Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2
educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784
SHIMOLIY AFG'ONISTON O'ZBEKLARI ETNOGRAFIK LEKSIKASINING TARIXIY-ETIMOLOGIK XUSUSIYATLARI
Muhammad Humayun Nadim Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti [email protected] +998906454010
Annotatsiya: Ushbu maqolada Shimoliy Afg'oniston o'zbeklari etnografik leksikasi, etnografizmlarining shakllanish bosqichlari hamda ularning tarixiy-etimologik xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, hudud etnografizmlari leksikasi boyishiga ta 'sir etuvchi ichki hamda tashqi omillarni ifoda etgan holda Shimoliy Afg'oniston etnografizmlarining o'ziga xosligi ko'rsatib o 'tilgan.
Kalit so'zlar: etnografizm, Shimoliy Afg'oniston, forsiy qatlam, arabiy qatlam, etnografik leksika
Annotation: This article describes the ethnographic lexicon of Uzbeks in northern Afghanistan, the stages of formation of ethnographisms also comments on their historical and etymological features and expressed the internal and external factors influencing the enrichment of the lexicon of ethnographies of the region and the uniqueness of the ethnography of northern Afghanistan is highlighted.
Keywords: ethnography, northern Afghanistan, Persian layer, Arabic layer, ethnographic vocabulary
Аннотация: В статье описан этнографический лексикон узбеков северного Афганистана, этапы формирования этнографизмов, а также даны комментарии к их историко-этимологическим особенностям и выявлены внутренние и внешние факторы, влияющие на обогащение лексики этнографий региона и своеобразие освещена этнография северного Афганистана.
Ключевые слова: этнография, северный Афганистан, персидский слой, арабский слой, этнографическая лексика.
KIRISH
Shimoliy Afg'oniston - qadim madaniyat, sivilizatsiya markazi sifatida, Movarounnahr va Xurosonni bog'lovchi madaniy chorraha vazifasini bajarib kelgan. Temuriylar, chunonchi, Husayan Boyqaro hukmronligi davrida bu hududlar alohida bekliklar tasarrufida bo'lib, mamlakatning muhim savdo-sotiq markazlaridan biri hisoblangan.
Har bir tilning lug'at zaxirasi jamiyatning taraqqiyoti bilan bog'liq ravishda muttasil rivojlanib boradi, chunki kishilar o'rtasida aloqa vositasi hisoblangan til insonning turli-tuman faoliyati bilan uzviy boglangandir. Ijtimoiy o'zgarishlar tilning leksikasida oz izlarini qoldiradi. Buning natijasida tilning leksikasi doimo boyib boradi. Bu boyish leksikaning ajralmas qismi sanalgan to'y marosimi va uning urf-odatlarini ifodalovchi etnografik ifodalarga ham taalluqli.
Hozirgi o'zbek tili leksikasiga nazar tashlansa, unga tarixiy taraqqiyotning malum bir bosqichida boshqa tillardan kirib, o'zlashib ketgan so'z, termin va hatto ayrim grammatik elementlarni ham koramiz. Bu sozlar deyarli barcha sohalarda: fan, texnika, sanat ishlab chiqarish tarmoqlarida qollanmoqda. Bu holatni Shimoliy Afg'oniston o'zbek elatlari etnografizmlarida ham ko'rishimiz mumkin.
Asosiy maqsadga erishish uchun uni amalga oshirishda tavsiflash, analiz, sintez metodlaridan foydalanildi. Maqolada o'zbek tilshunosligida etnografizm va dialektalogiya sohalarida tadqiqotlar olib borgan A.Jo'raboyev, N.Mirzayev, Y.Bobojonov, Sh.Nurullayeva, M.Qahhorova, R.Kasimova, A.Xonxojyeva, G.Adilova kabi tilshunos olimlar ishlarida ilgari surilgan g'oyalar, fikr va qarashlar tashkil etadi.
