Научная статья на тему 'O‘G‘UZ ETNONIMI'

O‘G‘UZ ETNONIMI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
699
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
etnotoponim / etnonim / qabila / urug’ / affiks / elat / etnogenez / dialekt / shajara. / ethnotope / ethnonym / tribe / seed / affix / eulog / ethnogenesis / dialect / tree.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Islom Eliboyev

Mazkur maqolada tariximizning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan, hali o‘rganilishi lozim bo‘lgan, mamlakatimiz tuprog‘ida azaldan yashab kelgan xalqimizning etnogenezi, etnik tarkiblari (avlod-ajdodlari)ga doir, tarixiy-etnografik materiallar tilga olingan va manbalar asosida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE BULL'S ETHNICITY

This article contains ethnogenesis, ethnic, compositions (ancestrations of ancestors, historical, ethnographic materials, which are still needed to be not known to the majority of our history, etc.

Текст научной работы на тему «O‘G‘UZ ETNONIMI»

O'G'UZ ETNONIMI

Islom Eliboyev

SamDU magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tariximizning ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan, hali o'rganilishi lozim bo'lgan, mamlakatimiz tuprog'ida azaldan yashab kelgan xalqimizning etnogenezi, etnik tarkiblari (avlod-ajdodlari)ga doir, tarixiy-etnografik materiallar tilga olingan va manbalar asosida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: etnotoponim, etnonim, qabila, urug', affiks, elat, etnogenez, dialekt, shajara.

THE BULL'S ETHNICITY

Islom Eliboev

Master student of SamSU

ABSTRACT

This article contains ethnogenesis, ethnic, compositions (ancestrations of ancestors, historical, ethnographic materials, which are still needed to be not known to the majority of our history, etc.

Keywords: ethnotope, ethnonym, tribe, seed, affix, eulog, ethnogenesis, dialect,

tree.

Ko'pgina tarixiy manbalarda, jumladan etnotoponimlar-etnonimlar tarkibida xalqimizning etnik jihatlari ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ularda ilk ajdodlarimizning har xil nomlari qayd etiladi. Afsuski, ularning har biri maxsus tarzda o'rganilib yakunlangan emas. Bu masalani keng yoritish mukammal O'zbekiston tarixini yaratish uchun hozirgi kun talabidir. Shuning uchun bu haqdagi qisqa ma'lumotlarni ushbu maqola orqali havola etishni lozim ko'rdik.

O'g'uz (o'g'iz) va u bilan bog'liq etnonimlar. Miloddan oldingi XII asrga taalluqli Ash-Shura (As-Suriya) bitiklari Osiyoning bepoyon dashtlaridan bostirib kirgan skiflar bosqini haqida xabar berar ekan, bu jangovar ko'chmanchilar nomini Ishguaz, ular boshlig'ining nomini Ispak deb ma'lum qiladi. Turkiy xalqlar tarixi bilan juda yaqin tanish bo'lgan odam "ishguaz" degan nom aslida "o'g'iz" nomi bilan bog'liqligini tezda payqaydi... O'sha qadimiy bitiklardagi Ispak ismiga kelsak, ash-shuraliklar bosqinchilarning o'zlariga begona, noma'lum ismlarini buzib yozishlari tabiiy. Aslida esa skiflar boshlig'ining ismi O'g'izbek yoki shu ismning qisqargan

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 676

shakli - O'zbek bo'lganiga shubha yo'q1. Demak, o'g'uz etnonimi qadimgi qabilalar nomi bilan bog'lanadi. Ayrim manbalarda O'rta Osiyoning tub aholisi orasida miloddan avvalgi davrlarda "ishguaz-augas (o'g'uz) deb atalgan turkiy qabila va urug'lar haqida ham ma'lumotlarni uchratish mumkin. Masalan, I.Jabborovning yozilishicha, O'rta Osiyodagi mahalliy qabilalar orasida apasiak va augasiy nomli turkiy elatlar hududning tub aholisidan sanalganlar. Augasiylar keyinchalik "o'g'uz"nomi bilan mashhur bo'lishgan . Nasimxon Rahmonovning yozishicha, miloddan avvalgi VII asrlarda Kenagas qabilasining qudratli Kengras nomli davlati yuzaga kelgan bo'lib, uning tarkibiga bir qancha turkiy urug'-qabilalar, jumladan qipchoq va o'g'uzlar ham kirgan. Kengras davlati miloddan avvalgi VII asrdan milodiy V asrgacha yashab, Samarqand, Kesh, Kushon, Toshkent, Buxoro va Xorazmni o'z ichiga olgan. Davlat aholisi Ko'k tangriga sig'inib, qadimgi turkiy yozuvdan foydalanishgan. Umuman, qipchoqlar, qarluqlar va o'g'uzlarning VII asrdan to Turk xoqonligi tugaguncha mavqei baland bo'lgan. Hatto bu uchalasi qavmiy birlik sifatida VIII- IX asrlardagi manbalarda ham

"5

tilga olinadi .

