Научная статья на тему 'KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG‘IDAN TUG‘ILGAN BUQACHALARNING O‘ZBEKISTON SHAROITIDA O‘SISH VA RIVOJLANISHI'

KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG‘IDAN TUG‘ILGAN BUQACHALARNING O‘ZBEKISTON SHAROITIDA O‘SISH VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Животноводство и молочное дело»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy urug‘lantirish / mahsuldorlik / o‘sish va rivojlanish / eksteryer / oziqlantirish / ozuqa sarfi.

Аннотация научной статьи по животноводству и молочному делу, автор научной работы — Nurmatov A.A, Oh Sung Jong, Xasanov B, Muxtorov B

Maqolada Janubiy koreyadan keltirilgan Golshtin zotli yuqori mahsuldor buqa urug‘idan tug‘ilgan buqachalarning 6 oylikkacha bo‘lgan davrdagi oziqlantirish, o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari tafsiflangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG‘IDAN TUG‘ILGAN BUQACHALARNING O‘ZBEKISTON SHAROITIDA O‘SISH VA RIVOJLANISHI»

KOREYA SELEKSIYASIGA MANSUB BUQA URUG'IDAN TUG'ILGAN BUQACHALARNING O'ZBEKISTON SHAROITIDA O'SISH VA RIVOJLANISHI

1Nurmatov A.A., 2Oh Sung Jong, 3Xasanov B., 4Muxtorov B.

1Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institute, q.x.f.n., k.i.x.

2Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi KOPIA markazi direktori 3Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.11468671

Annotatsiya. Maqolada Janubiy koreyadan keltirilgan Golshtin zotli yuqori mahsuldor buqa urug'idan tug'ilgan buqachalarning 6 oylikkacha bo'lgan davrdagi oziqlantirish, o'sish va rivojlanish ko'rsatkichlari tafsiflangan.

Kalit so'zlar: sun'iy urug'lantirish, mahsuldorlik, o'sish va rivojlanish, eksteryer, oziqlantirish, ozuqa sarfi.

Аннотация. В статье описаны показатели кормления, роста и развития бычков до 6-месячного возраста, рожденных от высокопродуктивных быков голштинской породы из Южной Кореи.

Ключевые слова: искусственное осеменение, продуктивность, рост и развитие, экстерьер, кормление, потребление кормов.

Annotatsion. The article describes the indicators of feeding, growth and development of bull calves up to 6 months of age, born from highly productive Holstein bulls from South Korea.

Key words: artificial insemination, productivity, growth and development, conformation, feeding, feed consumption.

Chorvachilikda qoramolchilik yetakchi tarmoq bo'lib, ishlab chiqarilayotgan go'sht va sutning asosiy qismi uning ulushiga to'g'ri keladi. Qoramollarni oziqlantirish va parvarishlash bilan birgalikda urchitilayotgan sigirlarni jahonning ilg'or seleksion usullaridan foydalanib, nasl va maxsuldorligini yaxshilash respublikamiz chorvachiligi oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.

Hozirda eng yuqori sut mahsuldorligiga ega davlatlar qatorida Janubiy Koreya 4-o'rinda turadi va ushbu davlatda 1980-yillarda har bir bosh sog'in sigirning loktatsiya davomidagi sut mahsuldorligi o'rtacha 4957 kg bo'lgan bo'lsa, chorvador mutaxassislarning naslchilik va oziqlantirish borasidagi izlanishlari yutuqlari evaziga xozirgi kunda har bir bosh sigirning sut mahsuldorligi o'rtacha 10500 kg.-ga yetkazilgan.

Qoramollar mahsuldorligini oshirishda aynan naslchilik va oziqlantirish eng muhim omillar sanaladi. Shu maqsadda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi KOPIA markazi bilan hamkorlikda qoramollarni nasl va maxsuldorligini oshirish bo'yicha tadqiqotlar olib bormoqdalar. Jumladan, Janubiy Koreyadan TOP-10 talikka kiruvchi Golshtin zotli naslli buqalarning muzlatilgan urug'lari respublikamizga olib kelinib, Sirdaryo, Toshkent, Andijon va Farg'ona viloyatlarining ilg'or fermer xo'jaliklarida Golshtin zotli sigir va tanalar sun'iy urug'lantirilib naslli avlodlar olinmoqda.

1-rasm. Koreya seleksiyasiga mansub yuqor mahsuldor Golshtin zotli buqa urug'idan

tug'ilgan buqachalar

Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug'laridan tug'ilgan buqachalarining O'zbekiston sharoitiga moslashishi, o'sish va rivojlanish hamda ularni parvarishlash hususiyatlarini o'rganish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba xo'jaligida Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug'idan tug'ilgan 10 bosh buqachalar parvarishlanmoqda. Buqachalarni parvarishlashda Koreya olimlari bilan hamkorlikda ilmiy yondoshilgan oziqlantirish texnologiyasi asosida oziqlantirib kelinmoqda. Xususan, buqachalarning turli oylik yoshi kesimida kunlik ozuqa sarfi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Buqachalarning turli oylik yoshi kesimida kunlik ozuqa sarfi

Oylik yoshi Sut, kg Konsentrat ozuqalar, kg Dag'al ozuqalar, kg Premiks, g Osh tuzi, g

1 6 0,2 0,25 14 10

2 6 0,5 0,4 18 20

3 4 1,0 0,8 30 30

4 2 2,5 1,0 50 50

5 - 4 2,5 75 70

6 - 5 4,0 100 80

Buqacha arni ozuqaga bo'lgan talabini aniqlashda A.P.Kalashnikov ma' umotlari hamc

NUTRIOPT dasturidan foydalanildi.

