Научная статья на тему 'CHETDAN KELTIRILGAN NEMIS SELEKSISIDAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH'

CHETDAN KELTIRILGAN NEMIS SELEKSISIDAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
omuxta em / sut va go‘sht / sersut qilishda / sut yog / sut oqsil / EOB / oziqa birligi / quruq modda.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Xoljigitov Asqar Marifjonovich, Donaev Xusniddin

Tajriba uchun 90 bosh Germaniya davlatidan olib kelingan 3-4-oylik bo‘g‘ozlikdagi nemes seleksiyasiga mansub sigirlardan 30 boshi tajriba uchun Germaniya davlatid tuldirilgan nasilchilik kartasiga asosan hamda vazniga ko‘ra 3 guruhga har guruhga 10 boshdan tanlab olindi. Sigirlar tug‘ganidan 10 kun utib og‘iz sutidan chiqib asosiy sutga utgandan sung 1-guruh AR+10% asosiy ratsionni umumiy tuymligini 10 %-ga oshiri asosida, 11-guruh AR+15 %-ga ozika ratsioni tuymligini oshrilgag asosda 111-guruh AR xo‘jalikdagi mavjud oziqalar oziqlantrish ratsioni asosida oziqlantirildi. Tajribadagi 111-gurux sigirlariga g o‘rtacha 18,43 kg EOB sarflanib tenqurlari 1guruh sigirlariga nisbatan 9,03%-ga, 11-guruxga mansub tengqurlaridan esa 13,35%-ga kam bo‘ldi. Oziqlantirish ratsionida quruq modda 111-guruxda 2020 g tashkil qilib tenqurlari 1-nuruh tengqurlari 10.22 5%-ga ,11-guruhga tengqurlari 12,93 %-ga ortiqcha quruq modda sarfladi. Oziqlantirish ratsioni tarkibida xazimlanuvchi protien 1-gurux sigirlariga 111-gurux tengdoshlariga nisbatan 8,9 %-ga, 11-gurux sigirlariga esa 12 %-ga oratiqsa sarflandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHETDAN KELTIRILGAN NEMIS SELEKSISIDAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH»

UO'K : 636.084.2.28.

CHETDAN KELTIRILGAN NEMIS SELEKSISIDAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH

1Xoljigitov Asqar Marifjonovich, 2Donaev Xusniddin

1Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining

Toshkent filiali tadqiqotchisi 2ToshDAU dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11437985

Annotatsiya. Tajriba uchun 90 bosh Germaniya davlatidan olib kelingan 3-4-oylik bo'g'ozlikdagi nemes seleksiyasiga mansub sigirlardan 30 boshi tajriba uchun Germaniya davlatid tuldirilgan nasilchilik kartasiga asosan hamda vazniga ko'ra 3 guruhga har guruhga 10 boshdan tanlab olindi. Sigirlar tug'ganidan 10 kun utib og'iz sutidan chiqib asosiy sutga utgandan sung 1-guruh AR+10% asosiy ratsionni umumiy tuymligini 10 %-ga oshiri asosida, 11-guruh AR+15 %-ga ozika ratsioni tuymligini oshrilgag asosda 111-guruh AR xo'jalikdagi mavjud oziqalar oziqlantrish ratsioni asosida oziqlantirildi. Tajribadagi 111-gurux sigirlariga g o'rtacha 18,43 kgEOB sarflanib tenqurlari 1-guruh sigirlariga nisbatan 9,03%-ga, 11-guruxga mansub tengqurlaridan esa 13,35%-ga kam bo'ldi. Oziqlantirish ratsionida quruq modda 111-guruxda 2020 g tashkil qilib tenqurlari 1-nuruh tengqurlari 10.22 5%-ga ,11-guruhga tengqurlari 12,93 %-ga ortiqcha quruq modda sarfladi. Oziqlantirish ratsioni tarkibida xazimlanuvchi protien 1-gurux sigirlariga 111-gurux tengdoshlariga nisbatan 8,9 %-ga, 11-gurux sigirlariga esa 12 %-ga oratiqsa sarflandi.

