Научная статья на тему 'TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA'

TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
544
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastik birlik / konversiya / toponimik konversiya / toponimik tizim. / onomastic unit / conversion / toponymic conversion / toponymic system.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Toponimik konversiya deb nomlangan ushbu maqolada joy nomlarining paydo bo‘lishi va ulardagi kamchiliklar, konversiya hodisasi haqida bir qator fikrlar misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, ushbu maqolada yoritilgan mulohazalar geografik obyektlarni nomlashda yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF TOPONYMIC CONVERSION

This article, called Toponymic Conversion, provides examples of place names and their shortcomings, as well as a number of ideas about the conversion phenomenon. The considerations covered in this article also help in naming geographical objects.

Текст научной работы на тему «TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA»

TOPONIMIK KONVERSIYA HAQIDA TUSHUNCHA

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected]

ANNOTATSIYA

Toponimik konversiya deb nomlangan ushbu maqolada joy nomlarining paydo bo'lishi va ulardagi kamchiliklar, konversiya hodisasi haqida bir qator fikrlar misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, ushbu maqolada yoritilgan mulohazalar geografik obyektlarni nomlashda yordam beradi.

Kalit so'zlar: onomastik birlik, konversiya, toponimik konversiya, toponimik

tizim.

This article, called Toponymie Conversion, provides examples of place names and their shortcomings, as well as a number of ideas about the conversion phenomenon. The considerations covered in this article also help in naming geographical objects.

Keywords: onomastic unit, conversion, toponymic conversion, toponymic system.

Har qanday tilning lug'aviy boyligi ko'p davrlarning mahsulidir. Tilda biror so'z paydo bo'lishi bilan birga uning lisoniy tuzilishi ham o'zgarib, shakllanib va qat'iylashib boradi. Tilda ba'zi so'zlarning tub so'z holatida saqlangani, aslida yasama bo'lgan ba'zi so'zlarning hozirda tub so'z sifatida tushunilishi, tub so'zlardan yasama so'zlarning hosil qilinishi, ba'zi qo'shma so'zlarning sodda so'z shakliga, ayrim birikma tipli so'zlarning qo'shma so'z shakliga kelib qolishi va boshqalar qayd qilingan tarixiy o'zgarish va rivojlanish natijasidir.

ASOSIY QISM

Har qanday tilning toponimiya tizimi ma'lum bir davrninggina, ma'lum bir ijtimoiy-siyosiy qarashlarninggina mahsuli emas. Toponimiya tizimi til onomastik sistemasining ko'p asrlik rivoji mahsulidir. Shu sababli o'zbek toponimiyasi tizimida

THE CONCEPT OF TOPONYMIC CONVERSION

ABSTRACT

KIRISH

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

eng qadimiy toponimlar, tarixiy toponimlar, yaqin o'tmish toponimlari, yangi davr toponimlari va tamoman yangi toponimlar yonma -yon yashamoqda1.

Albatta, toponimiya tizimidagi barcha nomlarning qachon paydo bo'lganligini aniq belgilashning iloji yo'q. Chunki, ko'pgina nomlar qachon kim tomonidan belgilangani ma'lum emas. Shu sababli joy nomlarining ijodkori xalq deb baholaydi, hamda bunday nomlar tabiiy toponimlar, xalqona nomlar deb yuritiladi. Nomlarning paydo bo'lish tarixi va asoslari unutilgan bo'lsa-da , har qanday toponimning til mahsuli sifatidagi xususiyatlari saqlangan bo'ladi. Bu ko'pincha nomning grammatik strukturasini tahlil qilish orqali belgilanadi. Ayniqsa, iste'moldan chiqqan nomlar o'rnini to'ldirish, yangi ob'ektlarga yangi nomlar berish muayyan lisoniy qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Bunga ikki yo'l ko'zga aniq tashlanib turadi.

1. Yangi nom ijod qilish, yasash usuli.

2. O'zga tillardan nom o'zlashtirish usuli.

Mana shu ikki yo'l bilan toponimiya boyib, yangilanib boradi. Toponimik tizimning o'zgarishi va boyishida har ikkala usul ham muhim . Ammo yangi nom ijod qilish, ya'ni yangi nom yasash yo'li tilning o'z ichki resurslariga, imkoniyatlariga tayangani unda tilning milliylik ruhi saqlanadigan bo'lgani uchun afzalroq, deb baholanadi.

Toponimiya tildagi mavjud leksik negizlarga tayanadi. Shu bilan birga toponimiyaning boyish yo'llari ham tildagi bor bo'lgan imkoniyatlardan foydalanadi. Ammo oddiy leksika bilan atoqli otlarning yasalishida u yoki bu usul ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Ayrim toponimlarning yasalishida sintaktik va morfologik usuli ustunlik qiladi. Konversiya usuli esa kammahsuldir.

So'zlarning nominatsion, ya'ni funksional ko'chishi tildagi keng tarqalgan hodisa bo'lib, bunda bir so'z turkumiga mansub leksemaning boshqa so'z turkumi vazifasiga ko'chishi ko'zda tutiladi. Lekin bu jarayon shunchaki almashinish emas, balki yangi so'z yasash, ya'ni konversiya deb qaraladi. Konversiya (lot. conversio-aylanish, o'zgarish) so'zning fonetik va morfologik jihatdan o'zgarmay, bir so'z turkumidan boshqa bir so'z turkumiga o'tishi, shu yo'l bilan yangi so'z hosil bo'lishidir2.

Konversiya so'z yasalishiga oid adabiyotlarda hozirga qadar so'z yasalishining leksik-semantik usuli yoki leksik-grammatik usuli deb yuritib kelinadi.