Til leksikasining tarixiy rivojlanish va shakllanish xususiyatlarini bilish uchun til lug'at tarkibidagi so'zlarni tarixiy-etimologik nuqtai nazardan o'rganish, ularni etimologik qatlamlarga ajratish lozim. Bu ish til lug'at tarkibini ilmiy asoslarini idrok qilish va tushuntirish maqsadida amalga oshiriladi. Til lug'at tarkibini tarixiy-etimologik, yani so'zlarning genetik asoslariga ko'ra tahlil qilish o'zbek xalqi tilining o'tmishda qanday qardosh tillar, shuningdek, qardosh bolmagan chet tillar bilan aloqada va hamkorlikda bolganini, bu tilga qaysi tillarning tasiri mavjudligini aniqlashga ham komaklashadi. Pirovardida, bunday izlanishlar o'zbek tili lug'at tarkibi va grammatik qurilishining tarixiy rivojlanish yo'llarini ilmiy tushunish, tavsiflash uchun nihoyatda muhim. Til lug'at tarkibini tarixiy-etimologik nuqtai nazardan tekshirganda, avvalo, tarixan, genetik jihatdan o'zbek tilining oziniki bo'lgan so'zlar belgilab olinadi. Bunday so'zlar o'zbek tili leksikasining asosiy negizini tashkil etgan qadimiy qatlam. So'ngra o'zbek tili tarixan qaysi tillar bilan aloqada bolganligiga qarab lug'at tarkibidan qadimiy uyg'ur tili, so'gM tili, xitoy tili, arab tili, mo'g'ul tili, fors-tojik tili va boshqalarning elementlarini axtarish ananalashgan. Bu tillar o'zbek tili lug'at tarkibiga turli davrlarda, turli yoglar bilan tasir etgan. Shunga ko'ra, o'zbek tiliga kirgan so'zlarning soni ham turli darajadadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nikoh to'yi marosimiga oid etnografik birliklarning tarixiy-etimologik kelib chiqishiga oid bo'lgan qarashlarni, bu sohani o'rgangan olim Abdusamad Jo'raboyev tadqiqotlari asosida yoritishga harakat qilamiz. Turkiy xalqlar, jumladan, Shimoliy Afg'onistonda yashovchi o'zbek elatlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida nikohning turli xil shakllarini boshdan kechirganlar. Uning bunday turli-tuman shakllari o'z o'rnida kishilarning o'zaro bir-biriga bo'lgan yaqinlik munosabatini ifodalovchi quda, qaychiquda, qaynota, qaynona, kuyov, qayliq, xotin, er, vakil ota kabi atamalarni keltirib chiqardi. Quyida biz bularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Insoniyat tarixining dastlabki ва undan keyingi davrlarida, nikohga oid marosimlar uncha ko'p bo'lmagan. Shuning uchun ularni ifodalovchi nomlar turkiy tillarning yozma yodgorliklarida ko'p emas. Ehtimol, marosimlar ko'p o'tkazilgan bo'lishi mumkin, lekin ularning nomi bizgacha yetib kelmagan. S.E.Malovning V va XV asrlar qadimgi turkiy tillarning yozma yodgorliklari haqida ma'lumot beruvchi "Памятники древнетюркской писъменности" asarida avla (uylanmoq), äz (er, erkak kishi); ävlüg/ävlük (xotin), jutuz (xotin kishi); kälin (kelin) singari etnik tushuncha anglatuvchi so'zlar uchraydi. Mahmud Koshg'ariyning XI asrdagi, undan oldingi va undan so'nggi davrdagi yozma yodgorliklarni tushunish va o'rganish uchun qimmatli qo'llanma bo'lgan "Devoni lug'atit turk" asarida esa kezut (kiyim) "to'yda kelin-kuyov yaqinlariga beriladigan to'n ma'nosida kelgan [1, -b.51]. Yoki egät - "nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvchi xotin"; "seb" - kelinlar moli" ma'nosidadir.
