Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
QASHQADARYO VILOYATI MAHALLALARINING UMUMIY TASNIFI
VA O'ZIGA XOS JIHATLARI
Muminov Ulmas Ravshanqulovich
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi (Denov O'zbekiston) Tel:998993604818 e-mail: umuminov089@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mahalla tushunchasi, tarixi uning o'zbek xalqi hayotidagi ahamiyati, shuningdek mustaqillik yillarida mahalla institutini qaytadan tashkil etilishi va turli yillarda qabul qilingan qonunlar orqali asoslanishi o 'z aksini topgan.
Kalit so'zlar: Mahalla, Shahar, etnik, urf-odatlar, Ostona hunarmand, xalq, millat, tarix, urf-odat, vatan .
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается понятие соседства, его история, его значение в жизни узбекского народа, а также воссоздание института соседства в годы независимости и его закрепление через законы, принятые в разные годы. отражение.
Ключевые слова: микрорайон, город, этнос, традиции, астанинский ремесленник, народ, нация, история, традиция, родина.
KIRISH
O'zbekiston hayotida mahalla instituti muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla bu tarixiy an'analar, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlar, insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish va rivojlantirishning eng muhim bo'g'ini sifatida xizmat qilmoqda. Ko'pmillatli O'zbekistonda mahalla instituti tobora rivojlanib borayotgan bugungi kunda har bir mintaqaning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mahallaning o'z o'rni va etnohududiy jihatlari mavjudki, bunday omil Qashqadaryo mahallalari uchun ham xosdir.
Ma'lumki, Qashqadaryo viloyati 1924 yil 1-noyabrda tashkil etilgan. 1927 yil 17 fevraldan 1938 yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida bo'lgan. 1938 yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qo'shib yuborilgan. 1943 yil 20-yanvarda qayta tashkil etilgan. 1960 yil 25-yanvarda Surxondaryo viloyatiga qo'shildi. 1964 yil 7-fevraldan yangidan tashkil etilgan. Respublikaning janubiy g'arbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir Oloy tog' sistemasining g'arbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma tog'lari orasida. Shimoliy g'arbdan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Buxoro, janubiy-sharqdan Surxondaryo, janubiy g'arbdan va g'arbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km 2. Tarkibida 13 qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Qamashi, Qarshi, G'uzor), 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog', Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, G'uzor), 4 shaharcha (Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabog', Qashqadaryo) mavjud. Markazi — Qarshi shahri. Aholining o'rtacha zichligi 1 km2 ga 83,7 kishiga to'g'ri kelgan. Shahar aholisi esa 587,5 ming kishi bo'lgan.
2021 yil holatiga ko'ra viloyatda 768 ta fuqarolar yig'inlari faoliyat ko'rsatgan. Viloyat markazi Qarshi shahrida 250,8 ming kishi istqomat qilgan holda asosan o'zbeklar (91%), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirg'iz, turk, belorus va turli millat vakillari yashaydi. Jami 046 ta aholi punktlari mavjud.