BOG CHA YOSHIDAGI QIZ BOLALAR MAVSUMIY PLASHI KONSTRUKTSIYASINI QURISH
Lola Muratjon qizi Asatillayeva ANNOTATSIYA
Maqolada bog'cha yoshidagi qiz bolalar ust kiyimining loyiha-konstruktorlik xujjatlarini ishlab chiqish bo'yicha umumiy ma'lumotlar yoritib berilgan. O'lchov belgilari kattaliklarining belgilanishi va ularning nomlari, qomatdan o'lchov olish shartlari,. Bog'cha yoshidagi qiz bolalar mavsumiy plashi konstruktsiyasi qurildi, plashni modelga muvofiq modellashtirildi va ishchi andazalari ishlab chiqiladi.
Kalit so'zlar: model, plash, konstruktruksiya, o'lcham.
CONSTRUCTION OF KINDERGARTEN GIRLS 'SEASONAL PLASHES
ABSTRACT
The article provides general information on the development of design documentation for outerwear for girls of kindergarten age. Determination of the size of the measuring marks and their names, the conditions for taking measurements from the body. The construction of a seasonal cloak for girls of kindergarten age was built, the cloak is modeled according to the model and working templates are developed.
Keywords: model, cloak, construction, size.
So'nggi yillarda respublikada yengil sanoatning to'qimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va mo'ynachilik tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarning turlari va assortimentini kengaytirish, shuningdek, tarmoq korxonalarining investitsiya va eksport faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda [1].
Ushbu tavsiya etilayotgan plash bog'cha yoshidagi qiz bolalar uchun mo'ljallangan bo'lib, erta bohor va kech kuz faslida kiyish uchun tavsiya etiladi. Tavsiya model uchun tanlangan matoning ranglari yorqin: ya'ni, yashil, sariq va pushti (yoki qizil) ranglar uyg'unligida bo'lsa bolaning kayfiyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Plashning beli kesimli bo'lib, etak qismini kengaytirish va toraytirish maqsadida bog'ich qo'yish tavsiya etiladi. Plashning old bo'lak ochiq qirqimi bir bortlik bo'lib yettita qator tugmalar bilan qadaladi.
Tavsiya modelning yangiligi: Plashning yoqasiga bezak sifatida qavatlangan yalang yoqa tavsiya etiladi. Ushbu yoqa va old bo'lak ikki yon tomonidagi qoplama cho'ntaklar moychechak gulini eslatadi. Plashning qopqoqlik yon cho'ntak ustidagi gulining o'rta qismi bezak to'rdan iborat. U kun issiq bo'lgan vaqtda qopqoq pastga
tushurib qo'yiladi. Havo sovuq vaqtda esa cho'ntak qopqog'i ko'tarib qadab qo'yiladi (1-rasm).
1-rasm. Tavsiya etilayotgan eskiz model ko'rinishi Ushbu tavsiya modeldagi qizlar plashini shapka, sumka, kalta shim, zontik, etik va aksesuarlar bilan toldirish mumkin.
Maktabga borish bilan birga bolalar uchun yangi mashg'ulotlar vujudga keladi, ular mustaqil bo'lishadi, mehnat va sportga qiziqishi paydo bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar kiyimi o'zining shakli, materaillari, bichimi jihatdan rang-barang bo'la boshlaydi. Ularga tanaga yopishib turadigan, trapetsiya va to'g'ri siluetlar tavsiya etiladi. Kiyim yenglari bichimi esa reglan, yaxlit bichilgan va o'mizga o'tqazma bo'lishi mumkin.
