Научная статья на тему 'O'ZBEK ETNOSINING O'RGANILISHI TARIXI'

O'ZBEK ETNOSINING O'RGANILISHI TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1358
185
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek / o’zbek etnosi / Dashti Qipchoq / etnogeniz jarayonlari / Movarounnahr / Uzbek / Uzbek ethnos / Dashti Kipchak / ethnogenesis processes / Movarounnahr

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev, Doniyor Baxtiyorovich Ahmadjonov

Maqolada o’zbek xalqi etnogenizi va etnik tarixi va bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar tarixshunosligi yoritilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda yuz berayotgan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy o‘zgarishlar millatimiz va xalqimiz tarixini chuqur hamda teran tafakkur asosida ilmiy tadqiq etishni taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF THE STUDY OF THE UZBEK ETHNOS

The article describes the ethnogenesis and ethnic history of the Uzbek people and the historiography of research in this area. The wide-ranging political, economic, social and spiritual changes taking place in our country today require a scientific study of the history of our nation and people on the basis of deep and profound thinking.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK ETNOSINING O'RGANILISHI TARIXI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 O'ZBEK ETNOSINING O'RGANILISHI TARIXI

Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev Doniyor Baxtiyorovich Ahmadjonov

Chirchiq davlat pedagogika instituti Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek xalqi etnogenizi va etnik tarixi va bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar tarixshunosligi yoritilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda yuz berayotgan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy o'zgarishlar millatimiz va xalqimiz tarixini chuqur hamda teran tafakkur asosida ilmiy tadqiq etishni taqozo etmoqda.

Kalit so'zlar: o'zbek, o'zbek etnosi, Dashti Qipchoq, etnogeniz jarayonlari, Movarounnahr

HISTORY OF THE STUDY OF THE UZBEK ETHNOS

Javlonbek Rayimnazarovich Doniyor Bakhtiyorovich Ahmadjanov

Begaliyev Chirchik State Pedagogical Chirchik State Pedagogical Institute Institute

ABSTRACT

The article describes the ethnogenesis and ethnic history of the Uzbek people and the historiography of research in this area. The wide-ranging political, economic, social and spiritual changes taking place in our country today require a scientific study of the history of our nation and people on the basis of deep and profound thinking.

Keywords: Uzbek, Uzbek ethnos, Dashti Kipchak, ethnogenesis processes, Movarounnahr

KIRISH

Mustaqillik yillarida xalqimiz o'rtasida milliy o'zligimizni anglashga bo'lgan intilish yuksala borib, o'tmishimizga, ajdodlarimizning shonli yo'li va boy ma'naviy merosiga qiziqish kuchaydi.

Darhaqiqat, tarixchilar oldida turgan eng dolzarb va ustuvor vazifalardan biri o'zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi) tarixini xolisona tadqiq etishda n iborat.

Ushbu maqolada o'zbek xalqining shakllanishi jarayonini tadqiq qilgan olimlarning ilmiy qarash va asarlariga qisqacha to'xtalib o'tamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

XX asrning 40-50-yillarigacha o'zbek xalqining shakllanish jarayoni milodiy XV -XVI asrlarda sodir bo'lgan degan qarash xorij va sobiq mustabid tuzum tarixchilari asarlarida hukmron edi. Lekin masalaga chuqurroq yondashilgani sari bu ilmiy farazning naqadar noto'g'riligi va masalaga yuzaki yondashilganligi ayon bo'ladi. Lekin masalaga har qanday ehtiroslardan uzoqlashib, xolislik nuqtayi nazaridan yondashadigan bo'lsak, sobiq SSSR davrida yaratilgan hamma asarlar mana shu ruhda yozilmagan edi. Jumladan, o'zbek etnosi etnogenezini chuqur tadqiq qilgan olimlardan biri professor A.Yu.Yakubovskiyning XX asrning 40-yillarida ilmiy jamoatchilikka e'lon qilgan risolasida o'zbek xalqining shakllanish masalasini mutlaqo yangicha,ilmiy asoslar bilan yoritadi. Yakubovskiyning fikriga ko'ra, Dashti qibchoq ko'chmanchi o'zbeklari hozirgi O'zbekiston hududiga bostirib kirgan paytida bu yerdagi o'troq holda yashayotgan turk iy tilli qabila va elatlar bilan uchrashadilar. Ana shu ikki etnik birlikning aralashib qorishib ketishi natijasida o'zbek xalqi shakllanadi. Dashti Qipchoqdan XV asr oxiri XVI asr boshlarida kirib kelgan ko'chmanchi qabilalar esa shakllanib ulgurgan etnos tarkibiga ma'lum komponent bo'lib qo'shilib, unga nom bergan, xolos.

