Научная статья на тему 'QORAMOLLARDA EMBRIONLARNI TRASNSPLANTATSIYA QILISH TEXNOLOGIYASIDAN SELEKSIA ISHLARIDA FOYDALANISH'

QORAMOLLARDA EMBRIONLARNI TRASNSPLANTATSIYA QILISH TEXNOLOGIYASIDAN SELEKSIA ISHLARIDA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Zot / poda / populyatsiya / biotexnologiya / genetik progress / transplantatsiya / implantatsiya go'sht / sut / ovulyatsiya / ko'payish / kriotexnologiya / seleksiya / donor / retsipient.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Аberkulov Маrdan Nurbaevich, Dosmuxamedova Muxayyo Dosmuxamedova, Mamatqulov Olimjon Eshonqulovich

Jahon tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, embrion transplantatsiyasi sut chorvachiligida an’anaviy naslchilik usullariga nisbatan seleksiya taraqqiyotini 6...7 barobar tezlashtirishi mumkin. Transplantatsiya usuli bitta urg‘ochidan yiliga 4...5 marta embrion olish imkonini beradi, buning natijasida rekord darajadagi sigirdan yiliga 10 tagacha va undan ortiq buzoq olishning real imkoniyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu intensiv selektsiya, buqa onalarini to'g'ri baholash va yuqori genetik salohiyatga ega hayvonlarni naslchilikda qo'llash orqali podaning yillik genetik rivojlanishini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAMOLLARDA EMBRIONLARNI TRASNSPLANTATSIYA QILISH TEXNOLOGIYASIDAN SELEKSIA ISHLARIDA FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK: 636.

QORAMOLLARDA EMBRIONLARNI TRASNSPLANTATSIYA QILISH TEXNOLOGIYASIDAN SELEKSIA ISHLARIDA FOYDALANISH

1Aberkulov Mardan Nurbaevich, 2Dosmuxamedova Muxayyo Dosmuxamedova, 3Mamatqulov Olimjon Eshonqulovich

1Toshkent davlat agrar universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi professori, 2Umumiy zootexniya va veterinariya kafedrasi professori, 3Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori, q.-x.f.f.d https://doi.org/10.5281/zenodo.13847951 Annotatsiya. Jahon tajribasi tahlili shuni ko'rsatadiki, embrion transplantatsiyasi sut chorvachiligida an'anaviy naslchilik usullariga nisbatan seleksiya taraqqiyotini 6...7 barobar tezlashtirishi mumkin. Transplantatsiya usuli bitta urg'ochidan yiliga 4...5 marta embrion olish imkonini beradi, buning natijasida rekord darajadagi sigirdan yiliga 10 tagacha va undan ortiq buzoq olishning real imkoniyati yaqqol namoyon bo'ladi. Bu intensiv selektsiya, buqa onalarini to'g'ri baholash va yuqori genetik salohiyatga ega hayvonlarni naslchilikda qo'llash orqali podaning yillik genetik rivojlanishini sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.

Kalitso'zlar. Zot, poda, populyatsiya, biotexnologiya, genetik progress, transplantatsiya, implantatsiyago'sht, sut, ovulyatsiya, ko'payish, kriotexnologiya, seleksiya, donor, retsipient.

Аннотация. Анализ мирового опыта показивают, что трансплантация эмбрионов может ускорить селекционный прогресс в молочном скотоводстве в 6...7 раз по сравнению с обычными методами разведения. Метод трансплантации позволяет получать зародыши от одной самки 4.5 раз в год, вследствие чего очевидна реальная возможность ежегодного получения от коровы рекордистки до 10 и более телят. Это позволяет значительно ускорить ежегодный генетический прогресс в стаде путём интенсивного отбора, точности оценки матерей быков и племенного использования животных с высоким генетическим потенциалом

Ключевые слова: Порода, стадо, популяция, биотехнология, генетический прогресс, трансплантация, инплантация мясо, молоко, овуляция, репродукция, криотехника, отбор, подбор, донор, реципиент.

Abstract. An analysis of world experience shows that embryo transplantation can accelerate selection progress in dairy cattle breeding by 6...7 times compared to conventional breeding methods The transplantation method makes it possible to obtain embryos from one female 4...5 times a year, as a result of which the real possibility of annually obtaining up to 10 or more calves from a record-breaking cow is obvious. This makes it possible to significantly accelerate the annual genetic progress in the herd through intensive selection, accurate assessment of bull mothers and the breeding use of animals with high genetic potential

Keywords: Breed, herd, population, biotechnology, genetic progress, transplantation, implantation meat, milk, ovulation, reproduction, cryotechnology, selection, donor, recipient.

