INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
QO'YCHILIKNI RIVOJLANTIRISDA SELEKSIYA VA NASLCHILIK ISHLARI BO'YICHA ERISHILGAN YUTUQLARDAN FOYDALANISH
Turdiqulov Toirqul
dotsent, GulDU https://doi.org/10.5281/zenodo.13856290
Annotatsiya. Ushbu maqolada qo'ychilikni rivojlantirishda seleksiya va naslchilik ishlari bo'yicha to'plangan tajribalar, erishilgan yutuqlar, chorvachilik amaliyotiga joriy etishdagi muammolar va ularning echimi to'g'risida so 'z yuritiladi.
Ma'lumki, hisor qo'ylari respublikamiz va qo'shni Tojikiston Respublikasi hududida mahalliy chorvadorlar tomonidan asrlar davomida maqsadgayo'naltirilgan tanlash va saralash ishlari natijasida yaratilgan bo'lib, o'zining yirikligi, konstitutsiyasining mustahkamligi, tashqi muhit sharoitiga chidamliligi bilan mashhur. Ularning bunday qimmatli irsiy belgi va xususiyatlarini saqlab qolish va boshqa zotlarga singdirish maqsadida olim va mutaxassislar tomonidan ko'plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Shuningdek, hisor qo'ylarini sof holda urchitishda genotipik xilma-xilligini saqlab qolish va zotni takomillashtirish maqsadida naslchilik zavodi va xo'jaliklarida zavod tipi va tizimlari yaratilgan. Ulardan chorvachilik amaliyotida unumli va oqilona foydalangan holda, respublikamizning fermer xo'jaliklaridagi hisor qo'ylarini, hamda go'sht-yog' yo'nalishidagi boshqa zotlarning mahsuldorligini oshirishda foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etilgan.
Kalit so'zlar: genotipik xilma-xillik, go'sht-yog' yo'nalishi, dumba, duragay avlodlar, tizim, hisor qo'ylari, saraja zoti, xalq seleksiyasi.
Аннотация. В данной статье рассказывается о накопленном опыте, достижениях по селекционной и племенной работе в развитии овцеводства, проблемах внедрении в практике животноводства и их решений.
Известно, что гиссарские овцы на протяжении многих веков создавались местными животноводами на территории нашей республики и соседней Республики Таджикистан в результате целенаправленного отбора и подбора. Они ценится из-за крупностью живой массы, крепкостью конституции и выносливостью к условиям внешней среды. Чтобы сохранить столь ценные генетические особенности и поглащении этих признаков к другим породам, ученые и специалисты провели ряд научно-исследовательских работ. Также в племенных заводах и хозяйствах созданы заводской тип и специализированые линии гиссарской породы, с целью сохранения генотипического разнообразия и совершенствования в чистпородном разведении. Отмечено, что целесообразно, умело и рационально использовать их в фермерских хозяйствах по разведению гиссарской породы, а также для повышения продуктивности других мясо-сальных пород овец.
Ключевые слова: генотипическое разнообразие, мясо-сальное направление, курдюк, помеси, линии, гиссарские овцы, сараджинская порода, народная селекция.
Abstract. This article describes the accumulated experience, achievements in selection and breeding work in the development of sheep breeding, problems of implementation in livestock practice and their solutions. It is known that Gissar sheep have been created for many centuries by local livestock breeders on the territory of our republic and the neighboring Republic of Tajikistan as a result of targeted selection and selection. They are valued for their large live weight, strong constitution and endurance to environmental conditions. In order to preserve such
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
valuable genetic features and the absorption of these traits to other breeds, scientists and specialists have conducted a number of research works. Also, in breeding plants and farms, a factory type and specialized lines of the Gissar breed have been created in order to preserve genotypic diversity and improve purebred breeding. It is noted that it is advisable to skillfully and rationally use them in farms for breeding the Gissar breed, as well as to increase the productivity of other meat and fat breeds of sheep.
Keywords: genotypic diversity, meat-fat direction, fat tail, crossbreeds, lines, Hissar sheep, Sarajin breed, folk selection.
Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishning muhim omillaridan biri qishloq cho'jalik hayvonlari va parrandalar mahsuldorligini oshirish hisoblanadi. Unga erishish uchun chorvachilikda seleksiya-naslchilik ishlarini jadallashtirish, yangi, sermahsul zot va tizimlarni yaratish, mavjud zotlarni takomillashtirish, duragaylash va sanoat asosida chatishtirish ishlarini keng miqyosda olib borish zarur. Shuningdek, fan yangiliklari, yangi texnika va texnologiyalardan, ilg'or xo'jaliklar tajribasidan hamda respublikamizda mavjud tabiiy resurslardan unumli va oqilona foydalanish sohani rivojlantirishning muhim omilidir. Bu borada respublikamizning janubiy - Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan hisor zotiga mansub go'sht-yog' yo'nalishidagi qo'ylarning irsiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hisor qo'ylari go'sht-yog' yo'nalishiga mansub dunyodagi eng yirik zot hisoblanadi. Mazkur zot asrlar davomida maqsadga yo'naltirilgan xalq seleksiyasi usullari yordamida yaratilgan. V.X.Karmishevaning ta'kidlashicha hisor qo'ylari uzoq yillar davomida yaratilgan bo'lib, uning shakllanishiga har xil mahalliy xalqlar - qadimgi eroniy zabon qabilalari, turklar, qarliqlar, barloslar kabi o'zbek qabilalarining ko'plab avlod-ajdodlari ishtirok etgan [3 ].
Hisor qo'ylari yil davomida tabiiy yaylov o'tlaridan unumli foydalana olishligi, baquvvat va mustahkam tuyoqlari yordamida cho'l va dasht mintaqalaridagi quruq va siyrak o't qoplamli qishki yaylovdan uzoq masofada joylashgan, serhosil, botanik tarkibi boy va to'yimliligi yuqori bo'lgan baland tog'li yozgi yaylovlarga yetib bora olishligi hamda u erda qisqa muddatda (2,5-3 oy) tez semirib, tana va dumbalariga ko'p miqdorda yog' zaxiralarini to'plash xususiyatiga ega.
Hisor qo'ylarining bunday afzallik tomonlariga e'tiborini qaratgan tadqiqotchi-olimlar va soha mutaxassislari mazkur zotning qimmatli irsiy xususiyatlarini boshqa zotlarga singdirish va qo'y zotlari orasida biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida ko'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Jumladan, Surxandaryo viloyatining Uzun tumanida S.G.Davidov tomonidan hisor sovliqlarini yarimmayin junli linkoln qo'chqorlari bilan chatishtirish natijasida birinchi avlod duragaylari olinib, ularning jun mahsuldorligi sof zotli hisor qo'zilarinikiga nisbatan ikki baravarga ko'paydi [7 ].
Shuningdek, Tojikistonda B.N.Vasin tomonidan "Hisor" naslchilik zavodida sof zotli hisor sovliqlarini Angliyadan keltirilgan linkoln va romni-marsh qo'chqorlari bilan chatishtirib nasl olindi, duragay qo'zilar yashovchanlik qobiliyati jihatidan mahalliy hisor tengdoshlaridan qolishmasdi. Birinchi avlod duragaylari tashqi tuzilishiga ko'ra ko'proq angliya qo'ylariga o'xshash bo'lib, dumba o'rniga seryog' quyruq shakllangan edi. Jussasi kichikroq va tirik vazni biroz engil bo'lsada, ulardan hisor tengdoshlariga nisbatan qariyb to'rt baravar ko'p jun qirqib olindi.
Keyinchalik G.Aliev boshchiligida hisor sovliqlarini Turkmanistondan keltirilgan saraja qo'chqorlari bilan chatishtirish asosida go'sht-yog'-jun yo'nalishidagi yangi zot yaratish bo'yicha
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
tadqiqot ishlari boshlab yuborildi. Yangi zotning yaratilishida professor B.N.Vasin tajribalarida olingan linkoln x hisor duragay sovliqlaridan hamda saraja x hisor qo'chqorlaridan ham foydalanildi. Olib borilgan murakkab chatishtirish ishlari natijasi sifatida yaratilgan yangi zot, o'zida hisor qo'ylariga xos bo'lgan yiriklik va tez yetiluvchanlik irsiy belgilarini hamda saraja zotiga xos bo'lgan gilambop tipidagi yarimdag'al junni mujassamlashtirdi [ 1 ].
I.A.Tapilskiy go'sht-jun yo'nalishidagi ohangaron tipli mayinjunli qo'ylarni yaratishda hisorlashtirilgan jaydari sovliqlardan foydalandi [ 5 ].
O'zbekiston chorvachiligida qo'ychilik tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini oshirish, jun sifatini yaxshilash maqsadida H.Olimjonov tomonidan hisor sovliqlarini Qozog'istonda yaratilgan yarimmayin junli degres qo'chqorlari bilan chatishtirib, ijobiy natijalarga erishdi: birinchi bo'g'in duragaylarining jun mahsuldorligi ikki baravarga ko'payib, hisor qo'ylariga xos bo'lgan yuqori sifatli go'sht-yog' mahsuloti saqlab qolindi.