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning zamonaviy talablari asosida mahalla boshqaruvi tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2017 yil 3 fevralda «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF 4944-sonli va 2019 yil 2 aprelda «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 5700-sonli Farmonlari qabul qilindi. Bu esa jamiyatimizda mahallaning o'rni va ahamiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Viloyatda 6 ta shahar kengashi (Shahrisabz sh, G'uzor, Qamashi, Muborak, Nishon, Mirishkor) va 337 ta mahalla fuqarolar yig'ini o'zbinosiga ega emas. Aholi soni 3 mln 261 ming 240 nafar, shundan 1 mln 650 ming 123 nafari erkaklar, 1 mln 611 ming 117 nafari ayollar, jumladan, 1 mln 935 ming 708 nafar voyaga yetmaganlar va yoshlar (30 yoshgacha); 77 961 nafar uyushmagan yoshlar; 605 619 ta xonadonlar; 750 361 ta oilalar; 60 565 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar; 1062 nafar yakka yolg'iz va o'zgalar parvarishiga muhtoj keksalar; 6 271 ta kam ta'minlangan oilalar, shundan, 11969 ta moddiy yordam, 42677 ta 14 yoshgacha, 16731 ta 02 yoshgacha nafaqa oluvchilardir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Aholining etnik tarkibi ham murakkab bo'lib, jumladan 1989 yilda viloyat aholisining 85 foizini o'zbeklar tashkil qilgan bo'lsa, 1995 yilga kelib bu ko'rsatkich 91 foizni tashkil etdi. 2013 yildagi ma'lumotga ko'ra, viloyat aholisi milliy tarkibida o'zbeklar keskin ajralib 92,3 foizni tashkil etdi. Ikkinchi o'rinda,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tojiklar 4,3 foizga ega. Qolgan millat vakillaridan turkman va ruslar ko'proq. Bu o'zgarish mustaqillikning dastlabki yillarida migrasiya jarayonlari bilan bog'lanadi. 2021 yilga kelib viloyatda yashab kelayotgan boshqa millat vakillarining asosiy qismini tojik, turkman, rus, tatar millati vakillari tashkil etib, Qarshi shahri hamda Mirishkor, Dehqonobod, Kitob, Shahrisabz, Nishon tumanlari hissasiga to'g'ri keladi. Har bir millatning tili uning uchun tengsiz xazinadir. Aynan viloyatda millat va elatlarning o'z tillarini asrashi, o'rganishi uchun alohida sharoitlar yaratilgan. Xususan, hozirgi kunda viloyatdagi 29 ta maktabda dars mashg'ulotlari to'liq tojik tilida, 2 ta maktabda esa rus tilida o'tiladi. Shuningdek, 55 ta maktablarda aralash qardosh tillarda 2600 dan ortiq malakali o'qituvchilar mashg'ulotlarni olib borayotgani ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.
Viloyat aholisi tabiiy o'sish ko'rsatkichlari shahar va qishloq joylarda farq qiladi hamda qishloq joylarda tug'ilish shaharlarga nisbatan birmuncha yuqori. Buning ba'zi obyektiv va subyektiv sabablari mavjud. Jumladan, qishloqlarda ayollarning ijtimoiy hayotida bandligini past darajada bo'lishi, qo'l mehnati ko'p talab qilinadigan qishloq xo'jaligida ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojning mavjudligi, milliy an'analar davrlar davomida tug'ilishning yuqori bo'lishiga olib kelgan. Shahar aholisi tarkibida esa turli millat vakillarining ayollarning ijtimoiy hayotda faolligi, iqtisodiy-ijtimoiy omillarga bog'liq holda uy-joy muammosi va boshqa sabablari tug'ilish darajasining biroz past bo'lishiga olib keladi.
Mustaqillik yillarida viloyat mahallalarida ayniqsa 1999-2014 yillar oralig'ida aholi soni ancha tez ko'paygan. Masalan, bu davrda Muborak tumani mahallalarida o'rtacha yillik ko'payish 5,70 foiz, Koson tumanida 4,75 foiz, Kitob va Nishon tumanlarida 4,10 foizni tashkil qilgan. Nisbatan pastroq demografik o'sish Dehqonobod tumanida 2,40 foiz, Qarshi shahrida 2,50 foiz va Kasbi tumanida 2,50 foiz kuzatilgan. Shu o'rinda e'tirof etish lozimki, mazkur ko'rsatkichlar bo'yicha Muborak tumani respublikamizda eng oldingi o'rinlarni egallaydi. Tuman aholisining bunday tez o'sishi nafaqat tabiiy ko'pay ish, balki aholi migrasiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, tabiiy resurslarni o'zlashtirish natijasida aholi bu yerga ko'plab oilalar ko'chib kelgan.
