Научная статья на тему 'DANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB TURLI LINIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR YELININING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI'

DANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB TURLI LINIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR YELININING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Daniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlar / еlin / so‘rg‘ichlar / ko‘rsatkichlari.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sh.B.Tursunboyev, X.A.G‘Iyosov, Sh.Sh.Jabborov

Maqolada Daniya seleksiyasiga mansub sigirlar еlinining morfologik ko‘rsatkichlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB TURLI LINIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR YELININING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K:636.2

DANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB TURLI LINIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLAR YELININING MORFOLOGIK

XUSUSIYATLARI

1Sh.B.Tursunboyev, 2X.A.G'iyosov, 3Sh.Sh.Jabborov

1Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch doktoranti, 2q.x.f.n.,k.i.x.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti "Qoramolchilik" bo'limi boshlig'i, 3q.x.f.f.d. (PhD), k.i.x. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti "Parrandachilik va

quyonchilik" bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.13859276

Annotatsiya. Maqolada Daniya seleksiyasiga mansub sigirlar еМттщ morfologik ko'rsatkichlarini o'rganish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Daniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlar, elin, so'rg'ichlar, ko'rsatkichlari.

Аннотация. В статье представлены результаты научных исследований по изучению морфологических показателей вымени голштинских коров разных линий датской селекции.

Ключевые слова: Голштинский скот, датской селекции, телки и коровы 1-го поколения, вымья, морфологические показатели.

Abstract. The article presents the results of scientific research on the study of morphological indicators of the udder of Holstein cows of different lines of Danish selection.

Keywords: Holstein cattle, Danish selection, heifers and cows of the 1st generation, udder, morphological indicators.

Kirish. Sgirlarning texnologik xususiyatlarini baholashda elinining morfologik ko'rsatkichlari va zamonaviy sog'in uskunalarida foydalanishga yaroqlilik xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Biz tadqiqotlarimizda golshtin zotili turli linyalarga mansub sigirlar qizlarining elinini morfologik ko'rsatkichlari(yelin uzunligi, eni, aylanasi, oldingi va orqa qismlarining chuqurligi, so'rg'ichlarning shakli, uzunligi, elin indeksi va boshqa ko'rsatkichlari)ni o'rgandik.

Sigirlarni kompleks baholashda bu muhim seleksion belgining ahamiiyati katta.

Ma'lumki, sigirlarning sut mahsuldorligi ular elinining morfologik ko'rsatkichlari (shakli, mashinada sog'ishga yaroqliligi, o'lchamlari va indeksi) bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Podada sigirlarning ushbu texnologk belgilarni hisobga olgan holda seleksiya ishlarini olib borish tanlash samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sutbop sigirlarning irsiy imkoniyatilarini to'la yuzaga chiqarishda oziqlantirish omiliga bog'liqligi muhim ahamiyatga ega xisoblanadi.

Oziqlantirish omilining mahsuldorlikka ta'siri soha olimlari tomonidan o'tkazilgan ko'plab tadqiqot natijalari bilan isbotlangan. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunovlar tadqiqot natijalariga ko'ra, qoramolllarni Koreyaning TMR texnologiyasi bilan boqish ozuqa samaradorligini oshirish va shu bilan birga mahsuldorlikni oshirishga olib keladi. B.D.Allashov, A.E.Yangiboev O.R.Kuchchievlar tomonidan qoramollar sut mahsuldorligiga ozuqabop lavlagining ta'siri hamda elita urug'larini yetishtirishning jadal usulini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan. Ozuqabop lavlagi qoramollar sut mahsuldorligiga ijobiy ta'siri aniqlangan, hamda ozuqabop lavlagini urug'lik uchun yetishtirishning jadal texnologiyasi ishlab chiqilgan. I.Xafizov, B.Qahramonov, S.Isamuxammedov., A.Xafizovlarning (2022) tadqiqot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

natijalarning ko'rsatishicha, oziqlantirish omili qishloq xo'jalik hayvonlarini mahsuldorligi oshirishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, beda o'simligi, makkajo'xori va oraliq ekinlardan tayyorlangan pichan, silos hamda senaj asosiy ozuqalardan hisoblanadi. Otchilikda toylarning o'sishi va rivojlanishini yaxshilash uchun to'la qiymatli oziqlantirish, ratsionga makroelementlarni qo'shish hamda mikrovitaminlar, minerallar, uglevodlar va oqsillar bilan boyitilgan ozuqaviy qo'shimchalardan foydalanish muhim xisoblanadi. Sh.Jabborov, B.D.Allashov va L.Tagaevalar (2024) tadqiqotlarida vinochilik sanoatining ikkilamchi mahsulotlaridan tayyorlangan biologik faol qo'shimchalarini Qorabayir zotli otlar ratsionida qo'llash, ularning o'sib rivojlanishiga ijobiy ta'siri etishi keltirib o'tilgan.