Naslchilik ishining asosiy vazifasi sut yo'nalishidagi qoramollarining genetik salohiyatini, shu jumladan embrion transplantatsiyasi usuli orqali yaxshilashdan iborat. Shu bilan birga, davlat naslchilik korxonalari uchun naslchilik zavodlarining yuqori mahsuldor sigirlaridan zotli buqalar va fermer xo'jaligida asosiy podani ta'mirlash uchun genetik qimmatli g'unajinlar olish jarayonini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

tezlashtirish zarur [3]. Qoramol embrionlarini transplantatsiya qilish sut chorvachiligi rivojlangan yetakchi mamlakatlarda (Gollandiya, Kanada, Germaniya va boshqalar) yuqori mahsuldor podalarni jadal yaratishning biotexnologik usullaridan biridir. Bu mamlakatlarda podani ko'paytirish uchun foydalaniladigan buqalarning 50-60% embrión ko'chirish yo'li bilan olinadi [4, 5]. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, embrión transplantatsiyasi sut chorvachiligida an'anaviy naslchilik usullariga nisbatan seleksiya taraqqiyotini 6...7 barobar tezlashtirishi mumkin. Transplantatsiya usuli bitta urg'ochidan yiliga 4...5 marta embrion olish imkonini beradi, buning natijasida rekord darajadagi sigirdan yiliga 10 tagacha va undan ortiq buzoq olishning real imkoniyati yaqqol namoyon bo'lad. Bu intensiv selektsiya, buqa onalarini to'g'ri baholash va genetik salohiyati yuqori bo'lgan hayvonlarni naslchilikda qo'llash orqali podada yillik genetik progressni sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi [6, 7]. Transplantatsiya usulini sanoat asosiga o'tkazishning muhim usullaridan biri bu embrionlarni kriyokonservatsiyalashdir. Uni qo'llash bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin bo'ladi:

1. Qimmatbaho genotiplarning kriobankini yaratish;

2. Noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar turlarining genetik zaxirasini saqlash;

3. Uzoq masofalarga embrionlarni eksport va import qilish;

4. Retsipientlarning spontan kuyikka kelishi, jinsiy sikl bosqichi embrionlarning yoshiga to'g'ri kelganda tanlang;

5. Fermer xo'jaliklarida transplantatsiya o'tkazish, shu bilan birga, transplantatsiya dasturining narxini sezilarli darajada kamaytirish, chunki potentsial retsipientlarning katta podasini saqlashga hojat qolmaydi [8].

Agar biz embrionlarni transplantatsiya qilish tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, embrion shaklini tasvirlash XVIII asrga borib taqaladi.. 1890 yilda Valter Heap birinchi bo'lib embrion transplantatsiyasi texnikasini amalga oshirdi va tasvirlab beradi. Qishloq xo'jaligi hayvonlarida embrionlarni transplantatsiya qilish bo'yicha tajribalar 1930-yillarda qo'y va echkilarda olib borildi. Qoramol va cho'chqalarga birinchi muvaffaqiyatli embrion ko'chirish 1950-yillarda Angliyaning Kembrij universitetida Jim Rouson tomonidan amalga oshirildi [1]. 1974 yili embrionlar transplantatsiyasi bo'yicha umumjahon jamiyati (MOTO) tashkil qilinib, unga 26 mamlakat kirgan. Birinchi tijoratli embrion transferlari 1970-yillarning boshlarida amalga oshirilgan. Dastlab, embrionlar donorlardan olinib jarrohlik usuli yordamida retsipientlarga implantatsiya qilingan. Bu 1970-yillarning oxirigacha davom etdi, undan keyin jarrohsiz usul ishlab chiqildi va embrionlarni ko'chirib o'tqazish soni keskin oshdi. Bunday biotexnologik jarayonning amalga oshishi asosiga olimlar tomonidan ishlab chiqilgan uchta yirik amaliy erishuv sabab bo'ldi. Bularga: 1) Sun'iy qochirish; 2) urg'ochi hayvonlar jinsiy davrini boshqarish; 3) embrionni ko'chirib o'tkazish kiradi. 1970 yilga kelib embrionlarni transplantatsiya qilish yo'nalishdagi ilmiy ishlar va uni amaliyotida qo'llash tezkorlik bilan rivojlana boshladi. 1971 yilga kelib sichqonlar embrionini muzlatish va eritish borasida muvaffaqiyatli ishlar qilindi. 1973 yilda esa sigirlarning muzlatilgan embrioni eritilib, so'ngra ko'chirib o'tqazilishi natijasida birinchi buzoq olindi.

