Научная статья на тему 'ТURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIGA EGA MONBELYARD ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH'

ТURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIGA EGA MONBELYARD ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
laktatsiyasi davomiлиги / monbelyard zoti / o‘xshashlik belgilari / eksterer tana tuzilishи / sut mahsuldorligi / Аlmashinuvchi energiya / oziqa birligi / quruq modda.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Erdanova Go’Zal Mirulug’Ovna, Ruziev Raxmonqul Istamovich

305 kunlik laktatsiya davomida sut-go‘sht, eksterer tana tuzilishga ega bo‘lgan sigirlarga o‘rtacha 4773,9 kg ozuqa birligi, 6150,04 kg EOB, 6054 kg quruq modda, hamda 694,6 kg hazmlanuvchi protein sarflangan bo‘lsa, tengqurlari go‘sht-sut eksterer tana tuzilishiga ega bo‘lgan sigirlarga nisbatan o‘rtacha ozuqa birligi bo‘yicha 145,6 kg-ga yoki 3,03 %-ga, EOB bo‘yicha 189,2 kg-ga yoki 3,08 %-ga, quruq modda bo‘yicha 195,8 kg-ga yoki 3,28 %-ga, hazmlanuvchi protein 24,4 kg-ga yoki 3,51%-ga ortiqcha bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ТURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIGA EGA MONBELYARD ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UOK: 636.633.46.2.28.

TURLI ISHLAB CHIQARISH TIPIGA EGA MONBELYARD ZOTLI SIGIRLARNI OZIQLANTIRISH

1Erdanova Go'zal Mirulug'ovna, 2Ruziev Raxmonqul Istamovich

1ToshDAU, 2Ilmiy rahbari https://doi.org/10.5281/zenodo.13857303 Annotatsiya. 305 kunlik laktatsiya davomida sut-go'sht, eksterer tana tuzilishga ega bo'lgan sigirlarga o'rtacha 4773,9 kg ozuqa birligi, 6150,04 kg EOB, 6054 kg quruq modda, hamda 694,6 kg hazmlanuvchi protein sarflangan bo'lsa, tengqurlari go 'sht-sut eksterer tana tuzilishiga ega bo'lgan sigirlarga nisbatan o'rtacha ozuqa birligi bo'yicha 145,6 kg-ga yoki 3,03 %-ga, EOB bo'yicha 189,2 kg-ga yoki 3,08 %-ga, quruq modda bo'yicha 195,8 kg-ga yoki 3,28 %-ga, hazmlanuvchi protein 24,4 kg-ga yoki 3,51%-ga ortiqcha bo'ldi.

Kalit so'zlar: laktatsiyasi davomimsu, monbelyard zoti, o'xshashlik belgilari, eksterer tana tuzilishu, sut mahsuldorligi, Almashinuvchi energiya,oziqa birligi, quruq modda.

Mavzusining dolzarbligi va zarurati O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksi qishloq xo'jaligi, shu jumladan, qoramolchilikni rivojlantirish, sut va go'sht mahsulotlari ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun imkoniyat yaratmoqda. Keyingi ikki yil mobaynida sut va go'sht ishlab chiqarish tegshlicha 9,6 % va 10,7 %-ga ko'paydi. 2021 yilda qoramollar sonini 13825 ming, sigirlarni 5065 ming bosh, sut ishlab chiqarishni 11882,5 ming, go'shtni 2433,5 ming tonnaga etkazish topshirig'i hamda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning oqilona rahbarligida tadbirkor chorvadorlarimiz va fidoyi olimlarimiz mehnati bilan chorachilikda katta ijobiy o'zgarishlar va ulkan zafarlarga erishishdir.

