Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA PARRANDACHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONDA PARRANDACHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
124
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
parrandachilik / parrandachilik istiqbollari / go‘sht-tuhum yo‘nalishi / broyler / tovuq / o‘rdak / g’oz / tuhum / poultry / Poultry prospects / meat-egg direction / broiler / chicken / duck / goose / egg

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Temirova M.B.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda parrandachilikni yanada rivojlantirish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF POULTRY FARMING IN UZBEKISTAN

This article covers the issues of further development of poultry farming in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA PARRANDACHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI»

УДК: 591.531.44

Temirova M.B.

Biologiya fani o'qituvchisi O'zbekiston, Andijon shahar 20-maktab

O'ZBEKISTONDA PARRANDACHILIKNI RIVOJLANTIRISH

ISTIQBOLLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda parrandachilikni yanada rivojlantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: parrandachilik, parrandachilik istiqbollari, go'sht-tuhum yo'nalishi, broyler, tovuq, o'rdak, g'oz, tuhum.

Temirova M.B.

20th school biology teacher Uzbekistan, Andijan city

PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF POULTRY FARMING IN

UZBEKISTAN

Abstract. This article covers the issues offurther development of poultry farming in Uzbekistan.

Key words: poultry, Poultry prospects, meat-egg direction, broiler, chicken, duck, goose, egg.

Parrandachilik - chorvalichikning go'sht va tuhum yetishtiruvchi muhim tarmog'i hisoblanadi. Shunigdek, qo'shimcha mahsuloti - parranda pati va paridir. Parrandalarni so'yish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem ishlab chiqariladi. Parranda go'ngi- qimmatli organik o'g'it hisoblanib bundan 4 ming yil avval Hindistonda dastlab tovuqlar xonakilashtirilgan va keyinchalik parrandalarning boshqa turlari ham xonakilashtirila boshlagan.

O'zbekistonda 1920-yillarning oxiriga qadar parranda, asosan jaydari kammahsul tovuq zotlari faqat xonadonlarda boqilgan. Respublikada parrandachilikning qishloq xo'jaligi tarmog'i tarzida rivojlanishi o'tgan asrning 20-yillariga to'g'ri keladi. Bu soha hozirgi kunga kelib chorvachilikdagi asosiy yo'nalishlardan biriga aylandi. Buning sababi, parranda boqish katta xarajat va mehnat talab qilmaydi. Shuningdek, saqlash inshaotlari juda oddiy.

Mamlakatimizda bugungi kunda parrandachilika katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2021 yil 14 iyunda "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Ushbu qarordan ko'zlangan maqsad Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini

yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yo'nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

O'tgan yillar mobaynida mazkur tarmoqda katta ishlar amalga oshirildi va parrandalar soni ham ortib bordi. Bugungi kunda mamlakatimizda boqilayotgan parrandalar soni 10536,7 mingtaga yetdi (01.01.2023 holatiga). Mavjud parrandalarning 50 foizi dexqon xo'jaliklarida, 33 foizi qishloq xo'jaligini amalga oshiruvchi tashkilotlar va 17 foizi fermer xo'jaliklarida boqilmoqda.

Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan ta'minlash bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Parrandachilikni yanada jadal rivojlantirish, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish va tayyor parrandachilik mahsulotlari eksportini kengaytirishga quyidagi masalalarga alohida ahamiyat berish lozim:

S parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash darajasi past, tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yarim tayyor mahsulotlar ulushi kamaytirish va tayyor mahsulotlar hajmini oshirish, shuningdek parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash tizimi yo'lga qo'yish;

S parrandachilik sohasida, asosan, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolmaslik, boshqa parranda turlari (kurka, bedana, g'oz, o'rdak, tuyaqush, kaklik va boshqalar) yetishtirishni yanada ommalashtirish;

S parranda kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha zamonaviy biolaboratoriyalar tashkil etish, parrandalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish;

S sohada malakali kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, ularni ishlab chiqarishning zamonaviy uslublariga o'qitish, soha mutaxassislarida innovatsion yondashuvlar hamda ko'nikmalar shakllantirish, ishlab chiqarishda yuqori sifatga erishish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ishlariga ahamiyat berish;

S parranda ozuqa bazasini yaratish, import o'rnini bosuvchi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari talab darajasida yo'lga qo'yish;

S parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish, shu orqali eksport hajmini keskin oshirishga erishish;

S parrandachilikga to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni kiritish. Bu borada yetakchi xorijiy hamkorlar bilan yaqin aloqalar yo'lga qo'yish.

