Научная статья на тему 'GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI SERSUT QILISHNING MAHSULDORLIK DARAJASIGA TA’SIRI'

GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI SERSUT QILISHNING MAHSULDORLIK DARAJASIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
golshtin / zot / sigir / sut / sersut qilish / pushmdorlik

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Donayev X.A, Islomov F.M

Tadqiqotlarda golshtin zotli yangi tuqqan sigirlarning laktasiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish tadbirini qo‘llash, ularning laktasiya davomida sut mahsuldorlik darajasini 482,6 kg oshishini, yelining mutanosib rivojlanishini, ozuqani sut bilan qoplash darajasini, pushdorlik xususiyatlarini yaxshilanishini maminlanganligi maqolada yorimilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI SERSUT QILISHNING MAHSULDORLIK DARAJASIGA TA’SIRI»

GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI SERSUT QILISHNING MAHSULDORLIK DARAJASIGA TA'SIRI

1Donayev X.A., 2Islomov F.M.

1Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.f.f.d, (PhD), dotsent 2Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11437289

Annotatsiya. Tadqiqotlarda golshtin zotli yangi tuqqan sigirlarning laktasiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish tadbirini qo'llash, ularning laktasiya davomida sut mahsuldorlik darajasini 482,6 kg oshishini, yelining mutanosib rivojlanishini, ozuqani sut bilan qoplash darajasini, pushdorlik xususiyatlarini yaxshilanishini maminlanganligi maqolada yorimilgan.

Kalit so'zlar: golshtin, zot, sigir, sut, sersut qilish, pushmdorlik.

Kirish. Qoramollarning nasi, mahsuldorlik, pushdorlik xususiyatlarni takomillashtirishda, sermahsul sutbop podalar yaratishda, sut ishlab chiqarish xajmini yanada oshirishda ularning kelib chiqishi muhim hisoblanadi. Ko'pchilik olimlar tomonidan nasi qiymati yuqori mollardan odatda sermahsul, mahsuldorligi bo'yicha irsiy imkoniyatlari yuqori avlod olinishi taqidlangan.

Sigirlarni sut mahsuldorligini oshirishda va urchitilayotgan qoramol zotlarini takomillashtirishda, ularning mahsuldorligi bo'yicha irsiy imkoniyatini to'liq yuzaga chiqar ishda bug'oz sigirlarni tug'ishga tayyorlash va tuqqandan keyin sersut qilishni tashkil etish muhim tadbirlardan hisoblanadi. Turli seleksiyaga mansub sigirlarni urchitilayotgan sharoitga moslashganlik darajasini va sut mahsuldorligini baholashda ular laktatsiyasining oylar davomida sut miqdorini o'zgarishini o'rganish muhim ahamiyatga ega [1-5].

Tadqiqotning maqsadi. Polsha seleksiyasiga mansub sigirlarning sut mahsuldorlik darajasiga birinchi laktasiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish tadbirini qo' llashning ta'sirining aniqlash hisoblanadi.

Tadqiqotlarni ob'ekti va uslubi. Tadqiqotlarda golshtin zotiga mansub sigirlarning sut mahsuldorligi zootexniyada umumiy qabul qilingan usullarda o'rganiladi. Tadqiqotlar Qoraqalpog iston Respublikasi, Ellikqa la tumanidagi "O'rnak chorva nasl" naslchilik fermer xo'jaligi podasida Polshadan keltirilgan va mahaliy seleksiyaga mansub golshtin zotli sigirlarda o'tkazildi. Biz xo'jalikdagi turli seleksiyaga mansub sirirlarni ikki guruhga bo'lib, I guruhga mahaliy seleksiya, II guruhga Polsha seleksiyasiga mansub sigirlardan har guruhga 15 boshdan ajratib oldik.

Tadqiqot natijalari va tahlili. Tadqiqotlarda sigirlarning I laktasiyasining dastlabki 90 kunida I guruhda o'rtacha har 1 bosh sigirga 1707,3 ozuqa birligi, 208,32 kg xazmlanadigan protein, II guruhda tegishlicha 1826,6 va 231,10 kg sarflandi. Bunday oziqlantirishda sigirlarning dastlabki 90 kunida sut mahsuldorligi bo'yicha ko'rsatkichlar 1-jadvalda keltirildi.