Embrionlarni transplantatsiya qilish usuli oddiy bo'lib, quyidagi bosqichlardan iborat: 1) donor va retsipiyentlarni tanlash; 2) donor hayvonlarda superovulyatsiya chaqirish; 3) retsipiyent hayvonlarning jinsiy faoliyatini donorlarnikiga moslashtirish (sinxronizatsiyalash); 4) donor hayvonlarni sun'iy qochirish; 5) donor hayvonlardan embrionlarni yuvib olib retsipiyentlarga ko'chirib o'tkazish. Mana shu bosqichlarni amalga oshirish jarayoni esa o'z navbatida quyidagi 4

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

omilga bog'liq: 1) ko'plab tuxum hujayralami chiqarish va ularni otalantirish; 2) embrionlarni yig'ish va sifatini aniqlash; 3) embrionlarni transplantatsiya qilish; 4) embrionlarni muzlatish va saqlash. Mana shu omillar ichida 2 va 3 bandlari hozirgi vaqtga kelib nazariy va amaliy tomondan yechilgan desa bo'ladi. Birinchi banddagi omil esa embrionlarni trnsplantatsiya qilishda har xil jumboqlarga sabab bo'lmoqda. Negaki hozirgi paytga kelib ham garmonlar bilan ishlov berilgan hayvonlar qancha va qanday sifatda embrion berishini xech kim oldindan ayta olmaydi[1]. Embrionlarni muzlatish va saqlash bandi bo'yicha ham ancha ishlar qilingan, shu bilan birga yetarli muammolar ham mavjud. Embrionlarning sifatini aniqlash uch yo'nalishda olib borilmoqda: 1) embrionlarning tashqi ko'rinishdagi bir-biriga bog'liqligi, ularning yoshiga muvofiqligi va ular ko'chirib o'tkazilgandan keyin yashab ketishi; 2) embrionlar modda almashinuvini aniqlab, ular hayotchanligini o'rganish; 3) embrionlar qobig'i va blastomerlar sitoplazmasining har xil bo'yoqlarga nisbatan adsorbtsion xususiyatini o'rganish. Bu usullarning barchasi ham kamchiliklardan holi emas. Shunga qaramasdan amaliyotda embrionlar faqat ularning morfologik ko'rinishi bilan baholanib sifati aniqlanmoqda. Embrionlarni muzlatish maxsus avtomatik asboblarda amalga oshirilib, ular belgilangan dasturda ishlaydi. Muzlatgich uch qismdan, ya'ni elektron bloki, muzlatish kamerasi va suyuq azot saqlanadigan idishlardan iborat. Embrionlarni transplantatsiya qilishda asosiy masala embrionlarning "yangi" ona qornida (retsipiyent) rivojlanib ketishidir. Embrion retsipiyent bachadoniga tushganidan keyin 18-22 kun davomida bachadon ichidagi suyuqlikda suzib yuradi va o'sish hamda rivojlanishni davom ettiradi. Faqat shundan keyingina bachadon devoriga yopishadi, ya'ni implantatsiya bo'ladi va nasl bo'lib tug'iladi[2].

Tadqiqotning maqsadi - qoramollarda embrionlarni transplantatsiya qilish usulini O'zbekistonda qo'llash va naslchilikda unlardan foydalanish imkoniyatlarini, "in vitro" va "in vivo" sharoitida yuqori sifatiy ko'rsatgichga ega embrionlar olish usullarini aniqlash.

Tadqiqot materiallari, usullari va ob'ektlari. O'zbekistonda tashkil qilingan qoramolchilik seleksiya markazi tizimidagi embrionlarni transplantatsiya qilish laboratoriyasi[1987-1990 y.] materiallarini hamda shu sohada ishlayotgan boshqa mamlakatlar ish natijalarini tahlil qilish.

Tadqiqot natijalari. Rossiyada embrionlarni olish uchun ikkita jahon darajasidagi texnologiya qo'llaniladi: 1. Embrionlarni donor bachadonidan yuvib olish ("in vivo"); 2. Laboratoriya sharoitida embrionlarni etishtirish ("in vitro"). Shu texnologiyalarning qulayligi va kamchiliklari bilan tanishamiz (1-jadval).

