Научная статья на тему 'MODA ESKIZLARINI CHIZISHDA ODAM QOMATINI TASVIRLASH'

MODA ESKIZLARINI CHIZISHDA ODAM QOMATINI TASVIRLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1709
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eskizlar / figura / tana proporsiyalari / model qomati / o‘lcham / bosh chizmasi / qo‘l kafti / oyoq panjasi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Firdavsxon Qodiriy

Maqolada odam qomati chizilish tarixi, qonuniyatlari, moda eskizlarida erkak va ayol qomatini to‘g‘ri tasvirlash haqida ma’lumotlar berilgan. Turli odam qomati shakllari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODA ESKIZLARINI CHIZISHDA ODAM QOMATINI TASVIRLASH»

MODA ESKIZLARINI CHIZISHDA ODAM QOMATINI TASVIRLASH

Firdavsxon Qodiriy

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada odam qomati chizilish tarixi, qonuniyatlari, moda eskizlarida erkak va ayol qomatini to'g'ri tasvirlash haqida ma'lumotlar berilgan. Turli odam qomati shakllari keltirilgan.

Kalit so'zlar: eskizlar, figura, tana proporsiyalari, model qomati, o'lcham, bosh chizmasi, qo'l kafti, oyoq panjasi.

KIRISH

Moda sohasida mutaxassis bo'lib yetishib chiqayotgan talabalardan odam qomatini tasvirlash katta kuch, hamda qonun-qoidalar va timsollar orqali ifodalangan go'zallik qonunlarini izlash va qayd qilishni talab etadi. Qonun-qoidalarni o'rganish - bu odam qomatini to'g'ri chizish uchun zarur bo'lgan baza bo'lib, eskizda ijodiy yondashuv bo'lishiga qaramasdan, kiyim tuzilishi odam qomatiga moslangan bo'lishini hisobga olish zarur. Odam qomati tahlil natijasida, akademik chizma tasvir asosida o'rganilib, moda usuliga moslashtirilgan holda uslublashni o'rganish, ya'ni tananing turli qismlari orasidagi nisbatlarni to'g'ri saqlagan holda, odam qomatining ayrim proporsiyasini o'zgartirish nazarda tutiladi.

Tana proporsiyalari - bu tana va uning alohida qismlarining mutanosibligi hisoblanadi. Tananing to'g'ri proporsiyalari odamga estetik ko'rkamlik va garmonik barkamollik ko'rinishini baxsh etadi.

Gavdaning holati o'zgarganida suyak va muskullar holatining odam qiyofasiga qanday ta'sir etishini bo'lajak dizayner rassomlar plastik anatomiya orqali o'rganadilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Har bir modeler rassomlar qomat proporsiyasini chizishda o'z uslubiga tayanadi. Odam qomatini model qomatiga yaqinlashtirishda loyihalashga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Libos shakli odam tanasining shakli bilan chambarchas bog'liq. Azaldan tana proporsiyalarini aniqlashda tananing biron-bir qismi o'lchov birligi sifatida qabul qilingan va shu asosda tananing boshqa qismlari o'lchangan. Odam tanasining proporsiyalari haqidagi ilm-qonunlar barpo etish uchun, ya'ni tana o'lchamlari va proporsiyalarini amaliy qo'llash nuqtayi nazaridan juda qulay bo'lgan yagona tizimga keltirishga qaratilgan. Bu qonunlar ichida eng mashhuri qadimgi grek haykaltaroshi Poliklet qonuni hisoblanib, unda o'lchov birligi sifatida qo'l kaftining kengligi qabul qilingan. Poliklet qonuni bo'yicha bosh-tana uzunligi-1:10, yuz - 1:10, bosh va bo'yin birgalikda 1:6 qismiga teng. Shunday nisbatlar asosida haykallar yaratilgan,

Polikletning "Dorifor" haykali ham shu qonun asosida yaratilgan. Leonardo da Vinchining qonuni (2.1-a,rasm) quyidagicha: qo'l va oyoqlari keng yoyilgan odam gavdasi aylanaga sig'ishadi va odam kindigi aylana markazi hisoblanadi. Bu qonun bo'yicha o'lchov birligi bosh balandligi bo'lib, tana uzunligi 8 ta bosh balandligiga teng bo'lishi kerak.

Odam tanasining asosiy qonuniyatlarini tushunish uchun nemis rassomi A. Dyurer o'zining qonunlarida matematik hisoblashlarni qo'llagan. A. Dyurer qonuni bo'yicha tana quyidagi nisbatda tuzilgan: bosh tana uzunligining 1/8 qismini tashkil etadi. Odam gavdasining balandligi 2 qismga bo'linadi:

I - bosh va bo'yin qismi to ko'krakkacha;

II - tananing pastki qismidan iborat kvadrat.

