Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO XALQLARINING QARDOSHLIGI JALOYIRLAR QABILASI ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI MISOLIDA'

MARKAZIY OSIYO XALQLARINING QARDOSHLIGI JALOYIRLAR QABILASI ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1348
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jaloyir / sirmanak (sirmonoq) / ariktinim (oriqtinim) / baychigir (boychegir) / qaychili / siirshi (sigirchi) / balgali (bolg`ali) / kuchuk / qorachapan / andas. / jalayir / ulus / barlоs / sirmanak (sirmonok) / ariktinim (ariktinim) / baychigir (boychegir) / kaichili / siirshi (sigirchi) / balgali (bolg’ali) / kuchuk / karachapan / andas.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ulugbek Qochqorovich Ismoilov, Farrux Rashid Ogli Saidov

Maqolada Jaloyir qabilasining etnogenezi va turli millatlar tarkibidagi jaloyirlarning etnik (urug’) tarkibi qiyosiy o’rganilib ilmiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE BROTHERHOOD OF THE CENTRAL ASIAN PEOPLES ON THE EXAMPLE OF ETHNOGENESIS AND ETHNIC HISTORY OF THE JALAYIR TRIBE

The article provides a comparative study and analysis of the ethnogenesis of the Jalair tribe and the ethnic (tribal) composition of the Jalair of different nationalities.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO XALQLARINING QARDOSHLIGI JALOYIRLAR QABILASI ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI MISOLIDA»

MARKAZIY OSIYO XALQLARINING QARDOSHLIGI JALOYIRLAR QABILASI ETNOGENEZI VA ETNIK TARIXI MISOLIDA

Ulug'bek Qo'chqorovich Ismoilov

O'qituvchi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Farrux Rashid o'g'li Saidov

Talaba, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Jaloyir qabilasining etnogenezi va turli millatlar tarkibidagi jaloyirlarning etnik (urug') tarkibi qiyosiy o'rganilib ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: jaloyir, sirmanak (sirmonoq), ariktinim (oriqtinim), baychigir (boychegir), qaychili, siirshi (sigirchi), balgali (bolg'ali), kuchuk, qorachapan, andas.

THE BROTHERHOOD OF THE CENTRAL ASIAN PEOPLES ON THE EXAMPLE OF ETHNOGENESIS AND ETHNIC HISTORY OF THE

JALAYIR TRIBE

The article provides a comparative study and analysis of the ethnogenesis of the Jalair tribe and the ethnic (tribal) composition of the Jalair of different nationalities.

Keywords: jalayir, ulus, barbs, sirmanak (sirmonok), ariktinim (ariktinim), baychigir (boychegir), kaichili, siirshi (sigirchi), balgali (bolg'ali), kuchuk, karachapan, andas.

Jaloyir, jaloyirlar - turk-mug'ul qabilalarining aralashishi natijasida tashkil topgan yirik qabilalar uyushmasi hisoblanadi. Rashididdin "Jome' at - tavorix" nomli asarida jaloyirlar XII asrda Onon va Kerulen daryolari bo'yida yashaganligini yozadi. Ular o'n bo'lakka (qabilaga) bo'lingan, har bir qabilaning o'z sarkardasi ( qabila boshlig' i, oqsoqoli ) bo' lgan. Jaloyirlarning katta bir qismi kidonlar bilan bo' lgan jangda yengilgach, kuchsizlanib Chingizxon ajdodlariga tobe bo'lib, ularga xizmat qiladi. Chingizxon hukmronligi davrida Jaloyirlardan bir qancha e'tiborli beklar va lashkarboshilar yetishib chiqqan. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida jaloyirlarning ko'plari Yettisuv va O'rta Osiyoning ayrim viloyatlariga ko'chib

