Научная статья на тему 'BIRINCHI TUG’IMDAGI SIGIRLARNING EKSTERER KO’RSATKICHLARI'

BIRINCHI TUG’IMDAGI SIGIRLARNING EKSTERER KO’RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
25
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eksterer / konstitutsiya / sog’in sigir / yag’rin balandligi / sag’ri balandligi / ko’krak kengligi / chuqurligi / aylanasi / tananing qiya uzunligi / orqa do’ng suyak kengligi / poycha aylanasi va sut miqdori. / exterior / constitution / dairy cow / lean exercise / leg exercise / chest exercise / depth / subtraction / oblique strength / hind leg exercise / calf circumference and milk volume.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xoljigitov, Asqar Marifjonovich, Eshdavlatov, Orif Zokirovich

Sigirlarning tashqi ko’rinishi va sut mahsuldorligi o’rtasidagi ijobiy bog’liqlikni aniqlashda tashqi xususiyatlarini o’rganish muhim deb hisoblanadi va ularning tashqi ko’rinishidagi naslchilik ishlarining optimal xususiyatlari bo’yicha olingan natijalar asosida olib borilgan ishlar katta amaliy ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXTERNAL INDICATORS OF COWS IN THE FIRST COW

When determining the positive relationship between the exterior and dairy productivity of cows, it is considered important to study the exterior properties, and the work carried out on the basis of the results obtained on the optimal signs of breeding work on their exterior is of great practical importance.

Текст научной работы на тему «BIRINCHI TUG’IMDAGI SIGIRLARNING EKSTERER KO’RSATKICHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

UDK:636.082.22

BIRINCHI TUG'IMDAGI SIGIRLARNING EKSTERER KO'RSATKICHLARI

Xoljigitov Asqar Marifjonovich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Zooinjeneriya va ipakchilik kafedrasi mustaqil

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Zooinjeneriya va ipakchilik kafedrasi dotsenti

Sigirlarning tashqi ko 'rinishi va sut mahsuldorligi o 'rtasidagi ijobiy bog'liqlikni aniqlashda tashqi xususiyatlarini o'rganish muhim deb hisoblanadi va ularning tashqi ko'rinishidagi naslchilik ishlarining optimal xususiyatlari bo'yicha olingan natijalar asosida olib borilgan ishlar katta amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: eksterer, konstitutsiya, sog'in sigir, yag'rin balandligi, sag'ri balandligi, ko 'krak kengligi, chuqurligi, aylanasi, tananing qiya uzunligi, orqa do 'ng suyak kengligi, poycha aylanasi va sut miqdori.

При определении положительной взаимосвязи между экстерьером и молочной продуктивностью коров важным считается изучение экстерьерных свойств, и большое практическое значение имеют работы, проведенные на основе полученных результатов по оптимальным признакам селекционной работы по их экстерьеру.

Ключевые слова: экстерьер, конституция, молочная корова, высота вымени, высота в холке, ширина вымени, глубина, обхват, косая длина тела, ширина задних костей, обхват теленка и количество молока.

When determining the positive relationship between the exterior and dairy productivity of cows, it is considered important to study the exterior properties, and the work carried out on the basis of the results obtained on the optimal signs of breeding work on their exterior is of great practical importance.

Key words: exterior, constitution, dairy cow, lean exercise, leg exercise, chest exercise, depth, subtraction, oblique strength, hind leg exercise, calf circumference and milk volume.

izlanuvchisi Eshdavlatov Orif Zokirovich

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Hozirgi kunda respublikamizda qoramollarning bosh soni jihatidan qora-ola zotli qoramollar boshqa zotlar orasida birinchi o'rinni egallaydi, sigirlarining sut mahsuldorligi bo'yicha ham yetakchi zotlardan biri hisoblanadi. Golshtin zoti esa dunyoda, shu jumladan, respublikamizda sigirlarining sut mahsuldorligi jihatidan birinchi o'rinni egallaydi. Shunga qaramasdan sutdor qoramolchilikda bu ikki yetakchi zotning nasl, mahsuldorlik, texnologik, pushtdorlik xususiyatlarini yanada takomillashtirish, irsiy imkoniyatlaridan keng foydalanib ularni to'liq yuzaga chiqarish muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi.

