Научная статья на тему 'NOTIPAVIY QOMATLI AYYOLLARNING O’LCHAMLARI VA TANA TURLARINING FARQLANISHI'

NOTIPAVIY QOMATLI AYYOLLARNING O’LCHAMLARI VA TANA TURLARINING FARQLANISHI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
593
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qomat / tipaviy qomat / notipaviy qomat / loyihalash / ayollar / erkaklar / ko’krak qafasi / qorin qismi / qo’shimcha o’lchamlar / tana / yosh / jins. / stature / typical stature / atypical stature / design / women / men / chest / abdomen / extra dimensions / body / age / gender.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Abduraximova Manzura Sodiqovna, Berdiyeva Ra’no Abduqodirovna

Ushbu maqolada notipaviy qomatli ayollarning o'lchamlari va tana turlarining farqlanishi, ayol figuralarining o'lchovli belgilari,qorin sohasining tashqi koʼrinishi va konturi haqidagi ma’limotlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIFFERENCES IN SIZES AND BODY TYPES OF WOMEN WITH ATYPICAL STATURE

This article describes the differences in sizes and body types of women with atypical stature, dimensional signs of female figures, the appearance and contours of the abdomen.

Текст научной работы на тему «NOTIPAVIY QOMATLI AYYOLLARNING O’LCHAMLARI VA TANA TURLARINING FARQLANISHI»

2022 № 3

NOTIPAVIY QOMATLI AYYOLLARNING O'LCHAMLARI VA TANA TURLARINING FARQLANISHI Abduraximova Manzura Sodiqovna

Farg'ona politexnika institute "Yengil sanoat texnologiyasi" kafedrasi assistenti Berdiyeva Ra'no Abduqodirovna

"Yengil sanoat va to'qimachilik" fakulteti

TBTKI 21-21guruh magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6815703 Annotatsiya. Ushbu maqolada notipaviy qomatli ayollarning o'lchamlari va tana turlariningfarqlanishi, ayol figuralarining o'lchovli belgilari,qorin sohasining tashqi ko'rinishi va konturi haqidagi ma'limotlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: qomat, tipaviy qomat, notipaviy qomat, loyihalash,ayollar, erkaklar, ko'krak qafasi,qorin qismi,qo'shimcha o'lchamlar,tana,yosh,jins.

РАЗЛИЧИЯ В РАЗМЕРАХ И ТИПАХ ТЕЛОСЛОЖЕНИЯ ЖЕНЩИН

С НЕТИПИЧНЫМ РОСТОМ Аннотация. В этой статье описываются различия в размерах и типах телосложения женщин с нетипичным ростом, размерные признаки женских фигур, внешний вид и контуры живота.

Ключевые слова: рост, типичный рост, нетипичный рост, дизайн, женщины, мужчины, грудь, живот, дополнительные размеры, тело, возраст, пол.

DIFFERENCES IN SIZES AND BODY TYPES OF WOMEN WITH ATYPICAL STATURE Abstract. This article describes the differences in sizes and body types of women with atypical stature, dimensional signs of female figures, the appearance and contours of the abdomen.

Keywords: stature, typical stature, atypical stature, design, women, men, chest, abdomen, extra dimensions, body, age, gender.

KIRISH

Kiyimlarni loyihalash va modellashtirish jarayoniga muhim ta'sir ko'rsatadi-gan tananing qismlariga ko'krak, bel va bo'ksa qismlari hamda bosh,yelka, oyoq-qo'llar kiradi. Odamning qomati ort bo'lak o'rta chokining kons-truktiv yechimiga va buyumdagi balans nuqtalar holatiga ta'sir qiladi. Shuning uchun ayollarning aniq qomatiga kiyim loyihalashda qomatning o'lchamlari bo'y va to'lalik guruhi bo'yicha unga muvofiq bo'lgan turli qomat o'lchamlari bilan solishtirib, o'lchami topiladi [1].

Qomatda kiyim o'rnashuvining sifatiga birinchi navbatda qomat tuzilishi ta'sir etadi.Tipoviy tuzilishdan og'uvchan bo'lgan qomatda kiyim konstruktsiyasining old-orqa va yon balanslari buziladi. Bu hol o'z navbatida kiyimning o'rnashuvida qator nuqsonlarga sabab bo'ladi [2].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qomatning buzilishiga bir qancha sabablarni avvalgi maqolalarimizda yoritib o'tganmiz,lekin semizlik bugungi kundagi eng katta muammalardan biri bo'lib kelmoqda.Bunga sabablar juda ko'p masalan,ko'p ovqatlanish,kam harakatla-nish,noto'g'ri ovqatlanish,moddalar almashuvi buzilishi va boshqalar.Bu esa bugungi kunda barcha ayol,erkak va bolalarda har hil

kasalliklarni olib kelishi bilan hamda kiyim-kechaklarni qomat turlariga mos o'lchamdagilarini topa olmaslik sabablariga olib kelmoqda.

