Scientific Journal Impact Factor
О
O'RTA ASRLARDAGI ETNIK-MADANIY JARAYONLAR.
"O'ZBEK" ATAMASI Muminov Ulmas Ravshanqulovich e-mail:[email protected] Denov Tadbirkorlik vapedagogika instituti o'qituvchisi
Anatatsiya: Ushbu maqolada O 'rta Osiyo xududida yashagan xalqlar qadim davrdan berib yashab kelmoqda, bu xalqlar Yuechjilar, xioniylar, kidariylar, eftaliylar Ayrim tadqiqotchilar esa "o'zbek" atamasini "o'zi bek", "erkin", "mustaqil" so'zidan kelib chiqib XII-XIV asrlarda xalqimizga nisbatan ishlatila boshlagan deb hisoblaydilar. O 'zbek etnonimi kelib chiqishi davriga qarab o 'zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq xalqlarini aniq bir vaqtda paydo bo'lgan deb aytib bo 'lmaydi.
Kalit so'zlar: Qovunchi madaniyati, Yettisuv, o'zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq, Mahmud Qoshg'ariy
Анатация: В этой статье народы Средней Азии жили с древних времен, считается, что его использовали против нашего народа в XII-XIV веках. В зависимости от периода происхождения узбекского этнонима нельзя сказать, что узбекский, туркменский, казахский и каракалпакский народы возникли одновременно.
Ключевые слова: дынная культура, йеттисув, узбек, туркмен, казах, каракалпак, Махмуд Кашгари.
Abstract: In this article, the peoples of Central Asia have been living since ancient times. It is believed that it began to be used against our people in the XII-XIV centuries. Depending on the period of origin of the Uzbek ethnonym, it cannot be said that the Uzbek, Turkmen, Kazakh and Karakalpak peoples appeared at the same time.
Keywords: Melon culture, Yettisuv, Uzbek, Turkmen, Kazakh, Karakalpak, Mahmud Kashgari
O'rta Osiyo xalqlarining etnik shakllanishida bu hududga ko'chib kelgan turli elat va qabilalar ham ma'lum ma'noda ishtirok etganlar. Yuechjilar, xioniylar, kidariylar, eftaliylar shular jumlasidandir. O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i tipi Sirdaryoning o'rta havzasida aniq antropologik tip bo'lib shakllangan davrda bu hududlarda "Qovunchi madaniyati" shakllanadi. So'nggi arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko'ra milodiy II-III asrlardan boshlab Farg'ona vodiysi, Samarqand hududlari, IV-V asrda esa Buxoro vohasi, Qashqadaryo va Surxon vohalarida Qovunchi madaniyatining ta'siri seziladi. IV asrning oxirlaridan boshlab, O'rta
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
0
Osiyoda yirik turkiy etnoslar xioniylar va eftaliylarning o'troqlashuv jarayonlari kuchayadi. V-VI asrlarga kelib, eftaliylar va xioniylarning asosiy qismi turg'un hayotga o'tadilar. Bu qabilalar o'troq hayot kechirib an'anaviy chorvachilik bilan bir vaqtda dehqonchilik bilan shug'ullanganliklari haqida yozma va arxeologik manbalar ma'lumotlar beradi.
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Tadqiqot jarayonida o'rta asrlardagi etnik-madaniy jarayonlarning umumiy xususiyatlari haqida tahlil olib borildi. Ahmedovning "O'tmishdan saboqlar"nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi.
VI asrning o'rtalaridan boshlab O'rta Osiyoda eftaliylar va Turkiy xoqonlik o'rtasida kurash boshlanadi. Tarixiy manbalardan ma'lumki, VI asrning o'rtalarida Oltoyda, Janubiy Sibir, Yettisuv, Sharqiy Turkistondagi bir necha qabilalar birlashuvi natijasida yirik Turkiy xoqonlik tashkil topadi. Qisqa vaqt ichida xoqonlik kuchayib O'rta Osiyoning katta qismini bosib oladi. Turkiy xoqonlik davrida (VI-VIII asrlar) Toshkent vohasi, Zarafshon, Qashqardaryo vohalari, Surxondaryo va Farg'ona vodiylari Xorazm hududlariga turkiyzabon guruhlarning kirib kelishi yanada kuchaydi va ularning ko'pchiligi bu hududlarda turg'unlashib qoldi. VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr va Xorazm hududlariga bostirib kirgan vaqtlarda bu hududlarda o'troq va yarim o'troq turkiyzabon aholi, so'g'diylar, toxarlar, chochliklar va Xorazmning tub yerli aholisi bosqinchilarga qarshi tinimsiz kurash olib borgan bo'lishlariga qaramay siyosiy parokandalik tufayli ular zulmi ostiga tushib qoladilar. Ma'lumki, VIII asrning 2-yarmidan turkiy qarluq qabilalari kuchaya boshlaydilar.