Sovchi. To'y marosimi nomlari ichida eng faol qo'llanuvchi sovchi atamasining etimologiyasi haqida A.Jo'raboyev fikr bildirgan. Unga ko'ra, bu so'z dastavval "tarjimon", "bashoratchi", "oldindan xabar beruvchi" ma'nolarida ishlatilgan. Keyinchalik "xudoning elchisi", "rasul" ma'nosi uchun forscha payg^ambar so'zi qabul etilib ommalashib ketgandan so'ng, sovchi so'zining ma'nosi toprayib, faqat "qiz oluvchi va qiz beruvchilar orasidagi vositachi shaxs" ma'nosi qoladi. Tadqiqotchi uni yasama so'z sifatida izohlar ekan, tarkibini sov - o'zak, -chi - affiks sifatida ifodalaydi. Turkiy tillarning qadimgi yodgorliklarida sav, sab, sap so'zlari "nutq, xabar, so'z ma'lumot, ma'lum qilmoq" kabi ma'nolarda ishlatilgan [1, -b. 163]. V.Radlov sav so'zni uyg'urchaga nisbat beradi. Demak, bu so'zni umumturkiy birlikning uyg'urcha shakli deyish mumkin.
Qalin. Bu so'z ham eng qadimgi etnografik nomlardan. O'TIL (O'zbek tilining izohli lug'ati)da qalin so'zning ikki ma'nosi berilgan:
1. Ko'ndalang o'lchamli katta (odatda yassi-yoyiq narsalar haqida). Qalin kitob, qalin qog^oz va h.
2. Nikoh to'yida kuyov tomonidan kelin tomonga beriladigan, toTanadigan pul, mol va b. Masalan, U toy shart-sharoitlari ustida, qalin ustida savdolashib o^tirmay, fotihaga qol ko^tardi. (M.Ismoiliy, "Farg'ona tong otguncha")
Etnografizm sifatida "Qalin" so'ziga nisbatan qyidagicha izoh berish mumkin: kelin qilib oluvchilar tarafidan, qizning ota-onasiga kelishuv asosida beriladigan to'lov. A.Jo'raboyev bu etnografik leksikaning genezisi haqida toxtalar ekan, qolmoq felining o'zagi qol ga -im, -in affikslari qo'shilishi orqali vujudga kelgan degan fikrni ilgari suradi [2].
Chimildiq. To'y marosimi nomlaridan chimildiq ham o'zbek, qozoq, qoraqalpoq xalqlari orasida juda keng qollaadi. Diniy qarashlarga ko'ra, kelinchak uchun maxsus holda tayyorlangan joyga - chimildiqqa hech kim ham qo'yilavermaydi. Shuning uchun ham chimildiq so'zining etimologiyasi to'g'risida ayrim manbalarni ko'rib chiqdik. A.Jo'raboyevning fikricha, bu so'z qadimgi turkiyda "bir xil o'simlik", hozirda esa bir-biriga kirishib, namlikni otkazmaydigan va suv to'sishda ko'proq ishlatiladigan ajriqning tomirlari manosida qo'llaniladigan, chim va urilmoq so'zlarining birikishidan hosil bo'lgan, "kirish, o'tish mumkin emas" manosini bildirgan [2, -b.36]. Bizningcha, bu taxmin qaysidir manoda, qadim insonlarning mifologik tafakkuriga bogTiq holda shakllangan fikrlarni o'rganish asosida bayon qilingan bolishi mumkin. Negaki, qadimdan muqqaddas hisoblangan chillali xonaga, pok niyatda, yomon kozlardan asrash uchun begona kishilarning kirishi taqiqlangan. Faqatgina xos kishilargina u yerga kira olishgan.
Kuyovnavkar. Bu so z aslida kuyov navkar, "kuyovning ortoqlari, kuyovning jo'ralari" manosini ifodalovchi birikma xalq shevalarida, turkiy va boshqa tillarda turli fonetik shakllarda ishlatiladi. Shimoliy Afg'oniston o'zbek shevalarida ham uning kuyov navkar, kuyav navkari shakllari qollaniladi.
