Научная статья на тему 'MUNDUZ ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI'

MUNDUZ ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
320
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Munduz / etnotoponim / etnonim / etimologiya / joy nomlari / urug‘ nomlari. / Munduz / ethnotoponym / ethnonym / etymology / place names / seed names.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ergashev, Abduxalim Abdujalilovich

Maqolada nomlar, xususan, joy nomlari, urug‘qabila nomlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni tarixan o‘rganish, qayd qilish bilan insonlar qadim zamonlardan buyon qiziqib kelganlar.Turkiy urug‘ va qabilalar, shuningdek, O‘rta Osiyo hududida o‘tmishda yashagan boshqa etnoslarning nomlariga oid manbalar hamda O‘zbekistonda mavjud ayrim joy nomlari va etnonimlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni ilmiy jihatdan o‘rganish va yozilishiga e’tibor qaratish, etnonimlarni etimologik tahlil qilish ishlari ular asosida yasalgan joy nomlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu maqolada turkiy xalqlarga tegishli bo‘lgan munduz etnotoponimi etimologiyasiga doir fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETYMOLOGICAL STUDY OF MUNDUZ ETHNOTOPONY

The article is interested in the historical study of names, in particular, place names, tribal names. From ancient times, people are interested in Turkic tribes and clans, as well as the names of other ethnic groups living in Central Asia in Uzbekistan. attention to the scientific study and writing of information about certain place names and ethnonyms, the work of etymological analysis of ethnonyms is an important source in the study of place names based on them. This article presents opinions and comments on the etymology of munduz ethnotoponymy belonging to the Turkic peoples.

Текст научной работы на тему «MUNDUZ ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI»

Scientific Journal Impact Factor

MUNDUZ ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI

Ergashev Abduxalim Abdujalilovich

Filologiya fanlari nomzodi Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada nomlar, xususan, joy nomlari, urug'- qabila nomlari bilan bog'liq ma'lumotlarni tarixan o'rganish, qayd qilish bilan insonlar qadim zamonlardan buyon qiziqib kelganlar.Turkiy urug ' va qabilalar, shuningdek, O 'rta Osiyo hududida o 'tmishda yashagan boshqa etnoslarning nomlariga oid manbalar hamda O 'zbekistonda mavjud ayrim joy nomlari va etnonimlar bilan bog 'liq ma 'lumotlarni ilmiy jihatdan o'rganish va yozilishiga e'tibor qaratish, etnonimlarni etimologik tahlil qilish ishlari ular asosida yasalgan joy nomlarini o 'rganishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu maqolada turkiy xalqlarga tegishli bo 'lgan munduz etnotoponimi etimologiyasiga doirfikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: Munduz, etnotoponim, etnonim, etimologiya, joy nomlari, urug ' nomlari.

В статье расмотрены особенности географических названиях и названиях племен, внимание к научному изучению и написанию источников по названиям тюркских племен и родов, а также других этнических групп, проживавших в Средней Азии в прошлом, а также некоторых топонимов и этнонимов в Узбекистане, этимологический анализ этнонимов является важным источник для изучения топонимов на их основе. В статье представлены мнения и комментарии по этимологии этнотопонимии мундуз, принадлежащих тюркским народам

Ключевые слова: мундуз, этнотопоним, этноним, этимология, топонимы, семенные названия.

The article is interested in the historical study of names, in particular, place names, tribal names. From ancient times, people are interested in Turkic tribes and clans, as well as the names of other ethnic groups living in Central Asia in Uzbekistan. attention to the scientific study and writing of information about certain place names and ethnonyms, the work of etymological analysis of ethnonyms is an important source in the study of place names based on them. This article presents

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

opinions and comments on the etymology of munduz ethnotoponymy belonging to the Turkic peoples.

Keywords: Munduz, ethnotoponym, ethnonym, etymology, place names, seed names.