MUHOKAMA

Qayd etish lozimki, tilga olingan Dashti Qipchoq o'zbeklari o'zaro urug' -qabilachilik munosabatlarida kun kechirib,asosan ko'chmanchi chorvachilik turmush tarzida yashashar edi. Ularning xo'jalik xususiyatlari O'rta Osiyoning tubjoy turg'un aholisi hayotidan tubdan farq qilgan. Lekin ular Movarounnahr va Xorazm diyorlariga kelib o'rnashgandan keyin, mahalliy xalq bilan omuxtalashib yangi o'zbek millatini shakllantirishgan.

Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi rahbari dunyoga mashhur olim S.P.Tolstov esa o'zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang' davlati hududida boshlanganligini qayd etadi. Qang' davlatining hududida va u egallab turgan mintaqalarda o'zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, ularning etnik tarkibi va tili bir xilda bo'lmagan" deb ta'kidlaydi.

S.P.Tolstovning fikrlari shu bilan qimmatliki, u O'rta Osiyo xalqlarining elat bo'lib shakllanish jarayonlarini qaysi davrda,aniqrog'i qaysi davlat tarkibida sodir bo'lganligi masalasiga aniqlik kiritib, o'zbeklarning xalq sifatida shakllanish jarayoni Qoraxoniylar davlati doirasida sodir bo'lganligi haqidagi xulosasini bildiradi.

1942-yil 21-29-avgustda SSSR Fanlar Akademiyasining Tarix va Falsafa bo'limining tashabbusi bilan Toshkent shahrida O'rta Osiyo xalqlarining etnogeneziga bag'ishlangan ilmiy sessiya o'tkazildi. Ushbu sessiyada bir qancha olimlar o'zlarining

ma'ruzalari bilan ishtirok qilib, fikr-mulohazalarini bayon qilishgan.

Toshkent ilmiy konferensiyasida antropolog olim L.V. Oshanin o'z ma'ruzasida ko'p yillar davomida o'zbek, qozoq, qirg'iz, tojik xalqlarining antropologiyasini qiyosiy o'rganish natijasida o'zbek va tojiklarda o'ziga xos braxitkieallik yevropoid irqiga mansub bo'lgan belgilarni topganligini qayd qiladi. Bu antropologik tipga Oshanin "O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i tipi" deb nom beradi.

O'z navbatida mustabid tuzum davrida yaratilgan barcha asarlarni ham ilmiy iste'molga yaroqli deb bo'lmaydi. M.G. Vahobovning "O'zbek sotsialistik millati" nomi bilan o'zbek va rus tillarida chop etilgan monografiyaning birinchi bobi "O'zbek elati va uning tarkibi" deb nomlanib, bunda asosan o'zbek xalqining shakllanishiga doir ma' lumotlar keltirilgan.

NATIJALAR

Ushbu asar aytish mumkinki, to'la darajada marksizm-leninizm g'oyalariga bo'ysunib yozilgan edi. M.G.Vahobov o'zidan oldingi yetakchi olimlarning fikr-mulohazalarini asos qilgan holatda, o'zbek xalqining etnik tarixi va etnogenezini uchta katta tarixiy bosqichga bo'ladi:

1-bosqich XI asrgacha bo'lgan davr o'zbek xalqining dastlabki o'zagi shakllangan davr

2-bosqich XI-XII asrlar o'zbeklarning elat bo'lib shakllanish jarayoni nihoyasiga yetgan davr

3-bosqich XIX asrgacha bo'lgan davr

Ta'kidlash lozimki, M.G.Vahobov tomonidan bosqichlarga ajratishda ba'zi noaniqliklar va ziddiyatlar mavjud. Masalan, bosqichlarga ajratishdagi dastlabki bosqich juda katta tarixiy davrni o'z ichiga olgani holda, ikkinchi tarixiy davr bor yog'I 100 yillik masofani qamrab olgan,xolos. Bundan tashqari, masalalarga aniqlik kiritish yoki tarixiy sanalarni davrlashtirishda ham jiddiy xato liklar ko'zga tashlanadi.

Muallif o'z asarida etnik va milliy masalarga oid juda ko'plab muammolarni ko'targan, ammo bularning yechimini marksizm-leninizm nazariyasi asosida yoritishga harakat qilganligi sababli ba'zi zidliklarga yo'l qo'ygan. Shunday bo' lsa ham M.G. Vahobovning asaridan etnik tarix va etnogenezga oid ayrim masalalar bo'yicha kerakli ma'lumotlarni olsa bo'ladi. Ammo, nazarimizda ushbu olingan ma'lumotlarga ham tanqidiy nazar bilan qaralsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbek xalqining shakllanish jarayonini, shuningdek, B.X.Karmisheva M.Ermatov, B.A.Axmedov, akademik Karim Shoniyozov , Ahmadali Asqarov asarlarida yoritilgan.

