INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
O'ZBEKISTONDA EMBRION TRANSPLANTATSIYASINI AMALGA OSHIRISH NATIJALARI
1Y.J.Kim, 2A.A.Nurmatov, 3Sh.Sh. Jabborov, 4B.B.Xasanov, 5H.Y. Wee, 6J.H. Yoo,
7G.T. Lim, 8S.J. Oh
1,8KOPIA Uzbekistan markazi, 2,3,4Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institute, 5,6Koreya Qishloq taraqqiyot boshqarmasi (RDA), 7Co., Ltd. Genetika Koreya https://doi.org/10.5281/zenodo.13847522
Annotatsiya. Maqolada embrion transplantatsiyasi amaliyotini o'tkazish, embrion transplantatsiyasining ahamiyati va embrion transplantatsiyasi natijalari hamda transplantatsiya natijasida tug'ilgan buzoqlarning o'sish-rivojlanish ko'rsatkichlari tafsiflangan.
Kalit so'zlar: Embrion transplantatsiyasi, in-vitro, mahsuldorlik, o'sish va rivojlanish, eksteryer, prostoglandin, ultratovush tekshiruvi.
Аннотация. В статье описана практика трансплантации эмбрионов, значение трансплантации эмбрионов, результаты трансплантации эмбрионов, показатели роста и развития телят, рожденных в результате трансплантации.
Ключевые слова: Трансплантация эмбрионов, in-vitro, продуктивность, рост и развитие, экстерьер, простагландин, ультразвуковое исследование.
Abstract. The article describes the practice of embryo transplantation, the importance of embryo transplantation, the results of embryo transplantation, the growth and development indicators of calves born as a result of transplantation.
Keywords: Embryo transplantation, in vitro, productivity, growth and development, exterior, prostaglandin, ultrasound examination.
Chorvachilik Yalpi ichki mahsulotning 13 % qismini, qishloq xo'jaligi yalpi ichki mahsulotining qariyb 50 %-ini tashkil qiladigan muhim iqtisodiyot tarmog'i sanalanadi. Shu o'rinda aytish mumkinki kun sayin soni oshib borayotgan dunyo aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash soha oldidagi dolzarb vazifalardandir.
Bugungi kunda Respublikamizda 14,100 mln. boshdan ortiq yirik shoxli qoramollar parvarishlanib kelinmoqda ularning 50% qismi sigirlarga to'g'ri keladi. Aholining go'sht va sut mahsulotlariga bo'lgan talabining asosiy qismini aynan qoramolchilik tarmog'i hisobiga qoplanadi. Chorva mollarining mahsuldorligini oshirish aholining oziq ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishning muhim omili xisoblanadi.
Chorva mollari mahsuldorligining 20-25% ularning genetikasiga bog'liq sanaladi. Shunday ekan qoramollar mahsuldorligini oshirishda ularning nasl xususiyatlarini yaxshilash dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu maqsadda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti ko'p yillardan buyon Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlikda qoramollarning nasl va mahsuldorligini oshirishda ilg'or texnologiyalarni mamlakatimizda joriy qilish borasida amaliy ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Hamkorlik doirasida AQSH va Janubiy Koreyadan yuqori mahsuldor sigirlardan olingan embrionlar olib kelinib, respublikamizdagi 3 ta fermer xo'jaligida embrion transplantatsiyasi amalga oshirildi. Embrion transplantatsiyasi amaliyoti chorvachilik tarmog'ini tez fursatlarda yuqori mahsuldor qoramollar podasini yaratishning zamonaviy usullaridan sanaladi.
