Научная статья на тему 'FERMER XO‘JALIKLARIDA QUYONLARNI PARVARISHLASH'

FERMER XO‘JALIKLARIDA QUYONLARNI PARVARISHLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
quyon / Shenshila / Oq kulrang velikan / ozuqa / me’yor / ratsion / Yangi Zelland / jadal / seleksiya / nasl.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolmatov Anvarjon Xakimjonovich, Mamatov Faxriddin Kasimovich

Respublikamiz fermer xo‘jaliklarida quyonchilikni rivojlantirish muhim axamiyatga ega bo‘lib, aholini parxez quyon go‘shtiga bo‘lgan talabini qondirish va import qilingan Yangi zeland quyonlarni parvarishlash, oziqlantirishda maqbul me’yorlarni qo‘llab, jadal usulda boqish, qisqa muddatda sifatli quyon go‘shti ishlab chiqarish dolzarb hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FERMER XO‘JALIKLARIDA QUYONLARNI PARVARISHLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K: 636.92

FERMER XO'JALIKLARIDA QUYONLARNI PARVARISHLASH

1Xolmatov Anvarjon Xakimjonovich, 2Mamatov Faxriddin Kasimovich

1q.x.f.n., dotsent, ChPITI, 2dotsent, ToshDAU https://doi.org/10.5281/zenodo.13856373

Annotatsiya. Respublikamiz fermer xo'jaliklarida quyonchilikni rivojlantirish muhim axamiyatga ega bo'lib, aholini parxez quyon go'shtiga bo'lgan talabini qondirish va import qilingan Yangi zeland quyonlarni parvarishlash, oziqlantirishda maqbul me 'yorlarni qo'llab, jadal usulda boqish, qisqa muddatda sifatli quyon go'shti ishlab chiqarish dolzarb hisoblanadi.

Kalit so'zlar: quyon, Shenshila, Oq kulrang velikan, ozuqa, me 'yor, ratsion, Yangi Zelland, jadal, seleksiya, nasi.

Аннотация. Развитие кролиководства в фермерских хозяйствах нашей республики имеет важное значение для удовлетворения спроса населения на диетическое кроличье мясо. Оно также включает в себя разведение завезённых из Новой Зеландии кроликов, применение оптимальных норм кормления и интенсивных методов содержания, что позволяет в короткие сроки производить качественное кроличье мясо.

Ключевые слова: кролик, шиншилла, белый великан, корм, норма, рацион, Новая Зеландия, интенсивный, селекция, порода.

Abstract. The development of rabbit farming in the farms of our republic is of great importance for meeting the population's demand for dietary rabbit meat. It also includes the breeding of imported New Zealand rabbits, the use of optimal feeding standards, and intensive rearing methods to produce high-quality rabbit meat in a short period.

Keywords: rabbit, chinchilla, white giant, feed, standard, ration, New Zealand, intensive, selection, breed.

Kirish: O'zbekistonda chorvachilikni kichik tarmog'i bo'lgan quyonchilikni jadal usulda rivojlantirish, ko'paytirish va Respublikamiz iqlim sharoitiga mos quyon zotlarini tanlash, naslchilik va seleksiya ishlarini rejali ravishda olib borish muhim axamiyat kasb etadi.

Chetdan keltirilgan kuyonlarni zoogigienik talablariga rioya qilgan holda saqlash va asrashni yo'lga qo'yish, ularni belgilangan me'yorlar asosida ratsionlar bilan oziqlantirish va jadal usulda kuyonlarni parvarishlab, halqimiz dasturxoniga parxez kuyon go'shtlarini yetkazib berish chorvadorlar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda go'sht mahsuldorlik yo'nalishidagi quyon zotlari kulrang velikan, shenshella, oq velikan va boshqa zotlar foydalanilmoqda. Jadal rivojlanib borayotgan respublikamizning aholisini go'sht va go'sht mahsulotlari bilan ta'minlashda ayniqsa, parxez quyon go'shti bilan ishlab chiqarishda quyonchilikni rivojlantirish muxim va dolzarb hisoblanadi. Respublikamizda quyonchilikni rivojlantirish maqsadida, Amerika Qo'shma Shtatlarida yaratilgan Yangi zeland zotiga mansub sergo'sht go'sht yo'nalishidagi quyon zoti Italiya davlatidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi "Sirdaryo momiq quyonlari" fermer xo'jaligiga olib kelindi. Ushbu quyon zotining irsiy jihatdan sezilarli darajada yaxshilanishi, olib kelingan quyon zotini iqlim sharoitiga moslashuvchanligini oshirish, ozuqaga bo'lgan talabini o'rganish tadbirlari zotning mahsuldorlik, pushtdorlik va boshqa xususiyatlarini takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlikda quyonlarni saqlash, asrash, to'la qiymatli makro va mikro elementlarga hamda vitaminlarga boyitilgan ratsion asosida boqish bo'yicha ilmiy ishlar yo'lga qo'yildi. Bu esa o'z navbatida urchitilayotgan quyon zotini o'rganishda muhim axamiyat kasb etadi. Chetdan olib kelinib urchitilayotgan quyon zotining mahsuldorligi bo'yicha irsiy imkoniyatlarni to'la yuzaga chiqarishda "Yangi zelland" zotiga mansub tez yetiluvchan quyon zotini Respublikamizning boshqa xududlariga tarqatish, ko'paytirish va ulardan yuqori sifatli go'sht ishlab chiqarishni va aholini arzon parxez go'sht va ish bilan tak'minlashda katta omil bo'lib xizmat qiladi.

