INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
CHIRCHIQ SHAHRI MIKROTOPONIMLARINING LINGVOMADANIY
GURUHLARI Abdullayev Akmal Amirovich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7010908
Annotatsiya. Ushbu maqolada joy nomlarini tadqiq qilishda lingvomadaniy yondashuv hamda mazkur yondashuvdagi o'ziga xos jihatlar Toshkent viloyati Chirchiq shahri mikrotoponimik manzarasi misolida tahlil qilingan. Toponimlarning joyning nomi sifatida atoqli ot vazifasini bajarishdan tashqari ularning ekstralingvistik jihatlari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so'zlar: toponim, lingvokulturema, lingvomadaniy jihat, Chirchiq, astionim, godonim, agoronim, etnooykonim, antropooykonim, geortooykonim, fitotoponim, nekronim, potaponim.
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ГРУППЫ МИКРОТОПОНИМИИ
ГОРОДА ЧИРЧИК
Аннотация. В данной статье анализируются лингвокультуроло-гический подход к исследованию топонимов и особенности этого подхода на примере микротопонимической картины города Чирчик Ташкентской области. Приведены мнения об экстралингвистических аспектах топонимов помимо их функции как топонимов.
Ключевые слова: топоним, лингвокультурема, лингвокультурный аспект, Чирчик, астионим, годоним, агороним, этноойконим, антропоойконим, геортоойконим, фитотопонимия, некроним, потапоним.
LINGUOCULTUROLOGICAL GROUPS OF MICROTOPONYMY OF THE CITY OF
CHIRCHIK
Abstract. In this article, the linguistic and cultural approach to the research of place names and the specific aspects of this approach are analyzed on the example of the microtoponymic landscape of the city of Chirchik, Tashkent region. Opinions about the extralinguistic aspects of toponyms in addition to their function as place names are given.
Keywords: toponym, lingvokulturema, linguo-cultural aspect, Chirchik, astionym, godonym, agoronym, ethnooykonym, anthropooykonym, geortooykonym, phytotoponym, necronym, potaponym.
KIRISH
Onomastikaning asosiy o'rganish obyektlaridan biri hisoblangan toponimlar shunchaki joyning atoqli nomigina bo'lib qolmasdan, ular lingvokulturema sifatida o'z semantik keysida ajdodlarimizning etnogenezi, urf-odat, kasb-hunar, ijtimoiy, madaniy-ma'naviy, diniy-falsafiy qarashlari, joylarni nomlashdagi mohirlik va topqirligi kabi ekstralingvistik xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Toponimlar o'zbek tilining tarixiy, lisoniy boyligi, xalq ma'naviyatining katta merosi sifatida lingvomadaniyatshunoslikning ham o'rganish obyektlaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot bo'lsa, ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat." [1], - degan fikri toponimik meros uchun ham tegishlidir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ushbu kichik tadqiqot mavzusi bo'lgan Chirchiq shahridagi joy nomlarining tahlilida tarixiylik tamoyili juda muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, mazkur hududdagi joy nomlarida xalqning o'tmish tarixi, etnografiyasi, arxeologiyasi ildizlarini sezish qiyin emas. Mazkur jihatlar bois joy nomlarini tarixiy-etnografik nuqtayi nazardan o'rganishga birinchi navbatda tarixchilar qiziqish bildirishadi. Onomastik birliklarga, xususan, toponimlarga tarixiy nuqtayi nazardan yondashuv tarixiy, arxeologik va etnografik ma'lumotlami, faktlarni onomastika doirasiga keng tatbiq etishga olib keladi. Shu bilan birga onomastik leksika tarixiy aspekt (qiyosiy-tarixiy va tarixiy-qiyosiy yo'nalishlar)da keng o'rganiladi. Onomastikaga, xususan, toponimlarga lingvo-tarixiy metodni qo'llashda A.M.Selishev, A.I.Popov, V.A.Nikonov, B.A.Serebrennikov, V.N.Toporov, O.N.Trubachev, Y.A.Karpenko kabi rus olimlarining, V.Georgiyev, V.Tashitskiy, S.Rospond, F.Bezglay singari chet ellik olimlarning xizmati katta bo'ldi.
Onomast tadqiqotchilarimiz yaxshi bilishadiki, agar joy nomlari tarixiylik nuqtayi nazardan tadqiq etilsa, quyidagi ikki yo'nalishga amal qilinadi: a) joy nomlarining tarixiy holatidan hozirgi ko'rinishigacha bo'lgan o'zgarishlarni aniqlash usuli (perspektiv tahlil usuli); b) joy nomlarining hozirgi holatidan uning tarixiy holatigacha bo'lgan tarixiy rivojlanish jarayonini aniqlash (retrospektiv tahlil usuli). Har ikki tahlil yo'nalishidan ham asosiy maqsad joy nomlarining rivojlanish, o'zgarish jarayonlarini aniqlashdan iboratdir. Chirchiq shahri joy nomlari tadqiqida tarixiylik metodining har ikkala yo'nalishidan foydalanishga harakat qilindi.