Kerakli olchamlar
1-jadval
№ Shartli Olchamlarning nomi Olchamlarning
belgilanishi qiymati (sm)
1 c cm Bo'yin yarim aylanasi 14,0
2 Cr Ko'krak yarim aylanasi 30,0
3 Kn Yelka kengligi 8,5
4 mc Ort bolak kengligi
5 mr Ko'krak kengligi 11,0
6 Цг Kokrak markazi 6,5
7 Amg Kiyim uzunligi 50,0
8 ApyK Kiyim uzunligiengning uzunligi 38,0
9 On Yelka aylanasi 18,0
10 rn.np.pyK Yeng o'mizining chuqurligi 14,5
11 BnKC Ort bolak qiya balandligi 20,0
12 Acn Old bolak uzunligi 28,0
13 Anon Oldning belgacha uzunligi 27,0
14 Yengning tirsakkacha uzunligi 19,5
Kerakli qo'shimchalar
2-jadval
№ Shartli Qo'shimchalarning nomi Qo'shimchala
belgilani rning qiymati
shi (sm)
1 nr Ko'krak qo'shimi 6,0
2 nmc Ort bo'lak kenglik qo'shimi 1,5
3 nm.n Old bo'lak kenglik qo'shimi 1,0
4 nnp.pyK Yeng o'mizining qo' shimi 3,5
5 nra.np O' miz chuqurligining qo' shimi 1,5-2,0
6 nB.n.KC Ort bo'lak qiya balandlik qo'shimi 5,0-6,0
7 non Yelka aylanasining qo'shimi 5,0-6,0
Bog'cha yoshidagi qiz bolalar mavsumiy plashi konstruktsiyasini qurish
3-jadval
T/ Konstruktiv uchastkalar nomi Belgilanis Hisob formula va natijalar (sm)
R hi
Baza asos to^rini qurish (2-rasm, a)
1 Bel chizig'ini aniqlash 1-3 Acn=28
2 Ko'krak chizig'ini aniqlash 1-5 rnp.pyK+nrn.np=14,5+2=16,5
3 Etak chizig' ini aniqlash 1-2 Ah3«=50,0
4 Ko'ylak kengligini aniqlash 5-8 Cr+nr=30+6=36
5 Old bo'lak belgacha uzunligini aniqlash 9-10 Anon 27
6 Ort bo'lak kengligini aniqlash 5-6 ffic+nmc=12,5+1,5=14,0
7 Yeng o'mizi kengligini aniqlash 6-7 On/3+nnp.pyK=18/3+3,5=9,0
8 Old bo'lak kengligini aniqlash 7-8 mn+nmn=11+1,5=12,5
9 Yon chiziqni aniqlash 7-11 6-7/2=9/2=4,5
Ort bo lak konstruksiyasini qurish
10 Bo'yin o'mizi kengligini aniqlash 1-13 Cm/3+1=14/3+1=5,5
11 Bo'yin o'mizi chuqurligini aniqlash 13-131 1-13/3=5,5/3=2,0
12 Yelka chizig' ini aniqlash 3-21 Acn=28
13 Yelka kengligini aniqlash 13'-21 mn+1,5=8,5+1,5=1,0
14 Yordamchi nuqtalarni aniqlash 7-23 7-20/2=12,8
15 To'g'ri burchak bissektrisasi 7-0 2,5
16 Bel chizig'ini kengaytirish 9a-22 1,0
17 Yon tomon uzunligini aniqlash 11-25-251 11-25-251
Old bolak konstruksiyasini qurish
18 Yoqa o'mizining og' ishi 10-10a 1,0
19 Bo'yin o'mizining kenglik va chuqurligini aniqlash 10a-14 10a-10!=1-13=5,5
20 Yelka chizig' ini aniqlash 19-26 2-4
21 Yelka kengligini aniqlash 14-20 mn=8,5
22 Yordamchi nuqtalarni aniqlash 7-23 7-19/4=15,2/4=3,8
23 Burchak bissektrisasi 7-0 2,0
O^tqazmayeng asos konstruktsiya chizmasi (2-rasm, b)
24 Yengning uzunligini aniqlash AE APYK=38,0
25 Yeng boshi balandligini aniqlash AO K4X-(1,5-2,0)=12,5-2=10,5
26 Yengning tirsakkacha uzunligini aniqlash AT A,CK=19,5
27 Yengning kengligini aniqlash AA1 On+non=18+6=24
28 Yeng o'rtasini aniqlash Aa AA1/2=24/2=12
29 Yordamchi nuqtalarni aniqlash Aa1 A1 a2=Aa/ 2=12/2=6,0
30 Old yeng uchining ko'tarilishi E4E5 1,0
31 Ort bo'lak yeng uchining ko'tarilishi E2E6 1,0
2-rasm. Plashning asos konstruksiya chizmasi: a). Ort va old bo'laklar AK chizmasi; b).
Otqazma yeng AK chizmasi Qizlar plashining asos konstruksiya chizmasidan ort va old bo'laklar, otqazma yenglarni boshqa oq qog'ozga tushiramiz. Ort va old bo'laklarning yeng omizini modelga muvofiq 3-5 sm chuqurlashtiramiz. Ort va old bo'lak etak tomonini kengaytiramiz. Old bo'lakning yoqa omizini 1,5-3,0 sm ga chuqurlashtiramiz va yoqa omizidan o'ng tomonga taqilma o'rnini 8,0-10 sm ga o'tkazib, etak chiziqi bilan birlashtiramiz (3-rasm).
Otqazma yengning ikki yon tomon to'g'ri chiziqlarini chapdan o'ngga, o'ngdan chap tomonga qisqartiramiz (4-rasm, a).
Yalang yoqani tavsiya etilayotgan modelga muvofiq lekalo yordamida konstruktiv modellashtiramiz .
3-rasm. Plashning ort va old bo'laklarini modellashtirish
4-rasm. Plashning o'tqazma yengi.