O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308-son «Shaxsiy yordamchi va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish chora - tadbirlari to'g'risida» gi, 2008 yil 21 apreldagi PQ-842-son «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi va 2015 yil 29 dekabrdagi PQ 2460-son «2016-2020 yillarda qishloq xo'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari hamda mazkur sohaga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqotlari muayyan darajada xizmat qiladi.

Sutdor sigirlarning eksterer ko'rsatkichlarini o'rganish ularning mahsuldorlik yo'nalishlarini aniqlashda va konstitutsiya tiplarini baholashda muhim sanaladi. Shuning uchun biz, sog'in sigirlarning eksterer o'lchamlarini o'rgandik, uning natijalari 1-jadvalda keltiriladi.

1-jadval ma'lumotlardan ko'rinishicha, tajribadagi sigirlarning tana o'lchamlari o'rtasida biroz farq ko'zatildi. Masalan, I va II tajriba guruhdagi sigirlarning yag'rin balandligi nazorat guruhdagi sigirlarnikidan tegishli ravishda 4,7 sm yoki 3,6% ga (R<0,05) va 4,3 sm yoki 3,3% ga (R<0,05), sarg'i balandligi 4,5 sm yoki 3,4% ga (R<0,05) va 4,01 sm yoki 3,0% ga (R<0,05), ko'krak kengligi 2,2 sm yoki 4,2% ga (R<0,01) va 1,6 sm yoki 3,0% ga (R<0,05), ko'krak chuqurligi 3,6 sm yoki 5,2% ga (R<0,01) va 1,4 sm yoki 1,8% ga (R<0,01), ko'krak aylanasi 5,3 sm yoki 2,5% ga (R<0,01) va 3,0 sm yoki 1,4% (R<0,05), tananing qiya uzunligi 3,1 sm yoki 2,2% ga (R<0,01) va 1,8 sm yoki 1,3% ga (R<0,05), orqa do'ng suyak kengligi 1,7 sm yoki 3,5% ga (R<0,05) va 0,8 sm yoki 1,7% ga (R<0,05) va poycha aylanasi 0,5 sm yoki 2,2% ga va 0,4 sm yoki 1,8% ga yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi.

Olingan ushbu ma'lumotlarimiz I va II tajriba guruhdagi sigirlarning tanasi yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1 jadval

Tajriba guruhlardagi sigirlarning tana o'lchamlari, sm

Tana o'lchamlari Guruxlar (p=10)