Ulugbek Kuchkorovich Ismoilov

Teacher, Chirchik State Pedagogical Institiute of Tashkent region

Farrukh Rashid ugli Saidov

Student, Chirchik State Pedagogical Institiute of Tashkent region

ABSTARACT

KIRISH

kelib joylashadilar. Jaloyirlarning katta bir guruhi XIII - XIV asrlarda Ohangaron vodiysi va Xo'jand hududida yashagan. Jaloyirlar Xo'jandda makon topishgan va urug' sardori "go'yo, o'z viloyatining ulus begi bo'lgan" Bu guruh 1370 - yilda Amir Temurga tobe bo'ladi. Ammo, yuqorida aytib o'tganimizdek jaloyirlar Amir Temur hukmronligidan chiqish niyatida tez - tez qo'zg'olon ko'tarib turadi. 1376 - yildagi qo'zg'olon bostirilgach, ular bir qancha guruhlarga ajratiladi, bir bo'lagi Toshkent vohasida qoldiriladi, qolganlari Movarounnahrning bir qancha hududlariga ( asosan Zarafshon bo'ylariga ) ko'chiriladi. Shu tarzda Amir Temur jaloyirlarning Ohangaron va Xo'jand ulusini tarqatib yuboradi. Shunga qaramay, Jaloyir qabilasi amirlari o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Mirxondning "Ravzat-us-safo" asarida Amir Temur va Sulton Husayn qo'shini tarkibida xizmat qilgan mingta "Jaloyir qabilasidan bo'lgan chavandozlar" bo'lganligi aytiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Jaloyir qabilasining etnogenezi va etnik tarkibini o'rganish bo'yicha ilmiy -tarixiy asarlar turli davrlarda turli xil millat vakillari tomonidan o'rganilib tadqiq qilingan. Misol uchun Mo'g'ullar hukmronligi davrida ijod qilgan Rashiduddinning "Jome' at-tavorix" asari, Xiva xoni shayboniylar sulolasidan Abulg'ozi Bahodirxon qalamiga mansub "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima", Muhammad Solihning "Shayboniynoma" asari, "Abdullanoma", Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi", Mirza Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy"asarlari, Karmisheva B.X., Petrushevskiy I.P., Sultonov T.I., Barold V.V., Hasan Ato Abushiy va boshqalar.

Mustaqillik davrida bu mavzuda A.Asqarov, K.Shoniyozov, A.Ashirov, va boshqalar shug'ullangan.

MDH ga a'zo davlatlardan Qozog'istondan S.A. Amanjolov, M.T.Tinishpayeva, Rossiyadan V.A.Abramov, A.Yu.Yakubovskiy, Yu.A.Zuyev, N.A.Aristov va boshqalar ijod qilgan.

MUHOKAMA

Bobur tomonidan yozib qoldirilgan ma'lumotlarga binoan, jaloyir qabilasidan bo'lgan Alibekning ta'siri shunchalik kuchli bo'lganki, "Undan yuqori turuvchi kishi bo'lmagan"... Uning o'g'li Xasan Ali - bek Sulton Husayn davrida qo'shbegi sifatida bo'lgan.

O'zbek jaloyirlarining oqsoqollari Buxoro saroyida taxtning chap tomonidan joy egallashgan.

Jaloyirlar Qozoqlarda Ulug' juz tarkibiga kiradi. Jaloyirlar etnonimi qozoq, qirg'iz, buryatlarning urug'- qabila nomlari orasida uchraydi. Ushbu qabilaning alohida urug' larining nomlari qoraqalpoqlarning urug' - qabilaviy nomlari orasida

uchraydi (bolg'ali urug'i ). Qozoq geneologik rivoyatlarining ma'lumot berishicha, jaloyirlar - uysun qabilasining eng asosiy tarmog'i, bo'g'ini bo'lgan.

Qozoqlarning jaloyir qabilasi o'z birlashmasiga 13 ta urug'ni birlashtiradi, ularning har biri tarkibiga o'z o'rnida ko'plab urug'lar, bo'linmalar kiradi (ya'ni, ular ham o'z o'rnida mayda urug' va bo'linmalarga bo'linadi).

XIII asr davomida jaloyirlarning katta bir guruhi Ozarbayjon va Iroqqa ko'chib, o'z davlatlarini barpo etadi.