IX asrning o'rtalariga kelib Yettisuv, Chimkent viloyati, Toshkent vohasi, Farg'onaning shimoliy qismlarini o'z ichiga olgan Qarluq davlati tashkil topadi. Ko'pchilik tadqiqotchilarning e'tirof etilishlaricha, o'zbek elatining shakllanishida Qarluq davlatining ahamiyati katta bo'ladi. X asr o'rtalaridan boshlab bu davlat tarixiy manbalarda Qoraxoniylar davlati nomi bilan tilga olinadi.Yozma manbalarning ma'lumot berishicha ("Hudud al-olam"), IX-X asrlar qarluqlar egallab turgan hududlarda 20 dan oshiq shahar, ko'plab qishloqlar bo'lgan. Qarluqlar ko'p sonli, nufuzli "xalq" bo'lib, bir qismi chorvachilik bilan shug'ullangan. Qarluqlar yashagan hududlarda yirik etnoslar-chig'illar, yag'molar, xalachlar ham yashagan bo'lib, tadqiqochilarninig fikricha, ular bir-biriga qon-qarindosh bo'lib turkiy tilda so'zlashganlar.XI asrning birinchi o'n yilligidayoq Janubiy hududlarning to Balx
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
O
viloyatigacha bo'lgan yerlari dastlab qoraxoniy turkiylar, so'ng esa g'aznaviylar qo'liga o'tdi. Buning natijasida navbatdagi katta turkiy qatlam So'g'diyona, Xorazm va Toxariston yerlariga kirib boradi. Qoraxoniylar davrida Movaraunnahrning barcha hududlarida turkiy qatlamlar mavjud edi.
Qoraxoniylar davlatida qarluq-chig'il turkiy til lahjasi keng tarqaldi. Keyinchalik shu til asosida adabiy turkiy til yuzaga kelib, uni M ahmud Qoshg'ariy "eng ochiq va ravon til" deb atagan. Turkiy tilda IX-XII asrlar mobaynida bir qator asarlar yozilgan bo'lib, Ahmad Yugnakiyning (775-869) "Hibatul haqoyiq" (Haqiqatlar tuhfasi) dostoni, Yusuf Xos Xojibning (XI asr), "Qutadg'u bilik" (Saodatga boshlovchi bilim) asari, Ahmad Yassaviyning (1041-1167) "Hikmatlar"i hamda "O'g'uznoma", "Alpomish", "Go'ro'g'li" kabi dostonlar shular jumlasidandir. Movarounnahr va Xurosonning forsiy-dariy tilda so'zlashuvchi aholisi X asrdan boshlab o'zini "tozik" ya'ni "tojik" deb yurita boshlaydilar. Somoniylar va Qoraxoniylar (IX asr o'rtalaridan-1213 yilgacha)dan keyin hukumronlik qilgan keyingi sulolalar, G'aznaviylar (997-1187), Saljuqiylar (1040-1147), Xorazmshoh-anushtegeniylar (1097-1231)ning barchasi turkiy qavmga tegishli bo'lib, o'z vaqtida nafaqat O'rta Osiyo, balki O'rta Sharqda ham hukmronlik mavqeyiga ega bo'lganlar. Mo'g'ullar istilosi garchi aholi boshiga nihoyatda og'ir kulfatlar va yo'qotishlar olib kelgan bo'lsada, tadqiqotchilar fikricha, o'zbek xalqi etnogenezi va irqiga deyarli ta'siri bo'lmadi. "O'zbek" etnonomining kelib chiqishi haqida qisqacha fikr yuritadigan bo'lsak, bu etnonimning kelib chiqishini ayrim guruh tadqiqotchilar Oltin O'rda xoni O'zbekxonning (1312-1341) nomi bilan bog'laydilar. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar esa bu fikrni inkor etadilar va "o'zbek" nomi O'zbekxongacha Oq O'rda mintaqasida, uning G'arbiy Sibir va Qozog'iston qismida yashagan turkiy qabilalariga mansub (xon nomi qabilalar nomidan olingan bo'lishi mumkin), degan fikrni ilgari suradilar.