Kuyov. Bu so'zning ham tarixiy-etimologik kelib chiqishi o'zgacha. Tarixdan bizga ma lumki, Chig atoy va ozarbayjon tilida Chingizxon avlodidan uylangan shahzodalar ko^ragan, ko^ragon deb nomlangan. Bu atama ham "kuyov" manosida ishlatilgan. Bundan bilish mumkinki, qadimgi turkiy xalqlarda kuyov atamasi qadimdan ishlatib kelingan. Shu va shu kabi atamalardan xulosa qilish mumkinki, etnografik birliklar faqatgina bir til doirasida yuzaga chiqmagan.
Demak, o'zbek tili leksikasi, jumladan, etnografik leksika o'zining butunlay tarixiy taraqqiyoti davomida faqat ichki imkoniyatlar asosida rivojlanmasdan, balki tashqi manbalar hisobiga ham boyib kelgan. Biz Shimoliy Afg'oniston o'zbeklari to'y-marosim nomlariga kirib kelgan so'zlarni ajratib ko'rsatish maqsadida etnografik leksikaning boyish manbalarini quyidagi guruhlarga bo'ldik:
1. Umumturkiy qatlam.
2. Arabiy qatlam.
3. Fors-tojikcha qatlam.
4. Baynalminal qatlam.
Etnografízmlarning adabiy til meyorlariga munosabatini o'rganish e'tiborli masalalardan. Chunki adabiy til meyori etnografízmlarning nutqda vazifalashuvini tartibga soladi, ularning qo'llanishi davr, sharoit, muhit va matn bilan muvofiqlashtiriladi.
Ozbek tilida boshqa (arab, fors) tillardan o'zlashgan etnografizmlar ham mavjud. Shuni hisobga olgan holda o'zbek etnografik leksikasi umumturkiy, arabiy va fors-tojik qatlamlarga ajratiladi.
1. Etnografizmlarda umumturkiy qatlam. Afg'onistonning shimoliy hududlarida kop xalqlar yashaganiga qaramay, bu yerda hamisha nufuz jihatidan turkiy urug' va qabilalar yetakchilik qilgan. Turkiy qabila va urug'lar Shimoliy Afg'oniston madaniy hayotda asosiy rolni o'ynagan. Shu bois etnografik leksika tarkibida umumturkiy so'zlar yetakchi o'rinda turadi. Umumturkiy so'zlar, ayniqsa, marosimlar va bolalar o'yinlari, shuningdek, dehqonchilik chorvachilik va qurilish kabi mehnat turlari leksikasida kengroq namoyon bo'ladi. Bunga sabab marosim, o'yin va mehnat turlari har bir xalqning tarixiy ijtimoiy hayotdagi qiyofasi va mavqeyini ko'rsatuvchi ananaviy etnografik hodisalar sifatida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi. Ozbek xalqi turkiy xalqlarning biri va asosiy yetakchi bo'g'ini. Bunga bir kichik dalil sifatida professor Hamidulla Dadaboyev tomonidan bajarilgan tahlilni keltirib o'tsak. Olim turkiy leksik terminlarning umumiyligi haqida aniq tasavvurga ega bo'lish uchun ijtimoiy-siyosiy va sotsial terminlardan 503 tasini ajratib, ularni bazi qardosh turkiy tillarning muvofiq leksik birliklari bilan qiyoslash natijasida XI-XIV asr yozma manbalari tilida ishlatilgan 503 ta termindan 348 tasi uyg'ur tilida, 230 tasi qozoq tilida, 244 tasi qirg'iz tilida, 370 tasi turk tilida, 390 tasi o'zbek tilida qo'llanganligini takidlaydi[3, -b. 61]. Hatto ushbu taxminiy tahlil ham eski turkiy til qolyozma manbalari o'zbek tili qatori boshqa turkiy tillar ichida yetakchi bo'g'in ekanligini ko'rsatib turibdi. Mavzudan uzoqlashmagan holda etnagrafizmlardagi turkiy qatlam haqida to'xtalib o'tsak. Azal-azaldan tilimizda qo'llanib kelayotgan sof etnografik birliklar talaygina. Buni Shimoliy Afg'oniston o'zbek etnografizmlarida ham kuzatishimiz mumkin: toy, osh, umoch, ko^rpa, qalin, chimildiq, kuyov, kelin kabi.