Bir qancha tarixiy manbalarning guvohlik berishicha ( misol uchun o'zbek urug'larining nomlari keltirilgan Axsikenti ro'yxatida ) jaloyir qabilasi oqsoqollari ming, yuz, qirq qabilalari oqsoqollari bilan bir qatorda XVI - XVII asrlarda mamlakat siyosiy hayotida juda katta o'rin tutgan.

Ma'lumki, XIV asrda ko'chmanchi turk - mug'ul qabilalari Movarounnahrning o'ziga ko'chib kela boshladi, ya'ni uning madaniylashgan (shaharlashgan) vohalariga ko'chib kela boshlaydi. V.V. Bartoldning ta'kidlashicha aynan XIV asrda bu yerda oldingilaridan farq qiluvchi ulus tizimi vujudga keladi. Uluslar endi xon avlodi vakillariga emas, balkim davlatning harbiy kuchini tashkil etuvchi asosiy turk - mug'ul qabilalariga tarqatilgan. Chingizxon tomonidan o'g'li Chig'atoyga ulus ajratilganda to'rt ming kishidan iborat to'b (asl) mo'g'ul qo'shinini berganligi va ularning uluslari joylashgan joylar ma lum. Ibn Arabshohga binoan, Chig'atoy ulusidagi asosiy urug'lar to'rtta bo'lgan: Orlot, Jaloyir, Qavchin, Barlos. Shunday qilib, jaloyirlar ulusi Sirdaryo havzasida joylashgan bo'lib, asosiy shahri Xo'jand bo'lgan. Barloslar ulusi Qashqadaryo vohasida joylashgan bo'lib, asosiy shahri Shahrisabz bo'lgan. Qavchinlar ulusi -Saroykamar hududida (tumanida) Panjning o'ng qirg'og'ida, orlotlar ulusi bo'lsa Amudaryoning chap qirg'og'i Balx hududlarida hamda Termiz hududlarida bo'lgan.

V. A. Abramovning "Reka Karatal s yeyo okrestnostyami" kitobida ("Qoratol daryosi uning atroflari bilan" Z.R.G.O, t - I, Sankt - Peterburg 1867y) qayd etilishicha jaloyirlar Qoratol bo'ylarida chorvadorlik bilan bir vaqtda dehqonchilik bilan ham shug'ullanishgan.

Rashididdin va Abulg'ozi Bahodirxonning yozishlaricha, jaloyirlarning ilk ajdodlar Mo'g'ulistonning Onon daryosi havzalarida yashaganlar. XIII asrning birinchi choragida ularning bir qismi Ili daryosi havzasiga kelib o'rnashadi. Shu asrning 60-yillarida esa ulardan ming oila Movarounnahrga kirib kelgan. Rashididdin jaloyirlarni turkiylashgan mo'g'ul deydi.

V. V. Bartold va I. P. Petrushevskiylar jaloyirlar mo'g'ul tilli xalq bo'lgan, deydilar. Tilshunos olim S. A. Omonjonov esa Rashididdinga suyanib, jaloyir qabilasi tarkibida tarkibida quriqin (bo'ri) , tulangit urug'lari bo'lganligini qayd

qiladi. K. Shoniyozov: quriqin, yoqut va yenisey - qirg'izlarning (xakaslar) ilk ajdodlari, turkiy xalqlar edilar, deydi.

Jaloyirlar XIII asrning 60 - yillarida Angren vohasiga kelib o'rnashganlarida turkiyda so'zlashar edilar. Amir Temurning nabirasi Jahongir qo'shini tarkibida jaloyirlar boshlig'i Bahromning o'g'li Odilshoh mulozim sifatida ( harbiy qo'shin boshlig'i ) xizmat qilgan. Ammo u xiyonat yo'liga o'tib, Saribug'a qipchoq bilan birga Amir Temurning Xorazm yurishlari chog'ida Samarqandga yurish qiladi. Temuriyzoda Jahongir ularni Karmana yaqinida uchratib, qaqshatqich zarba bergach, jaloyirlar va qipchoqlar Dasht i- Qipchoqqa qochib jon saqlaydilar. Amir Temur esa Movarounnahrdagi jaloyirlar ulusini tarqatib yuboradi. Boshliqlari xiyonatidan norozi bo'lgan bir qism jaloyirlar Angren vohasida qolib, Amir Temurga sidqidildan xizmat etishda davom etadilar.