Andaza turlari va ularni qurish. Detallar andazasining chizmasi ular konstruksiyasini, shakli va o'lchamlarini, ishlov berish va bichishdagi texnik shartlarini ifodalaydigan texnik xujjatlar. Qoldiq matolardan tayyorlanadigan bolalar kiyimini ishlab chiqish metodikasini sanoatga tadbiq etgan. Bolalar komplekti baza asos konstruksiya chizmalarini ishlab chiqqan va andazalar joylashmalarining ratsional usulini tavsiya etgan[2].
Andazalarning chizmasi buyum tuzuvchi barcha detallarga, konstruktorlik xujjatlarning yagona sistemasi talablariga muvofiq tayyorlanadi. Kiyim detallari andazalarining chizmasi konstruksiyaning model hususiyatlari kiritilgan texnik chizma asosida tavsiya qilingan materiallar hususiyatlari haqidagi va ularga texnologik ishlov berish usullari to'g'risidagi ma'lumotlar yordamida tuziladi[2].
Gazlamaga andozani joylashtirilganda ipni bo'yi yo'nalishiga va gazlamadagi rasmga axamiyat berish kerak. Bo'y yo'nalishi andoza asosiy bo'laklarida yo'nalishni ipni bo'yiga joylashtiriladi, chunki eniga bichilsa, bo'laklar cho'zilib ketadi. Xamma andoza bo'laklarida "Bo'ylama ip" deb belgilanadi, agar ziyi kesilgan bo'lsa ip bo'yi cho'zilmaydi, shundan ip bo'yi yo'nalishini belgilaydi.
Andozani gazlamaga joylashtirish yirik bo'laklar (ort bo'lak, old bo'lak, yeng)dan boshlanadi. Barcha mayda andaza bo'laklari yirik bo'laklarning oralig'iga joylanadi, bunda andazaning bo'ylama ip yo'nalishi gazlamaning bo'ylama ip yo'nalishi bilan mos tushishi kerak.
Konturlari bo'ylab o'tkir charxlangan bo'r, yoki quruq sovun bo'lagi bilan chiziladi. Bunda avval uzun chiziqlar so'ngra kalta to'qri va egri chiziqlar, burchaklar, belgilangan xolda chiziladi. Chok uchun qo'shimcha miqdori aniqlab olingach, ikkinchi borlama chiziqlar chiziladi. So'ngra andazalar yechib olinadi. Gazlamani ikkinchi bo'rlangan chiziq bo'ylab kesiladi.
5-rasm. a). Ort bo'lak; b). Otqazma yeng ishchi andaza chizmalari
Bog'cha yoshidagi qiz bolalar mavsumiy plashi andazalarining spesifikasiyasi
4-jadval
Bo'laklar nomi Belgisi Soni
Andazada Bichiqda
Plashning ort bo'lagi 001 1 1
Plashning old bo'lagi 002 1 2
Plashning o'tqazma yengi 003 1 2
Plashning yalang yoqasi 005 1 2
Xulosa qilib aytganda bolalar kiyimini asosiy talablari oddiylik va go'zallik xisoblanadi. Kiyimni loyixalash jarayonida bolani yoshi, kiyimni kiyish shart-sharoitlari va gazlamaning xususiyatlarini e'tiborga olish kerak bo'ladi. Oldimizga qo'yilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish yo'lida yosh mutaxassislarni sanoat ishlab chiqarish tarmoqlariga jalb etish bilan bir qatorda "xomashyo va tayyor mahsulot" konsepsiyasini davom ettirish talab etiladi. Bolalar kiyimini loyihalash jarayonida ularning jismoniy rivojlanishi, psixologiyasi va fiziologiyasiga alohida e'tibor qaratish kerak. Bolalar kiyimi o'zining ko'rkamligi, chiroyli bichimi, rangi, guli va strukturasi jihatidan to'g'ri tanlanganligi bilan kishi nazarini o'ziga tortishi, zavqlantirishi lozim. Avvalo u qulay, yengil, sodda va bolalar harakatiga erkinlik yarata berishi lozim. Bolalar kiyimining tarbiyaviy ahamiyati ham muhim hisoblanadi. Chiroyli kiyim bola kayfiyatini ko'taradi, ozodalikka, saranjon-sarishtalikka o'rgatadi.
REFERENCES
1. P.Q 4453-sonli qaror ,,YENGIL SANOATNI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TAYYOR MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNI RAG'BATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA''. 06.09.2019y.
2. Abdullayeva Q.M «Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari» Toshkent-2006 yil
3. Xasanova M. R «Yasli yoshidagi qiz bolalar paltosini konstruksiyalash, modellashtirish, ishchi andazalarini tayyorlash va texnologik jarayonlarini loyihalash» mavzusida yozgan bitiruv malaka ishi Toshkent-2014 yil