1-jadval. Tajriba seleksiyaga mansub sigirlarning laktasiyasining dastlabki 90 kunida sut

mahsuldorligi ko'rsatgichlari

Ko'rsatgichlar Guruhlar, (n=15)

I II

X ±S x Cv, % X ±S x Cv, %

Sut miqdori, kg 1662,3+60,0 13,5 1824,7+38,6* 7,92

Sut tarkibidagi yog', % 4,01+0,06 5,36 3,90+0,06 5,87

Sutdagi yog' chiqimi, kg 66,4+2,04 11,52 70,9+1,17* 6,19

Sut tarkibidagi oqsil,% 3,60+0,04 3,90 3,53+0,04 4,22

Sut oqsili chiqimi, kg 59,7+1,88 11,79 66,4+1,17* 6,78

4%-li sut miqdori, kg 1666,4+51,1 11,52 1779,0+29,3* 6,19

Eslatma: *P<0,05

1-jadvalda ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, II guruh polsha seleksiyasiga mansub sigirlarning sut miqdori ular laktasiyasining dastlabki 90 kuni mobaynida I guruhdagi mahaliy seleksiyadagi mansub sigirlarnikidan tegishli ravishda 162,4 kg (9,8%, P<0,05), sutdagi yog' chiqimi 4,5 kg (6,8%, P<0,05) sutdagi oqsili chiqimi 6,7 kg (11,2%, P<0,05) va 4%-li sut miqdori 112,6 kg (6,7%, P<0,05) yuqori bo'ldi. Bu esa yangi tuqqan sigirlarni sersut qilish ularni laktasiyasining dastlabki 3 oyida sut maxsuldorligini oshirishda muhum omil ekanligidan dalolat beradi.

Bunday guruhlar o'rtasidagi farq laktatsiya davomidagi sut mahsuldorlik ko'rsatkichlarida ham saqlanib qoldi (2-jadval).

2-jadval. Tajriba guruhlaridagi sigirlarning I laktasiya mobaynodagi sut mahsuldorligi

ko'rsatgichlari

Ko'rsatgichlar Guruhlar, (n=15)

I II

X ±S x Cv, % X ±S x Cv, %

Sut miqdori, kg 4616,3 + 138,9 11,26 5098,9+146,0*** 3,38

Sut tarkibidagi yog', % 4,21+0,038 3,40 4,00+0,045 4,22

Sutdagi yog' chiqimi, kg 194,3+4,4 8,43 203,9+1,06* 1,95

Sut tarkibidagi oqsil,% 3,72+0,023 2,38 3,59+0,03 3,13

Sut oqsili chiqimi, kg 171,2+4,61 10,1 183,6+0,94** 1,92

4%-li sut miqdori, kg 4858,6+109,0 8,43 5098,9+26,6* 1,95

Ozuqani sut bilan qoplash darajasi, ozuqa birligi 1,03 - 0,98 -

Eslatma: *P<0,05, **P<0,01, ***P<0,001

2-jadval ma'lumotlarining ko'rsatishicha, sigirlarni yuqori oziqlantirish darajasi ularning I laktasiyasi davomida sut mahsuldorligini sezilarli darajada oshirish imkonyatini yaratdi. Jumladan, II guruh sigirlarining bu davrda sut miqdori I guruhdagi tengqurlarinikidan tegishli ravishda 482,6 kg yoki 10,4% ga (P<0,001), sutdagi yog' chiqimi 9,6 kg yoki 4,9% (P<0,05), sutdagi oqsili chiqimi 12,4 kg yoki 7,2% ga (P<0,01) va 4%-li sut miqdori 240,3 kg yoki 4,9% (P<0,05) yuqori bo'lganligi aniqlandi. Bu ko'rsatkichlar me'yor talablari darajasida bo'ldi va ular sigirlar sutining to'yimlilik qiymati yaxshi darajada bo'lganligidan dalolat beradi.

Tadqiqotlarda sersut qilingan sigirlarning yelin va pushtdorlik xususiyatlari, ozuqani sut bilan qoplash darajasi yaxshilanganligi aniqlandi.

Xulosa. Polshadan keltirilgan golshtin zotli sigirlarni Qoraqalpog iston sharoitida I laktasiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish ularning sut miqdorini I laktasiyada 482,6 kg, sutdagi yog' chiqimini 9,6 kg, 4%-li sut miqdorini 240,3 kg yuqori bo'lganligi aniqlandi. Бу эса, sersut qilingan sigirlar yaxshilangan yelin xususiyatlari va ozuqani yuqori darajada sut bilan qoplash ko'rsatgichlari bilan tavsiflandilar.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1. Аширов М.И., Донаев Х.А., Аширов Б.М. Продуктивный потенциал коров голтинской породы австрийской селекции. //Материалы международной научно-практической конференции. Москва, 2018, с. 734-736.

2. Аширов М.И., Аширов Б.М., Юлдашев А.А. Разведение голштинского скота в Узбекистане. Ташкент 2020.

3. Аширов М.Э. Сутдор корамоллар селекцияси. Тошкент 2017.

4. Калашнивова Л., Тинаев А., Ганченкова Т. Племресурсы быков-производителей голштинской породы. //Ж. «Молочное и мясное скотоводство» 2019 г., №3, с. 4-6. Кутровский В.Н. Селекционные основы создания высокопродуктивного стада. //Ж. «Зоотехния». 2007 г., №9, с. 2-3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.