Qayd etish joizki, zotlararo chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarning go'sht va jun mahsuldorligi birmuncha oshgan bo'lsada, sof zotli hisor qo'ylariga nisbatan tirik vazni sezilarli darajada pasayib ketdi. Demak, hisor qo'ylarining yirikligini, mustahkam konstitutsiyasini, qimmatli go'sht mahsuldorligini va tezyetiluvchanlik xususiystlarini saqlab qolish uchun, ularni faqatgina sof holda urchitish zarur bo'ladi. Lekin, uzoq yillar davomida sof zotli urchitish hayvonlar genotipida gomozigotalik darajasini, yani organizmning genetik jihatdan bir xilligini oshiradi, chunki bunda bir xil belgi va xossaga ega bo'lgan genlar to'plami o'zaro birlashadi. Xususan, hayvonlarni sof holda urchitishda saralash rejasiga amal qilmaslik, birlamchi naslchilik hisobotlarini yuritmaslik, identifikatsiyalash ishlarini o'z holiga tashlab qo'yish, naslchilik xo'jaliklarida pala-partish inbridingni qovllash gomozigotalik darajasining ortib borishini tezlashtiradi. Oqibatda, bunday suruvlarda inbriding depressiyasi yuz berib, olingan qo'zilarning yashovchanligi, har xil kasalliklarga va tashqi muhit sharoitiga chidamliligi pasayadi, ba'zan mayib va majruh nasl olish holatlari ham kuzatiladi. Bunday salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida, seleksiyachi olimlar va soha mutaxassislari tomonidan O'zbekiston va Tojikiston Pespublikalarining hisor zotiga mansub naslchilik xo'jaligi va zavodlarida parvarish qilinayotgan sermahsul nasldor qo'chqorlarning zavod tipi va tizimlari yaratilgan. Ular hisor qo'ylari va barcha dumbali qo'y zotlarining mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatini yaxshilash uchun foydalanilmoqda. Jumladan, Surxandaryo viloyatining Sariosiyo tumani fermer xo'jaliklarida yaratilgan "Keng-guzar" (KG), va "Xush-bahor" (XB) zavod tizimlari,Tojikiston Respublikasining "Hisor" naslchilik zavodida "Parxor"zavod tipi va I, II, III tizimlari yaratilgan.
"Keng-guzar" (KG), va "Xush-bahor" (XB) zavod tizimiga mansub hisor qo'ylarining vazni, go'sht va yog' mahsuldorligi zot andozasiga nisbatan ancha yuqori. Shu bilan birga, ayrim seleksiya belgilari va xususiyatlari jihatidan o'zaro farq qiladi. Jumladan, KG tizimiga mansub qo'ylar to'yimliligi yuqori bo'lgan, serkaloriyali dumba yog'ini o'z tanasiga ko'p to'plash qobiliyatiga ega bo'lsa, XB tizimidagi chorva mollari sergo'shtlik va go'shtining kaloriyaliligi bilan farqlanadi [ 4 ].
Hisor zotining strukturaviy birligi hisoblangan "Parxor" zavod tipi va uning negizida yaratilgan I, II, III tizimlariga mansub qo'ylarning o'sish sur'atlari KG va XB tizimdagi tengdoshlariga nisbatan birmuncha jadalroq bo'lib, o'sish davrining dastlabki 5-6 oyligida tana massasi 7,4 %, 18 oyligida - 33 % va 30 oyligida 36 % gacha ogir bo'lgan. Shuningdek, I, II va III tizimdagi qo'ylar o'sish sur'atlari va tanasining og'irligi bo'yicha o'zaro farqlanish xususiyatiga ega [ 6 ],
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_
Olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra, XB tizimiga mansub 10 va 18 oylikdagi dagarlarning hamda katta yoshdagi qo'ylarning so'yim chiqimi, dumba yog'isiz go'sht nimtalarining vazni birmuncha yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan.
KG tizimiga mansub qo'ylarda, kuzatuv olib borilgan barcha yoshda (5, 10, 18 va 30 oylik) dumba yog'i chiqishining yuqoriligi kuzatilgan. Lahm go'sht chiqishi bo'yicha XB tizimiga mansub qo'ylar birmuncha yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lib, sof lahm go'shtining ulushi dumba yog'i bilan birga 81,3 %, dumba yog'isiz -67,6 % ni tashkil qilgan. KG tizimiga mansub dagarlarning dumba yog'i, umumiy go'sht hajmining 20-22 % ni tashkil qilgan.
Hisor qo'ylarining "Parxor" zavod tipi negizida yaratilgan №2 6526 (I) tizimi zotning asosiy tizimlardan hisoblanib, unga xos bo'lgan genotipik belgilarning xususiyatlari shundan iboratki, ularning go'sht, yog' va jun mahsuldorligi va sifati zot doirasida optimal nisbatda yuzaga chiqqan. Gavdasi yirik va hajmdor, katta va normal shakldagi dumbasi bilan uyg'unlashgan holatda; suyaklari baquvvat va mustahkam, oyoqlari uzun, ko'kragi keng va chuqur. Jun mahsuldorligi va uning sifati, zot doirasida, qoniqarli darajada.
