Научная статья на тему 'JANUBIY KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG‘LARIDAN FOYDALANIB OLINGAN BUZOQLARNING O‘RTACHA TIRIK VAZNI HAMDA KUNLIK O‘SISH DINAMIKASI'

JANUBIY KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG‘LARIDAN FOYDALANIB OLINGAN BUZOQLARNING O‘RTACHA TIRIK VAZNI HAMDA KUNLIK O‘SISH DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Koreya seleksiyasi / F1 avlod / kunlik o‘sish / nisbiy o‘sish / mutloq o‘sish / naslini yaxshilash / golshtin

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Muxtorov Bahodirxon Obidxon O‘g‘li, Xasanov Bobur Baxtiyor O‘g‘li, Jabborov Shermat Shokirovich

Ushbu maqolada Janubiy Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug‘laridan foydalanib olingan F1 avlodlarining o‘rtacha tirik vazni hamda kunlik o‘sish dinamikasi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JANUBIY KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG‘LARIDAN FOYDALANIB OLINGAN BUZOQLARNING O‘RTACHA TIRIK VAZNI HAMDA KUNLIK O‘SISH DINAMIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK 636.081.1.3.35.

JANUBIY KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG'LARIDAN FOYDALANIB OLINGAN BUZOQLARNING O'RTACHA TIRIK VAZNI HAMDA KUNLIK O'SISH

DINAMIKASI

1Muxtorov Bahodirxon Obidxon o'g'li, 2Xasanov Bobur Baxtiyor o'g'li, 3Jabborov

Shermat Shokirovich

1, 2 Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktorant, 3 Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD, katta ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.13854406

Annotasiya. Ushbu maqolada Janubiy Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug'laridan foydalanib olingan F1 avlodlarining o'rtacha tirik vazni hamda kunlik o'sish dinamikasi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Koreya seleksiyasi, Fi avlod, kunlik o'sish, nisbiy o'sish, mutloq o'sish, naslini yaxshilash, golshtin

Abstract. The article examines the average live weight and daily dynamics of growth of Fi offspring obtained using seeds of South Korean bulls.

Аннотация. В стате рассмотрена средняя живая масса и суточная динамика прироста потомства Ф1, полученного с исползованием семян южнокорейских быков.

Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirishda davlatimiz va hukumatimizning bir qator qarorlari qabul qilindi. Bu esa davlatimiz tomonidan chorvachilikni rivojlantirishga juda katta e'tibor berilayotganidan dalolat beradi.

2022-yil 8-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmog'larini rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljalangan dasturini tasdiqlash to'g'risidagi PQ-120-sonli qarorida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni barqaror o'sishini ta'minlashga erishish sohani rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni yo'naltirish choralari ko'rsatib berilgan.

Muammoning o'rganganlik darajasi. Golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldorligini takomillashtirish, ularning turli ishlab chiqarish sut-go'sht

go'sht-sut tipidagi sigirlarning mahsuldorligini, eksterer ko'rsatkichlari, yelin, ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlarini, sut mahsuldorligini tirik vazniga, birinchi tug'ishdagi yoshiga, servis-davrining davomiyligiga, yelin shakliga bog'liq holda aniqlash bo'yicha respublikada bir qator xorijiy va Respublika olimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Sut mahsuldorlikga ega golshtin zotli qoramollarning mahsuldorlik xususiyatlarini turli omillarga bog'liqlikda va zotni takomillashtirish yuzasidan I.F.Gorlov, N.G.Chamurliev, V.N.Xramova, A.T.Varakin U.N.Nosirov, M.I.Ashirov, va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar o'rganilgan.