XULOSA

Biz hozir yuqorida yozilgan ma'lumotlar orqali o'zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini o'rganishga o'z hissasini qo'shgan olimlarning ilmiy ishlariga qisqacha to'xtalib o'tdik, xolos. Bundan keyingi tadqiqotlarimizda masalaga chuqurroq yondashishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday xalqning etnogenezi juda murakkab jarayon bo'lib, bu tadqiqotchidan chuqur bilim, teran mulohaza, tanqidiy mushohada talab qiladi.

REFERENCES

1. Javlonbek Begaliyev Rayimnazarovich. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education, 1(7), 625-631

2. Тошев, Солежон А^матжонович. (2020). ТУРКИЯДА МАРКАЗИЙ ОСИЁ ТАРИХИНИНГ УРГАНИЛИШИ. Science and Education, 1(6).153

3. Тошев, Солежон Ах,матжонович.(2020). Узбекистон совет мустамлакачилик даври тарихининг Туркияда урганилиши. Утмишга назар.2(2-махсус сон). 347353

4. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

5. G'afforov, Y., Nafasov, A., & Nafasova, Z. (2020). From the History of the Beginning of the "Great Game". Journal of Critical Reviews, 7(11), 2798-2802.

6. Javlonbek Rayimnazarovich Begaliyev. (2020). XIVA XONLIGI TARIXSHUNOSLIGI. Science and Education. 1 (6), 153-160.

7. Nasirov Otabek., Usmanov Farhod, & Begaliyev Javlonbek. (2020). Order of Creation of Joint-Stock Companies in Turkestan in the Late XIX -Early XX Centuries and Participation of Foreign Capital in It. International Journal of Psychological Rehabilitation 24 (7), 8034-8042

8. Toshtemirova S. A. (2019). KLASTER YONDASHUVI ASOSIDA MINTAQAVIY TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISH. NamDU ilmiy axborotnomasi. Volume 1 Issue 11. 361.

9. Тошев, С. (2020). Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни. In Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкикотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари (pp. 121-127)

10. Ш.Б. Жумаева Ж.Н. Абдурахманова.(2020). Жемчужина Узбекистана: история Свято-Георгиевского храма. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. 5-3 (64)

11. Abdurakhmanova, J. N. (2020). The policy of tolerance in Uzbekistan (in the case of Greeks). International Journal on Integrated Education, 2(5), 212.

12. Айгуль Шухрат кизи Раимова.(2020). ВКЛАД ШИРА ЗАХИДОВА В РАЗВИТИЕ КИНОИСКУССТВА В УЗБЕКИСТАНЕ. Science and Education. 1(7). 594-599

13. Айгуль Раимова.(2020).ЭВАКУАЦИЯ ЦЕНТРОВ НАУКИ И КУЛЬТУРЫ В УЗБЕКИСТАН В ГОДЫ ВТОРОЙ МИРОВОЙ ВОЙНЫ. Science and Education. 1(7). 600-609

14. Айгуль Раимова.(2020). Проблема толерантности в трудах просветителей Запада. "Узбекистан - миллатлараро тотувлик ва баFрикенглик юрти" мавзусида иктидорли талабаларнинг анъанавий илмий-амалий анжуман материаллари. 8285

15. X,. Жураев.(2019). XX аср бошларида Бухорода хотин - кизлар хдракати (1920 - 1924). Баркарор ривожланишда узлуксиз таълим муаммоси ва ечимлари.1. 239

16. X. Жураев.(2019). Бухоро Халк Совет Республикасида миллий театр ва кино саъати (1920 - 1924йй). КарДУ хабарлари. 1.48

17. Javlonbek Begaliyev, Doniyor Ahmadjanov.(2020). MDH DAVLATLARIDA MUALLIFLIK HUQUQI TARIXI BILAN BOG'LIQ AYRIM MULOHAZALAR. Science and Education.1(7).75

18. Ж.Н. Абдурахманова. (2018). Таълим тизимидаги катаFOнлик сиёсати ва унинг урганилиши (1925 - 1940 йиллар). УзМУ Тарих факультети "Марказий Осиё тарихи, археологияси ва этнологияси масалалари" мавзусидаги илмий маколалар туплами. 1(3). 4

19. Абдурахманова Номозовна Жуммагул. (2020). Туркистон иктисодий кенгашининг улка ижтимоий-иктисодий хдётига таъсири. Утмишга назар. 1(махсус сон).63-67.

20. Тоштемирова C. (2019). Узбекистонда коллективлаштириш ва унинг окибатларини урганишга доир мулохдзалар. Тафаккур зиёси № 3 -Б. 78-80.

21. Mardonov, Sh., Toshtemirova, S., Ahmadjonov, B., & Koshanova, N. (2020). Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International Journal of Psychological Rehabilitation, 27(07), 8104-8111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.