2. Etnografizmlarda arabiy qatlam. VII-VIII asrlarda arab hukmdorlari Orta Osiyo hududini bosib olgandan so'ng mahalliy xalqqa oz tasirini otkazadi. Ular o'zlarining urf-odati va madaniyatinigina emas, tilini ham majburiy qabul qildirishga
harakat qiladi. Natijada arab tili bir necha xalq tiliga, jumladan, o'zbek tiliga ham tasir etmay qolmadi. Ozbek tiliga turli sohalarda qo'llanuvchi juda ko'p miqdordagi arabcha so'zlar bilan bir qatorda, to'y munosabati bilan amal qilinadigan urf-odatlarni ifodalovchi nikoh - ^^ , mahr - kabi ayrim etnografik nomlar ham kirib kelgan. Bu nomlarning bazilari, shuningdek, arab tilidan o'tib, keyinchalik butunlay o zlashib ketgan usta, asal, xol, xatna, sunnat, nikoh kabi so zlar to y marosimini ifodalovchi qo'shma birikma so'zlarni hosil qilishda ham isshtirok etdilar. Masalan, nikohpuli nikoh suvi, nikoh to^yi, ustayo^qladi, xatna to^yi, sunnat to^yi va hakazo.
Shu o'rinda qayd etish o'rinliki, arab tilidan o'zlashgan ayrim so'zlarning etnografik leksikada kopincha boshqacharoq manoda qo'llanilish hollari uchraydi. Masalan, "Arabcha-ruscha lug'af'da nikoh atamasining manosi "uylanmoq, erga chiqmoq, nikohlanish" tarzida izohlanadi [4, -b.1055]. Ozbek tili izohli lug'atida ham shunday manoda keladi[5, -b. 508]. Etnografik leksika sifatida u "turmush quruvchi ikki yoshni birlashtirish sifatida domla tomonidan o'qiladigan oyat" manosida ishlatiladi.
Umuman olganda, VII-VIII asrlardan boshlab o'zbek tili leksikasiga kirib kela boshlagan arabcha nomlar, etnografizmlar to'y marosimi nomlarining boyishiga malum darajada o'zining ta' sirini ko'rsatgan.
Bu qatlamga oid so'zlar Shimoliy Afg'oniston o'zbeklari leksikasida ko'pchilikni tashkil etishining asosiy sabablaridan biri Afg'oniston rasmiy jihatdan islom respublikasi hamda islomiy urf-odatlar nomlarining ko'pchiligi o'zgarishsiz saqlanib kelinayotganligida: sunnat, fotiha, ijob, Qur^on to^yi, mullo to^yi, nikoh, aqiqa kabi. Bulardan Qur^on to^yi, mullo to^yi Ozbekiston o'zbeklari nutqida uchramaydi.
Etnografizmlarda fors-tojikcha qatlam. Ozbek xalqi bilan tojik xalqi qadim zamonlardan beri yonma-yon yashab turli tuman munosabatlar o rnatib, o zaro hamkorlikda bo'lib keladilar. Shimoliy Afg'oniston o'zbek elatlari yashaydigan hududlarning katta qismida forsiyzabon aholi istiqomat qiladi. Ularning turmush tarzlari, madaniyati, urf-odatlari bir-biriga ijodiy tasir ko'rsatib keldi. Bu ayniqsa, tojik va o'zbek elatlarining urf-odat, til borasida yaqqol ko'zga tashlanadi.Tojik tilidan kirgan so'zlar o'zbek tiliga shunday singib ketganki, ular asl o'zbekcha so'zlarga o'xshab qolgan.
