SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
KIYIMLARNI TIKISHDA INSON TANASI O'LCHAMLARINI OLISH
USULLARI
Мадина Бахтиёровна Хужаева
Бухарский инженерно-технологический институт
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kiyimlarning sinflanishi, ularni standartlash, razmerlar tasnifi keltirilgan. Bundan tashqari kiyimlarni tikish jarayonida inson gavdasining turli xildagi tuzilishiga qarab har xil o'lchamlar olish usullari bo'yicha ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: razmerlar tasnifi, kostyum, kiyim loyihalash, umurtqa pog'onasi, tos kamari, dolixomorf, braximorf, mezomorf, antropometriya.
METHODS OF TAKING HUMAN BODY MEASUREMENTS WHEN SEWING
CLOTHES
ABSTRACT
This article presents the classification of clothes, their standardization, size classification. In addition, in the process of sewing clothes, information is given on the methods of obtaining different sizes depending on the structure of the human body.
Key words: size classification, suit, clothing design, spine, pelvic girdle, dolichomorph, brachymorph, mesomorph, anthropometry.
Zamonaviy kiyim juda xilma xil. Uning tasnifi jins, yosh belgisi, inson faoliyatining turli sohalarida qo'llanishi (maqsadiy vazifasi), mavsumiy va gazlama turiga qarab amalga oshiriladi. Kiyimlar 6 sinfga bo'linadi:
1). Jinsga ko'ra (ayollar, erkaklar, bolalar kiyimi);
2). Mavsumga ko'ra (yozlik, qishliq, kuzlik, bahorlik);
3). Gazlamasiga ko'ra (junli, ipakli, sun'iy, sintetik tolali);
4). Yoshiga ko'ra (chaqaloqlar, yasli yoshidagi, bog'cha yoshidagi bolalar, o'smirlar, yoshlar, kattalar, qariyalar kiyimi);
5). Kiyadigan joyiga ko'ra (uylik, ko'chalik, ishlik, sport, bayram kiyimlari);
6). Kiyim turiga ko'ra (ustki kiyimlar, ichki kiyimlar, kostyum-ko'ylaklar, bosh kiyimlar, mayda kiyimlar).
Standartlash. Aholi uchun ko'plab kiyim ishlab chiqarishda hammaning gavdasini o'lchash va har bir kishining razmerini aniqlashning iloji yo'q, albatta. Shunga ko'ra aholi o'rtasida qanday jussali odamlar ko'proq uchrasa, kiyimlar ana
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
shunday kishilarga mo'ljallab tikiladi. Standart jussalarning oqilona tuzilgan sistemasi razmerlar tasnifi (razmernaya tipologiya) deb ataladi. Razmerlar tasnifini oqilona tuzish vazifasi mumkin qadar kamroq jussalar tipini tanlab, kiyim razmerlarining aholini ko'proq qanoatlantirishiga erishishdan iborat.
Standart jussalarning optimal soni aholining qanoatlantiradigan bo'lishi lozim. Mavjud standartlarda bu masala ko'proq uchraydigan jussalarga qarab hal qilingan: ming kishi orasida kamida 0,1 foizini tashkil etadigan jussalar tipi standartga kiritilgan. Razmerlar tasnifini hamda razmerlar antropologik standartlarini tuzish vaqtida quyidagi vazifalar hal qilinadi: -Yetakchi o'lchov belgilari tanlanadi;
-Har bir yetakchi belgi bo'yicha razmer o'lchovdagi farqsizlik intervali belgilanadi;
-Standart jussalarning optimal soni belgilanadi;
-Tobe o'lchov belgilarining qiymatlari hisoblab chiqiladi;
-Jussasi jihatidan tanlab olingan tipdagi kishilar aholi ichida qanchaligi aniqlanadi. Masalan, erkaklar kiyimi razmerlarining tasnifini tuzish uchun quyidagi yetakchi o'lchov belgilari qabul qilingan R-rost (bo'y); O k -ko'krak aylanasi; O bel - bel aylanasi;
Razmerdan chetga chiqish chegarasi ya'ni razmerlardagi farqsizlik intervali quyidagilardan iborat: bo'y va bel aylanasi bo'yicha-6-sm (±3sm.); ko'krak aylanasi uchunchi bo'yicha - 4sm (±2sm).
"Erkaklarning tipavoy jussalari. Kiyim loyihalash uchun o'lchov belgilari" GOST 17521-72 dagi tavsiyalarga muvofiq erkalar uchun 360 ta standart jussa aniqlangan. Xuddi shuningdek ayollar, bolalar, o'smirlar, maktab o'quvchilari uchun ham ana shunday standartlar mavjud.