G'.Abdurahmonovning yozishicha, Turk xoqonligida ashin/ashid urug'i asosiy mavqega ega bo'lgan va bu urug' qipchoqlarga emas, balki o'g'uzlarga mansub bo'lgan. A.N. Kononov yozishicha, bu urug' (ya'ni ashin urug'i U.S.) o'g'uz tillari kabi so'z boshida so'zlashganda "m" o'rniga "b" undoshini (m<b), chunonchi, kishilik olmoshlarini esa "ben/bin, bengu"shaklida qo'llagan. Shuningdek, chiqish kelshigining "-dan/tan,-din/tin", tartib sonning "ukugun"-ikigun shakllari va kelasi zamon fe'liga xos qo'shimchalardan "-taki" kabi affiksi qo'llanilgan4. Ashina- himmatli, mard bo'ri degan ma'nodadir. Bu xususiyatlar Ashin qabilasiga xos bo'lgan. Ashina (o'g'uzlar)ning bayrog'ida bo'ri kallasining oltin rangli tasviri tushirilgan. Ularning Markaziy Osiyodagi mavqeyi ham baland bo'lgan5. Darhaqiqat, miloddan avvalgi VII asrdan to milodiy asrimizning ikkinchi yuz yilliklarigacha yashagan va markazi hozirgi O'zbekiston, aniqrog'i Samarqand shahrida bo'lgan turkiy qabilalar sardori Alp Er To'nganing qudratli Sak-skif davlatining bayrog'ida ham bo'rining ramzi bo'lgan. Bu birlashmada ham ashin urug'i yoki o'g'uzlardek bo'ri totemidan tashqari Ko'k tangri (Osmon tangrisi)ga ham sig'inganlar va qadimgi turkiy (O'rxun-Enasoy) yozuvining ilk ko'rinishi ular davlatining ma'naviy hayotida, shubhasiz, katta rol o'ynagan. Demak, bu davlat tarkibidagi g'uz (o'g'uz), qabilasining mavqeyi sezilarli bo'lgan. Eroniylar skiflarni "sak"lar deb atashgan. Bu qudratli davlat nafaqat O'rta Osiyo, balki Dog'istondan Kichik Osiyoga qadar cho'zilgan hududlarda ham o'z hukmini o'tkazgan,

1 Хуршид Даврон. Самарканд хаёли.-Т.: 1991,235-6.

2 И.Жабборов.Узбек халки этнографияси. "Укитувчи", 1994.14-6.

.Кляшторный. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии.- М.:1964.; Насимхон Рахмон. Турк ^оконлиги.-Т.: "Абдулла Крдирий", 1993. 11-б.

4 . Абдура^монов F.Узбек халки ва тилининг шаклланиши ^акида,20-б., Кононов А.Н.. Грамматика языка тюркских рунических памятников.-Л.:1980.,стр.4., Х,идоячтов Т.А.. Менинг жонажон тарихим..Т.:1992,13-б.

5 . Насимхон Рахмон. Турк ^оконлиги,43-б.

jumladan Erondan 12 yil tovon olishgan. O'sha davrdagi mashhur Midiya-Ahmoniylar imperiyasini larzaga keltirgan va turklarning Sak-skif nomini olgan qudratli imperiyaning asoschisi jasoratli sardor Alp Er To'nga bo'lgan. Eroniylar uni Afrasiyob deb atashgan. Ahmoniylar bu davlatning kuchayib borishidan juda tashvishlangan. Bu ularning Alp Er To'nga halok bo'lgan kunni "sak bayrami" yoki "saklardan qutilgan kun" deb xursandchilik qilganlaridan ham seziladi.

Alp Er To'nga asos solgan davlat nafaqat turkiy davlatchiligi ilk tarixining shakllanish davri, balki o'zbek xalqi davlatchiligi tarixining ilk shakllanish davrini belgilaydi. Bu davlat tarkibida qarluq, g'uz (o'g'uz), bajanak kabi turkiy qabilalarning mavqeyi sezilarli bo'lgan. Turkiy xalqlarning ilk tarixida "Sak-skif saltanati" nomini olgan birlashmada yashagan o'g'uzlar ham shu asrlarda mavjud bo'lgan. Keyinchalik Turk xoqonligi davrida ular ajdodlaridan bo'lgan kichik-kichik urug' va qabilalar o'g'uz nomi bilan (uch o'g'uz, to'qqiz o'g'uz shaklida) birlashganlar.6 Ilk o'rta asrlarda uyg'ur qabilalar ittifoqi To'g'uz-o'g'uz deb atalgan.Ular 663 yildan birin-ketin mustaqil

n

Uyg'ur xoqonligini barpo etganlar .