Keyingi yillarda milliy Bushuyev zotini genetik pasportini yaratish borasida molekulyar genetik tadqiqotlar olib borilmoqda. X.A.G'iyosovning (2021) fikricha, genetik pasport- bu hayvon DNK-sining elektron bazasi bo'lib, unda hayvonning noyob genetik va immunologik hususiyatlari - mahsuldorligi, pushtdorligi va turli kasalliklarga qarshi turish qobiliyati (immuniteti) aks ettirilgan bo'ladi. U hayvonlarning xo'jalikka foydali mahsuldorlik ko'rsatkichlarini erta prognozlash imkoniyatini yaratadi. X.A.G'iyosovning (2022) xulosasiga ko'ra, genetik belgilarni seleksiya va naslchilik ishlariga joriy etish hayvonlarning naslchilik va mahsuldorligini erta prognoz qilish, shuningdek, bu ma'lumotlardan tanlangan hayvonlarning irsiy salohiyatini aniqlashda foydalanish, baholashning to'g'riligi va seleksiya natijalari samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Olingan dastlabki natijalar. Tadqiqotlarimizda turli liniyalarga mansub golshtin zotli sigirlarning yelin o'lchamlari o'lchov lentasi va shtangelsirkul yordamida ularni sog'ishdan oldin, sog'ish zaliga olib kirilgan paytda yuqoridagi uslubiy yo'riqnomaga asosan o'lchab olindi.

Sigirlarning dastlabki laktatsiyasida ular yelinining shakli va hajmi, funksional ko'rsatkichlari shakllanadi. Bu jarayon laktatsiyaning birinchi 90 kunida ularni to'g'ri oziqlantirish, o'z vaqtida sog'ish va kasallanganda o'z vaqtida davolashga bevosita bog'liq.

Yelin o'chamlari to'g'risidagi ma'lumotlar quydagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).

1-jadval

Tajribadagi sigirlar yelinining o'lchamlari

Ko'rsatkichlar 1-Tajriba guruhi "Oman Justi" n=5 2-Tajriba guruhi "Ha Manfred" n=5 3- Tajriba guruhi "Arlinda" n=5

(X±Sx) Cv,% (X±Sx) Cv,% (X±Sx) Cv,%

Yelin aylanasi, sm 139,3±0.89 1,60 137,4±0.76 1,68 136,4±0.89 1,59

Yelin uzunligi, sm 49,5±0.41 2,09 48,5±0.61 3,76 47,5±0.65 3,75

Yelin eni, sm 43,2±0.57 3,29 42,9±0.57 4,07 42,8±0.58 4,16

Oldingi qism chuqurligi, sm 38,0±0.54 3,59 36,8±0.58 4,71 35,5±0.61 4,90

Orqa qism chuqurligi, sm 39,5±0.41 3,69 38,8±0.58 4,72 37,9±0.62 4,76

Oldingi so'rg'ich uzunligi, sm 8,65±0.034 0,98 8,63±0.090 3,04 8,52±0,091 3,1

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Orqa so'rg'ich uzunligi, sm 8,25±0.041 1,28 8,16±0.076 2.80 7,87±0.036 2,50

So'rg'ich diametri, sm 2,50±0.035 3,34 2,39±0.025 3.22 2,38±0.030 3,29

Yelin indeksi 44,9 44,8 44,2

Yelinning shartli • • 3 xajmi, sm3 5210,0 5120,3 4948,3

Jadvaldan ko'rinadiki, yelin o'lcham ari bo'yicha 1 -tajriba guruhidagi "Oman Justi "

linyasiga mansub sigirlar 2-tajriba guruhidagi "Ha Manfred" va 3-tajriba guruhidagi "Arlinda" linyalariga mansub sigirlardan yelin o'lamlarida bir oz ustunlikka ega. Shuning uchun, 1-tajriba guruhidagi"Oman Justi" linyasiga mansub sigirlar yelinining shartli xajmi 2- tajriba guruhidagi "Ha Manfred" linyasiga mansub sigirlarga nisbatan 89,7 sm3 ga, 3-tajriba guruhida "Arlinda" linyasiga mansub sigirlardan esa 261,7 sm3 ga ko'pligi aniqlandi.

