Научная статья на тему 'BROYLER JO’JALARINI OZIQLANTIRISHDA OZUQAVIY QO’SHIMCHA “BAVMENZAYM” BIOPREPARATIDAN FOYDALANISH'

BROYLER JO’JALARINI OZIQLANTIRISHDA OZUQAVIY QO’SHIMCHA “BAVMENZAYM” BIOPREPARATIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
19
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ROSS 308 / kross / broyler / start / rost / finish / gramm / tirik vazn / biopreparat / “BAVMENZAYM” / mikro va makro elementlar / vitamin / oziqlantirish.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — To’laganova Zilola Kamoliddin Qizi, Axmedova Zahro Rahmatovna

Ushbu maqolada, broyler jo’jalarini oziqlantirishda “BAVMENZAYM” biopreparatdan 7 kunlik yoshidan boshlab 10 kun davomida 1 litr suviga 100 ml aralashtirib berilganda, jo’jalarning o’sish rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligi, tirik vazni va so’yim nazorati o’rganilgan to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BROYLER JO’JALARINI OZIQLANTIRISHDA OZUQAVIY QO’SHIMCHA “BAVMENZAYM” BIOPREPARATIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K 636.5.033

BROYLER JO'JALARINI OZIQLANTIRISHDA OZUQAVIY QO'SHIMCHA "BAVMENZAYM" BIOPREPARATIDAN

FOYDALANISH

1To'laganova Zilola Kamoliddin qizi, 2Axmedova Zahro Rahmatovna

1ChPITI, ilmiy xodim, 2b.f.d., prof. Mikorobiologiya instituti, bo'lim mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.13859264

Annotatsiya. Ushbu maqolada, broyler jo'jalarini oziqlantirishda "BAVMENZAYM" biopreparatdan 7 kunlik yoshidan boshlab 10 kun davomida 1 litr suviga 100 ml aralashtirib berilganda, jo'jalarning o'sish rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligi, tirik vazni va so'yim nazorati o'rganilgan to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ROSS 308, kross, broyler, start, rost, finish, gramm, tirik vazn, biopreparat, "BAVMENZAYM", mikro va makro elementlar, vitamin, oziqlantirish.

Аннотация. В данной статье изучено развитие роста, устойчивость к болезням, живая масса и контроль убоя цыплят при скармливании цыплятам-бройлерам биопрепарата «БАВМЕНЗАЙМ» в смеси со 100 мл на 1 л воды в течение 10 дней с 7 дневного возраста.

Ключевые слова: РОСС 308, кросс, бройлер, старт, рост, финиш, грамм, живая масса, биопрепарат, «БАВМЕНЗАЙМ», микро и макроэлементы витамин, кормление.

Abstract. This article studies the development of growth, resistance to diseases, live weight and slaughter control of chickens when feeding broiler chickens the biopreparation "BAVMENZAIM" in a mixture of 100 ml per 1 liter of water for 10 days from 7 days of age.

Keywords: ROSS 308, cross, broiler, start, growth, finish, gram, live weight, biopreparation, "BAVMENZAIM", micro and macroelements, vitamin, feeding.

Kirish. Hozirgi vaqtga kelib parrandachilik chorvachilikning eng yuqori mahsuldor tarmoqlaridan biri bo'lib qolmoqda. Parrandalar tez ko'payish, intensiv o'sish va sermahsuldorligi bilan katta ahamiyatga egadir. Parrandalar orasida aynan tovuq go'shti va tuxumiga bo'lgan talab boshqa turdagi parranda go'sht va tuxumidan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Parranda go'shti, ta'mi va mazasi bilan baholanadi.

O'tkazilgan tahlillar so'ngi 3 yilda parrandachilik mahsulotlariga bo'lgan extiyojning ortganligi bilan bir vaqtda narxlarning ham oshib borganligini ko'rsatmoqda. Masalan, aholining 2023 yilda tuxum iste'moliga bo'lgan yillik talabi 7,6 mlrd. donani tashkil etib, 2021 yilga nisbatan o'sish 104 foizni, shuningdek ichki iste'mol bozorlarida iste'mol tuxumining ulgurji narxi mos ravishda 850-1400 so'mni (+550 so'm, yoki 164%) tashkil etgan. Parranda go'shtiga bo'lgan yillik iste'mol talab 2023 yilda 544 ming tonnani (2021 yilda 522 ming tonna) yoki o'sish 104 foizni tashkil etib, mahsulot ulgurji narxi tegishli ravishda 16 000 - 26 000 so'm (+10 000 so'm, 162%) bo'lgan. Bugungi kunda respublika aholisining parranda go'shtiga bo'lgan ehtiyoji 82 foizga va iste'mol tuxumi bilan 108 foizga ta'minlangan. Chorva ozuqasidan unumli foydalanish hazmlanishni yaxshilash, mahsuldorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb yetadi. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunovlar ta'kidlashlaricha qoramolllarni Koreyaning TMR texnologiyasi bilan boqish ozuqa samaradorligini oshirish va shu bilan birga mahsuldorlikni oshirishga olib keladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

