Научная статья на тему 'SIGIRLARNING TANA TUZILISHI TIPLARIGA BOG‘LIQ RAVISHDA SUT MAHSULDORLIGI OSHIRISH'

SIGIRLARNING TANA TUZILISHI TIPLARIGA BOG‘LIQ RAVISHDA SUT MAHSULDORLIGI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sigir / sut / sut yog‘i / sut oqsili / yog‘ chiqimi / 4% li sut / seleksiya / naslchilik / qo‘sh mahsuldor / sut-go‘sht / go‘sht-sut.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Islomov Fayzulla Maxmud O‘G‘Li, Soatov Utkir Rajabovich

Tadqiqotlarda otalari va onalari sut ishlab chiqarish xiliga ega bo‘lgan ota va onalardan olingan sigirlar sut-go‘sht va go‘sht-sut xiliga ega bo‘lgan ota va onalardan olingan tengdoshlariga qaraganda sut mahsuldorligi va ozuqani mahsulot bilan qoplash darajasi yuqori ekanligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIGIRLARNING TANA TUZILISHI TIPLARIGA BOG‘LIQ RAVISHDA SUT MAHSULDORLIGI OSHIRISH»

UDK 636.22/.28.082

SIGIRLARNING TANA TUZILISHI TIPLARIGA BOG'LIQ RAVISHDA SUT MAHSULDORLIGI OSHIRISH

1Islomov Fayzulla Maxmud o'g'li, 2Soatov Utkir Rajabovich

1Toshkent davlat agrar universiteti, doktorant 2Toshkent davlat agrar universiteti, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11437665

Annotatsiya. Tadqiqotlarda otalari va onalari sut ishlab chiqarish xiliga ega bo'lgan ota va onalardan olingan sigirlar sut-go'sht va go'sht-sut xiliga ega bo'lgan ota va onalardan olingan tengdoshlariga qaraganda sut mahsuldorligi va ozuqani mahsulot bilan qoplash darajasi yuqori ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: sigir, sut, sutyog'i, sut oqsili, yog' chiqimi, 4% li sut, seleksiya, naslchilik, qo'sh mahsuldor, sut-go'sht, go'sht-sut.

Annotatsiya. Ustanovleno, chto korovu, poluchennue ot otsov i materey molochnogo tipa otlichayutsya luchshey molochnoy produktivnostyu i oplatoy korma produksiey, chem sverstnisu, poluchennue ot sparivaniya bukov molochnogo i materey molochno-myasnogo i myaso -molochnogo tipov.

Abstract. It has been established that cows obtained from parents of the dairy type exhibit better milk productivity and feed payment compared to peers resulting from the mating of dairy bulls and meat-milk or meat-dairy type cows.

Sut ishlab chiqarish hajmini oshirish respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda katta ahamiyatga ega. Bunga erishishda esa sigirlar sut mahsuldorligini takomillashtirish, buning uchun esa sigirlarni to'la qiymatli oziqlantirish, seleksiya-naslchilik ishlarini hamda ularni asrash sharoitlarini yaxshilash muhim asosiy omillar bo'lib hisoblanadi. Sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishda va yuqori mahsuldor podalar yaratishda ularning tana tuzilishi tipi alohida ahamiyat kasb etadi. Monbelyard zotli qoramollar respublikamizga so'ngi yillarda Fransiya davlatidan keltirilgan yangi qo'sh (aralash) mahsuldor zot hisoblanadi. Bu zotda sut, sut-go'sht va go'sht-sut zot ichidagi tiplar mavjud. Yuqori sutbop podalar yaratishda monbelyard zotining ushbu tiplaridan seleksiya ishlarida foydalanib sigirlarning sermahsul tiplarini yaratish yuqori mahsuldor sutbop podalar shakllantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Biz shuni inobatga olgan holda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi "Ergash ota" naslchilik fermer xo'jaligining monbelyard zotli qoramolchilik fermasida tadqiqotlar o'tkazdik. Tajriba uchun o'xshashlik belgilariga asosan onalarining kelib chiqishi, zoti, ota-onalarining tana tuzilishi va mahsuldorlik ko'rsatkichlari, sigirlarning tirik vazni va boshqa belgilarini hisobaga olgan holda I laktatsiyadagi uch guruh har birida 15 boshdan monbelyard zotli sigirlar tanlab olindi.

I guruhga ota va onalarining tana tuzilishi tipi sut, II guruhga otalarining tana tuzilishi tipi sut, onalarining-sut-go'sht, III guruhga -otalarining tana tuzilishi tipi-sut, onalarining tipi-go'sht-sut bo'lgan qoramollardan olingan sigirlar ajratildi.

Barcha guruhlardagi sigirlarni oziqlantirish amaldagi berayotgan sut mahsuldorligi, tirik vazni va fiziologik holatini hisobga olgan holda tashkil etildi. Sigirlarni asrash sharoitlari bir xil bo'ldi. Ularni sut mahsuldorligi umumiy qabul qilingan usullarda o'rganildi.

