Научная статья на тему 'VATANIM SURATI'

VATANIM SURATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
133
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oykonim / onomastika / nomshunoslik / toponimika / etimologiya / oykonim / onomastics / nomenclature / toponymy / etymology

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ahmedova, Umidaxon Yodgorjon Qizi, Axmedova, Mashhuraxon Ulug‘bek Qizi

Ushbu maqolada birinchi sinf darsligidagi “Vatan surati” mavzusi doirasida yurtimizda joylashgan Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Xiva, Urganch, Samarqand kabi joy nomlari tahlil ostiga olingan bo‘lib, bunday ma’lumotlarning bolalar uchun ahamiyatli jihatlari aytib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHOTO OF MY COUNTRY

This article analyzes the names of places in our country, such as Tashkent, Fergana, Andijan, Namangan, Khiva, Urgench, Samarkand according to the topic “The image of our country” in the first grade textbook and the importance of such information for children is analyzed.

Текст научной работы на тему «VATANIM SURATI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

VATANIM SURATI

Ahmedova Umidaxon Yodgorjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Boshlag'ich ta'lim yo'nalishi o'qituvchisi Axmedova Mashhuraxon Ulug'bek qizi

Farg'ona davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-

bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada birinchi sinf darsligidagi "Vatan surati" mavzusi doirasida yurtimizda joylashgan Toshkent, Farg'ona, Andijon, Namangan, Xiva, Urganch, Samarqand kabi joy nomlari tahlil ostiga olingan bo'lib, bunday ma'lumotlarning bolalar uchun ahamiyatli jihatlari aytib o 'tilgan.

Kalitso'zlar: oykonim, onomastika, nomshunoslik, toponimika, etimologiya

ABSTRACT

This article analyzes the names of places in our country, such as Tashkent, Fergana, Andijan, Namangan, Khiva, Urgench, Samarkand according to the topic "The image of our country" in the first grade textbook and the importance of such information for children is analyzed.

Keywords: oykonim, onomastics, nomenclature, toponymy, etymology

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются названия мест в нашей стране, таких как Ташкент, Фергана, Андижан, Наманган, Хива, Ургенч, Самарканд, в учебнике для первого класса «Фотография Родины» и подчеркивается важность такой информации для детей.

Ключевые слова: ойконим, ономастика, номенклатура, топонимия, этимология

KIRISH

Mustaqillikka erishganimizdan so'ng ta'lim-tarbiyaga e'tibor yanada kuchaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu sohaga yetarlicha islohotlar kiritganlar. Yaqin 5 yil ichida esa ta'lim tizimi qaytadan yangilandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 6-noyabrda qabul qilingan "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmon ta'lim tizimini tubdan rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Yaratilgan Milliy o'quv dasturi Davlat ta'lim standartidan tubdan farq qilib ko'proq amaliyotga yo'naltirilgan, u esa o'z navbatida o'qituvchidan yanada ko'p bilim va

877

Scientific Journal Impact Factor

ko'nikma talab qiladi. Boshlang'ich ta'lim - bilimlar poydevori. Uni qay darajada mustahkam bo'lishi, albatta, murabbiyga bog'liqdir. O'quvchilar yuqori sinfga o'tganlari sari o'rganayotgan bilimlari yana-da murakkablashib boradi. Chuqurlashtirilgan mavzularni o'zlashtirish jarayonida qiyinchilikka uchramasliklari uchun bolalarga ular haqida qisqacha tushuntirish berish lozim. Shundagina bola mavzuni to'la tarzda anglab uni davom ettira oladi. Ushbu maqolada 1 - sinf "O'qish" darsligida keltirilgan "Vatan surati" hikoyasi, unda keltirilgan joy nomlari va ularning etimologiyasi bilan tanishib chiqamiz.