I.Xafizov, B.Qahramonov, S.Isamuxammedov, A.Xafizovning (2022) ma'lumotlariga ko'ra, oziqlantirish omili qishloq xo'jalik hayvonlarini mahsuldorligi oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, beda o'simligi, makkajo'xori va oraliq ekinlardan tayyorlangan pichan, silos hamda senaj asosiy ozuqalardan hisoblanadi. I.Xafizov,U.Kuchchiev, A.Xaflzovlarning (2009) xulosasiga ko'ra, to'la qiymatli oziqlantirish imkoniyatlarini yaratish sigirlarning sut mahsuldorligini va pushtdorlik xususiyatlarini oshiradi.Soha olimlari A. Nurmatov, I.Xafizovlarning (2024) fikricha, qorabayir zot otlariga maqbul oziqlantirish sharoitini yaratish, ularni nasl va ishchanlik xususiyatlarini yaxshilaydi. I.Xafizov, A.Xafizovlarning (2024) fikriga ko'ra, otlarni kelib chiqishini o'rganish yilqichilikni barqaror rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

I.Xafizov, O.Kuchchiev, A.Xafizovlarning (2024) ta'kidlashicha, otsimonlar avlodlari tashqi omillarning ta'siri natijasida tuyoqlarining tuzilishi o'zgarib borgan, oyoq bo'g'inlari mustahkamlanib, tez harakat qilishga moslashib borgan.A.Nurmatov, I.Xafizov, SH.Jabborov, L.Tagaevalarning(2024) xulosasiga ko'ra, qorabayir zotli toylarni onasidan ajratilgandan keyin jadal o'sitirishda asosiy ratsion tarkibiga biologik faol qo'shimchalarni kiritish afzalligi isbotlangan. I.Xafizov, A.Xafizovlarning (2024) fikriga ko'ra,otlarni erta bahordan kech kuzgacha yaylov sharoitida boqishni tashkil qilish ozuqalarni iqtisod qilish imkonini beradi. A.Nurmatov, I.Xafizov, AXafizov, D.Karibaevalarning (2024) fikriga ko'ra, "otxona"-"yaylov" sharoitida saqlangan qorabayir va uni friz zoti bilan duragaylashgan toylarda o'sish rivojlanishi jadal kechib, ozuqa tejaladi. I.Xafizovning (2023) fikriga ko'ra, seleksiya-naslchilik ishlarini to'g'ri tashkil qilish, yangi texnologiyadan foydalanish tarmoqni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif I.Xafizovning (2023) xulosasiga ko'ra, qorabayir zot otlari murakkab chatishtirish va bir necha zotlar ishtirokida yaratilgan bo'lib, o'ziga xos genetik xilma-xillikka ega. A.Xafizovning (2023) ma'lumotiga ko'ra, "otxona-yaylov" texnologiyasi sharoitida saqlangan toylarining qon va qon zardobi tarkibidagi barcha ko'rsatkichlar otxona sharoitida saqlangan tengqurlariga nisbatan eng yuqori bo'lib, ozuqalarni iste'mol qilishi samarali bo'lgan.

Mazkur ishning maqsadi mahalliy ozuqa moddalarini yuqori samarador, nopatogen mikroorganizmlar yordamida tayyorlash, ozuqaviy me'yorlash, turli yoshdagi va yo'nalishdagi parrandalarning morfologik va fiziologik ko'rsatkichlariga asoslanib, boqish va soha samaradorligini oshirishda sifatli va yuqori mahsuldor parranda go'shti bilan ta'minlash ishlariga asos solishdan iboratdir.

O'zFA Mikrobiologiya institutining "Mikroorganizmlar fermentlari" laborotoriyasida biopreparatlar ustida tajriba o'tkazildi va tayyorlangan biopreparatlar go'sht yo'nalishida boqiladigan jo'jalarida qo'llanildi. Biopreparatlarni parrandalarda qo'llash bo'yicha tajribalar Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba xo'jaligida amalga oshirildi.