Dunyodagi har bir xalq, millatning tili, urf-odatlari, kiyinishi o'ziga xos, ayricha bo'lgani singari ular tomonidan qo'yilgan toponimik nomlar ham turlichadir. Aynan bir xil, takrorlangan joy nomlarini dunyo tillarida uchratish mushkul. Ular o'zining ixchamligi, keng iste'molda bo'lishi, tarjima qilinmasligi bilan tildagi boshqa so'zlardan farqlanib turadi. Masalan, Ungut, Saroy, Do'lan, Munduz, Sulduz, Qurama, Jaloyir kabi joy nomlarini rus, ingliz, nemis tillariga yoki, aksincha, rus, ingliz, nemis tillaridagi Slavyan, Kelt, Sakson, Gelvet, Vestgot, Ostgot, Ink, Astek, Mayya kabi qabila nomlarini o'zbek tiliga tarjima qilish mumkinmi? Aslo yo'q! Boisi ularda xalqlarning ko'p asrlik tarixi, urf-odatlari, madaniyati va san'ati yashirinib yotibdi. Shu ma'noda toponimlarni, xususan, uning eng yirik tarmog'i hisoblangan etnotoponimlarni tadqiq qilish bizga qimmatli ma'lumotlarni beradi.

Kuzatishlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki, o'zbek xalqi etnik tarkibiga singib ketgan urug'-qabila nomlari hamda bu nomlar asosida yuzaga kelgan joy nomlarini alohida olingan hududlar bo'yicha tadqiq qilish, ularning atoqli otlar tizimida tutgan o'rnini belgilash, kelib chiqish ildizlarini aniqlash, lug'aviy-ma'noviy, morfologik va so'z yasalishi jihatlariga ko'ra tahlil qilish, areal kartalarini yaratish hamda etimologiyasini ochish orqali tarixning biz uchun qorong'i bo'lib yotgan sahifalarini yoritish imkoni tug'iladi.

Tarixga nazar tashlasak, o'zbek millati uzoq va murakkab tarixiy jarayonlarda turli xalqlarga mansub bo'lgan qabila hamda urug'larning o'zaro aralashib, qo'shilib ketishi natijasida shakllanganligini ko'ramiz. Xalqimiz ichida turkiy xalqlarga mansub bo'lgan qoraqalpoq, uyg'ur, qirg'iz, qozoq, tatar, turk millat vakillari bilan birga fors-tojik, arab, rus, lo'li, mo'g'ul, koreys kabi boshqa xalq vakillarini uchratishimiz mumkin. Ma'lumki, o'zbek xalqining millat bo'lib uyushuvida ko'plab etnik guruhlar o'z ulushini qo'shgan va bu guruh nomlari, ularning madaniyati, tili, xalqimiz o'tmishini yaratishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu etnik guruhlar nomi va shu asosda yuzaga kelgan joy nomlarini tadqiq qilishda etnotoponimlar alohida o'rin tutadi.

Ma'lumki, hozirda Farg'ona vodiysi hududida O'zbekistonning uchta (Andijon, Namangan, Farg'ona), Qirg'izistonning uchta (O'sh, Jalolobod, Batkent), Tojikistonning bitta (So'g'd) ma'muriy viloyatlari joylashgan.

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Farg'ona vodiysi toponimik tizimida etnooykonimlar yetakchi o'rinni egallaydi. Chunki o'tmishda vodiy aholisining etnik tarkibi xilma-xil bo'lgan. Bu hududda asrlar davomida turli urug', qabila, qavm, xalqlarga mansub kishilar istiqomat qilganlar. Ularning ko'pchiligi vaqt o'tishi bilan o'troqlashib etnik nomlarini unutib yuborganlar. Lekin etnik guruhlarning nomi ular yashagan joylarda toponim sifatida saqlanib qolgan.

Farg'ona vodiysida o'zbeklar bilan yonma-yon va hatto aralashib yashab kelayotgan qirg'iz xalqining etnomadaniy aloqalar tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalardan ayon bo'ladiki, qadimgi turkiy etnoslardan biri hisoblangan qirg'izlarning ajdodlari azaldan Tyan-shanning shimoliy hududlaridan tortib, to Yenisey (Enasoy) daryosigacha bo'lgan keng sahro va dashtlarda ko'chmanchilik bilan kun kechirganlar. XVI asrda ularning ayrim etnik guruhlari Farg'ona vodiysi hududlariga ham kelib joylasha boshlaganlar. XVII-XIX asrlarda ko'pgina qirg'iz urug'lari Farg'ona vodiysining tog', tog'oldi hamda adir yonbag'irlaridan o'z chorvalari uchun yaylov sifatida foydalanganlar. Bu yerga asosan Tyan-Shan, Chotqol, Oloy, Qorategin va Qashg'arda yashagan qirg'izlar kelib joylashganlar1.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