Oxirgi yillarda Yevropaning yetakchi davlatlaridan hamda Xitoy respublikasi va Janubiy Koreya davlatlarida yurtboshimizning tashabbusi orqali ko'plab yuqori sut berish salohiyatiga ega bo'lgan qoramollar olib kelindi. Yetakchi davlatlardan olib kelingan qoramollarni seleksiya samaradorligidan foydalani Respublikamizning yetakchi xo'jaliklarida yuqori sut ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Chetdan olib kelingan yuqori seleksiyaga ega qoramollardan va ularning genetik imkoniyatlaridan foydalanib yurtimizdagi urchitiladigan sigirlar seleksiyasida foydalanish evaziga yetakchi xo'jalikda sut ishlab chiqarish ancha oshdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Chorvachiligi rivojlangan davlatlarda ayniqsa Yevropa davlatlarida so'ngi yillarda hamda Janubiy Koreya davlatlarida har bir sigirdan o'rtacha har bir sigirdan laktatsiya davomida 10000 kg dan yuqori miqdorda sut sog'ib olinmoqda. Respublikamizda har bir sigirdan sog'ib olinayotgan sut 2300 kgni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichni pastligi respublikamizdagi qoramollarning 94% dan ortig'i shaxsiy tomorqa va dehqon xo'jaliklar hissasiga to'g'ri kelishi, Aholi xonadonlarida boqilayotgan sigirlarning ko'p qismi kam maxsuldor qoramollar tashkil qilib, maxaliy jaydari qoramollar tashkil qiladi. Shunday bo'lsada sanoat asosida qurilgan komplikslarda sigirlarning sut mahsuldorligi o'rtacha 5000-6000 kg sut sog'ib olinmoqda. Chetdan olib kelinayotgan yuqori seleksiyaga ega sut mahsuldorligi yuqori sigirlar seleksiyasidan foydalanish hozirgi kunnig dolzarb muammolaridan bo'lib qolmoqda.

Soha oldida turgan bu muammolarni hal qilishda institut olimlari Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi KOPIA markazi bilan hamkorlikda bir necha loyihalarini bajarib kelmoqda. Jumladan 2022-yilda loyiha doirasida Janubiy Koreya respublikasidan top-10 talikka kiruvchi golshtin zotli buqaning 2000 dona urug'i olib kelinib yurtimizdagi sutchilik bilan faoliyat ko'rsatuvchi fermer xo'jaliklariga golshtin zotli sigirlarni suniy qochirish orqali yuqori seleksiyaga ega bo'lgan buzoqlar olinmoqda. Janubiy Koreyada har bir sigirdan bir loktatsiyada 10427 kg sut sog'ib olinadi va sut yo'nalishidagi golshtin zotli sigirlar urchitiladi.

Tadqiqotlarning maqsadi. Chorvachilkka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida Koreya seleksiyasiga mansub yuqori mahsuldor naslli buqalardan olingan avlodlarni o'sish, rivojlanishini o'rganish.

Tadqiqotning obi'ekti. Janubiy Koriya respublikasidan yuqori sut mahsuldorligiga ega bo'lgan buqalar urig'idan suniy qochirish orqali golshtin zotli sigirlardan olingan urg'ochi buzoqlar hisoblanadi.

Tadqiqotning natijalari. Tadqiqotlarimizda respublikamizdagi golshtin zotli qoramolchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida Janubiy Koreyaning yuqori mahsuldor top-10 taligiga kiruvchi buqalari genetik imkoniyatlaridan foydalanib, sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish va olingan avlodlaning o'sish va rivojlanish ko'rsatkichlarni yaxshilashdan iborat. Qolaversa, uni ilmiy jihatdan asoslash muxim hisoblanadi.

Tajribalarimizni Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi "Quyichirchiq sut bulog'i" fermer xo'jaligi misolida ko'rib chiqamiz. Xo'jalikdagi nasllik golishtin qoramolga Koreya seleksiyasidagi buqa urug'laridan foydalanib 20ta F1 avlod olindi va shu fermadagi o'zining tengqurlari bilan taqqoslab buzoqlarning o'rtacha tirik vazni hamda kunlik o'sish dinamikasi o'rganildi. (1-jadval)

1-jadval

Buzoqlarning o'rtacha tirik vazni hamda kunlik o'sish dinamikasi, kg

Yoshi, oylik O'rtacha tirik vazni, kg Nisbiy o'sishi (1-3, 3-6 olyiklarida)