Chorvachilikni rivojlantirish va yangi marralarga erishish ko'proq chorvador - tadbirkorlar va bilimdon, ishbilarmon, fidoyi va tashabbuskor shogirdlarimizga bog'liq. Shu boisdan ularga har tomonlama ilmiy va amaliy yordam ko'rsatishimiz zarur. Sigirlarning sut mahsuldorlik darajasi, zotidan qat'iy nazar, ko'plab omillar qatorida kelib chiqishiga, ya'ni genotipiga bog'liq. Mahsuldorligi bo'yicha yuqori irsiy salohiyatga ega ajdodlardan olingan avlodlar odatda yuqori darajadagi mahsuldorlikni yuzaga chiqaradilar. Buni ko'plab olimlarning tadqiqotlarining natijalarini tahlil qilish natijasida shakllangan xulosalarida ham ko'rish mumkin.

[129-31; 2.39-43; 3.361-363; 4 №12.18-21] xulosalariga qaraganda, zotni takomillashtirishda sigirlarning genotipi muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsuldorligi bo'yicha yuqori irsiy imkoniyatlardagi ajdodlarga ega sigirlarning sut mahsuldorligida nasldor buqalar bo'lgan otalarining hissasi 41 % ni, onalarining hissasi esa 33 % ni tashkil etadi.

Tadqiqotlarning maqsadi O'zbekiston Respublikasi keskin o'zgaruvchan iqlim sharoitida monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarining tana tuzilishiga bog'liqlikdagi sut mahsuldorligi, sut sifati ko'rsatkichlarini ilmiy asosda o'rganishdan iborat.

Tadqiqotning obi'ekti bo'lib turli ishlab chiqarish tiplariga ega avlodlarini II,III laktatsiya davomida monbelyard zotli sigirlar hisoblanadi.

Tadqiqotning predmeti turli ishlab chiqarish tipidagi chetdan olib kyelingan monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarini, II va III laktatsiyadagi sut mahsuldorlik, eksterer, yelin, fiziologik, gematologik ko'rsatkichlari

Tadqiqotning HaTH^a^apn Evropa davlatlaridan keyingi yillarda respublikamizni turli xududlariga sut mahsuldorligi bo'yicha yuqori irsiy salohiyatga ega qoramol zotlarining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

g'o'najinlari olib kyelindi. Ular tuqqanidan keyin turli laktatsiya davrlarida yuqori sut mahsuldorligini namoyon etib, ulardan olingan avlodlaridan foydalanib sermahsul va mahalliy sharoitga moslashgan podalar yaratilmoqda. Ulardan qarindosh zotlarni takomillashtirishda foydalanish muhim o'rin egallaydi. SHunday zotlardan biri Fransiya davlatidan olib kyelingan sut tarkibida yuqori yog' va oqsil saqlovchi pishloq mahsuloti tayyorlashda juda maqul bo'lgan zot monbelyard zoti hisoblanadi. Ularning turli tana tuzilishiga ega avlodlarining mahsuldorlik, biologik va moslashish xususiyatlarini o'rganishga yo'naltirilgan ilmiy ishlar etarlicha emas.

Tajriba uchun o'xshashlik belgilari talablari asosida kelib chiqishi, yoshi, tirik vazni, onalarining sut mahsuldorligi va bizning sharoitimizda moslashish davomiyligini hisobga olgan holda 2 ta guruh Fransiyadan keltirilgan sigirlardan olingan monbelyard zotiga mansub avlodlari laktatsiyadagi sigirlar tanlab olindi. Tuqqanidan keyin berayotgan sut mahsuldorligini, tirik vaznini, fiziologik holatini hisobga olgan holda oziqlantirish me'yor va ratsion asosida tashkil etildi.

Biz turli tana tuzilishidagi sigirlarning laktatsiyasi davomida sarflangan ozuqalar miqdori va ularning to'yimliligini o'rgandik, uning natijalari 1-jadvalda keltiriladi.