Loyihalash-bu murakkab ijodiy jarayon bo'lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko'zda tutilgan.
Kiyimni loyihalashda-kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o'zaro ulab-tikib, muayyan o'lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi.
Baza asosini konstruktsiyalashda dastlabki malumot sifatida odam tanasi haqida malumotlar, ya'ni uning razmer o'lchamlari qabul qilinadi. Kiyim silueti (shakli) kompozitsion qo'shimcha haqlar kompleksi bilan aniqlanadi va ularning qiymati kiyimning turi, materiali va siluetiga chambarchas bogliq.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Kiyimlami loyihalash asoslari o'z ichiga odam gavdasining tuzilishi va turlari, gavdaning antropomenik nuqtalari va chiziqlari, kiyimlarni loyihalah usullari, kiyimlarni loyihalashda ishlatiladigan o'lchov turlar va ularni gavdadan olish turlari, kiyimni loyihalashda ishltiladigan qo'shimchalar to'g'risidagi ma'lumotlarni oladi. Ana sularni alohida ko'rib chiqamiz.
Odam gavdasining tuzilishi va turlari. Tikuvchilik mutaxassisligida kiyim modelini ishlab chiqarish uchun odam gavdasining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo'lishi zarur.
Odam gavdasi odatda tana, bo'yin, bosh, qo'llar va oyoqlar kabi bo'limlarga bo'lib o'rganiladi. Gavda tuzilishida odamning suyak qismlari asosiy rol o'ynab u gavdaning tayanchi bo'lib hisoblanadi va odam tanasining shakliga ta'sir qiladi. Odam skeleti bosh, tana, qo'l va oyoq suyak qismlaridan tashkil topgan. Skeletning tayanchi bo'lib umurtqa pog'onasi hisoblanadi. U besh qismga bo'linadi (1-rasm):
1. Bo'yin umurtqasi 0-1.
2. Ko'krak umurtqasi 1-2.
3. Bel umurtqasi 2-3.
4. Dumg'aza suyagi 3-4.
5. Dum suyagi 4-5. 1-rasm. Umurtqa pog'onasining bo'linishi.
Bo'yin umurtqasining 7-suyagi turtib chiqib turadi. Bu suyak odam gavdasidan o'lchovlar olishda xizmat qiladi.Umurtqa pog'onasining egrilik darajasi odamning qaddi-qomatini belgilaydi. Egrilik shakli odamning butun umri davomida o'zgarib turadi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda umurtqa pog'onasi deyarli to'g'ri shaklga ega. Bolaning o'sish davrida umurtqa pog'onasining egriligi ma'lum bir shaklga kiradi. Umurtqa pog'onasining egriligiga qarab gavdani quyidagi turlarga ajratish mumkin.
— ozgina egilgan; 2-rasm. Umurtqa pog'onasining egriligi.
— o'rta egilgan;
— kuchli bir tekisda fodalangan egrilik;
— kuchli notekis ifodalangan egrilik.
Odamning bo'yin asosidan to yelka bo'g'imlarigacha bo'lgan qismi yelka deb ataladi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Ayollarda tananing ko'krak qafasi qismining shakli ko'proq ko'krak bezlarining tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Ko'krak bezlarining rivojlanishiga qarab kam rivojlangan, o'rta rivojlangan va kuchli rivojlangan turlariga bo'linadi. Ko'krak bezlarining joylashishiga qarab yuqori joylashgan, normal joylashgan va past joylashgan turlari ham uchraydi.
Qorin qismining o'lchamlariga qarab tekis qorin, bir oz turtib chiqqan qorin va yuqori yoki past joylashgan shaklli qorin turlariga bo'linadi. Qo rinning formasi jinsga, yoshga va oriq-semizligiga bog'liq bo'ladi. Oyoqlar skeleti tos kamari va oyoqlarning erkin suyaklaridan tashkil topgan. Oyoqlarning erkin suyaklari jumlasiga yonbosh (son) suyagi katta va kichik boldir suyaklari hamda tovon suyaklari kiradi.
Baland O'rta Past
3-rasm. Yelka shakllari.