Maktabga ilk qadam qo'ygan murg'ak qalblar ichi to'la hayajon bilan olamni o'rganishni, yana ham ko'proq anglashni xohlaydi. Albatta, har qanday yetuk shaxs, avvalo o'zligini anglagan, o'tmishidan g'ururlana oladigan bo'lishi kerak. Chunki inson bularni his qilmas ekan, kelajakka intilmaydi, motivatsiya topolmaydi, ajdodlari kim ekanligini bilgan shaxs esa, ularga mos avlod bo'lishga yana-da yuqori marralarni zabt etishga harakat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Borliqdagi barcha jonli va jonsiz narsalarga atab qo'yilgan nomlar ularning o'tmishi-yu kelajagi haqida ma'lumot beradi. Masalan, chaqaloqqa ism tanlashga xalqimiz chuqur e'tibor qaratadi, sababi bolaga mos ism ham uning yetuk shaxs bo'lishiga ta'sir etishining guvohi bo'lganmiz. Shuningdek, qadimdan insonlar istiqomat qilgan yerlarning nomi ham bizlarga o'sha davrning tili, u yerning ko'rinishlari kabi turli ma'lumotlarni yetkazadi. Masalan, Chimyon oykonimini tadqiq qilib ko'rsak. Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni lug'ot at-turk" asarida bu haqda: "Chumgon - o'tzor, shirin ajiriq", - degan fikrlarni aytgan. S. Qorayeving fikriga ko'ra: "Chimyon Chashmadiyon - suvi - bulog'i ko'p va Chilkon - konlari ko'p demakdir" [7]. Lekin qishloq nomining kelib chiqishiga uning o'ziga xos geografik kenglikdagi yashil vodiyda joylashgani sabab bo'lgan ekan.

Tilshunoslikda atoqli otlarni - nomlarni o'rganuvchi bo'lim Onomastika (Nomshunoslik) dir. Nomshunoslikning joy nomlarini o'rganish uchun xoslangan turkumi Toponimikadir. Toponimika - nomshunoslikning joy nomlarini organuvchi sohasi. Oronim (tog, qir, tepa, choqqi, davon v.b. atoqli otlari), gidronim (okeanlar, daryolar, kollar, dengizlar, kanallar, soylar v.b. atoqli otlari), xoronim (cho'lliklar, qumliklar, tabiiy orinlar atoqli otlari), oykonim (shahar, qishloq, mahalla v.b. atoqli otlari), ekklezonim (machit, cherkov, manostir v.b.), dromonim (yer osti, er usti, suv osti va suv usti yollarining atoqli otlari), nekronim (mozor, qabriston va shu tip muqaddas qadamjoylar atoqli oti).

Scientific Journal Impact Factor

Endi darslikka qaytib hikoyani o'qib chiqsak. Unda Vatanimiz tasviri haqida so'z borar ekan, tariximiz naqadar betakrorligi, xalqimizning bag'rikengligi ko'zga tashlanadi. Ushbu mavzu davomida yurtimizdagi ba'zi viloyat va shaharlarning nomlari tilga olinadi. Bu nomlar aslan qanday ma'no kasb etishini bolalarga tanishtirish orqali ham bolalarga yurtimiz o'tmish hayoti haqida ma'lumot bersak bo'ladi. Biz o'rganayotgan hikoyada keltirilgan "... azim poytaxt - Toshkent, betimsol Samarqand, Farg'ona, Andijon, Namangan, yangi chiroy ochgan Urganch va Xiva, go'zal obidalar qad ko'targan Qarshi, Termiz va Navoiy..."[6]lar tarixiga bir nazar tashlasak. Nega bu shaharlarga bunday sifatlar berilyapti? Javobni ushbu toponim-larning o'zidan qidirib ko'ramiz.

Qadimda Choch, Shosh nomlari bilan atalgan hozirgi Toshkent hududining etimologiyasi haqida dastlabki ma'lumotni Xitoy manbalari beradi. Shi, Chjyeshi, Jach, Choch, Shosh — bu nomlarning barchasi tosh ma'nosida shu hududga beril-gan. Turkiy manbalarda esa xuddi shu «tosh» ma'nosini anglatuvchi «Toshkent», ya'ni tosh shahar nomi keltiriladi. Aynan tosh shahar deb nomlanishi hududda binolarning toshdan qurilgani, qal'alarning mustahkamligi bilan izohlanadi. Lekin bu borada turli chigalliklar mavjud.[1]

Bugungi kunda ham sayyohlarning e'tiborini tortayotgan, Amir Temur davlati uchun poytaxt qilgan Samarqand toponimiga to'xtaladigan bo'lsak. Samarqand toponimi qadimgi so'g'd tilidagi «asmara»-tosh, qoya va «kand»- shahar, qal'a so'zlaridan shakllangan, degan qarash mavjud.

