Научная статья на тему 'TURLI LINIYAGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI YANGI TUQQAN SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI'

TURLI LINIYAGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI YANGI TUQQAN SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Daniya seleksiyasi / Golshteyn zoti / liniyasi / Oman Justi / Ha Manfred / Arlinda 1-avlod / sigirlar / laktatsiya 90 kun / sut mahsuldorligi / yog'lilik / natija.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sh.B.Tursunboyev, X A. G‘iyosov

Maqolada Daniya seleksiyasiga mansub turli liniyadagi golshtin zotli 1-avlod sigirlar laktasiyasining dastlabki 90 kunidagi sut mahsuldorligini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan va tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI LINIYAGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI YANGI TUQQAN SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K:636.234.1/35

TURLI LINIYAGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI YANGI TUQQAN SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI

1Sh.B.Tursunboyev, 2X.A.G'iyosov

1Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti, 2q.x.f.n., k.i.x Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti "Qoramolchilik" bo'limi boshlig'i

https://doi.org/10.5281/zenodo.13859355

Annotatsiya. Maqolada Daniya seleksiyasiga mansub turli liniyadagi golshtin zotli 1-avlod sigirlar laktasiyasining dastlabki 90 kunidagi sut mahsuldorligini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Daniya seleksiyasi, Golshteyn zoti, liniyasi, Oman Justi, Ha Manfred, Arlinda 1-avlod, sigirlar, laktatsiya 90 kun, sut mahsuldorligi, yog'lilik, natija.

Аннотация. В статье представлены и проанализированы результаты научных исследований по изучению молочной продуктивности первотелок 1-го поколения голштинской породы датской селекции в течение первых 90 дней лактatция.

Ключевые слова: Датская селекция, голштинская порода, линия, Оман Джусти, Ха Манфред, Арлинда 1 поколение, телки, лактatция 90 дней, удой, жирность, результат.

Abstract. The article presents and analyzes the results of scientific research on milk yield in the first 90 days of lactation of heifers of the 1st generation of Danish breeding.

Keywords: Danish selection, Holstein breed, line, Oman Justi, Ha Manfred, Arlinda 1st generation, heifers, lactation 90 days, milk yield, fat content, result.

Mavzusining dolzarbligi. Keyingi yillarda respublikamizning bir qator viloyatlarida rivojlangan davlatlar andozasi asosida zamonaviy chorvachilik komplekslari qurib foydalanishga topshirildi. O'zbekistonga xorijdan keltirilgan Daniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli qoramollarning respublikamizning issiq iqlimi va zamonaviy qoramolchilik kompleksi sharoitida mahsuldorlik ko'rsatkichlarini o'rganish, ulardan olingan 1-avlodlarning xo'jalikka foydali seleksiya belgilarini namoyon bo'lishi bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shuning uchun bu mavzu dolzarb hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida sigirlarning sut mahsuldorligini oshirish ularni muvozanatlashtirilgan ratsionlarda boqish, ozuqaviy qo'shimchalardan samarali foydalanish, g'unajinlarni laktatsiyada yuqori sut mahsuldorligini ta'minlashga qaratilgan texnologik tadbirlarni yo'lga qo'yish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish dolzarb hisoblanadi. Qishloq xo'jalik hayvonlarini irsiy imkoniyatilarini to'la yuzaga chiqarishda ozuqa o'simliklarining turi, oziqlantirish uchun tayyorlanishi hamda oziqlantirish sharoitlari alohida ahamiyat kasb etadi. Oziqlantirish omilining mahsuldorlikka ta'siri soha olimlari tomonidan o'tkazilgan ko'plab tadqiqot natijalari bilan isbotlangan. I.Xafizov, B.Qahramonov, S.Isamuxammedov., A.Xafizovning (2022) takidlashlaricha, oziqlantirish omili qishloq xo'jalik hayvonlarini mahsuldorligi oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, beda o'simligi, makkajo'xori va oraliq ekinlardan tayyorlangan pichan, silos hamda senaj asosiy ozuqalardan hisoblanadi. Otchilikda toylarning o'sishi va rivojlanishini yaxshilash uchun to'la qiymatli oziqlantirish, ratsionga makroelementlarni qo'shish hamda mikrovitaminlar, minerallar, uglevodlar va oqsillar bilan boyitilgan ozuqaviy qo'shimchalardan foydalanish dolzarb ahamiyatga ega. Sh.Jabborov, B.D.Allashov va L.Tagaevalar (2024) ishida vinochilik sanoatining ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo'shimchalarini Qorabair zotli otlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

