INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
UO'K:636. 39.034
CHETDAN KELTIRILGAN NASLLI TAKALAR BILAN MAHALLIY ECHKILARNI CHATISHTIRISHDAN OLINGAN AVLODLARNING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA MAHSULDORLIK XUSUSIYATLARI
Karshiyev Zoxidxon Avazxonovich
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.13854217
Annotatsiya. Maqolada chetdan keltirilgan naslli takalar bilan mahalliy echkilarni chatishtirishdan olingan duragay avlodlarning o'sish, rivojlanish va mahsuldorlik xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: zot, sut, go 'sht, mahalliy ona echkilar, tirik vazn, mahsuldorlik.
Аннотация. В статье приводятся результаты работ о росте, развитии и продуктивных свойствах гибридов коз, полученных от скрещивания породных завозных козлов с местными козами.
Ключевые слова. порода, мясо, местные козоматки, живая масса, продуктивность.
Abstract. In the article data on growth, development and productivity characteristics of the offspring obtained from crossing domestic goats with foreign breed goats are presented.
Keywords. breed, milk, meat, native mother goats, alive weight, productivity.
Kirish. Mamlakatimizning tabiiy iqlim sharoitida echkilarning biologik salohiyatidan foydalanib, ularning mahsuldorligini oshirish tarmoqni jadal rivojlantirish hamda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy zotga mansub echkilarning mahsuldorlik ko'rsatkichlari past bo'lib, shu sababli ularni xorijdan olib kelingan naslli takalar bilan juftlash, ularning biologik xususiyatlaridan samarali foydalanish, sut, go'sht, jun mahsuldorligini oshirish, o'sishi, rivojlanishi va konstitutsional mustahkamligi, belgilarning irsiylanishi va o'zgaruvchanligi, naslchilik ishini tashkillashtirish, suruvni ko'paytirish, oziqlantirish, asrash hamda urchitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish dolzarb masala bo'lib hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizning sut mahsulotlari bozorida echkilardan olingan sut va sut mahsulotlari paydo bo'la boshladi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan echki suti va uni qayta ishlashdan olingan sut mahsulotlari bolalar ozuqasini sifatida keng foydalanilmoqda. Echki sutiga ishlab chiqaruvchilar tomonidan qiziqishning paydo bo'lishiga sabab, u organizm tomonidan 97 % hazmlanadi.
Mustafina G.N. (2008) takidlashicha o'sishning eng muhim ko'rsatkichi - bu hayvonlarning tirik vaznidir. Hayvonning tug'ilganidagi tirik vazni muhim seleksion ko'rsatkich bo'lib, u hayvonning kelgusidagi rivojlanishida ham ta'sir ko'rsatadi va katta xo'jalik ahamiyatiga ega. Hayvon organizmi uni o'rab turgan tashqi muhit bilan muntazam aloqada bo'lganligi tufayli turli hayvonlarda o'sish va rivojlanish jarayonlari turlicha kechadi. Hayvonlar zoti va individual xususiyatlari, shuningdek mahsuldorlik yo'nalishi hamda tabiiy -iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi bilan bog'liq ravishda bir xil sharoitda turlicha o'sish jadalligini namoyon qiladilar [1].
Marmaryan G.Yu., Kamalyan R.G. (2013) larning qayd etishicha Xorijdan keltirilgan echkilarning (alp, zaanen, toggenberg) sut mahsuldorligining yuqori ekanligini tasdiqlaydi va shu
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
bilan birga birinchi laktatsiyadagi 2 yoshli, mahalliy duragay echkilar suti zardobida azot almashinuvi ko'rsatkichlari o'rtasida korrelyasiya yo'qligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda mahalliy echkilar suti tarkibida lizotsim va kazein miqdori ko'p saqlaganligi uchun yuqori bakteriotsid faollikga ega. Mahalliy va duragay echkilarda AST va mochevinaning hamda sutda kreatinning ko'payish tendensiyasi, ularning sut bezlarida azot almashinuvining yuqori ekanligi aniqlangan. [2].
Ma'lumki, uvuzning xossalari sutga nisbatan juda katta va uloqlarning o'sishi uchun muhim biologik va fiziologik ahamiyatga ega, uvuz bilan uloqlar immunitetning shakllanishi hamda tashqi muhitning noqulay sharoitiga chidamliligining oshishi uchun muhim bo'lgan moddalarni olishi bo'yicha qator olimlar tomonidan tadqiqot ishlari bajarilgan (Pa:®aMypagoB 3.T., 1980; CBH^eBa E.M., 1999; Kapture J., 2002).
Xuseinova M.A. (2021) ning tadqoqotlarida olingan ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, mahalliy zot echkilarni oq rus takalari bilan chatishtirib olingan duragay echkilarda mahalliy echkilarga nisbatan o'sish va rivojlanishning barcha bosqichlarida tirik vazn ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan, Erkak uloqlarning tug'ilgandagi tirik vazni I avlod duragay (Fi) uloqlarda mahalliy zotga mansub uloqlarga nisbatan 0,37 kg yoki 15,7 % ga, II avlod duragaylarda (F2) esa 0,45kg yoki 19,1 % ga, urg'ochi uloqlarning tug'ilgandagi tirik vazni esa mos ravishda 0,31 kg yoki 14,09% ga va 0,46 kg yoki 20,9% yuqori bo'lgan, shuningdek bunday chatishtirish natijasida olingan uloqlarning tug'ilganidagi tirik vazni ham nisbatan kattaroq bo'lganligi kuzatilgan[3].