Umumiy belgilar deganda tananing uzunligi (odamning bo'yi), ko'krak aylanasi hamda vazn kabi eng yirik belgilar tushuniladi. Gavdaning o'rtacha uzunligi chaqaloqlarda 49-51 sm bo'ladi. Odamning bo'yi ayollarda 15-17 yoshda, erkaklarda 20-22 yoshda marraga yetadi. Odamning bo'yi 35-50 yoshgacha o'zgarmaydi shu yoshdan o'tgach har besh yilda 0,5 sm qisqara boradi 55 yoshgacha shu tarzda davom etadi, keyinchalik har besh yilda 0,7 smdan qisqara boshlaydi. Yosh ulg'aygan sari ko'krak aylanasining o'lchami orta boradi, qarigandan keyingina bir oz kamayadi. Bir yashar go'dakning ko'krak aylanasi 48-49 sm ga teng. 20-25 yoshlardagi odamlarda ko'krak
-mm- ^ »»v -mm-
aylanasi o'lchami „marra"siga etadi va o'zgarmaydi. Ayollar 35 yoshlarda erkaklar 40 yoshlarda jadal semira boshlaydilar, shu sababli ko'krak aylanasi o'lchami ortadi. Faqat 60 yoshlardagina ko'krak aylanasi o'lchami kamayadi, bunga organizmning qarishi bilan bog'liq fiziologik o'zgarishlar sabab bo'ladi. O'sish davrida tananing vazni ortaveradi. 25-40 yoshlarda vazn barqarorlashadi. 40
I I
ж
i \
S Bk
-mm-
Нормальный позвоночник
Кифос
Лордоз
va chiziqlari. Ko'plab ishlab
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
yoshdan 55 yoshgacha tana vazni har besh yilda o'rta hisobda 10-15 kg ortadi, 60 yoshdan o'tgach birmuncha kamayadi. Kiyimni loyihalash uchun mutanosiblikning katta ahamiyati bor. Mutanosiblik deganda tananing turli qismlari o'lchamining bo'y (rost) ga nisbati tushuniladi, bu nisbat foizlar bilan ifodalanadi. Antropolog olim V.V.Bunak katta yoshdagi erkaklar va ayollar o'rtasida ko'p uchraydigan tana mutanosibliklarini uchta asosiy tipga bo'ladi: dolixomorf tip — bu tipga mansub kishilarning oyoqlari va qo'llari uzun tanasi qisqa va ixcham bo'ladi; braximorf tip — bu tipga mansub kishilarning oyoqlari va qo'llari nisbatan qisqa tanasi uzun va serbar bo'ladi; mezomorf tip — oraliq tur hisoblanadi.
Gavdaning antropometrik nuqtalari chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyihachiga standart jussalar, ya'ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar o'lchamining mukammal xarakteristikasi kerak bo'ladi. Bu ma'lumotlarni antropometrik tekshirish, ya'ni kishining gavdasini va uning qismlarini o'lchash yo'li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari — antropometrik nuqtalar oralig'i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib, ko'rinib turadigan chegaralar teridagi o'ziga xos nuqtalar bo'yicha o'lchanadi. O'lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan foydalaniladi (4-rasm): a — boshning eng yuqori baland nuqtasi; b — bo'yindagi 7-bo'yin umurtqasining holati; v — bo'yin asosidagi nuqta;
g — o'mrov nuqtasi (bo'yin asosidan o'tgan chiziqda old qismda bo'yin chuqurchasi nuqtasi);
d — yelka nuqtasi;
e — qo'ltiq chuqurligining ort burchagi nuqtasi; j — qo'ltiq chuqurligining old burchagi nuqtasi;
4-rasm. Gavdaning antropometrik nuqtalari. z — ko'krakning yuqori nuqtasi (ko'krak bezlarining uchi); i — kurak nuqtasi;
k — bel nuqtasi (belning eng ingichka yeridan gorizontal o'tganda umurtqa pog'onasining kesishgan nuqtasi);
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
m — qorinning turtib chiqqan nuqtasi; l — dumbaning turtib chiqqan nuqtasi;
n — tizza nuqtasi (tizzaning eng yuqoriga ko'tarilgan markaz nuqtasi); o — to'piq nuqtasi;
p — tirsak nuqtasi (tirsak bukilganda chiqib turgan nuqtasi);
r — bilak nuqtasi (bilakning eng ingichka yeridan o'tgan chiziqda ko'tarilib turgan nuqtasi).
Kerakli o'lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari.