Shahrisabz, Yakkabog' va Kitob tumanlari ko'p jihatdan respublikamizning aholisi zich, xo'jaligi intensiv rivoj topgan voha va vodiylardir. Shu bilan birga, aholi zichlik ko'rsatkichlari quyi mintaqaning ayrim tumanlari, jumladan, Kasbi, Qarshida ham ancha yuqori. Aholining tabiiy harakat ko'rsatkichlari boshqa hududlar, xususan, Surxondaryo viloyatidan tashqari sezilarli darajada farq qiladi. Chunonchi, bu yerda tug'ilish koeffisiyenti har 1000 kishi aholiga 25,1 kishini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tashkil etadi. Eng yuqori daraja 2000 yilda Chiroqchi tumanida bo'lib, u bu yerda yaqin 34 kishiga barobar. Yakkabog' tumanida ham tug'ilish anch a yuqori - 26,7 foiz. Ayni vaqtda umumiy tug'ilish koeffisiyenti Mirishkor, Qarshi shahri va tumani mahallalarida pastroq. 2013 yilda ham Chiroqchi tumani tug'ilish koeffisiyenti bo'yicha ajralib turadi (30,0 foiz). Qolgan qishloq tumanlari mahallalari orasida katta farq kuzatilmaydi, viloyat markazi Qarshi shahrida tug'ilish 21,5 promilleni tashkil etadi. Mehnat resurslari tumanlar kesimida tahlil qilinganda, yuqori ko'rsatkichlarda Chiroqchi, Koson, Qamashi va Shaxrisabz tumanlari, eng ko'p iqtisodiy faol aholi soni Chiroqchi tumanida (146,0 ming kishi) va Qarshi shahrida (130,6 ming kishi) ga kuzatildi. Iqtisodiy faol aholi sonining eng kam ko'rsatkichlari Mirishkor (54,7 ming kishi) va Muborak (46,2 ming kishi) tumanlariga to'g'ri keldi.
Bugungi kunga qadar jami 105 ta (Qarshi shahrida 62 ta, G'uzor tumanida 43 ta) mahallalarda joylashgan 86 088 ta xonadon (Qarshi shahrida 47 703 ta, G'uzor tumanida 38 385 ta)larning barchasi xatlovdan o'tkazilgan. Xatlov natijasida 30 yoshdan yuqori bo'lgan 91 029 nafar (86,6%) ayollar (Qarshi shahrida 53 969 nafar 84,3%, G'uzor tumanida 37 060 nafar 90,3%)ning anketa so'rovnomalari tayyorlangan. Shu bilan bir qatorda, suhbat jarayonida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo'llab-quvvatlashga, bilim va kasb o'rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo'lgan 42 331 nafar (Qarshi shahrida 17 149 nafar, G'uzor tumanida 25 182 nafar) ayollarning mavjud muammolarini hal etish borasida ular "Ayollar daftari"ga kiritilgan.
Viloyat mahallalarida ko'plab ziyoratgoh va qadamjolar mavjud va ular soni anchaginani tashkil etadi. Masalan, Shahrisabz shahridagi Oqsaroy, Dorussaodat, Doruttilovat, Mavlono Xojagiy Imkanagiy, Kitob tumanidagi Hazrati Bashir, Qamashi tumanidagi Katta Langar, Qarshi shahridagi Ko'kgumbaz, Odina, Abu Ubayda ibn Jarroh, Qarshi tumanidagi Hazrati Imom Mu'yin, Kasbi tumanidagi Sulton Mirhaydar, Koson tumanidagi Xusam Shayx, Muborak tumanidagi Abdulloh ibn al-Muborak Marvaziy ziyoratgohlari shular jumlasiga kiradi.
Zero, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mahallalaridagi ziyoratgohlarining etnohududiy xususiyatlari shundan iboratki, respublikamizning janubiy viloyatlari o'zining tabiiy-geografik joylashuv xususiyatlari, tabiiy sharoiti, iqlimiga ko'ra respublikamizning boshqa mintaqalaridan janubda joylashgan va bu borada tubdan farq qiladi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining Boysun, Jarqo'rg'on, Muzrabot, Qashqadaryo vioyatining Chiroqchi, Yakkabog', Kitob tumanlarining ma'lum qismi tog' va tog'oldi va dasht adir hududlaridan iborat ekanligi, ushbu
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
omilning aholi turmush tarziga, jumladan aholining ziyoratgohlar bilan bog'liq afsona va diniy qarashlariga ta'sir qilganligini qayd etish mumkin.