Samarqand shahri Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) yilnomalari-da Marokanda, sug'd yozuvlarida Smarakans, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg'ariy, Zahiriddin Mahammad Bobur, Mirxond (XV asr), Amir Temur saroyi-ga kelgan ispan elchisi Lui Gonzales de Klavixo (XV asr) asarlarida Semizkent, Chingizxon haqidagi mo'g'ul hikoyasida Semizgen («simisekan» — semiz, yo'g'on shahar) kabi bir qancha variantlarda uchraydiki, bularning hammasi Samarqand nomi juda qadimiy ekanligini va uning kelib chiqishi (etimologiyasi) tamom uzil-kesil hal bo'lmaganligini ko'rsatadi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.[]

Farg'ona nomining tarkibiga qaraydigan bo'lsak, ba'zi manbalarda bu so'z hind-sanskrit tilida «kichik viloyat», fors tilida «tog' oralig'idagi vodiy», «atrofi berk soylik» degan ma'nolarga egaligi qayd etilgan.

Qadimgi Farg'ona davlatiga oid dastlabki ma'lumotlar miloddan avvalgi II asrdan boshlab yozilib kelingan Xitoy manbalarida beriladi. Xitoy manbalarida Farg'ona xoronimi "Dayyuan" ("Davan") nomi bilan yuritiladi. Farg'ona viloyati nomining kelib chiqishiga qaraydigan bo'lsak, tadqiqotchi olimlar «Farg'ona» so'zi

Scientific Journal Impact Factor

bundan 13 asr ilgari so'g'd yozuvlarida «Parg'ana», «Prag'ana» shakllarida yozilganini ta'kidlashadi. Tahlillariga ko'ra, Parkon // Parkana // Parg'ana toponimi qo'shma tarkibli nom sanalib, par +kon / kana / g'ona birliklaridan tashkil topgan. Qadimiy sug'd tilida par topoleksemasi "devor yoki aylanma shaklidagi balandlik" ("par" birligining "aylana, aylanma, o'ralgan, qurshalgan" ma'nosi fors-tojik tiliga mansub pargar (sirkul), parma (aylanma harakat qilib teshadigan asbob), parvona so'zlariga ham aloqador bo'lishi mumkin), yana boshqa izoh bo'yicha par - "yuqori, baland", "devor bilan o'ralgan" ma'nosida, -kon / -kana, -g'ona birligi esa, umuman, joy ma'nosini ifodalagan. Farg'ona toponimining etimologiyasiga doir fikrlarni xitoy yozma manbalari va sug'd hujjatlari orqali aniqlash mumkin bo'lib, ushbu nom qadimgi xitoy solnomalarida Dayyuan, sug'd hujjatlarida Parkona (Pargana, Fragana), arab manbalarida esa Farg'ona atamasi bilan yuritilgan . Xoronim tarkibidagi par birligi "balandliklar bilan qurshalgan" yoki "tog'lar bilan o'ralgan", -kon / -kana, -g'ona qismi esa "joy, maskan, makon, vodiy" ma'nosini anglatib, Farg'onani -"tog' tizmalari oralig'idagi joy" yoki "tog'lar bilan qurshalgan vodiy" sifatida izohlash to'g'ridir.[8]

Endi esa, bobomiz Zahiriddin Muhammad Boburning kindik qoni to'kilgan makon, uning keyingi hayotidagi armoni bo'lgan, bir borgina ko'rishga talpingan ona shahri, bugungi kunda vodiyning bir parchasi hisoblangan Andijon astionimi haqida olimlarimizning tadqiqotlariga nazar tashlaylik. Afsonalardan biriga ko'ra, Turonzamin hukmdorlaridan biri bo'lgan Afrosiyobning qizi Adinajan betob bo'lib, davo topish ilinjida vodiy hududlariga keladi va bu yerning shifobaxsh havosi bilan tuzaladi. Buning sharafiga Afrosiyob bu yerda shahar barpo etib, qizining nomini beradi. Lekin bu shunchaki afsona xolos.