ratsionida qo'llash, ularning o'sib riojlanishiga ijobiy ta'siri etishi aniqlangan. Chorvachilikda mahsuldorlik ko'rsatkichlarini yaxshilashda, iqtisodiy samaradorlikka erishishda, umuman ushbu sohani rivojlanishida ozuqa bazasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ozuqa bazasi yaxshi bo'lishi uchun mavjud yerlardan imkon qadar samarali foydalanish zarur bo'ladi. Buning uchun har bir tuproq iqlim sharoitlariga mos ozuqabop ekin turi va navlarini to'g'ri tanlab ekish eng muhim vazifalardan biri xisoblanadi. B.D.Allashov, S.G'.Jamolovlar xulosasiga qaraganda, kuzgi va bahorgi ozuqabop ekinlarda seleksiya va urug'chilik ishlari olib borilgan yangi tizma yaratilgan hamda yuqori avlod urug'lar yetishtirilgan. B.D.Allashov, A.E.Yangiboev O.R.Kuchchievlar tomonidan qoramollar sut mahsuldorligiga ozuqabop lavlagining ta'siri hamda elita urug'larini yetishtirishning jadal usulini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ozuqabop lavlagi qoramollar sut mahsuldorligiga ijobiy ta'siri aniqlangan, hamda ozuqabop lavlagini urug'lik uchun yetishtirishning jadal texnologiyasi ishlab chiqilgan. Soha olimlari A. Nurmatov, I.Xafizovlarning (2024) qayd qilishlaricha, qorabayir zot otlariga maqbul oziqlantirish sharoitini yaratish, ularni nasl va ishchanlik xususiyatlarini yaxshilashda muhim omil bo'lib xisoblanadi. S.Mavlonov, U.Soatov, A.Xolmatov, A.Amirov va U. Irgashevlarning (2021) xulosalariga qaraganda, to'la qiymatli oziqlantirish sharoitlari qishloq xo'jalik hayvonlarini, shu jumladan otlarni kasalliklarga chidamli bo'lishida alohida ahamiyatga ega.

A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunovlar tadqiqot natijalariga ko'ra, qoramolllarni Koreyaning TMR texnologiyasi bilan boqish ozuqa samaradorligini oshirish bilan birga mahsuldorlikni oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

I.Xafizov,U.Kuchchiev, A.Xafizovlarning (2009) xulosasiga qaraganda, to'la qiymatli oziqlantirish imkoniyatlarini yaratish sigirlarning sut mahsuldorligini oshiradi.

Sigirlarni laktasiyasining dastlabki 90 kun moboynida ularni berayotgan sut mahsuldorligini, tirik vaznini hisobga olgan holda sersut qilish tadbirini qo'llash sut mahsuldorligi bo'yicha irsiy imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqishiga va oshirishda, sermahsul sigirlar yetishtirishda va yuqori mahsuldor podalar yaratishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Xo'jalikda sigirlarni sog'ish zamonaviy sog'ish zalida olib boriladi. Sog'ish zaliga bir kiritilganda 32 bosh sigir sog'ib olinadi. Sog'ib olingan sut miqdori, sut berish tezligi datchiklarda avtomatik ko'rsatib boriladi.