Abstract. For the experiment, 30 heads of the 3-4 months old Nemes selection cows brought from Germany were selected for the experiment based on the breeding card filled out by the German state and according to their weight, they were divided into 3 groups, 10 heads per group. 10 days after giving birth to cows, after they are weaned from colostrum to primary milk, group 1 AR+10% increases the total fertility of the main ration by 10%, group 11 AR+15% increases the fertility of the feed ration, group 111 AR is available on the farm the animals were fed based on the feeding ration. Cows of the 111th group in the experiment consumed an average of 18.43 kg of EOB, and their weight was 9.03% less than that of the cows of the 1st group, and 13.35% less than the cows of the 11th group. The dry matter in the feeding ration was 2020 g in the 111th group, 10.22 5% and 12.93% of the 11th group, respectively. The digestible protein in the feeding ration was consumed by 8.9% more in cows of group 1 than in peers of group 111, and by 12% in cows of group 11.

Kalit so'zlar: omuxta em, sut va go'sht, sersut qilishda, sutyog, sut oqsil, EOB, oziqa birligi, quruq modda.

Mavzusining dolzarbligi va zarurati. Respublikaning barcha xo'jaliklarida chorvachilikni jadal rivojlantirish, sut va go'sht mahsulotlari ishlab chiqarishni barqaror oshirib borishda qoramolchilikni yuritish tizimini zamonaviy talablarda shakllantirish dolzarb hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining dastlabki mustaqilliq (1991-1996) yillarida jamoa va davlat xo'jaliklarini tugatish bo'yicha o'tkazgan islohotlari natijasida jamoa chorvachiligida 2 milliondan ortiq sermahsul nasldor qoramollar xususiylashtirilib, 60 yillar mobaynida shakllantirilgan qoramolchilikning naslchilik bazasi tugatildi. Har bir xo'jalikda 300-1200 sigirlarga mo'ljallangan sutchilik komplekslari hamda har bir tumanda 3000 boshi bo'rdoqichilik

korxonalari bo'sh qolib, xarobaga aylandi va buzilib ketdi. Rivojlvngan chorvachilik tizimi barbod qilindi.

CHorvachilikning barcha ko'rsatkichlari 1991-2018 yillar davomida ko'tarildi. Bu, ayniqsa, 2016 yildan boshlab jadallashdi. Jumladan, 2018 yilda qoramollar soni 1991 yilga nisbatan 2,49 baravar, shu jumladan, sigirlar soni 2,13 baravar,sut ishlab chiqarish xajmi 3,14 baravar, go'sht 2,85 baravar, tuxum etishtirish 3,14 baravar va qorako'l terisi tayyorlash 73,4 baravarga ko'paydi.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi qishloq xo'jaligi, shu jumladan, qoramolchilikni rivojlantirish, sut va go'sht mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida sut va go'sht ishlab chiqarish tegshlicha 9,6 % va 10,7 %-ga ko'paydi. 2021 yilda qoramollar sonini 13825 ming, sigirlarni 5065 ming bosh, sut ishlab chiqarishni 11882,5 ming, go'shtni 2433,5 ming tonnaga etkazish topshirig'i hamda YUrtboshimiz SHavkat Mirziyoevning oqilona rahbarligida tadbirkor chorvadorlarimiz va fidoyi olimlarimiz mehnati bilan chorachilikda katta ijobiy o'zgarishlar va ulkan zafarlarga erishishdir.

CHorvachilikni rivojlantirish va yangi marralarga erishish ko'proq chorvador - tadbirkorlar va bilimdon, ishbilarmon, fidoyi va tashabbuskor shogirdlarimizga bog'liq. SHu boisdan ularga har tomonlama ilmiy va amaliy yordam ko'rsatishimiz zarur.

Ilmiy asoslangan strategik andozalarga ko'ra, 2030 yilga qadar respublikaning barcha toifadagi xo'jaliklarida qoramolchilikni jadal rivojlantirishda ularning sonini 16 million bosh, shu jumladan, sigirolarni 6 million, sut ishlab chiqarishni 24 mi llion tonna, qoramol go'shtini (tirik vaznda) 2,5 million tonnaga etkazish imkoniyatlarini ishga solishimiz lozim. Aholi sonining jadal o'sib borishida jon boshiga 630 kilogrammdan sut va 65 kilogrammdan (tirik vaznda) qoramol go'shti ishlab chiqiladi yoki jamiki go'sht mahsuloti (so'yim vaznda) 54 kilogrammga tenglashadi. Mamlakatimizda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishda so'nggi yillarda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida chorvachilikni ilmiy asosda rivojlantirish, qishloq xo'jaligi hayvonlarining mahsuldorligini yanada oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, seleksiya-naslchiik ishlarini yaxshilash, zotlarning nasl, mahsuldorlik, pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirish, ularning sermahsul yangi liniyalarini, oilalarini, tiplarni yaratish vazifalari belgilangan1.