Boshqa variantga asosan, shu hududda adok, andi, azok nomli turli qabilalar istiqomat qilgan bo'lib, Andijon nomi shunga bog'lanadi. Juda qadim zamonda bu yerda Andi qabilasi yashagani va «andilar makoni» sifatida Andijon nomini olgani haqida ham taxminlar bor. Hozirgi Andijon hududida ilk shahar qal'ani barpo etgan shaxs — qabilaboshining ismi Andi bo'lgani va uning sharafiga shahar shunday nomlangani haqida ham farazlar yo'q emas.

Ba'zi xorijiy toponimika lug'atlarida «Andikan» — daryo bo'yida joylashgan shahar ma'nosini anglatadi, deya keltirilgan o'rinlar ham kuzatiladi[1].

"Gullar shahri" - Namangan qiziq, bu so'z qanday ma'no anglatar ekan? Vodiyning shimoliy hududlarida yirik tuz konlari bo'lgani arxeologik qazishmalar asosida dalillangan. Hududda eramizning dastlabki asrida osh tuzi olingan ko'l bo'lgani ham taxmin qilinadi.Shu bois bu hududga forscha «Namak kon» - tuz koni

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

nomi berilgan. Vaqt o'tishi bilan esa bu so'z Namangan shaklini olgan. Bu nomning kelib chiqishi borasida juda ko'p taxminlar mavjud. Buni shaharning Buyuk ipak yo'lida muhim o'rin egallagani, tranzit hudud sifatida turli millat va elatdagi savdogarlarga qo'noq bo'lgani va tabiiyki, har bir tilda alohida nomlan-gani bilan izohlash mumkin.[ 1 ]

O'zbekiston iqtisodiyotida alohida o'ringa ega Navoiy viloyatining nomi mutafakkir Alisher Navoiy sharafiga bag'ishlab qo'yilgani hech kimga sir emas. Xiva qal'asining nomi "Xevaq" qudug'i nomi bilan bog'liq, "Xey-vax" esa mamnuniyat, qoniqish, xitob belgisi degan fikrni bildiradilar. Yana birovlar uni "Xevak" xoli, quruq, bo'sh yoki g'ovak joy degan ma'noni bildiradi, deb taxmin qiladilar. Sharqshunos I.Beryozin Xeva toponimini "Hayva" va "Xavi" so'zlari bilan bog'laydi va quruq, bo'shliq qo'rg'on deb izohlaydi. Ba'zi olimlarning fikriga ko'ra "Xevaq so'zidagi" "-aq" kichiklik ma'nosini bildiruvchi qo'shimchadir. Qal'ajiq, kichik kal'a, Indavak, Pitnak kabi Xevak ham kichik qal'a ma'nosini bildirishi ehtimoldan xoli emas degan fikrlar mavjud.

Gruzin, mojar, (venger) osetin tillarida ham Xi-suv, quv-ovul, qishloq, qo'r-g'on, qal'a ma'nolarini anglatadi. Qadimgi Xorazmiy tilidagi "Xa", "Xi-suv", "Kang"-daryo, anhor, xa-o'z (suv saqlash joyi) -hovuz Xa, Xi, Xoy, Chu, Su, (suv) kabi lingivistik jarayonni bosib o'tgan va asta-sekin turkiylashgan bo'lishi ehtimol-dan holi emasdir. Shuningdek, turkiy tillardagi qiya, hiya, xiv,(qoya, tepalik tog' cho'qqisi) ma'nolaridagi so'zning isboti sifatida "Xiv"atamasiga bir necha misol keltirish mumkin. Agar ta'bir joiz bo'lsa, shahar nomining asl ma'nosi Xiy-vo bo'lib qadimgi xorazmiylar tilidagi Xi (Xiy) -suv, vo esa bo-bor (ya'ni suvi bor) kuduq, tepalik-dagi ko'rg'on, qal'acha deganidir.

XULOSA

Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqadigan ilmiy xulosa shuki, Xiyvo dunyoning eng qadimgi qo'rg'on-qal'alaridan biri bo'lib, u "Qal'ai Ramul", "Xevaq", "Xiva", "Xiyvo" shaklida atalib kelingan va ajdodlarimizning 2-3 ming yillik tarixidan guvohlik beruvchi tabarruk shaharlardan biridir. Ko'rinib turibdiki, Xiva atamasi Hind-Ovro'po tillari oilasiga mansub xoraz-miylar tili bilan ko'chmanchi turkiy xalqlar tilining qorishmasidan paydo bo'lgan va u qadimiy qum tepaligida joylashgan quduqli qo'rg'on, suvli maskan, odamlar yashaydigan obod qishloq- qal'a shaklida iste'molga kirgan. "Xeva" esa arabcha, forscha, talaffuz mahsulidir.