Ayrim tadqiqotchilar esa "o'zbek" atamasini "o'zi bek", "erkin", "mustaqil" so'zidan kelib chiqib XII-XIV asrlarda xalqimizga nisbatan ishlatila boshlagan deb hisoblaydilar. O'zbek etnonimi kelib chiqishi davriga qarab o'zbek, turkman, qozoq, qoraqalpoq xalqlarini aniq bir vaqtda paydo bo'lgan deb aytib bo'lmaydi. Bu xalqlar ming yillar davomida hozirgi yashayotgan mintaqalarida yashaganlar. Lekin u paytda hali hozirgi nomi bilan atalgan emas va bu nomlari bilan aytilmagan. Ular umumiy nom bilan "turkiy" deb yoki bo'lmasa, o'z qabilalari nomlari bilan atalganlar. Tarixning qadimgi davrlarida aholi ko'p hollarda o'zlari yashagan joy nomi bilan atalgan bo'lib, o'rta asrlarga kelib bu nomlar o'zgaradi. Xususan, Dashti Qipchoq hududlarida yashagan turkiy aholi Movarounnahr yerlariga kelib, bu yerda yashayotgan o'troq aholi bilan uyg'unlashib ketgan va aholini nomi "o'zbek" deb
Scientific Journal Impact Factor
0
atalgan. O'rta asrlar tarixiy adabiyotlarida ham bu nom "o'zbek", "o'zbeklar" sifatida tilga olinadi. Ammo shu narsa aniqki, Dashti Qipchoq hududlaridan kelgan turkiy qabilalar mahalliy aholi etnogeneziga, urf-odat va an'analariga sezilarli darajada ta'sir etmadilar. Aksincha, ular orasiga singib ketib yuqori darajadagi madaniyat ta'sirida bo'ldilar. Demak, bu nom,bu atama avval ham bo'lgan. "Qirg'iz" - qir o'g'uzi,"Gagauz" - ko'k o'g'uz demakdir. Turkiy xalqlarning bobosi O'g'uzxon bo'lganlar. Bu haqda qadim tarix kitoblarida yetarli ma'lumotlar bor. Ayni O'g'uzxon davrlarida qavmlarga (oilalarga) nom berilgan: uyg'ur, qorliq, qibchoq, qang'li...(bu tarixga qiziqqanlar Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" asaridan bahramand bo'lsalar durust). Bizningcha «o'zbek" - O'g'uz begi demakdir. Ya'ni O'g'uzxon saroyiga yaqin oila shunday atalgan. Bu hol Yevropada ham bo'lgan.Masalan.Rossiyada «dvoryanin" degan tabaqa bo'lgan, ya'ni - podsho saroyiga yaqin bo'lgan kishi. Yana Yevropada lord, gersog, baron kabi tabaqalar borki, barchasi hukmdorga qanchalik yaqinlikni ajratib turadi. O'g'uz beklari ham saroyga shunday yaqin bo'lganlar. Tohir Malik
Tadqiqotchi A.Ibrohimovning yozishicha, o'zbek xalqi asosan ikki etnik qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlam Turon-Turkiston hududlarida shakllangan. Ikkinchi qatlam esa Volga (Itil) daryo bo'ylaridan tortib, to Xorazmning shimoli, Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarigacha bo'lgan hududlarda shakllangan. Bu makon o'tmishda turli nomlar, chunonchi Dashti Qipchoq, Oltin O'rda, o'zbek viloyati, o'zbek mamlakati, o'zbek ulusi deb atalgan. Xalqimizning bu qatlamini shartli ravishda shimoliy qatlam deb atash mumkin. O'zbeklar o'rta osiyoning qadimgi xalqlaridan biri bo'lib, ko'hna va boy tarixga ,yuksak madanyatga ega xalq. Ularning nafaqat O'rta Osiyo, balki sobiq ittifoqning ijtimoiy- iqtisodiy hayotidagi o'rni ham salmoqli bo'lgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, jami o'zbeklarning soni 22 million, shundan 15 million 391 mingi (1979-yili qilingan hisob kitob ) O'zbekistonning o'zida istiqomat qiladi. O'zbeklarning katta bir qismi O'rta Osiyoning boshqa davlatlarida shuningdek xorijiy mamlakatlarda (Afg'oniston, Xitoy Turkiya Saudiya Arabistoni AQSh, Germaniya va h.k) istiqomat qiladilar. Masalan Tojikistonda 1 millionga yaqin, Qirg'izistonda 333 ming, Qozog'istonda 216 ming 300, Turkiyada 179,5 ming, Afg'onistonda 1 milliondan ortiq, Saudiya Arabistonida 400 ming atrofida o'zbeklar istiqomat qiladi. Ularning ko'pchiligi asasan 20-yillarda o'tkazilgan milliy chegaralash 20-30 yillardagi repressiya sababli o'zga yurtlarga borib qolishgan.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'zbek xalqining asosini hozirgi O'zbekiston hududlarida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy saklar, massagetlar, so'g'diylar, baxtarlar, xorazmiylar, qang'lilar, dovonliklar, chochliklar
XULOSA VA TAKLIFLAR
Scientific Journal Impact Factor
О
tashkil etgan. Kelgindi aholi mahalliy aholiga qisman ta'sir etsada, uning genetikasini tubdan o'zgartira olmagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. O'rta-asrlardagi-etnik-madaniy-jarayonlar-o'zbek-atamasi.html
2. Xurshid Davron. «O'zbek» atamasi (etnonimi)ning kelib chiqishi bilan bog'liq bir faraz haqida:Tox,tfp Малик web-sahifasi
3. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-
siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020
4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan
xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari.
//"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi //
Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.
7. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.
8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.
10. B.Axmedov tarixdan saboqlar 195 bet /Toshkent O'qtuvchi 1994 yil.
468-474 P.