Научная статья на тему 'TURLI DUM SHAKLLARIGA EGA BO‘LGAN SOVLIQLARDAN OLINGAN BUXORO SUR QORAKO‘L QO‘ZILARINING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI'

TURLI DUM SHAKLLARIGA EGA BO‘LGAN SOVLIQLARDAN OLINGAN BUXORO SUR QORAKO‘L QO‘ZILARINING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
buxoro sur qorako‘l qo‘zilari / morfologik belgilari / tirik vazn / mutloq o‘sish / nisbiy o‘sish.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Alimova M.A, Aripov O‘. X

Maqolada morfologik belgilari bo‘yicha (dum shakli) turli juftlash variantlaridan olingan buxoro sur qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni, kunlik o‘sish, mutlaq o‘sish kabi ko‘rsatkichlarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI DUM SHAKLLARIGA EGA BO‘LGAN SOVLIQLARDAN OLINGAN BUXORO SUR QORAKO‘L QO‘ZILARINING TIRIK VAZN KO‘RSATKICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK: 636.32./38

TURLI DUM SHAKLLARIGA EGA BO'LGAN SOVLIQLARDAN OLINGAN BUXORO SUR QORAKO'L QO'ZILARINING TIRIK VAZN KO'RSATKICHLARI

1Alimova M.A, 2Aripov O'. X

1tayanch doktorant, 2ilmiy rahbar, q.x.f.d., professor. Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-

tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13847974

Annotatsiya. Maqolada morfologik belgilari bo'yicha (dum shakli) turli juftlash variantlaridan olingan buxoro sur qorako'l qo'zilarining tirik vazni, kunlik o'sish, mutlaq o'sish kabi ko'rsatkichlarni o'rganish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: buxoro sur qorako'l qo'zilari, morfologik belgilari, tirik vazn, mutloq o'sish, nisbiy o'sish.

Аннотация. В статье приведены результаты исследований по нзучению живой массы, среднесуточных и абсолютных привесов каракульских ягнят окраски бухарского сур бухарского породного типа родившихся от разных вариантов спаривания по морфологическим признакам (форме чвоста).

Ключевые слова: ягнята бухара сур караколь, морфологическая характеристика, живая масса, абсолютный прирост, относительный прирост.

Abstract. The article presents the results of studies on the study of live weight, average daily and absolute weight gain of Karakul lambs of the Bukhara Sur color of the Bukhara breed type born from different mating options based on morphological characteristics (tail shape).

Keywords: Bukhara sur Karakol lambs, morphological characteristics, live weight, absolute gain, relative gain.

Kirish. Qorako'lchilik sohasi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o'z ahamiyatiga ega soha hisoblanib, keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan qorako'lchilikni rivojlantirish borasida ko'plab farmon va qarorlar chiqarildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi "Qorako'lchilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4420-sonli qarori, 2019-yil 23-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni hamda 2020-yil 2-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida Pillachilik va qorako'lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6059-sonli Farmonlarini ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda qishloq xo'jaligi va qorako'lchilik sohalarida tub o'zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Buxoro suri qorako'l qo'ylari ranglari ichida eng jozibali ranglardan biridir. Bu borada juda ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilganligiga qaramay, hali ham qorako'l qo'ylarining o'rganilmagan jihatlari, yechilmagan muammolari mavjud. Qorako'l qo'ylarining imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish, mahsuldorligini oshirish maqsadida yangi yondoshuvlarni yaratish ushbu soha rivoji uchun juda muhim.

Qorako'l qo'zilarining tug'ilgandagi tirik vazni ularning keyingi rivojlanishi, yashovchanligi va tashqi muhit ta'siriga moslashuvchanligining muhim omilidir. Bundan tashqari ko'zilarning tug'ilgandagi tirik vazniga qorako'l terming sathi va o'lchamlari ham bog'liq bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

[2] yozishicha, hayvonlar organizmining rivojlanishi bilan ularning yoshi va tirik og'irligi o'rtasida ma'lum darajada bog'liqlik borligi, ayniqsa rivojlanish va tirik og'irlikning o'zgarishi o'rtasida juda yaqin o'zaro bog'liqlik borligini ta'kidlaydi.

[3] yangi ekologik sharoitda qoraqalpoq sur qo'zilarining ayrim o'sish va rivojlanish xususiyatlarini qora rangli tengdoshlari xususiyatlari bilan qiyoslab o'rgangan.

Qoraqalpoq sur qo'ylari avvalo yangi urchitish sharoitida tirik vazn ko'rsatkichlari bo'yicha shu sharoitda urchitilayotgan qora rangli qo'ylar avlodlari ko'rsatkichlaridan sezilarli darajada farqlanmasligi, ushbu sharoitda rang guruhlari bo'yicha tirik vazn tug'ilgan paytda 4,52+0,03 va 4,6 kilogrammni tashkil etsa, kelgusi yosh davrlarida deyarli bir xil dinamika kuzatilgan.

[1] ta'kidlashicha, qo'zilar skeletining eng jadal o'sishi tug'ilganidan 2,5 oylik yoshigacha kuzatiladi, keyin 5 oygacha bunday o'sish pasayadi. Yosh kattarishi bilan skeletning nisbiy vazni sezilarli darajada kamayadi.

Hayvonlar go'shtdorligining shakllanish xususiyatlarini o'rganishda, skelet muskulaturasini o'rganish juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, u gavdaning solishtirma og'irligining katta qismini egallaydi va asosan go'shtning biologik (to'yimlilik) qiymatini belgilaydi [2].