Fors tilidan kirib kelgan etnografizm nomlari ham anchagina. Biz Shimoliy Afg'oniston o'zbek elatlari etnografizmlari tarkibidagi forscha nomlarni quyidagicha ifodaladik:
1) sof fors-tojikcha etnografizmlar: bazm, sarpo, sarpoy, payondoz chilla, dasturxon, kayvoni kabi;
2) fors-tojikcha so'zlarning o'zbekcha nomlarga qo'shilishidan hosil bo'lgan nomlar: payondoz tortdi, poyondoz tashladi, kampir oldi;
3) o'zbekcha so'zning fors-tojikcha so'zga qo'shilishidan tarkib topgan nomlar: kelinsarpo, kuyovsarpo, kuyovnavkar;
4) fors-tojikcha so'zga o'zbekcha affiksning qo'shilishidan yasalgan nomlar: bazmchi, dasturxonchi, payshanbalik va h.k.
Shimoliy Afg'oniston o'zbeklari etnografik leksikasi tarkibidagi umumturkiy, arabiy, fors-tojik qatlamga oid so'z va boshqa leksik birliklar bilan tanishish bizga quyidagicha xulosalarga kelishga imkon berdi:
1) Shimoliy Afg'oniston o'zbeklari etnografizmlari tarkibida umumturkiy, arabiy, fors-tojik qatlamlarining mavjudligiga, juda qadimiy va turli-tuman aholining uzoq vaqtlar iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan juda yaqin munosabatda, aloqada yashaganligidan dalolat beradi;
2) albatta, bunday aloqa va tasir, bir tomondan, oddiy kundalik munosabatlar bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan mafkuraviy zoravonlik (yuqorida takidlaganimizdek, VIII asrda arablar tomonidan yoppasiga islomlashtirish) natijasida yuz bergan;
3) hozirgi kunda hudud etnografik leksik tizimga arabiy, fors-tojik tillariga oid etnografizmlarning kirib kelishi deyarli to'xtagan, inglizcha so'zlarning (card -to'yxat, birthday - tug'ligan kun, party - bazm, o'tirish) faollashayotganligini sezishimiz mumkin.
Etnografik leksika turkiy, ford-tojik, arabiy qatlamlardan oziqlangan holda ijtimoiy hayotga singib ketgan. Ayrim to'y marosimi nomlarining asl kelib chiqish manbalari arabiy va fors-tojik tillariga mansub bo'lsa ham ular keng xalq ommasining barchasi uchun tushunarlidir.
Shimoliy Afg'oniston o'zbek elatlari oz tarixiy-ijtimiy jarayonida murakkab bosqichlarni boshdan kechirdilar. Lekin til va madaniyat borasida olib borilgan muntazam islohatlar natijasida, bugungi kunda o'zbek tili Afg'onistonda aholi ko'p so'zlashadigan til sifatida hukumat tomonidan e'tirof etilgan. Shuningdek, ushbu hudud ziyolilari ham o zbek tilini tarixiy, zamonaviy yondashuvlar asosida tilshunoslikning turli aspektlarida o'rganishga harakat qilmoqdalar. Umumiy maqsad
XULOSA
Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2
educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784
esa, bitta ona tilimiz, adabiyotimiz, madaniyatimizni saqlash, rivojlantirish hamda uni yanada boyitishdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Mahmud Qashg'ariy. "Devoni lug'atit turk". - Toshkent: 1963, III tom. I tom
2. Джурабоев А. Названия свадебных церемоний в узбекском языке: автореф... канд. филол. наук. -Тошкент: 1971.
3. Dadaboyev H. Zamonaviy o'zbek leksikografiyasi va terminologiyasi, - Toshkent: 2017.
4. Арабского- русский словарь. - М.: 1970.
5. O'zbek tilining izohli lug'ati. -M. 1981.
6. Jabborov I. O'zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent: Oqituvchi, 1994.
7. Bobajonov Y. Janubiy Xorazm etnografik leksikasi.nom. diss. avtoref. -Toshkent: 1997.