Tadqiqotlarning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida chetdan keltirilgan nemis seleksiyasidagi golshtin zotli sigirlarning asosiy xo'jalik foydali belgilariga va mahsuldorlik xususiyatlariga oziqlantirish ratsioni tuymligini 10-15% oshirish orqali sersut qilishning sut mahsuldorligigv ta'sirini o'rganish hisoblanadi.

YAngi tuqqan sigirlarni laktatsiyasining dastlabki 3 oyi mobaynida sersut qilish tadbirini qo'llash ularning sut mahsuldorligi bo'yicha irsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda muhim omil bo'lib hisoblanadi. Sigirlarni sersut qilishda ularni bo'nak oziqlantirish, elinini uqalash va ularni faol yayratish muhim omillar bo'lib hisoblanadi.

Sigirlarni sersut qilishda ularga amalda berayotgan sutkalik sut miqdoriga qarab Ukraina davlatidan kelgan mutaxasis tomonidan Asosiy ratsion xamda asosiy ratsioni tuymligini 10 %-ga va 15% oshrilgan ratsion tuzilib 90 kun mobaynida yangi tug'gan sigirlarda sersut qilish ishlari amalga oshirildi. Bu sigirlar berayotgan sut miqdorini oshirib borishigacha davom ettirildi, mahsuldorligini bir xil darajada saqlab turgandan keyin esa, amaldagi sut miqdoriga va tirik

vazniga binoan oziqlantirildi. 1-jadvalda tajriba guruhlaridagi sigirlarni laktatsiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish ratsion ozuqalar miqdori keltiriladi

Toshkent viloyati YAngiyul tumani "Jamol ota chorva nasil" naslchilik fermer xo'jaligidagi chetdan keltirilgan golshtin zotli brinchi tug'ishdagi Germaniyadan keltirilgan golshtin zotli g'unajinlarni tuqqandan keyin I laktatsiyasining dastlabki 90 kunida sersut qilish oziqla ntirish ratsioni tuymligini 10-15 % oshirishning sut mahsuldorligi, tirik vazni va elin shakllariga ta'siri aniqlangan.

Sigirlarning sut mahsuldorligi asosan oziqlantirish darajasiga va ozuqani to'liqligi bilan belgilanadi. Sut etishtirish komplekslarida orzon ozuqalardan imkon darajasida foydalanib minimal darajada omuxta em sarflab kup sifatli sut sog'ib olishga erishishdan iborat.

YUqori genetik salohiyatga ega sigirlar laktatsiya davrida 100 kg tirik vazniga 1000 kg dan ortiq sut ishlab chiqarish emkoniyatiga ega.

Bir laktatsiya davrida sut mahsuldorligi 6000 kg bo'lgan sigir sut bilan taxminan 15 ming MJ energiya, 760 kg dan ortiq quruq moddalar shu jumladan 200-210 kg oqsil, 210-230 kg sut yog'i, 270-290 kg laktoza, 35 kg dan ortiq mineral moddalar ishlab chiqaradi.

Qoramollar 4000 kg sut beradigan sigir uchun ozuqa tarkibidagi azotdan yoki protiendan foydalanish koeffitsientiish taxminan 32%, 4000 kg va undan ortiq sut mahsuldorligiga ega sigirlar uchun 40% gacha va undan yuqori azot yoki protien dan foydalanadi.