Tana proporsiyalarini Shmidt-Fritch qonuni asosida aniqlash umurtqa pog'onasining uzunligiga asoslangan. Umurtqa pog'onasi 4 ta teng qismga bo'linib, har bir qismi o'lchov birligi sifatida tana proporsiyalarini tuzishda ishlatilgan. "Oltin kesim" deb, AV to'g'ri chiziqning shunday proporsiyasi hisoblanadi: AV: VE=VE:AE

Raqam bilan «Oltin kesim»ni quyidagicha ifodalash mumkin: 1.62:1=1:0.62

Normal proporsiyali tanada poldan kindikkacha bo'lgan masofaning odam bo'yiga bo'lgan nisbati «Oltin kesim» nisbatiga teng. Erkaklarda bu nisbat taxminan 13:8-1.625, ayollarda esa 8:5-1.60 ga teng.

Qadimgi Misrliklar inson tanasining ayrim qismlari (bosh, panja, barmoq, tovon, burun)ni o'lcham birligi hisobida tananing boshqa qismlariga taqqoslaganlar. O'z vaqtida Misr rassomlari "Kanon" o'lchami bo'yicha inson gavdasini qo'l panjasining uzunligi bilan o'lchashni tavsiya etgan. Bu o'lcham bo'yicha odam tanasining bo'yi yigirma bo'lakka bo'linadi. O'tgan asrda yashab o'tgan rus rassomi A. Sapojnikov esa odam gavdasini oyoq panjasining bo'yi bilan o'lchashni tavsiya qilgan. Uning o'lchami bo'yicha gavda bo'yi o'ttiz o'lcham birligiga teng bo'lgan. Bu o'lcham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lsa-da, undan amalda foydalanilmadi. Chunki bunday mayda bo'lak o'lcham birligi bilan rasm chizish juda ham ko'p vaqtni talab etadi. Shuning uchun amalda foydali o'lcham birligi o'rta asrlarda yashagan buyuk rassom va haykaltarosh Mikelanjelo tomonidan ilgari surildi. U gavdani inson boshi uzunligining o'lcham birligi etib tavsiya qildi. Agarda shu o'lcham birligi bilan o'lchaydigan bo'lsak, u sakkiz bo'lakka bo'linadi. Masalan, bosh, yelkadan ko'krakkacha, ko'krak markazidan kindikkacha va hokazo.

Inson gavda proporsiyasi o'lchamining yana boshqa usullari ham mavjudki, ularni bilib qo'yish maqsadga muvofiqdir. Masalan, qo'l gorizontal cho'zilganda ikki qo'l boshlarining oraliq masofasi odam bo'yiga teng keladi.

Ma'lumotga ega bo'lganimizdek, katta odam qomatining umumiy balanligi etti yarim va sakkizta bosh o'lchamidan iborat. To'g'ri proporsiyali qomatni chizish uchun to'g'ri vertikal chiziq o'tkaziladi va unda ko'rsatilgan o'lchov birligi sakkiz marta belgilanadi.

Libos dizayneri yaratgan kiyimni modelga moslashtirish jarayonida odam tanasi proporsiyasini, yalang'och qomat va uning tuzilishini bilgan holda, unga e'tibor qaratishi muhimdir.

Tajribalar natijasida shuni ko'rsatadiki, qomat me'yor darajasida bo'lmaganda zaruriy detallarni ko'rsatib berish qiyinchilik yaratadi. Yaratilgan eskiz modellari namunasi standart qomat proporsiyasiga mos bo'lganda, ish jarayoni yengil kechadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dastlabki qadam tasvirlanayotgan qomatni qog'oz sathiga chiroyli qilib joylashtirishdan iboratdir. So'ngra tana turish vaziyati, holati topiladi, keyin qomatning qismlari, o'ichamlari o'zaro mutanosibligi topiladi.

Inson qaddi-qomatini chizishga albatta tezkor tasvirlar ishlash, ko'proq mashq qilish talab etiladi. Qomatni turish holatini tasvirlashda dizayner harakatlarni amalda ko'rishi va his qilishi lozim. Qomat harakatlanganda yelka qismning burilishi uning bo'ksagacha bo'lgan chizig'i, oyoq turishi holati va qomat vazni qanday taqsimlanganligi inobatga olish lozim. Qomat turish holatida tana vazni qanday balansga ega bo'ladi. Bunda albatta odamning qaysi bir oyog'iga, yoki ikkala oyog'iga tayanib turganligi e'tiborga olinishi muhimdir. Chunki shunga qarab tananing holati o'zgarib turadi. Yelka, bosh, bel, tos, qo'l va oyoqlar turishi har xil ko'rinishga ega bo'ladi. Ma'lumki, odam umurtqa pog'onasining tuzilishi ham uning ko'rinishiga ta'sir etadi.