1-rasm. Yelin so'rg'ichlarining o'lchamlari olinmoqda.

Xulosa. Tadqiqot davomida Daniya seleksiyasiga mansub turli liniyadagi golshtin zotli sigirlar yaxshi sut mahsuldorligini namoyon etishdi. Bu ularning sermahsul sigirlar ekanligi va yelinining morfologik ko'rsatkichlar bo'yicha yuqori texnologik xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Xo'jalik podasidagi sigirlarning ushbu texnologik belgilarni hisobga olgan holda seleksiya ishlarini olib borish ularda maqbul yelin xususiyatlariga ega sigirlar salmog'ini oshirib boradi hamda zamonaviy sut ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga javob beradigan sigirlarni xo'jalikda yetishtirish imkoniyatlarini yaratdi.

Umumiy olganda, olingan natijalar barcha tajriba guruhlaridagi sigirlar yelini yaxshi darajadagi texnologik va morfologik ko'rsatkichlarga ega va ularning yelini zamonaviy sog'ish uskunalariga yaxshi moslashganligidan dalolat beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

REFERENCES

1. Авизов А.Г. Х,амрокулов РД. Чорвачиликдан амалий машгулотлар, Тошкент, "O'qituvchi" 1980 й.

2. A.A.Nurmatov, B.D.Allashov, Sh.Sh.Jabborov, I.Rustamova, Sh.Tursunov. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020/12/1. 614 (1), 012161

3. B.D.Allashov, Yangiboyev A.E. Kuchchiyev O.R. Qora-ola zotli qoramollar sut mahsuldorligiga ozuqabop lavlagining ta'siri hamda elita urug'larini yetishtirishning jadal usuli. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 12-14 may 2022 yildagi "Qishloq xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishning istiqboldagi vazifalari" mavzusidagi anjuman materiallari to'plami.111-bet

4. Носиров У.Н. "^орамолчилик" укув дарслиги, Тошкент, "Узбекистон миллий энциклопедияси" давлат илмий нашриёти. 2001 й.

5. Носиров У.Н., Досмухаммедова М.Х. ва Шакиров ^.Ж., "^орамолчиликни ривожлантириш ва уни юритиш тизими" Тошкент 2020 й. 6 бет.

6. Нурматов А., Жабборов Sh., Нафизов I., Тагаева Л. Корабайир зотли тойларнинг усиш ривожланишини жадаллаштиришнинг илгор технологияси. Konferensiya materiallari: Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 200-206 b.

7. Нурматов А.А., Хафизов I.I., Хафизов А.1., Карибаева Д..Скороспелость жеребят карабаирский породы и их помесей с фризской породой. Материалы конференции: Актуалные вопросы совершенствование технологии производства и переработки продукции сельского хозяйства. Мосоловские чтения. Материалы международной научно-практической конференции. Марийский НИИС/Х-фил. Фед. аг.науч.ц.р Сев.-Вос. им.Н.В.Руницкого. 2024г., № ХХВИ.,С. 486-490.

8. Еиёсов Х. "^орамолларншг электрон базаси яратилади", Узбекистон ^ишлок ва сув хужалиги Ж., 2021 йил 9-сони, 20 бет.

9. Еиёсов Х,.А. Бойбулов Б.Ш. "Узбекистонда яратилган корамол зотини саклаб колайлик", "Chоrvachilik va naslchilik ishi" журнали," 2021 й. № 03, 8-11 бетлар.

10. Еиёсов Х,.А. "О проекте Молекулярно-генетические исследования Бушууевской породы Узбекистана" Ж."Техника и технологии в животноводстве" №4(48) 2022. М. ISSN 2713-2064

11. Ш.Жабборов, Б.Аллашов, Л.Тагаева. Технология интенсивного вырaщивания жеребят карабаирской породы в условиях Узбекистана. Вестник Ошского государственного университета. Сельское хозяйство: агрономия, ветеринария и зоотехния. 2024/6/28.№ 2 (7), с-288-296

12. Шокиров ^.Ж., / Узбекистон шароитида голштин зотли корамолларнинг иклимга мослашишида наслдорлик ва махсулдорлик сифатини такомиллаштириш // Chorvachilik va naslchilik ishi Ж. 2022. № 3.5-7 b.

13. Хафизов И.И., Кахрамонов Б., Исамухаммедов С., Хафизов А. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы конференции: Материалы международной конференции "Эффективные методы управления селекционно-племенным процессом в

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

табунном коневодстве". Министерства науки и вьющего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет "., Казахстан, Павлодар, 2022 г., С. 124-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.