Movarounnahr va unga ( tutash ) qo' shni hududlarga ayrim etnik guruhlar

XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab kela boshlaydilar. Bu davrda jaloyir, barlos, qavchin va arlat etnik guruhlari birinchilardan bo'lib kelganlar ( V. V. Bartold "Istoriya Turkestana" soch. T - II, ch. 1, M. 1963. S. 109 - 102 ). Chingizxonning o'g'li Chig'atoy aka - ukalari qatori ( Tuludan tashqari ) otasidan 4 ming kishilik harbiy qismni meros qilib olgan edi. Chig'atoyga berilgan qo'shin shu ( jaloyir, barlos, qavchin, arlat) etnik guruhlaridan tashkil topgan. Tilga olingan har bir etnik guruhlarda mingtadan kishi bo'lib, mingboshilari bilan birga Chig' atoy davrida oilalari va urug' doshlari bilan Ili daryosining chap sohillarida, Yettisuv va Sharqiy Turkistonning g'arbiy hududlarida joylashgan edilar.

Jaloyirlar Angren havzasiga va Xo'jand atroflariga kelib o'rnashadilar (

XIV asrning o'rtalarida jaloyir qabilasining bir guruhi Eronning shimoliy hududlariga borib o'rnashib, bu yerda Jaloyirlar sulolasini ( 1356 - 1411 - y ) tashkil etganlar ). Abulg'oziy ("Shajarayi turk" Toshkent. 1992, 42 - 43 - betlar) ma'lumotlaridan aniqlanishicha jaloyirlarning ilk ajdodlari Onon daryosi havzalarida yashaganlar. XIII asrning birinchi choraklarida bularning bir qismi Ili daryosi havzasiga kelib o'rnashadilar. Shu asrning 60 - yillari ularning ayrim guruhlari yuqorida aytilganidek, Angren vohasiga kelib joylashgan. Rashididdin jaloyirlarni mo'ng'ul deb ataluvchi turk qabilalari qatorida tilga olgan. Muarrixning aytganlariga asoslanadigan bo'lsak, jaloyirlar - qadimda turkiy qabilalardan bo'lib, keyin mo'ng'ul tilini qabul qilganlar, degan fikrga kelishimiz mumkin. Ammo yirik olimlar V. V. Bartold va I. P. Petrushevskiylar jaloyirlarni mo'ng'ul tilli xalq bo'lgan deydilar.

Tilshunos olim S. A. Amanjulov qator dalillar asosida jaloyirlarning asosiy negizi turklar degan xulosaga kelgan. Darhaqiqat, muallifning aytganlarida jon bor. Rashididdin jaloyir qabilasining tarkibida quriqin (bo'ri ) , tulangit, turi ( bo'ri ) etnonimlarini tilga olad.

Markaziy Osiyoda yashovchi jaloyirlar keyinchalik o'zbek, qozoq, qoraqalpoq va qirg'iz xalqlari tarkibiga kirganlar. XX asrning boshlarida Qozog'iston asosan Yettisuv viloyatining Kapal va Verniy uyezdlarida, Sirdaryo viloyatining Avliyoota uyezdida yashagan. Qozoqlar tarkibidagi jaloyirlar yirik urug'larga bo'lingan:

- sirmanak (sirmonoq)

- ariktinim (oriqtinim)

- baychigir (boychegir)

- qaychili

- siirshi (sigirchi)

- balgali (bolg' ali)

- kuchuk, qorachapan, andas, qalps, mirza

- oraqti (o'roqli)

- oqbiyum (oqbo'yim)

