Научная статья на тему 'SARDOBALARNI SAQLAYLIK'

SARDOBALARNI SAQLAYLIK Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
80
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sardoba / qoq / Qorovulbozor / yulg’un. / cistern / spinner / Karovulbazar / yulgun.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U. Raximov, S. Choriyorov

Ushbu maqolada Muborak tumani Sardoba mahalla fuqorolar yig’ini hududida barpo etilgan Sardoba XV asrda Usta Obid va Usta Xudoyberganlar tomonidan qurilgan, (shimoldan 39.040067, sharqdan 65.318974) da joylashgan Sardoba hususida so’z yuritilgan. Hozirgi kunda ushbu sardoba tashlandiq holatiga kelib qolganligi va uni asrash bo’yicha takliflar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAKE CARE OF SARDOBAS

This article tells about Sardoba, located on the territory of the Sardoba microdistrict of the Mubarak district (39.040067 from the north, 65.318974 from the east), built by Usta Obid and Usta Khudoybergan in the 15th century. Opinions are presented on the abandoned state of this sardoba at the present time and proposals for its conservation.

Текст научной работы на тему «SARDOBALARNI SAQLAYLIK»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SARDOBALARNI SAQLAYLIK Raximov Uchqun Uktam o'g'li

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari instituti assisenti Choriyorov Sardor Baxtiyor o'g'li

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7197918

Annotatsiya. Ushbu maqolada Muborak tumani Sardoba mahalla fuqorolar yig'ini hududida barpo etilgan Sardoba XV asrda Usta Obid va Usta Xudoyberganlar tomonidan qurilgan, (shimoldan 39.040067, sharqdan 65.318974) da joylashgan Sardoba hususida so'z yuritilgan. Hozirgi kunda ushbu sardoba tashlandiq holatiga kelib qolganligi va uni asrash bo'yicha takliflar bildirilgan.

Kalit so'zlari: sardoba, qoq, Qorovulbozor, yulg'un.

БЕРЕГИТЕ САРДОБЫ

Аннотация. В данной статье рассказывается о Сардобе, расположенной на территории микрорайона Сардоба Мубаракского уезда (39.040067 с севера, 65.318974 с востока), построенной Уста Обид и Уста Худойберганом в XV в. Представляются мнения о заброшенном состоянии этой сардобы в настоящее время и предложениях по ее сохранении.

Ключевые слова: цистерна, кок, Каровулбазар, юльгун.

TAKE CARE OF SARDOBAS

Abstract. This article tells about Sardoba, located on the territory of the Sardoba microdistrict of the Mubarak district (39.040067from the north, 65.318974from the east), built by Usta Obid and Usta Khudoybergan in the 15th century. Opinions are presented on the abandoned state of this sardoba at the present time and proposals for its conservation.

Keywords: cistern, spinner, Karovulbazar, yulgun.

KIRISH

Tarixdan ma'lumki, agar suvlardan mutloqa mahrum bo'lgan cho'l va dashtlarda qishki va bahorgi mavsumiy yog'ingarchiliklar asosiy suv manbai hisoblangan. Cho'llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat bo'lgan chuqurliklarga qor va yomg'ir suvlari yig'ilib kattagina ko'lmaklar hosil bo'lgan. Bunday ko'lmaklar "qoqlar" deb atalgan. Qoqlarning suvi chuchuk bo'lib, aholi qadimdan cho'ldagi chorva mollarini sug'orishda undan foydalanib kelgan. Undan tashqari o'tmishda O'rta Osiyoning Qizilqum, Qoqaqum, Mirzacho'l, Qarshi va boshqa cho'llar orqali mamlakatlarga qatnashgan savdo karvonlari Sardobaning suvidan foydalanishgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sardobaning yaralish tarixi haqidagi ilk ma'lumotni Hofis Tanish al - Buxoriyning "Abdullanoma" asaridan ham bilish mumkin. Unda yozilishicha "Yog'ochli Sardoba" Buxoro xoni Abdullaxon II ning 1579-1583- yillardagi Toshkentga yurish davrida, aniqrog'i 1580-yil barpo etilgan

Inshootning g'ishtlari kvadrat shaklda bo'lib, ularning hajmi 25x25x5 smni tashkil etadi. Gumbazning ichki diametri 15 metr, balandligi 12 metrdan iborat bo'lgan. Sardobaning ichki qismida yerdan 2 metr balandlikda yopiq uyasimon tuynuklar joylashgan. Sardoba devorining qalinligi 1.5 metrni tashkil etsa, yuqoriga ko'tarilgan sari yupqalashib boradi va eng yuqori qismida uning qalinligi bir g'isht qalinligiga to'g'ri kelgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sardoba qurilishi uchun suv, tuproq va qum alohida toza joydan, ganch esa Qorovulbozor va Nurotadan olib kelingan. Qumga yantoq, qamish, yulg'un kuli qo'shilgan. G'ishtlari ham issiq-sovuqqa g'oyat chidamli bo'lishi lozim bo'lgan. Sardobaning osti doira shaklida bo'lib, suv yerga sizib ketmasligi uchun 3 qavat qoramol, tuya terisi, 3 qavat kigiz, ustiga bir qavat ganch, yuqori qismiga pishiq g'isht yotqizilgan. Sardoba ichiga yorug'lik tushishi va doim haroratni bir xilda saqlash uchun kunchiqar (sharq) va kun botar (g'arb) tomonlarga tuynuklar qo'yilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Markaziy Osiyo hududlarida qurilgan Sardobalar savdogar va karvonlarning bu yerda to'xtab suv ichib, dam olib yana yo'lda davom etishini ta'minlagan. O'rta asrlarda Movorounnahrda 44 ta Sardoba bo'lib, ularning 29 tasi Qarshi cho'lida bunyod etilgan. Qashqadaryo viloyatida Sardobalar G'uzor, Qamashi, Nishon, Chiroqchi, Beshkek va Muborak tumanida mavjud. Muborak tumani Sardoba mahalla fuqorolar yig'ini hududida barpo etilgan Sardoba (shimoldan 39.040067, sharqdan 65.318974) da joylashgan. Qorovulbozor Sardobasidan 40 chaqirim (1 chaqirim - 1.5 km) uzoqlikda joylashgan bo'lib, bir oy davomida qurilgan. Sardoba tuxumsimon shaklda bo'lib, suvi esa qaynatilib sho'rini chiqarib sovutilgan holatda ishlatilgan. Sardoba mahalla fuqorolar yig'inidagi Sardoba XV asrda Usta Obid va Usta Xudoyberganlar tomonidan qurilgan. Tagi bir g'isht bilan boshlanib, usti (tomi) bir g'isht bilan tugagan. Sardobani kengligi 40 gaz (90 sm hisoblangan) balandligi 9 metrni tashkil qilgan. Unda 3 ta eshigi mavjud bo'lib, bittasidan suv olinib ichilgan. suv olish uchun zinalar bo'lgan.