Nazorat Tajriba Nazorat Tajriba

Tug'ilganda 29,5±0,3 32,8±0,6 - -

1 55,40±0,8 59,67±1,7 61,0 58,1

3 106,20±1,8 118,73±1,8 62,87 66,21

6 188,8±1,9 203,87±1,9 56 61,37

*(R>0,99; R>0,999)

1-jadvaldan ko'rishimiz mumkinki tajriba guruhidagi buzoqlar nazorat guruhudagi buzoqlarga nisbatan tirik vazni 3 oyligida 11,8 % ga 6 oyligida 18,6 % ga yuqori bo'lgan. Ularning nisbiy o'sish shu oylarga mos ravishda tajriba guruhida 3,34 (R>0,99) va 5,37 ga (R>0,999) yuqori

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

bo'lgan. Tajriba guruhida o'rtacha tirik vazni o'sishi ham nisbiy o'sishi ham yaxshi bo'lgan. Bunda tashqari biz tajribalarimizda buzoqlarni mutloq o'sish va kunlik o'sishlari ham o'rganildi.

2-jadval

Buzoqlarning o'rtacha tirik vazni hamda kunlik o'sish dinamikasi, kg

Yoshi, oylik Mutloq o'sishi Kunlik o'sishi g (o'rtacha)

Nazorat Tajriba Nazorat Tajriba

1 25,9±1,3 26,8±1,5 863±4,3 896±5,5

3 76,5±2,4 85,9±2,8 852±8,4 955±9,8

6 159,3±3,8 171,1±4,9 885±11,8 950±12,9

*(R>0,99; R>0,999)

2-jadval ma'lumotlarida shuni aytishimiz mumkinki tajriba guruhimizdagi urg'ochi buzoqlar nazorat guruhidagilariga nisbatan mutloq o'sish ko'rsatkichlari birinchi oyligida 3,5% ga, uchinchi oyligida 12,3% ga va oltinchi oyligida 7,4% ga yuqori bo'ldi. Aynan shu oyliklaridagi tajriba guruhi buzoqlarining o'rtacha kunlik o'sishi nazorat guruhiga mos ravishda 33, 103 va 65 grammga yuqori bo'ldi.

Xulosa. Janubiy Koreya respublikasi seleksiyasiga mansub golshtin zotli yetakchi buqa urug'lardan foydalanib sun'iy qochirilgan golshtin zotiga mansub sigirlardan olingan urg'ochi buzoqlarning tirik vazni, mutloq o'sishi va kunlik o'sish ko'rsatkichlari nazorat guruhidagi tengqurlariga nisbatan yuqori bo'ladi. Shunda kelib chiqlib Janubiy Koreya seleksiyasiga mansub golshtin zotli buqa urug'lardan foydalanish boshqa selelksiyaga mansub golishtin sigirlaridan olingan buzoqlarning tirik vazni, mutloq o'sishi va kunlik o'sish ko'rsatkichlariga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Nurmatov A.A., Jabborov Sh.Sh., Karibaeva D.K. Кормление крупного рогатого скота в хозяйствах по технологии TMR. Международной научно-практической конференции "Состояние и перспективы развития продуктивного коневодства в казахстане и странах зарубежья" Павлодар-2021. с.250-254.

2. Nurmatov A.A., Jabborov Sh.Sh., Allashov B.D., Rustamova I., Tursunova Sh. Qoramollarni koreyaning (TMR) texnologiyasini asosida oziqlantirish. "Чул яйлов чорвачилигини ривожлантириш ва чулланишнинг олдини олишнинг илмий-амалий асослари" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarkand-2019 yil.197-bet

3. Nosirov U.N. "Ko'p tarmoqlilik taraqqiyot garovi", "O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali", 2016 y., 4-son, 17 b.

4. Nosirov U.N., O'zbekistonda qoramolchilikni rivojlantirish omillari. Toshkent SMI-ASIA-2011 y.

5. Remond B. «Ann. Zootechn.» 1972, v. 21 N 4, p. 543-549

6. Ro'ziev R., Mansurov O., Aripxodjaeva G. Beda ozuqasi va uning chorvachilikdagi o'rni. J. Zooveterinariya, 2015 y., № 9, 37 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.