Shu o'rinda viloyatda joriy etilgan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili va uning amalga oshirilishi xususida. Masalan, 2021 holatiga ko'ra viloyat mahallalarida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy etish mezonlari ishlab chiqilib barcha mahallalarga tatbiq etildi. Fuqarolarning murojaati bilan ishlashda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 1146 qisqa raqamli "Sall-centre" markazi faoliyati yo'lga qo'yilib, 2553 ta murojaat qabul qilinib, ijobiy hal etilgan. 813 ta mahalla faoliyati o'rganildi va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo'yicha ularga uslubiy-amaliy yordamlar ko'rsatilib, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha Qamashi tumanidagi "Sarbozor" mahallasi, Kitob tumanidagi "Varkanza" mahallasining o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, namunaviy tizim ishlab chiqilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og'ir bo'lgan mahalladagi dolzarb masalalar va aholi muammolarini hal etish bo'yicha Chiroqchi tumanidagi "Oqoltin" va "Sho'rbozor", Mirishkor tumani "Bo'ston ,Qarshi shahrida "Arabxona" mahallalari misolida yangi tizim ishlab chiqilib, 77 ta mahalladagi muammolar bartaraf etilgan.
Ammo hanuzgacha ayrim fuqarolar yig'inlarining xizmat binolari va moddiy-texnik holati va mahalla idoralari mavjud emasligi ma'lum. Masalan, ular 2021 yil holatiga ko'ra Qashqadaryo viloyatining 4 ta tumanida - Qamashi tumanida 29 ta, Qarshi tumanida 22 ta, Koson tumanida 22 ta, Chiroqchi tumanida 37 tani tashkil etadi1. Vaholanki, respublikamizda keyingi yillarda fuqarolar yig'inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 1 ming 163 ta mahalla idorasi yangidan qurildi, 3 ming 612 tasi rekonstruksiya qilindi va ta'mirlandi. 110 ta tuman va shaharda "Mahalla markazi" majmualari barpo etildi, 4 ming 319 ta mahalla binolarida kutubxonalar tashkil qilingan.
Viloyatdagi yana muhim muammolar qatorida turuvchi masala bu, aholi, ayniqsa yoshlar bandligi bo'lib, ularning ish bilan ta'minlanishi mahallalarning ijtimoiy ko'rsatkichlarini qay darajada ekanligini anglatadi. Vaholanki, yoshlarning bandlik ko'rsatkichlari respublikaning turli viloyatlarida turlicha bo'lib, bu borada I. Bobojonvning qayd etishicha, 2018 yilning oktyabr oyida Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan mamlakatda ishsizlik darajasi va kambag'allik holatlarini aniqlash maqsadida ijtimoiy so'rov o'tkazilgan. Mazkur so'rovnomada 66 ta shahar va tumanlardan 330 ta fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, 3300 ta uy bekalari va 17 mingdan ortiq fuqarolar qatnashgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
So'rovnoma natijasiga ko'ra, Qashqadaryo viloyatida ishsizlik ko'rsatkichi eng yuqori bo'lib, u - 9,7 % ni tashkil qilgan. Ushbu ko'rsatkich Toshkent shahrida eng past ko'rsatkich - 7,9 %, ishga joylashish istagida bo'lgan fuqarolar esa 1 368,6 kishini tashkil qilgan. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi (30 yoshgacha) 15,1 %, 1625 yosh atrofidagilar 17 % dan ortiq, ayollar orasida 12,9 % ni qamragan.
Biz yuqoridagi ma'lumotlar asosida viloyat mahallalarida ishsizlik muammosining sabablarini quyidagi omillar bilan izohladik. Ular quyidagilardir:
Birinchidan, viloyat mahallalari aholisining aksariyat qismi qishloq joylarida istiqomat qilib, bu yerlarda aholini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka jalb qilish bo'yicha muammolarning yetarlicha ekanligidir;
Ikkinchidan, ayrim mahallalar markazdan uzoqda joylashgan bo'lib, ularning joylashgan o'rni va tabiiy sharoitining noqulayligidir;
Uchinchidan, aholining o'sish darajasi va migrasiya jarayonlari ham muhim omillardan birib bo'lib, viloyatda hamon tug'ilishning yuqori darajada saqlanib qolishi ham bandlik muammosini keltirib chiqaradi. Masalan, mazkur ko'rsatkich bo'yicha Muborak tumani respublikamizda eng oldingi o'rinlarni egallab, aholining bunday tez o'sishi nafaqat tabiiy ko'payish, balki aholi migrasiyasi bilan ham bog'liq bo'lib, tabiiy resurslarni o'zlashtirish natijasida bu yerga ko'plab oilalar ko'chib kelganligi haqida yuqoridagi paragraflarimizda fikr yuritgan edik.
