Научная статья на тему 'SUT-GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI MONBELYARD ZOTLI TURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIDAGI SIGIRLARNI SUT MAHSULDORLIGI'

SUT-GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI MONBELYARD ZOTLI TURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIDAGI SIGIRLARNI SUT MAHSULDORLIGI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zot / ishlab chiqrish tiplari / monbelyard / mahsuldorlik / sut-go‘sht / go‘sht-sut

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Erdanova Guzal Mirulug‘Ovna, Ruziev Raxmon Istamovich, Donaev Xusniddin Abdialimovich, Islomov Fayzulla Maxmud O‘G‘Li

Ushbu maqolada sut ishlab chiqarishga ixtisoslangan xo‘jaliklarda maxsuldor sigirlarning turli ishlab chiqarish tiplprini inobatga olgan holda sut mahsuldorligini oshirish ishlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUT-GO‘SHT YO‘NALISHIDAGI MONBELYARD ZOTLI TURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIDAGI SIGIRLARNI SUT MAHSULDORLIGI»

UO'K 636.28.02.37.17.

SUT-GO'SHT YO'NALISHIDAGI MONBELYARD ZOTLI TURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIDAGI SIGIRLARNI SUT

MAHSULDORLIGI

1Erdanova Guzal Mirulug'ovna, 2Ruziev Raxmon Istamovich, 3Donaev Xusniddin Abdialimovich, 4Islomov Fayzulla Maxmud o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti, Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi assistenti 2Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti, qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi, katta

ilmiy xodim

3Toshkent davlat agrar universiteti, qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent 4Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11437502

Annotatsiya. Ushbu maqolada sut ishlab chiqarishga ixtisoslangan xo'jaliklarda maxsuldor sigirlarning turli ishlab chiqarish tiplprini inobatga olgan holda sut mahsuldorligini oshirish ishlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: zot, ishlab chiqrish tiplari, monbelyard, mahsuldorlik, sut-go'sht, go'sht-sut.

Аннотация. В данной статье освещается работа по повышению молочной продуктивности с учетом различных производственных типов продуктивных коров в хозяйствах, специализирующихся на производстве молока.

Ключевые слова: порода, производственных типы, монбельярд, продуктивность, молоко-мясо, мясо-молоко.

Abstract: this article discusses the work on increasing milk productivity, taking into account the different types ofproductivity of cows on farms specializing in milk production.

Keywords: breed, types of production, Montbéliard, productivity, milk, meat and dairy products.

Kirish. Sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo'jaliklarda sigirlarning ishlab chiqarish tiplari bo'yicha seleksiya-naslchilik ishlarini olib borish katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Bunday podalarda ishlab chiqarish tipiga xos sigirlar salmog'ini oshirib borish, sut ishlab chiqarish hajmini yanada oshiradi va ozuqani mahsulot bilan qoplash xususiyatlarini yaxshilaydi. Bu o'z navbatida iqtisodiy jihatdan muhim axamiyatga ega hisoblanadi.

Keyingi paytlarda Respublikamizga rivojlangan xorijiy davlatlardan qo'sh mahsuldorlik yo'nalishidagi qoramol zotlari import kelinmoqda. Import qilingan qoramol zotlarning ekstereri, konstitutsiyasi, mahsuldorlik belgilari bo'yicha bir necha hil mahsuldorlik yo'nalishiga ega ishlab chiqarish tiplari mavjud.

Monbelyard zotli qoramollar mahsuldorligi uning sut-go'sht va go'sht-sut yo'nalishidagi ishlab chiqarish tiplari mavjud bo'lib, mazkur zot ichida sut-go'sht va go'sht-sut tiplari bo'yicha sut ishlab chiqarishni hajmini yanada oshirishda jahon genofondiga xos ushbu zotlarning naslli buqalaridan juftlashda foydalanish ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'sh mahsuldorlik yo'nalishidagi monbelyard zotli sigirlarni yuqori mahsuldorlikk ega bo'lgan jahon genofondiga xos naslli buqalaridan foydalanib, ulardan yuqori irsiy imkoniyatga ega avlodlar olish, podani ular orqali to'ldirishni va mahalliy sharoitga moslashish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shu sababli, bunday jahon genofondiga xos ushbu zotlarning naslli buqalaridan

juftlashda foydalanish, ularning sut mahsuldorligini oshirishga va ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilgan muhim va istiqbolli usullardan biridir hamda dolzarb bo'lib hisoblanadi.

Tadqiqotning maqsadi chetdan keltirilgan monbelyard zotli turli ishlab chiqarish tiplari mansub sigirlarning sut mahsuldorligini o'rganish hisoblanadi.

Tadqiqotlar o'tkazish joyi va metodlar. Tadqiqotlar Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani "Ergash ota" MChJ Agrofirmasida Fransiya davlatidan keltirilgan jami 378 bosh monbelyard zotli sigirlarning sut mahsuldorligi shakl

2-sut- "Nasldor sigirlar kartochkasi" asosida o'rganildi.