Qirg'izlar tarkibida jaloyirlarning kuchuk, ming'itay, supatay urug'lari bo'lgan. 1920 va 1926 - yillarda aholi ro'yxatida O'zbekistonda yashovchi jaloyirlarning soni 25 ming kishiga yaqin ekanligi aniqlangan. Ular Toshkent, Buxoro vohasida, Nurota tog' etaklarida, Jizax, Kattaqo'rg'on, Karmana ( hozirgi Navoiy ), Qorako'l tumanlarida va Xorazm (Chimboy) da yashaganlar. O'zbeklar tarkibida jaloyirlarning ikkita yirik qaychili va bolg'ali urug'lari hamda bir qancha kichik urug' bo'linmalari bo'lgan ( qarg'ali, boshqird, qaroabdual, qorako'li, qorachopon, chuvuldoq, jastaban va boshqalar ). XX asr boshlariga kelib O'zbekistonda yashovchi jaloyirlar o'z urug' va qabila xususiyatlarini yo'qotgan edilar (o'zbeklarga aralashib ketganlar ). Jaloyirlar o'tmishda chorvachilik bilan shug'ullangan. Ammo XIX asr oxiri va XX asrning birinchi o'n yilligida ularning asosiy mashg'uloti dehqonchilik bo'lgan.

NATIJALAR

Jaloyir qabilasi vakillari B. X. Karmiysheva tomonidan 1945 - 1971 - yillar mobaynida janubiy Tojikiston va O'zbekiston hududlarida o'tkazilgan etnologik tadqiqotlar jarayonida Surxondaryoning o'ng qirg'og'ida (Sho'rchidan janubda ) gi bir xil nomdagi qishloq ( manzilgoh ) dagina ro'yxatga olingan. Surxonning o'ng qirg'og'ida jaloyir nomli yana bir qishloq bor edi. Biroq XX asr boshlarida uning aholisi turkman - jo'zlardan iborat bo'lgan.

V. V. Bartoldning tasdiqlashicha, jaloyirlar ham Chingizxon tomonidan Chig'atoyga berilgan 4 ming kishilik mo'g'ul qo'shinida bo'lgan va jaloyirlar kelib chiqishiga ko'ra turkiy emas, balki, mo'g'ul bo'lgan. V. V. Bartoldning yozishicha jaloyirlar va barloslar XIII asrning 30 - 40 - yillarida haqiqatdan ham mo'g'ul edilar, biroq XIV asrning 60 - 70 - yillarida na jaloyirlar va na barloslar

endi mo'g'ul e mas edilar. Xattoki Amir Temurning chig'atoylardan chiqqan eng obro'li sarkardalari ham mo'g'ullarga xos soch turmaklasalar ham ( sochlarini o'stirib, o'rib yurganlar ) faqat turkiycha gaplashganlar.

A. Yu. Yakubovskiy esa "Ozbekiston xalqlari tarixi" kitobining birinchi nashriga yozgan so'z boshida xuddi shu fikrni takrorlaydi. Tahririyatning izohida esa "Barloslar va jaloyirlarning kelib chiqishi hali fanda o'z isbotini topgani yo q" deyiladi. A. Yu. Yakubovskiy bunda balkim Rashididdinning "Barloslar mo'g'ullarga borib taqaladi" degan satrlariga tayanib shunday fikr bildirgan bo'lsa ajabmas. Hozirgi kunda Yu. A. Zuyevning izlanishlari sharofati bilan jaloyirlar kelib chiqishlariga ko'ra haqiqatdan ham mo'g'ullarga emas, balkim turkiylarga borib taqalishi isbotlangan.