Zero, qal'aning "Xeva" tarzida iste'molga kirishi siyosiy- ijtimoiy muhitning mahsuli, to'g'rirog'i, XIX asrning so'nggi choragidan keyin ruslar tomonidan kiritildi.

Mahalliy xalq uni Xiyvo shaklida talaffuz etadi [2,3].

881

Scientific Journal Impact Factor

Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning o'ziga xos o'rni bor. Ko'hna Termizning qal'a qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga ko'ra shaharga miloddan avvalgi I ming yillikning o'rtalarida asos solingan.

Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi manzil") so'zidan olingan bo'lib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (masalan, Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), X asrdan Termiz deb atala boshlagan. Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta - Taramata (baqtrcha - daryo qirg'og'i) bo'lgan. Miloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni o'z nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Talimmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I - mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi[4].

Yer yuzining turli mintaqalarida Urgva, Urga, Gurganj, Urganch, Ko'hna Urganch, Urganji kabi shahar va qishloq nomlarini uchratish mumkin. Andijon viloyatining Izbosgan, Paxtaobod, Namangan viloyatining Sirdaryo bo'ylarida,Farg'ona viloyatining Darg'ara, Samarqand va Buxoro viloyatlaring Nurota, Tomdi, hamda Turkmanistonning Chorjo'y, Mari viloyatlarida Urganji deb ataladigan qishloqlar mavjud. Aslida Urganji bu urganj-liklar ekanligini bildiradi. Gurganj nomi ma'nosi hammani birdek qiziqtirishi aniq. Urganch (Gurganj) toponimi etimologiyasi haqida turli qarashlar mavjud. Toponim qadimgi manbalarda turli shakllarda uchraydi. Qadimgi turkiy aholi Gurganj, Gurganch, arab manbalarda Jurjoniya shakllarida qayd etiladi.

Xalq orasida nomning kelib chiqishi haqida turli afsonalar saqlangan. Jumladan: Hur ismli qiz va Ganj nomli yigit muhabbati sharafiga Hurganj yoki Urganj deb nomlangan. Yoki Urganch Hurquyosh (yoki baxt), Ganj "xazina", ya'ni "baxt xazina" degan ma'noni bildiradi. Toponimning etimologiyasi haqida A. Ishayev ancha asosli fikr bildirgan. U toponimni qadimgi Urgin "taxt, saroy" so'zi bilan bog'laydi. -ch so'z yasovchi qo'shimcha. Ammo tarixiy nuqtayi nazardan qaraganda toponim ancha qadimiy bo'lib, O'rta Osiyoda turkiy xalqlar paydo bo'lmasdan oldin ham mavjud bo'lgan. Albatta, bu ma'lumotlar boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun anchagina murakkab va tushunarsiz. Lekin o'qituvchi yuqori sinflarda o'qitiladigan toponimika faniga qisqacha tayyorlash uchun ham ushbu ma'lumotlarni bilishi va

Scientific Journal Impact Factor

bolalarga dunyoqarashiga mos ravishda yetkazib berishi lozim. Demak, yuqoridagilardan oladigan xulosamiz shuki, har bir shahar qanchalik ko'hna bo'lsa, uning nomining ham etimologiyasi ham murakkab va afsonalarga qorishib ketgan bo'lar ekan. Buni o'rganish esa o'quvchiga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Har bir inson uchun tug'ilgan yeri, Vatani aziz va muqaddasdir!

REFERENCES

1. Abdulahatov Nodirbek, Zohidov Fayzullo. "Farg'ona tumani tarixi (asotirlar, lavhalar, izlanishlar)" "Farg'ona" nashriyoti, 2013 yil.

2. Shukurov R., Jo'raboyeva G. "Farg'ona vodiysi toponimlarining qisqacha izohli lug'ati". Poligraf Super Servis

3. 1-sinf "O'qish"darsligi. T. G'afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva. "Sharq" nashriyoti. Toshkent - 2019.

4. http : //xorazmiy .uz/oz/page s/view/134

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.