Quyonlarni vazn o'sishi asosiy biologik omillardan biri hisoblanib, bu ko'rsatkichni o'rganish zootexniya fanida muhim va asosiy hisoblanadi. Oziqlantirish strukturasidan va fiziologik xolatidan kelib chiqqan xolda nazorat guruxi quyonlariga, hamda tajriba guruxi quyonlariga oziqlantirish ratsioni ishlab chiqildi.

Tajribadagi quyonlarining oziqlantirsh ratsioning tarkibi quyonlarning tinch va bo'g'ozlik davrida beda pichani 40%, makkajo'xori va arpa donlari 20%, bug'doy doni 7%, soya shroti 10%, go'sht suyak uni 2%, premiks 1% ni tashkil qilgan holda, quyonlarning sut emizish davrida, hamda yosh o'suvchi quyonlar uchun beda pichani 25%, makkajo'xori doni 27%, arpa doni 25%, bug'doy doni 5%, soya shroti 13%, go'sht suyak uni 4%, premiks 1% ni tashkil etgan holda to'la qiymatli ratsion tuzildi va tajriba guruhidagi quyonlarni oziqlantirildi. Nazorat guruxidagi quyonlarni esa xo'jalikda qabul qilingan mavjud oziqalardan tuzilgan ratsion asosida, ya'ni quyonlarning tinch, bo'g'ozlik davrida beda pichani 50%, makkajo'xori, arpa doni 25% ni tashkil qilgan bo'lsa, sut emizish davrida va yosh quyonlarning o'sish davrida ham bir xil bo'ladi.

1-jadval

Tajriba guruxidagi quyonlarini ratsioni strukturasi, %

Davrlar

Ozuqa turlari Tinch Bo'g'ozlik Laktatsiya Yosh o'suvchi

Beda uni 40 40 25 25

Makkajo'xori doni 20 20 27 27

Arpa doni 20 20 25 25

Bug'doy doni 7 7 5 5

Soya shroti 10 10 13 13

Go'sht suyak uni 2 2 4 4

Premiks 1 1 1 1

Jami: 100 100 100 100

Nazorat guruxidagi quyonlarini ratsioni strukturasi, % 2-jadva

Davrlar

Ozuqa turlari Tinch Bo'g'ozlik Laktatsiya Yosh o'suvchi

Beda uni 50 50 50 50

Makkajo'xori doni 25 25 25 25

Arpa doni 25 25 25 25

Jami: 100 100 100 100

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 150 kunlik o'stirish davrida tajriba guruxi quyonlariga nazorat guruxiga nisbatan 2,28 kg kam granula shakldagi ozuqa sarflangan, quruq modda hisobiga 1,84 kg, kletchatka miqdori 1,37 kg to'g'ri kelgan. Xazmlanuvchi protein 0,78 kg va xom yog' 0,02 kg ortiqcha sarf qilgani kuzatilgan.

1 kg tirik vazn o'stirishga tajriba guruxidagi quyonlar 4,21 kg ozuqa birligi yoki nazorat guruxiga nisbatan 24,7% kam sarflangan.

Maqsad: Chetdan olib kelingan Yangi Zelland quyon zotlarini Respublikamiz iqlim sharoitga moslashtirish, ko'paytirish va sifatli quyon go'shti ishlab chiqarish.

Xulosa: Tajribalar shuni ko'rsatadiki, quyonlarni jadal to'la qiymatli ratsion asosida boqish, ularning pushtdorligining (ko'p bola berish xususiyati) va tez yetiluvchanligini oshirdi. Go'sht yo'nalishidagi quyonlarni bo'rdoqiga boqishda ularning jadal semirishi va yuqori sifatli parxez quyon go'shti ishlab chiqarishga asos bo'ladi. Shuningdek, ozuqa sarfini kamaytirishi va mahsulot tannarxi pasayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. A.X.Xolmatov "Quyonlarni oziqlantirsh" AGRO BIZNES INFORM iqtisodiy-ijtimoiy jurnal 2019 yil №05, 34-36 bet.

2. K.I.Xafizov, R.Ro'ziev "Quyonlarni pushtdorlik xususiyatlarini aniqlash va takomillashtirish", Chorvachilik va naslchilik jurnali 2021 yil №4, 16-17 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.