Tadqiqotlar monbelyard zotiga mansub, turli ishlab chiqarish tipidagi sigirlardan ikkita guruhda shakllantirildi. I guruhga sut-go'sht yo'nalishidagi

II guruhga go'sht-sut yo'nalishidagi sigirlar tanlab olindi.

Turli ishlab chiqarish tipiga ega bo'lgan sigirlarni oziqlantirish va asrash sharoitlari bir xil bo'ldi. Olingan raqamli ma'lumotlar "Microsoft Excell 2010" dasturida, A.Ploxinsiy usulidan foydalanib biometerik tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari va tahlili. Chetdan olib kelinadigan yuqori mahsuldorlikdagi turli ishlab chiqarish tipiga ega sigirlardan sut ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish davrda ularning mahsuldorligi yuqoriligi hamda, texnologik xususiyatlari bilan birga xo'jalikda foydalanish davomiyligi ham muhim ahamiyat ega hisoblanadi.

Chetdan olib kelingan turli ishlab chiqarish tipidagi sigirlardan turli laktatsiyalarda sut mahsuldorligini oshirish va ozuqani mahsulot bilan qoplash bilan birga ko'plab yuqori mahsuldorlikga ega naslli avlod olish va kelajakda podani ular bilan to'ldirish orqali qilingan xarajatlarni qoplashni imkoniyatini yaratadi.

Biz turli ishlab chiqarish tipdagi monbelyard zotli sigirlarni sut mahsuldrligi bo'yicha ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadvaldan ko'rinishicha, I guruh sut-go'sht yo'nalishidagi ishlab chiqarish tipiga mansub sigirlarnig sut miqdori laktatsiyalar davomida o'sib borgan. Jumladan, II va III laktatsiyadagi sigirlarning sut mahsuldorligi tegishli ravishda 149,5 kg va yoki 3,4% ga va 46 kg 1,0% ga, 4 %-li sut miqdori esa 99,5 yoki 2,3% ga (P>0,999), tirik vazni 18,5 kg yoki 0,4% ga va 38,9 kg yoki 7,5% ga yuqori bo'ldi.

1-jadval. Turli ishlab chiqarish tipidagi sigirlarning sut mahsuldorlik ko'rsatkichlar

X ±S x

Ko'rsatkichlar I guruh sut-go'sht II guruh go'sht-sut

I laktatsiya

Sut miqdori, kg 4401,5±41,5 4085,5±48,7*

Sutdagi yog', % 3,88±0,02 3,97±0,04

Sut yog'i chikimi, kg 170,8±1,25 162,2±0,62*

4%-li sut miqdori 4269,4±58,2 4054,8±36,0*

Sutdorlik koeffitsienti, kg 848,4+2,53 733,6+2,32

Tirik vazni, kg 518,8±2,54 556,9±3,10

II laktatsiya

Sut miqdori, kg 4551,0±38,0 4203,0±49,3*

Sutdagi yog', % 3,84±0,01 3,91±0,03

Sut yog'i chikimi, kg 174,8±1,05 164,3±1,99*

4%-li sut miqdori 4368,9±38,3 4108,4±47,3*

Sutdorlik koeffitsienti, kg 847,0+2,16 726,7+1,98

Tirik vazni, kg 537,3±2,66 578,4±1,17

III va undan yuqori laktatsiya

Sut miqdori, kg 4447,5±67,0 4073,1±58,6*

Sutdagi yog', % 3,84±0,02 3,89±0,02

Sut yog'i chikimi, kg 170,8±1,56 158,4±0,87*

4%-li sut miqdori 4269,6±21,5 3961,1±27,0*

Sutdorlik koeffitsienti, kg 797,5+2,28 670,5+2,85

Tirik vazni, kg 557,7±1,63 607,5±1,18

Eslatma: *(P>0,999)

Sigirlarning podadan chiqib ketish jadalligini o'rganish shuni ko'rsatadiki, I laktatsiyadan keyin I guruh sut-go'sht yo'nalishidagi ishlab chiqarish tipiga mansub sigirlardan 34,2% va II guruh go'sht-sut yo'nalishidagi ishlab chiqarish tipiga mansub sigirlardan 32,7% hamda II laktatsiyada tegishli ravishda 59,7% va 57,9% sigirlar asosiy podadan chiqib ketgan.

Chetdan olib kelingan monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarining I guruh sut-go'sht ishlab chiqarish tipi bo'yicha sut mahsuldorligi o'rganilganda I laktatsiya davomida o'rtacha 4401,5 kg sut sog'ib olinib, o'z tengqurlari II guruh go'sht-sut ishlab chiqarish tipiga mansub sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 316,0 kg yoki 7,7% ga (P>0,999) sut yog' chiqimi bo'yicha tegishli ravishda 8,6 kg yoki 5,3% ga (P>0,999), 4%-li sut miqdori bo'yicha 214,6 kg yoki 5,3% ga (P>0,999) yuqori bo'ldi. Sigirlarning III va undan yuqori laktatsiyada tegishli ravishda 374,4 kg yoki 9,2% ga, sutdagi yog' chiqimi bo'yicha 12,4 kg yoki

7,8% ga, 4%-li sut miqdori 308,5 kg yoki 7,8% ga (P>0,999) yuqori bo'ldi.