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinishicha, 305 kunlik laktatsiya davomida sut-go'sht, eksterer tana tuzilishga ega bo'lgan sigirlarga o'rtacha 4773,9 kg ozuqa birligi, 6150,04 kg EOB, 6054 kg quruq modda, hamda 694,6 kg hazmlanuvchi protein sarflangan bo'lsa, tengqurlari go'sht-sut eksterer tana tuzilishiga ega bo'lgan sigirlarga nisbatan o'rtacha ozuqa birligi bo'yicha 145,6 kg-ga yoki 3,03 %-ga, EOB bo'yicha 189,2 kg-ga yoki 3,08 %-ga, quruq modda bo'yicha 195,8 kg-ga yoki 3,28 %-ga, hazmlanuvchi protein 24,4 kg-ga yoki 3,51%-ga ortiqcha bo'ldi. Ozuqa tarkibidagi etishmagan makro va mikro elementlar bir xil miqdorda har ikkala guruhga premiks hamda ozuqabop bo'r berish orqali qoplandi. Bu o'z navbatida sigirlarning laktatsiyasidagi sut mahsuldorligiga ham ta'sirini ko'rsatdi.

Tajribadagi berayotgan sut mahsuldorligini, tirik vaznini, fiziologik holatini hisobga olib oziqlantirish me'yor va ratsion asosida berish tashkil etildi 2-jadvalda tajriba guruhlaridagi sigirlarning laktatsiyasida sarflangan oziqalar miqdori keltirilgan.

Tadqiqotlarda sut-go'sht tipidagi sigirlar beda pichani 67 kg, makkajo'xori silosi 100 kg, beda senaji 250 kg, konsentrat ozuqalar sut mahsuldorligiga qarab berildi, omuxta em 19 kg, makkajo'xori maydalangan doni 18 kg, kungaboqar shroti 1 kg-ga tengqurlari go'sht-sut konstitutsiyasi tana tuzilishiga ega tipdagi sigirlardan tegishli tarzda ko'p ist'emol qildilar.

1-jadval

Tajriba guruhidagi har bir bosh sigirga II- laktatsiya davomida sarflangan ozuqalar,

kg

Ozuqalar Sut-go'sht tipi Go'sht-sut tipi

Beda pichani 777 710

Makkajo'xori silosi 7400 7300

Beda senaji 3550 3300

Omuxta em 551 532

Makkajo'xori doni maydalangani 518 500

Bug'doy kepagi 482 465

Kungaboqar shroti 551 532

Gidropon ozuqa 2706 2706

Ozuqabop bo'r 15,25 15,25

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

Premiks 15,25 15,25

Osh tuzi 15,25 15,25

Ozuqa birligi, kg 4960 4782,45

Almashinuvchi energiya Mj 6402,3 6156,1

Quruq modda 6312,5 6056,5

Hazmlanuvchi protein 723,0 693,33

Qand 211,4 201,71

Ca 65,8 62,83

P 37,33 36,31

Buning natijasida sut-go'sht tipidagi sigirlarni II- laktatsiya davrida iste'mol qilgan oziqalar tarkibida sut-go'sht eksterer tana tuzilishiga ega bo'lgan sigirlarga o'rtacha 4960 kg ozuqa birligi, 6402,3 kg EOB, 6312,5 kg quruq modda, hamda 723,0 kg hazmlanuvchi protein sarflangan bo'lsa tengqurlari go'sht-sut eksterer tana tuzilishiga ega bo'lgan sigirlarga nisbatan o'rtacha ozuqa birligi bo'yicha 177,5 kg-ga yoki 3,58 %-ga, 246Mj Almashinuvchi energiya 3,85 %-ga, quruq modda bo'yicha 256 kg-ga yoki 4,02 %-ga, hazmlanuvchi protein bo'yicha 29,7 kg-ga yoki 4,10 %-ga ko'p sarflangan. Ozuqa tarkibidagi etishmagan makro va mikro elementlar bir xil miqdorda har ikkala guruhga premiks hamda ozuqabop bo'r berish orqali qoplandi.