Butun tananing tayanch nuqtasi mavjud bo'lib, u og'irlik qaysi oyoqqa tushayotganiga, yoki ular oralig'iga tushayotganini aniqlashda qo'l keladi. U to'g'ri, joyida topilmagan bo'lsa, odam qiyofasi og'ib, yiqilayotganga o'xshab chiqib qolishi mumkin.

Odamning proporsional qomatini konstruksiyalashda boshning o'lchamlari asosiy rol o'ynaydi va bazaviy modul bo'lib xizmat qiladi.

Eskizda ayol yoki erkak qomatini tasvirlashda bir necha qator farqlarni inobatga olish kerak. Agar tasvirlanayotgan qomat ayol qomati bo'lsa, ayol qomatining ixcham, yelka qiyaroqligi, ingichka bel va bo'ksa kengligi erkak qomatidan farqlanadi. Ayol ko'krak qafasi yumaloq shaklda va bel chizig'igacha joylashgan, bo'yin qismidan nozik va tarangligi, mushakdor bo'lmaydi. Erkaklar modeli haqida to'g'ri chiziqlar, ayollar modelida egri-bugri chiziqlar nazarda tutiladi. Tana konturi mushak vazni bilan aniqlanadi. Bo'yindan pastga qarab u toraygan va kengaygan chiziqlar bilan chizilgan. Xuddi shu vaziyat tirsakning sekin asta bo'rtishi bilan sodir bo'ladi. Qo'l va yelka ichkari tomonga toraygan egri chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bo 'ksa tizzada tugaydigan

keng parabola ko'rinishida shakllanadi, bunda chiziq bir oz egiladi. Boldir chizig'i tashqariga qarab egiladi. To'piqda chiziq ifodali to'lqinni hosil qilib, avval ichiga, so'ng tashqariga egiladi. Ko'pincha ijodkorlar ideal bo'lmagan, erkak qomatini chizishdan cheklanadilar, lekin tajriba ortirishda juda qo'l keladi.

Eskizlarda real tik qomatni ko'rsatib, model qomati eskizi o'lchamini to'g'ri olishda bosh qismini asosiy modul o'lchami deb hisobga olinadi.

Ayollar bosh chizmasi:

1. Tuxumsimon shakl chizilib, bo'yin chizig'i belgilanadi. Odam yuzini ikki qismga bo'luvchi vertikal chiziq o'tkazilsa, yuz chiziqlarini tasvirlashda proportsiyalarga rioya qilishga imkon yaratuvchi simmetrik o'qini hosil qilinadi.

2. Yuzni gorizontal bo'yicha ko'zni o'lchamiga mos keladigan oraliqda uchta segmentga bo'lish mumkin.

3. Yuzni gorizontal bo'yicha ko'zni o'lchamiga mos keladigan bodom shaklini joylashtiriladi.

4. Burun va labning joylashuv yuz past qisminig uchdan bir qism teglikda belgilanadi.

5. Ko'zlar orasidagi masofa ko'zning kengligiga teng, bu esa burun va labning kengligini aniqlaydi. Ko'z qirg'oqlari bo'yin kengligi belgilanib, yelkaga vertikal chiziqlar bilan birlashtiriladi. Qosh tugash chizig'i quloqning boshlanishi burun uchi nuqtasi chizig'i esa quloqning tugashi bilan belgilanadi.

6. Soch turmagi tanlangan ishchi qurolga bog'liq. Dizayner uchun soch turmagi libos modelini yaratishdan keying ikkinchi darajada hisoblanadi. Kam tajribaga ega bo'lganda ham, pero bilan chizilgan eskiz chiziqlari samarali bo'lishi mumkin.

Erkaklar bosh chizmasi ayollar bosh chizmasidan kattaligi bilan farqlanadi, bosh chizmasi aniq chizilishi yordamchi chiziqlarga bog'liqdir. Ilk bosqich bosh shaklini hosil qilishdan boshlanadi. Boshning tuxumsimon shakli to'g'ri to'rtburchak shakliga yaqinlashadi, engak va dahan chiziqlari yuzning muskullarini ko'rsatadi. Erkaklar bo'yin qismi ayyollarnikidan yo'g'onroq bo'ladi.

Sochlar chizmasi chizilganda, soch orqali yuz ifodasi va rangi tasvirlanadi. Markerli ruchka bilan chizilgan qalin chiziqlar yoki pero ruchkasi bilan berilgan shtrixlar yuz qiyofasini xarakterlaydi. Tanish bo'lgan qiyofalarni va jurnallardan anologlardan foydalanib eskiz chizish malakani oshirishga hamda o'zining uslubni yaralishiga yordam beradi.