Ansatbayev P.A. (2023) muallifning yangi ekologik sharoitda zaanen zotli echkilarning moslashuv xossalari va mahsudorlik xususiyatlari bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalariga bo'yicha o'sish koeffitsiyetlari yosh davrlari bo'yicha yag'rin balandligi, gavda qiya uzunligi, dumg'aza balandligi, ko'krak va kaft aylanasi kabi tana qismlarida noturg'un; ko'krak chuqurligi, ko'krak kengligi singari tana qismlarida esa turg'un ravishda kamayish kuzatilgan hamda tirik vazn dinamikasi bo'yicha mustahkam konstitutsional tip echkilar kuzatilganda, zich va nozik tipga nisbatan: 8 oylik yoshida 1,1 kg (P>0,05) va 1,9 kg (P<0,01) ga; 12 oylik yoshida 1,5 kg (P>0,05) va 2,7 kg (P<0,01) ga; 18 oylik yoshdai 1,1 kg (P>0,05) va 2,8 kg (P<0,01) ga; 24 oylik yoshdagi esa 1,6 kg (P>0,05) va 3,1 kg (P<0,01) kg ga ustunlik qilgan [4].
Toreshova A.U. (2019) o'z tadqiqotlarida turli davrda bolalagan echkilarning sut mahsuldorligi bir xilda bo'lishi kuzatilmadi. Ya'ni, aprel va mart oylarida bolalagan echkilar eng yaxshi sut mahsuldorligiga ega bo'ladi va bu yaylov ozuqalaridan samarali foydalanish imkoniyati borligini anglatadi. Aprel oyida bolalagan echki suti tarkibida yog' va oqsil (5,6 va 4,69 foiz), mart oyida uloqlagan echki suti tarkibida esa suvning ko'proq bo'lishi (85,8 foiz) aniqlangan. Oziqlantirish va saqlash texnologiyalarining tegishli sharoiti yaratilganda echkilar parhez sut ishlab chiqarishning manbayi bo'lishi mumkunligi qayd etib o'tilgan[5].
Xuseinova M.A. (2021) muallif olgan ma'lumotlar tahlilining ko'rsatishicha mahalliy echkilarni oq rus zotli takalar bilan chatishtirish olingan avlodlarda serpushtlik ko'rsatkichlarning yaxshilanib borishiga olib kelgan. Echkilarning serpushtligi mahalliy zotga mansub echkilarda har 100 bosh hisobiga 115,0 boshni tashkil qilgan bo'lsa, mahalliy echkilarni oq rus takalari bilan chatishtirishdan olingan birinchi bo'g'in duragay echkilarda bu ko'rsatkich mahalliy echkilarga nisbatan har 100 bosh hisobiga 20 boshga yoki 17,4% ga, ikkinchi bo'g'in (F2)duragay echkilarda esa mos ravishda 35 bosh yoki 30,4% ga yuqori bo'lishi aniqlangan[6].
D.Parmanovaning (2022) tadqiqotlarida mavsumiy yaylovlar ratsioni va ularning oziqlanishi, qorako'l qo'ylarining boqish normalari, qorako'l qo'ylarining ozuqa moddalariga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
bo'lgan yillik ehtiyoji (bosh boshiga), turli jins va yoshdagi qorako'l qo'ylarining boqish normasi (bosh/kun), qo'shimcha qo'ylarning turli jins va yosh guruhlari oziqlanish normalari o'rganilgan. Tabiiy yaylov o'simliklarining o'z-o'zini yangilash va fitomas hosil qilish xususiyatlari yaylovlarni ozuqa moddalari bilan ta'minlovchi biologik zahiralar manbaiga aylantirishini, yilning davomiyligi 100%, bahor, yoz, kuz va qish fasllari esa foiz sifatida hisoblanishini ma'lumotlarida keltirishgan[7].
Tadqiqotda har xil genotipli qo'ylarning go'sht mahsuldorligini oshirishda jadal texnologiya asosida xo'jalikda noan'anaviy usulda tayyorlangan to'la qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirilgan. Har bir guruhning tirik vazn, kg tarozida tortib o'lchash natijasida yuqori tirik vazn olganligini Z.Hakimov, D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalar (2022) tadqiqot ma'lumotlarida keltirishgan[8].
D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalarning (2022) tadqiqotlarida, Edilbay va Jaydari zotiga mansub qo'ylarni go'sht mahsuldorligini oshirishda "Best Mega Mix" to'la qiymatli ozuqadan foydalanib yuqori samaradorlikka erishishgan[9].