Kiyimni tikishdan oldin uni loyihalash kerak. Kiyimni loyihalashda esa gavdadan aniq olingan o'lchovlar ishlatiladi. Buning uchun santimetrli lenta olib kiyim tikmoqchi bo'lgan kishi gavdasini o'lchash kerak. Bu ishni bajarayotganda odam tovonlarini juftlab, ikkala oyog'ida, gavdani tabiiy holatda bo'sh qo'yib, qo'llarini tushirib tinch turishi kerak. O'lchayotganda tor futbolka ustidan emas, balki gavdaga yopishib turmaydigan ich kiyim, masalan kombinasiya ustidan o'lchanadi. O'lchashni boshlashdan oldin gavdada asosiy hisoblash nuqtalari — bel chizig'i va boshqalar belgilab olinadi. Buning uchun belga 70-90 sm uzunlikdagi rezinka belga gorizontal qilib ilgak yordamida biriktiriladi. O'lchayotganda santimetrli lentani tortmay va bo'shashtirmay old tomondan tutashtiriladi. Yelka, qo'l, yubka uzunligi va boshqa o'lchamlarni gavdaning o'ng tomonidan olish kerak. Yelka, bo'ksa va hokazolar simmetrik bo'lmasa ikkala tomon ham o'lchanib, natijalar alohida yoziladi. Aylana o'lchamlari to'la o'lchanadi, lekin bu o'lchamning yarmi (yelka, bilak, yelka qiyamasining kengligidan tashqari) yoziladi. Uzunlik o'lchamlari to'la yoziladi. Razmer belgilari qisqartirib: aylana — A, yarim aylana — YaA, uzunlik — U, kenglik — K, balandlik — B deb yoziladi. Gavdani o'lchashdan oldin hech narsani esdan chiqarmay to'g'ri o'lchash uchun o'lchash belgilari ro'yxati yozilgan qog'oz tayyorlab olishni maslahat beramiz.
Gavdani to'g'ri o'lchash usullari 5-rasmda ko'rsatilgan. Ularni razmer belgilarini shartli belgilanishi esa quyida yozilgan:
1. Bo'yin aylanasi (BnA). Santimetrli lenta bo'yin nuqtasi va bo'yin asosidagi nuqta orqali o'mrov nuqtasigacha aylanib o'tadi.
2. Ko'krakning birinchi aylanasi (KA1). Santimetrli lenta gavda ort qismi bo'ylab gorizontal qo'ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko'krak bezlari asosining ustidan o'tadi.
3. Ko'krakning ikkinchi aylanasi (KA2). Santimetrli lenta kuraklarning turtib chiqqan nuqtalari bo'ylab qo'ltiq chuqurligining oldingi va ortki burchaklariga tegib oldinda ko'krakning turtib chiqqan nuqtalari bo'ylab o'tadi. 3a. Ko'krakning uchinchi aylanasi (KA3). Santimetrli lenta kurakning turtib chiqqan nuqtalari orqali tana atrofidan qat'iyan gorizontal o'tadi.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
4. Bel aylanasi (BlA). Santimetrli lenta bel chizig'i darajasida eng ingichka joydan tanani aylanib o'tadi.
5. Bo'ksa aylanasi (BkA). Santimetrli lenta tana atrofidan gorizontal aylanib lekin qorinning turtib chiqqanini hisobga olib dumbaning turtib chiqqan nuqtalari orqali o'tadi.
6. Bilak aylanasi (BA). Panja bilakka ulanadigan joyidan aylantirib o'lchanadi.
7. Son aylanasi (SA). Sonning eng yuqori qismidan dumba chiziqlaridan gorizontal ravishda aylantirib o'lchanadi.
8. Tizza aylanasi (TA). Oyoqni 90° bukilgan holatda tizza atrofidan aylantirib o'lchanadi.
9. Gavdaning ort qismining kengligi (OrK). Gavda ort qismi bo'ylab qo'ltiq chuqurligining ortki burchaklari orasi gorizontal o'lchanadi.
5-rasm. Gavdadan o'lchov olish.
10. Ko'krak kengligi 1 (KK1). Ko'krak bezlarining asosi ustidan qo'ltiq chuqurligining oldingi burchaklari orasi gorizontal o'lchanadi. Bu nazorat qilish o'lchovidir.
11. Ko'krak kengligi 2 (KK2). Santimetrli lenta ko'krak bezlarining uchlaridan qo'ltiq chuqurligining oldingi burchaklaridan hayolan pastga tomon o'tkazilgan vertikal chiziqlar orasidan o'tadi.
12. Ko'krak markazi (KM). Ko'krakni turtib chiqqan nuqtalarining orasi o'lchanadi.
13. Yelka kengligi (YelK). Bo'yin asosining nuqtasidan yelka nuqtasigacha o'lchanadi.
14. Yelka aylanasi (YelA). Qo'lning yuqori qismidan aylantirib qo'ltiq chuqurliklarining burchaklariga taqab gorizontal o'lchanadi.
15. Yeng uzunligi (YeU). Santimetrli lenta yordamida yelka nuqtasidan sal bukilgan tirsak nuqtasi orqali bilakgacha o'lchanadi. Bir vaqtda yengning tirsakkacha uzunligini ham belgilab olish kerak.