Onomast-toponimistlar to'plangan materialni tarixiy metod bilan o'rganganda lisoniy (etnik) stratigrafiya (lotincha: stratum - "qatlam" va yunoncha: grapho - "yozaman" so'zlaridan)ni aniqlashga intiladilar. Bunday tahlillardan maqsad onomastik birliklarning eng qadimgi o'z va o'zlashgan qatlamlarini aniqlash, uning tarkibidagi o'zgarishlar silsilasini belgilashdir. Jumladan, etnotoponimlarning tarixiy kelib chiqish etimologiyasi, uning ma'nosini izohlash, shunga doir turli xil fakt va qarashlarni keltirib, ularga munosabat bildirish ana shunday izlanishlar samarasi sanaladi. Keyingi yillarda olimlar joy nomlaridagi ichki (lisoniy-struktur) va tashqi (ekstralingvistik) o'zgarishlar tarixini o'rganishga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Birinchi tip o'zgarishda joy nomlarining lisoniy tahlili, evolyutsiyasi aniqlanadi, ikkinchisida esa u yoki bu joy nomlarida davr ruhining lingvomadaniy manzarada aks etishi inobatga olinadi. Shu o'rinda, mustaqillik tufayli xalqimizning o'zlikni anglashga, o'lkamiz joy tarixiga, madaniyati, tili, ajdodlarimizning boy ma'naviy merosiga daxldorlik masalalariga qiziqish haqli ravishda jonlanganini alohida ta'kidlashimiz joiz.
TADQIQOT NATIJALARI
Toponimika sohasida o'tgan asrda va keyingi yillarda ko'plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, qadimiy va navqiron Toshkent viloyati toponimiyasi bo'yicha ham V.Reshetov [2], T.Fayziyev [3], M.Qodirova [4], M.Ramazonovalarning tadqiqotlari yaratildi. [5] Bundan tashqari, zahmatkash olim S.Qorayevning bir qancha ilmiy ishlarida ham Toshkent viloyati toponimiyasiga oid qimmatli ilmiy ma'lumotlar berilgan. [6. 23; 7. 155-159; 8] Mazkur tadqiqotlarda Toshkent viloyati toponimlarining shakllanishida hududning o'ziga xos tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda jo'g'rofiy xususiyatlari, mahalliy jo'g'rofiy joy nomlari, joy nomlariga asos bo'lgan atoqli otlarning o'rni va ahamiyati, ularning etimologiyasi hamda viloyat joy nomlarini tartibga solishga doir muammolar tahlil qilingan, biroq hudud toponimiyasining lingvomadaniy jihatdan tadqiqi, antropotsentrik nuqtayi nazardan mazkur areal joy nomlarining
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tasnifi va tavsifi monografik jihatdan tadqiqot obyekti sifatida maxsus o'rganilmagan. Ushbu fikr viloyatning Chirchiq shahar mikrotoponimiyasi uchun ham to'liq taalluqlidir.
MUHOKAMA
Chirchiq shahri ma'muriy birlik sifatida 1935-yil 1-may kuni tashkil etilgan. 87 yillik tarixi davomida u nafaqat shahar yoki Toshkent viloyati, balki mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Chirchiq shahri tektonik o'zgarishlar natijasida vujudga kelgan cho'kmada joylashgan. Bu cho'kmada 174 km.ga cho'zilgan Chirchiq daryosi oqib o'tadi. U Toshkent viloyatining Sirdaryoga quyiladigan eng yirik daryosi hisoblanadi. Daryo Chotqol va Piskom (Pskem) daryolarining qo'shilishidan tashkil topgan. Chirchiq shahrining nomi ham aynan shu daryo nomidan olingan. Biroq, ushbu atamaning kelib chiqishi to'g'risida turli talqinlar bor.
Birinchi talqin: Chirchiq daryosi Sirdaryoga o'z suvini olib borishini hisobga olib, "Chirchiq" so'zidagi "Chir" so'zi "Sirdaryo"dagi "Sir" so'zining kichraytirilgan shakli bo'lib, "kichik Sirdaryo" sifatida talqin qilinadi.
Ikkinchi talqin: daryo doimo toshqin va shovqin bilan, shirillab oqishi sabab "Shir" so'zi qo'llanilib, keyinchalik u "Chir" so'ziga aylantirilgan. "Shirshiq" nomi ostida shovqinli daryo mazmunini ilgari suruvchilar ham bor.