Nazorat I tajriba II tajriba

X ±S x Cv,% X ±S x Cv,% X ±S x Cv,%

Yag'rin balandligi 129,3±1,20 2,82 134,1±1,70* 4,06 133,7±1,81* 4,87

Sag'ri balandligi 132,1±1,41 2,88 136,7±1,31* 3,95 136,1±1,59* 4,55

Ko'krak kengligi 49,7±0,42 6,35 51,8±0,47** 5,71 51,2±0,55* 6,75

Ko'krak chuqurligi 69,01±0,41 6,9 72,4±0,47** 6,0 70,2±0,51** 7,46

Ko'krak aylanasi 204,3±1,11 4,73 209,7±1,94** 4,03 207,4±1,62* 3,13

Tananing qiya uzunligi 148,6±0,84 3,94 151,8±0,58** 2,78 150,5±0,48* 3,96

Orqa do'ng suyak kengligi 49,7±0,45 9,37 51,5±0,53* 8,69 50,6±0,58* 11,09

Poycha aylanasi 21,1±0,36 2,07 21,6±0,35 2,16 21,5±0,40 3,40

Eslatma: *R<0,05, **R<0,01Mahsuldor sutbop podalar yaratishda sog'in sigirlarning ekstereri muhim ahamiyatga ega. Ekstereri mutanosib sigirlar odatda sut tipiga ega bo'lib, sermahsul bo'ladi. [47;10-11b.] yozishlaricha, sigirlarning ekstereri va sut mahsuldorligining o'rtasidagi o'zaro ijobiy bog'liqlikni aniqlashda eksterer hususiyatlarini o'rganish muhim hisoblanadi va olingan natijalar asosida seleksionerlar ularning ekstereri bo'yicha tanlash ishlarini maqbul belgilari bo'yicha takomillashtirish ishlarini amalga oshirishlari katta amaliy ahamiyatga ega.

Sog'in sigirlarning tana tuzilishini mutanosib rivojlanganligini tana sigirlarning tana indekslarini tahlil qilish orqali baholash mumkin

Tajribadag sigirlarning tana indekslari, % 2-jadval

Tana indekslari Guruhlar

I II III

Bosh soni 10 10 10

Uzunoyoqlilik 44,3 43,2 43,8

Cho' ziluvchanlik 113,6 114,1 115,1

Ko'krak 68,3 67,2 68,7

Zichlilik 137,3 136,9 136,7

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Suyakdorlik 16,5 17,3 16,9

Tos-ko'krak 100,0 98,2 99,0

2-jadval ma'lumotlarining tahlilining ko'rsatishicha, I va II tajriba guruhlardagi sigirlar nazorat guruhdagi sigirlarga nisbatan birmuncha yirik tanaga ega bo 'lib, bu ularning nazorat guruhdagi sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 0,8 va 2,8% uzunoyoqlilik indekslarining past ko'rsatkichga ega bo'ldi. Barcha guruhdagi sigirlar deyarli bir xil darajadagi cho'ziqiroq tanaga ega bo'lganligini cho'ziluvchanlik indeksidan ham ko'rishimiz mumkin.

I va II tajriba guruhlardagi sigirlarning cho'zinchoqlilik tana tuzilish indeksi nazorat guruhdagi tengqurlarinikiga nisbatan tegishli ravishda 1,7 va 2,3% past ko'rsatkichiga ega bo'ldi.

Biz tadqiqotimizda tajriba guruhlaridagi sigirlarning eksterer o'lchamlarini o'rgandik, uning natijalari 3-jadvalda keltiriladi.

3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinishicha, II guruh sigirlarning tana o'lchamlari I va III guruhdagi sigirlarnikidan yuqori bo'lganligi aniqlandi. Jumladan, II guruhda sigirlarning yag'rin balandligi I va III guruhdagi sigirlarnikidan tegishlicha 1,0 va 1,9 sm, sag'ri balandligi 1,4 va 1,7 sm, ko'krak chuqurligi 1,4 va 2,3 sm, ko'krak aylanasi 1,7 va 1,6 sm, tananing qiya uzunligi 1,7 va 0,9 sm yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ladi.

3-jadval

Sigirlarning tana o'lchamlari, sm

Tana o'lchamlari Guruhlar

I II III

X ±S x Cv,% X ±S x Cv,% X ±S x Cv,%

Bosh soni 10 10 10

Yag'rin balandligi 131,0±1,2 2,82 132,0±1,8 4,06 130,1±2,1 4,89

Sag'ri balandligi 134,2±1,3 2,90 135,6±1,8 3,97 133,9±2,0 4,57

Ko'krak eni 49,9±1,4 8,37 50,7±1,3 7,8 50,2±1,8 10,8

Ko'krak chuqurligi 73,0±1,5 6,11 75,4±1,5 6,01 73,1±1,5 7,48

Ko'krak aylanasi 204,5±3,2 4,73 206,2±2,8 4,03 204,6±2,1 3,13

Tananing qiya uzunligi 148,9±1,9 3,96 150,6±1,4 2,80 149,7±1,3 3,98

Orqa do'ng suyak eni 49,9±1,5 9,32 51,6±1,5 8,69 50,7±1,9 11,2

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Poycha aylanasi 21,6±0,4 6,07 22,8±0,32 4,18 22,0±0,5 7,42