Institut tajriba xo'jaligiga 100 ta ROSS 308 broyler jo'jalari tajriba o'tkazish uchun keltirildi. Jo'jalar 35 kunlikgacha boqildi. "BAVMENZAYM" biopreparat broyler jo'jalarini boqishda suviga aralashtirib 7 kunligidan boshlab start oziqlanish davrida 10 kun davomida berildi. Nazorat va tajriba guruh jo'jalarining fiziologik xolati, go'shtlorlik darajasi, kasallikga chidamliligi aniqlandi. Tajriba yakunida 35 kunlik bo'lgan nazorat va tajriba guruhi broyler jo'jalarida 5 boshdan jami 10 bosh jo'ja ustida nazorat so'yim o'tkazildi.

Tajriba natijalari. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo'jaligining parranda boqish binosiga bir kunlik 100 ta go'sht yo'nalishidagi R0SS-308 broyler jo'jalar keltirildi. Jo'jalar 50 tadan qilib nazorat va tajriba guruhlariga ajratildi. Xona harorati jo'jalarga moslashtirildi. Xona harorati bir kunlik jo'jalar uchun 33-340C tashkil qildi, bu harorat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

jo'jalar 5 kunlik bo'lguncha shu xolatda ushlab turildi. Bu harorat jo'jalar kunlik yoshi oshib borishi bilan kamaytirib borildi. 35 kunlik yoshida xona harorati 23-250C darajani tashkil etdi. Xona namligi bir kunlik jo'jalar uchun 70% ni tashkil qildi, kunlik yoshi oshib borishi bilan harorat pasaytirilgani sari namlik ham o'zgarib bordi, jo'jalarning 35 kunlik yoshida namlik 50 % ni tashkil etdi.

Jo'jalarni oziqlantirishda mahsus sutkalik jo'jalar uchun start emi 15 kunlik yoshigacha berildi uning tarkibida barcha jo'ja organizmi uchun zarur bo'lgan premikslar, oqsil, vitamin, makro va mikro elementlar mavjud. 1 kunlik har bir bosh jo'ja uchun 13 grammdan ozuqa o'lchanib berildi. Jo'jalarga 1 kunligidan boshlab to 15 kunlik yoshigacha "start", 16 kunlik yoshidan 25 kunlik yoshigacha "rost" 26 kunlikdan 35 kunlikgacha "finish" yem turi berib borildi. Kunlik yoshiga qarab yem miqdori oshirib borildi. Tajriba guruhida boqilayotgan jo'jalarga 7 kunligidan boshlab start oziqlanish davrida "BAVMENZAM" biopreparati ozuqaviy qo'shimcha sifatida 10 kun davomida 1 litr suvga 100 ml hisobida aralashtirib berildi. Nazorat va tajriba guruhi bir xil usulda boqib borildi. "BAVMENZAM" biologik hafvsiz ozuqaviy qo'shimchasini jo'jalar organizmiga yaxshi ta'sir ko'rsatdi. Bunda tajribadagi jo'jalarning o'sish rivojlanishi vazn ortishi nazorat guruhi jo'jalaridan ancha sezilarli darajada yuqori bo'ldi. Oziqlanish jarayoni tajriba guruhi jo'jalaridal yem iste'moli yaxshi. Ovqat hazm bo'lish jarayoni tezlashdi. Kasalliklarga chalinish kuzatilmadi. 1 dona jo'ja havfsizlik qoidasiga rioya etilmagani sababli nobud bo'ldi. Nazorat guruhi jo'jalarida esa oziqlanish jarayonida yem turi o'zgarish davomiyligida ozuqaning xazmlanishida zo'riqish jarayoni kuzatildi va 3 bosh jo'ja nobud bo'ldi. (1-jadvalda jo'jalarning saqlanish foizi keltirilgan).

1-jadval.Jo'jalarning hayotchangligi 1 kunlik yoshidan boshlab 50 tadan jo'jalar guruhlarga ajratilganda

Yoshi, kunlik Nazorat guruhi n=50 Tajriba guruhi n=50 Nazorat o'lim soni, ta Tajriba o'lim soni, ta

1-5 50 50

6-10 50 50

11-15 50 49 1

16-20 49 49 1

21-25 49 49

26-30 47 49 2

31-35 47 49

Jami: 47 49 3 1

Hayotchangligi, % 94 98

Nazorat guruhi jo'jalarida 16 kunlik yoshidan 35 kunlik yoshigacha 3 ta o'lim bo'ldi. Tajriba guruhi jo'jalarida 11 kunlik yoshidan 35 kunlik yoshigacha 1 ta o'lim holati bo'ldi. Hayotchangligi nazorat guruhida 94 %ni, tajriba guruhida esa 98 % ni tashkil qildi.