I guruhda har bir bosh sigirga laktatsiya davomida 4061,6, II guruhda 4092,6 va III guruhda 3743,1 ozuqa birligi sarflandi.

Tadqiqotlarimiz monbelyard zotli sigirlarning sut mahsuldorligi ularning tana tuzilishi xillariga bog'liqligini ko'rsatdi. Turli tana tuzilishi tipidagi qoramollardan olingan sigirlarning sut mahsuldorligi 1 jadvalda keltiriladi.

1 jadval. Tajriba guruhlaridagi sigirlarning laktatsiyasi davomidagi sut mahsuldorligi

Kypcatkichlar Guruhlar

I II III

X ± Sx Cv,% X ± Sx Cv,% X ± Sx Cv, %

Sut miqdori, kg 4232,2 ±112,7 8,83 3774,1±56,7 4,98 3248,7±94,9 9,68

Sut tarkibidagi yog', % 3.99 ± 0.045 3.77 4,02±0,034 2,77 4,04±0,020 1,65

Sut tarkibidagi oqsil, % 3,59 ± 0,029 2,71 3,61±0,021 1,95 3,62±0,013 1,16

Sut yog'i chiqimi, kg 168,5 ±2,86 5,64 152,1±1,63 3,55 131,2±3,48 8,81

Sut oqsili chiqimi, kg 152,4 ± 3,02 6,56 136,1±1,52 3,70 117,8±3,20 9,04

4%-li sut miqdori, kg 4212,2 ± 71,7 5,64 3786,2±38,7 3,39 3279,7±8,70 8,80

Quruq modda, % 12,51 - 12,55 - 12,57 -

Yog'sizlantirilgan quruq sut qoldig'i, % 8,68 - 8,69 - 8,69 -

Sut qandi, % 4,51 - 4,52 - 4,52 -

1 jadval ma'lumotlari tahlilidan ko'rinishicha, эng yuqori sut mahsuldorligiga sut tana tuzilishi xiliga mansub sigirlar эrishdilar. Jumladan, ushbu I guruh sigirlarining lakta^ya mobaynidagi sut miqdori II va III guruhlardagi tengqurlarinikidan tegishli ravishda 458,1 va 983,5 kg, sut ëg'i chiqimi 16,4 va 37,3 kg, sut oqsili chiqimi 16,3 va 34,6 kg, 4% -li sut miqdori 426 va 932,5 kg yuqori bo'ldi.

Barcha guruhlarda sut tarkibidagi quruq modda, ëg'sizlantirilgan quruq sut qoldig'i va sut qandi o'rtasida guruhlararo sezilarli farq kuzatilmadi va ushbu moddalar me'ër talablari darajasida bo'ldi.

Barcha guruhlardagi sigirlar sutining yuqori to'yimlilik qiymatini ular suti tarkibidagi ëg' va oqsil ko'rsatkichlari tasdiqlaydi. Jumladan, I guruhdagi sigirlar suti tarkibidagi ëg' qo'sh mahsuldor sigirlarning andoza talablaridan 0,29%, oqsil-0,29% , II guruhda bu ko'rsatkichlar tegishli ravishda 0,32 va 0,31%, III guruhda -0,34 va 0,32% yuqori bo'ldi. Shuningdek, I guruhda sut tarkibidagi ëg' va oqsilning nisbati 1,11, II guruhda -1,11 va III guruhda 1,12 birlikka эga bo'ldi, sut tarkibidagi ëg' va ëg'sizlantirilgan quruq sut qoldig'i nisbati эsa tegishli ravishda 0,46; 0,46 va 0,46 hamda sut tarkibidagi oqsil va ëg'sizlantirilgan quruq sut qoldig'i nisbati 0,41; 0,41 va 0,42-ni tashkil эtdi. Bu ma'lumotlarimiz T.P.Loginova, O.A. Basonov (2005) sigirlar sutidan pishloq tayërlashda tavsiya эtgan to'yimli moddalarning nisbat ko'rsatkichlariga to'g'ri keladi.

Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki tajriba guruhlarimizda sigirlar tana tuzilishidan qat'iy nazar, ularning sut mahsuldorligi qo'sh mahsuldor sigirlarning andoza talablaridan yuqori bo'ldi. Masalan, I guruhdagi sigirlarning sut miqdori andoza talablaridan 1032,2 kg (32,2%), II guruhda эsa bu ko'rsatkich 574,1 kg (17,9%) va III guruhda 48,7 kg (1,52%), sut ëg'i chiqimi tegishli ravishda 50,1 kg (42,3%); 33,7 kg (28,5%) va 12,8 kg (10,8%) yuqori bo'ldi.

Barcha guruhlarda sigirlarning sut mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha o'zgaruvchanlik koэffiцienti guruhlararo katta farq kuzatilmadi, bu эsa ushbu guruhlarda asosiy selekцiya belgilari bo'yicha tanlash ishlarini olib borish imkoniyatlari bir-biriga yaqinligidan dalolat beradi.