2-jadval

Tajriba guruhidagi har bir bosh sigirga III- laktatsiya davomida sarflangan ozuqalar,

kg

Ozuqalar Sut-go'sht tipi Go'sht-sut tipi

Beda pichani 720 710

Makkajo'xori silosi 7300 7200

BedaSenaj 3380 3300

Omuxta em 532 532

Makkajo'xori doni maydalangani 500 500

Bug'doy kepagi 465 465

Kungaboqar shroti 532 532

Gidropon ozuqa 2706 2706

Ozuqabop bo'r 18,5 18,5

Premiks 18,5 18,5

Osh tuzi 18,5 18,5

Ozuqa birligi,kg 4792 4560,7

Almashinuvchi energiya Mj 6168,9 5841,1

Quruq modda 6070,5 5755,8

Hazmlanuvchi protein 694,4 659,0

Qand 202,3 193,85

Ca 63,0 55,7

P 36,34 32,1

Tadqiqotlarda sut-go'sht tipidagi sigirlar beda pichani 10 kg-ga, makkajo'xori silosi 100 kg-ga, senaj 80 kg-ga, konsentrat oziqalar guruhlar o'rtasida farq bo'lmadi. Tajribadagi sut-go'sht tipidagi sigirlarni III laktatsiya davrida iste'mol qilgan oziqalar tarkibida sut-go'sht eksterer tana tuzilishga ega bo'lgan sigirlarga o'rtacha 4792 kg ozuqa birligi, 6168,9 kg eOB, 6070,5 kg quruq

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

modda, hamda 694,4 kg hazmlanuvchi protein sarflangan, qand miqdori 202,3 kg Ca - 63 kg, P -36,4 kg-ni tashkil qilib tengdoshlari go'sht-sut eksterer tana tuzilishga ega bo'lgan sigirlarga nisbatan o'rtacha ozuqa birligi bo'yicha 250 kg-ga yoki 5.19 %-ga, Almashinuvchi energiya Mj327,9 Mj yoki 4,49 %-ga, quruq modda bo'yicha 344,7 kg-ga yoki 5,65 %-ga, hazmlanuvchi protein bo'yicha 38,4 kg-ga yoki 5,51 %-ga ortiqcha bo'ldi. Ozuqa tarkibidagi etishmagan makro va mikro elementlar bir xil miqdorda har ikkala guruhga premiks hamda ozuqabop bo'r berish orqali qoplandi.

XULOSA. Shunday qilib, qoramollarni to'la qiymatli oziqlantirish ularning sut mahsuldorligiga va sutning sifatiga hamda hayvonlarning pushtdorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotlarimizda mahsuldorliliga va tana eksterer tuzilishlariga qarab Fransiya davlatidan olib kelingan monbelyard zotli sigirlardan olingan avlodlarining sut davrida bizning o'ziga xos iqlim sharoitimizga yaxshi darajada moslashish xususiyatlariga ega ekanligini ko'rsatadi hamda ulardan yuqori tabiiy chidamlilikka ega sog'lom avlodlar olish imkoniyatlarini mavjudligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Ashirov M.E., Sodiqov K. va boshqalar. Shvits zotli sigirlarning yangi oilalari. J. "Zooveterinariya", 2016,-№2 B.29-31.

2. Аширов М.Э. Научные основы и практические приемы совершенствования племенных и продуктивных качеств черно-пестрого скота в условиях жаркого климата. Автореф. дисс. док.с-х. наук. Ташкент, 1994, С.39-43.

3. Аширов М.Э., Соатов У.Р. Продуктивные особенности коров швитской породы разных типов в условиях жаркого климата. Материалы Международной научно-практической конференции. Грузия, 2014, С. 361-363.

4. Батраков Н.К., Тулисов А.П., Каменчук А.В., Корыпаев П.В. Рост и развитие голштинизированного скота,, эго помесей с австрийскими симменталами. Ж. «Зоотехния», -№12, 2007, С. 18-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.