Sutkalik jo'jalarning o'rtacha vazni tortib aniqlandi, o'rtacha vazni 50,6 grammdan to'g'ri keldi. Jo'janing o'rtacha vazni 1 kunlik, 7 kunlik, 18 kunlik va 35 kunlik yoshigacha o'lchab borildi. So'ngi vazn o'lchashda nazorat guruhi jo'jalarining o'rtacha vazni 2076 grammni, tajriba guruhi jo'jalarining og'irligi 2314 grammni tashkil qildi. Tajriba guruhi jo'jalari kross standartidan 201 gramm, nazorat guruhi jo'jalaridan esa 238 gramm ko'proq vaznga ega bo'lganini ko'rishimiz mumkin. 6-jadvalda tirik vazn ortib borishi kletirilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

1-rasm Ross 308 jo'jalarining 2-rasm. Ross 308 broyler jo'jalari

saqlash sharoiti 35 kunlikyoshda

2-jadval.Tajriba bo'yicha jo'jalarini o'rtacha tirik vazni ortib borishi jadalligi, g

(n=20)

Yoshi, kun ROSS 308 kross standarti, g Nazorat guruhi, g n=10 Tajriba guruhi, g n=10

1 56 45,3 46

7 185 172,1 174,0 (7 kunlikdan 1 l suviga 100 ml "BAVMENZAM" 10 kun qo'shib berildi)

18 709 691,1 816,3

35 2113 2012,9 2219,2

2-jadvaldagi ma'lumotlardan kelib chiqib, tajribalar natijasida shuni aytish mumkinki, "BAVMENZAM" biologik ozuqaviy qo'shimchasini jo'jalarga suvi orqali qo'llashda ularning hayotchangligi nazorat guruhida 94 % ni tajriba guruhida esa 98% ni tashkil etdi. Kasalliklarga chalinmadi. Jo'jalarning 35 kunlikdagi yakuniy tirik vazni nazorat guruhida 2012,9 gramm, tajriba guruhida bo'lsa 2219,2 grammdan iborat bo'ldi. Tajriba guruhi jo'jalari nazorat guruhi jo'jalaridan tirik vazn jihatidan 206,3 gramm bilan farq qildi.

Havfsiz ozuqaviy qo'shimcha bilan boqilgan 35 kunlik broyler jo'jalarida har bir guruhdan 5 tadan jo'ja saralab olinib, so'yim chiqim nazorati o'tkazildi.

3-jadval. 35 kunlik broyler jo'jalarini nazorat so'yim natijalari (n=10)

№ Ko'rsatkichlar Nazorat guruhi (n=5) Tajriba guruhi (n=5)

1 So'yim oldi tirik massasi, g 2064,6 2302,0

2 Yarim tozalangan tana, massasi, g 1785,8 2006,2

3 Yarim tozalangan tana bo'yicha so'yim chiqimi, % 86,4 87,1

4 Tozalangan tana massasi, g 1481,2 1701,2

5 Tozalangan tana bo'yicha so'yim chiqimi, % 71,7 73,9

6 Ichki organlari, g 304,1 305,0

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, eng yuqori ko'rsatkich tozalangan tana massasi tajriba gruhidagi jo'jalardan olingan bo'lib, 1701,2 g ni tashkil qildi, nazorat guruhidagi jo'jalarida esa 1481,2 g tozalangan tana massasi olindi. Bunda nazorat guruhi jo'jalaridan tajriba guruhi jo'jalari 220 gramm oshiqligi bilan farq qilganini ko'rish mumkin Tozalangan tana massasi bo'yicha so'yim chiqimi nazorat guruhida 71,7 % ni tashkil qilgan bo'lsa, tajriba guruhida 73,9,0

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

% ni tashkil qildi. Ichki organlar massasi tajriba guruhida 305,0 g ni, nazorat guruhida esa 304,1 g ni tashkil qildi.