Sardobalar qadimda karvonlar uchun foydalanilgan. Karvonlar suv ichib yo'lda davom etgan. Sardoba ham hamma Sardobalrga o'xshab qurilgan. Sardobalar keyinchalik ya'ni karvonlar yurmay qolgan vaqtda esa qishloq aholisi chorva mollari uchun foydalangan. XX asrda uncha texnika rivojlanmagan zamonda Sardobalar ancha foyda bergan desam mubolog'a bo'lmaydi. Sardoba qishlog'idagi, qishloq faoli Madiyev Fozilning aytishiga ko'ra : Sardoba SSSR dan oldin va undan keyin ham keng foydalanilgan. Keyinchalik 70- yillarda cho'llarni o'zlashtirilib kanallar, zovurlar qurilgan va foydalanilmay xaroba axvolga kelgan. Sobiq Ittifoq unga e'tibor ham bermagan. Hamma narsa davlat tassarufiga bo'lgan. Shundan keyin u hozirgacha qarovsiz qoldirilgan. Sardobalardan 70-yillargacha foydalanilgan. Sardobani suv sig'imi haqida malumot berilmagan. Chunki u yomg'ir suvidan yig'ilgan, demak, shunga qarab o'zgarib borgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Muborak tumani Sardoba mahalla fuqorolar yig'ini hududidagi sardoboning sputnikdan

olinga tasviri

MUHOKAMA

Sardoba haqida Mirmuhsin Mirsaidovning "Me'mor" asarida ham keltirilgan. Undan tashqari Orol Mo'minovning "Bahor cho'ldan boshlanadi" asarida ham Sardoba haqida aytib o'tilgan.

Sardoba bizni moddiy madaniy merosimizga kiradi. Lekin Muborak tumanidagi Sardoba mahalla fuqoralar yig'inidagi Sardoba madaniy yodgorlikka kiritilmagan. Bu achinarli holat hisoblanadi.

XXI asr fan texnika asri hisoblanishini barchamiz yaxshi bilamiz. Hozirda sardobalardan hech kim foydalanmaydi va zaruriyat ham yo'q. Lekin bu degani ularni xaroba qilish degani emas balki kelajak avlod uchun suvni o'tishda qanchalik qiyinchilik bilan ta'minlanganligini ko'rsatib ichimlik suvidan samarali foydalanish uchun ko'rgazma sifatida sardobalardan foydalanamiz. Sardobalar qadimda juda foydali inshoot bo'lgan. Sardobalar tarixiga nazar tashlasak ham, uni atroflari tozalanib, daraxtlar ekilgan. Hozirda daraxt ekish tugul, hatto bee'tibor qoldirilmoqda. Bu bizni tariximiz hisoblanadi. Sardobalarni asrab kelajak avlod uchun yetkazishimiz shart. Sardobalarni qachonlardir buyuk Ipak yo'li karvonlarining sevimli maskanlaridan biri sifatida qaynoq va gavjum shahar bo'lganiga ishonish qiyin.

XULOSA

Hozirda Sardobamizni atrofida o'tlar o'sgan. Achinarlisi esa suvlari eskirgan va ichi chiqindilar bilan to'lgan. Biz foydalanmaganimizga yarasha unga zarar yetkazmasligimiz va uni asrashimiz kerak. Sardobani moddiy madaniy meroslar ro'yxatiga kirgizishimiz darkor deb uylayman va muttasaddilardan so'rab qolardim.

Yurtimizda bunday tarixdan so'zlovchi obidalar ko'p. Bizdan oldingi ajdodlarimiz texnika rivojlanmagan zamonda shunday imoratlar qurishgan bo'lsayu, bizdan talab qilinayotgani esa tarixiy obidalarni asrash va keyingi avlodga to'liq holicha yetkazish hisoblanadi. Bunday noyob va nodir yodgorliklarni asrab avaylash, ularni keyingi avlodga bekamiko'st yetkazish ham farz, ham ham qarz hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Mirmuhsin Mirsaidov "Me'mor" yangi avlod 2019

2. A.R.muhammadjonov "O'zbekistonning qadimgi gidrotexnik inshoatlari" O'zbekiston T-1997

3. www.qomus.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.