O'tmishda qirg'izlar uchun ham barcha ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi xalqlar kabi urug'-qabilaviy tuzilish xarakterli bo'lgan. Qirg'iz urug'lari ham xuddi o'zbek urug'lari singari joy nomlariga urug'-qabilalar nomlarini singdirganlar. Chunki joy nomlari unutilmas bebaho tarix oinasidir. Bu nomlarning har biri ostida o'sha davr kishilarining o'ziga xos hayot tarzi yotadi. Quyida biz, Farg'ona vldiysi hududlarida uchraydigan "munduz" etnotoponimlining lisoniy-etimologik xususiyatini ochib bermoqchimiz.

"Munduz" etnotoponimi Xo'jaobod tumanidagi Birlashgan qishloq fuqorolar yig'iniga qarashli mahalla. Bu mahalla Andijon-O'sh yo'li yoqasida joylashgan. Bundan tashqari, viloyatning Xo'jaobod, Jalaquduq va Qo'rg'ontepa tumanlarida qirg'izlarning munduz urug'i vakillari istiqomat qiladilar

1. Mavjud ilmiy adabiyotlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, qirg'izlar uchta yirik guruhlarga birlashganlar: "o'ng" qanot qirg'izlari, "so'l" qanot qirg'izlari hamda "ichkilik" qirg'izlari. Huddi shu urug'chilik tamoillari asosida qirg'izlar

1 Бу хакида каранг: Абдуллаев У. Узбек-киргиз этномаданий алокалари // Жамият ва бошкарув.- 2004.- № 2, Валихонов Ч.Ч. Киргизлар хакида. Киргизлар. - Бишкек, 1999., Мулдабоев И. Киргизларнинг этник маданиятининг пайдо булиши. // ^иргизлар.- Бишкек, 1999.

ma'lum bir hududlarda, xususan. Farg'ona vodiysida hayot kechirishgan. Vodiyning shimoliy qismida qirg'izlarning "o'ng" qanot guruhiga kiruvchi sayoq, jedigar, bag'ish, mongoldar hamda "so'l" qanot guruhiga mansub sari, basiz, qushchi, chonbag'ish, qiyot, munduz kabi urug'-qabilalari joylashgan bo'lib, janubiy qismida esa asosan "ichkilik" guruhiga kiruvchi qipchoq, nayman, teyt, kesak, jookesak, qondi, bo'ston, naygut, avot, tuyalas kabi urug'-qabilalar, sharqiy hududlarida esa "ichkilik" guruhiga kiruvchi bo'ston, qipchoq, tayit, nayman, mungush, kesak hamda "o'ng" va "so'l" guruhiga mansub bag'ish, mongol, munduz, bassiz urug'lari istiqomat qilishgan. "Munduz" so'zining lisoniiy etimologik jihatiga e'tibor beradigan bo'lsak, qirg'izlarning ichkilik bo'limiga qarashli so'l qanot qabilalaridan biri2. Qirg'iz olimi O'.Qoraevning keltirishicha Quv o'g'illari - Basiz, Lalim qushchi, Kattabog'ish, Saru, Sunjek xitoy bilan (Said) kelishib, uning yo'lini davomchilaridan bo'lib qolishdi.

MUHOKAMA

Munduz (Oy bosh munduz) qirg'iz xalqining chap qanot urug'i bo'lib, ularga o'xshash munduz etnonimi janubiy oltoyliklarning tarkibida bor. Bundan tashqari, Qirg'izlarning Qo'chqor munduz urug'i bilan oltoyliklarning Qo'chqor mundus elatlari (mayda qisimlari)ning nomi mos keladi. Qirg'iz xalqining genetik kelib chiqishini yaxshi bilganlar Munduzlarni qadimgi urug'larning qatoriga qo'shadilar. Oltoylik telemutlarnin suyagi yoki urug'i mundus qadimgi va keng tarqalganlaridan biri. Shunga muvrfiq S.Abramzon qirg'iz urug'i munduzni kelib chiqish ildizini birikmasiga kiritgan qadimgi urug'larning qatoriga qo'shgan3.