"In vivo" texnologiyasi follikullarning ko'p o'sishini gormonal stimulyatsiya qilishni, ularning ovulyatsiyasini va sun'iy urug'lantirishni o'z ichiga oladi. Dastlabki 7 kun ichida embrionlar onaning tanasida ("in vivo") rivojlanadi, shundan so'ng ular bachadondan chiqariladi va retsipientlarga (surrogat onalar) ko'chiriladi. "In vitro" texnologiyasidan foydalanilganda embrionlar donor sigir bachadonidan traditsion usulida yuvib olinadi. Yani ovotsitlarning pishishi, ularning urug'lanishi va implantatsiyadan oldingi bosqichlarda erta embrionlarni olish ona bachadonida kechadi. Embrionlarni kultivatsiya qilish va ularni baholash esa ona tanasidan tashqarida, maxsus laboratoriyada bajariladi. O'zbekistonda 1982 yilda Respublika qoramolchilik seleksiya markazi tashkil etildi. Uning tizimida embrionlarni transplantatsiya qilish laboratoriyasi faoliyat ko'rsata boshlsadi. Bundan maqsad davlat naslchilik korxonalari uchun naslchilik zavodlarining yuqori mahsuldor sigirlaridan zotli buqalar va fermer xo'jaliklarida asosiy podani ta'mirlash uchun genetik qimmatli g'unajinlar olish edi. Buning uchun standart asosida laboratoruya binosi qurildi, jihozlar bilan to'ldirildi, donor va retsipient hayvonlar olib kelindi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Embrionlarni transplantatsiya qilish uchun embrionlar donor bachadonidan yuvib olindi, y'ani "in vivo" texnologiyasidan foydalanildi.

1-Jadval

"In vivo" va "in vitro" texnologiyalarining qulayligi hamda kamchiligi

"in vivo" "in vitro"

Genikologik kasalliklarning bo'lmasligi. Doim to'liq jinsiy sikl Fiziologik ko'rsatgichlari bo'yicha "in vivo" texnologiyasiga to'g'ri kelmaydigan donorlar ishlatilishi mumkin

Hayvonlarni donor sifatida sigirlar tuqqanidan keyin 60 kun o'tgach va gormonal ishlov berib embrionlar yuvib olingandan so'ng 45-60 kundan keyin ishlatish mumkin Jinsiy sikl bosqichidan qat'iy nazar haftasiga 1-2 marotaba ishni amalga oshirish mumkin

Kuyikka kelganidan 9-11 kundan kiyin birinchi gormonal stimulyatsiya qilinadi Garmonal superovulyatsiya chaqirishniing xojati yo'q. Tuxumdonda doimo rivojlanayotgan follekulalar bo'ladi

Kuniga 2 marotaba (12 soat oralig'da) 4-5 kun davomida prostaglandin in'eksiya qilinadi

Hayvonlarning 15-20% garmonal ishlov berishga reaksiya bermaydi

Gormonal ishlov berishga reaksiya bergan hayvonlarning bir qismi umuman embrion bermaydi yoki transplantatsiya qilishga mos embrionlar bo'lmaydi

Kuyikka kelishi aniqlanib embrionlarni yuvib olishgacha vaqt 20-22 kun Tuxumdonda doimo rivojlanayotgan follekulalar bo'ladi

Go'sht kombinatidan keltirilgan sigir va g'unojin tuxumdonlari ishlatiladi

Bir yuvib olishda 5 ta embrion olinadi Har bir aspiratsiyaga (follekulalar kultivatsiyasi) 1,5-2 embrion to'g'ri keladi

Yiliga bir donor 5-6 marotaba yuviladi Agar haftasiga bir aspiratsiya o'tkazilsa bir yilda 52 tani tashkil qiladi

Bir yilda har bir donordan 25-30 ta embrion olinadi Har bir donorga 78-130 ta embrion to'g'ri keladi

Har bir donorga ananaviiy urug' sarfi 2-3 payet(doza) Spermalar X va Y ga qarab bo'linganda (seksinatsiya) bir donorga 2-3 payet to'g'ri keladi 1payeta 5-7 donorga etadi Seksinatsiya qilingan urug'larning 1 payettasi 3-4 ta donorga etadi

1987-1989 yillar davomida jami 692 ta embrión donorlardan yuvib olindi. Shulardan, 266 tasi baholash ikkalasi bo'yicha 4 va 5 ga baholandi va retsipientlarga transplantatsiya qilindi. Jami 396 embrion retsipientlarga transplantatsiya qilini, ularning 60 tasi bo'g'ozligi aniqlandi (2-jadval).