Qo'chqorchalarning go'sht mahsuldorligini oshirishda nazorat guruhini xo'jalik sharoitida mavjud oziqalar bilan oziqlantirib, tajriba guruhini esa to'la qonli ratsion asosida oziqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Tajriba guruhidagi qo'chqorchalarni nazorat guruhidagi qo'chqorchalarga nisbatan to'la qiymatli ratsion asosida oziqlantirish natijasida go'sht-yog' mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha ustun bo'lishini D.Parmanova, Sh.Shoxnazarovalar (2023) tadqiqotlarida aniqlashgan[10].
Davronov B.X. (2023) ning tadqiqotlariga ko'ra chetdan olib kelingan sut yo'nalishdagi Alp va Toggenburg zotli echkilarni keskin o'zgaruvchan iqlim sharoitida sanoat asosida qurilgan majmuada boqilganda echkilarning tirik vazni jadal ravishda oshishiga erishilgan. Alp zotli urg'ochi echkilarning 18 oyligida tirik vazni 59,79±0,67 kg. ni tashkil qilgan bo'lsa, tengqurlari Toggenburg urg'ochi echkilaridan 2,69% ga yuqori bo'lishi aniqlangan[11].
Xuseinova M.A., Djambilov B.X. (2021) tadqiqotchilar fikricha O'zbekistonning issiq sharoitida import qilingan ona echkilarning F2 avlodlari go'shtining yumshoq qismlari mahalliy zotlar va ularning F1 avlodlariga nisbatan 1,40 va 0,39 kg ko'p bo'lishi aniqlangan hamda go'shtdorlik koeffitsenti 3,43 birlikni tashkil qilib, mos ravishda 0,20 va 0,09 birlikga yoki 6,10 va 2,7% ga ko'p bo'ladi deb xulosa qilgan[12].
Xulosa. Chetdan keltirilgan naslli takalar bilan mahalliy echkilarni juftlashdan olingan avlodlarning o'sishi, rivojlanishi va mahsuldorlik xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, mahalliy echki zoti xalq seleksiyasi yo'li bilan yaratilgan, ular mamlakatning keskin kontinental iqlim sharoiti hamda kam hosilli yaylov sharoitiga yaxshi moslashgan bo'lsa ham ularning mahsuldorlik ko'rsatkichlari past bo'ladi. Shuning uchun, chatishtirishdan olingan duragay avlodlarning yangi iqlim sharoitiga moslashish xususiyatlarini o'rganish muhim hisoblanadi.
REFERENCES
1. Мустафина, Г.Н. Продуктивные и биоморфологические качества помесей коз русской белой и зааненской пород: автореф. дис... канд. с.-х. наук: 06.02.04. /Мустафина Гульнара Нургаязовна. - Чебоксары. - 2008. - 22
2. Мармарян Г.Ю., Камалян Р.Г. Биохимический состав молока коз разного происхождения, разводимых в Армении //Известия ТСХА. -2013. - выпуск 1. -С. 104110.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS"
_SEPTEMBER 26-27, 2024_
3. Хусеинова М.А. "Ок рус хамда махаллий эчки зотларини чатиштиришдан олинган авлодларнинг биологик ва махсулдорлик хусусиятлари". Дисс. Самарканд ш. 2021 й, 58 б.
4. Ansatbayev P.A. "Yangi ekologik sharoitda zaanen zotli echkilarining moslashuv xossalari va mahsuldorlik xususiyatlari". Diss. Hukus 2023 y, 114 b.
5. Торешова А.У. Шимолий ^оракалпогистон худудида хар хил саклаш шароитида эчкиларнинг махсулдорлик хусусиятлари. Дисс. Самарканд ш. 2019 й. - 114 б.
6. Хусеинова М.А. "Ок рус хамда махаллий эчки зотларини чатиштиришдан олинган авлодларнинг биологик ва махсулдорлик хусусиятлари". Дисс. Самарканд ш. 2021 й, 109 б.
7. D.Parmanova. Storage and fedding of karakalpok sheep in desert and semi-desert pastures rams. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal-2022, P. 19-23.
8. ЗДакимов, Д.Парманова, Ш. Шохназарова. Х,ар хил генотипли куйларни жадал бурдокилашда "Best Mega Mix" тула кийматли озукадан фойдаланиш самарадорлиги. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2022. 76-80 b.
9. Д.Парманова, Ш. Шохназарова. куйларни гушт махсулдорлигини оширишда "Best Mega Mix" тула кийматли озукадан фойдаланиш самарадорлиги. Агротехнология ва ветеринария тиббиёти илмий журнал. 2022, 834-837.
10. Д.Парманова, Ш.Шохназарова. Жайдари зотли кучкорчаларни жадал устириш ва уларнинг гушт махсулдорлиги. Актуальные проблемы пустынного живодноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. 2023, 266-269 б.
11. Davronov B.X. "Chetdan keltirilgan sut yo'nalishidagi alp va toggenburg zotli echkilarning xo'jalik foydali belgilarini o'rganish" Diss. Toshkent sh. 2023 y. 98 b.
12. Хусеинова М. А., Джамбилов Б.Х. Мясная продуктивност коз разного происхождения. в кн." Zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g'oyalar, takliflar va yechimlar" mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy-amaliy online konferensiyasi materiallari toplami 15-fevral, 2021-yil 9-son, 97-100 б.