Uchinchi talqin: "Chirchiq" so'zi tojik tilida "Chor-chiq - to'rt daryo" so'zidan kelib chiqqan va unga quyiluvchi Ugom, Ko'ksuv, Chotqol va Piskom daryolarini nazarda tutadi. [9. 3]
Tadqiqotchi olimlar Z.Do'simov va X.Egamovlar "Chirchiq" toponimining etimologiyasi: "Chirchiq - daryo. Sirdaryoning o'ng irmog'i. Toshkent oblastida. Daryo qadimda Parak yoki Obi Parak deb atalgan. Parak so'g'd tilida "shahar atrofidagi devor, to'siq, g'ov yoki qo'rg 'on, qal'a" kabi ma'nolarga ega. Demak, Obi Parak "qo'rg'onga oquvchi suv" ma'nosida. Chirchiq nomi keyinchalik turkiy xalqlar tomonidan berilgan. Bu so'z "gurillagan, burqiragan, tezkor" ma'nolarini bildiradi. Daryo, haqiqatan ham, yuqori qismida tez, toshdan-toshga urilib oqadi. Bizningcha, gidronim Sir nomi bilan aloqadordir. - Chiq, Jiq turkiy xalqlarda kichikli bildiruvchi qo'shimcha. Chirchiq "kichkina Sir yoki Sirning irmog'i ma'nosida", - deya ta'riflanadi.[10. 146] Geograf olim H.Hasanov ham: "Chir so'zi gurullagan, burqiragan, tezoqar, sharlovuq, shovullagan holatga nisbatan ishlatiladi. Haqiqatan ham, bu daryo tez, ayniqsa, yuqori qismida toshdan-toshga urilib, ko'pirib oqadi. Chiq - qo'shimcha bo'lib, kichiklikni bildiradi. Demak, Chirchiq - kichkina, lekin shovullab oqadigan suv ma'nosidadir. Agar bu daryoning qadimiy nomi Obi Parak ekanligini eslasak, parak so'zi ham uchadigan, tezob ma'nosida edi. Chir - so'zi o'sha Parakning tarjimasi emasmikan? Chir so'zi Sir nomidan olingan (Sirchiq — Chirchiq) deyuvchilar ham bor", - deya ushbu fikrni quvvatlaydi.[11. 56] Zahmatkash toponimist olim S.Qorayev ham: "Chirchiqni Sir - chiq, ya'ni "Kichik Sir (daryo) " deb izohlash to'g'ridif, - deydi.[12. 145]
Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" (Vaqoe') asarida ham ushbu daryo "Chir suyi' deb nomlangan.[13. 12-, 17-, 20-, 23-, 26]
Geografik jihatdan qulay, iqlimi mo'tadil bo'lgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq o'tmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shug'ullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarning guvohlik berishicha, mil. av. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida ko'chmanchi chorvador aholining o'troqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, daryodan suv oladigan kanallar va ariqlar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ko'p bo'lgan. Bo'zsuv, Dumaloq, Qorasuv kanal va ariqlari bugun ham shu yerlardan boshlanadi.
Mil. av. I asrlarda bu yerlar Kushon saltanatining raqibi Kangyuy davlatiga, eramizning I ming yillik o'rtalarida eftalitlar davlatiga qaragan.
Milodiy VI asr oxirlarida bu hududlar Turk hoqonligi tarkibida bo'lgan bo'lsa, VIII asrdan arab xalifaligiga qaragan. Arablar dashtlik chorvador qabilalar hujumidan hosildor yerlarni muhofaza qilish maqsadida VIII asrning 70-yillarida Chirchiq vohasining shimoliy-g'arbiy chegaralari bo'ylab Soyliq qishlog'i yonidagi tog'lardan to Sirdaryogacha devor qurdirganlar. IX-X asrlarda ushbu hudud Somoniylar saltanati tarkibida bo'lgan bo'lib, bu davrda irrigatsiya tizimi rivojlangan. X-XIII asrlarda Qoraxoniylar va keyinchalik qoraxitoylar, XIII asrda Xorazmshohlar, so'ng Chingizxon bosqini natijasida mo'g'ullar ulusiga, XIV-XV asrlarda Temuriylar, XV asrda Shayboniylar, XVI asrdan esa Ashtarxoniylar hukmronligi ostiga o'tib, bu davrga taalluqli qishloq mehnat qurollaridan omoch, o'roq va boshqalar bizning vaqtimizgacha yetib kelgan. Shu paytlarda Chirchiqda kanallar qazila boshlangan. Zax, Bo'zsuv daryosining chap tomonida Xonariq kanali qazilib, irrigatsiya ishlari yo'lga qo'yilgan.