Sut beruvchi sigirlarni oziqlantirishda asosan umumiy energiya darajasi va quruq modda xazimlanuvchi protiein va xazimlanuvchi kletchatkaga va minerallar va vitaminlarga bo'lgan ehtiyoj asosiy va qo'shimcha omillarga bog'liq. Sut beruvchi sigirlarni oziqlantirishda ularning asosiy tirik vazni va sutkalik sut mahsuldorligiga qarab oziqlantiriladi. Qo'shimcha omillar orasida laktatsiya davri, sut yog'i, yoshi, yog'liligi va ushlab turish sharoitlari mavjud. Amalda ma'lumotnomalarda berilgan norma ushbu omillarning ta'sirini hisobga olgan holda tuzatiladi. Sog'in sigirlarning ozuqa birliklariga bo'lgan ehtiyojini quyidagicha hisoblash mumkin: Sog'in sigirlarning trik vaznini har 100 kg vazinga taxminan 1 EKE (talab qilinadi; samarali oziqlantirishda: har 1 kg sut uchun - 0,5-0,65 EKE ;

Sigirlar sut berish davrida tug'ish davri tugagandan so'ng , sut sog'ish darajasi o'rtacha 2-3 EKE , laktatsiyani 1- chi oyda esa 3-4 EKE oshiriladi. , laktatsiyaning 2-chi davrida 2-3 EKE da va laktatsiyaning 3-oyda - 1-2 EKE ozuqa beriladi laktatsiya davrining 9 va 10 oylarida, homiladorlikning oxirgi uchdan bir qismida homilaning intensiv o'sishi tufayli tana vaznining ortishi uchun norma 0,5-1 OKE -ga oshiriladi;

sut yog miqdori: yuqorida aytib o'tilganidek, ma'lumotnomalarda oziqlantirish standartlari 3,8-4,0 % sut yog'iga asoslangan; sutning yog'liligi 0,5% ga kamayganda, oziqlantirish darajasi har 10 kg sutkalik sut uchun 0,5 (EOB) ga kamayadi, agar u ko'paysa, u ham ko'payadi;

Tajriba uchun 90 bosh Germaniya davlatidan olib kelingan 3-4-oylik bo'g'ozlikdagi nemes seleksiyasiga mansub sigirlardan 30 boshi tajriba uchun Germaniya davlatid tuldirilgan nasilchilik kartasiga asosan hamda vazniga ko'ra 3 guruhga har guruhga 10 boshdan tanlab olindi. Sigirlar tug'ganidan 10 kun utib og'iz sutidan chiqib asosiy sutga utgandan sung 1 -guruh AR+10% asosiy ratsionni umumiy tuymligini 10 %-ga oshiri asosida, 11-guruh AR+15 %-ga ozika ratsioni tuymligini oshrilgag asosda 111-guruh AR xo'jalikdagi mavjud oziqalar oziqlantrish ratsioni asosida oziqlantirildi. Tajribadagi 111-gurux sigirlariga g o'rtacha 18,43 kg EOB sarflanib tenqurlari 1- guruh sigirlariga nisbatan 9,03%-ga, 11-guruxga mansub tengqurlaridan esa 13,35%-ga kam bo'ldi. Oziqlantirish ratsionida quruq modda 111-guruxda 2020 g tashkil qilib tenqurlari 1-nuruh tengqurlari 10.22 5%-ga ,11-guruhga tengqurlari 12,93 %-ga ortiqcha quruq

modda sarfladi. Oziqlantirish ratsioni tarkibida xazimlanuvchi protien 1-gurux sigirlariga 111-gurux tengdoshlariga nisbatan 8,9 %-ga, 11-gurux sigirlariga esa 12 %-ga oratiqsa sarflandi. Oziqlantirish ratsionidagi tarkibidagi menerallar barcha guruxlarda monakalsiy fosfat 50 g, bintonit gilmoyasi 65 g, qushish orqali qoplandi.

Tajriba guruxidagi sigirlarni to'la qiymatli oziqlantirishni tashkil etish ularni mahsuldorligini to'liq yuzaga chiqarishda muhim omil bo'lib hisoblanadi.