2. M.Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida keltirilishicha munduz-ahmoq odam, degan ma'noni ifodalaydi va asarda u shunday misol orqali ifodalangan:

Necha munduz orsa et ezgu Necha egri ersa yo'l ezgu4 Ma'nosi: Yolg'izlikdan ko'ra qancha ahmoq bo'lsa ham, hamroh yaxshi, cho'lda boshi oqqan tomonga ketgandan ko'ra qancha egri, qing'ir-qiyshiq bo'lsa ham yo'l yaxshi.

3. "Devonu lug'otit turk" asarida "Mundiz aqin5" degan ibora ham ishlatilgan va bu so'z "oquvchi sel" degan ma'noni ifodalashi aytilgan. Munduz mahallasi relefi

2 Отаккуров. С. Киргиз санжираси. 1992 й. 160 бет.

3 Караев У. Киргиз элининг тузилиши // Материлы международной конфиреци, 1000 - летю эпоса "Манаса" 1996 й. Бишкек. С - 42.

4 Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. Уч жилдлик. 1-жилд. Тошкент. 1960. 426 бет.

5 Тюркской словарь. С- 349.

jihatidan yuqori tomoni adirlik va tepaliklardan iborat. Bahor oyida ob-havoning noqulay kelishi oqibatida yog'ingarchilikning ko'p bo'lishi natijasida sel yoki yomg'ir yoqqan paytda sel va yomg'ir suvlari adirdan pastka tomon yuvilib tushadi va mahallaning ikki tomondan o'tib, past tomondagi arqqa tushadi. Shundan kelib chiqqan holatda qadimda aholi o'zi yashab turgan joyni "Munduz aqin" deb nomlagan bo'lishi hamda, keyinchalik "oqin" tushib qolib Munduz so'zi yakka holda qo'llanayotgan bo'lishi mumkin.

4. Munduz - "munduz yo'rg'a ot" ma'nosini ifodalashi haqida ham M.Qoshg'ariy ma'lumot beradi6. Bu so'zning lug'aviy ma'nosiga e'tibor beradigan bo'lsak, bu yolg'iz yo'rg'asi bor ot, chopishda tengi yo'q ot degan ma'nolarni anglatadi. Tarixdan bizga ma'lumki qirg'izlar asosan tog' va adirliklarda istiqomat qilganlar va asosan chorvachilik, yilqichilik, bilan shug'illanganlar. Shundan kelib chiqqan holda qirg'izlar Munduz so'zini o'zlariga "totem" sifatida qabul qilgan bo'lishi mumkin.

5. Munduz mahallasida istiqomat qiluvchi Z.Sultonovning fikriga qaraganida7 Munduz etnotoponimi quydagi tarzda yuzaga kelishi mumkin:

Mann-duzd (tojikcha) "men o'g'ri" degan ma'noni anglatadi.

Ilgari vaqtida shu yerlik bir yigitning Tojikistonga borib bir qizni olib qochib kelgan ekan. Shunda ketma-ket quvib kelgan tojiklar qishloqdagi odamlardan hammasini bir yerga to'plab, tojik tilida; "Kim duz?" - "O'g'iri kim?" - deb so'rabdi. Shunda haligi yigit o'rtaga chiqib; "Men duz", ya'ni "O'g'ri men" degan ekan. Menduz atamasi shundan qolgan ekan. Vaqt o'tishi bilan menduz odamlar tilida munduzga aylanib ketgan.