Parrandalar seleksiya manbai bo'lib hizmat qiladi. Parrandalarning mahsuldorligini oshirishda naslchilik ishlarini ahamiyati juda katta. Parrandachilik yo'nalishi bo'yicha O'zbekistonda naslchilik ishlari rivojlanib bormoqda. Naslli parrandalar bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklar naslchilik ishlarini yuritadi. Bunda yuqori darajadagi naslchilik xizmatini tashkil qilish talab qilishadi. Shuning uchun "Naslchilik" haqida qonun qabul qilingan va uning ahamiyati muximdir. Naslchilik va oddiy parrandachilik xo'jaliklarida naslchilik ishlari turli usul va shakllarda amalga oshiriladi. Naslchilik ishlarining nazariy

asoslari (o'zgaruvchanlik, irsiyatlik, seleksiya belgilari o'zaro bog'liqligi va takrorlanishi) hisoblanadi. Parrandachilikda ham tanlashning turlari va shakllari muxim ahamiyatga ega. Tuxum va go'sht yo'nalishidagi parrandalarni bonitirovka qilish, shuningdek nasldor xo'rozlarni avlodlari sifatiga qarab baholash, maqsadli juftlash juda muxim hisoblanadi. Bunda juftlashning xillari va shakllari, shuningdek inbriding va geterozisdan foydalaniladi. Parrandachilikda naslchilik ishlarini olib borishda katta masshtabli seleksiyani qo'llash, gala va zot bo'yicha naslchilik ishlarini rejalashtirish, EHMdan naslchilik ishlarida foydalanish, naslchilik hujjatlarini yuritish, ko'rgazmalarni tashkil qilish, seleksiya yutuqlari, zotlarni, liniyalarni va krosslarni takomillashtirish, dunyo genofondidan foydalanish parrandachilik seleksiyasida ilmiy-texnika ravnaqining asosiy yo'nalishlari muxim ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo'jalik parrandalarini urchitish usullari va ularni chatishtirish, parrandalarni nasldorlik, mahsuldorlik sifatlarini takomil-lashtirish, shuningdek parrandachilikda naslchilik ishlarini to'g'ri tashkil etish xo'jalikning samaradorligini oshirishda muxim hisoblanadi.

Parrandachilikda ham barcha parranda turlarini bonitirovkadan o'tkazish seleksiya-naslchilik ishining asosi hisoblanadi. Parrandalarni bonitirovkadan o'tkazishda fermer xo'jaligi mutaxassislari, tuman Qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasining "Chorvachilik" bo'limi xodimlari tarkibidan maxsus komissiya tuzilib, belgilangan muddat ichida amalga oshiriladi. Parrandalarni nasldorlik va mahsuldorlik sifatlari bo'yicha baholash bonitirovka deyiladi. Parrandachilikda bonitirovka ulardan foydalanishga qarab yakka tartibda va guruhli o'tkazilishi mumkin. Bonitirovkani o'tkazishdan maqsad parrandalar sinfini aniqlashdan iborat bo'lib, bu olingan mahsulotning narxi bilan bog'liqdir. Sinflar parrandalar naslining sifati va yakka mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha baholash ma'lumotlari asosida o'rnatiladi. Seleksion genetik stansiyalar, daha tajriba stansiyalari, ilmiy-tadqiqot va o'quv muassasalari, naslchilik zavodlari, reproduk -tor xo'jaliklarning parrandalari bonitirovkadan o'tkaziladi.

Hulosa qilib aytganda, O'zbekistonda parrandachilikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash, tovuq yetishtirish bilan cheklanib qolmaslik va parranda turlaribi boyitib boorish, parranda kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish, sohada malakali kadrlar tayyorlashni kuchaytirish, parranda ozuqa bazasini yaratish, parranda mahsulotlari eksport qilinayotgan davlatlar geografiyasini kengaytirish va parrandachilikga to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni kiritish masalalariga e'tiborni kuchaytirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi "Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-281-son qarori (https://lex.uz/docs/6066678)

2. Икромов Т.Х. Чорвачилик. -Т.: Мехнат, 1985. 172 б.

3. Темирова М.Б. Паррандачиликнинг биологик хусусиятлари // Электронное научно-практическое периодическое издание "Экономика и социум" института управления и социально-экономического развития РФ. 2023 №2 (105) iupr.ru/2-105-2023

4. Эстерман М.Т. Куры, Гусы, Утки. -М.: Астрель, 2003. 105 ст.

5. Курбонов Р. Паррандачилик сирлари. -Т.: Мепуш, 2013. 96 б.

6. https://agro-olam.uz/parrandachilik-buyicha-tavsiyalar/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.