To'rtinchidan, aholining aksariyat ishsiz qatlami mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha talabga javob bermaganligi ham ta'sir ko'rsatadi. Bunday holat Toshkent shahri mahallalarida ham ko'zga tashlanadi.
Mahallada aholi bandligida yuqorida qayd etilganidek, hududning shakllanishi va rivojlanishida tabiiy- iqtisodiy hamda ijtimoiy omillar muhim rol o'ynaydi. Viloyat mahallalarining shakllanishi va rivojlanishining asosini iqtisodiyot tarmoqlari orasida asosan qishloq xo'jaligi va chorvachilik, qisman hunarmandchilik, tuman markazidagi va shahar mahallalarida sanoat tashkil qiladi. Bu jihatdan mahallalar uch toifaga bo'linadi:
-aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaligi va chorvachilik bilan shug'illanuvchi mahallalar;
- aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaligi bilan shug'illanuvchi mahallalar;
-aholisining asosiy qismi qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan shug'illanuvchi mahallalar;
-aholisining asosiy qismi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik va sanoat tarmoqlari bilan shug'illanuvchi mahallalar;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
-aralash mahallalar. O'z navbatida, qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan mahallalar bog'dorchilik va uzumchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan mahallalardan tashkil topgan. Qishloq xo'jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarning maxsulot yetishtirish holati ham har xil. Nisbatan katta mahallalar sug'orma dehqonchilik rivojlangan tumanlarda vujudga kelgan bo'lib, chorvachilik bilan shug'ullangan aholining yashash manzillari uncha katta emas.
Biz shu o'rinda Qashqadaryo mahallalarini ijtimoiy-demografik tavsifiga ko'ra quyidagi toifalarga ajratishni lozim topdik. Unda mahallalarning katta-kichikligi bo'yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
• Mayda mahallalar - aholi soni 500 kishigacha;
• Kichik mahallalar - 500-1000 kishi;
• O'rta mahallalar - 1000-3000 kishi;
• Katta mahallalar - 3000-5000 kishi;
• Yirik mahallalar - 5000 kishidan ziyod.
O'zbekistonning ko'plab boshqa hududlariga qaraganda, Qashqadaryo viloyatida mahallalar aholisining joylashuvida tog' va tog'oldi hududlarida joylashgan mayda qishloq va ovullarning o'rni anchagina sezilarli.
Bizningcha, Qashqadaryo viloyati sharoitida qishloq mahallalarini ularning klassifikasiyasidan kelib chiqib qisman optimallashtirish maqsadga muvofiq. Ya'ni, bu hududda aholisi 500 kishigacha bo'lgan mahallalarni aholi soni 100 kishigacha, 101-200 kishi, 201-300, 301-500 kishidan iborat bo'lgan mahallalarga birlashtirish o'rinli. Bunday guruhlashtirish Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy va geografik xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. Uni aholi zichligi yuqori bo'lgan, qishloqlar to'rida yirik qishloqlar ko'pchilikni tashkil qiladigan respublikamizning boshqa hududlari sharoitida qo'llash maqsadga muvofiq emas. Umuman olganda, viloyatda mahallalar aholisining o'sish sur'atlari borasida tumanlar darajasida farqlar katta. Bu avvalambor, aholining turmush tarzi, ularning bandligi, atrof-muhitning ta'siri, urbanizasiya darajasi va boshqa omillar bilan bog'liqdir.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida mintaqaning o'ziga xos tabiiy sharoiti va joylashuv xususiyatlariga ko'ra oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikda o'ziga xos etnomuhit shakllanganligi e'tiborlidir. Xususan, sohalarning rivoji natijasida har ikkala viloyatda ham o'ziga xos an'ana shakllanganligini e'tiborga olib, kelajakda ushbu sohalar rivojiga alohida e'tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan, Surxondaryo viloyati misolida oladigan bo'lsak, bu borada Termiz tumanidagi "Ostona hunarmand" nomli gilamchilik korxonasi, Termiz shahridagi "Turon" nomli kichik korxona, Boysun tumanidagi "Rabot" jamoa xo'jaligidagi gilam to'qish va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kigiz tayyorlash sexi, yoki Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi "Shoyim" hunarmandchilik korxonasi, Sheroboddagi "Dilafro'z" xususiy korxonasida junni qayta ishlash yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu korxona 264 tonna sifatli jun ip ishlab chiqarib, kichik to'qimachilik korxonalariga yetkazib bermoqda.