XVI asr o'rtalaridan bu yerlar Buxoro xonligi tarkibiga kiradi. XVII-XVIII asrlarda qozoq va qalmiqlar ta'siriga tushib qoladi. 1784-1808- yillarda mustaqil Toshkent davlatiga, 1808-yilda Toshkent shahrining zabt etilishi bilan Qo'qon xonligi tarkibiga kiradi, 1865-yil aprelida Chor Rossiyasi tarkibiga o'tib, 1867-yildan tuzilgan Turkiston general-gubernatorligiga va 1918-yilda Turkiston ASSRga, 1924-yildan O'zbekiston SSR tarkibiga kiradi.[14]
1932-yilning 28-aprelida davlat Mehnat va Mudofaa Kengashi (Mehnat va Mudofaa Kengashi - mamlakatning favqulodda oliy organi. Fuqarolik urushi va harbiy intervensiya davrida - 1920-1937- yillarda faoliyatyuritgan) Chirchiq elektrokimyo kombinatini, 2 ta GESni qurish to'g'risida qaror qabul qiladi. Ushbu qurilish ishlari yangi tashkil etilayotgan "Чирчикстрой" davlat qurilish boshqarmasiga topshiriladi. [9. 4]
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Chirchiq shahrini qurish borasida keng jamoatchilik ishtirokida bo'lib o'tgan birinchi yig'ilish 1932-yil 24-iyunda bo'lib o'tgan. Ularning tashabbusi bilan bir oydan so'ng O'zbekiston kasaba uyushmasi Chirchiq shahri loyihasi bo'yicha mutaxassislar ishtirokida yig'ilish o'tkazadi. Bu yig'ilishga, xususan, "Чирчикстрой", Ильич nomidagi zavod, "Сельмаш" zavodi, "Qizil Sharq" temir yo'l ustaxonalari, loyiha tashkilotlari, mahalliy ijroiya hokimiyati, ilmiy muassasalar, gazeta va jurnallar vakillari taklif etiladi.
1934-yil 1-mayda shahar tipidagi qishloq qurilishi Chirchiq daryosining o'ng sohilida Toshkent shahridan 30 km. uzoqlikda shimoli-sharqda boshlanadi. Bu qurilish uchun katta yer maydoni ajratiladi. Shahar tipidagi qishloqni ushbu yerdan oqib o'tayotgan daryo nomiga nomlash taklifi e'tirozsiz qabul qilinadi.
1935-yil 1-may kuni Chirchiq shahar maqomini oldi. Bu kun Chirchiq shahrining tug'ilgan kuni sifatida qabul qilingan
Chirchiq shahri Bo'stonliq, Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari bilan chegaradosh bo'lib, bugungi kunda aholisi 170 ming kishidan ortiq. Shaharda 44 ta mahalla fuqarolar yig'inlari tashkil etilgan. Chirchiq polisonimi polietnik (ko'p millatli) shaharlar sirasiga mansub bo'lib, bu yerda o'zbek, rus, qozoq, qirg'iz, turkman, koreys, tojik, tatar, qrim tatar, turk, ukrain, ozarbayjon, qoraqalpoq, uyg'ur, arman, chechen, belorus, nemis va boshqa ko'plab millatga mansub fuqarolar istiqomat qilib keladi. Chirchiq shahri sanoatlashgan shahar turkumiga kirib,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
mashinasozlik, metallga ishlov berish va kimyo sanoati rivojlangan hamda kichik va o'rta biznes rivojlanib borayotgan hudud hisoblanadi. Mazkur jihatlar Chirchiqning shaharsozligida hamda mazkur hudud mikrotoponimiyasining lingvomadaniy shakllanishida o'zining katta ta'sirini sezdirgan. Shahardagi ko'pgina joy nomlari, jumladan, memorial-monumental joylar, mavzelar, mahallalar, ko'chalar nomida ramziylik ifodasi yaqqol sezilib turadi. Xususan,
"Iqbol" mahallasi hududida Chirchiq shahrining ramzi hisoblangan Turnalar monumenti bunyo etilgan. 1972-yil 8-may kuni shaharning Troitsk hududida Bo'zsuv kanali bo'yida Oqqovoq GESi oldida Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan chirchiqliklarga bag'ishlangan "Turnalar monumenti" o'rnatiladi. Dunyoning 40 ga yaqin shaharlarida urushda halok bo'lgan askarlar uchun turnalar timsolida bunga o'xshash monumentlar o'rnatilgan. Ular orasida Maxachkala, Kislovodsk, Saratov, Irkutsk, Los-Anjeles, Sankt-Peterburg va boshqalar bor. Yodgorlik noodatiy qurilgan - granit ostiga kapsula ko'milgan. Kapsula Moskva, Leningrad, Volgograd, Brest, Minsk, Kursk, Smolensk, Berlin, Budapesht va boshqa shaharlardan keltirilgan tuproq bilan usti ko'mib qo'yilgan. Bu tepalikda har bahor qizil rangdagi gullar gullashi uchun ularga alohida parvarish ko'rsatilgan. Bu qizil gullar ramziy olov bo'lib, ularning ichidan turli uzunlikdagi uchta oq rangdagi o'q uchib chiqadi. Turli uzunlikda bo'lishining sababi shundaki, har bir insonning taqdiri har xil va hayotdagi balandligi ham turli xil. O'q tepasida - 20 metr balandlikda ularga sal tegmasdan turnalar uchib o'tadi. Turnalar guruhi - bu umid va baxt timsoli. Agar yaxshilab ushbu kompozitsiyaga qarasa, turnalar o'rtasida bir joy tartibi buzilgandek, yana bir qush yetishmayotgandek ko'rinadi. Bu turna qush pastda yarador bo'lib uchib ketayotgan safdosh turnalariga qarab ulardan qolib ketgan tasvirdagi haykali o'rnatilgan. Ushbu turnalar guruhidan qolib ketgan yarador turna qushi boqiy qayg'u ramziy ma'nosini ifodalaydi. Shuningdek, mahallada 1943-yilda ishga tushirilgan "Oqqovoq" GESi nomi ham ramziylikka ega.