Maqsad va vazifalar. O'zbekistonga Daniyadan keltirilgan golshtin zotli qoramollardan olingan 1-avlod urg'ochi qoramollarning mahsuldorlik va pushtdorlik ko'rsatkichlari ilmiy o'rganish hamda seleksion guruhlarini va "nasl o'zagini" shakllantirishdan iborat.

Tadqiqot bajarish joyi va usullari. 2022-2024 yillarda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari va tajribalar Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi "Sulton" fermer xo'jaligining zamonaviy qoramolchilik kompleksida o'tkazilmoqda.

Tajriba uchun o'xshashlik va fiziologik holatga qarab 45 bosh 6-7 oylik buzoqlar (Daniyadan keltirilgan naslli mollardan olingan 1-avlod urg'ochi buzoqlar) tanlab olinadi va ular har birida 15 boshdan uch xil tizimga mansub 1-avlod urg'ochi mollardan iborat uchta tajriba guruhlari shakllantirildi.

Yangi tuqqan sigirlarni sersut qilish tadbiri o'tkaziladi. Ya'ni ular 1-laktatsiyasining dastlabki 90 kuni davomida sutining ortib borishiga qarab ularga qo'shimcha konsentrat ozuqalar berib boriladi.

Sut tarkibidagi yog' miqdori "LAKTAN 4M" apparatida aniqlanadi. Sutdagi yog' miqdori, quruq modda va yog'sizlantirilgan quruq sut qoldig'i, sut oqsili miqdori zootexniyada umumiy qabul qilingan uslublarda aniqlanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Olingan ma'lumotlarga Ye.K.Merkureva (1970) uslubida biometrik ishlov beriladi. Tadqiqotlarimizda g'unajinlarning laktatsiyasining dastlabki 90 kun mobayindagi sut mahsuldorligini o'rganib chiqdik. Tadqiqotlarning dastlabki natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Tajribadagi sigirlarning laktatsiyasining dastlabki 90 kunlik sut mahsuldorligi

n=15)

Ko'rsatkichlar Guruhlar

1-tajriba "Oman Justi" 2 tajriba "Ha Manfred" 3 tajriba "Arlinda"

X±SXx Cv X±SXx Cv X±SXx Cv

Sut sog'imi, kg 2609,0± 49,6 8,2 2517,2 ± 47,4 7,7 2473,3 ± 45,2 7,2

Sutning yog'liligi, % 3,82 ± 0,14 7,9 3,74 ± 0,16 7,3 3,75 ± 0,12 7,1

Sut tarkibidagi oqsil, % 3,53 ± 0,09 8,4 3,45 ± 0,04 7,2 3,4 ± 0,05 7,8

4% li sut, kg 2491,7 ± 49,2 8,7 2353,5 ± 92,3 9,2 2318,7 ± 39,6 9,7

Sut yog'ining chiqimi, kg 99,6 ± 3,5 8,6 94,1 ± 2,2 8,4 92,7 ± 2,1 9,7

Sut oqsili chiqimi, kg 92,0 ± 4,1 8,8 86,8 ± 3,4 8,3 84,0 ± 1,9 8,6

Yog'siz quruq modda, % 8,62 ± 0,06 3,8 8,61 ± 0,03 3,4 8,60 ± 0,04 4,2

Sutning quruq moddasi, % 12,44 ± 0,07 4,2 12,35 ± 0,05 4,0 12,35 ± 0,06 4,6

Tadqiqot natijalari. Yangi tuqqan sigir

arning laktatsiyasining dastlabki 90 kun asosiy

ratsioniga qo'shimcha ravishda 2-4 ozuqa birligi berib sersut qilish ushbu davr mobaynida laktatsiyadagi jami sut mahsuldorligining 42-48%-ni olish, bo'g'ozlikning me'yori darajasida kechishini va mahsuldorligini oshirish imkonini bergan. Biz tadqiqotlarimizda turli linyalarga mansub golshtin zotli 1-avlod g'unajinlarning laktasiyasining dastlabki 90 kun mobaynidagi sut maxsuldorligini o'rgandik.