16. Gavda ort qismining belgacha uzunligi (OrbU). Santimetrli lenta bo'yin asosidan kurak nuqtasi orqali belgacha umurtqa pog'onasigacha parallel ravishda o'tadi.
17. Yelka qiyamasi uzunligi (YeQU). Bel chizig'i umurtqa chizig'i bilan kesishgan nuqtasidan yelka nuqtasigacha o'lchanadi.
18. Gavdaning old qismi belgacha uzunligi (OlbU). Santimetrli lenta bo'yin asosi nuqtasidan ko'krak bezlarining uchlari orqali belgacha vertikal ravishda o'tadi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
19. Ko'krak balandligi (KB). Santimetrli lenta bo'yin asosi nuqtasidan ko'krak bezlarining uchlarigacha o'tadi.
20. Yeng o'mizi uzunligi (YeO'U). Bo'yin asosi yonida loyihalanadigan yelka chokining eng yuqori nuqtasidan qo'ltiq chuqurligining ort tomon burchaklari darajasida o'tadigan gorizontalgacha vertikal o'lchanadi.
21. Kiyim uzunligi (KU). Yettinchi bo'yin umurtqasidan istalgan uzunlik darajasigacha umurtqa bo'ylab belga yopishib turadigan kiyimlarda bel bukilishini hisobga olib o'lchanadi (kiyim uzunligi ikkita o'lchamdan ham iborat bo'lishi mumkin KU=OrbU+YuU).
22. Yubka uzunligi (YuU). Beldan yon tomondan istalgan uzunlik darajasigacha vertikal ravishda o'lchanadi.
Adabiyotlar
1. Gulchekra, A. (2022). STUDY OF DYNAMIC ANTHROPOMETRY FOR MAKING CLOTHES FOR VARIOUS PURPOSES. Universum: технические науки, (2-7 (95)), 43-46.
2. Кодирова, Д. Х. (2022). ЁШИ КАТТА ТУЛА КОМАТЛИ АЁЛЛАР КИЙИМЛАРИ ДИЗАЙНИН ЛОЙИ^АСИНИ ИШЛАБ ЧЩИШДА ДАСТЛАБКИ МАЪЛУМОТЛАР. Ta'lim fidoyilari, 2, 52-55.
3. Абдуллаева, Г. Ш. ИЗУЧЕНИЕ ДИНАМИЧЕСКОЙ АНТРОПОМЕТРИИ И ПРОЕКТИРОВАНИЯ ПОДРОСТКОВОЙ ОДЕЖДЫ. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022).
4. Хужаева, М. Б. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ОПЫТ И КАЧЕСТВА. Scientific progress, 4(1), 334-341.
5. Nurillaevna, T. Z., Zhabborovna, R. G., & Sodikovich, S. I. (2020). Marketing researches in designing forms for students of academic liceues. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(5), 360-364.
6. Shukhratovna, A. G., & Shukhratovna, A. S. (2023). DISTANCE EDUCATION PERSPECTIVES AND INNOVATIONS. Journal of new century innovations, 21(2), 97-99.
7. Tosheva, N., & Abdullaeva, G. (2022). THE CONCEPT OF" INNOVATION" AND TYPES OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(3), 586-589.
8. Khujaeva M.B. ESSENCE OF PROFESSIONAL EDUCATION SYSTEM IMPROVEMENT // Моя профессиональная карьера. - 2022. - Т. 2. - №. 43. - С. 349-353
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 3 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
9. Кодирова, Д. Х. (2022). АЁЛЛАР КИЙИМЛАРИНИ ЛОЙЩАЛАШДА ИСТЕЪМОЛЧИЛАРНИНГ КАСТОМИЗАЦИЯСИ ТАМОЙИЛЛАРИ. Ta'lim fidoyilari, 28, 58-62.
10. Шарипова, С. И. (2018). Гигиенические свойства материалов для одежды подростков, живущих в средней климатической зоне. УЧЁНЫЙ XXI ВЕКА, 34.
11. Солиев, И. С. (2022). ПРОЕКТИРОВАНИИ ФОРМЕННОЙ ОДЕЖДЫ ДЛЯ УЧАЩИХСЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЕВ. In Инновации и технологии к развитию теории современной моды," Мода (Материалы. Одежда. Дизайн. Аксессуары)", посвящённая Фёдору Максимовичу Пармону (pp. 280-285).
12. Abdullayeva, G. S. (2023). TIKUVCHLIK SANOATIDA TEXNOLOGIK OQIM USULINING ASOSIY BOSQICHLARI. Scientific progress, 4(2), 378-381.