Mahallalar nomiga e'tibor beriladigan bo'lsa: "Humo" mahallasiga baxt keltiruvchi afsonaviy Humo qushi nomi berilgan, "Chinor" mahallasida juda ko'p Chinor daraxti ekilgan. Shu boisdan u "Chinor" mahallasi nomini olgan. Sharq mifologiyasida Semurg' afsonaviy qush bo'lib, baxt va adolat timsoli hisoblanadi. "Semurg'" mahallasiga ushbu qushning nomi berilgan. "Hayot guli" mahallasiga "Hayot guli" nomi berilishining ramziy ma'nosi - fuqarolarning farovon, go'zal, birdamlikda, tinch-totuvlikda, ahil va gullab yashnashi nazarda tutilib berilgan. Bunday ramziylikni shahardagi boshqa ko'plab joy nomlarida uchratish mumkin.
Chirchiq shahridagi ko'plab mahalla va ko'chalarning nomlari mustaqillikdan keyin yangi nomga almashtirilgan. Sababi, istiqloldan keyin siyosiy-ijtimoiy va ma'naviy sohalardagi yangicha o'zgarishlar va aholining dunyoqarashi, tafakkurida istiqlol an'analariga hamohanglikni yuzaga keltirish maqsadida eski sovet tuzumi g'oyalariga xizmat qilgan joy nomlaridan ham voz kechilgan. Masalan, "Hayot guli" mahallasida 12 ta ko'cha bor: "Bog'ishamol" ko'chasi oldin Еделькин nomi bilan atalgan. A.Avloniy ko'chasi Amangeldi nomi bilan, M.Koshg'ariy ko'chasi Некрасов nomi bilan atalgan. "Ozodlik", Pushkin, "Paxta" ko'chalarining nomi o'zgarmagan. N.Kubro ko'chasi oldin Лермонтов, "Tashabbuskorlar" ko'chasi "Новый квартал", "Poyabzalchilar" ko'chasi "Обувная", H.Boyqaro ko'chasi "Огородная", "Qudrat" ko'chasi "Розета", Al-Buxoriy ko'chasi oldin Маяковский nomi bilan atalgan.
"Mirzo G'olib" mahallasi joylashgan hudud Chirchiqning tarixiy aholi manzilgohlaridan biri hisoblanadi. Bu yerlar asosan Qipchoq nomi bilan mashhur bo'lgan. Xususan,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ma'lumotlarga qaraganda, ushbu yerlar XVII asrdan Qipchoq deb yuritila boshlangan. Hududda qalin qamishzorlar bo'lib, bo'rilar, chiyabo'rilar, Turon yo'lbarslari va boshqa yovvoyi hayvonlar bo'lgan. Mahalla nomi asli samarqandlik bo'lgan Mirzo Asadullaxon G'olib (17971869) - shoir, faylasuf, tarixchi, lug'atshunos olim nomiga qo'yilgan. Hududda shaharning mashhur "Kimyogarlar" istirohat bog'i joylashgan. Shuningdek, mahalla hududida Chirchiq shahrining paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan elektrokimyo korxonasi - "Maksam-Chirchiq" AJ joylashgan. Bu korxona tarixda ko'plab nomlarga ega bo'lgan bo'lsa-da, har bir Chirchiqlik uning tarixini, uning shahar rivojlanishiga qo'shgan hissasini yaxshi biladi. Shuningdek, mahallada "O'zbekkimyomash" AJ korxonasi ham joylashgan.