1-jadvaldagi ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, "Oman Justi" liniyasiga mansub sigirlar "Ha Manfred" va "Arlinda" liniyalariga mansub tengdoshlarinikiga nisbatan laktatsiyaning dastlabki 90 kun mobaynida yuqori sut mahsuldorligiga erishildi. Masalan, 1-tajriba guruhidagi sigirlar ushbu davr mobaynida sut miqdori 2609 kg tashkil etib, 3-tajriba guruhidagi sigirlarnikidan tegishli ravishda 135,7 kg yoki 5,1 % ga yuqori bo'ldi.

Birinchi tajriba guruhidagi "Oman Justi" liniyasiga sigirlarning laktatsiyasining dastlabki 90 kun mobaynida olingan sut yog'ining miqdori 3-tajriba guruhidagi "Arlinda" liniyasiga mansub tengdoshlarinikiga nisbatan 6,9 kg yoki 7,9 % ga ko'proq bo'ldi.

Laktatsiyasining dastlabki 90 davomidagi sut oqsilining chiqimi bo'yicha ham guruhlararo farqlar borligi aniqlandi. Shuningdek, sut oqsilining miqdori 1-tajriba guruhidagi "Oman Justi" linyasiga mansub sigirlarda 3-tajriba guruhidagi "Arlinda" liniyasiga mansub tengdoshlarinikiga nisbatan 8,0 kg yoki 6,0 % ga yuqori bo'ldi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

1- rasm. Sigirlarda nazorat sog'imlarni o'tkazish jarayoni.

Shuningdek, tajribadagi sigirlarning sutining sifat ko'rsatkichlari - sut tarkibidagi yog', oqsil, yog'siz sut miqdorlari, sut zichligi va quruq moddasi har oyda bir marotaba "Laktan-4M" uskunasi yordamida aniqlanib taqqoslab borildi.

Tadqiqotlarida sigirlarning to'la qiymatli oziqlantirish va ularni tug'ishga to'g'ri tayyorlash hamda tuqqandan keyin laktatsiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish ishlarini amalga oshirish, podadagi sigirlarning o'rtacha sut mahsuldorligini yaxshilashga erishildi.

Tadqiqotlarda Daniyada seleksiyasiga mansub golishtin zotli qoramollarning avlodlarining laktasiyasining dastlabki 90 kunida yuqori sut maxsuldorlikka erishildi. Bu esa sut yo'nalishidagi golshtin zotli sigirlarning sut maxsuldorligi bo'yicha, irsiy imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishda xo'jalikda saqalash va oziqlantirish sharoiti muhim axamiyat ega.

Xulosa. Yangi tuqqan sigirlar laktatsiyasining dastlabki 90 kun mobaynida sersut qilish darajasi tahlili shuni ko'rsatdiki, "Oman Justi" liniyasiga mansub sigirlar "Ha Manfred" va "Arlinda" liniyalariga mansub tengdoshlarinikiga nisbatan laktasiyaning 90 kunligida sut maxsildorligi bo'yicha tegishli ravishda 91,8 kg 3,6% ga va 135,7 kg 5,5 % yuqori bo'ldi.

Yuqori bo'lganligi ularning tengdoshlariga qaraganda yaxshi mahsuldorlik ko'rsatkichlarni namoyon qilganidan va yuqori irsiy salohiyatni namoyon etganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. [Akmalxonov Sh.A.], Jumadullaev B.H. va boshqalar. "Qoramollarning mahsuldorligi va pushtdorligiga ta'sir qiluvchi omillar" "Respublikada chorvachilikni rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent, 2019. 16 b.