Material va metodlar. Tadqiqotlar Samarqand viloyati, Nurobod tumanida joylashgan "Olg'a" qorako'lchilik mas'uliyati cheklangan jamiyatida olib borildi.

Qorako'l qo'ylarining morfologiyasini o'rganish, taqqoslash va tadbiq etish orqali uning mahsuldorlik imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish maqsadida tadqiqotlar olib borildi. Asosiy e'tibor qorako'l qo'ylarining dum shakliga qaratildi. Bunda qo'ylarning uchta guruhi, ya'ni kalta dumli S-simon, o'rta dumli S-simon va ingichka uzun dumli buxoro sur qorako'l qo'ylari ajratib olindi. Barcha sovliqlar oktyabr oyida buxoro suriga mansub qo'chqorlar bilan sun'iy urug'lantirish usulida urug'lantirildi. Ulardan olingan avlodlar alohida uch guruhga ajratilib, turli ko'rsatkichlari bo'yicha taqqoslab o'rganildi.

Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar davomida turli dum shakllariga mansub qo'zilar tirik vaznining tug'ilgandan onasidan ajratish davrigacha (4,5 oylik) mutlaq, nisbiy va sutkalik o'sish ko'rsatkichlarini o'rganish yo'nalishida izlanishlar olib borildiki, bu izlanishlar har xil dum shakllarning tirik vazn dinamikasi bo'yicha individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi [4]. Tadqiqotlarda kuzatilgan natijalar 1-jadval keltirilgan.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tirik vazning mutlaq o'sishi o'rta dumli s-simon guruhidagi sovliqlardan olingan avlodlarda tug'ilgandan 4,5 oylik yosh davrigacha 21,2 kilogrammni, ingichka uzun dumli sovliqlardan olingan avlodlarda esa eng past 20,5 kilogrammni, nisbiy o'sishi esa 4,5 oylikda tug'ilgandagiga nisbatan mutanosib ravishda o'rta dumli s-simon guruhidagi sovliqlardan olingan avlodlarda 630,0 foizni, Kalta dumli s- simonda esa 628,2 foizni, ingichka uzun dumli sovliqlardan olingan avlodlarda 626,6 foizni tashkil etgani aniqlandi. Bunda har uchchala guruhlar bo'yicha nisbiy o'sishning eng yuqori ko'rsatkichini ko'rsatgan. Sutkalik o'sishning eng yuqori ko'rsatkichlari esa o'rta dumli s-simon guruhidagi sovliqlardan olingan avlodlarda (157,0 gramm) qayd etildi. Xulosa qilish mumkinki, o'rganilgan ko'rsatkichlar farqining turli dum shakllariga ega sovliqlardan olingan qo'zilarda deyarli bir xilligini ko'rsatadi.

Yuqorida qayd etilganidek, tirik vazn o'sish va rivojlanishning asosiy ko'rsatkichlaridan hisoblanadi. Uning maksimal va optimal ko'rsatkichlari qo'ylarning mahsuldorligi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

hayotchanligining yuqori bo'lishini ta'minlashi bilan bir qatorda ulardan olinadigan avlodlarda ham shu ko'rsatkichlarning shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

1-jadval.

Qo'zilar tirik vaznining mutlaq, nisbiy va sutkalik o'sishi

Qo'ylar Olingan avlodlar Tirik vazn o'sishi, kg Sutkalik o'sish

Dum shakli Soni n Tug'ilgand agi tirik vazn 4,5 oylikdagi tirik vazn Mutlaq o'sish, % Nisbiy o'sish, % Mutlaq o'sish Sutkalik o'sish,g

O'rta dumli s-simon 50 49 4,0±0,07 25,2±0,6 2 21,2 630,0 21,2 157,0

Kalta dumli s-simon 50 48 3,9±0,07 24,5±0,4 5 20,6 628,2 20,6 152,5

Ingichka uzun dumli 50 47 3,9±0,09 24,4±0,7 0 20,5 626,6 20,5 151,8

Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uchchala guruh qo'zilari ham tirik vazn, mutlaq o'sish, nisbiy o'sish va kunlik o'sish ko'rsatkichlari bo'yicha ayni paytda zotga xos bo'lgan qimmatli xususiyatlarni o'zida mujassamlashtira olgan. Shu bilan bir qatorda o'rta dumli s-simon sovliqlardan olingan avlodlar qolgan ikkala guruh avlodlaridan ma'lum darajada ustunlikka erishganki, seleksiya ishlari davomida ushbu holatni inobatga olish ahamiyatlidir.

REFERENCES

1. Боголюбский С.Н. Матеиалы к построению теории смушкообразования. Тр. ВНИИК, Т. Х, Изд. «Наука» УзССР, Ташкент, 1966, с. 34-87

2. Д. Ю. Абдузоирова. Взаимосвязь молочности маток с живой массой потомства овец нуратинского заводского типа. Economy and Innovation ISSN: 2545-0573. Volume: 30 | 2022.ст.64-65.

3. Каримов Б. ^овургасимон типли коракул куйларининг мах,сулдорлик имкониятларини фойдаланиш. //Чул-яйлов чорвачилиги генофондидан экологик жихдтдан мутаносиб фойдаланиш муаммолари. Республика илмий-амалий конференциясининг материаллари. Самарканд. 2010. 20 август. 64-67 бетлар. 84

4. Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. -256 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.