"Kimyogar" mahallasida (aholining og'zaki so'zlashuv tilida "Химпасёлка") 1949-yilda Elektrokimyo kombinati (bugungi "Maksam-Chirchiq" AJ) tomonidan ishchilariga kottej uylar qurib berilgan. Bu mahallada zavod ishchilari yashagani uchun mahalla nomi "Kimyogar" mahalla fuqarolar yig'ini deb nomlangan.
Chirchiq shahrining Troitsk hududida mahalliy xalq tilida aytiladigan "Лагерный" degan joy bor. Ushbu atamaning etimologiyasini ko'pchilik bilmaydi. Mazkur atamaning paydo bo'lishiga sabab, ushbu joyda yapon asirlari uchun urushdan keyin lager barpo qilingan bo'lgan. Hozirda bu joyda lager yo'q, ammo xalq tilida uning nomi saqlanib qolgan. Ikkinchi jahon urushida harbiy asirlikka tushgan yaponiyaliklar sobiq SSSR tarkibidagi mamlakatlarga qurilish ishlariga yuboriladi. Ularning bir qismi Markaziy Osiyoga, shu qatorda O'zbekistonga joylashtiriladi. Ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistonga 25 mingga yaqin yaponiyalik fuqarolar yuboriladi. Ularning mehnatidan qurilish va xo'jalik sektorida foydalanilgan. Shular qatorida ular Chirchiq shahrini obodonlashtirish, yangi binolar qurilishiga jalb etiladi. Xususan, "Kimyogar" mahallasidagi "Yorqin kelajak" (37 ta uy), "O'zbekiston 30 yilligi" (24), To'maris (38), Adolat (16), Yusuf Xos Hojib (13), "Qardoshlik" (38), "Sharq yulduzi" (28), "Fidokorlar" (32) ko'chalarida 220 dan ortiq kottejlar va boshqa inshootlar ularning ishtirokida bunyod etilgan. [9. 47]
Shahardagi "Bahor" mahallasi ilgari "Весна" deb nomlangan edi. Bu so'z rus tilidan tarjima qilinib, mahallaga shu nom berilgan. Ushbu mahalladagi "Bunyodkorlar" ko'chasi oldin "Звездная", "Bunyodkorlar" tor ko'chasi esa "Звёздный" проезд, A.Temur ko'chasi "Сапёрная", M.Behbudiy ko'chasi Циалковский, "Maftunkor" ko'chasi oldin Rudakiy kottejlar ko'chasi deb atalgan. Rudakiy ko'chasining nomi o'zgarmagan, hozir ham Rudakiy ko'chasi deb ataladi. "Baxt" mahallasiga qarashli Nodirabegim ko'chasi oldin Богдан Хмельницкий, "Tiklanish" ko'chasi U.Yusupov, Cho'lpon ko'chasi Инстатиров, U.Nosir ko'chasi "Фестивальная", Zavqiy ko'chasi "Речная", Zulfiya ko'chasi "Совхозная" nomi bilan yuritib kelingan.
Ko'p joylarning rasmiy nomi bilan bir qatorda xalq tomonidan qo'yilgan og'zaki mahalliy nomi ham bor. Masalan, shahardagi "Madaniyat" mahallasida harbiy qism joylashganligi sababli mahallaning ko'p fuqarolari harbiylar hisoblanadi. Xalq tilida ushbu hududga "Harbiy shaharcha" ("Военный городок") degan norasmiy nom berilgan. Mahalla tarkibiga 4 ta ko'cha kiradi: "Madaniyat" ko'chasi ilgari "Мир" nomi bilan atalgan. Ko'chada Madaniyat saroyi joylashganligi sababli "Madaniyat" ko'chasi deb nomlangan. "Istiqbol" ko'chasi oldin "Профсоюзная" nomi bilan atalgan, 1991-yildan keyin "Istiqbol" nomi berilgan. "Saodat" ko'chasi "А.Матросов", "Haqiqat" ko'chasi "Верхний межканальный", "Нижний межканальный" nomlari bilan atalib kelingan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
"Birlik" Mahalla fuqarolar yig'ini tarkibidagi 8 ta ko'cha nomi ham mustaqillik yillarida almashtirilgan. Bular - "Kamolot" (Комсомольская), "Chirchiq quruvchilar" (Чирчикстройцев), S.Ahmad (Гоголь), X.Shakirov (Стаханцев), Maxtumquli (Лиза Чайкина), "Bosh Bo'zsuv" (Голова Бозсув), A.Navoiy (Ленин) va "Zakovat" (Ахунбабаев).