"Ergash ota" MChJ Agrofirmasida monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarining III va undan yuqori laktatsiya davomida I guruh sut-go'sht ishlab chiqarish tipi mansub sigirlardan o'rtacha 4447,5 kg sut sog'ilib olinib, bu ko'rsatkich bo'yicha o'z tengqurlari II guruh go'sht-sut ishlab chiqarish tipiga nisbatan tegishli ravishda 374,4 kg yoki 9,2% ga, sutdagi yog' chiqimi 12,4 kg yoki 7,8% ga, 4 %-li yog'li sut miqdori 308,5 kg yoki 7,9% ga (P>0,999) yuqori bo'ldi.

Shuni ham ta'kidlash lozimki, Fransiyadan keltirilgan sigirlar bizning o'ziga xos issiq iqlim sharoitimiz nisbatan past bo'lgan xo'jalikda foydalanish muddatlariga ega bo'ldi. Bunday sigirlarga maqbul oziqlantirish va asrash sharoitlarini ta'minlab, ularni podada III va undan yuqori laktatsiya davomida foydalanish mumkinligi sigirlar bizning o'ziga xos issiq iqlim sharoitimizga moslashganligidan dalolat beradi.

Tadqiqotlarimizda chetdan olib kelingan monbelyard zotiga mansub sigirlardan olingan avlodlarining II laktatsiyadan keyin I guruh sut-go'sht ishlab chiqarish tipi mansub sigirlarni 10,3%, II guruh go'sht-sut ishlab chiqarish tipiga mansub bo'lgan sigirlarning 9,1%, III laktatsiyada esa I guruh sut-go'sht ishlab chiqarish tipi mansub sigirlarni 19,2% va II guruh go'sht-sut ishlab chiqarish tipiga mansub sigirlarni 17,8% asosiy podadan chiqib ketdi, bu chetdan keltirilgan monbelyard zotiga nisbatan olingan avlodlarida I laktatsiya davriga nisbatan I guruh sut-go'sht ishlab chiqarish tipi 23,7% ga va II guruh go'sht-sut ishlab chiqarish tipiga nisbatan 23,6 % ga, kam bo'ldi. Bu esa ularning asosiy podadan chiqib ketishiga sabablar chetdan olib kelingan sigirlarni bizning tez o'zgaruvchan issiq-iqlim sharoitiga maslashuvchanlik xususiyatlari qiyinchilik bilan kechishi oshqozon-ichak sistemasi, tuyoq kasalliklari, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, makro-mikroelementlarning va organizmda, vitaminlarning etishmasligi kabi omillar ta'sir qildi.

Xulosa. Tadqiqotlarimiz natijalari shuni ko'rsatdiki, monblyard zotli turli ishlab chiqarish tipiga mansub sigirlarning qizlarining xo'jalikda foydalanish davomiyligi qaysi ishlab chiqarish tipiga mansubligidan qat'iy nazar, barcha ishlab chiqarish tiplaridagi sigirlardan olingan qizlar i yaxshi darajadagi sut maxsuldorligiga xussiyatlariga ega bo'ldilar. Bu esa, sigirlarni to'la qiymatli oziqlantirishni ta'minlash, asrash sharoitlarini yaxshilash kabi tashqi muhit (fenotipi) omillarga katta ahamiyat berish zarurligidan dalolat beradi.

FOYDANALINGAN ADABIYOTLAR

1. Аширов М.И. Технологические признаки черно-пестрого скота разного .происхождения. Прогрессивные технологические приемы повышения продуктивности селскохозяйственных животных //Труды УзНИИЖ. - Ташкент, 1991. - С. 21-29.

2. Сакса Е.И., Барсукова О.Е. Влияние уровня молочной продуктивности на плодовитост коров //Ж. Зоотехния. - Москва, 2007. - №11. - С. 23-26.

3. Сулыга Н.В., Ковалева Г.П. Продуктивные качества коров-первотелок голштинской черно-пестрой породы венгерской селексии в адаптационный период //Ж. Зоотехния. -Москва, 2010. - № 2. - С. 4-6.

4. Ashirov B.M., Soatov O'.R. Donayev X.A. Golshtin zotli sigirlarning mahsuldorlik xususiyatlari. //"O'zbekiston qishloq xo'jaligi" jurnalining "Agro ilm" ilovasi. - Toshkent, 2017. - № 2 (46). - 43-44 bet.

5. Ashirov M.E., Kuchchiyev A.R., Donayev X.A. Influence Of Different Factors On Lactation Performance Of Black-And-White And Holstein Cows. //Solid State Technology. Volume: 63, Issue: 6 Publication Year: 2020. - P. 15489-15497 (www.solidstatetechnology.uz).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.