Qo'l uch qismga bo'linadi: yelka kamari, tirsak va panja. Qo'l kafti va oyoq panjalarni tasvirlashda ijodkor bir qancha to'siqlarga duch keladi. Qo'l va kaft qomatga nisbatan olingan proporsiyaga ega bo'lsa ham eskizni uslublashda ularning o'lchamlari buzilishi mumkin, lekin ular model siymosiga uyg'un bo'lishi kerak.

Ko'rsatmada berilgani kabi, kaftning uzunligi yuz hajmiga teng bo'lganda proporsiya va o'lchamning mutanosibligiga ega bo'ladi. Yana qo'shimcha qilib aytganda, bilakdan barmoq uchigacha bo'lgan masofa barmoqlar yoyilgandagi masofa (qarich)ga tengligini ko'rish mumkin. Bu holatni tasvirlashdan maqsad umumiylikdagi soddalikni ko'rsatib, minimal elementlardan foydalangan holda, qo'l chizmada asosiy shaklni saqlab, detallarni chizishdir.

Oyoqlarni to'g'ri chizish uchun mushaklar tashkil qilgan konturga, uni tizza va to'piq sohasidagi torayishiga e'tibor qaratish zarur. Oyoq panjalari bilan birgalikda oyoq proporsional ravishda qomatning umumiy qonun-qoidalarida to'rtta modulni egallaydi. Oyoq uzunligi qomatning umumiy balandligidan yarmini tashkil etishini nazarda tutish kerak. Oyoq uchta harakatchan bo'laklardan iborat: son, boldir, panja bo'lib, ular o'zaro son, tizza va harakatchan bo'laklardan iborat: son, boldir, panja bo'lib, ular o'zaro son, tizza va to'piq bo'g'imlari bilan birlashadi. Son va boldir bir xil uzunlikda bo'ladi. Qo'l sxemasida bo'lgani kabi, oyoq sxemasida ham yumaloq va ellipssimon shakllarni ustma-ust qo'yilishdan iborat bo'lishi mumkin.

Qomat - bu odam yurganda va turganda, vertikal muvozanatini - saqlagan holda tanasining holatidir. Qomat bo'yicha figuralar normal, bukchaygan va kekkaygan turlarga ajratiladi.

Bukchaygan figurada gavdasi ozmi-ko'pmi old tomonga og'gan bo'ladi. Bu holatda oldinga yo'nalgan yelkalari pastroq yoki past bo'ladi. Orqasi dumaloq, kuraklari turtib chiqqan, ko'krak qafasi tor, ichiga kirgan, ko'krak bezlari past joylashgan, qorin chiqqan. Normal qomatli figuraga nisbatan umurtqa pog'onasi bo'ylab bel sohasi kamroq kirgan, dumba esa kamroq chiqqan.

Kekkaygan figura gavdasi orqa tomonga ko'proq og'ishi bilan tavsiflanadi. Yelkalari orqa tomonga yozilgan, orqasi vertikal bo'yicha nisbatan to'g'ri, ko'krak qafasi baland, kerilgan, ko'krak bezlari baland joylashgan, qorin yassi yoki kirganroq. Bunday figuralar umurtqa pog'onasi bel sathida ko'proq kirgan va dumba ko'proq chiqqani bilan normal qomatli figuralardan farq qiladi.

XULOSA

Moda eskizlarini yaratishdagi asosiy qadam bu qomat tuzilishidir. Anotomik odam qomatini model qomat eskizlarida tasvirlash asosiy tayanch bo'ladi. Yaxshi natijaga erishishda odam qomatining silueti asos qilib olish maqsadga muvofiq. Mukammal malakaga ega bo'lib, fiziologik model qomatini shakllantirilganda o'z ishlash uslubini rivojlantirish muhim hisoblanadi.

Loyihalovchi ishida odam tanasining tashqi shaklini aniqlaydigan asosiy morfologik belgilarni mukammal bilish muhim ahamiyatga ega. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: umumiy (total) o'lchamlar, tana proporsiyasi, qomat va tana tuzilishi. Loyihalanayotgan libosning sifati, ya'ni uning siluetli shakli, detallar va ular qismlarining o'zaro mutanosibligi, bichimi va dekorativ-konstruktiv chiziqlarining xususiyatlari, libosning odam figurasida o'rnashuvi va h.k. ko'p jihatdan bu belgilarning to'g'ri aniqlanishiga bog'liq.

REFERENCES

1. S.U. Po'latova, H.H. Saidova, X.Q. Rahmonov, "Libos kompozitsiyasi" (Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma), 2006

2. .X. Kamilova, N.A. Isahojayeva, K.R. Fuzailova, "Kostyum kreativ grafikasi" (5150900 Dizayn (kostyum) va 5320900 Yengil sanoati buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari) yo'nalishlarida tahsil oluvchi bakalavr talabalari uchun darslik), 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.