Biz o'z tadqiqot ishimizda Toshkent viloyati, xususan, Chirchiq shahar mikrotoponimiyasini tadqiq qilishda ularni lingvomadaniy jihatdan quyidagicha tasnifladik:
1-Jadval
Chirchiq shahri mikrotoponimlarining lingvomadaniy guruhlari
№ Lingvomadaniy Aholining kasb-kori, Milliy urf-odatlar va Aholining
guruhlari hunari va mehnat qadriyatlar asosida dunyoqarashi,
jarayonlari bilan shakllangan joy tafakkuri bilan
Toponimlar- bog'liq joy nomlari nomlari bog'liq joy
ning turlari nomlari
1. Astionimlar 1-, 2-, 3-, 4-, 8-, 9-, 10- "Troitsk" mavzesi, "Qipchoq",
(shaharcha, mavze, kichik nohiyalar, "Oqqovoq" mavzesi, "Jaloyir",
kichik nohiya "Kimyogarlar" mavzesi "Aranchi"
nomlari) hududlari
2. Godonimlar (ko'cha "Avtomobilchilar", "Ma'rifat", Ibn Sino, "Orzu", "Zafar",
nomlari) "Sportchilar", "Sog'lom avlod "Bahor",
"Zargarlar", uchun", A.Jomiy, "Botanika",
"Metallurglar", Alisher Navoiy, "Bo'ston",
"Ishchilar", "Dehqon", Alisher Navoiy shoh "Umid", "Sharq",
"Energetika", ko'chasi, Al- "Orom",
"Tadbirkorlar", Xorazmiy, Al- "Tinch", "Baxt",
"Texniklar", Farobiy, M.Feruz, "Keng",
"Konstruktorlar", "Baxt", J.Manguberdi, "Abadiyot",
"Ixtiro-chilar", Al-Farg'oniy, T.To'la, "Bog'iston",
"Mashinasozlar", A.Qodiriy, A.Temur, "Qorasuv",
"Transformatorchilar", CHaykovskiy, "Xalq "Sadaf"
"Charog'on", birligi", A.Chexov, ko'chalari
"Elektriklar", "Qattiq Avaz O'tar,
qotishmalar", A.Ikromov "8-mart",
"Muhandislar", "O'lka- "Hamkorlik",
shunoslik", "Farovonlik", "Nuro-
"Kimyogarlar", niy", "Vatandoshlar",
"Bunyodkorlar", "Mash'al", "Chirchiq
"Temir-yo'lchilar", shahrining 50 yilligi",
"Hunarmand-lar", "Do'stlik",
"Talabalar", "Toshkent"
"O'qituvchilar", "Qadriyat",
"Quruvchi-lar", "O't "Tashabbus-korlar",
o'chiruvchilar", "Vatanparvar", Levin,
"Poyabzalchilar" H.Maqsudov, Chetina,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ko'chalari Sh.Rashidov, Shestak,
V.Qodirov,
P.Yusupov,
Mendeleev,
Lomonosov,
Semashko, Marshak,
Osipenko, H.Olimjon,
G'.G'ulom,
A.Qahhor,
E.Yusupov,
V.Haydarov
ko'chalari
3. Agoronimlar "Kimyogarlar" istirohat "Bobur" bog'i,
(maydon, parklar va bog'i Alisher Navoiy
bog'lar nomlari) nomidagi xiyobon,
4. Etnooykonimlar "Qangli", "Qipchoq", "Qirq urug'" "Chimboy",
(urug', qabila, ko'chasi ko'chalari, "Elibay"
millat, xalq nomlari ko'chalari
asosida shakllangan
joy nomlari)
5. Antropooykonimlar Haydar Maqsudov, "Ahmad Yassaviy",
(kishi nomlari, Vohid Haydarov nomli "Amir Temur",
laqablari, mahallalar "Ulug'bek", "Mir
taxalluslari, Alisher", "Bobur",
familiyalaridan "Mirzo G'olib",
yasalgan joy "Hamza" mahallalari
nomlari)
6. Geortooykonimlar "Kimyogar" mahallasi "Turnalar" "Humo",
(Ma'lum davr, asr, monumental "Semurg'",
yil, sana, anjuman, yodgorligi, "Shodlik",
jang, qo'zg'olon, "Baynalmilal jangchi" "Hayot guli",
bayram, san'at va monumental "Kabutar",
sport festivallari yodgorligi; "Sharq", "Chinor",
kabi tarixiy voqea- "Birlik", "Turon", "Yulduz",
hodisa, davrlarning "G'alaba", "Quyosh",
maxsus atoqli "Guliston", "Iqbol", "Lola",
nomlaridan hosil "Umid", "Muruvvat", "Navbahor",
bo'lgan joy nomlari) "Baxt", "Tinchlik", "Nur",
"Istiqlol", "Ishonch", "Yoshlik",
"Do'stlik", "Adolat", "Kamalak",
"Madaniyat", "Bahor"
"Navro'z", "Iftixor", mahallalari;
"Kamolot", "Sug'diyona"
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