Biz tajriba guruhlaridagi sog'in sigirlarni oziqlantirishda bir xil oziqlantirishni qo'lladik. 2-jadvalda tajriba guruhlaridagi sigirlarning 90 kunlik serut qilish davri davomida sarflangan ozuqalar va ularning to'yimliligi keltiriladi. 1-jadval. Tajribadagi golshtin zotli birinchi tug'ishdagi sigirlarni 90 kunlik sersut qilish

davrida oziqa sarfi (kg)

Ozuqalar Asosiy ratsion +10% Asosiy ratsion +15 Asosiy ratsion

1-guruh % III-guruh

II-guruh

Beda pichani 396 415 360

Bo'g'doysomoi 663 693 603

Beda senaji 1069 1118 972

Makkajuxori silosi 2532 2649 2303

Xashaki lavlagi 912 954 829

Makkajuxori doni 111 116 101

Arpa yormasi 155 162 141

Bo'g'doy kepagi 282 295 258

Paxta kujarasi 164 171 149

JAMI 6284 6573 5716

EOB 2460,21 2570,3 2234,5

Oziq.br, 1827,08 1910,71 1662,58

Almashinuvchi energiya,Mj 18271 19107,1 16637

Quruq modda 2733,1 2858,0 2486,31

Xom protiein 306,4 320,3 278,6

Hazimlanuvchi protein 232,4 243,1 211,3

Xazim b^lmaydigan protien, 34,8 36,5 31,6

Xom kletchatka 551,2 570,7 495,9

Xazimlanvuchi kletchatka 165,3 171,2 148,8

Qand 109,0 112,4 103,57

Xom yog' 656,4 686,2 596,7

Sa 20,3 21,2 18,7

R 8,8 9,3 8,1

Mona kalsiy fosft,g 4,5 4,5 4,5

Bintonitli gilmoya.g 5,85 5,85 5,85

Vitamin Eselin 21 21 21

Sigirlarning sut mahsuldorligi bo'yicha irsiy imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishda oziqlantirish omili hal qiluvchi ahamiyatga ega.

1-jadval ma'lumotlarining ko'rsatishicha, guruhlardagi sigirlarga 90 kun sersut qilish davriga laktatsiya mobaynida sarflangan ozuqalar sarfi bo'yicha III-guruga 5716 kg ozuqa sarflanib I-guruxdagi tengqurlariga nisbatan 9,03 %-ga, II -gurux tengqurlariga nibatan 13,03 %-ga kam oziqa sarfladi. Xo'jalik ratsionida AR bilan oziqlantirilgan sigirlar 90 kun davomida

sersut qilinganda I-guruxga nisbatan 225,71 EOB, 164,5 kg oziqa birligi, 1634 Mj almashinuvchi energiya, 246,8 kg quruq modda, 21,1 kg hazimlanuvchi protien o'rtacha ortiqcha sarflangan bo'lsa, II-guruh sigirlariga 90 kunlik sersut qilish davrida o'rtacha 857 kg ozuqa, 248,13 kg oziqa birligi, 2470,1 Mj almashinuvchi energiya, 371,7 kg quruq modda, 31,8 kg hazimlanuvchi protien ortiqcha sarflandi.

Xulosa. Bizning tadqiqotlarimizda oziqlantirishratsionini AR+ 15 %-ga oshirish II- guruh sigirlari iste'mol qilgan ozuqalarning to'yimlilik qiymati I guruhdagi sigirlarnikidan 289 kg jami ozuqa, 110,1 kg EOB, 83,63 kg oziqa birligi, 836,1 Mj almashinuvchi energiya,124,9 kg quruq modda ,10,7 kg hazimlanuvchi protien ortiqcha sarflandi.

Bizning tadqiqotlarimizda har 1 ozuqa birligi hisobiga I guruhda 127,2 g, II guruhda-127,23, III-guruhga esa o'rtacha 127,09 g hazmlanadigan protein sarflandi va bu ko'rsatkichlar [182;136-167-b.], [68;13-18-b.] tavsiya etgan me'yorlarga mos keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ashirov M. E. Sutdor qoramollar seleksiyasi. Monografiya, T., «Navruz», 2017, 356 -380 bet.

2. Ashirov M., Ashirov B., Xudoyberdiev N. Turli genotipga va elin shakllariga ega qizil cho'l zotli sigirlarning sut mahsuldorligi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. Toshkent, 2014, 8-10 b.

3. Ashirov M.I, Ibadullaeva A.S. Razdoy-zalog povbisheniya produktivnosti korov. J. «Zooveterinariya», №8, 2013, s.28.

4. Ballasov U.SH. Golshtinlashtirilgan sigirlar onalarining sut mahsuldorligiga bog'liq ravishda xujalik foydali belgilarining o'zgarishi.T. ,1999, 77-78 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.