Semizlikda teri osti yog' hujayralari qatlami ayollarda erkaklarnikidan ikki baravar qalinroq bo'ladi va o'rta hisobda ayollarda 24 mm, erkaklarda esa-12 mm ni tashkil etadi. Ayollarda teri osti yog' qatlami asosan ko'krak bezlari sohasida, sonlarning yuqori qismida,dumbada va kift sohasida joylashadi [3].

Hayotda tana tuzilishining individual xosliklariga ega qomatli insonlar ko'p uchraydi.Tipaviy qomatlarga va ularga yaqin o'lchamli kiyimlar konstruksiya chizmasi bo'yicha olingan andozalar notipaviy o'lchamli qomatlarga to'g'ri kelmaydi. E.K.Amirova,O.V.Sakulina,B.S.Sakulin,A.T.Truxanovalarning in-son qomatining o'lchamlari bo'yicha berilgan ma'lumotda notipaviy qomat asos konstruksiyasini qurishda qo'shimcha gavda o'lchamlari aniq olish talab etilishi haqidagi ma'lumotlar yoritib berilgan va quyidagi qo'shimcha o'lchamlar kelti-rilgan:

• Shg2 - ko'krakning ikkinchi kengligi;

• Dtspo - loyihalanayotgan yelka qirqimining bo'yin asosi cho'qqi nuqtasidan bel-gacha uzunlik;

• Vpkp - old yelka qiya balandligi;

• Shj - qorinnig turtib chiqishi (gorizontal o'lchamda olinadi)ning yarmi o'lchami yoziladi;

• O'lcham olishda belning qorinni turtib chiqqan nuqtasidan (+) belgisi yuqorini, (-) belgisi esa pastkini bildiradi (1-rasm).

Tananing yon tomondan (profil)shaklini baholashda old tomonda ko'krak bezlari qoringa nisbatan qabariqroq.Tananing yon tomondan (profil) shaklini baholashda old tomonda ko'krak bezlarining qoringa nisbatan qaboriqligi (2-rasm), orqada esa ko'krak sohasining dumbaga nisbatan bo'rtiqligi (2-rasm), ko'rsatkich-lari muhim o'rin tutadi. 3-rasmga ko'ra qorin ko'krakka nisbatan chiqqanda qomat qorinli, aks holda ko'krakli xillarga kiradi. 3-rasmga ko'ra orqada kuraklar bo'rtmasi dumba chiqig'iga nisbatan katta bo'lsa, kifotik qomat, aksincha dumba kattaroq bo'lganda lordotik qomatlar kuzatiladi. Qorin sohasining tashqi ko'rinishi va konturi odamning yosh-jins belgisiga, teriosti yog' qatlamining kattaligiga, qorinning bo'rtma nuqtasi joylashuvi, ko'krak qafasi va tos o'lchamlari o'zaro mosligiga bog'liq [4].

1-rasm.Qo'shimcha o'lchamlar olish sxemasi.

Ё.SCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 3

Kiyimlarni loyihalash jarayonida konstruktsiyaning eng qulay hisob usullari berilgan turli adabiyotlardan foydalanish mumkin . Bunday konstruktsiyalash asos chizmalarining bir nechtasidan foydalanish mumkin. Asosiy talab, konstruktsiya bo'yicha olingan alohida detallar tanlangan model va qomat o'lchamiga to'g'ri kelishi kerak. Loyihalashning turli usullari bor. Har bir loyihalash standartlari o'lchamlar, qo'shimchalar va bir nechta hisob formulalarni o'z ichiga oladi. Bu hisob formulalar orqali asos konstruktsiya qurishda to'g'ri va egri chiziqlar aniqlanadi [5].

2-rasm.Tana old shaklining yon tomondan ko'rinishi xillari.Chapdan o'ngga:to'g' ri,qorinli,ko'kragi katta.

P.I.Rogov qomatning tashqi formasini asosiy morfologik ko'rsatkich-lari,qomatning risoligi va klassifikatsiyasi, ayollar qomati tipining SOTShL antro-pomorfologik klassifikatsiyasi, belli buyumlarni loyihalash uchun o'lchamlar sxe-masini tuzish,ayollar qomatini yakka tartibda asosiy o'zgaruvchanligi ustida tad-qiqotlar olib borgan [6].

3-rasm .Tana orqa shaklining yon tomondan ko'rinish xillari.

Chapdan o'ngga:to'g'ri,kifotik,lordotik.

Kiyim o'lchamlari va ayol tanasi turlari - kiyimlarning dizayni va shakli har doim odamning figurasi bilan belgilanadi, shuning uchun kiyim tikishda tananing o'lchami, to'liqligi, shakli va nisbati haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Tana qismlarining to'g'ri nisbatlarini bilish (balandlikni hisobga olgan holda) dizaynerlar qomatning qadr-qimmatini ta'kidlaydigan va uning kamchiliklarini kamaytiruvchi kiyim nisbatlarini tanlashga imkon beradi. Ikkita mutlaqo bir xil

ayol figurasini topish qiyin, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo umuman olganda, qomarlarning ikki turi mavjud: tipik, ya'ni shartli proportsional , notipaviy ,ya'ni nomutanosib qomat. Ayolning balandligi va ko'krak qafasining kattaligi o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik yo'q.