K.Shoniyozov va Sh.Kamaliddinovlarning yozishlaricha, o'g'uz(g'uz)lar ilk o'rta asrlarda 24 qabiladan tashkil topgan yirik elat bo'lgan. VIII-IX asrlarda ular Sirdayo sohillarida va unga tutash cho'llarda, Orol dengizining janubiy-sharqiy mintaqalarida va Nurota tog' oldi rayonlarida yashaganlar. Ular IX asr oxiri-X asr boshlarida O'g'uz davlatini barpo etganlar. Aniqrog'i, milodiy VIII-XI asrlarda Sirdaryo bo'ylarida o'g'uzlar hukmronlik qila boshlaydilar. Pecheneg (qipchoq)- larning bir qismi o'g'uzlar

Q

tarkibida bo'lib, Sirdayo sohillarida yashaganlar .

XI asr boshlarida ular(o'g'uz-saljuqlar)ning katta bir qismi Amudaryoni kechib o'tib, Xuroson, Eron va Old Osiyodagi bir qancha mamlakatlarda hukmronliklarini o'rnatganlar. Bir qismi Anatoliya (Turkiya) yarim oroli aholisining talay qismini va turkman xalqini tashkil etishgan. Afg'oniston va Eronda yashayotganlari shu kunlargacha o'zlarini turkman etnik nomlarini saqlab kelmoqdalar. O'g'uzlarning Nurota va Zarafshon vohasida yashab qolganlari o'zlarini "o'zbek turkmanlari" yoki "Nurota turkmanlari" nomi bilan ataydilar9.O'zbek xalqining dialekt va shevalarida va 92 bovli shajara ro'yxatida o'zbekning o'g'uz va turkman urug'lari sifatida o'rin olgan.

Ayniqsa. XI asr olimi Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida O'g'uz qabilasi haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Asarda o'g'uz - turkmanlarga xos 24 ta urug' nomlari qayd etilgan. Bu ma'lumot K. Shoniyozovning

fikrini to'liq tasdiqlaydi. Mahmud Koshg'ariy yozishicha, o'g'uz va chigillar yaqin aloqada bo'lishgan. O'g'uzlarning chigillardek kiyingani, yoki ularning urf-odatlarini

6 . Носиров У. Узбеклар шажарас и. -T.:Extremum Press, 2011, 259-б.

7 . Шониёзов К. Карлук давлати ва карлуклар.-Т.: "Шарк", 1999., 171-б.

8 .Шониёзов К. Карлук давлати ва карлуклар.-Т.: "Шарк", 1999., 169-170-бб.

9 . Шониёзов К. Карлук давлати ва карлуклар, 175-176-бб.; Камалиддинов Ш. "Китоб ал-ансаб" Абу Сада Абдалкарима ибн Мухаммада ас-Самани" как источник по истории и культуры Средней Азии.-Т.: 1993, с.72,125.

. — - 678 I

qiluvchi turklarni ham chigil deb ataganlar...»10. O'g'uzlar haqidagi ma'lumotlar o'zbek xalqi va tili tarkibining shakllanishi va nomlanishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bu qabilaning nomi va tilida etnogenez xususiyatlar mavjud. Afsuski, bunday ma'lumotlar hozirgacha batafsil o'rganilgan deb bo'lmaydi.

REFERENCES

1. Mahmud Koshg'ariy. Devonu lug'otit turk. I tom. -T.: "Fan", 1960.

2. I.Jabborov. O'zbek xalqi etnografiyasi. "O'qituvchi", 1994.

3. Кляшторный. Древнетюркские рунические памятники как источник по истории Средней Азии.- М.:1964.;

4. Nasimxon Rahmonov. Turk xoqonligi. -T.: "Abdulla Qodiriy", 1993.

5. Abdurahmonov G'. O'zbek xalqi va tilining shakllanishi haqida.

6. Nosirov O'. O'zbeklar shajarasi. -T.: Extremum Press, 2011.

7. Shoniyozov K. Qarluqlar davlati va qarluqlar. -T.: "Sharq", 1999.

10 . Махмуд Кошгарий. Девону луготит турк. I- том. -Т.: "Фан" , 1960, 374-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.