2. [Аширов М.Е.], Аширов Б.М., Yuлдашев А.А. "Разведение голштинского скота в Узбекистане" Монографиya, Ташкент 2020.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

3. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunov. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020/12/1. 614 (1), 012161

4. B.D.Allashov, Yangiboyev A.E. Kuchchiyev O.R. Qora-ola zotli qoramollar sut mahsuldorligiga ozuqabop lavlagining ta'siri hamda elita urug'larini yetishtirishning jadal usuli. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 12-14 may 2022 yildagi "Qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishning istiqboldagi vazifalari" mavzusidagi fnjuman materiallari to'plami.111-bet

5. Nosirov U.N., Sobirov O. Naslni yaxshilang, yutasiz. Zooveterinariya jurnali. №8. 2008. 3435.

6. N.R.Ro'ziboyev, R.T.Saidova "Turli seleksiyaga mansub simmental zotli sigirlar laktasiyasining dastlabki 100 kunidagi sut mahsuldorligi" «CHORVACHILIK va NASLCHILIK ISHI» ilmiy-amaliy jurnali, 2023 yil 6-son.

7. Нурматов А.А., Хафизов И.И., Хафизов А.И., Карибаева Д..Скороспелость жеребят карабаирский породы и их помесей с фризской породой. Материалы конференции:Актуальные вопросы совершенствование технологии производства и переработки продукции сельского хозяйства. Мосоловские чтения. Материалы международной научно-практической конференции. Марийский НИИС/Х-фил. Фед. аг.науч.ц.р Сев.-Вос. им.Н.В.Руницкого. 2024г., № XXVI.,C. 486-490.

8. S. Mavlanov1*, U. Soatov1, Kholmatov1, A. Amirov1, and U. Irgashev2. Integrated methods of combating sheep ectoparasites. Corresponding author: s.mavlanov71 @mail.ru. E3S Web of Conferences 258, 04038 (2021).UESF-2021, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125804038. © The Authors, published by EDP Sciences. This is an open access article distributed under the terms of the Creative Commons Attribution License 4.0 (http://creativecommons. Org/licenses/by/4.0/).

9. С.Г.Жамолов, Б.Д.Аллашов. Кузги ва бах,орги муддатларда экилган озукабоп экинларда олиб борилган селекция ва бирламчи уругчилик ишлари. Ж.Science and innovation. Том 2. Номер Special Issue 8, Ст. 302-306

10. Хафизов И.И., Куччиев У., Хафизов А.И.. Тр'ла дийматли озидлантиришни ташкил этишнинг сигирлар сут маhсулдорлигига та'сири. 2009 й., ж:"0'збекистон дишлод хo'жалиги" журналининг "Агро илм" иловаси., Тошкент, № 2-сон(6), 24-25б.

11. Хафизов И.И., Кахрамонов Б., Исамухаммедов С., Хафизов А. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы конференции: Материалы международной конференции "Эффективные методы управлениya селекционно-племенным процессом в табунном коневодстве". Министерства науки и вышего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет "., Казахстан, Павлодар, 2022 г., С. 124-128.

12. G'iyosov H., Xolmatov A, Tursunboyev Sh.B. "Hayvonlarni genom baholash ularning nasl ko'rsatkichlarini erta prognozlash imkonini beradi" Samarqand Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar Universitetida 2022 yil 12-14 may kunlari bo'lib o'tgan "Qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishning iqtisodiy vazifalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand 2022.

13. Ш.Жабборов, Б.Аллашов, Л.Тагаева. Технологиya интенсивного вырaщиваниya жеребyaт карабаирской породы в yсловиyaх Узбекистана. Вестник Ошского государственного университета. Селское хозyaйство: агрономиya, ветеринариya и

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

300TexHuya. 2024/6/28№ 2 (7), c-288-296 14. Sh.B.Tursunboev G'iyosov H., "Qoramollar bo'g'ozligini UTT apparatida erta aniqlash afzaliklari" «Fermer» ijtimoiy-iqtisodiy jurnali, 2023 yil 7-soni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.