qochirishda otalanish darajasi deyarli guruhlararo katta farq kuzatilmadi, lekin birinchi qochirishda otalanish darajasi 1-tajriba guruhdagi "Oman Justi" liniyasiga mansub tanalarda boshqa liniyalarga mansub 2 va 3 guruhlardagi tengdoshlariga nisbatan tegishli ravishda 7,6 va 9,8 % ga yuqori bolgan. Shuningdek, ulardagi qochirish indeksi 0,05 va 0,10 ga past bo'lganaligini ko'rish mumkin.

Sigirlar servis davrining davomiyligi - ya'ni tuqqanidan keyingi natijali otalanishgacha bo'lgan davrning davomiyligi otalanish darajasi va buzoq olish ko'rsatkichi bilan uzviy bog'liqdir. Agar servis davrining muddati optimal 70 kun bo'lsa, bu sigirlardan bir yilda bitta buzoq olisli mumkinligidan dalolat beradi.

Tajribadagi sigirlarning servis-davri davomiyligi me'yor darajasida bo'lib, 70-79 kunni tashkil etdi. Birinchi tajriba guruhidagi g'unajinlarda servis-davrining davomiyligi 2-tajriba guruhidagilarga nisbatan 2 kunga (2,8%), 3-tajriba guruhidan esa 9 kun (8,6%) ga qisqaroq bo'ldi.

Tajribaga jalb etilgan sun'iy urug'lantirilgan g'unajinlarning bo'g'ozligi tekshirilganda, ularning birinchi qochirishda otalanish darajasi 1-tajriba guruhidagi g'unajinlar 3-tajriba guruhidagi tengdoshlaridan 9,8 %ga yuqori ekanligi aniqlandi. Qisir chiqqan tanalar veterinar vrachga qisirlik sababini aniqlash va kasal bo'lsa davolash uchun an'anaviy usulga nisbatan 1-1,5 oy ertaroq berildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

2-pacM. Ta^pnôa rypyx^apngarH 6yF03 FyHa^HH^ap.

Dastlabki hulosalar. Tadqiqotlarda olingan natijalar tahlili shuni ko'rsatdiki, Daniya seleksiyasigagi turli liniyalarga mansub barcha guruhlardagi urg'ochi tanalar me'yor talablari darajasidagi pushtdorlik ko'rsatkichlari namoyon qilishdi va bizning issiq iqlim sharoitimizga yaxshi darajadagi moslashganligidan dalolat beradi.

G'unajinlarlarning birinchi qochirishda otalanish darajasi tahlili shuni ko'rsatdiki, "Oman Justi" liniyasiga mansub urg'ochi tanalar "Ha Manfred" va "Arlinda" liniyalariga mansub tengdoshlarinikiga nisbatan tegishli ravishda 7,76 va 11,8 % yuqori bo'lganligi ularning tengdoshlariga nisbatan yaxshi pushtdorlik ko'rsatkichlarini namoyon qilganligidan dalolat beradi.

"Oman justi" liniyasiga mansub urg'ochi tanalarni yuqori pushtdorlik ko'rsatkichini namoyon etishining asosiy sababi, birinchidan yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlari yaratilganligi bilan tushuntirilsa, ikkinchidan ular o'zlarining yuqori genetik salohiyatini respublikamizning issiq sharoitida boshqa liniyalarga mansub tengdoshlariga nisbatan yaxshiroq namayon etganligidir.

Tajribaga jalb etilgan tanalarni sun'iy urug'lantirilganidan keyin 35-37 kunligida (ko'pi bilan 60 kunligida) bo'g'ozligini UTT apparati yordamida erta aniqlash tadbirini o'tkazish esa qoramollarning pushtdorlik ko'rsatkichlariga, ayniqsa servis davrining qisqarishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, mutaxassis va ishchilarning ish vaqti tejalishi aniqlandi. Qisir chiqqan tanalar veterinar vrachiga qisirlik sababini aniqlash va kasal bo'lsa davolash uchun an'anaviy usulga nisbatan 4055 kun ertaroq berildi.

Tajribadagi urg'ochi tanalarning bo'g'ozligini innovatsion UTT apparati yordamida tekshirish oson va qulay bo'lib, bugungi kunda mazkur yangi usul xo'jalikda joriy qilingan

REFERENCES

1. [Akmalxonov Sh.A.], Jumadullaev B.H. va boshqalar. "Qoramollarning mahsuldorligi va pushtdorligiga ta'sir qiluvchi omillar" "Respublikada chorvachilikni rivojlantirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, 2019. 16 b.

2. [Аширов М.Е.], Аширов Б.М., Юлдашев А.А. "Разведение голштинского скота в Узбекистане" Монография, Ташкент 2020.

3. Nosirov U.N., Sobirov O. Naslni yaxshilang, yutasiz. Zooveterinariya jurnali. №8. 2008. 3435.

4. Хафизов И.И., Кахрамонов Б., Исамухаммедов С., Хафизов А. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы конференции: Материалы международной конференции "Эффективные методы управления селекционно-племенным процессом в табунном коневодстве". Министерства науки и вышего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет "., Казахстан, Павлодар, 2022 г., С. 124-128.

5. Хафизов И.И., Куччиев У., Хафизов А.И.. Тула кийматли озиклантиришни ташкил этишнинг сигирлар сут махсулдорлигига таъсири. 2009 й., ж:"Узбекистон кишлок хужалиги" журналининг "Агро илм" иловаси., Тошкент, № 2-сон(6), 24-25б.

6. Нурматов А., Жабборов Ш., Х,афизов И., Тагаева Л. Корабайир зотли тойларнинг усиш ривожланишини жадаллаштиришнинг илFор технологияси. Кonferensiya materiallari: Кonferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 200-206 b.

7. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunov. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020/12/1. 614 (1), 012161

8. G'iyosov H., Xolmatov A, Tursunboev Sh.B. "Hayvonlarni genom baholash ularning nasl ko'rsatkichlarini erta prognozlash imkonini beradi" Samarqand Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar Universitetida 2022 yil 12-14 may kunlari bo'lib o'tgan "Qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishning iqtisodiy vazifalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand 2022.

9. G'iyosov H., Sayfullaev Q., Jabborov T. "Sigirlar bo'g'ozligini erta aniqlashning innovatsion usuli joriy etildi" «CHORVACHILIK va NASLCHILIK ISHI» ilmiy-amaliy jurnali, 2021 yil 6-soni.

10. Sh.B.Tursunboev G'iyosov H., "Qoramollar bo'g'ozligini иТТ apparatida erta aniqlash afzalliklari" «Fermer» ijtimoiy-iqtisodiy jurnali, 2023 yil 7-soni.

11. S. Mavlanov1*, U. Soatov1, Kholmatov1, A. Amirov1, and U. Irgashev2. Integrated methods of combating sheep ectoparasites. Corresponding author: s.mavlanov71 @mail.ru. E3S Web of Conferences 258, 04038 (2021).UESF-2021, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125804038. © The Authors, published by EDP Sciences. This is an open access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License 4.0 (http://creativecommons. Org/licenses/by/4.0/).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.