Sigirlardan sutbop podalarda foydalanish samaradorligini baholashda ularning ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlarini o'rganish muhim ahamiyatga эga. 2 jadvalda tajriba guruhlaridagi sigirlarning ozuqani sut bilan qoplash ko'rsatkichlari keltiriladi.

2 jadval ma'lumotlarining ko'rsatishicha, yuqori sut mahsuldorligiga эga sigirlar guruhlarida ozuqani sut bilan qoplash darajasi ham birmuncha yuqori bo'ldi. Masalan, tadqiqotlarimizda эng yuqori sut mahsuldorligiga эga I guruh sigirlari 1 kg tabiiy ëg'lilikda sut ishlab chiqarishga II va III guruhlardagi sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 4,7 va 9% kam ozuqa birligi sarfladilar. Shuningdek 1 kg 4%-li sut ishlab chiqarishga ham I guruhda II va III guruhlardagi sigirlarnikiga nisbatan kam ozuqa birligi sarflandi. Ammo I guruh sigirlari har 100 kg ozuqa birligiga II va III guruhlardagi sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 4,8 kg (5,1%) va 10,18 kg (11,56%) tabiiy ëg'lilikdagi sut hamda 4,04 kg (4,31%) va 8,88 kg (9,98%) ko'p 4% -li sut ishlab chiqardilar.

2 jadval. Sigirlarning sut ishlab chiqarishga sarflagan ozuqalar miqdori

Ko'rsatkichlar Guruhlar

I II III

Lakta^ya davomida har 1 bosh sigirga sarflangan ozuqa birligi, kg 4061,6, 4092,6 3743,1

Sut miqdori, kg 4232,2 3774,1 3248,7

4 %-li sut miqdori, kg 4212,2 3786,2 3279,7

1 kg tabiiy ëg'lilikda sut ishlab chiqarishga 1,04 1,09 1,14

sarflangan ozuqa birligi,kg

1 kg 4 %-li sut ishlab chiqarishga sarflangan ozuqa birligi, kg 1,04 1,09 1,14

Har 100 kg ozuqa birligiga ishlab chiqarildi: tabiiy ëg'lilikdagi sut, kg 98,47 93,67 88,29

4%-li sut, kg 97,81 93,77 88,93

Bu ma'lumotlarimiz sutbop podalarda sut tana tuzilishi xiliga эga sigirlar ozuqani sut mahsuloti bilan yaxshi darajada qoplash xususiyatlariga эga bo'lishidan va ulardan sutbop podalarda foydalanish samarali эkanligidan dalolat beradi.

Shunday qilib, tadqiqotlarimiz monbelyard zotli sigirlar podalarida ular lakta^yasi davomidagi sut mahsuldorligi tana tuzilishi xiliga bog'liqligini ko'rsatdi. Bunda sut mahsuldorlik yo'nalishidagi sigirlar boshqa guruhdagi tengqurlariga nisbatan sezilarli darajada sut mahsuldorligini namoën эtdilar. Bu эsa ushbu zot qoramollari urchitiladigan xo'jaliklar podalarida sigirlarning tana tuzilishi xili bo'yicha selek^ya ishlarini olib borish na faqat yuqori sutbop podalar yaratish, balki zotni takomillashtirish sur'atini ham oshirish imkoniyatini berishidan dalolat beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ashirov M. Soatov U. Produktivnost korov shviskoy porodbi v zavisimosti ot tipov teloslojeniya "Molochnoe i myasnoe skotovodstvo". Jurnal. Moskva. 2015 g. №6. S. 21-23.

2. Ashirov M.E., Soatov U.R. Productive potential of schwyz breed cows of different industrial type and genotype. ACADEMICIA: International Multidisciplinary Research Journal. India-2020. Volume:10 Issue:6 iyl ' 2020, 137-142 p.

3. Zavertyaev B.P., Proxorenko P.N. Sovershenstvovanie sistemw razvedeniya i seleksii molochnogo skota. J. Zootexniya. Moskva, 2000. -№8. -S.8-12.

4. Loginova T.P., Basonov O.A. Produktivnost cherno-pestrbix korov razlichnoy seleksii. J. Zootexniya. Moskva, 2005. -№7. -S. 18-19.

5. Proxorenko P.N., Zavertyaev B.P.. Genetika i seleksiya molochnogo skota. J. Zootexniya. Moskva, 2004. -№9. -S. 2-6.

6. Soatov U., Ashirov M., Eranova G. Ulmasov B, Kasimova M. Productivity characteristics of Montbeliard breed cows in the conditions of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 258, 04038 (2021) UESF-2021. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125804038

7. Strekozov N.I., Levina G.N. Individualnbiy podbor s uchetom tipa jivotnbix i seleksii bwkov. J. Zootexniya. Moskva, 2001.-№1. -S. 10-12.

8. Shakirov K., Dosmukhamedova M., Shokirov A,. Khodjayev U., Soatov U. Improving breeding and productivity qualifications of Holstein cow breeds (B.Taurus) in climate of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 258, IOP.Conf.Series: Earth and Environmental Science 939 (2021) 012048 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125806071.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.