6. Internet8 ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak, Munduz qabilasi - chap qanotdagi qadimgi yirik qabilalardan biri hisoblanadi. Munduz- so'z oxiridagi -"z" qo'shimcha hisoblanib (-"z"/ -lar) qadimgi turkiy tilidagi -lar qo'shimchasi bilan bir xil ma'noga ega. Masalan, qirg'iz, basiz, talas va boshqalar. Etnonimning parallellari hozirgi oltoy va turkmanlarning tarkibida mavjud ekanligi aniqlandi. Tarixiy folklor ma'lumotlariga ko'ra, oltoy xalqining "munduz" urug'i genetik jihatdan qipchoqlar bilan bog'liq deb hisoblanadi. Teleut shajarasiga ko'ra, muzlagan muzdan tug'ilgan egizaklarga Chulum Munduz va Kotkor Munduz ismlari berilgan. Qirg'iz munduz qabilasining "zulum munduz" va "kotkor munduz" qabilalari Oltoy bilan bevosita etnogenetik aloqalarga ega ekanligi aniq. Mahmud Qoshg'ariy "Munduz" so'zini

6 Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. Уч жилдлик. 1-жилд. Тошкент. 1960. 426 бет.

7 Талаба Махкамова Лола томонидан 18.06.72 й. ёзиб олинган маълумот.

8 https://www. google.com мундуз +племя

quyidagi ma'nolarda izohlaydi: 1. Oqayotgan suv; 2. Yo'rg'a ot oti; 3. Yaxshi odam. V.V.Radlov bu so'zni "oddiy", "kamtarin" ma'nosida ko'rib chiqadi.

Munduz qabilasi vakillari O'zbekistonning Hujaobod, Oyim, Izboskan, Qo'rg'ontepa hududlarida hamda Qirg'izistonning Kemin, Jeti-O'g'uz, Qo'chqor, Jumg'ol, Norin va boshqa viloyatlarda yashaydilar. Asosiy urug'lari: otumush, yoriq, kansoyul, mayda munduz, sokuchu, ko'kchelek, qizil bosh, oq bosh, dargg'a, to'g'unay, aziq, sapalak, baymunduz, oq uylu va boshqalardan iborat.

7. Aholi tomonidan yozib olingan ikkinchi bir etimologiyaga qaraydigan bo'lsak, joyning Andijon va Qirg'izistonning O'sh viloyatini bog'laydigan yo'l-yoqasida hamda masofaning o'rtasida joylashganini hisobga olgan holatda qadimda bu ikkala shaharlarga asosan ot ulovlarda qatnalgan. Joy adirliklardan iborat bo'lgani uchun aynan shu yerga kelganda, otlarning charchashi natijasida almashiniladigan joy, o'sha eng chopqir yo'rg'a otlarning eng yaxshisini "Munduz" deb nomlanishi joy nomiga ko'chib o'tgan.

O'rganilayotgan hudud Buyuk Ipak yo'lidagi eng muhim bekatlardan biri bo'lganligi bois, turkiy xalq, elatlar bilan bog'liq nom sifatida o'ziga xs va serqirra ma'noga ega. Shu bois, etnotoponimlarga xos yashovchanlik va barqarorlik ularni o'zbek tilining qadimgi boyliklaridan biri sifatida talqin qilishga imkon beradi.

XULOSA

Ushbu etnonim yuqoridagi so'zlar asosida "munduz" - so'zining "totem" sifatida urug' va joy nomiga ko'chishi orqali ifodalanadi. "Munduz" so'zi birinchi navbatda, ot nomidan olingan bo'lib, etnonim sifatida urug' nomiga ko'chgan va bu so'z urug' nomida o'sha millat yashayotgan joy nomiga o'tgan. Bundan ko'rinib turibdiki, "munduz" va bir qator urug'larning qadimda qaysi kasb-kor bilan mashg'ul bo'lganini ham bilib olishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Abdullaev U. O'zbek-qirg'iz etnomadaniy aloqalari // Jamiyat va boshqaruv.-2004.- №

2. Валихонов Ч.Ч. Киргизлар хдкида. Киргизлар. - Бишкек, 1999., Мулдабоев И. Киргизларнинг этник маданиятининг пайдо булиши. // Киргизлар.- Бишкек, 1999.

3.Караев У. Киргиз элининг тузилиши // Материлы международной конфиреци, 1000 - летю эпоса "Манаса" 1996 й. Бишкек. С - 42.

4.Махдоуд Кошгарий. Девону луготит турк. Уч жилдлик. 1-жилд. Тошкент.1960. 426 бет.

5. Тюркской словарь. С- 349.

6. Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. Уч жилдлик. 1-жилд. Тошкент.1960. 426 бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.