2-jadval

1987-1989 yillarda "in vivo" texnologiyasidan foydalangan holda donor sigirlardan embrionlarni yuvib olish va transplantatsiya qilish ko'rsatgichlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

N g/g Ko'rsatgicvhlar 1987yil 1988yil 1089yil Jami

1. Embrioni yuvib olingan donor sigirlar soni, bosh 39 97 26 162

2. Embrion bergan sigirlar soni, bosh 27 85 23 135

3. Embrion bermagan sigirlar soni, bosh 12 12 3 27

4. Jami embrionlar soni, n 88 475 129 692

5. Transplantatsiyaga yaroqli (a'lo, yaxshi) embrionlar soni, n 53 166 47 266

6. Qoniqarli baholangan embrionlar soni, n 5 108 33 146

7. Shartli qoniqarli embrionlar soni, n 3 68 19 90

8. Transplantatsiyaga yaroqsiz embrionlar soni, n 27 123 30 180

9. Bir donorga to'g'ri keladigan embrionlar soni, n 1,56 5,6 5,6 4,25

10 Embrionlar transplantatsiya qilindi, n 53 270 73 396

11. Bo'g'oz retsipientlafr soni, n 5 45 10 60

Embrion transferining narxi ko'plab shartlarga bog'liq. Agar qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchisi embrionlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarishni rejalashtirmasa, u ularni sotib olishga majbur bo'ladi. Sifatiga qarab, ularning narxi 400-800 dollar / dona bo'lishi mumkin. Elita donordan olingan material, masalan, genetik salohiyati yiliga 15-20 ming litr sut beradigan golshtinofriz sigirlarining narxi 1 ming dollardan oshadi.

Xulosa. Embrionlarni transplantatsiya qilish mahsuldor sigirdan naslli buqalar olishning standart usuliga aylandi. Dunyoda sun'iy urug'lantirish uchun ishlatiladigan buqalarning 80% embrion ko'chirish yo'li bilan olinadi va bu nisbat ortib bormoqda. Xalqaro IETS jamiyati ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda har yili 500 mingdan ortiq transplantatsiya amalga oshiriladi. Embrion transplantatsiyasi usulining rivojlanishiga embrionlarni kriokonservalash usulini ishlab chiqish va embrionlarning kriobankini yaratish imkoniyatiga katta hissa qo'shadi. O'ta mahsuldor sigirlarning 10% embrionlarining kriobankidan foydalanish boshqa selektsiya usullariga nisbatan genetik taraqqiyotni bir necha bor tezlashtirishga imkon beradi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

1. l.Aberkulov M.N.,Jasimov F. Chorvachilikda biotexnologi. O'quv qo'llanma, «O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. 136 b.

2. 2.Gorbunov, Yu.A. Chorvachilikda embrion transplantatsiyasi biotexnologiyasi / Yu. A. Gorbunov, N. G. Minina. - Grodno: GGAU, 2014. - 288 p. - ISBN 978-985-537-054-4

3. 3.Medvedev, G.F., Turchanov S.O. Fertillikka asoslangan ota-onalarni tanlash samarasini oshiradigan qo'shimcha mezon / G.F. Medvedev, S.O. Turchanov // Xalqaro agrar jurnali. -1999 yil - 1-son. - B.43-47.

4. Valyushkin, K.D. Akusherlik, ginekologiya va hayvonlarni ko'paytirish biotexnologiyasi: darslik / K.D. Valyushkin, G.F. Medvedev. - Minsk: Urajai, 2001. - 869 p.

5. Gorbunov, Yu.A. Buqalarning sperma sifatini baholash usullari / Yu.A. Gorbunov, N.G.Minina, V.V.Jarkin [va boshqalar] // Ilmiy-ishlab chiqarish: IV xalqaro materiallar. ilmiy amaliyot Konf.: / "GGAU" o'quv muassasasi Grodno, 2001. - P.183-184.

6. Belous, A.M., Reproduktiv hujayralarni kriyokonservalash/ A.M. Belous, V.I Grishchenko, Yu.S. Parashchuk - Kiev: "Naukova Dumka", 2006. - 208 b.

7. Budevich, A.I. Qoramol embrionlarini kriyokonservalash / A.I. Budevich // 21-asr boshidagi genetika va tanlov / Sat. ishlaydi konf. yosh olimlar (akademik N.A.Kartel tahriri ostida). -Mn.: IPE, - 1999. - B.92-97. 246

8. Bobak, I.M. Faol mashqlarning hayvonlarni qabul qiluvchilar tanasining funktsional holatiga ta'siri / I.M. Bobak // Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi. Kiev, 2001.-11-12-betlar. 21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.