2-jadval. Tajribadagi buqachalarning o'sish dinamikasi (n=10)

Ko'rsatkichlar Tug'ilganda 3 oyligida 6 oyligida

X±Sx Cv, % X±Sx Cv, % X±Sx Cv, %

Yag'rin balandligi, sm 67,4±1,34 5,6 96,6±0,89 2,94 121,5±2,47 6,45

Ko'krak aylanasi, sm 65,02±2,3 4,28 105,6±1,43 4,3 148,0±5,36 10,6

Gavda qiya uzunligi, sm 56,7±1,85 2,35 92,6±1,47 5,02 123,4±3,84 9,84

Tirik vazni, kg 41,08±2,25 3,48 115,25±1,13 3,76 202,6±6,3 11,9

2-jadval ma'lumotlari shuni ko'rsatadiki, tug'ilgandan 3 oylikkacha bo'lgan davrdagi mutloq o'sish ko'rsatkichi o'rtacha 74,17 kg va kunlik o'sish 820 g.ni tashkil qilgan bo'lsa bu ko'rsatkichlar mos ravishda keyingi uch oylikda 87,35 kg va 970 g.ni tashkil qildi. Bundan ko'rinib turibdiki, buqachalar sutdan chiqqandan keyingi davrlarda tirik vazn ortishi yuqoriroq bo'lgan. Buqachalarning o'sishini baholashdagi muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lgan ko'krak aylanasi ko'rsatkichi 3 oylik yoshida tug'ilgandagiga nisbatan 1,6 martaga, 6 oylik yoshida esa 2,3 martaga yuqori bo'lgan.

Golshtin zotli qoramollar biologik jihatdan issiq iqlim sharoitiga ta'sirchanligi va mamlakatimizda yoz fasli issiq ob-havo bo'lishi inobatga olinib, molxonaga mikroiqlim ko'rsatkichlarini me'yor darajasida saqlash maqsadida havo ventinyatorlari va namlikni me'yorlashtirish uchun suv purkagichlar o'rnatilgan.

Tadqiqotlar so'ngida Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug'laridan tug'ilgan buqachalarning nasl va mahsuldorlik ko'rsatkichlari baholanib, eng yuqori baholangan buqalar tanlab olinadi hamda nasl olish uchun qoldiriladi. Hozirgi kunda Koreya buqasi urug'idan tug'ilgan urg'ochi buzoqlarning o'sishi va rivojlanishi institut mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Koreyadan urug'lar olib kelingan vaqtda, urug'ning sifati va seleksiyadagi samaradorlik ko'rsatkichlari ifodalangan kataloglari ham olib kelingan bo'lib, urug' katalogi ma'lumotlariga tayanib shuni aytish mumkinki, Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug'lar idan naslchilik ishlarida foydalanish natijasida tug'ilgan urg'ochi qoramollarning sut mahsuldorligi onalarinikiga nasbaian 936 kg.-gacha, sut tarkibidagi yog' 44 kg.-gacha va oqsil miqdori 24 kg.-gacha yuqori bo'ladi. Kelgusida Koreya seleksiyasiga mansub buqa urug'laridan olingan avlodlaridan yuqori mahsuldor podalar yaratish rejalashtirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Abdurashitov A.A. dissirtatsiya. O'zbekistonda rayonlashtirilgan qoramol zotlarini o'zaro chatishtirib go'sht mahsuldorligini oshirish. 1984 y.

2. Кахаров А.К. Эффективность. Использования пород крупного рогатого скота разного направления продуктивности и их помесей для производства говядины в условиях юга Узбекистана."Автореферат" диссертации на соискание ученой степени доктор сельскохозяйственных наук, Ташкент, 1994 г.

3. Калашников А.П., Фисинин В.И., Шеглов В.В., Клейменов Н.И. и др. Нормы и рационы кормления сельскохозяйственных животных, Справочное пособие, Москва, 2003 г.

4. Narbayeva M.K. "O'zbekistonninig janubiy huhudi sharoitida qora-ola, golishtin zotlari va ularni avlodlarining mahsuldorligi" Samarqand-2012 97-100-bet.

5. Nosirov U.N., O'zbekistonda qoramolchilikni rivojlantirish omillari. Toshkent SMI-ASIA-2011 y.

6. A.A.Nurmarov, B.D.Allashov, .... "Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology" IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. Feeding farm animals based on the new innovative total mixed ration (TMR) technology.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.