Xulosa qilib aytganda, tajriba guruhidagi byorler jo'jalarini boqishda biologik xavfsiz faol ozuqaviy qo'shimcha "BAVMENZAM" biopreparatidan foydalanilganda jo'jalarning yemni yaxshi hazm qilishi, vazni ortib borishi, yashovchangli va so'yim natijalari nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo'lishi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2021 yil 3-martdagi PQ-5017-sonli "Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

2. Azimov D.S. "Texnologiya obogasheniya zavodskix kormov v ptitsevodcheskom xozyaystve" J.Selskoe xozyaystvo Uzbekistana" №5 1997 god s.10-11.

3. Ezerskaya A., Zaxarov S., Tarasov N. "Preparati lizina v kormax dlya broylerov". J. "Ptitsevodstvo". №2. 2002 y.

4. Hamroqulov R., Karibaev K. «Qishloq xo'jaligi hayvonlarini oziqlantirish» Toshkent. 1999 y.

5. Islomxo'jayev S.S., Boboyev K.X. "Parrandachilikdan amaliy mashg'ulotlar". Toshkent. O'zbekiston nashriyoti, 1996, 78-79 b.

6. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunov. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020/12/1. 614 (1), 012161

7. Хафизов И.И., Кахрамонов Б., Исамухаммедов С., Хафизов А. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы конференции: Материалы международной конференции "Эффективные методы управления селекционно-племенным процессом в табунном коневодстве". Министерства науки и вышего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет "., Казахстан, Павлодар, 2022 г., С. 124-128.

8. Нурматов А.А., Хафизов И.И., Хафизов А.И., Карибаева Д..Скороспелость жеребят карабаирский породы и их помесей с фризской породой. Материалы конференции:Актуальные вопросы совершенствование технологии производства и переработки продукции сельского хозяйства. Мосоловские чтения. Материалы международной научно-практической конференции. Марийский НИИС/Х-фил. Фед. аг.науч.ц.р Сев.-Вос. им.Н.В.Руницкого. 2024г., № XXVI.,C. 486-490.

9. Хафизов И.И., Куччиев У., Хафизов А.И.. Тула кийматли озиклантиришни ташкил этишнинг сигирлар сут махсулдорлигига таъсири. 2009 й., ж:"Узбекистон кишлок хужалиги" журналининг "Агро илм" иловаси., Тошкент, № 2-сон(6), 24-25б.

10. Нурматов А., Хафизов И. Карабаирская порода лошадей-«золотой фонд» Узбекистана. Вестник Ошского государственного университета. Сельское хозяйство: агрономия, ветеринария и зоотехния. г.Ош, 2024/6/28, №2 (7), С.212-218.

11. Хафизов И.И., Х,афизов А.И. Отларнинг кадимий аждодларининг узига хос хусусиятлари. Кonferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024/5/30, ToshDAU, 133-138 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

12. Х,афизов И.И., Куччиев О.Р., Х,афизов А.И. Эволюция жараёнида от фенотипи-даги катта ва кичик мутацион узгаришларнинг узлуксиз намоён булиши. Konferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani.Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 139-144 b.

13. Нурматов А., Жабборов Ш., Х,афизов И., Тагаева Л. Корабайир зотли тойларнинг усиш ривожланишини жадаллаштиришнинг илFор технологияси. Konferensiya materiallari: Konferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 200-206b.

14. Х,афизов И.И., Х,афизов А.И. Отларни яйлов шароитида саклашнинг афзаллиги ва унга булган талаблар. Konferensiya materiallari:Ozbekistonning janubiy hududlarida qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning muammo va istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani., Qarshi-2024, 2024/5/17, TIQXMMI, 400403 b.

15. Х,афизов И.И. Узбекистонда йилкичиликни х,озирги полати ва ривожлантириш истикболлари.Конференция материаллари:"Ветеринария сохдсини ривожлантиришда ижтимоий-гуманитар фанларнинг урни" мавзусида республика илмий-амалий конференцияси маърузалар туплами. Тошкент, Самарканд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетининг Тошкент филиали., 2023/2/23, 345-353 б.

16. Х,афизов И.И. ^орабайир зот отлари генофондининг генетик хилма-хиллиги. ж."Узбекистон кишлок хужалиги" журнали, "AGRO ILM" илова, Тошкент, 2023, махсус сон (3) (96), 45-47 б.

17. Hafizov Akmal Inoyatovich. Hematological and clinical indicators of foals of the Karabayir breed and its hybrids with the Friesian breed.Cotton Science (2023), Volum-3, Issue-2. Cotton Science International Scientific journal. Internet address: http://journals.company/ E-mal:info @journals. company.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.