TADQIQOT NATIJALARI

Misol uchun, 46 o'lchamdagi kiyim kiygan ayollar uzun bo'yli, o'rta va qisqa bo'lishi mumkin, turli uzunlikdagi qo'llar va oyoqlar. Xuddi shu balandlikdagi tananing uzunligi ham har xil bo'lishi mumkin (oyoq uzunligiga qarab).Ayollarning qomatlari jadvalda keltirilgan o'lchovli xususiyatlar bilan tavsiflangan tana turlarida bir-biridan farq qiladi.Notipaviy qomatlar bilan asosiy o'lchovlar o'rtasidagi munosabatlar buziladi, bu holatdagi og'ishlar, bo'yin, elka, ko'krak,qorin va bosh-qalarning shakli va konstruksiyasida o'zgarishlar paydo bo'ladi [6].

Kiyim yordamida qomat nuqsonlarini berkitish mumkin. Bo'ksasi keng qomatlarga etagi o'rtacha kenglikdagi yubkalar tavsiya etiladi va "quyosh" bichimidagi va tor yubkalar tavsiya etilmaydi.Bo'ksasi tor qomatlarga etagi keng beli burmalangan xajmdor yubkalar, katta xajmli shimlar tavisya etiladi va aksincha, tor yopishib turadigan shim va etagi toraytirilgan yubkalar tavsiya etilmaydi. Qorni katta va oldinga chiqqan qomatlarga bel soxasiga urg'u berilmagani ma'qul, yopishib turuvchi tor shimlar beli burmalangan xajmdor yubkalar tavsiya etilmaydi[7].

Ayol figuralarining o'lchovli belgilari

1-jadval

O'lchov belgilari Baland, nozik Baland, to'la Past bo'yli, nozik Past bo'yli, to'la Katta ko'krakli, tor bo'ksali Kichik ko'krakli, katta bo'ksali

Bo'y,sm 172 172 153 153 165 165

Og'irlik,kg 70 90 45 70 68 62

Ko'krak aylanasi,sm 95 115 85 105 115 90

Bel aylanasi, sm 65 95 60 85 85 68

Bo'ksa aylanasi, sm 100 120 90 110 105 115

XULOSA

Ushbu maqolaning xulosa qismida, notipaviy qomatli ayollarning o'lchamlari va tana turlarining farqlanishi, ayol figuralarining o'lchovli belgilari,qorin sohasining tashqi ko'rinishi va konturi haqidagi ma'limotlar o'rganish jarayonida,ayollarning aniq qomatiga kiyim loyihalashda qomatning o'lchamlari bo'y va to'lalik guruhi bo'yicha unga muvofiq bo'lgan turli qomat o'lchamlari bilan solishtirib, o'lchami topilishini, hamda,E.K.Amirova, O.V.Sakulina,B.S.Sakulin, A.T.Truxanovalarning inson qomatining o'lchamlari bo'yicha berilgan ma'lumotda notipaviy qomat asos konstruksiyasini qurishda qo'shimcha gavda o'lchamlari aniq olish talab etilishi haqidagi ma'lumotlari va P.I.Rogov qomatning tashqi formasini asosiy morfologik ko'rsatkichlari,qomatning risoligi va klassifikatsiyasi, ayollar qomati tipining SOTShL antropomorfologik klassifikatsiyasi, belli buyumlarni loyihalash uchun o'lchamlar sxemasini

2022 № 3

tuzilganligini,kiyim o'lchamlari va ayol tanasi turlari - kiyimlarning dizayni va shakli har doim odamning figurasi bilan belgilanishini, shuningdek,kiyim tikishda tananing o'lchami, to'liqligi, shakli va nisbati haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega ekanligi va kiyim yordamida qomat nuqsonlarini berkitish mumkinligi bayon etilgan..

4.

5.

6. 7.

REFERENCES

Sovridinova Mohidil Husan qizi, Yusupova, Dilfuza Ubaydulloyevna, Hoshimov Jasurbek Valiyevich.(2021)ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF OLDER WOMEN'S CLOTHING OF DIFFERENT SUBCULTURES (ON THE EXAMPLE OF MUSLIM WOMEN'S CLOTHING).9(09)

Abduraximova Manzura Sodiqovna.,"AYOLLAR NOTIPAVIY QOMAT TURLARIGA MOS KIYIMLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONI TADQIQI". Dissertasiya -2022yil.

D.B.Yuldasheva.,M.M. Raxmonova.,R. Omonullayev.,NOTIPAVOY QO-MAT UCHUN KONSTRUKSIYALASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLA-RI. Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, спецвыпуск №6) . D.O'.Aripdjanova Turli qomatlarga kiyimlarni konstruktsiyalash. O quv qollanma. Namangan-2021 yil.

B.S.Sakulin., E.K.Amirova., O.V.Sakulina., A.T.Truxanova Konstruirovanie mujskoy i jenskoy odejdbi. Uchebnik. Moskva-2000. -S.188

P.I.Rogov., N.M.Konopal'tsova Konstruirovanie jenskoy odejdbi dlya individualnogo potrebitelya. Uchebnaya posobiya. Moskva-2004. -S.397. https://www.google.com/search?

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.