Qashqadaryo viloyati misolida oilaviy tadbirkorlikda Kitob tumanidagi "Voha mash'ali" kichik korxonasi, Chiroqchi tumanlik gilamdo'zlik korxonasi, Qarshi shahri, G'uzor, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Qamashi va Muborak tumanlari bo'limlarida ro'yxatdan o'tgan 600 dan ortiq hunarmand faoliyat olib borib, viloyatda hunarmandchilikning zargarlik, milliy cholg'u asboblari yasash, chokli buyumlar, kashtachilik, zardozlik va biser tikish ustaxonlari tashkil etilgan. Bu esa mazkur viloyatlarda azaldan an'anaviy xalq hunarmandchiligi turlariga alohida e'tibor qaratilganligini tasdiqlaydi.
Ammo viloyat mahallalarida sohada amalga oshirilgan ishlar qatorida muammo va kamchiliklar ham mavjud. Xususan, yirik sanoat salohiyatiga ega viloyatda import tovarlarining ulushi yuqori darajada saqlanib qolgan. Ichki bozorning mahalliy mahsulotlarga ehtiyoji o'rganilmagan. Tayyor kiyim-kechak, charm ishlab chiqaruvchi korxonalar imkoniyatlaridan samarli foydalanish yo'lga qo'yilmagan.
2012 yilgacha bo'lgan davrda viloyatda talab yuqori bo'lgan mahalliy mahsulotlar bilan viloyat ichki bozori past darajada ta'minlangan. Gipsokarton, turli xil gofrokarton, bir martalik idishlar, qog'oz paketlar, qurilish va qishloq xo'jaligi texnikalari butlovchi qismlari, tish yuvish pastasi va shampun, mix mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari mavjud emas, bo'lsa ham ular faoliyati hali talab darajasida emas. Xizmatlar sohasida 758 ta ta'mirlash, 1 078 ta veterinariya xizmati va go'sht do'konlari, 1 214 ta hammom va poyabzal tikish (ta'mirlash) xizmati, 1 319 ta kimyoviy tozalash (ximchistka) va maishiy jihozlarni ta'mirlash, 938 ta sartaroshxona va go'zallik salonlari xizmatlariga aholi o'rtasida ehtiyoj bo'lishiga qaramasdan sohalarga tadbirkorlik subyektlari jalb qilinmagan edi.
Umuman, Qashqadaryo viloyati gegografik joylashuvi, etnodemografik holati, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillariga ko'ra janubiy mintaqaning o'ziga xos farqlanib turuvchi viloyati bo'lgani bois, uning hududida joylashgan shahar va qishloqlar, ya'ni mahallalar ham bir-biridan ma'lum xususiyatlariga ko'ra farqlanadi. Ya'ni, viloyat ana shunday gegografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, etnodemografik holatiga ko'ra ajralib turuvchi janubiy viloyatlar bo'lib tadqiqotlar ushbu viloyatda o'z navbatida aholining joylashuv xususiyatlarida ma'lum o'ziga xosliklar mavjudligini tasdiqladi.