Erkak qo'zilarini 7-8 oylik yoshida jadal sur'atda bo'rdoqiga boqilish sifati o'rganilganda absolyut, sutkalik va nisbiy o'sish sur'atlari bo'yicha boshqa tizimdagi tengdoshlariga nisbatan eng yuqori ko'rsatkichlarga erishilgan. Har bir kilogramm o'sishi uchun, tengdoshlariga nisbatan 1,2-11,8 % kam oziqa sarflagan.
Mazkur tizim vakillarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri, ularning tashqi muhit sharoitlariga chidamliligi va yashovchanlik qobiliyatining yuqori darajada ekanligidir. O'tkazilgan tajribalar natijasida, tug'ilgandan bir yarim yoshgacha bo'lgan davr mobaynida, I tizim vakillarida boshqa tizimdagi tengdoshlariga nisbatan yosh mollarning chiqimi 2,4 % kam bo'lganligi aniqlangan.
№ 192-2 (II) tizimga mansub hisor qo'ylari dastlabki o'sish davrlarida, xususan tug'ilganidan keyin onasidan ajratish vaqtigacha (4,5-5 oylik) bo'lgan muddat oralig'ida sutkalik va nisbiy o'sish sur'ati bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga egaligi bilan xarakterlanadi. Mazkur tizim vakillarining bunday xususiyatlari, ularning tez yetiluvchanlik va o'sish sur'atlarining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
II tizim vakillarining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri, ularning 1 kg lahm go'shti va dumba yog'i etishtirish uchun eng kam miqdorda oziqa sarflashidir. Yosh mollarni intensiv tarzda bo'rdoqiga boqish bo'yicha olib borilgan tajriba natijalariga ko'ra, mazkur tizim vakillari har bir kilogramm go'sht va dumba yog'i etishtirish uchun, boshqa tizimdagi tengdoshlariga nisbatan 10,8 % oziqa birligi va 12,8 % hazmlanuvchi protein kam sarflagan [ 6 ].
Chorvachilikda muhim seleksiya belgilaridan biri - bu egiz qo'zilar tug'ilishini ko'paytirishdir. Sovliqlarning egiz qo'zilashi, ularni yaxshi boqish va parvarishlash bilan birga, yana irsiy omillarga ham bog'liqdir. Shularni e'tiborga olgan holda, olib borilgan ko'p yillik tanlash va saralash ishlari tufayli hisor qo'ylarida nisbatan serpusht (ko'p nasl beruvchi) tizim yaratildi. Egiz qo'zilash irssiy belgisi № 648-3 (III) tizimga xos bo'lib, ularning har 100 bosh sovliqlaridan 112-117 tagacha sog'lom qo'zi olish mumkin. Bu ko'rsatkich boshqa tizimdagilarga nisbatan 4-11 % ga ko'pdir.
Yuqoridagilardan tegishli xulosa chiqargan holda qayd etish joizki, Surxandaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yaratilgan "Keng-guzar" va "Xush-bahor", Tojikiston Respublikasining "Hisor" naslchilik zavodidagi № 6526, № 192-2 va № 648-3 tizimlari o'zlariga xos genotipik xilma-xillikka ega. Ulardan seleksiya ishlarida unumli va oqilona foydalanilsa, hisor
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024
qo'ylarini sof holda urchitish yo'li bilan ham genotipik jihatidan xilma-xilligini saqlash, zotning esa, mahsuldorlik hamda nasldorlik sifatini takomillashtirib borishga erishish mumkin.
REFERENCES
1. Алиев Г.А. Таджикская мясо-сально-шерстная порода овец. - Душанбе: Ирфон, 1967. С. 318-320.
2. Алимджанов Х. Продуктивные качества помесей, полученных от скрещивания гиссарских овец с дегресскими баранами. Автореф.дисс.канд.с.-х. наук. - Ташкент, 1965. - 23 с.
3. Кармишева Б.Х. К истории происхождения гиссарской овцы. - Доклады АН Таджикской ССР, 1953, вып.7, С. 45-50.
4. Сизов А.А. Продуктивность и биологические особенности специализированных линий овец гиссарской породы. Автореф. дис.канд.с.-х.наук. - Ташкент. 1982. - 20 с.
5. Тапильский И.А. Мясо-шерстные овцы Узбекистана. - Ташкент, Фан, 1974. С. 164-167.
6. Turdiqulov T. Hisor qo'ylaridan go'sht yetishtirishni ko'paytirishda foydalanish istiqbollari. //Современные проблемы биологических исследований. Сборник научных статей. Карши, 2021. С. 147-150.
7. Фарсыханов С.И. Гиссарская порода овец. Душанбе, Ирфон. 1981, - 240 с.