Olib kelingan embrionlar sut mahsuldorligi 9000 kg dan ortiq bo'lgan sigirlarning tuxumdonlaridan yig'ilgan oositlar in vitro usulida jinsi aniqlangan buqa urug'i bilan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
urug'lantirilgan va 7-8 kun davomida blastotsist bosqichiga qadar 5% CO2 inkubatorida yetishtirilgan. Ishlab chiqarilgan embrionlar an'anaviy usulda -1960C haroratdagi suyuq azotda saqlangan. Keltirilgan urug'lar respublikadagi fermer xo'jaliklariga tarqatildi va tanlangan xo'jaliklarda embrion transplantatsiyasi amalga oshiriladigan urg'ochi qoramollar tanlab olindi. Tanlab olingan ur'ochi qoramollar retsepient sifatida transplantatsiya uchun tayyorlandi. Buning uchun retsepiant qoramollarga kuyga keltiruvchi maxsus preparatlar sxema asosida qo'llanildi. Qo'llanilgan preparatlar prostoglandin garmonli tarkibga ega. Retsepient g'unajin va sigirlar kuyga kelganidan so'ng 7-kun o'tib embrion transplantatsiyasi amalga oshirildi. Transplantatsiya amalga oshirilgan qoramollarning bug'ozligi UTT (ultratovush tekshirish usuli) yordamida aniqlandi.
1-rasm. Embrion transplantatsiyasi (A) va ultratovush tekshiruvi (B)
Jami 20 bosh qoramolda embrion transplantatsiyasi amalga oshirilgan bo'lsa, ularning 10 boshida (50%) bug'ozlik aniqlandi va sog'lom buzoqlar olindi. Ahamiyatlisi embrionlar jinsga ajratilgan urug'lardan olinganligi bois tug'ilgan barcha buzoqlar urg'ochi jinsda.
Tug'ilgan buzoqlarning tug'ilgandagi o'rtacha vazni 31,3 kg-ni, 40 kunligidagi tirik vazni 70,2 kg-ni tashkil qildi. Tug'ilgandagi vaznning pastligi va tug'ilgandan keyin tez o'sish sur'ati juda qulay xisoblanadi, chunki ba'zida katta tug'ilish og'irligi tug'ish jarayonida katta muammolarni keltirib chiqaradi.
1-jadval. Embrion transplantatsiyasidan tug'ilgan buzoqlarning o'sish dinamikasi.
Davr Tirik vazn (kg) Yag'rin balandligi (sm) Gavda qiya uzunligi (sm) Ko'krak aylanasi (sm)
X±Sx Cv, % X±Sx Cv, % X±Sx Cv, % X±Sx Cv, %
Tug'ilganda 31,3±0,843 8,52 70,20±0,629 2,83 73±0,683 2,96 28±0,480 5,42
40 kunligida 70,2±0,712 3,21 82,0±0,494 1,91 84,0±0,615 2,31 32,8±0,964 9,29
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
2-rasm. Embrión transplantatsiyasidan tug'ilgan buzóqlar
REFERENCES
1. Nosirov U.N., O'zbekistonda qoramolchilikni rivojlantirish omillari. Toshkent SMI-ASIA-2011 y.
2. Кахаров А.К. Эффективность. Использования пород крупного рогатого скота разного направления продуктивности и их помесей для производства говядины в условиях юга Узбекистана."Автореферат" диссертации на соискание ученой степени доктор сельскохозяйственных наук, Ташкент, 1994 г.
3. Nurmatov A.A, Oh Sung Jong, Xasanov B, Muxtorov B. KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG'IDAN TUG'ILGAN BUQACHALARNING O'ZBEKISTON SHAROITIDA O'SISH VA RIVOJLANISHI // SAI. 2024. №Special Issue 40.
4. Холматов АД., Еиёсов Х,.А., Х,асанов Х.Т. Ургочи моллар подасини яратишда биотехнология ютукларидан фойдаланишнинг самарадорлиги", "INTERNATIONAL SCIENTIFIC JORNAL SCIENCE AND INNOVATION" Журнали, ISSN: 2181-3337/SCIENTISTS.UZ, 2023 й. октябрь.
5. Гиясов Х.А. Марданов Ж.Т., Якубец Ю.А. "Внедряется технология по пересадке эмбрионов" Ж. "Животноводство и племенное дело", 2023 год №6.
6. Хафизов И.И., Куччиев У., Хафизов А.И.. Тула кийматли озиклантиришни ташкил этишнинг сигирлар сут махсулдорлигига таъсири. 2009 й., ж:"Узбекистон кишлок хужалиги" журналининг "Агро илм" иловаси., Тошкент, № 2-сон(6), 24-25б.