Shu bilan birga mahallalarda aholi bandligi, ayniqsa yoshlar bandligini ta'minlash borasida kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohalari, qishloq xo'jaligiga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ixtisoslashgan mahallalar, bog'dorchilik va uzumchilik, hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan mahallalardan tashkil topganligini, bu viloyat mahallalarida an'anaviy hunamrandchilikning mainatqaga xos kashtachilik, gidamdo'zlik, do'ppido'zlik, beshikchilik, qandolatchili kabi sohalari shakllanganligi va rivojlanib kelayotganligini tasdiqladi. O'z navbatida qishloq xo'jaligi va chorvachilikka ixtisoslashgan mahallalarning maxsulot yetishtirish holati ham deyarli bir-biriga yaqin ko'rinish kasb etadi (Chiroqchi, Dehqonobod, Ko'kdala, Yakkabog' tumanlari mahallalarida). Nisbatan katta va aholisi zich joylashgan mahallalar lalmi va sug'orma dehqonchilik rivojlangan tumanlarda vujudga kelgan bo'lib, bunday mashg'ulot turi bilan shug'ullangan aholining yashash manzillari o'ziga xos tarzda tarkib topganligini ko'rsatdi.
REFERENCES
1. Кашкадарё Вилояти хакида — у ким, бу нима — QOMUS.INFO
2. Кашкадарё вилояти хокимлиги иктисодиёт ва статистика бош бошкармаси. 2011. - Б. 23.
3. Буриев О. Очилов А. Кашкадарё вохаси этномаданий кадриятлари,-Тошкент: "Янги Нашр",201. -Б., 9.
4. Кашкадарё вилоятини ижтимоий-иктисодий ривожлантиришда махаллаларнинг урни ва ролини кучайтириш борасида амалга оширилган ишлар тахлили, махаллалардаги ижтимоий-маънавий мухитни согломлаштириш, мавжуд муаммо ва таклифлар хусусидаги Х,исоботдан олинди.
5. О.Буриев, А.Очилов. Кашкадарё вохаси этномаданий кадриятлари,-Тошкент: "Янги Нашр",2014, -Б. 168.
6. Кашкадарё вилоятини ижтимоий-иктисодий ривожлантиришда махаллаларнинг урни ва ролини кучайтириш борасида амалга оширилган ишлар тахлили, махаллалардаги ижтимоий-маънавий мухитни согломлаштириш, мавжуд муаммо ва таклифлар хусусидаги Х,исоботдан олинди.
7. Узбекистон махаллалари: тарих ва хозирги замон. Монография. Т., 2021.-Б.
8. Узбекистон Республикаси Президентининг Узбекистон махалла тизими ходимлари ва фаолларига Мурожаати. https://uza.uz/posts/250751.
318
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. Бобожоновов И. Узбекистонда ёш авлодни тарбиялаш жараёнида махалла институтининг роли (Тошкент шахри махаллалари мисолида. 1991-2019 йй.). Тарих фанлари буйича фалсафа докт. (Phd) дисс.-Т. 2021. -Б. 122.
10. https://www.samdu.uz/cy/news/32671
11. Бобожоновов И. Узбекистонда ёш авлодни тарбиялаш жараёнида махалла институтининг роли (Тошкент шахри махаллалари мисолида. 1991-2019 йй.). Тарих фанлари буйича фалсафа докт. (Phd) дисс.-Т. 2021. -Б. 123.
12. Давлатова С. Мустакиллик йилларида Сурхон вохаси ахолиси анъанавий хунармандчилигининг ривожланиш хусусиятлари. // "Бойсун-бахори" очик фольклор фестивали. "Жахон цивилизациясида бойсуннинг моддий ва маънавий маданияти" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференцияси илмий маколалар туплами. -Тошкент. 2019. Б 83-84.
13. Мирзаев О. Узбекистон халк амалий санъатини кайта тиклаш ва ривожлантириш омиллари. // "Бойсун-бахори" очик фольклор фестивали. "Жахон цивилизациясида бойсуннинг моддий ва маънавий маданияти" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференцияси илмий маколалар туплами. -Тошкент. 2019. -Б 201-202.
14. Надырханов У. Региональные аспекты привлечеиния иностранных инвестиций в экономику. // Стратегия дальнейшего повышения конкурентоспособности национальной экономики. -Ташкент., 2012. -С 338