Jaloyirlar, agar ko'pgina tarixchi olimlarning tadqiqotlari natijalariga murojaat qiladigan bo'lsak, ularning tarkibida quriqin ( bo'ri ) , tulangit, turi ( bo'ri ) etnonimlarini tilga olinadi. Yuqorida nomi zikr qilingan qabila nomarining barchasi kelib chiqishiga ko'ra qadimgi turkiy xalq - qabilalarga borib taqaladi. Ushbu qabilalar ilk o'rta asrlarda vujudga kelgan Buyuk Turk hoqonligi, Turgesh hoqonligi, keyinchalik esa "Hoqon o'lkasi" nomini olgan Qarluqlar davlati yoki Qoraxoniylar davlatining siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. Va ayniqsa, bo'ri totemi ko'proq qadimgi turkiy xalqlarga borib taqalishi fanda isbotlangan. Bundan kelib chiqadiki, jaloyirlar ham etnik kelib chiqishiga ko'ra qadimgi turkiy xalqlardan biridir.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashimiz mumkin - ki, jaloyir qabilasi alohida urug' bo'linmasi sifatida qardosh o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman, uyg'ur, mo'ng'ul, tatar, boshqird va hokazo xalqlar tarkibiga singib ketgan. Hattoki ularning etnik urug' nomlari ham bir xil. Misol uchun, sirmanak (sirmonoq), ariktinim (oriqtinim), baychigir (boychegir), qaychili, siirshi (sigirchi), balgali (bolg'ali), kuchuk, qorachapan, andas, qalps, mirza, oraqti (o'roqli), oqbiyum (oqbo'yim), va boshqa urug' nomlari Markaziy osiyoning barcha qardosh xalqlari tarkibiga kiruvchi jaloyir qabilasi urug' tarkibiy qismiga kiradi, va ularning etnik tarkibi o'zaro mos tushadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, Markaziy Osiyo xalqlari o'zaro qon-qarindosh, qardosh xalqlardir. Ularni yagona tarix, turmush, hudud va umumiy ajdodlar birlashtiradi.

REFERENCES

1. Аскаров А., Узбек халкининг этногенези ва этник тарихи - Т.: Университет, 2007. - Б. 254-255.

2. Ахмедов Б.А. Государство кочевых узбеков -М.:Наука, 1965 - С.79.

3. Исмоилов У.К,. (2020). Подшо Россиясининг Туркистонда олиб борган кучирувчилик сиёсати. Буюк Ипак йулида умуминсоний ва миллий кадриятлар: тил, таълим ва маданият. 296-298

4. Ulug'bek Quchqorovich Ismoilov.(2020). O'zbekistondagi demokratik islohotlar va xalqimizning diniy bag'rikengligi. O'tmishga nazar.10(3). 11-18

5. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(7), 625-631

6. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистан совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

7. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

8. Жуммагул Номозовна Абдурахманова, Саодат Абдурашидовна Тоштемирова.(2020). Инновацион технологиялар ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири. Science and Education.1(7). 436-442

9. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

10. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.

11. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation 24 (7), 8034-8042

12. Toshtemirova S. A. (2019). KLASTER YONDASHUVI ASOSIDA MINTAQAVIY TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH. NamDU ilmiy axborotnomasi. Volume 1 Issue 11. 361.

13. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкикотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

14. Ш.Б. Жумаева Ж.Н. Абдурахманова.(2020). Жемчужина Узбекистана: история Свято-Георгиевского храма. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. 5-3 (64)

15. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

16. Айгуль Шухрат кизи Раимова.(2020). ВКЛАД ШИРА ЗАХИДОВА В РАЗВИТИЕ КИНОИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education. 1(7). 594-599

17. Айгуль Раимова.(2020).ЭВАКУАЦИЯ ЦЕНТРОВ НАУКИ И КУЛЬТУРЫ В УЗБЕКИСТАН В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ. Science and Education. 1(7). 600-609

18. Айгуль Раимова.(2020). Проблема толерантности в трудах просветителей Запада. "Узбекистан - миллатлараро тотувлик ва баFрикенглик юрти" мавзусида иктидорли талабаларнинг анъанавий илмий-амалий анжуман материаллари. 8285

19. X,. Жураев.(2019). XX аср бошларида Бухорода хотин - кизлар хдракати (1920 - 1924). Баркарор ривожланишда узлуксиз таълим муаммоси ва ечимлари.1. 239

20. X. Жураев.(2019). Бухоро Халк Совет Республикасида миллий театр ва кино саъати (1920 - 1924йй). КарДУ хабарлари. 1.48

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.