"Ma'rifat" mahallalari ko'chasi,
7. Fitotoponimlar "Uzumzor", "Tutli", "Terakli" ko'chalari, "Yong'oqzor" tor ko'chasi "Binafsha" ko'cha,
8. Nekronimlar (mozorlar, qabristonlar va shu tipdagi muqaddas qadamj oylarning atoqli nomi) "Akbar ota", "Jalayer" musulmon qabristoni va 7-sonli yopiq qabristonlar
9. Potamonimlar (daryo, soy, irmoq, kanal, ariqlarning nomlari) "Bo'zsuv" kanali, "Zax", "Xon" ariqlari, "Oqqovoq" GESi Chirchiq daryosi,
XULOSA
Til kommunikatsiya jarayonida o'zining ijtimoiy vazifalarini to'laligicha namoyon etadi. U nafaqat aloqa, fikr ifodalash va yetkazish, ta'sir etish, balki konseptual olam manzarasiga oid ma'naviy bilimlarni to'plash va saqlash, obyektiv voqelikni idrok qilish vositasi ham hisoblanadi. [15. 43] Ana shu tilning onomastik sathiga mansub bo'lgan toponimlar bugungi kun lingvistikasida atoqli joy nomlari sifatida nafaqat onomastik ko'lamda, balki til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni kuzatish imkonini beruvchi tilshunoslikning ancha yangi va dolzarb yo'nalishi bo'lgan lingvomadaniyatshunoslikning ham tadqiqot obyektlaridan biriga aylanmoqda.
Toshkent vohasi toponimlarini har bir shahar va tuman kesimida to'plash va o'rganish, uni tizimli tahlil va tadqiq etish o'zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanish bosqichlari xususida qimmatli ma'lumotlar beribgina qolmay, xalqimiz tarixi, etnogenezisi, urf-odatlari, turmush tarzi, mazkur areal jo'g'rofiyasi va arxeologiyasi, shuningdek, ma'naviyatimiz sarchashmalari haqida keng qamrovli izlanishlar olib borishga asos bo'la oladi. Xalqimiz tarixi, taqdiri va turmush tarzining o'ziga xos indikatori hisoblangan joy nomlari ajdodlarimiz tafakkurining bebaho yodgorligi, o'zbek ma'naviyati xazinasini asrlar davomida boyitib kelgan lingvokulturema sanaladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. Мирзиёев Ш.М. Жамият хдётининг танаси иктисодиёт булса, унинг жони ва рух,и маънавиятдир. // https://president.uz/uz/lists/view/4089.
2. Решетев В.В. Кураминские говоры Ташкентской области. Автореф. канд. дис. -Ташкент: 1952, - С. 36.
3. Файзиев T. Узбеки-Курама: В прошлом и настоящем: Автореф. канд. дисс. - Ташкент: 1963. - С. 24.
4. Кадырова Ш. М. Микротопонимы Ташкента: Автореф. канд. дисс. - Ташкент: 1970. -С. 28.
5. Развитие ойконимии Ташкентской области в советский период: автореф. дисс. -Ташкент, 1986. - С. 20.
6. ^ораев С. Тошкент топонимлари: Тошкент, Шопайзикулок, Буржар, Дархонарик, Арпапоя, Эскижува, Чакар, Согбон. «Мех,нат ва турмуш», 1972, №9.
7. Караев С.К. Топонимы Тошкента. «Звезда Востока», Ташкент, 1985, №10.
8. ^ораев С. Тошкент топонимлари. Тошкент «Фан», 1991.
9. Самеджанов А., Таджибаев У. Чирчи; шахдр махдллалари тавсифи. -Т.: "МАШХ,УР-ПРЕСС НАШРИЁТ", 2021.
10. Дусимов З., Эгамов Х. Жой номларининг кискача изошли лугати. Т.: "Укитувчи", 1977.
11. Х,асанов X,. Урта Осиё жой номлари тарихидан. Т.: "Фан", 1965. -Б. 56.
12. Qorayev S. Toponimika. T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti", 2006.
13. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma (Vaqoe'). - T.: "Fan", 2019.
14. Chirchiq shahar O'lkashunoslik muzeyi manbasi., 2022-yil.
15. Siddiqova Sh. O'ziniki bo'lmagan ko'chirma gaplar badiiy matnlar misolida // Tafakkur ziyosi. 2022/ maxsus son. -B. 39-46.