Toponimik konversiya mavjud nominativ vositalarni ular uchun yangi vazifada ishlatilishini anglatadi, ya'ni mavjud til elementlari yoki tilning ichki manbalaridan foydalangan holda yangi nominativ birlik yaratiladi.

Konversiya atamasi ilmiy bilimlarning turli sohalarida qo'llaniladi. Ammo tilshunoslikda bu atama so'z yasalishining turlaridan biri sifatida talqin qilinadi.

1 Begmatov E. Joy nomlari-ma'naviyat ko'zgusi. Toshkent. 1998. 33-bet.

2 Xp^neB A. TH^myHOC^HK TepMHH^apHHHHr roo^H ^yrara. T.: Y36eKHCTOH MHMHH Энцнкïïoпедннсн, 2002.

74

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Joy nomlari chuqur ilmiy, siyosiy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, donishmand xalqimiz tafakkurining bebaho ifodasi sifatida asrlar osha yashab kelmoqda. Yurtimizdagi ko'plab geografik nomlarning o'sha hudud tabiiy iqlim sharoiti, aholining xo'jalik faoliyati, shuningdek, tarixiy voqea-hodisalar bilan chambarchas bog'liqligi ham yaxshi ayon.

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ta'kidlaganidek, ajdodlarimiz o'zlari yashaydigan mahalla, shahar va qishloqlar, bog'-xiyobonlarga nom tanlashga juda katta e'tibor bergan.

Sobiq tuzum davrida milliy ma'naviyatimizning muhim qismi bo'lgan joy nomlariga asossiz ravishda boshqa tillardagi so'zlarni aralashtirish yoki ularni o'zbek xalqining mentalitetiga yot bo'lgan nomlar bilan atash avj olgan edi. Oqibatda ba'zi qadimiy nomlar butunlay yo'qolib, ularning o'rniga mahalla va ko'chalarimiz ajnabiy nomlar bilan atalgan holatlar ko'p bo'lgan. Misol tariqasida Leninobod (Lelobod), Markes, Pobeda, Kuybeshev, Varasherov kabi qishloq nomlari, Chexov, Chkalov, Nabrejniy kabi ko'cha nomlarini keltirish mumkin. Endi bunday o'zboshimchaliklarga barham berildi.

Darhaqiqat, joy nomlari muayyan hududning tarixi va aholisining turmush tarzini ifodalaydi. Bu, ayniqsa, mahallalar nomlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Mustaqillik tufayli qayta tiklanayotgan qadriyatlarimiz ifodasi sifatida ba'zi joy nomlari qayta ko'rib chiqilib, yangicha nomlanayotganligi ham ayni haqiqatdir.

Yangi joy nomlarining yaratilishida xalqning turmush tarzi, orzu-istaklari, mehnat faoliyati va fe'l-atvori kabi xususiyatlardan kelib chiqqan holda nomlash, albatta, maqsadga muvofiq. Bunda toponimik konversiya muhim o'rin tutadi. Mahalla, ko'cha, qishloq va shaharlarga nom berishda obod, yangi tong, istiqlol, mustaqillik, do'stlik, shodlik kabi leksik birliklardan foydalanilmoqda: Obod qishlog'i, Yangi tong, Yangi diyor ko'chasi, Do'stlik mahallasi kabi.

Toponimlarni ma'nosiga ko'ra, tahlil etganda ularni qanday so'zlar asosida yaratilganligini aniqlash va nomlanish tamoyillarini belgilash muhim ahamiyatga egadir. Har bir nomni o'rganishda biz, avvalo, uning sirtiga duch kalamiz, ya'ni uning nima deb atalganligiga e'tibor qaratamiz. Agar biz joy nomlarini nima deb atalganligiga qarab izohlaganimizda edi,ba'zan kulgili holga tushib qolgan, ba'zan noto'g'ri xulosalar chiqargan bo'lar edik. Masalan, Bolg'ali (qishloqning nomi) ish quroli "molotok" nomiga qo'yilmagan, balki shu qishloq xalqining kasb-koriga qarab qo'yilgan. Sayot (qishloqning nomi) sayyod-ovchi emas, balki shu joylarda yashagan o'zbek

"3

qabilalaridan birining nomidir .

3 Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T., Fan. 1965

XULOSA

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, tildagi to'g'ri kelgan so'z bilan joy nomlari shakllanmaydi. Har bir sohaning o'ziga xos muammo va yechimlari bo'lganidek, onomastikaning toponimiya sohasida ham toponimik konversiya singari bir qator masalalari ko'ndalang yotibdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Begmatov E. Joy nomlari-ma'naviyat ko'zgusi. Toshkent. 1998. 33-bet.

2. Х,ожиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. Т.: Узбекистон Миллий Энциклопедияси, 2002.

3. Hasanov H. O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan. -T., Fan. 1965.

4. Кубрякова С.Е. Деривация, транспозиция, конверсия. Вопросы языкознание. 1974. №5.

5. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.

6. Movlonova, M. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA). Scientific progress, 2(5), 113-119.

7. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

8. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(9), 23-25.

9. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

10. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 3739.

11. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.

12. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.

13. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нутрий компетенцияларни ривожлантиришда нущнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

14. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

15. Temirovna, K. G. (2021). TIL VA LINGVOKULTUROLOGIYA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 527-535.

16. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (6), 60-63.

17. Mavlonova, M. U. (2021). ADABIYOT FANIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(9), 864-871.

18. Komilova, G. T. (2021). NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI. Scientific progress, 2(5), 234-239.

77

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.