jadval ma'lumotlaridan ko'rinishicha, II guruh sigirlari yirik tanaga ega, bu ularning uzunoyoqlilik indeksining I va III guruh sigirlarnikidan tegishli tarzda 0,9 va 0,6 % past ko'rsatkichi bilan ham tasdiqlanadi. Sigirlarning ekstereri mutonosib rivojlanganligini ko'rishimiz mumkin.

Qolgan barcha tana indekslari o'rtasida keskin guruhlararo farq kuzatilmadi, bu ma'lumotlar tajriba guruhlaridagi sigirlar mutanosib rivojlangan tanaga ega bo'lganligidan dalolat beradi.

Shuningdek, I va II tajriba guruhdagi sigirlar tanasining tos-ko'krak qismi yaxshi rivojlanganligi tos-ko'krak indeksidan ham ko'rinib turibdi. Bu indeks ko'rsatkichi I va II tajriba guruhdagi sigirlarda nazorat guruhdagi sigirlarga nisbatan tegishli ravishda 0,5 va 1,6% yuqori bo'ldi. Tana tuzilish indekslarini quyidagi hisoblab chiqish usulida aniqlanadi (%);

Sigirlar tanasining mutanosib rivojlanganligini, ularning tana o'lchamlari asosida hisoblab chiqilgan tana tuzilish indeks ko'rsatkichlari bo'yicha baholash mumkin. 4-jadvalda tajriba guruhlaridagi sigirlarning tana tuzilish indekslari keltiriladi.

4- jadval

Taj riba guruhlaridagi sigirlarning tana indekslari, %

Indekslar Guruhlar

Nazorat I tajriba II tajriba

Uzunoyoqlilik 46,6 45,8 47,4

Cho'zinchoqlilik 114,8 113,1 112,5

Ko'krakdorlik 72,2 71,5 72,8

Tos-ko'krak 100,0 100,5 101,1

Zichlilik 137,4 138,09 137,7

Suyakdorlik 16,3 16,1 16,09

XULOSA

Tadqiqotlar natijalari barcha guruhlardagi sigirlarning tanasi mutanosib rivojlanganligini, ko'krak qafasi yaxshi rivojlanib, sigirlar cho'ziluvchan tanaga va sut tipiga ega bo'lganligini ko'rsatdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

I va II tajriba guruhdagi sigirlar zich rivojlangan tanaga ega bo 'lib, ularning zichlilik indeksi nazorat guruhdagi sigirlarnikiga nisbatan tegishli ravishda 0,5 va

0.3. yuqori bo'ldi, suyakdorlik indeksi esa 0,2 va 0,3% past bo'lganligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-308-sonli Qarori, Tashkent, 2006, 23 mart

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-842-sonli qarori. Toshkent, 2008, 21 aprel.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2016-2020 yillarda qishloq xo'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida».gi PQ-2460-sonli Qarori. Tashkent, 2015, 29-dekabr'.

4. Akmalxonov Sh.A., Ashirov M.E. Qoramolchilikda naslchilik ishining vazifalari. J. «Zooveterinariya», № 10,2009, 35-37 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Анзоров В., Гончарова Е., Чомаев А. Связь факторов внешней среды с воспроизводительной функцией коров. Ж. «Молочное и мясное скотоводство», № 8, 2004, с. 27.

6. Амерханов Х. Племенная база молочного и мясного скотоводства Российской Федерации и перспективы ее развития. Ж. «Молочное и мясное скотоводство», № 8, 2010, с. 2-5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.